Mualliflar

  • Xalilova Maftuna Azamat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93863

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar ona tili ta’limi lug‘at boyligi ilg‘or texnologiyalar raqamli platformalar mobil ilovalar sun'iy intellekt interaktiv vositalar multimedia o‘qituvchi o‘quvchi ta’lim innovatsiyalari

Annotasiya

Annotatsiya  Ushbu  maqola  ona  tili  ta’limida  lug‘at  boyligini  oshirishga  oid 
ilg‘or  texnologiyalarni  tahlil  qiladi.  Maqolada,  til  o‘rganish  jarayonida  zamonaviy 
texnologiyalarning, xususan, raqamli platformalar, mobil ilovalar va sun'iy intellekt 
asosida ishlovchi tizimlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Lug‘at boyligini oshirishda 
interaktiv  va  multimedia  vositalarining  roli,  shuningdek,  ta’limda  o‘quvchilarga 
yangicha  yondashuvlarni  tatbiq  etishning  afzalliklari  ta’kidlanadi.  Maqolada  ilg‘or 
texnologiyalarning  ona  tili  o‘rganishda  qanday  samarali  ishlatilishi,  o‘qituvchi  va 
o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar yaratishi haqida batafsil ma’lumot beriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

232

ISSN:3030-3621

ONA TILI TA’LIMIDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA

ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR

10.00.00- Filologiya fanlari

Xalilova Maftuna Azamat qizi

Shahrisabz davlat pedagogika

institute magistranti

xalilovamaftuna53@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqola ona tili ta’limida lug‘at boyligini oshirishga oid

ilg‘or texnologiyalarni tahlil qiladi. Maqolada, til o‘rganish jarayonida zamonaviy
texnologiyalarning, xususan, raqamli platformalar, mobil ilovalar va sun'iy intellekt
asosida ishlovchi tizimlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Lug‘at boyligini oshirishda
interaktiv va multimedia vositalarining roli, shuningdek, ta’limda o‘quvchilarga
yangicha yondashuvlarni tatbiq etishning afzalliklari ta’kidlanadi. Maqolada ilg‘or
texnologiyalarning ona tili o‘rganishda qanday samarali ishlatilishi, o‘qituvchi va
o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar yaratishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Kalit so'zlar

ona tili ta’limi, lug‘at boyligi, ilg‘or texnologiyalar, raqamli

platformalar, mobil ilovalar, sun'iy intellekt, interaktiv vositalar, multimedia,
o‘qituvchi, o‘quvchi, ta’lim innovatsiyalari

"ADVANCED TECHNOLOGIES FOR EXPANDING VOCABULARY IN

MOTHER TONGUE EDUCATION"

UDC: 10.00.00 – Philological Sciences

Khalilova Maftuna Azamat qizi

Master’s student of Shahrisabz State Pedagogical Institute

xalilovamaftuna53@gmail.com

Abstract

This article analyzes advanced technologies for expanding vocabulary

in mother tongue education. It discusses the importance of modern technologies,
especially digital platforms, mobile applications, and AI-driven systems, in the
language learning process. The article highlights the role of interactive and multimedia
tools in enriching vocabulary and emphasizes the benefits of implementing innovative
approaches in teaching. The paper provides detailed information on how advanced
technologies can be effectively used in mother tongue education and the opportunities
they offer to both teachers and students.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

233

ISSN:3030-3621

Keywords

mother tongue education, vocabulary enrichment, advanced

technologies, digital platforms, mobile applications, artificial intelligence, interactive
tools, multimedia, teacher, student, educational innovations

Ona tili ta’limida lug‘at boyligini oshirish, tilshunoslik va pedagogika sohalarida

muhim yo‘nalish hisoblanadi. Lug‘at boyligini oshirish – bu tilni yaxshi bilish, so‘zlar
va iboralarning to‘liq va aniq tushunchalarini yaratish jarayonidir. Lug‘at boyligini
oshirish nafaqat tilning texnik tomonini yaxshilaydi, balki fikr yuritish va ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantiradi.

