Mualliflar

  • Ermakova Marjona Shavkat qizi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93861

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar. Voyaga yetmaganlar advokat jinoyat-protsessual qonunchilik huquqiy himoya xalqaro tajriba pedagogik yondashuv ijtimoiy reabilitatsiya.

Annotasiya

 
Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  chet  mamlakatlar  —  xususan,  AQSH,  Buyuk 
Britaniya,  Germaniya,  Fransiya  va  Italiya  —  jinoyat-protsessual  qonunchiligida 
voyaga yetmaganlarga nisbatan advokatlar ishtirokining huquqiy asoslari va amaliy 
yondashuvlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har bir davlatda advokatlar nafaqat huquqiy 
himoyachi, balki pedagogik va psixologik yordamchi sifatida faoliyat yuritib, voyaga 
yetmaganlarning  huquqlarini  ta’minlash,  ijtimoiy  reabilitatsiyasini  qo‘llab-
quvvatlashga  xizmat qilishi  ko‘rsatib  berilgan. Maqolada  ushbu davlatlar tajribasi 
asosida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham bayon 
etiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

246

ISSN:3030-3621

“CHET MAMLAKATLARDA VOYAGA YETMAGANLARNI JINOYAT-

PROTSESSUAL HIMOYA QILISHDA ADVOKATNING ROLI: QIYOSIY

TAHLIL”

Ermakova Marjona Shavkat qizi,

Samarqand davlat universiteti,

Advokatlik faoliyati yo’nalishi magistranti


Annotatsiya.

Ushbu maqolada chet mamlakatlar — xususan, AQSH, Buyuk

Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya — jinoyat-protsessual qonunchiligida
voyaga yetmaganlarga nisbatan advokatlar ishtirokining huquqiy asoslari va amaliy
yondashuvlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har bir davlatda advokatlar nafaqat huquqiy
himoyachi, balki pedagogik va psixologik yordamchi sifatida faoliyat yuritib, voyaga
yetmaganlarning huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy reabilitatsiyasini qo‘llab-
quvvatlashga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Maqolada ushbu davlatlar tajribasi
asosida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham bayon
etiladi.

Kalit so’zlar.

Voyaga yetmaganlar, advokat, jinoyat-protsessual qonunchilik,

huquqiy himoya, xalqaro tajriba, pedagogik yondashuv, ijtimoiy reabilitatsiya.


Bugungi kunda chet mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimida

advokatlarning ishtiroki o‘zining keng qamrovi, mustahkam huquqiy asoslari va
voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha alohida yondashuvlari bilan ajralib
turadi. Chet el tajribasi ko‘rsatmoqdaki, adolatli sudlov tizimi va inson huquqlarining
ta’minoti, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxslar bilan olib boriladigan protsessual
harakatlarda advokatning faol roli orqali amalga oshiriladi.

Professor V.V. Lunev o‘z tadqiqotlarida qayd etadiki, voyaga yetmaganlar bilan

bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha advokat nafaqat himoyachi, balki ma’lum ma’noda
pedagogik va psixologik yordamchi sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi zarur

1

. Uning

fikricha, voyaga yetmaganlarning psixologik noyetukligi, ijtimoiy tajriba yetishmasligi
va huquqiy ongining to‘liq shakllanmaganligi advokatning ularga nisbatan yanada
ehtiyotkorlik va mohirlik bilan ish yuritishini talab etadi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tizimida

voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinoyat ishlarida advokatlarning ishtiroki alohida
tartibda nazarda tutilgan bo‘lib, ularning huquqlari, vakolatlari va yondashuv uslublari
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan,

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya,

Fransiya, Italiya

kabi davlatlarda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq jinoyat

1

Lunev V.V., Yosh jinoyatchilar va ularning sud himoyasi, Moskva, 2018.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

247

ISSN:3030-3621

protsesslarida advokat ishtirokining tartibi hamda himoya mexanizmlari muayyan
prinsiplar asosida shakllangan.

Endi ushbu mamlakatlar misolida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat-

protsessual amaliyotda advokatlarning ishtiroki qanday yo‘lga qo‘yilganini ko‘rib
chiqamiz.

