Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
169
ISSN:3030-3621
BOSHLANG‘ICH DARAJADAGI FLE O‘RGANUVCHILARDA
TALAFFUZNI RIVOJLANTIRISHDA FONETIK FAOLIYATLARNING
TA’SIRI
Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi
Buxoro davlat universiteti, xorijiy tillar fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Fransuz tilida talaffuzni to‘g‘ri shakllantirish chet tilini
o‘rganuvchilar uchun muhim muammolardan biridir. Ushbu maqolada boshlang‘ich
darajadagi FLE o‘rganuvchilarining talaffuz malakasini rivojlantirishda fonetik
mashqlar va faoliyatlarning samaradorligi eksperimental yondashuv orqali o‘rganiladi.
Tadqiqot davomida o‘quvchilar maxsus fonetik topshiriqlar yordamida burun
tovushlari, urg‘u, intonatsiya kabi elementlar ustida ishladilar. Olingan natijalar
talaffuzdagi xatoliklarning kamaygani va nutqning tabiiyroq tus olganini ko‘rsatdi.
Maqola natijalari avvalgi nazariy va amaliy tadqiqotlar bilan taqqoslanib, fonetik
yondashuvlarning metodik ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so‘zlar:
Fonetik transkripsiya, fonologik xatolar, urg‘u va intonatsiya,
tinglab tushunish ko‘nikmasi, burun tovushlari, fonetik qisqarishlar.
Аннотация:
Правильное произношение на французском языке является
одной из важнейших проблем для изучающих иностранный язык. В данной
статье рассматривается эффективность фонетических упражнений и занятий по
развитию навыков произношения у учащихся начального уровня FLE с помощью
экспериментального подхода. В ходе исследования студенты работали над
такими элементами, как носовые звуки, ударение и интонация, используя
специальные фонетические задания. Результаты показали, что количество
ошибок в произношении уменьшилось, а речь стала более естественной.
Результаты статьи сравниваются с предыдущими теоретическими и
прикладными исследованиями, раскрывая методологическую значимость
фонетических подходов.
Ключевые слова:
Фонетическая транскрипция, фонологические ошибки,
ударение и интонация, навыки аудирования, носовые звуки, фонетические
сокращения.
Abstract:
Correct pronunciation in French is one of the most important
problems for foreign language learners. This article studies the effectiveness of
phonetic exercises and activities in developing pronunciation skills of elementary level
FLE learners through an experimental approach. During the study, students worked on
elements such as nasal sounds, stress, and intonation using special phonetic tasks. The
results obtained showed a decrease in pronunciation errors and a more natural tone of
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
170
ISSN:3030-3621
speech. The results of the article are compared with previous theoretical and practical
studies and reveal the methodological importance of phonetic approaches.
Keywords:
Phonetic transcription, phonological errors, stress and intonation,
listening comprehension skills, nasal sounds, phonetic contractions.
KIRISH
Chet tilini o‘rgatish metodikasida fonetik kompetensiya, ya’ni, talaffuzning
to‘g‘riligi, intonatsiyaning tabiiyligi va nutqning ravonligi kommunikativ
kompetensiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Ayniqsa, fonetik
kompetensiyaning shakllanishi til o‘rganishning boshlang‘ich bosqichlarida hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Fransuz tili esa fonetik jihatdan murakkab va o‘ziga xos
tovush tizimiga ega bo‘lgan tillardan biri bo‘lib, bu tilda talaffuzni to‘g‘ri egallash chet
tili o‘rganuvchilari, ayniqsa ona tilining fonologik tizimi fransuz tilidan tubdan farq
qiladigan o‘quvchilar uchun muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Fransuz tilida burunli unli tovushlar (
voyelle nasale
), bog‘lovchi tovushlar
(
liaison
), urg‘u va intonatsiya tizimining o‘ziga xosligi, tovush qisqarishlari (
élision
),
tovushlar orasidagi sandhi hodisalari va so‘zlar orasidagi oqimlilik (enchaînement)
talaffuzni o‘rgatishda maxsus fonetik mashg‘ulotlarni talab qiladi. O‘zbek tilida bu
tovush hodisalari mavjud bo‘lmagani sababli, o‘quvchilar ko‘pincha bu fonetik
elementlarni tushunishda va talaffuz qilishda muammolarga duch keladilar. Masalan,
“bon”
so‘zidagi /ɔ
̃/ tovushining burunli tabiati yoki
“vous avez”
birikmasidagi [z]
tovushining bog‘lanishi ko‘pchilik boshlang‘ich o‘rganuvchilar tomonidan e’tibordan
chetda qoladi yoki noto‘g‘ri talaffuz qilinadi.
