Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
127
ISSN:3030-3621
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT
MASKANIDA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN HAMKORLIGINI
TAKOMILLASHTIRISH
IIV Akademiyasi kursanti 321-guruh kursanti
O‘ktamaliyev Kamron Bahodir o’g’li
Annotatsiya
Mazkur maqolada, profilaktika inspektorining mahalla huquq-tartibot
maskanida sohaviy xizmatlari bilan hamkorligi tushunchasi va o‘ziga xos
xususiyatlari, huquqiy va takomillashtirishiy asoslari, hamkorligini metodik
ta’minlash, hamkorligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, hamkorligini
takomillashtirish etish bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasi, qolaversa, hamkorlikdagi mavjud
kamchilik va muammolarni samarali bartaraf etish bo‘yicha bir qator taklif va
mulohazalar yoritib berilgin
.
Kalit so‘zlar:
Profilaktika inspektori, mahalla, huquq-tartibot maskani, sohaviy
xizmatlar, hamkorlik, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar, fuqarolik
jamiyati, profilaktik chora-tadbirlar, axborot almashinuvi, ijtimoiy xavfsizlik, mahalla
tizimi, huquqiy madaniyat, jinoyatga qarshi kurash.
Annotation
The relevance of the research topic, the concept and specifics of cooperation of
the Inspector of Prevention with the sectoral services of law enforcement agencies,
legal and organizational framework, methodological support of cooperation, the main
directions of cooperation, best international experience in cooperation, as well as
existing shortcomings and highlight a number of suggestions and comments on how to
effectively address the issues.
Keywords:
Preventive inspector, neighborhood, law enforcement, sectoral
services, interagency cooperation, crime prevention, public safety, community
policing, legal culture, early prevention, information exchange, social security, civil
society institutions, coordinated actions, crime control.
Kirish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilgan islohotlarning
bugungi bosqichida uning samaradorligini oshirish, shuningdek, huquqbuzarliklar
profilaktikasi faoliyatini amalga oshirish jarayonida huquqni muhofaza qilish organlari
bilan birga boshqa davlat organlari, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning ishtirokini
ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Jamoat xavfsizligini
ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning
yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
128
ISSN:3030-3621
darajasigacha samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy
etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining
tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida:
Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishning mutlaqo yangi
mexanizmlari etib quyidagilar belgilansin:
har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va
ularni bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi
kurashishga oid muammolarni bevosita joylarning o‘zida hal etish;
hududlarda jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqib, har bir tuman, shahar va
mahallalarni toifalarga ajratish hamda hokimliklar, sektorlar va jamoatchilik bilan
hamkorlikda «jinoyat o‘choqlari»ni bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va
vositalarni jalb qilish;
«respublika — viloyat — tuman — mahalla» tizimi asosida yaxlit boshqaruv va
uzluksiz nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish, ichki ishlar va boshqa davlat
organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini samarali
muvofiqlashtirish orqali mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash; ichki
ishlar organlari xodimlarining zamonaviy qiyofasini yaratish, ularning mas’uliyati va
kasbiy salohiyatini oshirish, jinoyatchilikning yangi ko‘rinishlariga qarshi kurashish
uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish hamda sohani to‘liq raqamlashtirishga
erishish va shu kabi boshqa ustuvor yo‘nalishlar belgilandi
Asosiy qism
1.
Profilaktika inspektorining mahalla huquq-tartibot maskanida sohaviy
xizmatlar bilan hamkorligini takomillashtirishning tushunchasi xamda ahamiyati
Profilaktika
inspektorlari
sohaviy
xizmatlari
bilan
hamkorligini
takomillashtirish va takomillashtirish masalalari ko‘rilayotganda, avvalo
o‘rganilayotgan ob’ektda o‘zaro hamkorlik tushunchasiga ta’rif berib o‘tish maqsadga
muvofiqdir.
V.A.Afanasev hamkorlikka quyidagicha ta’rif beradi.
