Jild 45 № 2 (2025)
Maqolalar
FEATURES OF LABOR IN AGRICULTURE
Summary: The article outlines the main provisions of the system of "special
assessment of working conditions", introduced instead of the previous certification of
workplaces in the agricultural sector. The classification of working conditions
according to the degree of hazard used in the identification of workplaces is presented.
The experience of assessing working conditions at Joint-Stock company is
reflected.They are especially susceptible to workers employed in fodder production,
crop production and animal husbandry, who are constantly in contact with biological
harmful substances of animal and plant origin (weed seeds, plant dust, wool, fluff, hair,
feathers, scales skin, claws, hooves, faecal particles, crude protein and fat, ether
extractable substances, etc.)
SHAXSLARDA ZAKOVATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Inson aql-zakovati tushunchasi shaxsning bilish, o‘rganish,
tushunish, turli muammolarni hal qilish, tajriba orttirish va olingan bilimlarni
amaliyotda qo‘llash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
DAVLAT-XUSUIY SHERIKCHILIK LOYIHALARI SAMARADORLIGIDA ITNING O‘RNI
Annotatsiya: Davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) loyihalari samaradorligini
oshirishda axborot texnologiyalarining (IT) roli tobora oshib bormoqda. Ushbu maqola
DXSh loyihalarida ITning o'rnini tahlil qiladi, IT texnologiyalarining shaffoflikni
ta'minlash, samaradorlikni oshirish va resurslarni tejashdagi ahamiyatini ochib beradi.
Raqamli infratuzilma, sun'iy intellekt, IoT, blockchain texnologiyalari kabi
innovatsiyalarni joriy etish orqali davlat va xususiy sektor o'rtasida samarali
hamkorlikni tashkil etishning imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Maqolada ilg'or
amaliyotlar, IT texnologiyalarini qo'llashning afzalliklari va duch kelinadigan
qiyinchiliklar tahlil qilinadi.
TO DEVELOP SKILLS OF SPEAKING IN B1 LEVEL STUDENTS.
Abstract: This article aims to explore effective methods for developing
speaking skills in B1 level students, focusing on the importance of communicative
competence. Through a literature analysis, various strategies will be examined to
identify key elements that contribute to successful language acquisition at this level.
The methods section will outline practical approaches for educators, incorporating
interactive activities and motivation techniques. The results section will present the
outcomes of applying these methods, followed by a discussion that delves into the
implications of the findings. Finally, the article will conclude with suggestions for
further research and practical recommendations for teachers.
O'ZBEK TILI LEKSIKASIDA O'Z QATLAM VA O'ZLASHGAN QATLAM SO'ZLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tilining lug'at boyligini tashkil etuvchi o'z
qatlam va o'zlashgan qatlam so'zlarining kelib chiqishi, paydo bo'lishi, rivojlanish
tarixi, jamiyat hayotida tutgan o'rni, qo'llanish xususiyatlari hamda leksik tizimdagi
o'rni tahlil etiladi. Shuningdek so'zlarning sematik o'zgarishlari hamda neologizmlar
negizida tildagi boyish jarayoni ilmiy manbalar asosida o'rganiladi.
OʻZBEK VA KOREYS TILIDA HARFLAR TIZIMI HAMDA ULARNING OʻXSHASH VA FARQLI JIHATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada oʻzbek va koreys tillarining harflar tizimlari,
ularning lingvistik xususiyatlari, oʻxshashliklari va farqlari tahlil qilinadi. Maqola
tilshunoslik nuqtai nazaridan ikkala alifboning tuzilishi, fonetik jihatdan taqqoslanishi
hamda bu tillarni oʻrganishdagi murakkabliklar haqida maʼlumot beradi. Kalit soʻzlar:
oʻzbek tili, koreys tili, alifbo, undosh, unli, fonetika.
ONA TILI TA'LIMIDA LISONIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN ZAMONAVIY YONDASHUVLAR.
Annotatsiya: Zamonaviy ona tili ta’limida lisoniy qobiliyatni rivojlantirishga
qaratilgan yondashuvlar keng ko‘lamli tadqiqotlar va amaliyotlarning markazida
turibdi. Bu maqolada, talabalarning ona tilini o‘rganish jarayonida lisoniy
qobiliyatlarini shakllantirishning zamonaviy usullari va metodik yondashuvlari tahlil
qilinadi. Maqola, interfaol metodlar, kommunikativ yondashuv, texnologik
vositalardan foydalanish va lisoniy kompetentsiyalarni rivojlantirishga oid nazariy va
amaliy masalalarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalariga asosan, ona tili ta’limining
sifatini oshirish uchun innovatsion yondashuvlar va ularning amaliyotga tadbiqi
muhokama qilinadi.
BOLALARDA ANESTEZIYA O'TKAZISHNING O'ZIGA XOSLIGI VA ANESTEZIYA TURLARI
Anesteziya – bu og‘riq sezish, harakat qilish va ongni vaqtincha yo‘qotish
holatini yuzaga keltiruvchi tibbiy holat bo‘lib, jarrohlik amaliyotlarini xavfsiz va
og‘riqsiz bajarish uchun qo‘llaniladi. Bolalarda anesteziya o‘ziga xos fiziologik,
anatomik va psixologik xususiyatlari sababli kattalarga nisbatan murakkabroq
jarayondir. Ularning organizmi to‘liq shakllanmaganligi sababli, anesteziya dori
vositalariga sezuvchanligi yuqori bo‘ladi, shu bois har bir bemorga individual
yondashuv zarur hisoblanadi.
BOSHLANG‘ICH DARAJADAGI FLE O‘RGANUVCHILARDA TALAFFUZNI RIVOJLANTIRISHDA FONETIK FAOLIYATLARNING TA’SIRI
Annotatsiya: Fransuz tilida talaffuzni to‘g‘ri shakllantirish chet tilini
o‘rganuvchilar uchun muhim muammolardan biridir. Ushbu maqolada boshlang‘ich
darajadagi FLE o‘rganuvchilarining talaffuz malakasini rivojlantirishda fonetik
mashqlar va faoliyatlarning samaradorligi eksperimental yondashuv orqali o‘rganiladi.
Tadqiqot davomida o‘quvchilar maxsus fonetik topshiriqlar yordamida burun
tovushlari, urg‘u, intonatsiya kabi elementlar ustida ishladilar. Olingan natijalar
talaffuzdagi xatoliklarning kamaygani va nutqning tabiiyroq tus olganini ko‘rsatdi.