So‘nggi yillarda chet tilini o‘rgatishda fonetik faoliyatlar va ularning amaliy
darslarga integratsiyasi bo‘yicha bir qancha muhim tadqiqotlar olib borilgan.
Jumladan,
Martine Abry va Annie Chalaron (2011)
tomonidan tayyorlangan
“La
phonétique progressive du français”
asari fransuz tilidagi fonetik muammolarni
bosqichma-bosqich hal qilishga xizmat qiluvchi amaliy mashqlar majmuasini taklif
qiladi.
Claire Blanche-Benveniste
va
Michèle Léon (2007)
talaffuzni avtomatizatsiya
qilishda vizual va audio vositalarning o‘rni, hamda o‘rganuvchining eshituv-perseptiv
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikalarini tahlil qilganlar.
Danielle Dubois
esa
artikulyatsion yondashuv orqali talaffuzdagi texnik xatolarni bartaraf etish
metodikasini ishlab chiqqan.
Fonetik yondashuvning nazariy asosi esa
Pierre Léon
tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, u talaffuzni til va madaniyat o‘rtasidagi interfeys deb baholaydi.
Uning fikricha, talaffuz faqat texnik ko‘nikma emas, balki identifikatsiya vositasi
sifatida ham xizmat qiladi.
Derwing va Munro (2005)
esa fonologik xatolar va
ularning muloqotga ta’siri bo‘yicha olib borgan izlanishlarida talaffuzdagi kichik
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
171
ISSN:3030-3621
farqlarning ham tinglovchiga yetkaziladigan ma’lumot sifati va muloqot
samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini isbotlaganlar.
Fonetik
faoliyatlar,
xususan,
artikulyatsion
mashqlar
,
intonatsion
modellashtirish
,
ko‘zguda o‘z nutqini kuzatish
,
diktatsiya asosida fonetik
transkripsiya qilish
, va
audio/video vositalardan foydalanish
o‘quvchining
talaffuzini faol nazorat qilish va uni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday faoliyatlar
yordamida o‘quvchi nafaqat eshitadi va takrorlaydi, balki tovushlarni analiz qiladi, o‘z
xatolarini anglaydi va o‘zlashtirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Afsuski, O‘zbekistondagi ko‘plab umumta’lim muassasalarida yoki
boshlang‘ich bosqichdagi FLE kurslarida fonetik mashqlar ikkilamchi o‘ringa ega
bo‘lib qolmoqda. Talaffuzga doir muammolar aksariyat hollarda e’tiborsiz qoldiriladi
yoki faqat o‘qituvchi og‘zaki ko‘rsatmalari bilan cheklanadi. Bunday yondashuv,
ayniqsa boshlang‘ich bosqichdagi o‘quvchilarda noto‘g‘ri talaffuzni mustahkamlab
qo‘yadi, bu esa keyinchalik nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
METODOLOGIYA
Ushbu tadqiqot boshlang‘ich darajadagi fransuz tilini chet til sifatida
o‘rganayotgan Buxoro maktablarining birida 20 nafar o‘quvchi ishtirokida olib borildi.
Ishtirokchilar tasodifiy ravishda ikki guruhga bo‘lindi: 10 nafar o‘quvchidan iborat
tajriba guruhi va 10 nafar o‘quvchidan iborat nazorat guruhi. Tadqiqotning maqsadi —
fonetik mashqlar yordamida talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini
aniqlash.
Eksperiment davomiyligi 8 hafta bo‘lib, haftada 2 marta 45 daqiqadan fonetik
mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tajriba guruhi uchun maxsus ishlab chiqilgan fonetik
mashqlar qo‘llanilib, nazorat guruhi an’anaviy dars metodikasi asosida o‘qitildi.
Tadqiqot davomida quyidagi fonetik mashqlar olib borildi:
1.
Artikulyatsion mashqlar (Exercices d’articulation):
Bu mashqlar og‘zaki a’zolarni (til, lab, jag‘, tomoq) mustahkamlash va talaffuzni
aniqroq qilishga qaratilgan. Masalan:
-
Voyelles nasales (burunli unli tovushlar): “bon” [bɔ̃], “vin” [vɛ̃], “blanc” [blɑ̃]
so‘zlarini talaffuz qilish.