Hamkorlik-
bu qonun va
qonun osti aktlarda asoslangan, vazifalar, yo‘nalishlar va vaqtlar bilan kelishilgan,
xizmat ko‘rsatilayotgan hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda,
huquqbuzarliklar shu jumladan jinoyatlarning oldini olishda ishtirok etuvchi militsiya
(ichki ishlar organlari)ning kuch va vositalaridan hamkorlikda foydalanish tushuniladi.
Hozirgi kunda profilaktika inspektorlarining mahalla huquq-tartibot maskanida
soxaviy xizmatlar bilan hamkorligi:
birinchidan
, birgalikda yo‘riqnomalar
o‘tkazishda;
ikkinchidan
, huquqbuzar va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar
haqida axborotlarni o‘zaro almashishda;
uchinchidan
, huquqbuzarliklar jumladan,
jinoyatlarning sodir etilish sababi va sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishda;
to‘rtinchidan
, huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tadbirlarni hamkorlikda amalga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
129
ISSN:3030-3621
oshirishda;
beshinchidan
, huquqbuzarliklar, jumladan jinoyatlarning oldini olishga
doir ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashishda namoyon bo‘ladi.
2. Profilaktika inspektorining mahalla huquq-tartibot maskanida sohaviy
xizmatlar
bilan
hamkorligini
takomillashtirishning
huquqiy
asoslari.
Profilaktika inspektorlarining sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi,
«Ichki
ishlar
organlari
to‘g‘risida»gi,
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid
davlat siyosati to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va
farmoyishlari, shuningdek mazkur nizomlari asosida amalga oshiradi.
Konstitutsiyamizning
13-moddasida
ko‘rsatilganidek,
O‘zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson,
uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi. Ularni ta’minlash esa, boshqa davlat organlari, muassasalari va
takomillashtirishotlari qatori profilaktika inspektorlarining ham asosiy vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari
to‘g‘risida»gi 1999 yil 19 avgust va «
Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni
davolash to‘g‘risida
»gi 2020 yil 27 oktyabrdagi qonunlari fuqarolarning huquq va
erkinliklari, jamoat tartibini buzuvchi, qolaversa, aholining osoyishtaligi, salomatligi
va ma’naviyatiga xavf tug‘diruvchi surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki
zaharvandlikka qarshi kurash va ularning oldini olishda profilaktika inspektorlarining
sohaviy xizmatlar bilan keng ko‘lamli hamkorligini tartibga solidi.
3.
Profilaktika inspektorining mahalla huquq-tartibot maskanida sohaviy
xizmatlar bilan hamkorligini takomillashtirishning ilg‘or xorij tajribasi
Osiyo va Yevropa mintaqalarida joylashgan mamlakktlarda huquqbuzarliklar
profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizlikni
ta’minlash o‘zgacha. Ushbu sohada har bir davlat o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lib, ularni
o‘rganish hamda yurtimiz jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimiga tatbiq
etish bugunning dolzarb talablaridan biridir. Ma’muriy hududlarda jamoat tartibi va
xavfsizligini ta’minlash borasida xorijiy davlatlar to‘plagan tajribani o‘rganish bu
masalaga tizimli yondashuvni talab qiladi. Shu sababli, ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun quyidagicha yondashish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: Xorijiy davlatlar
jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimlari. Har bir davlatning jamoat tartibi va
xavfsizligini ta’minlash tizimi boshqa mamlakatlarnikidan muayyan xususiyati bilan
ajralib turadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
130
ISSN:3030-3621
Turkiya milliy politsiyasi
mamlakatda qonun ustuvorligini, fuqarolarning
qonuniy huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini ta’minlash, davlat
hududiy yaxlitligi va xavfsizligini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, xususan
huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatini olib boradi.
Turkiya milliy politsiyasi quyidagi tamoyillarga asoslanib faoliyat olib boradi:
Qonun ustuvorligi, inson huquqlari, demokratik politsiya, jamoatchilik tartibi va
xavfsizligi, ijtimoiy tinchlik, professionallik, ozodlik va xavfsizlik bilan uyg‘unlik,
jinoyatlarning oldini olish va samarali politsiya faoliyati, kommunikativ Politsiya
Falsafasi.