Maqola natijalari avvalgi nazariy va amaliy tadqiqotlar bilan taqqoslanib, fonetik
yondashuvlarning metodik ahamiyatini ochib beradi.
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
АNNОTАTSIYА
Mazkur maqolada texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni takomillashtirish
masalalari atroflicha yoritilgan. Unda zamonaviy avtomatlashtirish
texnologiyalarining sanoat tarmoqlari rivojlanishidagi o‘rni, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishdagi ahamiyati va qo‘llash mexanizmlari tahlil qilinadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning energetik tejamkorlik, inson mehnatini
yengillashtirish va mahsulot sifatini nazorat qilishdagi roli misollar bilan asoslangan.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirish jarayonini tashkil
etish bosqichlari, dasturiy va texnik ta'minotga qo‘yiladigan zamonaviy talablar,
raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashuv masalalari o‘rganiladi. Maqolada
xorijiy va mahalliy tajribalar tahlili asosida texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgan bu takliflar ishlab chiqarish jarayonlarini
raqamlashtirish bo‘yicha istiqbolli strategiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
ABDUXOLIQ G‘IJDOVONIY HAYOTI VA ILMIY-MA’NAVIY MEROSI TARIXIY MANBALARDA YORITILISH
Anotatsiya
Mazkur maqolada Abduxoliq G‘ijduvoniyning hayoti, faoliyati hamda uning
ilmiy-ma’naviy merosi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan, u yashagan
davrning ijtimoiy-siyosiy sharoiti, tasavvufiy qarashlari va Buxoro atrofidagi
tariqatlar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Maqolada G‘ijduvoniyga oid asarlar, undan
keyingi avlod so‘fiylari tomonidan aytilgan guvohliklar, manbashunoslik yondashuvi
bilan ko‘rib chiqilib, uning Naqshbandiya tariqatining shakllanishidagi o‘rni
baholanadi. Tadqiqotda tarixiy manbalar asosida G‘ijduvoniy merosining zamonaviy
ruhiy-ma’naviy hayotdagi ahamiyati ham ochib beriladi.
KO’Z KASALLIKLARINING BIOFIZIK MEXANIZMLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada XXI asrda keng tarqalgan oftalmologik
muammo — miopiya (yaqinni yaxshi, uzoqni yomon ko‘rish)ning biofizik asoslari,
sabablari, oqibatlari va profilaktika choralariga e’tibor qaratilgan. Zamonaviy
diagnostika vositalari — autorefraktometriya, biometriya va optik koherent
tomografiya (OCT) orqali miopiyani erta aniqlashning dolzarbligi yoritilgan.
BRONXIAL KASALLIKLARDA NAFAS OLISH DINAMIKASINING BIOFIZIK TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bronxial kasalliklar, xususan, Bronxial astma va
surunkali obstruktiv o’pka kasalliklarining nafas olish dinamikasiga ta’siri biofizik
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Nafas yo’llarining obstruksiyasi va elastikligining
kamayishi nafas olish va chiqarish jarayonlarida havo oqimining o’zgarishiga olib
keladi. Bu o’zgarishlar spirometriya, pletizmografiya va gaz almashinuvi testlari kabi
biofizik usullar yordamida aniqlanadi. Erta diagnostika uchun zamonaviy
texnologiyalar, jumladan, impulsli osillometriya va yuqori aniqlikdagi tomografik
metodlar qo’llanilishi ishda muhokama qilinadi.
THE RELATIONSHIP BETWEEN LANGUAGE AND SOCIETY
ABSTRACT
This article investigates the complex and multifaceted relationship between
language and society, emphasizing the ways in which language both shapes and reflects
social identities, cultural values, and power structures. It explores key sociolinguistic
concepts, including language variation, identity, and linguistic inequality,
demonstrating the crucial role that language plays in constructing and maintaining
social realities. By examining the processes of language change and highlighting the
importance of preserving linguistic diversity, the article argues for the dynamic and
essential nature of language as a foundational element of human society, deeply
intertwined with the social, cultural, and political fabric of communities. Through this
lens, the article aims to shed light on the ongoing transformations in language use and
the significant impact these shifts have on the construction of identity, societal norms,
and power relations. By analyzing language change and the importance of preserving
linguistic diversity, the article emphasizes language as a dynamic and essential element
of human society 1 .
СREATING ACTIVITIES FOR TEACHING READING TO YOUNG LEARNERS
ABSTRACT
This article is devoted to exploring effective activities for teaching reading to
young learners, focusing on methods that are both engaging and developmentally
appropriate. It examines how interactive, playful, and context-rich tasks can support
the development of key reading skills such as phonemic awareness, vocabulary, and
comprehension. The article also discusses the importance of motivation and learner-
centered approaches, offering practical examples that can be adapted to various
classroom settings. By combining theory with hands-on activities, it aims to equip
educators with tools to foster early literacy and a lifelong interest in reading.
TEACHING GRAMMAR
ABSTRACT
Teaching grammar is a crucial part of language education. Grammar provides
the rules and structure that govern language usage, allowing learners to construct
meaningful sentences and convey precise messages. This article explores the
importance of grammar instruction in the classroom, the various methods used to teach
grammar, and the challenges faced by both teachers and students. The study also
emphasizes the need to balance explicit instruction with communicative practice to
ensure grammar becomes an integral part of language proficiency.
PYTHON YORDAMIDA AI LOYIHASINI YARATISH: AMALIY MISOL
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI)
va Python dasturlash tilining integratsiyasi orqali o‘quv jarayonini yaxshilashning
ilg‘or usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada AI asosida yaratilgan Telegram-botlar,
avtomatlashtirilgan o‘quv materiallari tayyorlash, shaxsiylashtirilgan ta’lim
yo‘nalishlari va fayllarni konvertatsiya qilish kabi amaliy misollar tahlil qilinadi.
Python dasturlash tili va uning kutubxonalari (OpenAI API, Aiogram, python-pptx)
yordamida qanday qilib ta’lim jarayonini samarali tashkil etish mumkinligi haqida
batafsil yoritilgan.
BLENDED LEARNING APPROACHES IN TEACHING ENGLISH AT MILITARY ACADEMIC LYCEUMS
Annotation: This article explores the application of blended learning models in
teaching English at military academic lyceums. Combining traditional face-to-face
instruction with digital tools, blended learning offers a flexible, learner-centered
approach that is especially effective in structured and disciplined environments like
military institutions. The article discusses the benefits, challenges, and best practices
of implementing blended learning for English as a Second Language (ESL),
highlighting its impact on language proficiency, learner autonomy, and operational
communication skills. Emphasis is placed on the need for curriculum adaptation,
teacher training, and integration of military-specific content within ESL instruction.
