Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
268
ISSN:3030-3621
MTT DA BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARINING
RIVOJLANISHIDA TASVIRIY FAOLIYATNING O‘RNI
Nargisxon Nurmatova
Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi
Maktabgacha,boshlang‘ich va maxsus ta’lim
metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi
Annatotsiya:
Ushbu maqolada pedagogika fanida qo‘llanadigan texnologiyalar,
fanning zamonaviy termini hisoblangan innovation pedagogika ...... kabilar haqida
batafsil fikr yuritiladi.
Kalit so
‘
zlar:
innovatsiya, texnologiya, .....
Hozirgi kunda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar,ta’lim
texnologiyasi,o‘qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda.bugungi
kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar,rasmiy
hujjatlarda “Yangi pedagogik texnologiya”, ”Ilg‘or pedagogik texnologiyasi”,
”Zamonaviy ta’lim texnologiyasi” ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga
tushirilmagan,ensiklopediyalarda izohlanganicha yo‘q,uning mazmunini yagona
talqini ishlab chiqilmagan,shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina
ta’riflari mavjud.Hozirgi davr ta’lim taraqqiyotida yangi yo‘nalish-innovatsion
pedagogika maydonga chiqdi.Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin:
1.Innovatsiya nima?
2.Innovatsion pedagogik jarayon va texnologiya nima?
3.Pedagogik texnologiya nima?
Innovatsion pedagogika termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Evropa
va AQSHda 60-yillarda paydo bo‘ldi.Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti
amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan.U yangilik kiritish bosqichi
ishtirokchilarining toifalarini tasnifi, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok
qilishga shayligini tatqiq etadi.
Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming
yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi,o‘qituvchi
faoliyati yangilanadi,o‘quvchi talaba-yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik,
vatanga mehr-muhabbat,insonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi.Bugungi
kundagi zamonaviy ta’limning asosiy qismlaridan biri bu, yangicha zamonaviy
innovatsion pedagogik texnologiyalar hisoblanadi.Ushbu pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jarayonlarni tashkil etish
bolalarning erkin va ijodiy faoliyatlarining natijadorligiga xizmat qiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
269
ISSN:3030-3621
Prezidentimizning bunday jijoatli so‘zlarini eshitganimizdan so‘ng biz
tarbiyachi pedagoglarning burchimiz va vazifamiz nechog‘lik muhim ekaniga va
ularning ishonchi bizda ekanligiga amin bo‘lamiz.Ta’lim jarayonini ilg‘or va
innovatsion tashkil etish ,uni samarali boshqarish pedagoglar oldida turgan eng muhim
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash orqali bolalarda quyidagi kompetensiyalar rivojlanadi:
-har tomonlama intelektual salohiyatli bugungi zamon talablariga raqobatbardosh
bo‘lishlarini ta’minlaydi;
-ta’lim va o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi;
- bolalarda kreativ fikrlash va yangi g‘oyalar shakllanadi;
- innovatsion tajribalar va yaratuvchanlik qobiliyatlari rivojlanadi;
-ijodiy rivojlanish sohalari mukamallashadi.
Yuqorida berilgan yangi pedagogik texnologiyalarni MTT da san’at markazida
qo‘llash uchun avvalo biz san’at markazining ahamiyatini va rivojlanishga ta’sir
ko‘rsatishini ham bilib olishimiz zarur bo‘ladi.
San’at markazi bolalarga quvonch,hayajon va qoniqish hislarini baxsh etadi.U turli
funksiyalarni bajaradi, biroq eng avvalo bolalarning ijodkorligi,qiziquvchanligi,
tasavvuri va tashabbusiga oziq beradi.Agar bolalarga materiallar bilan tajriba
o‘tkazish,o‘zi uchun yangi narsalarni kashf etish,g‘oyalarni sinab ko‘rish uchun vaqt
imkoniyat va erkinlik berilsa,ularda muvaffaqiyatli o‘qish va ishlash uchun poydevor
shakllanadi.
E.Pol Torrens o‘zining “Maktabda ijodiy tafakkurni rivojlantirish” nomli
kitobida ijodkorlikka shunday ta’rif bergan edi:”G‘oyalar va gipozetalarning
shakllanishi,ularning tekshirib ko‘rilishi va natijalari haqida axborot berish jarayoni.Bu
ta’rif qandaydir yangi narsani, ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan bir narsani
yaratishni anglatadi.Bu jarayon qo‘rqmasdan fikrlash,odat bo‘lib qolgan usullardan
voz kechish,qolip doirasidan chiqishni o‘z ichiga oladi.U noma’lumlikka qo‘yilgan
muvaffaqiyatli qadamdir.Ijodiy g‘oyalar oxir-oqibatda, ilmiy nazariyalar, kashfiyotlar,
narsa va buyumlarning takomillashtirilishi, she’rlar, loyihalar, rasmlar va boshqa shu
narsalar namoyon bo‘ladi”.