-
Voyelles orales va ularning farqlari: “beau” [bo], “ba” [ba].
-
Undoshlarning talaffuzi: “chat” [ʃa], “chien” [ʃjɛ
̃], “doux” [du].
Mashqlar og‘iz bo‘shlig‘idagi harakatlarni yaxshilash, tilni to‘g‘ri pozitsiyaga
keltirish, lablar va jag‘ mushaklarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
2.
Intonatsion modellashtirish (Modélisation intonative):
Bu mashqlarning vazifasi so‘z va gaplarda urg‘u, intonatsiyani shakllantirishga
qaratilgan. Masalan, quyidagi so‘z birikmalarida urg‘u va intonatsiyani ajratib
ko‘rsatish:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
172
ISSN:3030-3621
-
“Je vais à la maison.”
-
“Tu viens demain?”
-
“Il est parti tôt.”
Bu mashqlar orqali o‘quvchilar gapning ma’nosini to‘g‘ri ifoda etish uchun
urg‘u va intonatsiya vositalarini o‘zlashtiradilar.
3.
Liaison va Elision mashqlari:
Bu mashqlar bog‘lovchi tovushlar va tovushlarning qisqarishini o‘rgatish uchun
mo‘ljallangan mashqlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan:
-
“les amis” [lez‿ami] (liaison)
-
“je t’aime” [ʒ‿tem] (elision)
-
“vous avez” [vu‿z‿ave] (liaison)
Bu mashqlar orqali o‘quvchilar so‘zlar orasidagi tovush aloqalarini to‘g‘ri hosil
qilishni o‘rganadilar, bu esa nutqning ravonligini oshiradi.
4.
Audio-teskari aloqa (Feedback audio):
Bu mashqlarning vazifasi o‘quvchilarning o‘z nutqini yozib olib, uni tinglash va
xatolarni aniqlashga yo‘naltirilgan.
Masalan, o‘quvchi o‘zining “Je suis étudiant” iborasini yozadi, keyin tinglab,
talaffuzdagi xatolarni o‘rganadi va qayta mashq qiladi.
Eksperiment davomida talaffuz kompetensiyasini baholash uchun pretest va
posttest usullari qo‘llanildi. Baholash mezonlari quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi:
fonemlarning aniq va to‘g‘ri chiqarilishi
(masalan,
“vin”
va
“vin”
so‘zlaridagi burunli tovushning to‘g‘ri ajratilishi).
Urg‘u va intonatsiya:
so‘z va gaplardagi urg‘uni joylashtirish, intonatsiya
tuzilishini aniqlash va qo‘llash.
Fonologik xatoliklar:
tovushlarni almashtirish, tashlab yuborish yoki ortiqcha
talaffuz qilish holatlari (masalan,
“je suis”
o‘rniga
“je sui”
deb talaffuz qilish).
O‘z nutqini tahlil qilish qobiliyati:
o‘quvchining o‘z nutqidagi xatolarni
aniqlash va tuzatish ko‘nikmalari
NATIJALAR
Eksperiment 8 hafta davomida ikki guruhda olib borildi: tajriba guruhi fonetik
mashqlar asosida maxsus trening olgan bo‘lsa, nazorat guruhi an’anaviy metodika
bo‘yicha o‘qitildi. Eksperiment natijalari pretest va posttest sinovlari yordamida
o‘quvchilarning talaffuz ko‘nikmalarining o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Eksperiment boshlanishida ikki guruh o‘rtasida talaffuz ko‘nikmalarining
o‘rtacha ballari o‘xshash edi. Tajriba guruhi o‘rtacha balli 55,2%, nazorat guruhi esa
54,7% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar guruhlar orasida sezilarli farq yo‘qligini
ko‘rsatadi, ya’ni boshlang‘ich nuqtada guruhlar bir xil fonetik darajada edi.
Eksperiment yakunida, ya’ni posttest sinovida, tajriba guruhi o‘rtacha balli
82,5% ga ko‘tarildi, bu esa boshlang‘ich ko‘rsatkichga nisbatan sezilarli oshishdir. Shu
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
173
ISSN:3030-3621
bilan birga, nazorat guruhi o‘rtacha balli faqat 62,1% gacha o‘sdi, bu esa
o‘quvchilarning fonetik ko‘nikmalarini an’anaviy usulda rivojlantirishda kamroq
samaradorlikni ko‘rsatadi.
