Mualliflar

  • Nargiza Mavlonova To’xtasin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.127888

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: yoshlar kitobxonlik mutolaa intellektual rivojlanish ma'naviyat taʼlim targ‘ibot.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlar orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni 
shakllantirish orqali ularning intellektual va ma'naviy rivojlanishiga erishish masalalari 
yoritiladi. Kitob mutolaasining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, uni targ‘ib qilishning 
samarali  usullari  va  mavjud  muammolar  tahlil  qilinadi.  Muallif  zamonaviy 
texnologiyalar fonida kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid takliflarni ilgari suradi. 

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

293

ISSN:3030-3621

YOSHLARNI KITOB MUTOLAASIGA QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH

ORQALI RIVOJLANTIRISHGA ERISHISH

Nargiza Mavlonova To’xtasin qizi

Namangan viloyati Mingbuloq tumani

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yoshlar orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni

shakllantirish orqali ularning intellektual va ma'naviy rivojlanishiga erishish masalalari
yoritiladi. Kitob mutolaasining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, uni targ‘ib qilishning
samarali usullari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy
texnologiyalar fonida kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid takliflarni ilgari suradi.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, kitobxonlik, mutolaa, intellektual rivojlanish, ma'naviyat,

taʼlim, targ‘ibot.

Kirish.

Butun dunyo ta’lim-tarbiya tizimida bo’layotgani kabita’lim kechimi

insoniylashib, insonparvarlik birinchi planga chiqmoqda. Insoniyat yaralibdiki,
izlanishda, rivojlanishda. Vaqt o‘tgani sayin tashqi ko‘rinishi, yashash sharoitining
o‘zgara borishida buni yaqqol ko‘rib borayapmiz. Rivojlanish har qancha tashqi
jihatimizga ta’sir qilmasin, qalb go‘zalligi, soflik, samimiylikka intilishi aslicha
qolaveradi. Ayni shu ma’naviyat sanaladi.

Yurtimizda ham ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora

qaror topib bormoqda. Insoniy kamolotni ta’minlashda yoshlarning o’z ishtiroki,
ularning bilim olish va tarbiyalash borasida bevosita qatnashish masalasi hamda
dolzarb ahamiyatga ega. Aynan shu masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi
prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi PF-4789-
sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rizvojlantirish, kitob
mutolaasi va kitob mutolaasiga qiziqishlarini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha
komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi

i

yurtimizda inson ma’naviy taraqqiyotiga

qo’yilgan poydevor bo’ldi.

Shundan so’ng 2019-yil 19-martdagi yurtboshimizning yoshlar ma’naviyatini

yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida belgilab bergan
5ta muhim tashabbuslarining 6-yo’nalishi “Yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini
shakllantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirish” deb belgilab bergan chora-
tadbirlari ham kitobga bo’lgan qarashlarimizni tubdan o’zgartirmasligi lozim. Zero
ko’p kitob o’qish dunyoqarashni kengaytiradi, lekin ko’p kitob o’qiganlar borliqni
yaxshiroq anglashi, matnlarni yaxshiroq tushunishi ham ilmda isbotlangan.
Farmoyishdan ko’zlangan maqsad yoshlar ongi va tafakkurida badiiy adabiyotga
bo’lgan qiziqishni oshirish, ularni intellektual salohiyatli etib kamol toptirishdan
iboratdir.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

294

ISSN:3030-3621

Ma’lumki, har qanday jamiyat taqdirini unda yashayotgan insonlar belgilaydi.

Jamiyatni nurli kelajak sari yetaklash ham, tubanlik sari tortish ham odamlar qo’lida.
Shuning uchun ham jamiyat a’zolari, ayniqsa, o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy
kamoloti bugungi kunda o’ta muhim masalaga aylangan. Yangi tahrirdagi “Ta’lim
to’g’risidagi”gi Qonunning

ii

qabul qilinishi ham inson omilining hal qiluvchi ahamiyat

kasb etganligidan dalolat.

