Mualliflar

  • Yo‘ldashova Malika Shaxobovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93859

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar:suidsid sarosima ommaviy madaniyat agressiya depressiya.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
O’z joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-
ning  doimiy  yo’ldoshi  hisoblangan.Shunday  fikrlar  borki,  ba’zi  odamlar  shunchaki 
o’zini  o’zi  hayotdan  mahrum  qilishlari  lozim.  Bunda  alohida  individ  ko’zatuv 
ustivorligini yo’qotib, nazorat predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

256

ISSN:3030-3621

SHAXSLARDAGI OʻZ JONIGA QASD QILISHNING SABABLARI HAMDA

PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Yo‘ldashova Malika Shaxobovna

Parkent tumani MMTB ga qarashli

30-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

O’z joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-

ning doimiy yo’ldoshi hisoblangan.Shunday fikrlar borki, ba’zi odamlar shunchaki
o’zini o’zi hayotdan mahrum qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko’zatuv
ustivorligini yo’qotib, nazorat predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi.

Kalit soʻzlar:

suidsid,sarosima,ommaviy madaniyat,agressiya, depressiya.

KIRISH.

O’z hayotiga qasd qilishni, o’ylagan insonlar uchun men bor yuragim bilan

qayg’uraman! Bu hayollarga har – hil his – tuyg’ular sababchi bo’ladi: umidsizlik,
tushkunlik, ilojsizlik va seni hayotinga nima bo’lishi bilan, hech kimni ishi
yo’qligi.Yashashni davom ettirish xojati bormi? Oramizdan ko’pchilik, qachondur
hayotida bu achinarli holatni boshidan o’tkazgan. Tushkunlikda bo’lganimda men
o’zimga savol berardim: “ Xudo meni nima uchun yaratgan? Rostdan ham U menga
yordam berolarmidi? U meni muammoimni yechib beroladimi?” Agar siz bir necha
daqiqani Unga bag’ishlab, haqiqatdan ham sizning hayotingizdagi Xudo bo’lishiga
ruhsat bersangiz, U naqadar buyukligini isbotlab beradi.

Zamonaviy, ayniqsa xorijiy

adabiyotlarda «autodestruktiv» (o’ziga zarar yetkazish bilan bog’liq xulq – atvor)
«o’zini – o’zi yo’q qilish» xulq – atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik – ruhiy
– og’riq, og’ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko’ngil og’rig’iga
chiday olmaslik, uni har qanday yo’l bilan to’xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi
odamga esa suitsidal o’rinish o’z muammolaridan qutilish va uni hal etish usulidek
qabul qilinadi. Suitsidal xulqning kelib chiqishida xavotirlanish va boshqa emotsional
kechinmalarning roli haqida gumanistik psixologiya namoyondalari ham o’ziga xos
fikr-mulohazalarni ilgari suradilar (K.Rodjers va boshqalar).

Karl Rodjersning ta’kidlashicha, hayotning asosiy yo’nalishi (g’oyasi) atrof

muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlarda shakllanuvchi, «Men»ning
dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishi-dan iborat. Agar «Men»ning to’zilishi rigid
bo’lsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq
kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan olmasa, go’yoki o’zini
qamoqqa tashlaydi. Bunda istalmagan tajriba «Men»dan o’zoqlashadi, voqelik bilan
aloqa yo’qotiladi. Shu tariqa «Men» boshida o’zining tajribasiga ishonmay oxir


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

257

ISSN:3030-3621

oqibatda o’ziga ishonch-ni butunlay yo’qotadi. Bu esa butunlay yolg’izlikni anglashga
olib keladi. Bunday holatda shaxsda o’ziga ishonch yo’qoladi, hayotga nisbatan nafrat
va ijirg’anish hissi paydo bo’ladi, o’lim ideallashtiriladi va bunday holat suitsidal
moyilliklarni keltirib chiqaradi.

E.Shneydman birinchilardan bo’lib, suitsidal o’rinishning yaqinlashayotganini

bildiruvchi belgilarni tavsiflashga harakat qiladi va ularni «suitsidga olib boruvchi
kalitlar» deb ataydi. U jamiyatdagi mavjud suitsid haqidagi afsonalarni shuningdek,
shaxsning suitsidal xulq – atvorini asoslovchi o’ziga xoslikni sinchiklab o’rganadi.

Ushbu o’ziga xosliklar o’zi tarafidan yaratilgan, individlarning original

tipologiyasida o’z aksini topadi va ular ko’pincha ongli ravishda o’z o’limlarini
yaqinlash-tiradilar.

Ularga quydagilar taalluqlidir:

1.

o’lim qidiruvchilar - qutqarilish imkoniyatini pasaytirib, ataylab hayot

bilan vidolashuvchilar;

2.

o’lim tashabbuskorlari - uni ataylab yaqinlashtiruvchilar (masalan, og’ir

kasallar, o’zini hayotiy ta’minlovchilaridan ongli ravishda o’zuvchilar);

3.

o’lim bilan o’ynashuvchilar - hayotini garovga qo’yish imkoniyati mavjud

vaziyatlarni qidirishga moyillar, tirik qolish imkoniyati pastligi bilan ajralib turadi;

4.

o’limni ma’qullovchilar - ya’ni, hayot bilan vidolashishga faol intilmaslik

orqali o’zining suitsidal istaklarini yashirmaydilar: bu masalan yolg’iz qariyalarga yoki
Ego – identlik inqirozi vaqtidagi emotsional noturg’un o’smirlar va o’spirinlarga
xosdir.

E.Shneydman, N.Farberou bilan birgalikda amaliyotga o’zini – o’zi

o’ldirishning psixodinamikasini tushunishni chiqurlashtirgan psixologik

autopsik

metodini

(o’z joniga qasd qilganlarning o’lim oldi xatining tahlilini o’z ichiga oluvchi)

kiritadi[4]. Ushbu metod asosida ular suitsidning uch to’rini ajratadi:

-

egotik - o’zini o’ldirish;

-

ularning sababi intra – (ichki) – psixik dialog, «Men»ning qismlari

o’rtasidagi nizo, tashqi sharoitlar esa qo’shimcha rolь o’ynaydi masalan, eshituv
gallyutsinatsiyalaridan qiynaladigan psixik kasallarning o’zini o’ldirishi;

-

diadik o’zini o’ldirish, asosi ahamiyatli bo’lgan yaqin odamga tegishli

amalga oshmagan ehtiyoj va xohishlarda namoyon bo’ladi, shu tariqa, ushbu harakatni
boshqasiga munosabat aktiga aylantiruvchi tashqi omillar ustunlik qiladi;

-

agenerativ o’zini o’ldirish, bunda biror bir avlodga yoki insoniyatga

tegishlilik hissini yo’qotish oqibatida yo’q bo’lish hissi sabab bo’ladi, masalan, qarilik
davridagi suitsid.

N.Farberou suitsidologiyada odamning o’zini – o’zi yo’q qilish xulq – atvori

kontseptsiyasi yaratuvchisi hisoblanadi. Uning yondashuvi muammoga kengroq qarash
imkoniyatini yaratadi va bunga ko’ra, u nafaqat amalga oshirilgan o’z joniga suiqasdni,
balki autoagressiv xulq – atvorning boshqa shakllarini ham ko’rib o’tishni ta’kidlaydi:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

258

ISSN:3030-3621

alkogolizm, toksikomaniya, narkotik tobelik, delekvent xatti – harakatlar, ishga qattiq
berilish, oqlanmagan xavf – xatarga moyillik, noadekvat qiziqish va h.k. Ushbu
yondashuv N.Faberouga o’zini o’ldirishning oldini olishning zamonaviy tamoyillirini
ishlab chiqish imkonini berdi[5]. Bundan tashqari u «tirik qolganlar» – o’zini
o’ldirishni eplay olmaganlar va o’zini o’ldirganlarning qarindoshlari va do’stlarining
psixologiyasini tadqiq etish bilan shug’ullanadi.

XULOSA

Shunday qilib, o’zini o’ldirish - barcha tadqiqotchilar tomonidan shaxsning

nizolarni kechirish yoyosharoitidagi ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasi oqibati
sifatida qaraladi. Bunda suitsident o’zida shaxsning favqulotda vaziyatlardagi xulq –
atvorining variantlaridan birini namoyon etadi, shu bilan birga vaziyatning suiqasdga
mosligi bilan emas, balki subьektning o’ziga xosliklari, uning hayotiy tajribasi,
intellekti, ichki shaxsiy aloqalarning mustahkamligi bilan aniqlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Umarov.B. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2019, 171-172b.

2.

U.Qodirov. Yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari.
Toshkent, “Fan va texnologiyalar”, 2013, 246b.

3.

Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах
философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных
текстах. – М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.

4.

Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах
философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных
текстах. – М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.

5.

Sidushin.B.A. Ритуальные самоубийства в различных этносах. –СПб, 2003,
243b.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Umarov.B. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2019, 171-172b.

U.Qodirov. Yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari.

Toshkent, “Fan va texnologiyalar”, 2013, 246b.

Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах

философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных

текстах. – М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.

Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах

философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных

текстах. – М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.

Sidushin.B.A. Ритуальные самоубийства в различных этносах. –СПб, 2003,

b.