Test yordamida guruhlar orasidagi farq tekshirildi. Tajriba guruhi va nazorat
guruhi posttest natijalari o‘rtasida p < 0.01 darajasida statistik jihatdan sezilarli farq
mavjudligi aniqlanib, bu fonetik mashqlar asosida olib borilgan treningning talaffuzni
rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Tajriba davomida quyidagi kuzatuvlar ham amalga oshirildi:
Artikulyatsion aniqlik:
Tajriba guruhi o‘quvchilari
“vin”
[vɛ
̃],
“blanc”
[blɑ
̃]
kabi burunli tovushlarni aniqroq va to‘g‘ri talaffuz qildi, nazorat guruhi bu
tovushlarda xatolarni ko‘proq qildi.
Liaison va elision qo‘llanilishi:
Tajriba guruhi o‘quvchilari
“les amis”
[lez‿ami],
“je t’aime”
[ʒ‿tem] kabi bog‘lovchi tovushlarni ko‘proq va
aniqroq ishlatdi.
Intonatsiya va urg‘u:
Tajriba guruhi o‘quvchilari intonatsiya va urg‘uni to‘g‘ri
joylashtirishda yaxshilandi, bu nutqning tabiiyligini oshirdi.
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan o‘z nutqlarini eshitib, tahlil qilish
qobiliyatlari ham tajriba guruhida ancha rivojlandi.
Eksperiment natijalari shuni ko‘rsatdiki, fonetik mashqlarni tizimli va muntazam
ravishda qo‘llash boshlang‘ich darajadagi fransuz tili o‘rganuvchilarining talaffuz
ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. An’anaviy metodikaga nisbatan bu
yondashuv fonetik jihatdan aniqroq va ravonroq nutq shakllanishiga yordam beradi,
shuningdek, o‘quvchilarning nutqni o‘z-o‘zini baholash va takomillashtirish
qobiliyatlarini rivojlantiradi.
MUHOKAMA
Tadqiqot natijalari boshlang‘ich darajadagi fransuz tili o‘rganuvchilarining
talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirishda fonetik mashqlarni tizimli qo‘llashning yuqori
samaradorligini tasdiqladi. Tajriba guruhi o‘quvchilarining posttestdagi natijalari
pretestga nisbatan sezilarli darajada yaxshilanishi, fonetik mashqlarning talaffuzni
to‘g‘rilash va nutqning fonologik aspektlarini chuqurroq o‘zlashtirishda muhim vosita
ekanligini ko‘rsatmoqda.
Bu natija fonetik tadqiqotlarning keng doirasida o‘rganilgan asosiy nazariy
tamoyillarga mos keladi. Xususan, Ladefoged (2001) ning fonetik nazariyasida
talaffuzni o‘rgatishda artikulyator va akustik jihatlarga asoslangan mashqlar talaffuz
sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Shuningdek, Celce-Murcia, Brinton
va Goodwin (2010) tomonidan ishlab chiqilgan talaffuz o‘qitish modellarida fonetik
mashqlar nutqdagi fonemalarni aniq ajratish va talaffuzdagi fonologik farqlarni
o‘rgatishda asosiy usul hisoblanadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
174
ISSN:3030-3621
Eksperimentda foydalanilgan artikulyatsion mashqlar, masalan, burunli
tovushlar (“vin” [vɛ
̃], “blanc” [blɑ̃]) va tovushlarning o‘ziga xosliklarini o‘zlashtirish
o‘quvchilarda tovushlarni aniqroq chiqarish va ularni o‘zbek tilidagi analoglaridan
farqlash ko‘nikmalarini oshirdi. Bu holat, Flege (1995) ning chet tilini
o‘rganganlarning ona til tovush tizimidan farqli tovushlarni o‘zlashtirishdagi
qiyinchiliklari va muntazam mashqlar orqali bu to‘siqlarni yengish mumkinligi
haqidagi nazariyasi bilan mos keladi.
Talaffuzdagi intonatsiya va urg‘uni o‘rgatish, shuningdek, liaison va elision kabi
talaffuz hodisalarini mashq qilish o‘quvchilarning nutqdagi tabiiylik va ravonlik
darajasini oshirdi. Bu jihat Derwing va Munro (2005) ning talaffuzni o‘rgatishda
intonatsiya va prosodiya elementlarining nutq samaradorligidagi rolini o‘rganish
natijalari bilan bog‘liqdir. Nutqning ritmi va urg‘usi to‘g‘ri qo‘llanganida,
o‘quvchilarning tinglovchilar oldida tushunarliligi sezilarli darajada yaxshilanadi.
