Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
34
ISSN:3030-3621
ILM YULDUZLARI HECH QACHON SO’NMAYDI
Mallaxonov Samandar Qahramon o’g’li
Toshkent davlat yuridik universitetining III bosqich talabasi
mallaxonovsamandar50@gmail.com
Hayotlarining so’nggi yillarigacha Toshkent davlat yuridik instituti
“Fuqarolik protsessi” kafedrasini boshqarib keldilar. Hatto betob bo’lgan
paytlarida ham shu dargoh hayoti haqidagi o’y-xayollar bilan yashadilar va oxirgi
kunlargacha: “Sal o’zimga kelib olay, institutga boraman, ishga boraman”,
derdilar.
(Ustoz Sh.Sh.Shorametovning farzandi
Yuridik fanlar do’ktori U.Sh.Shoraxmetova )
Ilm dargohi bamisoli poyonsiz va sarhadsiz koinotga o’xshaydi. U yerda yulduz
ko’p, sayyora ko’p. Lekin shunday yulduzlar borki, ular taratayotgan nur yillar, hatto
asrlar o’tsa ham aslo so’nmaydi. Balki, koinotning eng zulmatga cho’mgan nuqtalariga
yetib borib, u yerlarni ham yorug’likka to’ldiradi. Zamonaviy o’zbek
huquqshunosligining
ustunlaridan
biri
bo’lgan,
milliy
sivilistikamizning
“muzyorariga” aylangan, shogirdlari har doim yuzlarida tabassum, qalblarida faxr
bilan xotirlaydigan, hayotining so’nggi damlarigacha yuridik institutga borishni
astoydil istagan inson Ustoz Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovich ham ana shunday
yulduzlardan biri edi. Ularning yuduz kabi tarqatayotgan ilm nurlari bugungi kunga
qadar yosh avlodni ko’zlarida, qalblarida, kasblariga bo’lgan sadoqatlarida, yangi
bilimlarni egallashdagi tirishqoqliklarida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda. Agar ilm
koinotida yulduz bo‘lishning mohiyati bormi desalar, javob shubhasiz mana bunday
bo’lar edi: "Ha, bunday insonlar – yorug‘lik taratuvchi yulduzlardir. Ularning nuri
zamon chegarasidan o‘tib, kelajak avlodlarni ma’rifat yo‘liga boshlaydi".
Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovich 1931-yil 26-avgust kuni hozirgi
Qozog’iston Respublikasining Sirdaryo daryosidan uncha uzoq bo’lmagan so’lim,
bahova shahri Chimkentda xizmatchi oilasida tavallud topgan. Otalari – Shorustam ota
oddiy xizmatchi bo’lganlar. 1943-yil ayni ikkinchi jahon urushining qizg’in pallasida
nemis fashistlari bilan bo’lgan janglarda og’ir kasallikdan vafot etganlar. Onalari –
Tojixon aya yolg’iz ayol bo’lishlariga qarmasdan to’rt o’g’illarini o’zlari katta qildilar,
ularga ta’lim-tarbiya berdilar. Ushbu to’rt farzandning eng kenjasi Ustoz Shoakbar
Shorustamovich edilar. Ustozning bolalik vaqtlari ayni ikkinchi jahon urushining
sovuq shamollari kezib yurgan, ocharchilik, mamlakat iqtisodiyotini to’laligicha
urushga moslashtirish kabi og’ir davrga to’g’ri keldi. Ehtimol, aynan shu faktorlar
Ustozning mustahkam iroda sohibi bo’lib yetishishlarida muhim rol o’ynagandir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
35
ISSN:3030-3621
Ustozning ilm olishga bo’lgan ishtiyoqi maktab kezlaridanoq barchani hayratga solgan
edi. Zamondoshlarining xotirlashicha bir kuni qishda tizza borobar qor yog’adi, havo
minus 30 gradusdan ortiq sovuq. Mana shunday ayozli kunda ham Ustoz Shoakbar
Shorustamovich egnilari va oyoqlariga qalin kiyimlari bo’lmasa ham maktabdagi dars
mashg’ulotlariga borgan ekanlar. Ustoz o’z oldiga “yurist” bo’lish maqsadini