AQSH tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u yerda voyaga yetmaganlar

ishtirokidagi jinoyat ishlarida "Miranda qoidalari" majburiy ravishda qo‘llaniladi.
"Miranda qoidalari" voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlarini to‘liq bilishi va ulardan
xabardor bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Surishtiruv yoki tergov jarayonida Lunev V.V.,
Yosh jinoyatchilar va ularning sud himoyasi, Moskva, voyaga yetmagan shaxsga, unga
nisbatan ko‘rilayotgan har qanday protsessual harakatlar haqida to‘liq va ravshan
tushuntirish berilishi, xususan, sukut saqlash huquqi, o‘zini oqlash uchun advokat
yordamidan foydalanish huquqi, va unga qarshi aytilgan har qanday so‘zlar sudda unga
qarshi dalil sifatida ishlatilishi mumkinligi haqida ma’lumot berilishi shart

2

.

Advokat esa bu jarayonda nafaqat himoyani ta'minlovchi shaxs sifatida, balki

voyaga yetmagan shaxsning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ham faol
harakat qiladi. U voyaga yetmagan shaxsga sodir bo‘layotgan jarayonlarning mohiyati,
uning huquqlari va majburiyatlari haqida sodda va tushunarli tilda tushuntirish beradi.
Advokat, shuningdek, voyaga yetmaganlarning himoya huquqlaridan to‘liq va ongli
tarzda foydalanishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, AQSH amaliyotida voyaga
yetmaganlarga nisbatan alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish talabi mavjud bo‘lib,
ular bilan ishlashda maxsus protsessual kafolatlar qo‘llaniladi, masalan, so‘roq
davomida ota-ona yoki ularning ishonchli vakilining ishtirokini ta’minlash.

Shu bilan birga, sud amaliyotida voyaga yetmaganlarning psixologik va

emotsional rivojlanish darajasi inobatga olinadi. Sud va tergov organlari voyaga
yetmaganlarning ko‘rsatmalarining ishonchliligini baholashda ularning yoshiga, aqliy
va hissiy holatiga alohida e’tibor qaratadi. AQSHda voyaga yetmaganlarni himoya
qilish siyosati ularning huquq va manfaatlarini maksimal darajada himoya qilishni,
shuningdek, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta integratsiyalash
imkoniyatlarini yaratishni maqsad qilgan.

Buyuk Britaniyada esa voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlarida ishtiroki

bo‘yicha "Youth Justice System" (Voyaga yetmaganlar adliya tizimi) ishlab chiqilgan.
Ushbu tizimga ko‘ra, har bir voyaga yetmagan shaxs majburiy ravishda advokat
yordami bilan ta’minlanadi va bu yordam nafaqat tergov bosqichida, balki sud
muhokamalarida ham davom ettiriladi. Tadqiqotchi Andrew Ashworth o‘z asarlarida

2

Адвокатура в России: Учебник для вузов (под ред. д.ю.н., проф. В.И. Сергеева). - 4-е изд., перераб. и доп. -

"Юстицинформ", 2011 г


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

248

ISSN:3030-3621

britan modeli doirasida voyaga yetmaganlarning "procesual zaiflik" kontseptsiyasi
asosida himoyasi tashkil etilishini ta’kidlaydi

3

.

Tadqiqotchi Andrew Ashworth o‘z ilmiy ishlarida britan modeli doirasida

voyaga yetmaganlarning himoyasi "procesual zaiflik" ("procedural vulnerability")
kontseptsiyasiga asoslanishini ta’kidlaydi

4

. Ushbu kontseptsiya voyaga yetmaganlarni

yetuk bo‘lmagan, hayotiy va huquqiy tajribasi cheklangan shaxs sifatida e’tirof etadi.
Shu sababli, ular protsessual huquqlardan foydalanganda, maxsus yordam va himoya
choralariga muhtoj deb qaraladi. Ashworthning fikriga
ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslarning har qanday protsessual harakatlarda qatnashishi
ularning yoshiga mos tarzda tashkil etilishi, barcha huquq va majburiyatlari oddiy va
tushunarli shaklda bayon qilinishi lozim.

Umuman olganda, Buyuk Britaniya tajribasi voyaga yetmaganlarni jinoyat

protsesslarida ularning zaifligini hisobga olgan holda himoya qilish va ularni ijtimoiy
hayotga qayta moslashtirishga qaratilgan kompleks yondashuvni ko‘rsatadi.

Germaniya tajribasida voyaga yetmaganlarning jinoyat protsessida ishtiroki

mustaqil va alohida tartibga solinadi. Germaniya Jinoyat-protsessual kodeksining 68-
moddasiga (Strafprozessordnung – StPO) muvofiq, agar gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchi 18 yoshdan kichik bo‘lsa, unga majburiy ravishda professional advokat
tayinlanishi shart. Bu norma voyaga yetmagan shaxsning protsessual himoyasini
kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, uning huquqlari to‘liq ta’minlanishini kafolatlaydi

5

.

