Jild 46 № 1.1 (2025)
Maqolalar
ICHIMLIK SUVINING SIFATI VA TABIIY HOLATINING BUZILISHI
Annotatsiya. Suvlarni sifat va tabiiy holatini buzilishi suv tarkibida ko’p
miqdorda yuqumli kasalliklar ko’zgatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi yoki gijja
tuxumlarining ko’payib ketishi yoki suv tarkibida turli xil kimyoviy moddalarning
ko’payishi, aksincha kamayishi oqibatida inson salomatligiga putur yetkazishi
mumkin. Aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv ta'minoti bilan ta'minlash
aholining sanitariya turmush tarzini yaxshilash bilan birga kasallanish darajasini
kamaytiradi.
O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDA ZAMONLAR TAHLILI: QIYOSIY YONDASHUV
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o‘zbek va koreys tillaridagi zamonlar tizimi qiyosiy tahlil
qilinadi. Har ikki til strukturasi, fe’l shakllari va vaqt ifodalash uslublari orqali
o‘rganiladi. Hamda o‘xshashlik va farqlarga e’tibor qaratilib, koreys tilidagi daraja,
hurmat shakllari va fe’l qo‘shimchalari bilan o‘zbek tilidagi zamon ifodalarining o‘ziga
xos xususiyatlari solishtiriladi. Maqola koreys tilini o‘rganayotganlar uchun tushunarli
misollar bilan boyitilgan bo‘lib, amaliy til o‘rganishda yordam berishga qaratilgan.
BEN JONSON: INGLIZ HAJVIY KOMEDIYASINING ASOSCHISI. “VOLPONE” ASARI MISOLIDA
Annotatsiya: Ben Jonson ingliz adabiyotidagi eng katta dramaturg va hajv
ustalaridan biri bo‘lib, uning asarlari zamonaviy komediya, satira va axloqiy adabiyot
rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U Shekspirning zamondoshi bo‘lsa ham, uning
yo‘nalishi boshqacha bo‘lib, qat’iy tuzilgan dramaturgiyasi 1 va axloqiy hajvlari bilan
mashhur. XVII asr ingliz adabiyoti ko’plab yetuk yozuvchilarni o’zida jamlagan katta
bir davrdir. Benjamin Jonson o’sha davridayoq “Shekspirdan keyingi ikkinchi ingliz
dramaturgi” deya e’tirof etiladi. Ayniqsa, Jonson yaratgan komediyalar va
trigokomediyalar 2 teatr rivojlanishida muhim o’rin tutadi.
FONETIKA BO‘LIMINI O‘RGATISHDA INNOVATSION YONDASHUV ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLAR TATBIQI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili fanining Fonetika bo‘limini
o‘rganishda o‘quvchilarning yodda saqlash va nutqiy ko‘niklamalarini
rivojlantirishga yordam beradigan metodlar haqida ma’lumotlar va tavsiyalar
berib o‘tilgan. Metodik qo‘llanmani tayyorlash jarayonida fonetika bo‘limining
har bir elementiga va o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlariga alohida ahamiyat
berilgan va puxta reja asosida ishlab chiqilgan. Bundan taqshqari ushbu
qo‘llanmada o‘quvchilarni kreativ fikrlashga undovchi metodlar ham joy olgan.
Metodik qo‘llanmadan joy olgan har bir metodning maqsadi va kutilayotgan
natija alohida yoritib berilgan.
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING XAVFLI GURUHDAGI SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI MAVZUSIDA
Profilaktika inspektorining xavfli guruhdagi shaxslar bilan ishlash faoliyati
muhim va murakkab vazifalardan biridir. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi jamoat
xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikni oldini olish va insonlarning hayoti va sog'lig'ini
muhofaza qilishdir.
KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI
KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING O'QUV TARBIYA MUASSASALARIDAN QAYTGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIGA DOIR OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA XORIJIY TAJRIBALAR
Maqolada profilaktika inspektorlarining o‘quv tarbiya muassasalaridan qaytgan
shaxslar bilan olib boradigan ishlari, shu jumladan, ularning ijtimoiy moslashuvi, qayta
tiklanishi va reabilitatsiyasi masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Ushbu tahlilning
maqsadi O‘zbekistondagi jamiyatni jinoiy xulq-atvordan himoya qilishda profilaktika
inspektorlarining o‘rni va ularning o‘quv tarbiya muassasalaridan chiqqan shaxslar
bilan ishlashdagi roli haqida ma'lumot berishdir. Maqolada, shuningdek, joriy
islohotlar va reformalarning tahlili, mahalliy tizimning kamchiliklari, hamda bu
jarayonda xorijiy tajribalar va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi haqida so‘z
yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qilish organlari, xususan,
profilaktika inspektorlari, yoshlar va ayollarni qayta jamiyatga moslashtirish, o‘quv
tarbiya muassasalaridan chiqqan shaxslarni ijtimoiy moslashuvini ta'minlashda muhim
rol o‘ynaydi. O‘quv tarbiya muassasalaridan chiqqan shaxslar, odatda, jamiyatdan
ajralib qolgan va ma'lum ijtimoiy moslashuv qiyinchiliklariga duch kelgan shaxslar
bo‘lib, ularning qayta jamiyatga moslashuvi nafaqat o‘zlari, balki butun jamiyat uchun
ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois, profilaktika inspektorlarining bu jarayondagi
o‘rni alohida e'tiborga loyiqdir. Maqolada xorijiy tajribalar, xususan, Rossiya,
Germaniya, va AQShdagi profilaktika inspektorlarining o‘quv tarbiya muassasalaridan
chiqqan shaxslar bilan ishlashdagi tajribalari tahlil qilinadi. Ushbu mamlakatlar
misolida profilaktika inspektorlarining rolini yaxshilashga doir amalga oshirilgan
islohotlar, ma'lumotlar almashish tizimlari, reabilitatsiya va ijtimoiy reabilitatsiya
dasturlarining samaradorligi o‘rganiladi. Xorij tajribalarining O‘zbekiston tizimiga
moslashtirilishi, shu bilan birga, mahalliy sharoitdagi mavjud muammolarni yengish
uchun samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta'kidlanadi. Maqolada
shuningdek, o‘quv tarbiya muassasalaridan chiqqan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya
qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar, profilaktika inspektorlarining bu
muammolarni bartaraf etishdagi metod va uslublari ko‘rib chiqiladi. Mahalliy
tizimdagi kamchiliklar, masalan, profilaktika inspektorlarining ish haqi, malakasini
oshirishga oid masalalar, jamoatchilik bilan ishlashdagi qiyinchiliklar hamda
normativ-huquqiy baza bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi.
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING XAVFSIZ XONADON XAVFSIZ HOVLI TIZIMI ASOSIDA ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Anotatsiya: Ushbu maqola, profilaktika inspektorining xavfsiz xonadon va
hovli tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada, xavfsiz uy-joylar
va hovlilarning yaratish muhimligi, bu orqali jinoyatlarning oldini olish va jismoniy
xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar muhokama qilinadi. Xavfsiz
uy yaratishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, shu jumladan, yong‘in
xavfsizligi, elektr xavfsizligi va tashqi himoya tizimlari haqida so‘z yuritiladi.
Shuningdek, profilaktika inspektorining roli va fuqarolarni xavfsiz yashash
sharoitlarini yaratishga o‘rgatishdagi vazifalari yoritiladi.
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING XAVFSIZ HOVLI TIZIMI ASOSIDA ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA SOHAVIY XIZMATLAR VA MAHALLANING O‘RNI
Mazkur maqolada mahallalarda "Xavfsiz xonadon" tizimi samaradorligini
oshirishda profilaktika inspektorlarining profilaktik chora-tadbirlari orqali
erishilayotgan natijalar tahlil qilingan. Jinoyatlarning oldini olish, oilaviy mojarolarni
barvaqt bartaraf etish, yoshlar orasida huquqiy ongni shakllantirish borasidagi ishlar
muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Profilaktika inspektorining aholiga yaqinligi va
bevosita muloqot asosida olib borilayotgan faoliyati xavfsiz jamiyat qurishda muhim
vosita sifatida baholangan.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING UYUSHMAGAN YOSHLAR O’RTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKA FAOLIYATINING ASOSIY YO’NALISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH
ANNOTATSIYA: Ushbu maqola, profilaktik inspektorlarning uyushmagan
yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini takomillashtirishning
asosiy yo'nalishlarini tahlil qiladi. Maqolada, ayniqsa, huquqbuzarliklarning oldini
olish va ularni kamaytirish bo'yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish masalalari
yoritilgan. Profilaktik inspektorlarning roli va ularning yoshlar bilan ishlash usullari
ko'rib chiqiladi, shuningdek, yoshlarni huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslikka undash
uchun zarur bo'lgan pedagogik va psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi.