qo’yishlariga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatgani Ustozning hamkasblari tomonidan
xotirlanadi. Jumladan, Ustoz yettinchi sinfda o’qib yurgan vaqtlarida, ularning akalari
bo’lmish Shopo’lat akani g’araz niyatli insonlarning yolg’on ko’ratmasi bilan
Chimkent shahar militsiya xodimlari tomonidan ikki kun mobaynidan asossiz ushlab
turilishi edi. Mana shunday adolatsizlikning shohidi bo’lishlari ularning bola qalblarida
chuqur iz qoldirgan bo’lsa ajab emas. Bundan tashqari, Ustoz Shoakbar
Shorustamovichning Adhambek Rustambekov ismli qo’shnilari bo’ladi. Bu kishi
Toshkentda tahsil olayotgan yosh yuristlardan bir edi. Adhambek Rustambekov
yuridik sohada o’qishni tamomlab, hozirgi Tojikiston Respublikasining Dushanbe
shahridagi prokuratura organlarida mas’ul lavozimlarda ishlashni boshlaydi. Yosh
Shoakbar Shorustamovichning hayol chizgilarida prokuratura xodimi maxsus
“forma”si o’zgacha ranglar bilan aks etgan bo’lsa kerak. Mana shunday ajoyib bolalik
taassurotlari bilan Ustoz 1950-yil mahalliy maktabni tamomlashlari bilanoq Toshkent
shahriga otlanadilar. Ustoz Toshkentga kelib O’rta Osiyo Davlat Universiteti (САГУ)
yuridik fakultetiga hujjatlarini topshiradilar. U vaqtlari huquqshunoslik yo’nalishi
uchun juda kam atigi 25 ta joy ajratilgan bo’lib, bir o’ringa 12 nafar nomzod to’g’ri
kelar edi. Quvonarlisi, o’sha yilgi 25 nafar talabalarning qatorida Shoakbar
Shorustamovich ham bor edilar. Ustoz o’z hayotlaridagi ijobiy burilishlardan biri
sifatida Universitetga qabul qilinganliklari bo’lganligini doim qalblarida saqlab yurgan
ekanlar.
Shunday qilib Ustoz Shoakbar Shorustamovich hayot kitoblarida yangi talabalik
deb nomlangan sahifa ochildi. Bu sahifa sho’xliklar, o’ziga xos qiyinchiliklar, yangi
tanishlar va ustozlar tanbehlariga boy hamda faqatgina tabassumlar bilan yodga
olinadigan sahifa edi. Ustozga birinchi kursning o’zidayoq maxsus huquqiy fanlar
o’qitila boshlandi. Malik Hakimov – Davlar huquq nazariyasi fanidan; Holida
Samatova – Xorijiy mamlakatlarning davlat huquqi tari fanidan; Fuad Bakirov – Sud
tuzilishi fanidan; Otaboy Eshonov – Ittifoq Davlat huquqi tarixi fanidan Shoakbar
Shorustamovichga saboq berishgan. 1951-yilgi Ittifoq Hukumatining qarori bilan O’rta
Osiya Davlat Universitetining yuridik fakulteti tugatilib, uning o’rnida Toshkent davlat
yuridik instituti tashkil etildi. Ustozning keying talabalik davri Toshkent davlat yuridik
instituti bilan chambarchas bog’landi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
36
ISSN:3030-3621
(Ustozning yoshlik yillari)
Ustoz Shoakbar Shorustamovich talabalik yillarida faqatgina o’qish bilan
cheklanib qolmasdan, Toshkent shahrida talabalar o’rtasida o’tkaziladigan turli xil
sport musobaqalarida ham faol ishtirok etar edilar. Gimnastika yo’nalishida esa
ko’plab marotaba chempionlikni qo’lga kiritganlar. O’zlarining baquvvat ko’rinishlari,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
37
ISSN:3030-3621
uzun bo’ylari bo’lganligi sababli ularni boshqa talabalar Amerikalik sportchi Frank
Gutga o’xshatishar va ushbu sportchi nomi bilan chaqirishar edi. Shuningdek, Ustoz
Shoakbar Shorustamovich universitetda bo’ladigan ilmiy anjumanlarda ham faol
bo’lganlar hamda doimmiy ravishda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelganlar.