Xalqimiz: “Bugun kitob o’qi, ertaga uning yog’dusida yashaysan”, deb bejizga

aytmagan. Psixologlarning aytishicha, bola dunyoning o’zi anglashtirib olgan
holatidan

Kitob bu yo‘lda vosita, tirgak bo’lib xizmat qiladi. Bu borada “Kishiga dunyoni

ko‘rmoq uchun ko’z berilgan, uni eshitmoq va sezmoq uchun quloq va sezgilar
berilgan. Olamni bilish uchun esa, odamzodning tafakkuri bor. Inson dunyoga kelib,
uni bilishga intiladi, ohanglarni eshitish, zavqlana bilish uchun musiqa o’rganadi.
O’tmish bugunni yorqinroq tasavvur etish, ertani hayol bilan qamrash uchun
bolalikdan yillab mehnat qilib savod o’rganadi, kitob o’qiydi. Chunki kitob insonga
Alloh tomonidan mo’jizadek hadya etilgan tafakkurni yorituvchi mash’aldir.”, degan
edi Erkin Vohidov. Kitob insonning fikrlash, tahlil qilish, muloqot qilish va o‘zini
ifoda etish qobiliyatini oshiradi. Ayniqsa, o‘smirlik davrida mutolaa bilan
shug‘ullangan yoshlar tengdoshlariga nisbatan analitik tafakkurga, boy lug‘at
boyligiga va ijodiy fikrlash salohiyatiga ega bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
kitob mutolaasi bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar maktabda yuqori
natijalarga erishadi. Masalan, PISA xalqaro baholash dasturi natijalariga ko‘ra,
kitobxon o‘quvchilarning o‘rtacha savodxonlik darajasi 20–25% yuqoriroq bo‘lgan.
Kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishning pasayish sabablari esa, so‘nggi yillarda yoshlar
orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada kamaygan. Bunga bir necha
omillar sabab bo‘lmoqda:

- Raqamli texnologiyalar (telefon, ijtimoiy tarmoqlar)ning haddan tashqari ko‘p

ishlatilishi;

- Kitob mutolaasini rag‘batlantiruvchi tizimning yetarli emasligi;
- Kitoblar dizayni va mazmunining yoshlar talabiga mos emasligi;
- Ota-ona va o‘qituvchilar tomonidan yetarlicha namuna ko‘rsatilmasligi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta maktab o‘quvchilarining 40% dan ortig‘i oyiga
atigi 1 ta yoki undan kam kitob o‘qiydi.

Shunday ekan, qiziqishni oshirishning samarali usullari quyidagilar sanaladi:

- Interaktiv o‘quv mashg‘ulotlari: kitob asosida munozarali darslar, rolli o‘yinlar.
- Rag‘batlantiruvchi tizimlar: eng faol kitobxonlar uchun sovrinli tanlovlar.
- Zamonaviy dizayndagi kitoblar: infografikalar, illyustratsiyalar, qisqa mazmunlar.
- Kutubxonalar faoliyatini innovatsion yo‘l bilan rivojlantirish.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

295

ISSN:3030-3621

- Mashhur shaxslar ishtirokida kitob tavsiyalari (blogerlar, aktyorlar, sportchilar).
- Oila va maktab hamkorligini kuchaytirish.

Xulosa

Yoshlar orasida kitobxonlikka qiziqishni shakllantirish nafaqat ularning shaxsiy

rivojlanishiga, balki butun jamiyatning intellektual salohiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Bu borada barcha ijtimoiy institutlar — oila, maktab, OAV va davlat tashkilotlari
o‘zaro hamkorlikda ishlashi zarur. Kitob — bu nafaqat bilim, balki tarbiya manbaidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-
yanvardagi F-4789-sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitob mutolaasiga qiziqisharini oshirish hamda
targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 637-sonli “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. 2020-yil
23-sentabr

3.

Karimov, I. A. (1997). “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent:
Ma’naviyat nashriyoti.

4.

Nazarova, M. (2022). Kitobxonlik va raqamli o‘qish: integratsiya imkoniyatlari.
“Ma’naviyat va zamonaviylik”, (1).

5.

Hasanova, D. (2020). O‘zbekiston yoshlarining axborot iste'moli va kitobxonlikka
munosabati. Axborot-kutubxona texnologiyalari jurnali, (2).

6.

Shodmonov, S. (2021). Zamonaviy axborot muhitida o‘quvchilarda kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish yo‘llari. Pedagogik ta’limda innovatsiyalar, (4).

7.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. (2022). Yoshlar o‘rtasida
kitobxonlik darajasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot hisobotlari. Toshkent.

8.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi. (2023). *Yoshlarning kitob o‘qishga munosabati*
(Ijtimoiy so‘rovnoma natijalari). Toshkent.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti. (n.d.). https://president.uz

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi F-4789-sonli “Kitob mahsulotlarini

chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitob mutolaasiga qiziqisharini oshirish hamda
targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi

2

O

zbekiston Respublikasining 637-sonli “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-

yanvardagi F-4789-sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini

rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitob mutolaasiga qiziqisharini oshirish hamda

targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi.

O‘zbekiston Respublikasining 637-sonli “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. 2020-yil

-sentabr