Maqolada, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tushunchalari,
yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar
profilaktikasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarining kriminologik tavsifi, ushbu
faoliyatninig jamiyat hayotidagi ahamiyati, uyushmagan yoshlar o‘rtasida
huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid normativ-huquqiy normalar taxlili va ularni
qo‘llash amaliyoti, uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasining
asosiy yo‘nalishlari oid jahon tajribasi va uni milliy qonunchiligimizga qabul qilish,
ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar.o'rganiladi.
Maqola, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktik
inspektorlar va ijtimoiy tashkilotlarning hamkorligi, shuningdek, davlat va jamiyatning
huquqbuzarliklarni kamaytirish borasidagi mas'uliyatini kuchaytirish kerakligini
alohida ta'kidlaydi.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANIDA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada, profilaktika inspektorining mahalla huquq-tartibot
maskanida sohaviy xizmatlari bilan hamkorligi tushunchasi va o‘ziga xos
xususiyatlari, huquqiy va takomillashtirishiy asoslari, hamkorligini metodik
ta’minlash, hamkorligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, hamkorligini
takomillashtirish etish bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasi, qolaversa, hamkorlikdagi mavjud
kamchilik va muammolarni samarali bartaraf etish bo‘yicha bir qator taklif va
mulohazalar yoritib berilgin.
СОПОСТАВИТЕЛЬНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ИНТЕРНЕТ-ДИСКУРСА (НА ПРИМЕРЕ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ)
Аннотация. В данной статье проводится сопоставительный анализ
интернет-дискурса русского и узбекского языков на примере социальных сетей
и блогов. Исследование включает лингвистический, культурный и социальный
аспекты онлайн-коммуникации, выявляя основные различия и сходства в
использовании языков. Рассматриваются морфологические особенности,
влияние средств массовой информации, лексические инновации и культурные
факторы. Выявлены тенденции к упрощению грамматических структур,
заимствованию англицизмов и сближению письменной и устной речи в
цифровой среде.
ОСОБЕННОСТИ ПЕРЕВОДА ИДИОМ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Аннотация
Несмотря на значительный прогресс в развитии машинного перевода
(МП), перевод идиоматических выражений остается сложной задачей. Идиомы
часто несут скрытый смысл, который нельзя передать дословно, а их правильный
перевод требует не только языковой, но и культурной адаптации. Современные
нейросетевые модели демонстрируют высокую степень беглости и
грамматической точности, но по-прежнему сталкиваются с проблемами в
передаче фигурального значения. Машинный перевод часто приводит к
буквальному переводу, потере смысловых оттенков и культурным
несоответствиям. Это подчеркивает важность человеческого участия в переводе,
особенно в контекстах, где необходимо учитывать культурные и стилистические
особенности. В работе рассматриваются основные трудности, возникающие при
передаче идиом в машинном переводе, и их влияние на межъязыковую
коммуникацию. Для повышения точности перевода необходимо дальнейшее
развитие технологий, способных учитывать контекст и смысловую
многозначность языка.
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM SOHASIGA YONDASHUVI
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim
sohasidagi innovatsion yondashuvlari va kelajakdagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan
bo‘lib, sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni o‘quv jarayonini individuallashtirish,
shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish va avtomatik baholash tizimlarini ishlab
chiqish imkoniyatlari orqali muhokama qilingan. Maqolada sun’iy intellektning ta’lim
tizimini samaraliroq qilishdagi roli, shuningdek, bu texnologiyalar yordamida
talabalarga va o‘qituvchilarga taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlar ham tahlil
qilingan bo‘lib, kelajakda ta’lim tizimining global miqyosda birlashishi va sun’iy
intellekt asosida shaxsiylashtirilgan o‘quv jarayonlarining kengayishi va
yangilanilishidan kutilayotgan natijalar bayon qilingan.
CURRENT PROBLEMS OF MODERN PHARMACY IN THE CONTEXT OF MEDICINAL PLANT CULTIVATION
Abstract: the article describes the cultivation of medicinal plants, progress in
the field of agronomy and biotechnology, and current problems of modern pharmacy
in the context of medicinal plant cultivation.
G.MENDEL QONUNLARI ASOSIDA QISHLOQ XO`JALIGI YANGI NAVLARINI YARATISH METODIKASI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo`jaligi navlarini, ya`ni dukkakli va
donli o`simliklarning urug`larini yetishtirishda Gregor Mendel qonunlarining genetik
metodlaridan foydalanish tashqi muhit omillarining har qanday sharoitlarida yashashga
moslashgan, kasalliklarga chidamli, mahsuldorligi yuqori hamda irsiyat va
o`zgaruvchanlik qonuniyatlarini o`rganib seleksiya uchun yangi navlar ilmiy asos
bo`lib xizmat qilishi yoritib berilgan.