Ustozda faqatgina o’zlariga xos bo’lgan tirishqoqlikni, bilimlarni egallashga bo’lgan
ishtiyoqni ko’ra olgan hamda Shoakbar Shorustamovich qatnashgan ilmiy anjumalarda
ishtirok etib ularni yaqinda o’rgangan o’sha davr sivilist olimlari Fuqarolik huquqi
fanlari bo’yicha kafedra mudiri E.O.Dombrovskiy va Y.E.Pesinlar Shoakbar
Shorustamovich kafedrada qolishga va ilmmiy-pedagogik ishlar bilan shug’ullanishga
taklif etishgan. Biroq Ustoz o’z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash niyatida
ekanliklarini aytib bu taklifni vaqtincha rad etganlar.
Talabalik yillari o’z nihoyasiga yetganidan so’ng Ustoz Namangan viloyati
Zadaryo (hozirgi Mingbuloq ) tumani ijroya komitetiga yuboriladi. U yerda mas’ul
kotib sifatida ish boshlaydilar. Keyinchalik Ustoz O’zbekiston Komsomol Markaziy
komitetining buyro qaroriga ko’ra, Zadaro tuman komsomol komitetining birinchi
sekretari lavozimiga saylandi. Ustoz Shoakbar Shorustamovichning hayotlaridagi yana
bir muhim yil sifatida biz 1957-yil sentabrni keltira olamiz. Shu yili Ustoz Zadaryo
tuman xalq sudiga sudya etib saylandi. Bu mas’uliyatli lavozimda Ustoz 1961-yilga
qadar faoliyat yuritdi. Shubhasiz, bu o’tgan to’rt yil Shoakbar Shorustamovichga katta
hayot tajribalari tuhfa etgan deb ayta olamiz. Sir emaski, sudya sifatida ishlash degan
insonlar taqdiri, ularning hayoti bilan ishlash deganidir. Har bir qabul qilayotgan qarori
qaysidir insoning butun boshli hayotiga ta’sir ko’rsata olishini o’ylab ishlash, albatta,
yetuk bilim va tajribani talab qiladi. E’tiborli jihati shundaki, Shoakbar
Shorustamovichning sudya sifatida qabul qilgan qarorlarining birontasi yuqori
turuvchi sudlar tomonidan bekor qilinmagan, aksincha huquqni qo’llash amaliyotida
namuna sifatida tadbiq qilingan ekan. Bularning barchasi ularning nafaqat ilmiy
salohiyatlarini, balki har bir ishga alohida e’tibor bilan yondashganliklaridan dalolat
beradi. Sud tizimidagi mehnatlari Oliy sud rahbariyati tomonidan e’tiborsiz
qoldirilmaydi hamda 1959-yilda Oliy sudning qarori bilan
Ustoz ismlari yozilgan soat
bilan taqdirlandilar
.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
38
ISSN:3030-3621
(Xalq sudyalari saylovi uchun nomzodlari)
Ustoz Shoakbar Shorustamovich Zadaryo tuman rahbariyati va boshqa bir qancha
insonlar yordami hamda tavsiyasi bilan 1959-yil sentabr oyida O’zbekiston Fanlar
Akademiyasi falsafa va huquq institutining yo’llanmasi bilan Moskvadagi Butun
Ittifoq yuridik fanlar institutiga (ВИЮН) aspiranturani o’qish uchun yuborildilar.
Ustoz u yerda Ittifoqqa ma’lum va mashhur huquqshunos olimlar – E.A.Fleytshits,
B.S.Antimonov, L.A.Lunts, D.S.Galkin, E.Pergament, S.Makoviskiy, O.Sadikovlar
qo’lida tahsil oladilar. Ilmiy ishlarni sirtdan o’qib bajarish mushkulligini to’g’ri
anglagan Shoakbar Shorustamovich sudyalik lavozimidan voz kechadilar hamda
Toshkent va Moskvadagi ajoyib insonlar yordami hamda maslahatlari bilan 1963-yil
“O’zbekistonda ratsinalizatorlik takliflarini tashkil topishi, rivojlanishi va huquqiy
tartibga solinishi haqida”gi mazvuda nomzodlik dessertatsiyasini nihoyasiga
yetkazdilar. Ushbu dessertatsiyasini 1965-yilda muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Keyinchalik Ustoz respublika va Ittifoq darajasidagi bir qator muhim va mas’uliyatli
lavozimalrda faoliyat yuritdilar. U yerda ham o’zlarining jonkuyarliklari, har
muammoli masalaga o’z mustaqil fiklari bilan yechim bera olishlari, zimmalari
yuklatilinadigan har bir mas’uliyatni to’g’ri anglagan holda harakat qilishlari bilan
barcha hamkasblari va rahbariyati yodida qoldilar.
