Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
251
ISSN:3030-3621
FARZAND TARBIYASI HAMDA KASB TANLASHLARIDA OILANING
MUHIM PSIXOLOGIK VAZIFALARI VA MAJBURIYATLARI
Doniyorova Gulzira
Urgut tumani MMTB ga qarashli 101-umumiy
oʻrta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
O’zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato
qilmagan bo’lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o’g’il va qizlar bilimli, fikr-
mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo’lib voyaga etmoqdalar.
Kalit so’zlar:
maktab, oila, kasb, ota-ona, o’quvchi, bilim, tajriba, hunar, ustoz,
kasbiy layoqat, ko’nikmalar.
KIRISH
Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola
shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir
debochasi bo’lib, har tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun
ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir.
Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar
farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan
qanoatlanib qolmasliklari, balki o’zlari ham tarbiyaning o’ziga xos sir-sinoatlari,
hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan
xabardor bo’lib turishlari kerak bo’ladi.
O’z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat
va farog’atda o’tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik
ko’radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o’kinish hissiga duchor bo’lmaydilar.
Shu to’g’rida o’zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: “Toy ulg’aysa, ot tinadi
(ya`ni ot minishdan qutqariladi)”.
Oilaning asosiy tayanchi bo’lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib
ko’radi, o’zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi
bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota bu oilaning boshlig’i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko’z ilg’amas
nuqtalarini ilg’ay olish, oila a’zolariga faqat to’g’ri, haq yo’lni ko’rsatib turishdek
insoniy mas`uliyat ota zimmasida turadi.
Ota oilada o’z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida,
o’zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to’g’rilik
va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko’rsatadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
252
ISSN:3030-3621
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi,
bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo’lajak fuqaroning huquq
va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman
va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog’lom ijtimoiy-ruxiy muhit,
madaniy-ma`naviy va axloqiy qadriyatlar, an`analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar,
ko’nikma va malakalar manbaidir.
Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini
hayotga tayyorlashdan iborat bo’lib, tarbiyaning mazmuni, yo’nalishi, maqsadi
va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog’liq.
Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo’ladi,
tafakkuri orqali olamni anglaydi va o’zining unga nisbatan munosabatini
shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruxida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya
ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruxiy olamiga, xissiyoti va tuyg’ulariga chuqur
ta`sir ko’rsatadi.
Oiladagi ma`naviy-ruxiy muhit, bola tarbiyasida g’oyat muhim ahamiyatga ega
bo’lib, oila a`zolarining turmush tarzi ko’p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati,
tasavvuri va xissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog’lom, barkamol insonni
tarbiyalab voyaga etkazishda jamiyat oldida mas`uldir.
Oilada tarbiya topgan xar bir inson xar jixatdan umuminsoniy ahloqiy, ilmiy,
e`tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o’zida mujassamlashtirgan
bo’lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o’zligini taniy boshlaydi.
Juda ko’p kasblar ichida qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi, layoqati va
qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida muhim ahamiyat
kasb etadi. Ayniqsa o'quvchi- yoshlarni kasbga yo'naltirish umumta'lim maktabi
ishining tarkibiy qismidir. Ma'lumki, agar kasb to'g'ri tanlangan bo'lsa,inson uchun
mehnat quvonch,ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham,jamiyat
uchun ham foydalidir. Shu o'rinda psixologlarimiz ta'kidlaganidek,insonning o'zi
xohlagan erkin tanlashi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Inson sevgan ishi bilan
shug'ullansa, u bu ishdan xursand bo'lishi, qanoat hosil qilishi, ko'p tashabbus
ko'rsatishi, charg’amay g'ayrat bilan ishlashi mumkin. Yoshlarni mustaqil mehnat
faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb- hunarini o'z qobiliyatlariga yarasha
to'g'ri tanlashlariga erishish uchun maktab o'qituvchilarining pedagogik mahorati,
bilim saviyasi, didaktik qobiliyatlar yuksak bo'lishi, fan asoslarini turmush bilan
bog'lab o'rganilishi, to'garak va qo'shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi,
maktablarda kasb- hunar to'g'risida ma'ruzalar o'qilishi, suhbatlar, munozaralar
o'qilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb- hunar fotoko'rgazmalari tashkil qilishlari
zarur. Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o'qituvchining pedagogikfaoliyati
bilan bevosita bog'liqdir. Mehnat ta'limini turmush bilan bog'lash, uyg'unlashtirish,
o'quvchilarning individual- tipologik, yosh davrlari xususiyatlari, texnik qobiliyatlari,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
253
ISSN:3030-3621
intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki
har bir kasb- hunar shaxsdan irodaviy zo'r berishni , aqliy jiddiylikni va sinovlarga
bardosh bera oladigan yig'it- qizlarnigina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yaroqli
deb topiladi. O'quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yo'naltirishdan avval uning
shaxsini o'rganish lozim. Buning uchun uni kuzatish o'quvchining maktabdagi, jamoat
joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilish, so'rovnoma o'tkazish,
suhbat, test, olish mumkin. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun
mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga
yarasha maktab o'quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va
jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab, so'ng
kasbga yo'llash kerak.