Mustaqillik davri o‘quv lug‘atlarining asosiy yutuqlari sifatida o‘quv lug‘atlari

qamrov doirasi kengaygani, yaʼni, taʼlimning barcha bo‘gʼinlariga mo‘ljallangan
lug‘atlarning elektron va qog‘oz shaklida yaratilishi, bir nechta seriyali o‘quv
lug‘atlarining paydo bo‘lishi bilan aloqador. O‘zbek tilida o‘quv leksikografiyasi
nazariy asoslari ishlab chiqilmagani, lug‘atlarni nashrga tayyorlash va chop etish bilan
bog‘liq moliyaviy ko‘mak tizimi yaratilmaganligi va boshqa omillarga ko‘ra joriy
davrdagi o‘quv lug‘atchiligi ham kamchiliklardan xoli emas. Yaratilgan lug‘atlarning
ko‘pchiligi kompilyatsiya xarakterga ega. So‘zlikni tanlash, izoh tipidagi lug‘atlarda
so‘zning maʼnosini sharhlashda milliy ruh sezilmaydi.

Ta’kidlash joizki, elektron lug‘at allaqachon yaratilgan qog‘oz lug‘atlarning

shunchaki elektron (skanerlangan, raqamlashtirilgan) versiyasi emas, balki u butunlay
mustaqil mahsulot bo‘lib, o‘ziga xos strukturaga ega. Elektron lug‘atlarning mavjud
shakli nafaqat an'anaviy lug‘atlarning mantiqiy davomidir, balki mazmun
komponentini to‘ldiruvchi va yangi imkoniyatlar yaratadigan bir mahsulotdir.
Kompyuter leksikografiyasi esa amaliy leksikografiyaning o‘ziga xos yo‘nalishi
hisoblanadi, chunki u faqatgina shakliy tuzilishi bilan emas, balki lug‘atning
mazmunini ifodalashda ham o‘ziga xos yondashuvlarni taqdim etadi.

Keyingi yillarda elektron lug‘atlar o‘zining tadqiqot obyektiga aylanishi ham

ajablanarli emas. Bu turdagi lug‘atlar nafaqat tilshunoslar, balki ko‘plab soha
mutaxassislari tomonidan ham izlanishlar va tadqiqotlar olib boriladigan bir mavzuga
aylandi. O.S. Rubleva ta’biri bilan aytganda, oxirgi yillarda elektron lug‘atlarning
yaratilishi, internetning rivojlanishi va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash
jarayonining ommalashuvi sababli, ular foydalanuvchilar uchun yanada ko‘p
imkoniyatlar taqdim etmoqda. Biroq, hali ham elektron lug‘atlarning foydalanuvchilar
tomonidan turli maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarining to‘liq lingvistik tavsifi
mavjud emas.

Bu vaziyatda, elektron lug‘atlarning lingvistik tavsifini kengaytirish, ularning

imkoniyatlarini to‘liqroq ifodalash va foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq qilish
muhimdir. Elektron lug‘atlar nafaqat an’anaviy lug‘atlarning “raqamli versiyasi”, balki


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

234

ISSN:3030-3621

yangi interaktiv va multimedia imkoniyatlari bilan boyitilgan yangi avlod mahsulotlari
bo‘lib, tilni o‘rganishda va so‘z boyligini oshirishda yanada samarali vosita bo‘la oladi.

Leksik sathning birligi hisoblangan terminlar va ularni tanlash, qo‘llash bilan

bog‘liq masalalar bilan alohida shug‘ullanuvchi terminografiya sohasida amalga
oshirilayotgan tadqiqotlar, lug‘atlar, nafaqat jahon, balki o‘zbek leksikografiyasida
ham muhim tarmoq sifatida ajralib chiqishiga asos bo‘ldi. Lug‘at va lug‘atshunoslik
sohasida rus tilshunosligida turli tipdagi lug‘atlarni ishlab chiqish, tuzish va qo‘llash
masalalari ancha oldin ko‘tarilgan. Аmmo leksikografiya va terminografiya atamalari
qo‘llanishi faol bo‘lsa-da, ilmiy manbalar va tadqiqotlar bu ikki termin haqidagi
xulosalarning noaniqligini, bu yo‘nalishlarning chegarasi qayerda ekanligi
mavhumligini ko‘rsatdi. Ushbu tadqiqot ishining asosiy vazifalaridan biri – aynan
leksikografiya va terminografiya atamalarining ilmiy tushunchalarini aniqlashtirish.