Nihoyat, Ustoz Shoakbar Shorustamovich 1967-yil sentabrda o’zlarining jonajon
maskanlari Toshkent davlat yuridik institutiga qaytdilar va bu yerda
“Fuqarolik
protsessual huquqi”
fanidan ma’ruza mashg’ulotlarini o’ta boshladilar. O’sha vaqtlari
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
39
ISSN:3030-3621
institutda talabalar soni 3.5-4 ming nafarga qadar ko’paygan. Ayniqsa, bu talabalar
ichida o’zbekzabon talabalarining ham ulushi ortib borayotgan edi. Lekin afsuski,
o’zbek tilida yozilgan adabiyotlar juda oz edi. Amaldagi talabalarning sonidan kelib
chiqilsa, adabiyotlar miqdori juda kichik miqdorda edi. Ustoz Shoakbar
Shorustamovich mana shu holatni to’g’ri anglar edilar. Shu sababli ham Ustoz birinchi
marotaba o’zbek tilida “Fuqarolik protsessual huquqi” fanidan darslik yaratish ishlarini
boshladilar hamda 1980-yilda 25 bosma taboqdan iborat darslik talabalar ixtiyoriga
yetkazildi. Hali o’zbek tili davlat tili maqomini olmagan vaqtlari bunday ishga qo’l
urish haqiqatdan ham xalqimiz oldidagi buyuk bir xizmat edi.
Ustoz Shoakbar Shorustamovichning sud tizimi, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda
davlat organlaridagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib e’tirof etilib, 1983-
yil mart oyida Oliy Sovet Prezidiumining Farmoniga asosan
“O’zbekistonda xizmat
ko’rsatgan yurist”
faxriy unvoni bilan taqdirlandilar. E’tiborli jihati, hozirgi kunga
kelib ham mazkur faxriy unvonga juda oz yuristlar erishgan bo’lib, Ustoz Shoakbar
Shorustamovich ulardan dastlabki sohiblaridan edilar. Keyinchalik Ustoz Toshkent
davlat yuridik institutining “Fuqarolik kafedarsi” mudiri sifatida faoliyat yurita
boshlandilar. Bu mas’uliyatli lavozim hayot tajribasi bilan bir vaqtda yuqori ilm
salohiyat ham talab qilishini bilan Shoakbar Shorustamovich 1989-yil ilmiy kengash
a’zolarining qarori bilan professorlik ilmiy unvoni berildi. Bu qaror keyinchalik
Moskva Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan ham tasdiqlandi. Ustoz 1995-yil 12-
iyulda doktorlik dessertatsiyasining himoyasini o’tkazdilar hamda yuridik fanlar
doktori faxriy ilm unvonga ega bo’ldilar. O’zbeksiton mustaqilligining 10 yilligi
munosabati bilan mamalakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning tegishli
Farmoni bilan Ustoz Shoakbar Shorustamovich
“Menat shuhrati”
ordeni bilan
taqdirlandilar.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
40
ISSN:3030-3621
(Ustoz hamkasblari davrasida)
(Ustoz shogirdlari davrasida)
Ustoz Shoakbar Shorustamovich tomonidan turli yillarda
73 ta ilmiy maqolalar
,
28 ta darsik, o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar
nashr etilgan. Ustoz tomonidan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
41
ISSN:3030-3621
2001-yilda biryo’la ikkita darslik: O’zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual
huquqi va Xo’jalik protsessual huquqi darsliklari nashr etildi. O’sha kezlari TDYI ning
Ilmiy kengashi yig’ilishlarini birida institut Rektori yuridik fanlar doktori, professor
M.H.Rustamboev “bir yilda ikkita darslikni yozish va chop etish har kimning ham
qo’lidan kelavermaydi”, - deb e’tirof etgan edilar. Ustoz
O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual
kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Fuqarlik kodeksiga sharh
loyihalarini
tayyorlashdan shaxsan boshchilik qilganlar.