Germaniya tajribasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, voyaga yetmaganlar

jinoyat ishlarida nafaqat advokat ishtirokini, balki ijtimoiy-huquqiy yordam
xizmatlarini

("Jugendgerichtshilfe")

jalb

qilishni

ham

talab

etadi54.

Jugendgerichtshilfe — bu maxsus tashkilot bo‘lib, u voyaga yetmagan
gumonlanuvchining ijtimoiy sharoitlari, tarbiyaviy holati va shaxsiy ehtiyojlari haqida
sud va tergov organlariga ma’lumot beradi hamda himoya choralarini taklif etadi.
Ushbu tizimda advokat va Jugendgerichtshilfe vakillari o‘zaro hamkorlikda ishlaydi:
advokat huquqiy himoya uchun javobgar bo‘lsa, Jugendgerichtshilfe esa ijtimoiy
reabilitatsiya va tarbiyaviy yordamni ko‘zlaydi.

Germaniya tajribasida voyaga yetmaganlarning protsessual huquqlari nafaqat

huquqiy, balki pedagogik yondashuv bilan ham himoyalanadi. Advokat va
Jugendgerichtshilfe hamkorligi, sudlarning tarbiyaviy yo‘naltirilganligi va protsessual
zaiflik kontseptsiyasining tan olinishi Germaniya modelining boshqa davlatlar
tajribasidan ajralib turuvchi asosiy xususiyatlaridandir.

Fransiyada voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha sud-huquq tizimi o‘ziga xos va

3

Ashworth A., Human Rights, Serious Crime and Criminal Procedure, 2002

4

Youth Justice Board for England and Wales, "Youth Courts Explained," official guidelines, 2022.

5

Strafprozessordnung (StPO), §68.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

249

ISSN:3030-3621

murakkab tuzilishga ega bo‘lib, bunda maxsus institut — "Juge des enfants" (Bolalar
sudyasi) muhim o‘rin tutadi. “Ushbu sudya faqat voyaga yetmaganlarga oid jinoyat,
tarbiyaviy va ijtimoiy muammolarni ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan bo‘lib, ularning
manfaatlarini maksimal darajada himoya qilishga qaratilgan. Bolalar sudyasi nafaqat
sud jarayonini olib boradi, balki voyaga yetmagan jinoyatchilarni ijtimoiy
moslashtirish, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilish masalalarida ham faol ishtirok
etadi. Bu yondashuv jazolashdan ko‘ra, tuzatish va ijtimoiy tiklash g‘oyalariga
asoslangan

6

”.

Fransuz yuridik olimi Jean Pradelning ta’kidlashicha, voyaga yetmagan

shaxslarni so‘roq qilish faqat ularning himoyachisi – advokat ishtirokida amalga
oshirilishi shart. Advokat bu yerda faqat yuridik vakil emas, balki voyaga yetmagan
shaxsning ruhiypsixologik holatini hisobga olgan holda, so‘roqning uslubini, savollar
berish shaklini, bosim o‘tkazilmasligi va do‘stona muhit yaratish kabi jihatlarni nazorat
qiluvchi shaxs hisoblanadi. Pradelning fikricha, advokatlar tergovchilarga voyaga
yetmaganlar bilan qanday muloqot qilish bo‘yicha metodik yo‘llanmalar berishi,
ularning yoshiga mos, travma keltirib chiqarmaydigan so‘roq shakllarini tanlashda
bevosita ta’sir ko‘rsatishi lozim

7

.

Italiya Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini

yuritish alohida tartibga solinadi. Italiya Jinoyat-protsessual kodeksida bu toifa
shaxslar uchun maxsus protsessual me’yorlar belgilangan bo‘lib, ularning huquqiy va
psixologik himoyasini ta’minlashga katta e’tibor qaratiladi

8

. Xususan, har bir voyaga

yetmagan gumonlanuvchiga davlat tomonidan tayinlanadigan himoyachi — “difensore
d’ufficio” ishtirokida tergov va sud jarayonlari amalga oshiriladi. Bu advokat voyaga
yetmaganlarning yuridik savodsizligi, hayotiy tajriba va psixologik noyetukliklarini
hisobga olib, ularning manfaatlarini professional tarzda himoya qilish uchun
tayinlanadi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, voyaga

yetmaganlarga nisbatan jinoyat-protsessual ish yuritishda advokatlarning ishtiroki
nafaqat huquqiy majburiyat, balki insonparvarlik va tarbiyaviy yondashuvning
ajralmas qismidir. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya kabi
rivojlangan davlatlar tajribasi voyaga yetmaganlarning psixologik va ijtimoiy
xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni huquqiy jihatdan himoya qilishda
kompleks va muvozanatli yondashuvlarni shakllantirgan.

