Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
24
ISSN:3030-3621
YAPONIYA SHAHARSOZLIGINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHI
YANGI TURAR JOYLARINING RIVOJLANISHI
Muallif:
Kayumova Shaxrizoda
Muassasa: Samarqand davlat chet tillar instituti
Fakultet: Filologiya va tillarni o’qitish
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yaponiya shaharsozligining tarixi va rivojlanish
bosqichi yangi turar joylarning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan. Yaponiya o‘zining barqaror
iqtisodiyoti va shaharsozligi tufayli dunyoning eng rivojlangan davrlaridan biri hisoblanadi.
Turar joylarning sanoati va aholining haddan tashqari ko‘payishi sababli qavatli turar
joylarning rivojlanishiga kelishi haqida fikr yuritilgan.
Kalıt so‘zlar
: shaharsozlik, shaharsozlik bosqichlari, barqaror shaharsozlik,
shaharsozlik hujjatlari, shahar rejalashtirish akti, yerdan foydalanish akti, yangi turar joy
konsepsiyasi, jamiyat sharoitlari, biznes markazlari, ko‘p funksiyali shaharlarni yatarish.
Kirish:
Yaponiya — Osiyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lib, uning shaharsozlik
tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Bu mamlakat o‘zining tabiiy sharoitlari, tarixiy merosi va
texnologik taraqqiyoti bilan ajralib turadi. Yaponiya shaharlarining shakllanishi va
rivojlanishi qadimiy davrlardagi ibodatxonalar atrofida yuzaga kelgan qishloq
posyolkalaridan tortib, zamonaviy megapolislargacha bo‘lgan uzoq va murakkab jarayonni
o‘z ichiga oladi. Shaharsozlikdagi bu evolyutsiya ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy omillar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda sezilarli
sur’atda jadallashdi. Bugungi kunda esa Yaponiya yangi turar joylarni loyihalash va barpo
etishda ekologik muvozanat, texnologik yangiliklar va urbanistik qulayliklarga katta e’tibor
qaratmoqda. Ushbu maqolada Yaponiya shaharsozligining tarixiy bosqichlari va yangi turar
joylarning rivojlanish tamoyillari atroflicha tahlil qilinadi. Yaponiya davlatki geografik
joylashuvi, tabiiy resurslarning cheklanganligi va aholining zich joylashuvi tufayli o‘ziga xos
shaharsozlik tajribasiga ega. Uzoq asrlik tarix davomida bu mamlakat urbanizatsiya
jarayonida turli davr va siyosiy boshqaruv shakllariga moslashgan holda, samarali shahar
rejalashtirish tamoyillarini ishlab chiqqan. Yaponiya shaharsozligining rivojlanishi tarixiy
bosqichlar asosida tahlil qilinadigan bo‘lsa, bu jarayon qadimiy buddaviy va shinto
markazlaridan
boshlab
zamonaviy
texnologiyalar
asosidagi
yuqori
zichlikdagi
megapolislargacha bo‘lgan yo‘lni o‘z ichiga oladi.
Asosiy qism:
1.Tarixiy bosqichlar.
Yaponiyada shaharsozlikning dastlabki bosqichlari Nara (VIII asr) va
Heian (IX–XII asrlar) davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda shaharlar diniy va siyosiy
markazlar sifatida shakllangan, ko‘pincha Xitoyning Tang sulolasidagi shaharsozlik
modeliga asoslangan. Edo davrida (1603–1868) Tokugava shogunligi ostida shaharlar
ma’muriy va iqtisodi markazlarga aylana boshladi. Aynan shu davrda bugungi Tokio (sobiq
nomi Edo) shahrining shakllanishi boshlandi.
Shahar atrofida kengaytirilgan Edo qal’asi
(hozirgi Imperator saroyi) markazida joylashgan boʻlib, uning atrofida samuraylar,
savdogarlar va hunarmandlar uchun alohida mahallalar tashkil etildi. Shahar
rejalashtirilishida siyosiy va ijtimoiy tabaqalanish aniq koʻrinib turardi.
Edo davrida shahar
koʻplab yongʻinlar bilan yuzlashdi, ulardan eng kattasi 1657 yildagi Meireki yongʻini
boʻlib, taxminan 100,000 kishining hayotiga zomin boʻldi. Bu yongʻinlar shaharsozlikda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
25
ISSN:3030-3621
oʻzgarishlarga olib keldi: keng koʻchalar, yongʻinga chidamli omborlar va ochiq maydonlar
qurildi.
2. Modernizatsiya va sanoatlashuv.
Meiji restavratsiyasidan (1868) so‘ng Yaponiya
tez sur’atlarda modernizatsiya yo‘liga o‘tdi. G‘arbiy shaharsozlik modellaridan ilhomlangan
holda, yangi yo‘llar, ko‘priklar, temir yo‘llar va sanoat zonalari tashkil etildi. 1923-yilgi
Kanto zilzilasi va Ikkinchi jahon urushidagi bombardimonlar shahar infratuzilmasiga katta
zarar yetkazgan bo‘lsa-da, urushdan keyingi yillarda Yaponiya urbanizatsiyani tezlashtirdi.
Yangi hukumat Gʻarb davlatlarining shaharsozlik tajribasini oʻzlashtirib, infratuzilmani
modernizatsiya qildi: temiryoʻl tarmoqlari, gaz yoritish tizimlari, telefon aloqa va zamonaviy
binolar qurildi. 1888 yilda qabul qilingan “Tokio shahrini yaxshilash toʻgʻrisidagi qonun
(Tokyo City Improvement Ordinance) shaharni zamonaviylashtirishga asos boʻldi .Ginza
tumani, 1872 yildagi yongʻindan soʻng, Gʻarbcha uslubda qayta qurildi: tosh yoʻlaklar, gaz
chiroqlari va zamonaviy doʻkonlar bilan bezatildi. Bu hudud tez orada savdo va madaniyat
markaziga aylanadi .
3. Yangi turar joylar va zamonaviy shaharlar.
1960-yillardan boshlab Yaponiya
yangi turar joy massivlarini rivojlantirishga katta e’tibor berdi. Bu davrda “yashil hududlar”,
jamoat transportiga yaqin joylashgan turar joylar va zamonaviy ijtimoiy infratuzilmalar
loyihalandi. Masalan, Tama New Town, Chiba New Town kabi loyihalar bu boradagi yirik
namunalardan hisoblanadi. Yaponiya shaharsozligi ming yillik tarixga ega bo‘lib, u tabiiy
resurslar, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq.
Mamlakat geografik jihatdan tog‘li hududda joylashgan bo‘lib, yer resurslarining
cheklanganligi shaharsozlikda samarali rejalar tuzishni talab qilgan. Bugungi kunda
Yaponiya zamonaviy shaharsozlikda dunyoda ilg‘or o‘rinda turadi, ayniqsa yangi turar joylar
va aqlli shaharlar konsepsiyasi orqali.
Bugungi kunda Yaponiya urbanizatsiyada quyidagi muhim tamoyillarga amal
qilmoqda: ekologik barqarorlik, aholi zichligini samarali boshqarish, texnologik
innovatsiyalar (aqlli shaharlar), zilzilabardosh qurilish uslublari va aholining turmush
darajasini oshirishga qaratilgan dizayn.
O‘z navbatida yaponiyada urbanizatisya va shaharsozlik jarayonlarining
rivojlanishi 9ta bosqichga bo‘lish mumkin.
1-bosqich:
Shaharsozlikni g’arblashgan davri (1868-1887). 1868–1887 yillar oralig‘i
Yaponiya tarixida tub burilish davri bo‘lib, bu davr Meiji islohoti bilan boshlanadi. Feodalizm
barham topib, davlat sanoatlashuv va modernizatsiya yo‘lini tanladi. Aynan shu yillarda
shaharsozlik sohasida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi: g‘arb shaharsozlik uslublari,
texnologiyalari va arxitekturaviy tamoyillari mamlakatga joriy qilindi.
2-bosqich
:Shaharosozlikni rivojlanishi (Shikukaei) davri (1880-1918). Yaponiya
shaharsozligining Shikukaeki (ya’ni “urbanizatsiya davri”) deb ataluvchi 1880–1918 yillari
mamlakatda sanoat inqilobi va modernizatsiya jarayonlarining kuchaygan bosqichi bo‘lib,
urbanizatsiya jadal sur’atlar bilan amalga oshdi. Bu davrda yangi turar joylar paydo bo‘lishi,
aholining shaharlarga ommaviy ko‘chib kelishi va zamonaviy shahar muhitining shakllanishi
Yaponiya shaharsozligi tarixida muhim burilish bo‘ldi.
Shikukaeki davrida yangi turar
joylarda yashovchi aholining turmush tarzida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. G‘arbcha hayot
uslubi asta-sekin kengayib, jamoat binolari, bog‘lar va xizmat ko‘rsatish maskanlari orqali
shahar hayoti boyib bordi. Bu turar joylar ijtimoiy integratsiyani kuchaytirib, Yaponiya
jamiyatining urbanistik o‘zgarishlariga moslashishini tezlashtirdi.
3-bosqich
: Shaharlarni rejalashtirish tizimini joriy etish davri (1910-1935). 1910–
1935 yillar oralig‘i Yaponiyada shaharlarni ilmiy va huquqiy asosda rejalashtirish boshlangan
davr bo‘lib, bu jarayon urbanizatsiya sur’atlarining tezlashuvi, sanoatlashtirish va aholining
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
26
ISSN:3030-3621
keskin o‘sishi bilan bevosita bog‘liq edi. Shu davrda turar joylarni rejalashtirish va qurish,
transport tarmoqlarini joylashtirish, shahar infratuzilmasini to‘g‘ri tashkil qilish orqali
Yaponiya zamonaviy urbanistik asoslarni shakllantirdi. 20-asr boshlarida yirik shaharlarda —
ayniqsa Tokio, Osaka va Nagoyada — aholining haddan tashqari ko‘pligi, sog‘liqni saqlash
muammolari, notekis qurilish va transport muvofiqlashtirilmaganligi og‘ir urbanistik
muammolarni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, 1923 yilda yuz bergan Kanto zilzilasi
Tokioning katta qismini vayron qildi va shaharni zamonaviy uslubda qayta qurish zaruratini
tug‘dirdi.
4-bosqich:
Urush davri shaharsozligi (1931-1945). 1931–1945 yillar oralig‘i
Yaponiya tarixida “urush davri” deb nomlanadi. Bu davrda mamlakat Ichki Osiyoda
ekspansionistik siyosat olib borib, Xitoy va boshqa hududlarda harbiy mojarolarga aralashdi.
Bunday harbiy faollik Yaponiya ichidagi iqtisodiy, sanoat va urbanistik o‘zgarishlarga ham
jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, shaharsozlik siyosati davlat nazorati ostida kuchli
markazlashtirilgan tus oldi.Urush davrida Yaponiyada shaharlar rivojlanishining asosiy omili
harbiy ehtiyojlar bo‘ldi. Davlat sanoatlashuvni tezlashtirdi va bu yirik shaharlarda harbiy
sanoat markazlarining rivojlanishiga olib keldi. Xususan, Tokio, Osaka, Kobe va Nagoya kabi
shaharlarda harbiy zavodlar, arsenal va ta’minot omborlari qurildi.
Harbiy sanoatning kengayishi sababli yirik shaharlarga ishchilar oqimi kuchaydi. Bu
esa yangi turar joylar qurilishini taqozo etdi. Shaharlar atrofida ishchi posyolkalari (kasaba-
turar joylar) paydo bo‘ldi. Biroq, bu turar joylar asosan vaqtincha va minimal qulayliklarga
ega bo‘lib, tezda qurilgan edi. Ular ko‘pincha yog‘ochdan qurilgan bo‘lib, zich joylashuvi va
sanitariya sharoitlarining yomonligi bilan ajralib turardi.1930-yillarning oxiri va 1940-
yillarning boshida Yaponiya hukumati shaharsozlikni markazlashtirishga harakat qildi. 1941
yilda “Shahar va qishloqlarni rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Bu qonun
orqali yangi turar joylar, ishlab chiqarish zonalari va transport tarmoqlari harbiy va strategik
maqsadlarga moslashtirildi. Shaharlar rejalashtirilayotganda ularning bombalash xavfiga
chidamliligi ham e’tiborga olindi.
Urush yakuniga borar ekan, ayniqsa 1944–1945 yillarda AQSh havo kuchlari
tomonidan amalga oshirilgan bombardimonlar Yaponiya shaharlarini katta talafotga uchratdi.
Tokio, Osaka, Yokogama kabi yirik shaharlarda millionlab odamlar boshpanasiz qoldi. Bu
holat urush davrida barpo etilgan ko‘plab yangi turar joylarning ham yo‘q bo‘lishiga olib
keldi.
5-bosqich:
2-jahon urushidan keyingi shaharlarni qayta qurish davri (1945-1954).
Ikkinchi jahon urushi yakunlangach, Yaponiya tarixida chuqur iz qoldirgan
vayronagarchiliklar davri boshlandi. 1945 yildagi yadro bombalashlar va boshqa havo
hujumlari oqibatida Tokio, Hiroshimaning katta qismi, Nagasaki va boshqa shaharlar deyarli
butunlay vayron bo‘ldi. Bu holat Yaponiya hukumati va xalqini tezkor va tizimli tarzda qayta
qurish ishlariga kirishishga majbur qildi. 1945–1954 yillar oralig‘i Yaponiya shaharsozligida
qayta tiklanish va yangi turar joylar barpo etilishi bosqichi sifatida muhim o‘rin tutadi.Urush
tugagach, Yaponiyaning shaharsozlik faoliyati ittifoqchi kuchlar, xususan AQSh
boshchiligidagi okkupatsiya hukumati nazorati ostida olib borildi. Bu davrda Yaponiya
hukumati “Shaharlarni tiklash to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qildi. Tokio, Osaka,
Yokogama, Kobe, Hiroshimaning qayta qurilishi rejalashtirilgan hudud asosida olib borildi.
Yangi rejalarda shaharlarning funksional zonalarga bo‘linishi (sanoat, turar joy,
transport, ijtimoiy xizmatlar zonalari) ustuvor bo‘ldi. Bundan tashqari, yangi qurilishlar
xavfsizlik va yong‘inga chidamlilik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirildi.
Urushdan keyin millionlab yaponlar uysiz qolgani sababli turar joylar qurilishi ustuvor
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
27
ISSN:3030-3621
yo‘nalishlardan biriga aylandi. 1946 yildan boshlab davlat va mahalliy hokimiyatlar
tomonidan ommaviy uy-joy qurilishi dasturlari yo‘lga qo‘yildi.
6-bosqich
: Asosiy qonunning yo‘qligi davrida shaharsozlikni rivojlantirish (1955-
1968) 1955–1968 yillar Yaponiya tarixida iqtisodiy o‘sishning keskin sur’atlar bilan
kuchaygan davri sifatida tanilgan. Bu davrda Yaponiya “iqtisodiy mo‘jiza” yo‘liga kirgan
bo‘lsa-da, shaharsozlik tizimida hali to‘liq kuchga ega bo‘lgan asosiy yuridik me’yorlar
mavjud emas edi. Qonunchilikdagi bo‘shliqlar, rejalashtirishdagi chalkashliklar va tez
urbanizatsiya sharoitida turar joylar qurilishi sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. 1949 yildagi
“Shaharsozlik to‘g‘risida”gi vaqtinchalik qonunlar va 1950-yillardagi ba’zi tartiblar mavjud
bo‘lsa-da, yagona, umumiy va majburiy ijroga ega bo‘lgan milliy urbanistik qonun yo‘q edi.
Bu holat quyidagi muammolarga olib keldi:
Shaharlarning tartibsiz kengayishi;
Qishloqlarning urbanizatsiya bosimi ostida yo‘qolib borishi;
Yashash uchun yaroqsiz, zich joylashgan va noqulay hududlarning ko‘payishi;
Yer egaligi bo‘yicha nizolar, noqonuniy qurilishlar va rejasiz turar joylar paydo
bo‘lishi.
Iqtisodiy o‘sish sanoat markazlarining kengayishiga va qishloqlardan shaharlarga
ko‘chish jarayonining tezlashishiga olib keldi. Bu esa uy-joy inqirozini keltirib chiqardi.
7-bosiqch:
Yangi qonun davri (1968-1985). 1968-yil Yaponiya shaharsozligi tarixida
burilish nuqtasi bo‘ldi. Bu yilda kuchga kirgan “Shaharsozlik to‘g‘risidagi yangi qonun”
mamlakatdagi tartibsiz urbanizatsiyani nazorat qilish, ekologik va ijtimoiy muvozanatni
saqlash hamda zamonaviy turar joylar barpo etish bo‘yicha aniq me’yoriy asos yaratdi. 1968–
1985 yillar Yaponiya shaharsozligining huquqiy, rejalashtirish va ijtimoiy barqarorlik
tamoyillariga asoslangan rivojlanish davridir. 1968-yilgi Shaharsozlik qonuni Yaponiya
bo‘ylab shaharlarni rejalashtirish va rivojlantirishda bir xil yondashuvni joriy etdi. Qonunning
asosiy maqsadlari quyidagilar edi:
Urbanizatsiyani muvofiqlashtirish;
Turar joy, sanoat va yashil zonalarni qat’iy ajratish;
Yangi shaharlarni rejalashtirishda ekologik va ijtimoiy muvozanatni saqlash;
Transport infratuzilmasini rivojlantirishni rejalashtirish bilan uyg‘unlashtirish.
Bu qonun asosida Yaponiya hududi urbanizatsiya hududi (urbanized area) va
cheklangan urbanizatsiya hududi (urbanization control area) deb ajratildi. Bu esa tartibsiz
qurilishlarning oldini olishda katta rol o‘ynadi.
8-bosqich:
Noqulay rejalashtirish va ko‘pikli iqtisodiyot davri (1982-1992).
1980-
yillarning ikkinchi yarmi Yaponiya tarixida “ko‘pikli iqtisodiyot” (
泡沫経済
—
baburu
keizai
) davri sifatida tanilgan. Bu davrda moliyaviy bozorlar va ko‘chmas mulk bozori haddan
ziyod qimmatlashdi, natijada shaharsozlikda muvozanat buzildi. 1982–1992 yillar orasidagi
shaharsozlik jarayonlari iqtisodiy shishish, yer spekulyatsiyasi, rejalashtirilmagan qurilishlar
va uy-joy inqirozi bilan bog‘liq bo‘ldi. Ushbu maqola shu davrda yuzaga kelgan muammolar
va yangi turar joylarning shakllanishi haqida so‘z yuritadi. 1980-yillarda Yaponiya
iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o‘sdi. Tashqi savdo, texnologik rivojlanish va kapital
bozorlarning erkinlashuvi ko‘chmas mulk sektoriga katta miqdorda investitsiya oqimini jalb
qildi. 1991-yilda moliyaviy pufak yorilib, ko‘chmas mulk bozori inqirozga uchradi. Bu
shaharsozlikda yangi davrni boshlab berdi – muvozanatli rivojlanish, aholi ehtiyojlarini
inobatga olgan rejalashtirish va ekologiyaga e’tibor qayta tiklana boshladi.