Dastlab, leksikografiya va terminologiyaning chegarasini aniqlash xususida

А.Gerd fikricha, turli tipdagi lug‘atlarni ishlab chiqish va yaratish nazariyasi va
amaliyotini leksikografiya” deb taʼriflaydi.

1

Darhaqiqat, “leksikografiya – turli tipdagi

lugʼatlarni ishlab chiqish va yaratish nazariyasi va amaliyotidir. U leksikografiya
terminini imlo, orfoepiya, nutq madaniyati asoslari va til o‘qitish metodikasi bilan
birga, xususan, tilshunoslikning asosiy amaliy jihatlari aks etgan o‘rinlarda
qaydlanishini eʼtirof etadi. Аniqroq aytganda, leksikografiya tilshunoslikning bir
bo‘limidir. Ilmiy-texnik leksikografiyaning obyekti maxsus (terminologik) lug‘atlar
yaratish nazariyasi va amaliyotidir. Maxsus lug‘atlar zavod, fabrika, texnika, xo‘jalik
birlashmalarining ishlab chiqarish hujjatlarida, kompyuter dasturlarida, shuningdek,
vazirlik, idoralar, oliy o‘quv yurtlarining ish hujjatlarida keltirilgan alohida fanlar va
bilim sohalarining terminologiyasi va nomenklaturasini sharhlaydi va belgilaydi.

Bugungi kunda taʼlim mazmunini takomillashtirish va taʼlimiy hamda til

korpuslarini yaratish jarayonida lingvistik lug‘atlar yaratish masalasiga yangicha
yondashish zarurati mavjud. Zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar, ayniqsa
elektron lug‘atlar, interaktiv materiallar va multimedia vositalari yordamida ta’lim
tizimiga katta imkoniyatlar yaratmoqda.

Traditsion lug‘atlar ko‘plab foydalanuvchilar uchun kerakli bilimlarni taqdim

etsa-da, bugungi talablar va texnologik yutuqlar bu sohada yangicha yondashuvni
taqozo etmoqda. Lug‘atlarni yaratish faqatgina so‘zlarning ma’nolarini kiritish bilan
cheklanmay, balki ularni tilshunoslik, pedagogika va axborot texnologiyalari bilan
uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini interaktiv va samarali qilishni
o‘z ichiga oladi. Bu yangi yondashuvlar, o‘z navbatida, so‘z boyligini oshirish, tilni
chuqurroq o‘rganish va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.

1

Герд А.С. Терминологическое значение и типы терминологических значений // Проблематика определений

терминов в словарях разных типов. – Ленинград: Наука, 1976. – С. 101-107.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

235

ISSN:3030-3621

Shuningdek, til korpuslari yaratish va taʼlimiy korpuslarni samarali joriy etish,
o‘quvchilarni zamonaviy bilimlarga moslashtirishni ta'minlashi mumkin. Bu esa,
lingvistik lug‘atlar va korpuslar yordamida nafaqat tilni o‘rganish, balki madaniyat va
qadriyatlarni ham kengaytirishni taqozo etadi.

Xususan, lingvistik lug‘atlarning ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra turkumlarga

ajratgan holda elektron lug‘atlar yaratish maqsadga muvofiq. Masalan, nutqda ot va
feʼl so‘z turkumlarining qo‘llanilishi boshqa turkumlarga qaraganda faolroq. Taʼlim
jarayoni ham bosma maʼlumotlardan ko‘ra elektron o‘quv materiallariga katta ehtiyoj
sezmoqda. Bunday vaziyatda, avvalo, maʼlumot qidirish jarayonini ham
tezlashtiradigan, vaqtni tejash imkonini beradigan so‘z turkumlari bo‘yicha alohida
lug‘atlar yaratish lozim. Bundan tashqari, filologiya, tilshunoslik, jumladan,
leksikologiya sohasida tadqiqot olib boruvchilar uchun turkumlarga ajratilgan elektron
lug‘atlar ish samaradorligini oshirish, umumiy ko‘rinish haqida darhol tasavvurga ega
bo‘lish sharoitini yaratadi. Аyniqsa, ot so‘z turkumiga doir “Аtoqli otlar” lug‘atining
o‘zi turli shakllarda ishlab chiqilishi mumkin:

1. “Аtoqli otlar lug‘ati”.
2. “O‘zlashma atoqli otlar lug‘ati”.
3. “Joy nomlari lug‘ati”.
4. “Faol sohaviy terminlar lug‘ati”.
5. “Tashkilot-muassasa nomlari lug‘ati”.
Bu lug‘atlarning mavjud umumiy va anʼanaviy lug‘atlardan farqi shundaki,

tasniflangan mazkur lug‘atlar tarkibiga kiritilgan so‘zlar, avvalo, qo‘llanilishiga ko‘ra
eng faol so‘zlardan tarkib topadi, har bir so‘zning imlosi va transkriptsiya bo‘yicha
talaffuz shakli ham beriladi. Bundan tashqari, jamiyat ehtiyojiga ko‘ra rasmiy
faoliyatda ish yuritish uchun, asosan, ot va feʼl so‘z turkumlariga ko‘proq murojaat
qilinadi. Hujjatlarda, turli uslublardagi matnlarda takrorlarning oldini olish maqsadida
“Maʼnodosh otlar”, “Maʼnodosh feʼllar” lug‘atlari tayyorlanishi tildan foydalanishda,
ish yuritishda qulaylik yaratadi.
O‘zbek tilining o‘z qatlamiga doir so‘zlarni muloqot jarayonida keng qo‘llashni
taʼminlash uchun quyidagicha yondashish mumkin:

1. “O‘zbekcha atoqli otlar lug‘ati”.
2. “O‘zbekcha ismlar lug‘ati”.
3. “O‘zbekcha feʼllar lug‘ati”.
4. “O‘zbekcha o‘rin-joy otlari lug‘ati”.
Bunday lug‘atlar, albatta, elektron shaklda yaratiladi. Mazkur lug‘at tarkibidagi

har bir so‘z imlo va talaffuz meʼyorlarini o‘rganishga ham xizmat qiladi.

2

2

Xamroyeva Sh. Mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari. fil. fan. bo‘yicha falsafa doktori diss. avtoreferati –

Qarshi, 2018.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

236

ISSN:3030-3621

Mazkur lug‘at turlari kompyuter lingvistikasi taraqqiyotiga ham, korpus

lingivistikasiga ham birdek xizmat qila oladigan qulay elektron kontent vazifasini
bajara oladi. Tilshunoslik atamalari ham shu jihatdan bir-biridan farq qilmaydi. O‘zbek
tilshunosligi, jumladan, grammatikasiga oid terminlar shakllanishida rus tilining taʼsiri
kata bo‘lgani maʼlum. Yuqorida aytilganidek, so‘nggi yillarda ayrim atamalarni
milliylashtirishga erishildi. Biroq asosiy grammatik terminologiya baribir yunon tiliga
mansubligicha qolmoqda. O‘zbek tilshunosligida grammatik terminlar bo‘yicha
sanoqli tadqiqotlar olib borilgan. Bu borada Аzim Hojiyevning “Lingvistik
terminlarning izohli lug‘ati” hozirgi davrda barcha tadqiqotchilar tomonidan faol
ishlatiladi, biroq mazkur lug‘at elektron shaklda mavjud emas, bu esa muayyan
darajada tadqiqotchilarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu maʼnoda grammatik
terminlarning elektron lug‘atini yaratish dolzarblik kasb etadi.