San’at markazi odatda, eng ko‘p ishtirok etadigan markazdir.Ular turli
vositalarni sinab ko‘radilar,mol’bertlarda rasm soladilar,barmoq bilan musavvirlik
qiladilar,loy,bo‘r parchalari,plastilin,qaychi va boshqa ko‘plab materiallar va
vositalardan foydalanadilar.Bunda eng muhimi –tadqiqot jarayoning o‘zi ekanligini
yodda tutish katta ahamiyatga molikdir.Bolalarga mo‘ljallangan sifatli ta’lim dasturi
bolaning turli xil materiallar asosida ijodiy tajriba orttirishni ta’minlaydi.Bolalar o‘z
ijodlarining ikki me’yorli (rasm chizish va tasviriy san’at) mahsulotlarini
ham,shuningdek uch me’yorlik mahsulotlarini ham ( qurilish va to‘qish)
yaratadilar.Dastur,shuningdek,bolalarga san’at asarlari bilan tanishish va ularni
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
270
ISSN:3030-3621
muhokama qilish imkonini yaratadi.Bunday faoliyat turlari bilan shug‘ullanish
davomida bolalar madaniyat, tarix va hozirgi jamiyat haqidagi bilimlarni
o‘zlashtiradilar.
Bolalar,garchi ularning oxirgi mahsuloti katta yoshli kishining nazarida hech
narsaga o‘xshamasa ham ,o‘zlari qilayotgan ish bilan bog‘liq ravishda
hayajonlanadilar.Nozik his etuvchi tarbiyachilar har bir bolaning his-tuyg‘ulariga
sherik bo‘ladilar va uning kuch-g‘ayratini qadrlaydilar.Ular,shuningdek, bolalar
o‘zlarining rivojlanishlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qilishlarini ham hisobga oladilar.
Rasm chizishning ilk bosqichlarida bolaning mushak faoliyati aji-buji
chiziqlarni yuzaga keltiradi ( ikki yoshdan uch yoshgacha).Mana shu juda muhim
bosqichda bola sensor-kinestetik tajriba kasb etadi.Ikki va to‘rt yoshlar oralig‘idagi
davrda bola aylana, kvadratlar, uchburchaklar singari o‘ziga xos shakllarni chiza
boshlaydi.Kunlardan bir kuni ikki kichik doirasi bo‘lgan katta bir doirani chizishga
muvaffaq bo‘ladi va quvonch bilan “Men odamning yuzini chizdim” deb aytadi.Odatda
bu to‘rt yoshdagi besh yoshgacha bo‘lgan davrda yuz beradi.So‘ngra ko‘p marta qayta-
qayta urinishlar natijasida harakatlari tobora ko‘proq boshqariladigan bo‘lib
qoladi.Keyinchalik,tajribasi ortib borgan sari, u shakllarni oldindan o‘ylab chiza
boshlaydi va ular haqida tasavvur qilinadigan voqealarni hikoya qilib berishi
mumkin.Besh yoshga kirganda ko‘pchilik bolalar odamlar tasvirlangan rasmlarni
to‘plab borishi lozim.Bu bolaning rivojlanishini hujjatlashtirib qo‘yish va uni ota-
onalar bilan muhokama qilish uchun zarur.Ota-onalar ular bolaning kuch-g‘ayratlarini
rag‘batlantirishlari va taqdirlashlari uchun uning bu sohadagi rivojlanish darajasi
haqida tasavvurga ega bo‘lishi muhimdir.
Tarbiyachilar boladagi o‘ziga xoslikni inkor qilmasliklari, aksincha uni
rag‘batlantirgan holda fasilitatorlar sifatida maydonga chiqishlari zarur.Ba’zan
tarbiyachilar bolalarga turli namuna va modellarni ko‘rsatib,o‘zlari sezmagan holda
ularning ijodini cheklab qo‘yadilar.
San’at markazining rivojlanishga ta’sir ko‘rsatishi.
San’at markazi dasturda muhim ro‘l o‘ynaydi,chunki rivojlanishga uning barcha
aspektlarida ko‘maklashadi.
Hissiy rivojlanish
-so‘zsiz muloqot qilish imkoniyati
-his-tuyg‘ularni ifoda etish uchun kanal
-hissiyotlarni to‘kib solish imkoniyatlari
-kuch-qudratni his qilish
-o‘z mahsulotini yaratganligidan qoniqish hissiyoti.
Jismoniy rivojlanish.
-Nozik motorikaning rivojlanishini nazorat qilish
-taktil’qabul qilishni rivojlantirish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
271
ISSN:3030-3621
Ko‘rish orqali qabul qilishni o‘tkirlashtirish
-umumiy motorikani rivojlantirish
-ko‘rish qobiliyatini va qo‘llarini muvofiqlashtirish tajribasini orttirish
Ijtimoy rivojlanish
-bolalarni muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilishga rag‘batlantirish
-mustaqillikni ro‘yobga chiqarishda yordam berish
-boshqa bolalar bilan hamkorlik va galma-galdan harakat qilish imkoniyati
-buyumlarning saqlanishi uchun mas’uliyatni his etishga o‘rgatish.
-boshqalarning g‘oyalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash.
Intelektual rivojlanish.
-So‘z boyligini ko‘paytirish
-sabab-oqibat munosabatlarini o‘zlashtirishda yordam berish-biron hodisa qanday va
nima uchun yuz berdi
-Chiziq, rang, shakl va matn bilan tanishtirish.
-O‘z ismining yozilishi bilan tanishtirish.Tarbiyachi bolalar bilan bajargan ishlar
sanasini yozib qo‘yadi va imzolaydi yoki buni bolalarning o‘zlari qiladilar.
-Diqqat hajmini orttirish.
-Tartibli bo‘lishga,izchilikka va rejalashtirishga o‘rgatish.
Bolalarga yo‘naltirilgan guruhda puxta o‘ylangan va xavfsiz tashkil etilgan
rivojlanish muhiti eng muhim ro‘l o‘ynaydi,bu pedagoglarga davlat o‘quv dasturining
maqsad va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi.