Mualliflar

  • Xudoyberdiyev Muxriddin Qodir oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93852

Annotasiya

KIRISH 
Davlatimiz  rahbarining  2025  yil  3-yanvardagi  «2025-yilda  respublika 
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish 
tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1 
sonli  qarorlari  yurtimizda  jinoyatchilikni  oldini  olish  borasida  qilinayotgan 
ishlarimizni yana bir yuqori pog`onaga olib chiqdi.  Xalqimiz bekorga bir kun janjal 
bo‘lgan uyda qirq kun baraka bo‘lmaydi, deb bejiz aytmagan. Haqiqatan, osoyishtalik 
bor joyda baraka, ishda unum bo‘ladi. 

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://inlibrary.uz

45-son_2-to’plam_May -2025

18

ISSN:3030-3621

YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA

HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA BARCHAMIZ BIRDEK

JAVOBGAR VA MAS’ULMIZ

Xudoyberdiyev Muxriddin Qodir oʻgʻli

Jizzax viloyati Forish tumani MMTBga

qarashli 31-maktab amaliyotchi psixologi

KIRISH

Davlatimiz rahbarining

2025 yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika

mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1
sonli qarorlari

yurtimizda jinoyatchilikni oldini olish borasida qilinayotgan

ishlarimizni yana bir yuqori pog`onaga olib chiqdi. Xalqimiz bekorga bir kun janjal
bo‘lgan uyda qirq kun baraka bo‘lmaydi, deb bejiz aytmagan. Haqiqatan, osoyishtalik
bor joyda baraka, ishda unum bo‘ladi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash masalasi ham davlat

siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish,
huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan
birga mahalliy hokimlik va boshqa mutasaddi idoralar zimmasiga muhim vazifalar
yuklangan.

Ular

buni bajarish bo‘yicha turli chora-tadbirlarni amalga

oshirmoqda. Shunga qaramay jinoyatlar uchrayotgani, jinoyat qilgan shaxslarning har
uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani afsuslanarli. Sodir etilayotgan jinoyatlarda
yoshlar ham ishtirokchi bo`layotgani va ular orasida maktab voyaga yetmagan maktab
o`quvchilari borligi achinarli holdir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jinoyatni aniqlash,
uning negizini topish, huquqbuzarliklarning oldini olish, uni jilovlash mutasaddilarning
eng asosiy vazifasidir. Jinoyatchiga jazo berishdan ko‘ra, uning oldini olish afzal. Bu
yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish lozim. Jinoyatchilikka qarshi kurash nafaqat
huquq-tartibot organlarining, balki barchamizning faoliyatimiz mezoni bo‘lishi kerak.

Farzand niholga o‘xshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga

yetadi. Bunda, albatta, oila, mahalla, ta’lim tashkiloti va jamiyatdagi muhit muhim
ahamiyatga ega. Zero, o‘zi, oilasi, xalqi, ma’naviy ildizlari haqida yetarli tushunchaga
ega bo‘lgan bola jinoyat ko‘chasiga qadam bosmaydi. Hozirgi kunda yoshlarning
intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va
olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasida bir qator amaliy ishlar
qilinmoqda. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, ekstremizm, terrorizm va uyushgan
jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy
choralarni kuchaytirish darkor.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://inlibrary.uz

45-son_2-to’plam_May -2025

19

ISSN:3030-3621

Korrupsiyaga

qarshi

kurashishning

tashkiliy-huquqiy

mexanizmlarini

takomillashtirish va samaradorligini oshirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini
yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim
muassasalari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil
etish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilangan. Ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy
yoshlar tarbiyasini “hayot - mamot masalasi”, deb ta’riflagan. Zero, tarbiyasi mo‘rt
yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech qanday naf bo‘lmaydi. Yoshlarning
jinoyatga qo‘l urishi tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xato yoki befarqlikning achchiq
in’ikosidir.

Kelajagimiz yoshlarning qo‘lida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan

jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini,
shunday ishlar amalga oshirilishini ta’minlash uchun barchamiz birdek harakatda
bo‘lmog‘imizi shart. Biz amaliyotchi psixologlar va o`qituvchilar ham yoshlar
tarbiyasiga befarq bo`lmasdan avvalo har bir o`quvchiga ota-onasiday munosibatda
bo`lib tarbiya berishimiz va huquqbuzar o`quvchi emas balki millat kelajagi uchun
xizmat qiladigan vatanparvar yoshlarni tarbiyashmiz shart!

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qodirov, S. (2023). "Yoshlar jinoyatchiligining oldini olishda ijtimoiy omillar".
Toshkent: Huquq va jamiyat nashriyoti.

2.

Tursunova, M. (2022). "Yoshlar huquqbuzarliklarini kamaytirish: profilaktika va
ta’lim". Samarqand: Ijtimoiy fanlar nashriyoti.

3.

Ergashev, A. (2021). "Jinoyatchilikka qarshi kurashda yoshlar o‘rni". Buxoro:
Huquqiy ta’lim nashriyoti.

4.

Rasulova, D. (2023). "Yoshlar jinoyatchiligi va uning oldini olish strategiyalari".
Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

5.

Karimov, B. (2022). "Huquqbuzarliklarning oldini olishda yoshlar tarbiyasining
roli". Namangan: Ijtimoiy rivojlanish nashriyoti.

6.

Islomov, N. (2023). "Yoshlar jinoyatchiligi va profilaktika choralarini
takomillashtirish". Toshkent: Huquqshunoslik nashriyoti.

7.

Sobirova, L. (2021). "Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda oilaning
ahamiyati". Andijon: Ijtimoiy fanlar nashriyoti.

Bibliografik manbalar