Shunday qilib, o‘zbek tili o‘zlashma grammatik terminlarining elektron lugʼatini

yaratish uchun o‘zbek tili grammatikasiga o‘zlashgan grammatik terminlar bazasini
shakllantirish; grammatik terminlar bazasini qaysi usul yordamida o‘zlashtirilganligini
aniqlash, u orqali yangi terminning tavsiya etiladigan oxirgi grammatik shaklini
aniqlash; o‘zlashgan grammatik terminning shakl va maʼno xususiyatiga ko‘ra o‘rnini
belgilash; o‘zlashgan grammatik terminning etimologiyasi, semantikasi va
fonologiyasini hisobga olgan holda izoh yoki tarjimasini yaratish; o‘zlashma
grammatik terminni razmetkalash, lemmatizatsiya, parsing, tagging bosqichlaridan
o‘tkazish; o‘zlashma grammatik terminlarning muvofiq valentligini belgilash;
o‘zlashma grammatik terminning ishonchli, ixcham va elektron lug‘atning qidiruv
tizimiga mos shaklda elektron lug‘atda aks etishini taʼminlash; o‘zlashma grammatik
terminlar maʼlumotlar bazasining ko‘zda tutilgan dasturiy taʼminotini yaratish hamda
uni muvofiq keluvchi korpusda aks ettirish kabi asosiy bosqichlarni amalga oshirish
tavsiya etiladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1.

Xamroyeva Sh. Mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari. fil. fan. bo‘yicha
falsafa doktori diss. avtoreferati – Qarshi, 2018.

2.

A'zamov, A. (2020).

Ona tili ta’limida zamonaviy texnologiyalar va ularning

o‘quvchilarga ta’siri

. Tashkent: O‘qituvchi.

3.

Qodirov, A. (2019).

Lug‘at boyligini oshirishda interaktiv vositalar

. Samarqand:

SamDCHT.

4.

Zayniddinov, S. (2021).

Mobil ilovalar orqali ona tili o‘rganish metodikasi

.

Tashkent: Fan va texnologiya.

5.

Mirzaeva, N. (2018).

Sun'iy intellekt va ta’limdagi innovatsiyalar

. Tashkent:

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.

6.

Karimov, R. (2022).

Ona tili ta’limida multimedia vositalarining ahamiyati

.

Bukhara: Bukhara State University Press.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

237

ISSN:3030-3621

7.

Mustafoeva, S. (2020).

Ilg‘or texnologiyalar yordamida lug‘at boyligini oshirish

usullari

. Tashkent: MediaPrint.

8.

Xudoyberganova, D. (2021).

Ta’limda raqamli texnologiyalarning roli va

afzalliklari

. Fergana: Fergana State University.

9.

Latifov, D. (2017).

Ona tili ta’limida multimedia vositalaridan foydalanishning

samaradorligi

. Tashkent: TDTU.


Bibliografik manbalar

Adabiyotlar ro'yxati:

Xamroyeva Sh. Mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari. fil. fan. bo‘yicha

falsafa doktori diss. avtoreferati – Qarshi, 2018.

A'zamov, A. (2020). Ona tili ta’limida zamonaviy texnologiyalar va ularning

o‘quvchilarga ta’siri. Tashkent: O‘qituvchi.

Qodirov, A. (2019). Lug‘at boyligini oshirishda interaktiv vositalar. Samarqand:

SamDCHT.

Zayniddinov, S. (2021). Mobil ilovalar orqali ona tili o‘rganish metodikasi.

Tashkent: Fan va texnologiya.

Mirzaeva, N. (2018). Sun'iy intellekt va ta’limdagi innovatsiyalar. Tashkent:

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.

Karimov, R. (2022). Ona tili ta’limida multimedia vositalarining ahamiyati.

Bukhara: Bukhara State University Press.

Mustafoeva, S. (2020). Ilg‘or texnologiyalar yordamida lug‘at boyligini oshirish

usullari. Tashkent: MediaPrint.

Xudoyberganova, D. (2021). Ta’limda raqamli texnologiyalarning roli va

afzalliklari. Fergana: Fergana State University.

Latifov, D. (2017). Ona tili ta’limida multimedia vositalaridan foydalanishning

samaradorligi. Tashkent: TDTU.