9-bosqich:
Fuqarolar tomonidan boshqariladigan, markazlashtirilmagan shahar
rejalashtirish davri (1992-2003). 1992–2003 yillar Yaponiya shaharsozligida muhim burilish
bo‘ldi: markazlashtirilgan, yuqoridan pastga yondashuvdan voz kechilib, fuqarolar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_2-to’plam_May -2025
28
ISSN:3030-3621
ishtirokidagi, mahalliy ehtiyojlarga asoslangan, ekologik va barqaror rivojlanish yo‘liga
o‘tildi. Bu davrda yangi turar joylar inson ehtiyojlariga yo‘naltirilgan holda qurildi, jamiyat
va muhit bilan uyg‘unlikda rivojlandi. Shu sababli, ushbu bosqich Yaponiya shaharsozligi
tarixida demokratik va barqarorlik tamoyillariga asoslangan yangi davrni boshlab berdi.
Uy-joylarning ommaviy ta’minoti
Tez iqtisodiy o‘sish sababli shahar hududlariga aholining to‘planishiga javoban,
shaharlarda va ularning chekka hududlarida keng ko‘lamli turar joy massivlari barpo etildi.
Eng yuqori davrda yiliga 60 000 dan ortiq turar joy birliklari taqdim etilgan. Bundan tashqari,
biz texnologik jihatdan ham yetakchi bo‘lib, ko‘p qavatli uylarning qurilishi va samarali
qurilish uslublarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Katta yangi shaharchalarning rivojlanishi
Shahar atroflarida keng miqyosli yangi shaharchalarni rivojlantirish ishlari olib borildi
hamda ko‘plab uylar va yer maydonlari taqdim etildi. Biz loyiha rejasining ishlab
chiqilishidan to uning amalda amalga oshirilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda ishtirok
etdik va bu orqali Yaponiyada jamoa rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdik.
Jozibador va ko‘p funksiyali shaharlarni yaratish
Sanoat va aholining haddan tashqari shaharlarga to‘planishiga qarshi kurashish uchun
ko‘p markazli, muvozanatli rivojlangan shaharlarni yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga
oshirdik. Shu bilan birga, urushdan keyingi keskin urbanizatsiya davrida qurilgan zaif
infratuzilmani yaxshilash va falokatlarning oldini olish funksiyalarini kuchaytirishga e’tibor
qaratdik. 1995-yilda sodir bo‘lgan Buyuk Hanshin-Avaji zilzilasi oqibatlarini bartaraf etishda
ham faol ishtirok etdik.
Xalqaro biznes markazlarini yaratish va falokatlardan keyingi tiklanishni qo‘llab-
quvvatlash Superqarib borayotgan jamiyat muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan yashash
muhiti barpo etish, siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaharsozlik Islohotlari orqali global
raqobatbardoshlikni kuchaytirish bilan birga, 2011-yilda sodir bo‘lgan Buyuk Sharqiy
Yaponiya zilzilasi oqibatlarini bartaraf etish Ishlarida ham faol qatnashdik.
Xulosa:
Yaponiya shaharsozligi tarixan murakkab va bosqichma-bosqich rivojlangan
tizim bo‘lib, unda milliy madaniyat, tabiiy sharoit va texnologik taraqqiyotning uyg‘unligi
ko‘zga tashlanadi. Yangi turar joylarning loyihalanishi va qurilishi nafaqat urbanistik
ehtiyojlarga javob beradi, balki yashash sifatini yaxshilash, ekologik muvozanatni saqlash va
zamonaviy muhandislik yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi. Kelajakda
ham Yaponiya urbanizatsiya borasida jahon tajribasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishda davom
etishi kutiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://planning-org-uploaded
media.s3.amazonaws.com/documents/UrbanPlanningSystem_all.pdf
2.
https://www.gdrc.org/uem/observatory/jp-laws.html
3.
chrome-
://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://www.jcie.org/researchpdfs/RoadPluralism/
plu_furukawa.pdf
4.
https://www.ur-net.go.jp/overseas/about/index.html
5.
http://jcie.org/researchpdfs/RoadPluralism/plu_furukawa.pdf