Ustoz hamisha shogirdlar yodida
Darhaqiqat, Ustoz Shoakbar Shorustamovich har doim hamkasblari va shogirdlari
yodida qolmoqdalar. Ushbu maqolani yozishdan oldin Ustoz haqida turli xil
manbalarda ma’lumotlar qidirdim. Afsuski, yetuk olim, zabardast ustoz, jonkuyar
rahbar, tashabbuskor inson Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovich haqida ko’plab
ma’lumotlarga duch keldim deb ayta olmayman. Ehtimol, Universitetimiz rahbariyati
tashabbusi bilan joriy qilinayotgan stependiyalar Ustoz Shoakbar Shorustamovich
hayotlari va ilmiy yo’llarini yanada kengroq o’rganilishiga zamin yaratar.
Ustoz Shoakbar Shorustamovich haqida yanada ko’proq ma’lumot olish
maqsadida Ustozning farzadlari ham shogirdlari hozirda TDYU ning Fuqarolik huquqi
kafedrasi o’qituvchisi yuridik fanlar doktori Umida Shoraxmetova Shoakbarovnaga bir
qancha savollar bilan yuzlandim. Ustoz Umida Shoraxmetova dadajonlarini ko’zlari
biroz yoshlangan holda, qalblarida iftixor va sog’inch aralash faqatgina otasini qattiq
sog’ingan farzandning yuragidan chiqishi mumkin bo’lgan o’zgacha ohangda
xotirladilar: “Dadajonim juda sokin, salobatli inson edilar. Ularning yonidan turgan,
ular bilan suhbatlashgan har bir inson bu salobatni va sokinlikni osonlik bilan payqar
edi. Ular hech kimga “sen” deb murojaat qilmas edilar. Ayniqsa, “Talabalarni “sizlash”
kerak ularga “sen” deb gapirmaslik kerak. Ular borki, biz bormiz”, - deb ko’p ta’kidlar
edilar. Ko’p holatlarda talabalarga “Mullaka” deb gapirar edilar. Oilada esa tom
ma’noda mehribon ota, g’amxo’r umr yo’ldosh edilar. Biz dadajonimning har bir
so’zlarini bir qarashdan o’qib olar edik, hech qachon oilamizda “baland ohangda”
gapirilmas edi. Dadam tabiatni, salqin ob-havoni juda xush ko’rar, shabada mayin
esganda, havodan to’yib-to’yib nafas olib “oh-oh-oh” deb qo’yar edilar. Hovlidagi
barcha yumushlarni – gullar, rayhonlar va hattoki pomidor, bodiring kabi sabzavotlarni
ermak uchun ekib, yetishtirib va hosilini “o’zimizning dehqonchilik” deb qo’yardilar.