Bu borada o‘ziga xos tajriba Rossiya Federatsiyasida to‘plangan. Mamlakat
Konstitutsiyasining 72-moddasiga muvofiq, qonuniylik, huquq-tartibot, jamoat
xavfsizligini ta’minlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish Rossiya Federatsiyasi
va sub’ektlarining birgalikdagi boshqaruvida amalga oshiriladi. Ijroiya hokimiyatiga
rahbarlikni amalga oshirish asosida Prezident va hukumat qonuniylik, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ta’minlash, mulkchilik va jamoat tartibini qo‘riqlash bo‘yicha
takomillashtirishiyboshqaruv chora-tadbirlarini amalga oshiradi, shuningdek jinoiy-
huquqiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari, resurslarini belgilaydi
. Rossiya
Federatsiyasi Prezidentining «Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomani tasdiqlash haqida»gi 1996 yil 18 iyul farmonida ko‘rsatilganidek,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, mulkchilik shaklidan qat’i nazar,
ob’ektlarni qo‘riqlash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash IIVning eng asosiy
vazifasi hisoblanadi
. Sobiq Ittifoq parchalanganidan keyin Rossiya Federatsiyasida
militsiya, keyin esa politsiyaning faoliyati ikki asosiy yo‘nalishga, ya’ni kriminal va
jamoat xavfsizligi militsiyasi (politsiyasi)ga ixtisoslashgan holda takomillashtirish
etildi. Mamlakatda «munitsipal politsiya» va «jamoat xavfsizligi politsiyasi» atamalari
bir xil ma’noga ega bo‘lib, ular faoliyatini takomillashtirish etish va tartibga solish
maqsadida mamlakatda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining «Jamoat xavfsizligi
militsiyasi munitsipal organlarini bosqichma-bosqich shakllantirish to‘g‘risida»gi
farmoni qabul qilingan.
Xulosa:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentdi Shavkat Mirzieyov: «Biz
“Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat,
huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni
jadal davom ettiramiz. Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida
e’tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo, mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish,
profilaktika inspektorlarining ish samarasi va ma’suliyatini oshirish, ular uchun
munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko‘rishimiz darkor»
deb takidlab o‘tdi.
Demokratik davlat va jamiyat yetukligining asosiy mezonlaridan biri-bu
fuqarolarning huquqiy ong hamda madaniyat darajasidir. Bu o‘z navbatida jamiyatda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
131
ISSN:3030-3621
qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim
shartlaridan biri bo‘lishi qatorida, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyat
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shu ma’noda aytadigan bo‘lsak, respublikada
huquqtartibot tizimining quyi bo‘g‘inlariga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Bu
masalaga davlat rahbari ham alohida to‘xtalib, «Hozirgi kunda eng katta masala – bu
ichki ishlar tizimining quyi bo‘g‘inini mustahkamlashdan iborat. Biz profilaktika
inspektorlarining yashashi va ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdik. Endi
ularning salohiyatini, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorligini kuchaytirish zarur.
Bundan keyin har bir mahalladagi profilaktika inspektori o‘rniga uch nafar eng
professional xodim saralab olib biriktiriladi. Shunday qilsak, ular o‘rtasida raqobat
paydo bo‘ladi, odamlarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydigan chinakam
samarali tizim yaratiladi» deb aytib o‘tgandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoev Sh.M. 2017 yil 20 noyabr kuni o‘tkazilgan jinoyatchilikka qarshi
kurashish
va
huquqbuzarliklarning
oldini
olishda
davlat
va
jamoat
takomillashtirishotlari hamkorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlagan nutqi //
Xalq so‘zi. – 2017. – 21 noyab.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi:
3.
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni:
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi «Ichki ishlar
organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-
5005-son Farmoni:
5.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2017 yil 18 apreldagi «Ichki
ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bulinmalari faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2896-sonli qarori:
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son
Farmoni. “O‘zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va
uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida:
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qarori.
“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi
kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
takomillashtirishiy chora-tadbirlar to‘g‘risida:
8.
Ziyodullaev M.Z. Aholi turar joylarida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar
profilaktikasining ilg‘or xorij tajribasini mamlakatimizga joriy etishning asosiy
yo‘nalishlari.