Kasbga yo'naltirishda turli kasblar, ularga qo'yiladigan talablar, bu kasbni
qayerda egallashlari mumkinligi to'g'risida o'quvchilarga ma'lumot berish katta
ahamiyatga ega. Kasb mahorati va insoniy tafakkurning rivojlanishi, fandagi mavjud
muammolarni va ularni hal etish yo'llarini ko'ra bilish qobiliyati, bularning hammasi
muammoli- evristik saviyadir. Shu o'rinda o'quvchilarning kasbga yo'naltirishning
nazariy va amaliy aspektlarini ko'rib chiqamiz:
-kasbga yo'naltirishning nazariy aspekti kasb faoliyatining barcha tomonlari
to'g'rsidagi chuqur bilimlarning shakllanishi, shu bilimlarga tayangan holda ta'lim
olishni, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish va buning aksi bo'lgan amaliyotning
nazariyaga ko'chiriy yo'llarini o'rganishni nazarda tutadi.
-kasbga yo'naltirishning amaliy aspekti esa egallagan bilimlarni hayotiy
faoliyatning ma'lum bir sohasida qo'llashni o'rganishdan iboratdir. Bu esa yoshlarni
biror kasbni tanlashga ongli munosabatda bo'lishga tayyorlaydi. O'quvchilar kasblar
to'g'risidagi ma'lumotlarni, bilimlarni faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot
vositalaridan, tanishlari, qarindoshlardan ham bilib oladilar. Yuqoridagilarni hisobga
olgan holda yoshlarni kasbga yo'naltrishda quyidagilarga e'tibor berish lozim bo'ladi.
-o'quvchilarning faolligi, havaslari, intilishlari, xohishlari,motivlari, ezgu-
niyatlari xusuan kasbkorga bo'lgan qiziqishlarini vaqtida aniqlash.
-o'quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga
olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo'llash;
-
kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi
soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha ularning aqliy va
jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab, so'ng
kasbga yo'llash kerak; -ota onalar bilan mustahkam aloqa o'rnatish; -kasbga
yo'naltirish bo'yicha maslahatlar uyushtirish lozim bo'ladi. O'quvchi yoshlarni kasbga
yo'naltirish– yoshlarga kelajakda o'z kasblarini aniqlab olish uchun yordam qaratilgan
ijtimoiy- iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish- texnik
tadbirlarning asoslangan tizimi hisoblanadi. Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
254
ISSN:3030-3621
oldida turgan ijtimoiy,siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga
bo'lgan ehtiyoj, o'quvch yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida
belgilanadi. Kasbga yo'naltirish deganda, yoshlarni hohish moyilligi va shakllangan
qobiliyatlariga yarasha hamda xalq xo'jaligini, umuman jamiyatning mutaxassislarga
ehtiyojlarini hisobga olib ishga joylashtirish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan
psixologik pedagogik, tibbiy tadbirlar kompleks tushuniladi. Maktab o’quvchilarining
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish,
o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga
moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarni shakllantirish hozirgi zamoning
dolzarb muammolaridan biridir. Maktab o’quvchilarida kasb hunar tanlashga
ko’malashishning asosiy maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga
yo‘naltirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani,
ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarni
shakllantirish.
XULOSA
-
Makatab amaliyotchi psixologi quyidagilarni rivojlantirish uchun
ma’suldir:
-
o‘quvchilarni kasblar haqidagi fikrlarini kengaytirish, ularni qobiliyat va
imkoniyatlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;
-
o‘quvchilarning bilim motivlarini shakllantirish, intellektual va ijodiy
imkoniyatlarini rivojlantirish hamda ularning kasblar dunyosi haqidagi fikrini
kengaytirish;
-
o‘quvchilarda kasbga nisbatan o‘z qobiliyatlarini o‘rganishga o‘rgatish,
ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni ma’lumotnoma va entsiklopedik
adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish;
-
o‘quvchilarni uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik
diagnostik metodikalari asosida kasbiy qiziqishi, layoqati, moyilligi va qobiliyatlarini
erta yoshdan aniqlash hamda yo‘naltirib borish;
-
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ota-onalarni va keng
jamoatchilikni jalb qilgan holda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish. O'quvchi-
yoshlarning kasb-hunarga layoqatini o'rganish uchun ularning aqliy, jismoniy
qobiliyatlarini bilish,malaka va ko'nikmalarini o'rganish lozim. Kasbga nisbatan
qiziqishni vujudga keltirish o'qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita
bog'liqdir. Mehnat ta'limini turmush bilan bog'lash,uyg'unlashtirish, o'quvchilarning
individual va tipologik ,yosh xususiyatlarini,texnik qobiliyatlarini, intellektual
darajalari, imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi.Chunki har bir kasb-
hunar shaxsdan irodaviy zo'r berishni,aqliy jiddiylikni va sinovlarga bardosh bera
oladigan o'quvchilarnigina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yarog'li deb topiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
255
ISSN:3030-3621
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
E.G.G’oziev. Shaxs psixologiyasi. 2009.
2.
E.G.G’oziev Muomala psixologiyasi. 2005.
3.
G.K.Tulyaganova. Differentsial psixofiziologiya. T. 1999 .
4.
Z.T.Nishanova. Psixik taraqqiyot dignostikasi. T. 2004.
5.
saviya.uz