КАК ИНТОНАЦИЯ И ДИКЦИЯ СОЗДАЮТ АТМОСФЕРУ И РАСКРЫВАЮТ ХАРАКТЕР ПЕРСОНАЖА НА ЭКРАНЕ.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются ключевые аспекты использования
интонации и дикции в кино для создания атмосферы и раскрытия характера
персонажа. Интонация и дикция являются важными средствами
выразительности, которые позволяют актёрам передавать эмоциональные
состояния, раскрывать внутренние конфликты и делать образ персонажа более
убедительным и запоминающимся. В статье будут проанализированы примеры
использования сценической речи в кино и их влияние на восприятие зрителями
образов героев. Мы также обсудим, как изменения в голосе могут влиять на
драматическую напряжённость сцены.
ALEKSANDR MAKEDONSKIYNING HARBIY YURISHLARI VA UNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari
va ularning qadimgi dunyo tarixidagi o‘rni har tomonlama tahlil etiladi. Makedoniyalik
Aleksandr miloddan avvalgi IV asrda qisqa vaqt ichida ulkan imperiya barpo etgan
holda, Yevropa va Osiyo sivilizatsiyalari o‘rtasida ko‘prik bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan
buyuk sarkarda sifatida o‘rganiladi. Maqolada uning yunon shaharlari, Eron
Ahamoniylar imperiyasi, Misr va Hindiston hududlariga qilgan yurishlari, bu yurishlar
davomida qo‘llagan harbiy strategiyasi, tashkiliy yondashuvlari va diplomatik siyosati
atroflicha yoritiladi.
Maqola yakunida Aleksandrning harbiy yurishlarining bugungi
tarixshunoslikdagi bahosi, ularning madaniy, siyosiy va strategik jihatdan jahon
tarixiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Bu yurishlar nafaqat
davrining xaritasini o‘zgartirgan, balki dunyoqarashni ham yangilagan global hodisa
sifatida yondashiladi.
POLYSEMY AND LEXICAL VARIATION IN ENGLISH AND UZBEK: A COMPARATIVE LINGUISTIC PERSPECTIVE
Abstract
This article explores the phenomenon of polysemy and its interaction with
lexical variation in English and Uzbek. Polysemy, the coexistence of multiple related
meanings within a single word, is a crucial aspect of lexical semantics. Through a
comparative analysis, the article identifies how polysemy manifests in both languages,
influenced by culture, context, and linguistic structure. The study also examines the
role of cognitive and sociolinguistic factors in shaping meaning, providing examples
from both English and Uzbek to illustrate the fluidity of semantic variation.
O'ZBEKISTONDA ADOLATLI VA SIFATLI TA'LIM OLISH HUQUQINI TA'MINLASH VA RAG'BATLANTIRISH BILAN BOG'LIQ MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqola Oʻzbekistonda adolatli va sifatli ta'lim olish huquqini ta'minlash
va rag'batlantirishga qaratilgan mavjud mexanizmlarni takomillashtirish masalalarini
tahlil qiladi. Oʻzbekistonda ta'lim tizimida mavjud boʻlgan imkoniyatlar va cheklovlar,
xususan, ta'limga teng kirish imkoniyatlari, sifat nazorati, pedagoglarning malakasini
oshirish hamda zamonaviy o'quv dasturlarini joriy etish kabi yo'nalishlar batafsil koʻrib
chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida samaradorlikni oshirishga qaratilgan
ilgʻor mexanizmlar tahlili oʻtkaziladi va milliy ta'lim siyosatini takomillashtirish
boʻyicha amaliy takliflar beriladi. Ushbu maqola Oʻzbekistonning milliy ta'lim tizimini
xalqaro standartlarga moslashtirish orqali barqaror rivojlanishga erishish strategiyasini
shakllantirishga hissa qoʻshishni maqsad qiladi.
ELEKTRON ARXIVLARNI YARATISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada jahonda elektron arxiv yaratish bo‘yicha izlanishlar,
tadqiqotlar, xalqaro standartlar, jahondagi arxivlar va ularning turlari, arxivlarda
qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari xaqida ma’lumot berilgan.
URUGʻLANISH JARAYONI XILLARI VA AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada urug'lanish va ularning xillar haqida ma'lumotlar
keltirib o'tilgan. Shuningdek, urug'lanish turlari, urug'lanishning kamchilik va
afzalliklari, qo'shimcha urug'lanish to'g'risida ma'lumotlar berilgan.
HUJAYRANING TUZILISHI, KIMYOVIY TARKIBI VA HUJAYRA NAZARIYASI
Аннотация: Клетка является структурной, функциональной и
управляющей единицей всех живых организмов (за исключением вирусов).
Клетка определяется как наименьшая живая единица организма. Некоторые
организмы являются одноклеточными, то есть имеют только одну клетку
(например, бактерии). Другие организмы являются многоклеточными
(например, среднестатистический человек состоит из 100 триллионов клеток;
средний размер клетки составляет 10 микрометров, а ее масса — 1 нанограмм).
Самая большая клетка — страусиное яйцо, длина которого составляет 15 см, а
вес — до 1,4 кг. Клетка была впервые обнаружена Робертом Гуком в 1665 году.
HUJAYRA ORGONOIDLARI HAQIDA MA'LUMOT.
Annotatsiya: Ushbu maqolada hujayra organoidlari haqida ya'ni ularning
tuzilishi, hosil bolishi hamda ko'rinishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
HUJAYRA BO‘LINISHINING NORASMIY TIPLARI
Hujayra bo‘linishi – ona hujayradan ikki va undan ortiq yosh hujayralarning hosil
bo‘lish jarayoni. Hujayra bo‘linishi organizmlar ko‘payishining markaziy qismini
tashkil etadi. Hujayra bir necha usullar orqali bo‘linadi. Ularning eng ko‘p
uchraydigani mitoz bo‘linishdir. Mitoz bo‘linishni norasmiy Amitoz, endomitoz,
politeniya tiplari mavjud.
KOGON TUMANI SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARIDA YER OSTI SUVLARI MONITORINGI
Annotatsiya: Kogon tumanida gidrogeologik melirotiv sharoiti, asosan yer osti
sizot suvlari gidro hamda gidrokimyoviy rejimiga bog‘liq bo‘lib, sug‘oriladigan yer
maydonlari murakkab hisoblanadi. Tumanning janubiy qismida to’rtlamchi mansub
allyuvial -dellivial yotqiziqlar rivojlangan bo’lib ,drevi aralashgan qumlardan iborat
bo’lib,ularning filtratsion koeffitsienti o’rtacha 5.0-6.0m/sut.ni tashkil
qiladi.To’rtlamchidavr yotqiziqlarida joylashgan tumanda gurunt suvlarining mineral
tarkibi litriga 1.3-2.5grammdan to 6-8 grammgacha tashkil qiladi. Mineral tarkibi
litriga 1.0-1.3gr.bo’lgan gurunt suvlari asosan katta ariq va kanallar yoqalarida
uchraydi,er yuzi suv yo’llaridan uzoqlasha borganda gurunt suvlarining tarkibidagi
mineral tuzlar tobora osha boradi.
TOPONIMLAR YASALISHIGA DOIR GRAMMATIK MODELLAR TASNIFI (SURXONDARYO VILOYATI SHEROBOD TUMANI TOPONIMIKASI ASOSIDA)
Annotatsiya: Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi
mikro va makrotoponimlar leksik-grammatik jihatlar tahlilha tortilgan. Toponimlar
o‘zaro tasniflanib, grammatik modellari ishlab chiqilgan. Tahlil qilish jarayonida
muallif har bir grammatik model uchun izohlar berib o‘tgan va ularning joylashuv
hududlarini aniq ko’rsatgan.
ERKIN IQTISODIY ZONALAR: O’ZBEKISTONNI XORIJIY INVESTORLAR UCHUN JOZIBADOR QILISH
Annotatsiya: Ushbu maqola O’zbekiston Respubliksaidagi erkin iqtisodiy
zonalarning (EIZ) xorijiy investorlarni jalb qilishdagi ro’li va usullarini tahlil qiladi.
Maqolada hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan EIZlarning mamlakat iqtisodiga
qo’shayotgan hissasi, eksport hajmini oshishi va ish o’rinlarini ko’payishidagi
ahamiyati tahlil qilinadi. Bundan tashqari SWOT tahlil yordamida zonalarning kuchli
va zaif tomonlari o’rganiladi. Va tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, EIZlarni
rivojlanishida va ko’proq sarmoyadorlarni jalb qilishda, ularning huquqiy asoslarini
mustahkamlash, infratuzilmani takomillashtirish va shu kabi bir qancha omillar katta
ahamiyatga ega.
“KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDA ERK VA OZODLIK MOTIVLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” romanida aks etgan
erk va ozodlik g‘oyalari tahlil etilgan. Asarda ayollar huquqi, shaxsiy tanlov erkinligi,
milliy uyg‘onish, istiqlolga intilish kabi dolzarb ijtimoiy masalalar badiiy tasvir orqali
yoritilgan. Mazkur maqoladan oliy ta’lim muassasalari talabalari, adabiyotshunoslar
hamda o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin.
MUKOVISTSIDOZ KASALLIGIDA NAFAS TIZIMI FAOLIYATINING BUZILISHI VA UNI REABILITATSIYA QILISH USULLARI
Mukovistsidoz – bu avtosomal-retsessiv yo‘l bilan irsiy tarzda o‘tuvchi og‘ir
surunkali kasallik bo‘lib, u organizmning ko‘pgina hayotiy muhim organlarida,
ayniqsa o‘pka va me’da osti bezida yopishqoq va qalin sekresiyaning to‘planishi bilan
xarakterlanadi. Bu holat, asosan, CFTR (Cystic Fibrosis Transmembrane Conductance
Regulator) genidagi mutatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, natijada natriy va xlor
ionlarining hujayralararo almashinuvida buzilish yuzaga keladi[1].
STUDENTS WER LANGUAGE LEARNING STRATEGIES AND SELF- REGULATION IN ELEMENTARY STUDENTS.
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot boshlang'ich sinf o'quvchilarining til o'rganish strategiyalari va
o'z-o'zini boshqarish qobiliyatining til o'rganish jarayoniga ta'sirini o'rganadi. Tadqiqot
natijalari o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish strategiyalarini qo'llash orqali til
ko'nikmalarini yaxshilashlari mumkinligini ko'rsatadi.
SHARQ VA G’ARB FALSAFASI. MADANIYATLARARO QARASHLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada falsafaning mohiyatini Sharq va G'arb
mutafakkirlarining qarashlari orqali tahlil qilamiz. Falsafa insoniyatning eng qadimiy
va muhim intilishlaridan biridir. U bizga dunyoni tushunishga va o'z o'rnimizni
topishga yordam beradi. Sharq falsafasida intuitiv va ma'naviy yondashuvlar ustun
bo‘lgan, G‘arbda esa asosan mantiqiy va ratsional tafakkur ilgari surilgan.
TIL TAʼLIMIGA KO‘RSATILAYOTGAN EʼTIBOR HAMDA G‘AMXO‘RLIK
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada o‘zbek tili bilimlarini baholashning
bosqichli tizimini ishlab chiqish va bitiruvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini
tekshirishning zamonaviy ilg‘or usullari va vositalaridan, bu borada xorij tajribasidan
foydalanish zarur. Umumiy o‘rta taʼlim maktabi bitiruvchisi ona tili bilimining qaysi
darajasida oliy o‘quv yurtlarida (shuningdek, darajasidagi farqlarga qarab, qaysi oliy
o‘quv yurtida) o‘qishga haqli bo‘lishining mezonlarini aniq belgilab olish zarur. Bu esa
baholash va test tizimida islohotlar qilish zaruratini taqozo etmoqda va oliy taʼlim
muassasalarida suhbat va ijodiy ish (motivatsion xat, insho, esse kabi)lar yozish kabi
sinovlarni joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARI TEXNOLOGIK JARAYONLARIDA SIFAT NAZORATINI LOYIHALASH
Annotatsiya:Ushbu maqolada avtomobilsozlik sanoatida texnologik
jarayonlarning sifat nazoratini loyihalashning ahamiyati, tamoyillari va zamonaviy
yondashuvlari tahlil qilinadi. Sifat nazorati avtomobil ishlab chiqarish jarayonining
ajralmas bo‘lagi bo‘lib, mahsulot ishonchliligini oshirish, nuqsonlar sonini kamaytirish
va iste’molchi ehtiyojlarini to‘liq qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida
sifat nazoratining asosiy bosqichlari, avtomatlashtirilgan tizimlar va statistic usullar
asosida nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, ilg‘or
xalqaro tajriba misolida sifatni boshqarish tizimining avtomobilsozlikdagi
integratsiyasi o‘rganiladi. Mazkur maqola avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar,
muhandis-texnologlar, sifat menejerlari hamda sohaga qiziquvchi mutaxassislar uchun
foydali ilmiy-amaliy manba hisoblanadi.