QUALITY OF LIFE IMPAIRMENTS IN HUNTINGTON'S DISEASE (LITERATURE REVIEW AND OWN DATA)
Abstract: Huntington's disease (HD) is a rare, incurable, hereditary neurological
disorder that causes the progressive breakdown of nerve cells in the brain. Huntington's
chorea is a progressive neurodegenerative hereditary disorder that is transmitted from
generation to generation in an autosomal dominant manner. Huntington's chorea occurs
in 4-6 cases per 100,000 population (4-6:100,000). The classic symptom is chorea,
which is the appearance of hyperkinesis, i.e. uncontrolled movements. This is one of
the main features of the disease, which is considered to be the anticipation
phenomenon, i.e. the disease progresses gradually and begins at a young age [1]. The
mutant huntingtin gene has a repeat of the trinucleotide sequence CAG from 40 to 80.
The pathogenesis of HD is multifaceted and involves glutamine aggregation,
mitochondrial and oxidative stress, mitochondrial-related pathway dysfunction, and
DNA damage. Currently, two drugs, tetrabenazine and deutetrabenazine, are approved
for the treatment of HD.
APPLYING TECHNOLOGY IN SECOND LANGUAGE ACQUISITION: THE ROLE OF LANGUAGE LEARNING APPS AND DIGITAL TOOLS
Annotation: This article explores how mobile apps and digital platforms are
transforming the way second languages are learned. Focusing on tools like Duolingo,
Memrise, and AI-driven applications, the article discusses how technology supports
vocabulary acquisition, listening skills, and independent practice. Classroom insights
and existing research highlight increased learner motivation, personalized learning, and
broader accessibility. Recommendations for integrating apps into traditional
instruction are also offered.
ВЕРОЯТНОСТНЫЕ МЕТОДЫ В ЭКОНОМИКЕ
Аннотация. В данной статье рассматриваются вероятностные методы,
используемые в экономике, с особым акцентом на их применение в банковской
сфере. Обсуждаются основные принципы теории вероятностей и статистики,
а также их роль в анализе экономических процессов, таких как риск-
менеджмент, прогнозирование финансовых потоков и оценка эффективности
инвестиционных проектов.
ZIYORAT TURIZMIDA DESTINATSION MENEJMENT VA RAQOBATBARDOSHLIKNI TA'MINLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI.
Annotatsiya: Ziyorat turizmi nafaqat diniy qadriyatlarni saqlab qolish, balki
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim sohadir. Ushbu maqolada
ziyorat turizmida destinatsion menejmentning zamonaviy yondashuvlari,
raqobatbardoshlikni ta’minlash usullari, shuningdek, O‘zbekistonning bu sohadagi
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, innovatsion marketing
strategiyalari, infratuzilma takomillashuvi va xalqaro hamkorlik kabi omillar orqali
ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
ISLOMIY ZIYORAT MASKANLARINI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI: MENEJMENTDAN HUDUDIY USTUNLIKKACHA
Annotatsiya: Ushbu maqolada Islomiy ziyorat maskanlarini rivojlantirishning
zamonaviy strategiyalari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, boshqaruv
mexanizmlari va hududiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada turizm
sohasidagi yangi yondashuvlar, davlat siyosati, xalqaro tajribalar va mahalliy
imkoniyatlar asosida ziyorat maskanlarini sifat jihatidan takomillashtirish yo‘llari
ko‘rib chiqiladi.
"BENEFITS OF USING MIND MAPS IN SCHOOL"
Annotation: Mind mapping is a visual learning tool that enhances students'
comprehension, memory retention, and creativity. This article explores the benefits of
using mind maps in educational settings, including improved critical thinking, better
note-taking, and enhanced writing skills. By analyzing scholarly research and expert
opinions, this paper highlights how mind maps can transform traditional teaching
methods into dynamic, engaging learning experiences.
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING XAVFLI GURUHDAGI SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI MAVZUSIDA
Ushbu annotatsiyada profilaktika inspektorlarining xavfli guruhdagi shaxslar
bilan ishlashdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Xavfli guruhlar odatda
jinoyatchilikka moyil, ijtimoiy muammolar bilan yuzlashayotgan yoki huquqni buzish
xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar toifasini tashkil etadi. Ushbu guruhlar bilan samarali
ishlash, jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash va ijtimoiy
barqarorlikni saqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Profilaktika inspektorlari o‘z
faoliyatida nafaqat qonunbuzarliklarning oldini olish, balki shaxslarni reabilitatsiya
qilish, ularga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ijtimoiy muhitda
o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.