Ushbu mashg’ulotlardan benihoya zavq olar edilar. Dadajonim yoshligimdan yaxshi
o’qishni, o’qimishli bo’lib, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lgan inson bo’lib yetish
lozimligini o’qtirar, o’zlari ham ko’p vaqtlarini xonalarida ilmiy izlanib maqolalar,
darsliklar, o’quv qo’llnamalar yozish bilan o’tkazar edilar. Tong saharda ham,
qorong’u tunda ham tinmay kitob o’qib yoki yozib o’tirardilar. Ayniqsa qish kunlarida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
42
ISSN:3030-3621
shunday ko’p o’tirib ijod qilganlaridan oyoqlari uvishib, harakatsizlikdan sovuq qotib
qolar edi, keyin esa o’riblaridan turib jismoniy mashg’ulot bajarardilar, “oyoqlarimni
chigali yozilsin” derdilar. Keyin esa qog’oz-qalam olib ilmni davom ettirardilar”.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
43
ISSN:3030-3621
(Ustozning xonadonlari)
Ustoz haqida yana boshqa ma’lumotlarni bilish istagi bizni hozirda Toshkent
davlat yuridik universitetining Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi
kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar nomzodi Xabibullayev Davlatjon
Yulchiboyevich huzurlariga boshlab keldi. Professor Davlatjon Yulchiboyevich Ustoz
Shoakbar Shorustamovich haqida maqola yozayotganimizni eshitganlaridan so’ng
tushlik vaqti bo’lishiga qaramasdan barcha ishlarini bir chetga surib qo’yib, o’z
Ustozlari bo’lmish Shoakbar Shorustamovichni xotirlab ketdilar: “Avvalo, Shoakbar
Shorustamovich haqida qancha gapirsam oz, ularning eng oxirgi shogirdlaridan
birimiz. Ustoz meni Davlatali deb chaqirar edilar
(yuzlarida faqatgina shogirlarga xos
tabassum bilan)
Ustozsiz institutimizdagi hech qaysi tadbir o’tmas edi. Ular so’zboshi
bo’lib tadbirmizni ochib berar edilar. Kim so’zga chiqishini ham ular belgilab berar
edilar. Bu jarayon ham oddiygina o’tmas edi. Ustoz so’zga chiqadigan insonni alohida
ta’riflab chiqar edi. Men kabi yosh o’qituvchilar kim so’zga chiqar ekan? Menga so’z
navbatini berib yubormas ekanlarmi deb xavotir bilan o’tirar edik. Domla o’zining
bag’rikengligi, fidoiyligi bilan ajralib turardilar. Asossiz tanbeh bermasdilar,
kechrimli inson edilar. Hatto, kasal bo’lishlariga qaramay himoyamda qatnashdilar,
o’zlari bosh bo’ldilar. Men domlaning hayotlik chog’larida himoyaga chiqqan oxirgi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
44
ISSN:3030-3621
shogirlaridan bo’laman. Domlaning izidan borib kam bo’lmadim, Ustozning oldida
hamisha qarzdorman, ularning xotirasi oldida doim ta’zimdaman”, - deb o’z so’zlariga
xotima qildilar.
O’zbekiston Respublikasi Favqullodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
boshlig’i, yuridik fanlar doktori, professor Muzaffarjon Mamasiddiqov Ustoz
Shoakbar Shorustamovichni Ustoz xotirasiga bag’ishlangan tadbirda o’z ustozlarini
shunday xotirlagan edilar: “Men “Fuqarolik protsessi” kefedrasidagi eng yosh
o’qituvchi edim. Qachonki bir maqola yozsam, go’yo katta ish qilib qo’ygan odamdek
Ustozning xonalariga maqolamni tekshirib berishlarini so’rab borar edim. Ustozning
hammaga ma’lum bir qizil ruchkalari bo’lar edi. O’sha ruchka bilan Ustoz maqolani
har bir qatorini erinmasdan tekshirib chiqar edilar. Ularning tekshirishlaridan so’ng
maqoladagi qizil yozuvlar singari bizning yuzimiz ham qizil bo’lar edi. Shunda Ustoz
bizga dalda berib, “Mulla aka siz hech ham xafa bo’lmang. Hech kim bilib dunyoga
kelmaydi. Siz yozishdan to’xtamang”, - der edilar. Keyinchalik, Ustozning qimmatli
o’gitlari tufayli maqolalarimizdagi qizil yozuvlar ham kamayib bordi”, - deb o’z
so’zlarini yakunladilar.