PATHOLOGICAL PHYSIOLOGY OF POSTHEMORRHAGIC ANEMIA
Annotation. Blood loss is a compleх of pathological disorders and
compensatory reactions directed against a decrease in the volume of circulating blood
and hypoxia caused by a decrease in the respiratory function of the blood.
Posthemorrhagic shock is a shock that occurs as a result of abundant acute blood loss.
A decrease in the volume of circulating blood, a drop in blood pressure, a violation of
microcirculation, disorders of the blood supply to vital organs (brain, heart, kidneys),
the development of hypoxia, acidosis and intoxication, "vicious circles" in the
pathogenesis leads to death. Post-hemorrhagic anemia-develops as a result of blood
loss.
FOYDALANUVCHI VA TIZIM TALABLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonida muhim o‘rin
tutuvchi foydalanuvchi va tizim talablari tushunchalari, ularning farqlari, o‘zaro
aloqasi va amaliy ahamiyati yoritiladi. Talablarni to‘g‘ri aniqlash dasturiy ta'minot
sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada foydalanuvchi talablarining insoniy
ehtiyojlarga asoslangan xususiyatlari hamda tizim talablari orqali ularni texnik jihatdan
ifodalash jarayoni batafsil ko‘rib chiqiladi. Misollar, metodologik yondashuvlar va
tavsiyalar asosida mavzu yoritiladi.
DASTURIY TA’MINOT ISHLAB CHIQISH MODELLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan
modellarning turlari, ularning afzallik va kamchiliklari, shuningdek, zamonaviy
texnologiyalar bilan bog‘liqligi yoritiladi. An’anaviy va iterativ modellar, shu
jumladan Agile, DevOps va boshqa zamonaviy yondashuvlar batafsil ko‘rib chiqilib,
real loyihalarda ularni tanlash mezonlari asoslab beriladi. Maqolada ishlab chiqish
texnologiyalari va ularning dastur sifatiga ta’siri amaliy misollar orqali tahlil qilinadi.
KLASS DIAGRAMMALARI VA HOLATLAR DIAGRAMMALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada obyektga yo‘naltirilgan dasturlash va tizim modellashtirish
jarayonida keng qo‘llaniladigan UML klass diagrammalari va holatlar
diagrammalarining mazmuni, amaliy ahamiyati, qurilish qoidalari va ular o‘rtasidagi
farqlar yoritiladi. Har bir diagramma qanday ma’lumotlarni aks ettirishi, dasturiy
ta'minot arxitekturasini loyihalashdagi roli va foydalanuvchi ehtiyojlariga mos
modellar yaratishdagi hissasi misollar orqali izohlanadi.
M-LEARNING TENDENSIYASI ASOSIDA TA’LIMDA ELEKTRON RESURSLARNI YARATISH VA TATBIQ QILISHNING QIYOSIY TAHLILI (INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MISOLIDA)
1. M-learning konsepsiyasining rivojlanishi va ta’limdagi ahamiyati
So‘nggi o‘n yilliklarda mobil qurilmalar, internetga keng kirish imkoniyati va
bulutli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida ta’lim sohasida yangi yondashuv
— mobil ta’lim yoki M-learning aniq shakllandi. Bu konsepsiya o‘quvchilarga o‘z
bilimlarini istalgan joyda va vaqtda, shaxsiy ehtiyojlari va imkoniyatlariga moslab
o‘rganish imkonini beradi. Ayniqsa, zamonaviy fanlar – informatika va axborot
texnologiyalari sohalarida interaktiv va ko‘p qirrali ta’lim usullarining keng
qo‘llanilishi M-learningning ta’lim jarayonidagi samaradorligini keskin oshirmoqda.
M-learning ta’limni shaxsiylashtirish, mustaqil o‘rganish va ijodkorlikni
rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi hamda bilimlarni
chuqur va uzoq muddatli o‘zlashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, M-learning
ta’lim tizimini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish, uning sifatini yaxshilash va
o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
ЕР УЧАСТКАСИ ИЖАРАСИ НИМА ВА ҚАНДАЙ ТАРТИБДА АМАЛГА ОШИРИЛАДИ?
Ўзбекистон Республикаси Ер кодексининг 24-мoддасига асосан,ер
часткасининг ижараси ер участкасига ижара шартномаси шартларида муддатли,
ҳақ эвазига эгалик қилиш ва фойдаланишдан иборатдир.
Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари қуйидагиларга ижара
ҳуқуқи асосида берилади:
1) электрон онлайн-аукцион натижалари асосида — жисмоний ва юридик
шахсларга;
2) Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан:
қишлоқ хўжалиги соҳасида илмий-тадқиқот ва тажриба-синов ишларини
амалга ошириш учун Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги
вазирлигининг таклифига кўра — давлат илмий-тадқиқот ва таълим
муассасаларига;
қиймати камида 10 миллион АҚШ доллари эквивалентида бўлган, энг
яхши таклифни танлаб олиш йўли билан аниқланадиган йирик инвестиция
лойиҳасини амалга оширувчи жисмоний ва юридик шахсларга. Бунда
бериладиган ер участкасининг ўлчами инвестиция ҳажмига қараб Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланади.
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MULOQOT, TADQIQOT, YARATUVCHANLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA "4 K" MODELINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot, tadqiqot va
yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda "4 K" modeli muhim o‘rin tutadi. Bu
model zamonaviy ta’lim jarayonida talab qilinadigan asosiy kompetensiyalarni o‘z
ichiga oladi va o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini oshirish, balki ularni keng
qamrovli shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
SANOATDA XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA AVTOMATLASHTIRILGAN ANALITIK TIZIMLARNING O'RNI.
Annotatsiya
Zamonaviy sanoat tarmoqlarida inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklar
xavfsizlik darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ishlab chiqarish jarayonlarida
avtomatlashtirilgan analitik tizimlardan foydalanish xavf-xatarlarni kamaytirish,
avariyalarni oldini olish va ishchi xodimlar hayotini himoya qilishning eng samarali
yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday tizimlar real vaqt rejimida
monitoring qilish, signalizatsiya, statistik prognozlash hamda xatoliklarni oldindan
aniqlash imkonini beradi. Tezisda aynan shu tizimlarning asosiy afzalliklari, ishlash
mexanizmi, sanoat xavfsizligiga qo‘shayotgan hissasi va kelajakdagi rivojlanish
istiqbollari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan
xavfsizlik tizimlarini joriy etgan korxonalarda nosozliklar soni o‘rtacha 42% ga
kamaygani, inson salomatligiga tahdid soluvchi holatlar esa 60% ga qisqargani
aniqlangan. Ushbu yondashuv nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki sanoat
madaniyati va ish muhitining barqarorligini ta'minlaydi. Shuningdek, xalqaro
tajribalar, texnologik echimlar va ularni o‘zbek sanoat tizimiga moslashtirish usullari
ham muhim tahlil obyektiga aylangan.
BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA STEM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI QOʻLLASHNING AHAMIYATI
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darslarida STEM (Science,
Technology, Engineering, Mathematics) texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati
tahlil qilinadi. STEM yondashuvi bolalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish
va ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda
STEMning boshlang‘ich ta’limda integratsiyalashuvi, fanlararo aloqadorlik,
o‘quvchilarning faolligi va ta’lim sifatiga ijobiy ta’siri ko‘rsatib berilgan. Shuningdek,
o‘qituvchilarning STEM kompetensiyalarini rivojlantirish, metodik materiallar va
texnik vositalar bilan ta’minlanish holati ham ko‘rib chiqiladi. Mualliflar boshlang‘ich
sinfda STEM loyihaviy metodlarini joriy etish, amaliy mashg‘ulotlar orqali bilimlarni
mustahkamlash va bolalarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishni asosiy yo‘nalish
sifatida ko‘rsatgan. Maqolada shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar, mahalliy sharoitga
moslashuv imkoniyatlari ham tahlil etilib, amaliy tavsiyalar beriladi.
ILM YULDUZLARI HECH QACHON SO’NMAYDI
Ilm dargohi bamisoli poyonsiz va sarhadsiz koinotga o’xshaydi. U yerda yulduz
ko’p, sayyora ko’p. Lekin shunday yulduzlar borki, ular taratayotgan nur yillar, hatto
asrlar o’tsa ham aslo so’nmaydi. Balki, koinotning eng zulmatga cho’mgan nuqtalariga
yetib borib, u yerlarni ham yorug’likka to’ldiradi. Zamonaviy o’zbek
huquqshunosligining ustunlaridan biri bo’lgan, milliy sivilistikamizning
“muzyorariga” aylangan, shogirdlari har doim yuzlarida tabassum, qalblarida faxr
bilan xotirlaydigan, hayotining so’nggi damlarigacha yuridik institutga borishni
astoydil istagan inson Ustoz Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovich ham ana shunday
yulduzlardan biri edi. Ularning yuduz kabi tarqatayotgan ilm nurlari bugungi kunga
qadar yosh avlodni ko’zlarida, qalblarida, kasblariga bo’lgan sadoqatlarida, yangi
bilimlarni egallashdagi tirishqoqliklarida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda. Agar ilm
koinotida yulduz bo‘lishning mohiyati bormi desalar, javob shubhasiz mana bunday
bo’lar edi: "Ha, bunday insonlar – yorug‘lik taratuvchi yulduzlardir. Ularning nuri
zamon chegarasidan o‘tib, kelajak avlodlarni ma’rifat yo‘liga boshlaydi".
PATHOLOGICAL PHYSIOLOGY OF CORONARY HEART DISEASE
Annotation. Ischemic heart disease is a disease that develops as a result of
absolute insufficiency of the coronary circulation and manifests itself by myocardial
damage of varying degrees. Insufficiency of the coronary circulation is a pathological
condition characterized by the inability of the coronary vessels to provide blood supply
to the heart in accordance with its energy needs. In other words, there is a discrepancy
between the energy needs of the heart and the delivery of oxygen and nutrients by the
coronary vessels. Insufficiency of the coronary circulation can be relative and absolute.
TARIXIY MAVZUNING HIKOYADAGI TALQINI
Annotatsiya: Xurshid Davronning “Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida
rivoyat” asari tarixiy voqealarga asoslangan badiiy hikoya bo‘lib, unda buyuk sarkarda
Amir Temurning sevimli nabirasi Pirmuhammad Jahongir bilan suhbatlari orqali davlat
boshqaruvi, meros va mas’uliyat masalalari yoritiladi. Hikoya Hindistonga yurish
arafasida boshlangan . Asarda Amir Temur o‘z hayotiy tajribasi va donishmandligini
bo‘lajak merosxo‘riga o‘rgatishga urinadi. Badiiy rivoyat shaklida yozilgan bu asarda
tarix, falsafa va ruhiy kechinmalar uyg‘unlashtirgan. Asar o‘zbek adabiyotidagi
tarixiy-badiiy yondashuvning yorqin namunalaridan biridir.
ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATINING YANGILANISH VA O’ZIGA XOSLIGI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Istiqlol davri o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos bo‘lgan
yangilanishi xususida so‘zlangan.Zamonaviy shoir Salim Ashurning ayrim she’rlari
tahlilga olingan.
ABDUQAYUM YO‘LDOSHNING HIKOYANAVISLIK MAHORATI
Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’ring ega
iste’dodli adib Abduqayum Yo’ldoshning yozuvchilik badiiy mahorati, jumladan,
obraz va xarakter yaratish va ruhiy tasvir ifodalashdagi o’ziga xosligi kabi masalalar
muallif qalamiga mansub “Boy” hikoyasi misolida ochiqlandi. Shuningdek, uning
zamonaviy voqelikni badiiy ifodalash tamoyili, jamiyat va inson o’rtasidagi
ziddiyatlarni ifodalash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bayon etilgan.
THE ROLE OF NEOLOGISMS IN BRITISH NEWSPAPERS
Annotation. The theoretical underpinnings and historical evolution of neologisms
in the English language are examined in this article. It illustrates the primary language
theories—structural, etymological, stylistic, and lexicographic—that are used to
investigate neologisms. The study looks at the technological and sociocultural elements
that influence the creation of new lexical units and assesses how they contribute to the
ever-changing English vocabulary. The procedures by which words are formed and the
standards by which neologisms are incorporated into common usage are given special
consideration. According to the article's conclusion, neologisms are a crucial component
of linguistic evolution and a reflection of social change.
KASBGA YOʻNALTIRISH HAMDA OʻQUVCHILARDA KASB TANLASH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGI VA PEDAGOGLARNING OʻRNI
ANNOTATSIYA: Zamonaviy jamiyat mustaqil qarorlar qabul qila
oladigan,ularni muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirish uchun javobgar bo'la
oladigan, doimiy o'zgarib turadigan ijtimoiy-iqtisodiy muhitda o'zini anglashga tayyor
bo'ladigan mutaxassislarga juda muhtoj.Shu sababli ta'lim muassasalarida
o’quvchilarni kasbga yo'naltirish masalalari tobora kuchayib bormoqda.
SHAXSLARDA TEMPERAMENTNI ANIQLASH HAMDA XARAKTER XUSUSIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya: Temperament turli madaniyatlar va ijtimoiy sharoitlarda qanday
o‘zgarishini o‘rganish uchun kross-kulturaviy tadqiqotlar o‘tkazish mumkin. Bu metod
temperamentning madaniy ta'sirlarni qanday qabul qilishini aniqlashga yordam
beradi.
MTT DA BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARINING RIVOJLANISHIDA TASVIRIY FAOLIYATNING O‘RNI
Annatotsiya: Ushbu maqolada pedagogika fanida qo‘llanadigan texnologiyalar,
fanning zamonaviy termini hisoblangan innovation pedagogika ...... kabilar haqida
batafsil fikr yuritiladi.
RASTOROPSHA O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA UNING TARKIBIDAGI FAOL MODDALAR.
ANNOTATSIYA. Rastoropsha o‘simligining yana bir nomi Qushqo‘nmas deb
yuritiladi. Shu bilan birga bu o‘simlik ruderal o‘simliklarning qatoriga kiradi. Va bunga
sabab antropogen ta’sir doirasida bo‘lgan yashash sharoitlarida-aholini yashash
punktlarida va ularning atrofida, avtomobil va temir yo‘llarning yonlarida, partob
yerlar, chorva hayvonlari qo‘ralarining atrofida uchraganligi sababli ruderal
o‘simliklar qatoriga kiradi. Bu o‘simliklarning burglari atrofi tikanlar bilan o‘ralgan
bo‘lib, uning gullari esa bitta savatchada joylashadi va rastoropshaning gullari ikki
jinsli hisoblanadi. Asosan may va avgust oylarida gullaydi va mevalari esa sentyabr-
oktyabr oylarida pishib boshlaydi. Bu o‘simlikning urug‘i va boshqa qismlari
vitaminlar va turli xildagi kimyoviy moddalardan tashkil topganligi sababli bu maqola
davomida uning kimyoviy tarkibini o‘rganib chiqamiz.
RASTOROPSHA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA AGROTEXNIKASI
ANNOTATSIYA. Ko‘plab adabiyotlarda Silybum Marianium sifatida tanilgan
rastoropsha o‘simligi Asteraceae oilasiga kiradi.Shu bilan birga bu o‘simlik eng kuchli
davolovchi vosita sifatida tabobatda keng ravishda qo‘llanilib kelinadi.Rastoropsha
o‘simligi asosan O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ko‘plab tarqalgan bo‘lib, u juda
ko‘plab joylarda o‘sishga moslashgan.Ya’ni rastoropsha o‘simligini yetishtirish uchun
unga kerakli bo‘lgan ozuqani yaratish kerak. Va o‘simlik o‘sa oladigan sharoitni
yaratib o‘stirish lozim. Bu o‘simlik asosan quruq iqlimli hududlarda ham o‘sa oladi.
ONA TILI TA’LIMIDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR
Annotatsiya Ushbu maqola ona tili ta’limida lug‘at boyligini oshirishga oid
ilg‘or texnologiyalarni tahlil qiladi. Maqolada, til o‘rganish jarayonida zamonaviy
texnologiyalarning, xususan, raqamli platformalar, mobil ilovalar va sun'iy intellekt
asosida ishlovchi tizimlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Lug‘at boyligini oshirishda
interaktiv va multimedia vositalarining roli, shuningdek, ta’limda o‘quvchilarga
yangicha yondashuvlarni tatbiq etishning afzalliklari ta’kidlanadi. Maqolada ilg‘or
texnologiyalarning ona tili o‘rganishda qanday samarali ishlatilishi, o‘qituvchi va
o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar yaratishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
XITOZAN-1,2,4-TRIAZOL-3D METALL KOMPLEKSLARINING MIKROBLARGA QARSHI XUSUSIYATLARI: YANGI BIRIKMALAR SINTEZI VA QO'LLANILISHI
Annotatsiya:Ushbu maqolada xitozan asosida 1,2,4-triazol hosilalari bilan
sintez qilingan o‘tuvchi metall komplekslarining (Fe(II), Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II),
Mn(II), Cr(III)) sintezi, koordinatsion tuzilmalari, spektroskopik xususiyatlari va
mikroblarga qarshi faolligi tahlil qilingan. Komplekslar Shiff asoslari, "click" kimyosi
va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash kabi usullar bilan hosil qilingan bo‘lib, ularning IR, UV-
Vis, FTIR, XRD, SEM, TEM va boshqa instrumental usullar orqali tuzilmalari
aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida Co(II), Cu(II) va Zn(II) komplekslarining
bakteriyalarga, zamburug‘larga va ayrim hollarda viruslarga qarshi yuqori faollikka
ega ekani aniqlangan. Xususan, bu komplekslar biomembrana bilan elektrostatik ta’sir,
ferment inhibatsiyasi va oksidlovchi stress mexanizmlari orqali mikroorganizmlar
faoliyatini susaytiradi. Mazkur moddalarning farmatsevtika va agrotexnologiyada
qo‘llanilishi istiqbolli hisoblanadi.
“CHET MAMLAKATLARDA VOYAGA YETMAGANLARNI JINOYAT- PROTSESSUAL HIMOYA QILISHDA ADVOKATNING ROLI: QIYOSIY TAHLIL”
Annotatsiya. Ushbu maqolada chet mamlakatlar — xususan, AQSH, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya — jinoyat-protsessual qonunchiligida
voyaga yetmaganlarga nisbatan advokatlar ishtirokining huquqiy asoslari va amaliy
yondashuvlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har bir davlatda advokatlar nafaqat huquqiy
himoyachi, balki pedagogik va psixologik yordamchi sifatida faoliyat yuritib, voyaga
yetmaganlarning huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy reabilitatsiyasini qo‘llab-
quvvatlashga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Maqolada ushbu davlatlar tajribasi
asosida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham bayon
etiladi.
FARZAND TARBIYASI HAMDA KASB TANLASHLARIDA OILANING MUHIM PSIXOLOGIK VAZIFALARI VA MAJBURIYATLARI
O’zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato
qilmagan bo’lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o’g’il va qizlar bilimli, fikr-
mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo’lib voyaga etmoqdalar.