Xavfli guruhdagi shaxslar bilan ishlashda inspektorlar o‘zining psixologik,
huquqiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini samarali qo‘llab, turli dasturlar va tadbirlar orqali
ularga motivatsiya berish, o‘zgarishga undash va jamoat tartibini tiklashda muhim rol
o‘ynaydi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlarining faoliyati faqat huquqiy
normativlarga asoslanib qolmay, balki individual yondashuv, murakkab psixologik
holatlarni inobatga olishni talab qiladi.
Profilaktika inspektorining xavfli guruhdagi shaxslar bilan ishlash faoliyati
muhim va murakkab vazifalardan biridir. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi jamoat
xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikni oldini olish va insonlarning hayoti va sog'lig'ini
muhofaza qilishdir.
JINOIY UYUSHMALARNING OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada uyushgan jinoyatchilik tushunchasi,uning o‘ziga xos
xususiyatlari, sabablari vasharoitlari, hozirgi kundagi ko‘rinishlari borasidagi fikrlar,
statistikalar keltirilgan. Shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va
bartaraf qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar, uyushgan jinoyatchilikning oldini olishning
o‘ziga xos jihatlari, shuningdek tezkor xodimlar tomonidan uyushgan jinoiy
faoliyatning faol vakillari vaularga qarshi kurash, kriminal uyushgan jinoiy
guruhlarning vujudga kelishining ayrim o‘ziga xosjihatlari, ichki ishlar organlari
tezkor xodimlari va tergov organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, tergov organi va
tezkor bo‘linmalarining uyushgan jinoiy faoliyati bilan shug‘ullanayotgan guruhlar va
tuzilmalarni jinoiyfaoliyatini fosh etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
JINOIY UYUSHMALAR TASHKIL ETISHNING OLDINI OLISH FAOLIYATINI TAKOMILLLASHTIRISH
Annotatsiya
Jinoiy uyushmalar jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladigan muammolardan
biridir. Ularning tashkil etilishi, nafaqat jinoyatchilikni kengaytiradi, balki ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ham buzadi. Ushbu maqola jinoiy uyushmalarni
tashkil etishning oldini olish bo'yicha mavjud profilaktika tizimlari va ularni
takomillashtirish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi. Maqolada, jinoiy uyushmalarni tashkil
etishning oldini olishda davlat va jamoat sektori o'rtasidagi hamkorlikning ahamiyati,
profilaktika strategiyalari va ma'lumot almashishning samaradorligi tahlil qilinadi.
Jinoiy guruhlar bilan samarali kurashish uchun zamonaviy yondashuvlar va metodlarni
ishlab chiqish, profilaktik faoliyatni kuchaytirish zarurligi ta'kidlanadi.
TO’LQIN TARQALISH TENGLAMASI UCHUN UMUMLASHGAN KOSHI MASALASINI YECHISH
Annotatsiya: ushbu maqolada to’lqin tarqalish tenglamasi uchun umumlashgan
Koshi masalasini yechish qaralgan. Maqolada boshlang’ich shartlar asosida Grin
funksiyasidan foydalanib umumiy shakldagi yechimlar topiladi va bir qancha misollar
orqali formulalarning amaliyotda qo’llanilishi ko’rsatiladi.
ИЧИМЛИК СУВИГА ҚЎЙИЛГАН ГИГИЕНИК ТАЛАБЛАР ВА УНДАН ТЎҒРИ ФОЙДАЛАНИШ ҚОИДАЛАРИ
Аннотация. Сўнгги йилларда бутун дунё жамоатчилигини ичимлик суви
билан боғлиқ вазият хавотирга солиб келмоқда. Иқлимнинг исиб кетиши ва сув
ресурсларидан нооқилона фойдаланиш ичимлик суви инқирозига сабаб бўлиши
мумкин. Бу эса миллионлаб кишининг ҳаётини хавф остига қўйибгина қолмай,
балки хавфли ижтимоий-иқтисодий оқибатларни ҳам келтириб чиқариши
мумкин.