Ustoz Shoakbar Shorustamovichning bevosita rahbarliklarida tashkil etilgan va
hzoirgi kunda “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquq” kafedrasi deb
nomlanadigan va yetuk protsessualistlar maskaniga aylangan dargoh. Hozirgi kunga
qadar Ustozning eng yaqin va iqtidorli shogirdlari tomonidan boshqarib kelinayotgani
bizni juda quvontirdi. Hozirgi kunda ushbu kafedraga Ustozning shogirdlari professor
Xabibullayev Davlatjon Yulchiboyevich boshchilik qilayotgan bo’lsa, 2010-2015-
yillar mobaynida Ustoz Shoakbar Shorustamovichning yana bir eng yaqin shogirdi –
yuridik fanlar doktori, professor, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan
yurist” faxriy unvoni sohibasi Esanova Zamira Normurotovna ushbu kafedraga
rahbarlik qilgan. Professor Zamira Normurotovnadan Ustoz haqida so’ramasdan
ketsak juda ko’plab muhim ma’lummotlardan “quruq” qolishimizni anglagan holda,
ularning huzurlariga oshiqdik. Jonajon Ustozlari Shoakbar Shorustamovichni
professor Zamira Normurotovna mana bunday xotirladilar: “Ustoz haqida juda ko’p
gapirishim mumkin, albatta. Ularning har bir insonga o’rnak bo’lsa arziydigan
fazilatlari juda ham ko’p edi. Ayniqsa, Ustozda kasbiga mas’uliyatlilik va fidoiylik
kuchli edi. Ular o’z xonalarida ertayu-kech ijod qilar, ilmga berilib ketganlaridan
kechqurun soat 19.00-20.00 largacha o’z xonalarida qolib ketar edilar. Hatto, shanba
kunlari ham kech ketar edilar. Biz yosh o’qituvchilar esa Ustozdan oldin ketishga
istihola qilar edik. Ustoz menga “auditoriyaga kirganda talabalarni bilmaydi demang,
talabani albatta o’qitaman, tarbiyalayman deb kiring” , deb uqtirar, pedagoglik sir-
asrorlarini o’rgatar edilar. Ustoz bizga farzandlari singari qarar edilar. Qishloqqa ota-
onamizlarnikiga borib-kelishimiz uchun doimo sharoit qilib berganlar. Oilamizdagi
yoshu-qarining ahvolini alohida so’rab chiqar edilar. Davlatjon Yulchiboyevich va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
45
ISSN:3030-3621
men har kuni kafedra ishlarini tugatib, Ustozga hisobot berar edik. Bu jarayon bizning
hayot tarzimizga aylanib ulgurgan edi. Ustoz betob bo’lgan kezlarida ham kafedra
ahvolini telefon orqali so’rab turar edilar. Ustozni hamisha sog’inamiz. Ular
qalbimizning eng ulug’ va pok qismidadir”. Professor Zamira Normurotovna Ustoz
Shoakbar Shorustamovichning xotirasini abadiylashtirish borasida kafedra tomonidan
qilingan va qilinayotgan ishlarga ham to’xtalib o’tdilar. Jumladan, 2011-yil Ustozning
oila a’zolari, shogirdlari va hamkasblari tashabbusi bilan Shoakbar Shorustamovich
Shorametov 80 yillik yubileyiga bag’ishlangan anjuman tashkil etildi. Ushbu
anjumanda Ustozning hamkasblari va shogirdlari so’z olib, Shoakbar Shorustamovich
tomonidan mamlakatimiz huquqshunoslik sohasi rovojiga, professional yuridik
kadrlarni tayyorlash borasida, respublikamizdagi protsessual qonunchilikni
rivojlantirishga qo’shgan ulug’ hissalari e’tirof etildi, shogirdlar va hamkasblari
tomonidan Ustoz yana bir bor yod olindi. Ushbu anjuman doirasida Ustoz
Sh.Sh.Shoraxmetov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “Sud-huquq islohotlari
sharoitida fuqarolik sud ishlarini yuritishining dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-
amaliy konferentsiya materiallari to’plami nashr etildi. Bularning barchasi Ustozning
yorqin xotirasi bo’lgan hurmat namunasidir.
Ustoz haqida ko’proq ma’lumotlar olish hissi bizni bu safar Toshkent davlat
yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasiga yetaklab keldi. Bu yerda
Ustoz Shoakbar Shorustamovichning shogirdlari yuridik fanlar doktori, professor,
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” unvoni sohibasi Mavluda
Axatovna Axmedshayeva bilan uchrashdik. Professor Mavluda Axmedshayeva Ustoz
Shoakbar Shorustamovichning nomlarini eshitishlari bilan barcha ishlarini bir chetga
surib qo’yib, o’z Ustozlari haqidagi xotiralarni yodga oldilar: “Ustoz Shoakbar
Shoakbarovich Shoraxmetovni eslaganimda dastavval o‘ta madaniyatli, nihoyatda
xushmuomala, doimo bekamu-ko‘st kiyingan bir komil inson ko‘z oldimizda namoyon
bo‘ladilar. Dars o‘tishlarichi? Doimo yuzda chiroyli tabassum, har bir aytgan so‘zlari,
jumlalari avval “qattiq chig‘iriq” dan o‘tgan holda ishlatiladi, bironta tasodifiy, shosha-
pisha aytilgan iborani topa olmaysiz. Darslarida yuqori ziyoli insonning ruhi hukmron.