SHAXSLARDAGI OʻZ JONIGA QASD QILISHNING SABABLARI HAMDA PSIXOLOGIK YECHIMLARI
ANNOTATSIYA
O’z joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-
ning doimiy yo’ldoshi hisoblangan.Shunday fikrlar borki, ba’zi odamlar shunchaki
o’zini o’zi hayotdan mahrum qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko’zatuv
ustivorligini yo’qotib, nazorat predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi.
THE AESTHETIC BEAUTY OF LANGUAGE IN NAVOIY'S POETIC STYLE
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiy she’riyatida tilning estetik go‘zalligi, badiiy
ifoda vositalarining serqirraligi, so‘z tanlovi va obrazlilik vositalari orqali o‘quvchiga
estetik zavq ulashish usullari haqida fikr yuritiladi. Maqolada Navoiy asarlarida til
boyligining poetik ifoda bilan uyg‘unlashuvi, fonetik go‘zallik, badiiy uslub va
mazmun uyg‘unligi o‘rganiladi. Shuningdek, Navoiy tilining musiqiyligi va estetik
jozibasi orqali o‘quvchi qalbiga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi.
1-SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARI ORQALI O’QUVCHILAR IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida, xususan, 1-sinf
o‘quvchilarining tasviriy san’at darslari orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning
samarali usullari tahlil qilinadi. Dars jarayonida qo‘llaniladigan interaktiv metodlar,
pedagogik yondashuvlar va tasviriy san’atning tarbiyaviy hamda estetik ahamiyati
ochib beriladi. Amaliy misollar orqali mavzuning dolzarbligi va tatbiqiy qiymati
yoritilgan.
BOLALARGA NISBATAN ZO’RAVONLIKKA CHEK QOʻYISHNING DOLZARB PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Bola tarbiyasi-butun jamiyatning ishi, ayni paytda har bir
fuqaroning burchi. Bola oilada toʻgʻri tarbiya olsa, maktabda namunali oʻquvchiga
aylanadi, mahallada boshqalarga ibrat boʻladi. Albatta, unda oʻz-oʻzidan huquqiy
ong, huquqiy madaniyat ham shakllanib boradi. Farzandlari barkamol, yoshlari
bilimdon va vatanparvar boʻlib ulgʻayadigan davlat qudratli, xalq esa, kuchli boʻladi.
Negaki, bugungi tezkor va shiddatli davrda millat va xalq taqdirini nafaqat moddiy
boylik, balki ma'naviy-ma'rifiy boylik hal qiladi.
EPIFIZNING ULTRASTRUKTURAVIY TASHKIL ETILISHI VA FUNKSIYALARI.
Annotatsiya: Mazkur ishda epifiz bezining (glandula pinealis) morfologik va
funksional xususiyatlari, uning rivojlanish bosqichlari hamda asosiy hujayra
turlarining tuzilishi va faoliyati yoritib berilgan. Epifiz bezining asosiy hujayralari —
pinealotsitlar melatonin gormonini sintez qilishda ishtirok etadi va bu gormon
organizmning biologik soatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Gliya hujayralari esa
pinealotsitlarga trofik va strukturaviy yordam ko‘rsatadi. Bezning sitoplazmatik
organellalari, xususan mitoxondriya, Golji apparati va endoplazmatik retikulum
melatonin sintezi va sekretsiyasini ta’minlaydi. Embrional rivojlanishda epifiz ikki
kurtakdan hosil bo‘lib, bolaning bir yoshida to‘liq shakllanadi. Shuningdek, epifiz
gormonlari gipotalamus va gipofiz faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib, endokrin tizimning
o‘zaro muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Ushbu ish epifiz bezining morfo-
funksional ahamiyatini chuqur tahlil qiladi va uning fiziologik jarayonlardagi o‘rnini
ilmiy asosda ochib beradi.
МЕТОДИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРИМЕНЕНИЯ ПРОЕКТНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРИ ИЗУЧЕНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК НЕРОДНОГО В УСЛОВИЯХ ВОЕННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются методические особенности внедрения
проектной деятельности при обучении русскому языку как неродному в
условиях военных образовательных учреждений. Раскрываются цели, задачи и
преимущества использования проектной методики, подчеркивается её роль в
формировании коммуникативной компетенции, критического мышления и
самостоятельности курсантов. Представлены примеры эффективных языковых
проектов, адаптированных к специфике военного обучения.
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA BARCHAMIZ BIRDEK JAVOBGAR VA MAS’ULMIZ
KIRISH
Davlatimiz rahbarining 2025 yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1
sonli qarorlari yurtimizda jinoyatchilikni oldini olish borasida qilinayotgan
ishlarimizni yana bir yuqori pog`onaga olib chiqdi. Xalqimiz bekorga bir kun janjal
bo‘lgan uyda qirq kun baraka bo‘lmaydi, deb bejiz aytmagan. Haqiqatan, osoyishtalik
bor joyda baraka, ishda unum bo‘ladi.
KRIPTOGRAFIYANING ZAMONAVIY KO’RINISHI
Annotatsiya: Ushbu ishda kriptografiyaning asosiy tushunchalari, uning
tarixiy rivojlanishi, zamonaviy kriptografik usullar va texnologiyalar, axborot
xavfsizligidagi o‘rni haqida keng qamrovli ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek,
kriptografik algoritmlar, kalitlar, shifrlash turlari va ularning qo‘llanilish sohalari
yoritilgan. Ishda kriptografiyaning amaliyotdagi roli, muammolari va kelajakdagi
istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.
YAPONIYA SHAHARSOZLIGINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHI YANGI TURAR JOYLARINING RIVOJLANISHI
Annotatsiya: Mazkur maqolada yaponiya shaharsozligining tarixi va rivojlanish
bosqichi yangi turar joylarning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan. Yaponiya o‘zining barqaror
iqtisodiyoti va shaharsozligi tufayli dunyoning eng rivojlangan davrlaridan biri hisoblanadi.
Turar joylarning sanoati va aholining haddan tashqari ko‘payishi sababli qavatli turar
joylarning rivojlanishiga kelishi haqida fikr yuritilgan.
KORXONALARNI YASHIL ENERGIYAGA O‘TKAZISHDA SAMARALI LOYIHA BOSHQARUVI MODELLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola korxonalarni yashil energiyaga o‘tkazish
jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali loyiha boshqaruvi modellarini
o‘rganadi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, energiya
samaradorligini oshirish va barqaror amaliyotlarni implementatsiya qilish kabi
loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mos bo‘lgan boshqaruv
yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada turli xil loyiha boshqaruvi modellari, ularning
afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, korxonalarning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos
modelni tanlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.