О’ZBEKISTОN VA GERMANIYA TA’LIM TIZIMIGA BIR NAZAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston va Germaniya ta’lim tizimlari
solishtirilgan. Maqola ikki mamlakatning ta’lim tizimlaridagi asosiy farqlar va
o‘xshashliklarni tahlil qiladi. O‘zbekistonning ta’lim tizimi islohotlar jarayonida
bo‘lib, Germaniyaning ta’lim tizimi esa yuqori sifat va amaliyotga yo‘naltirilganligi
bilan ajralib turadi. Maqola ta’lim tizimlarining tuzilishi, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim va
xalqaro hamkorlik kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi.
OʻZBEKISTONDA UZLUKSIZ TAʼLIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH PRINSIPLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimini tashkil
etishning huquqiy, ijtimoiy va pedagogik asoslari, shuningdek, uzluksiz taʼlimni
rivojlantirish prinsiplari tahlil qilingan. Zamonaviy talablarga mos malakali kadrlarni
tayyorlashda uzluksiz taʼlimning tutgan oʻrni va taʼlim bosqichlari oʻrtasidagi uzviylik
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘ZBEKISTON VA GERMANIYADA TA’LIM TIZIMINING QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston va Germaniya ta'lim tizimlarining qiyosiy
tahlili keltirilgan. O‘zbekiston va Germaniya ta'lim tizimlari o‘rtasida sezilarli farqlar
mavjud, lekin har ikkala mamlakatda ta'limning sifatini oshirish, imkoniyatlarni
kengaytirish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha faol islohotlar amalga
oshirilayotgani ta’kidlab o’tilgan. Maqola Germaniya ta'lim tizimining yutuqlari va
kamchiliklarini aniqlash hamda O'zbekiston ta'lim tizimi uchun foydali tajribalarni
o'rganish maqsadida yozilgan.
DUAL TA'LIMDA KORXONANING ROLI VA MAS'ULIYATLARI
Annotatsiya. Maqolada dual ta’limni tashkil qilishda korxonaning o’rni yuqori
ekanliki ta’kidlab o’tilgan. Korxonalarning bu tizimdagi roli va mas'uliyati, nafaqat
o'quvchilarni tayyorlash, balki ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning asosiy omili
ekanligi tog’risida fikir yuritilgan. Korxonalar, o'quvchilarga amaliy tajriba berish va
ularni kasbiy tayyorlash orqali jamiyat uchun sifatli ishchi kuchini tayyorlashda muhim
rol o'ynaydi. Shu sababli, korxonalar ta'lim tizimida faol ishtirok etib, kelajakdagi
mutaxassislarni tayyorlashga o'z hissasini qo'shishlari zarur ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARI UYUSHMASI (ASSOTSIATSIYA) NING TASHKIL ETILISHI, UNING ASOSIY MAQSADLARI VA BANK TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O‘RNI
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi banklari Uyushmasi
(Assotsiatsiya)ning tashkil etilishi, uning huquqiy asoslari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari
hamda mamlakat bank tizimini isloh qilishdagi o‘rni yoritilgan. Assotsiatsiyaning
tijorat banklari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy moliyaviy xizmatlar
ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va xalqaro bank amaliyotlarini joriy etishdagi
strategik ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, Assotsiatsiyaning normativ-huquqiy
hujjatlar ishlab chiqish, bank xodimlari malakasini oshirish, bank mijozlari
manfaatlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlardagi faoliyati chuqur tahlil etiladi.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI MAMLAKATIMIZDA YANADA TAKOMILLASHTIRISH
Abstract. This article analyzes the state of foreign economic activity of the
Republic of Uzbekistan and provides proposals and recommendations for its further
development and improvement. The issues of integration with the world economy,
increasing export potential, attracting foreign investments, and stimulating foreign
economic activity through improving the system of customs and tax incentives are
covered. Also, the article, based on the analysis of existing problems, considers the
directions of liberalization of foreign trade policy and production of competitive
products.
BANKLAR VA ULARNING IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Annotatsiya. Ushbu maqolada bank tizimining milliy iqtisodiyotdagi tutgan
o‘rni, uning moliyaviy barqarorlikka ta’siri va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlashdagi roli yoritilgan. Banklarning kreditlash, investitsiyalarni
moliyalashtirish, to‘lov tizimlarini tashkil etish hamda jamg‘armalarni safarbar etish
orqali iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qanday xizmat qilishi tahlil qilinadi.
Shuningdek, bank tizimidagi islohotlar, raqamli bank xizmatlari va moliyaviy
inklyuziyaning kengayishi bilan bog‘liq zamonaviy tendensiyalar ko‘rib chiqiladi.
Maqolada banklarning iqtisodiy barqarorlik va o‘sishga qo‘shgan hissasini
kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.