Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
55
ISSN:3030-3621
O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDA ZAMONLAR TAHLILI: QIYOSIY
YONDASHUV
Zayniddinova Sarvinoz Jamoliddin qizi,
O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining
2-kurs talabasi,O’zbekiston Respublikasi,Toshkent shahri
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o‘zbek va koreys tillaridagi zamonlar tizimi qiyosiy tahlil
qilinadi. Har ikki til strukturasi, fe’l shakllari va vaqt ifodalash uslublari orqali
o‘rganiladi. Hamda o‘xshashlik va farqlarga e’tibor qaratilib, koreys tilidagi daraja,
hurmat shakllari va fe’l qo‘shimchalari bilan o‘zbek tilidagi zamon ifodalarining o‘ziga
xos xususiyatlari solishtiriladi. Maqola koreys tilini o‘rganayotganlar uchun tushunarli
misollar bilan boyitilgan bo‘lib, amaliy til o‘rganishda yordam berishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
koreys tili, o‘zbek tili, zamon, qiyosiy tahlil, fe’l, grammatik
qurilish, daraja, hurmat shakli
KIRISH
Zamonaviy tilshunoslikda turli tillarning grammatik tuzilishini taqqoslash orqali
o‘zaro umumiylik va farqlarni aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Har bir tilda zamon
ifodasi orqali hodisalar vaqt doirasida aniqlanadi. Bu maqolada o‘zbek va koreys
tillaridagi zamonlar tahlil qilinadi, ularning ifodalanish shakllari, grammatik qurilishi
hamda kommunikativ vazifalari o‘rganiladi.
ASOSIY QISM
O‘zbek tilida uch asosiy zamon mavjud: hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon. Har biri
fe’lga tegishli qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi: hozirgi zamonda –yap(ti), o‘tgan
zamonda –di/–gan edi, kelasi zamonda –adi/–moqchi. Bu qo‘shimchalar fe’lning shaxs
va sonlariga qarab o‘zgaradi.Koreys tilida ham zamon tushunchasi mavjud bo‘lib,
ularning ifodalanishi ham fe’lga grammatik qo‘shimchalar qo‘shish orqali amalga
oshiriladi. Koreys tilida uchta asosiy zamon mavjud: hozirgi zamon (-
ㅂ
/
습니다
, -
아요
/-
어요
), o‘tgan zamon (-
았
/
었
/
했습니다
), va kelasi zamon (-
ㄹ
/
을
것입니다
, -
ㄹ
/
을
거예요
). Fe’l zamonlari uslubiy jihatdan ham farqlanadi: rasmiy va norasmiy
shakllar mavjud.O‘zbek tilida zamonlar asosan mazmunga xizmat qilsa, koreys tilida
esa ular bilan birga hurmat darajasi (
존댓말
/
반말
) ham ifodalanadi. Bu esa koreys
tilida zamonni tanlashda so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan ijtimoiy munosabatini
ham hisobga olishini talab qiladi.O‘xshash jihat shundaki, har ikki til ham zamonlarni
fe’l orqali bildiradi va o‘ziga xos grammatik belgilar orqali ifodalaydi. Biroq farqli
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
56
ISSN:3030-3621
jihati shundaki, o‘zbek tilida zamon ko‘rsatkichlari shaxs va songa kuchli bog‘liq
bo‘lsa, koreys tilida esa bu ko‘proq hurmat darajasiga qarab o‘zgaradi. Masalan, "Men
boryapman" (hozirgi zamon) o‘zbek tilida shaxsga moslashgan bo‘lsa, koreyscha
"
가요
"/"
갑니다
" degan shakllar rasmiylik darajasiga qarab tanlanadi. Shuningdek,
koreys tilida kelasi zamon ba'zida gumon, reja yoki niyat shaklida ifodalanadi va bu
ma’nolar uchun turli grammatik shakllar mavjud (
예
: -
ㄹ
것이다
, -
ㄹ게요
, -
려고
하다
), o‘zbek tilida esa asosan –moqchi va –adi shakllari orqali beriladi.Yana misol
qiladigan bo’lsak, “Bugun shamollaganim sababli maktabga bora olmadim” .
오늘
감기에
걸려서
학교에
가지
못했어요
. Har ikki til 1-shaxs, birlikda va o‘tgan
zamonda tuzilgan. Koreys tilida sabab holati -
아서
/
어서
yordamida bog‘lanadi, o‘zbek
tilida esa "sababli" so‘zi bilan.
XULOSA
Demak, o‘zbek va koreys tillaridagi zamon ifodasi umumiylikka ega bo‘lsa-da,
ularning tuzilishida va qo‘llanilishida muhim farqlar mavjud. O‘zbek tilida zamonlar
shaxs-son bilan chambarchas bog‘liq, koreys tilida esa zamon uslubi hurmat darajasi
bilan uyg‘unlashgan. Bu esa koreys tilini o‘rganayotgan o‘zbek o‘rganuvchilari uchun
qo‘shimcha e’tibor talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Cho, Jaehoon. Korean Grammar in Use: Beginning to Intermediate. Darakwon,
2012.52–60-betlar
2.
Karimov, A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: O‘qituvchi, 2015.123–135-betlar
3.
Sohn, Ho-Min. The Korean Language. Cambridge University Press, 1999. 210–
220-betlar
4.
Nurmonov, A. O‘zbek tilining grammatikasi. Toshkent: Fan, 2008.140-150-betlar