Bu mamlakatlarda advokatlar nafaqat himoyachi, balki pedagog, psixolog,

huquqiy targ‘ibotchi va ijtimoiy yordamchi sifatida faoliyat olib boradilar. Ularning
ishtiroki voyaga yetmaganlarning sudlov jarayonida o‘z huquqlarini to‘laqonli

6

Code de la justice pénale des mineurs (CJPM), France.https://www.legifrance.gouv

7

Jean Pradel.(2016). Droit pénal spécial

19e édition, Cujas Éditions.

8

Codice di procedura penale italiano [Italiya Jinoyat-protsessual kodeksi]. Art. 11–23.https://www.normattiva.it


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

250

ISSN:3030-3621

anglashlari, noto‘g‘ri bosim ostida qolmasliklari hamda adolatli sud qaroriga
erishishlariga xizmat qiladi. Xususan, har bir davlatda mavjud bo‘lgan maxsus
institutlar, protsessual kafolatlar va ijtimoiy yordam tizimlari voyaga yetmaganlarni
jazolash emas, balki ularni jamiyatga qayta moslashtirish va ijobiy ijtimoiy rolga
qaytarishga qaratilgan.

Shunday ekan, O‘zbekiston qonunchiligi va amaliyotida ham xalqaro tajriba

asosida voyaga yetmaganlarga nisbatan protsessual harakatlarda advokatlarning rolini
kuchaytirish, ularning maxsus tayyorgarligini ta’minlash, ijtimoiy-pedagogik
yondashuvlarni joriy etish va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash dolzarb ahamiyat
kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, inson huquqlarini to‘laqonli ta’minlashga, sudlov
adolatini qaror toptirishga va yosh avlodni sog‘lom jamiyat a’zosi sifatida
shakllantirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Ashworth, A. (2002).

Human Rights, Serious Crime and Criminal Procedure

(HamlynLectures,53).

Sweet

&

Maxwell.

https://books.google.com/books/about/Human_Rights_Serious_Crime_and_Cri
minal.html?id=VaBsQgAACAAJO
nline Books Page+2Google Books+2Open
Library+2

2.

Pradel, J. (2012).

Droit pénal général

(19e éd.). Cujas.

https://www.lgdj.fr/droit-

penal-general-9782254124084.htmlLibrairie

Lgdj.fr+3Librairie

Lgdj.fr+3Librairie Lgdj.fr+3

3.

Youth Justice Board for England and Wales. (2021).

Youth Justice Board Annual

Report

and

Accounts,

2020

to

2021

.

GOV.UK.

https://www.gov.uk/government/publications/youth-justice-board-annual-
report-and-accounts-2020-to-2021G
OV.UK+1GOV.UK+1

4.

Youth Justice Board for England and Wales. (2022).

Youth justice statistics:

2020 to 2021

. GOV.UK.

https://www.gov.uk/government/statistics/youth-

justice-statistics-2020-to-2021GOV.UK+1GOV.UK+1

5.

United Nations. (1989).

Convention on the Rights of the Child

.

https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/convention-
rights-child

6.

Council of Europe. (1950).

European Convention on Human Rights

.

https://www.echr.coe.int/documents/convention_eng.pdf

7.

UNICEF Innocenti Research Centre. (2005).

Juvenile Justice: International

Perspectives

.

https://www.unicef-irc.org/publications/353-juvenile-justice-

international-perspectives.html

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Ashworth, A. (2002). Human Rights, Serious Crime and Criminal Procedure

(HamlynLectures,53). Sweet & Maxwell.

minal.html?id=VaBsQgAACAAJOnline Books Page+2Google Books+2Open

Library+2

Pradel, J. (2012). Droit pénal général (19e éd.). Cujas. https://www.lgdj.fr/droit-

penal-general-9782254124084.htmlLibrairie Lgdj.fr+3Librairie

Lgdj.fr+3Librairie Lgdj.fr+3

Youth Justice Board for England and Wales. (2021). Youth Justice Board Annual

Report and Accounts, 2020 to 2021. GOV.UK.

report-and-accounts-2020-to-2021GOV.UK+1GOV.UK+1

Youth Justice Board for England and Wales. (2022). Youth justice statistics:

justice-statistics-2020-to-2021GOV.UK+1GOV.UK+1

United Nations. (1989). Convention on the Rights of the Child.

rights-child

Council of Europe. (1950). European Convention on Human Rights.

UNICEF Innocenti Research Centre. (2005). Juvenile Justice: International

international-perspectives.html