Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
47
ISSN:3030-3621
FONETIKA BO‘LIMINI O‘RGATISHDA INNOVATSION YONDASHUV
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLAR TATBIQI
Janibekova Gulmira Nurilla qizi
1
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi
46-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili fanining Fonetika bo‘limini
o‘rganishda o‘quvchilarning yodda saqlash va nutqiy ko‘niklamalarini
rivojlantirishga yordam beradigan metodlar haqida ma’lumotlar va tavsiyalar
berib o‘tilgan. Metodik qo‘llanmani tayyorlash jarayonida fonetika bo‘limining
har bir elementiga va o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlariga alohida ahamiyat
berilgan va puxta reja asosida ishlab chiqilgan. Bundan taqshqari ushbu
qo‘llanmada o‘quvchilarni kreativ fikrlashga undovchi metodlar ham joy olgan.
Metodik qo‘llanmadan joy olgan har bir metodning maqsadi va kutilayotgan
natija alohida yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Nutq tovushlari, tinglab tushunish va farqlay olish
ko‘nikmasi, og’zaki va yozma nutq, “Xarita” metodi, “ Rebusga yashiringan sir”
metodi, “ Fonetik jadval” metodi, “ Oq sandiq va qora sandiq “ metodi, “ Shirin
savollar “ metodi.
Kirish(Introduction):
Hozirgi kunda globallashuv jarayoni bir muncha
tezlashib ketganligini inobatga olgan holda ta’lim tizimi ham o‘z navbatida
fanlarni o‘qitishda bir qancha zamonaviy va ilmiy asoslangan, yuqori natijalarni
nazarda tutuvchi va ushbu omillarga javob bera oluvchi metodlarga ehtiyoj
kundan kunga ortib bormoqda.
Ona tili va adabiyot fani o‘quvchilarning tafakkur qilish qobiliyatini,
notiqlik qobiliyatini va aktyorlik qobiliyatini ko‘rsatib berishga, o‘zlari erkin
fikrlay olishga va o‘zgalar fikrini tinglashga, fikrlarni yozma va og’zaki
nutqda sof va ravon ifoda etishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo‘la
oladigan shaxs sifatida kamol topishida asosiy ko‘makdosh bo‘lib xizmat qiladi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki ona tili faniga faqatgina fan sifatida emas
balki, butun ta’lim tizimini birlashtirib turuvchi ta’limiy jarayon sifatida qarash
lozim.
Ona tili va adabiyot ta’limini yanada takomillashtirish, bu jarayonda
zamonaviy axborot texnologiyalarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga
erishish bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida qaralmoqda. Ushbu muammoli
vaziyatni hal qilish yo‘lida esa ko‘plab ustoz va murabbiylarimiz fidokorona
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
48
ISSN:3030-3621
xizmatlari bilan o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda umumta’lim
maktablarida darslarni tashkil qilish jarayonida ko‘plab interfaol metodlar ishlab
chiqilmoqda va amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Ushbu metodik qo‘llanma ham ona tili darslarida o‘quvchilarga fan mavzusi
yuzasidan bilim va ko‘nikmalarni puxta egalllash, nutqiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradigan
interfaol metodlar asosida ishlab chiqildi.
Methods (Usullar):
“Ona tili fanining Fonetika bo‘limini o‘qitishning o‘ziga
xos jihatlari “ mavzusini o‘rgatish jarayonida yordam beruvchi interfaol metodlardan
foydalanish.
Ushbu maqolda asosan bir qancha yangi metodlarni o‘ylab topib,
amaliyotda sinab ko‘rganlarimni tavsiya qilmoqdaman. Bu metodlar orqali
o‘quvchilar yodda saqlash qobiliyatini, nutqiy kompetensiyani va tinglab
tushunish qobiliyatini rivojlantiradilar. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishni joizki
Metodik qo‘llanmadagi barcha interfaol metodlar Fonetika bo‘limiga oid bilim
va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun amalda qo‘llanildi.
1.“XARITA” metodi
Eng avvalo biz siz bilan Ona tili fanining qanday bo‘limlari borligi va
ularning har biri qanday bilimlarni o‘rgatishi haqida quyidagi “ Xarita” Metodi
orqali tanishib olamiz. Ushbu metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilarning ona
tili fanining bo‘limlarini yodda saqlab qolish qobiliyatini mustahkamlash. Bu
metodni qo‘llash uchun men muqaddas ona diyorimizning geografik xaritasidan
foyfdalanishga qaror qildim, 12 ta viloyat chegarasi asosida 12 ta savol va ushbu
xaritadagi hududlar chegarasini esa bo‘limda o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzular
xajmiga binoan belgilab chiqdim. O‘quvchilar har bir hududga savolning javobini
yozib chiqadilar. Ushbu xaritada Ona tili fanining bo‘limlari belgilab chiqilgan.
Endi sizlar bilan quyidagi atamalarga javob topishimiz kerak bo‘ladi?
Ushbu tushunchalar va keltirilgan atamalar qaysi bo‘limga tegishli?
1.
Til tovushlari va ma’no farqlash ;
2.
Atash ma’no, ko‘p ma’no;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
49
ISSN:3030-3621
3.
Bitishuv, moslashuv, boshqaruv;
4.
Boshiga ko‘taradi, ichiga sig’madi;
5.
Tovush o‘zgarishlari, me’yor;
6.
Qo‘shib yozish, ajratib yozish;
7.
Mustaqil , yordamchi;
8.
So‘zlarning kelib chiqish tarixi;
9.
Vergul, tire, ikki nuqta;
10.
Moyak, shoti, govona;
11.
Qaror qilindi, ijro etildi;
12.
Tarjima, izoh;
2.“REBUSGA YASHIRINGAN SIR” metodi
Fonetika mavzusini mustahkamlash uchun bir nechta metodlarni o‘quvchilar
bilan sinab ko‘rdik. Shulardan biri “ Rebusga yashiringan sir” metodi. Bunda
o‘quvchilar rebusni yechish orqali savollarga javob topadilar. Rebusdagi *
belgisi esa sanog’iga qarab nechta bo‘lsa shu miqdorga teng bo‘lgan tovush va
harflarni olib tashlash kerak ekanligi haqidagi eslatma hisoblanadi. Agar so‘z yoki
rasm oldidan * belgisi qo‘llansa oldindagi harflar olib tashlab o‘qiladi. Ba’zan
V=B tarzida kelsa bunda tenglik oldidagi Harf tenglikdan keyingi harf bilan o‘rin
almashinadi.
3.“FONETIK JADVAL” metodi
O‘quvchilar tovushlar haqidagi barcha nazariy ma’lumotlar bilan tanishib
chiqqach ularning nutq tovushlar haqidagi o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini
mustahkamlash maqsadida yana bir metodni qo‘llaymiz. Ushbu metodimiz xuddi
kimyo fanidagi Mendaleyev jadvalidek jadval asosida olib boriladi bu jadvalni biz
Ona tili faniga asosan “ Fonetik jadval “ Metodi deb nomladik.
Dastavval o‘quvchilarga yana bir bora nutq tovushlari haqidagi nazariy bilimlarni
berib o‘tamiz va ular bilan nazarda tutilgan metodni boshlaymiz.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
50
ISSN:3030-3621
Ushbu metodda o‘quvchilar uchun lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi
va bo‘sh katakchalar taqdim etiladi. Bunda o‘quvchilar tovushlarni Alifbodagi
harf, tartib raqami, hosil bo‘lish o‘rni, til va lablarning harakatiga ko‘ra
joylashtiradilar hamda shartli va ogohlantiruvchi ranglar asosida bo‘sh kataklarni
bo‘yab chiqadilar.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
51
ISSN:3030-3621
O‘quvchilar quyidagi bo‘sh katakchalarga yuqorida ta’kidlanganidek shartlarni
bajarib chiqadilar va bajarilgan topshiriqni o‘qituvchi nazorati ostida tekshirib
chiqib, tahlil qiladilar.
4“ OQ
SANDIQ VA QORA SANDIQ ” metodi
Navbatdagi metodimiz orqali esa o‘quvchilarning fonetika bo‘limi bo‘yicha
bo‘shliqlarini to‘ldirishga harakat qilamiz. Ushbu metodni qo‘llagan vaqtimda
asosan o‘quvchilarning ko‘p qismi “ X ” va “ H “ undoshlarining talaffuzi va
imlosida bir qancha kamchiliklari borligini aytib o‘tdilar. Men ushbu
kamchiliklarni bartaraf etish msaqsadida “ Oq sandiq va qora sandiq “ metodini
o‘ylab topdim. Bu metod sharti quyidagicha: eng avvalo o‘quvchilarni qanday
vaziyatlarda so‘zlardagi tovushlar “ x “ va “ H “ tarzida talaffuz qilinishi va yozilishi
haqida ma’lumot berib o‘tdim va ularga kichik eslatma berdim.
Bu eslatmadan so‘ng o‘quvchilarni ikki guruhga ajratdim va guruh sardorlari
tayinlab, jamoalarga nom ham berdik. Shunday qilib
1-jamoa nomi “ BILIMDONLAR“ 2-jamoa nomi “ ZUKKOLAR “ va bundan
tashqari bizga ikkita oq va qora rangli sandiqchalar , shu rangdagi kartochkalar
kerak bo‘ladi. Jamoa sardorlari jamoa a’zolari bilan maslahatlashgan holda
o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan masofali diktantni kuzatib, oldida turgan
FIKR SIZDAN- IZOH BIZDAN
e
h
t
i
r
o
m
,
e
h
s
o
ix
cham,
ix
tiro,
ix
los,
ix
tisos, m
ix
, mirr
ix
(
i-h
ota, im-t
i-h
on, n
i-h
ol, n
i-h
on)
a
hd
, sha
hd
(sha
x-d
am)
ba
xt
, ta
xt
, pa
xt
a, ta
xt
a, sha
xt
a, so
xt
a, dara
xt
, kara
xt
(ma
h-t
al) To
h
ir, Zo
h
id, Vo
h
id, sho
h
id
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
52
ISSN:3030-3621
varaqqa diktantning to‘g’ri variantini taqdim etadilar. Taqdim etilgan har bir to‘g’ri
javob uchun “ Oq sandiq” qa oq rangdagi rag’bat kartasi solinadi, har bir noto‘g’ri
javob uchun esa qora rangdagi jarima kartasi solinadi va o‘yin yakunida esa
har bir jamoaning sandiqlari ochilib, hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi, g’olib
jamoa esa albatta oq sandiqdagi
“ Oltin toj ” ga egalik qiladilar.
Endi o‘yin shartiga binoan o‘qituvchi tomonidan masofali diktant taqdim etiladi.
Bunda o‘quvchilar nuqtalar o‘rniga mos harflarni qo‘yib ko‘chiradilar.
“H”
mi yioki
“ X ”?
1.
...assos 8. ma…fiy
2.
...atlamoq 9. …ardam…ayol
3.
…avoza 10. …alal
4.
…azil-maza… 11. …alak
5.
…aloskor 12. …aridor
6.
ma…tal 13. …ar…asha
7.
ma…raj 14. …ayr-e…son
Javoblar varaqasi:
1.
H
assos 8. ma
x
fiy
2.
h
atlamoq –
x
atlamoq 9.
h
ardam
x
ayol
3.
h
avoza 10.
x
alal
4.
h
azil-maza
x
11.
h
alak
5.
X
aloskor 12.
x
aridor
6.
Ma
h
tal 13 .
x
ar
x
asha
7.
Ma
x
raj 14.
x
ayr-e
h
son
Natijalar (Results):
bo‘limini ham ilmiy maqola talablariga mos tarzda yozib
beraman. Bu bo‘limda siz o‘tkazgan kuzatuv, tajriba yoki tahlillar asosida aniq,
dalillarga tayangan holda erishilgan yutuqlarni ifodalash muhim. Quyidagi namunaviy
matnni moslashtirib ishlatishingiz mumkin:Tadqiqot davomida ona tili va adabiyot
fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan (jumladan, interfaol usullar,
muammoli ta’lim, jamoaviy ishlar, bahs-munozara, klaster, konseptual xaritalar)
foydalanishning samaradorligi amaliy kuzatuvlar orqali o‘rganildi.
Tadqiqot ishlari asosida quyidagi natijalarga erishildi:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
53
ISSN:3030-3621
1.
O‘quvchilarning fanga nisbatan qiziqishi ortdi.
Darslarda interfaol
metodlardan foydalanilgan sinflarda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga jalb
qilinishi, savollarga javob berishga bo‘lgan ishtiyoqi va darsdan qoniqish
darajasi sezilarli ravishda oshdi.
2.
Kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlandi.
Muammoli vaziyatlar
asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, dalil
keltirish, izchil mulohaza yuritish malakasining shakllanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
3.