Darsda biron marta ovoz ko‘tarish, stolni “mushtlash” holatlari aslo bo‘lmagan. Bu
buyuk insonning ovozlari doimo sokin, bir maromda, har qanday toifadagi
hamsuhbatiga darhol ijobiy, tinchlantiruvchi ta’sir etadigan sehrli edi.
Shunday Ustozlardan ta’lim olganimiz bilan bir umr faxrlanish hissi barobarida,
doimo katta mas’uliyatni ham his etib kelamiz, Ustozlarning munosib shogirdlari
bo‘laylik, deb intilamiz. Ustozimizning Oxiratlari obod bo‘lsin!”, deb faqatgina chin
shogirdlarda uchratish mumkin bo’lgan sog’inchga yo’g’irilgan nigohlar bilan
so’zlarini yakuniga yetkazdilar.
Qahraton qish kunlaridan insonlar olov atrofida qanday to’planishsa, haqiqiy ahlii
ilmlar ham ilm atrofida xuddi shunday to’planishadi. Ustoz Shoakbar Shorustamovich
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
46
ISSN:3030-3621
atrofida ham katta ilm ahillari to’planishar edi. Mana shu insonlardan biri Toshkent
davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi professor, yuridik fanlar doktori
Ro`zinazarov Shuhrat Nuraliyevichdir. Professor Shuhrat Nuraliyevich Ustoz
Shoakbar Shorustamovichni shunday yodga oldilar: “Garchi Ustoz bilan bir dargohda
ishlash baxti menga nasib etmagan bo’lsa ham, Ustozning ko’p suhbatlarida
bo’lganman. Ustoz Shoakbar Shorustamovich Shoraxmetov, Ikrom Bekenovich
Zokirov, Hojiakbar Rahmonqulovich Rahmonqulov o’z davrining huquqshunoslik
sohasidagi darg’alaridan bo’lgan. Ularni instutning bamisoli uch mustahkam ustuniga
o’xshatishar edi. Ustoz Shoakbar Shorustamovich haqiqatdan tabiatan juda vazmin,
salobatli, bosiq inson edilar. Qachon xonalariga borsam bir piyola issiq choy, mayiz,
mag’iz kabi quruq mevalar bilan mehmon qilar edilar. Men 1995-yil Ustozning
doktorlik dessertatsiyasi himoyasida qatnashganman. O’sha kezlari Oliy attesttsiya
komissiyasida mas’ul kotib sifatida ishlar edim. Kasbim sabab Ustoz Shoakbar
Shorustamovichning doktorlik ishlari bilan birinchilardan bo’lib tanishib chiqish
baxtiga musharraf bo’lganman. Ustoz men uchun nafaqat pedagog olim sifatida, balki
inson sifatida ham juda qadrli. Ular ishlarini davom ettirish biz uchun yuksak
sharafdir”, - deb olis o’tmishga qilgan hayoliy sayohatimizni yakunladilar.
Biz Ustoz Shoakbar Shorustamovich haqida so’ragan insonimiz borki, ular xoh
pedagog shogirdlaridan bo’lsin, xoh birga ishlagan hamkasblari, xoh dars bergan
o’quvchilari barchalari yuzalarida sog’inch aralash tabassum bilan xuddi kechgi kunini
yodga oladigan inson kabi xotirlashdi. Bir biridan qiziqarli voqealar, hikoyalarni
eslashdi. Ustoz Shoakbar Shorustamovich o’zlaridan katta bir ilm maktabini, tolibi
ilmlar uchun boy kutubxonani, hamkasblari uchun esa unutilmas, hazillarga boy
xotiralarni qoldirdilar. Modomiki shunday ekan, Ustoz doim barhayot. Koinotdek
cheksiz ilm sarhadlaridan o’z nurlari bilan biz shogirlar yo’lini yoritib kelmoqdalar...
Toshkent sh. 2025-yil 12-may