O‘z fikrini asoslash va jamoada ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Bahs-munozara va kichik guruhlarda bajarilgan topshiriqlar natijasida
o‘quvchilarning o‘z fikrida qat’iy turish, bir vaqtning o‘zida boshqalarning
fikrini tinglash va hurmat qilish madaniyati rivojlandi.
4.
Dars jarayonining samaradorligi va ta’lim sifati oshdi.
Metodik yangiliklar
asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari
yuqori bo‘ldi, darsga kechikishlar yoki passivlik holatlari kamaydi.
5.
Ijodiy yondashuv va shaxsiy faollik rivojlandi.
O‘quvchilar mustaqil tarzda
referat, tahliliy yozuvlar, matn asosida savol tuzish kabi topshiriqlarni bajara
olish darajasiga yetdi, bu esa ularning ijodiy salohiyatini ochishga xizmat qildi.
Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ona tili va adabiyot fanida
innovatsion metodlardan tizimli va maqsadli foydalanish o‘quvchilarning shaxsiy
rivojlanishini ta'minlash bilan birga, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning muhim
omillaridan biri hisoblanadi.
Agar siz tajriba o'tkazgan sinflar soni, o‘quvchilar soni yoki aniq statistik
ma’lumotlaringiz bo‘lsa, ularni kiritib, natijalarni yanada kuchliroq qilish mumkin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
54
ISSN:3030-3621
Muhokama
(
Conclusion):
Mazkur maqolada amaliyotda sinovdan o‘tqazgan
bazi bir metodlar haqida to‘xtalib o‘tdik. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda
innovatsion pedagogik metodlardan foydalanish o‘quvchilarda ushbu fan bo‘yicha
motivatsiyani oshirishda, mustaqil fikrlash va ijtimoiy-kommunikativ ko‘nikmalarni
shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida tahlil qilingan metodik
yondashuvlar ta’lim jarayonini faollashtirish, o‘quvchilarni darsga faol jalb etish
hamda ularda mulohaza yuritish, tahlil qilish, fikrini asoslab bayon qilish kabi muhim
kompetensiyalarni rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligi ko‘rsatildi.
Mazkur metodlar orqali o‘quvchilarda qat’iyatlilik, jamoada ishlash madaniyati,
o‘zaro muloqot olib borish, kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari sezilarli darajada
rivojlanadi. Shu bilan birga, darslarning mazmunan boy va metodik jihatdan qiziqarli
o‘tishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni faollikka undash, ular
orasida o‘z-o‘zini anglash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini
beradi.
Xulosa qilib aytganda, ona tili va adabiyot fanida zamonaviy metodlardan
samarali foydalanish nafaqat ta’lim mazmunini boyitadi, balki o‘quvchi shaxsini har
tomonlama rivojlantirishga, ularning ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarini
takomillashtirishga xizmat qiladi. Bu esa zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlariga
to‘laqonli erishish uchun zarur bo‘lgan muhim shartlardan biridir.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Axmedova, M., Jo‘raeva, G. (2021).
Ona tili o‘qitish metodikasi
. Toshkent: «Fan
va texnologiya» nashriyoti.
2.
Rasulova, N. (2019).
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ona tili
darslarini tashkil etish
. Toshkent: O‘qituvchi.
3.
Qodirova, S. (2020). “Interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi
haqida.”
Xalq ta’limi
, №2, 45–49-betlar.
4.
Karimov, D. (2018).
Boshlang‘ich sinflarda fonetika materiallarini o‘qitishning
samarali yo‘llari
. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.
5.
Abduazizov, A. (2017).
O‘zbek tili fonetikasi
. Toshkent: Universitet nashriyoti.
6.
Xasanboeva, D. (2022). “Ona tili darslarida interfaol metodlar: amaliy tajribalar.”
Ilm va taraqqiyot
, №4, 60–64-betlar.
7.
Vygotsky, L.S. (1978).
Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes
. Cambridge: Harvard University Press.
8.
Jonson, D., & Jonson, R. (1999).
Learning Together and Alone: Cooperative,
Competitive, and Individualistic Learning
. Boston: Allyn & Bacon.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2017).
Ona tili fani bo‘yicha
umumta’lim maktablari uchun namunaviy o‘quv dasturi (5–9-sinflar)
. Toshkent.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3775-sonli qarori. (2018).
Ta’lim
sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida
.
Toshkent.