O‘z nutqini yozib, tahlil qilish mashqlari o‘quvchilarning fonetik xatolarni
aniqlash va o‘zgartirish qobiliyatlarini rivojlantirdi. Bu metod o‘rganilayotgan tilning
o‘z-o‘zini baholash konsepsiyasiga to‘liq mos keladi va Munro va Derwing (2008)
ning talaffuzni o‘rganishda mustaqil tahlil va fikr bildirish muhimligini ta’kidlagan
ilmiy nuqtai nazarini tasdiqlaydi.
Nazorat guruhi natijalarining ancha pastroq bo‘lishi fonetik mashqlarni
muntazam qo‘llashsiz talaffuzni rivojlantirishning qiyinligini ko‘rsatdi. An’anaviy
o‘qitish usullari, odatda, grammatik va lug‘aviy jihatlarga ko‘proq e’tibor berib,
talaffuzdagi noaniqliklarni yetarlicha qamrab olmaydi. Bu holat, Celce-Murcia va
boshqalar (2010) ning talaffuz o‘rgatishda interaktiv va faol yondashuvlarni tavsiya
qilgan fikrlariga muvofiqdir.
Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning motivatsiyasining oshishi
va mashqlar orqali o‘rganish jarayonining qiziqarli va interaktiv shaklda tashkil etilishi
ham muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynadi. Bu ko‘rsatkichlar, o‘quvchilarning
til o‘rganishga bo‘lgan ijobiy munosabati va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
oshirishga yordam berdi, bu esa Dörnyei (2001) motivatsiya nazariyasidagi shaxsiy
qiziqish va faol qatnashuvning til o‘rganish jarayonidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.
XULOSA
Ushbu tadqiqot boshlang‘ich darajadagi fransuz tili o‘rganuvchilarining
talaffuzini rivojlantirishda fonetik faoliyatlarning samaradorligini chuqur o‘rganishga
bag‘ishlandi. Eksperiment natijalari fonetik mashqlar tizimli va muntazam
qo‘llanilganda o‘quvchilarning artikulyatsion aniqlik, intonatsiya, urg‘u, liaison va
elision kabi talaffuz elementlarini aniq va to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini sezilarli
darajada yaxshilashini ko‘rsatdi.
Tajriba guruhi pretest va posttest natijalaridagi 27,3% ga yaqin o‘sish fonetik
faoliyatlarning ta’sir kuchini aniq ko‘rsatib, talaffuzning faqat grammatika yoki lug‘at
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
175
ISSN:3030-3621
o‘rganishdan farqli ravishda maxsus fonetik mashqlar yordamida rivojlanishini ilmiy
asosda tasdiqladi. Bunga qarshi, nazorat guruhi faqat 7,4% ga yaqin o‘sish ko‘rsatdi,
bu esa an’anaviy metodlarning talaffuzni rivojlantirishdagi samaradorligining
pastligini ko‘rsatadi.
Fonetik mashqlar orqali o‘quvchilar o‘z nutqlarini qayta tinglash, xatolarni
aniqlash va tuzatish bo‘yicha ko‘nikmalarni egalladi, bu mustaqil o‘rganish va til
o‘rganish jarayonida o‘z-o‘zini baholashning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi. Bu
holat o‘quvchilarning nutqga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni faolroq ishtirok etishga
rag‘batlantirdi. Shu bilan birga, talaffuz mashqlari til o‘rganishda motivatsiyani
oshirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, bu o‘z navbatida o‘rganish samaradorligini
yanada kuchaytirdi. Tadqiqot natijalari, shuningdek, Ladefoged (2001), Celce-Murcia
va boshq. (2010), Flege (1995) kabi tadqiqotchilar fikrlarini tasdiqlab, talaffuzni
o‘rgatishda maxsus fonetik mashqlarning o‘rni va ahamiyatini mustahkamladi.
Shuningdek, intonatsiya va prosodiya elementlari ustida ishlash orqali talaffuz
ravonligini oshirish, o‘quvchilarning nutqini tinglovchilar uchun tushunarli qilishda
muhim omil ekani aniqlangan.
Kelajakda fonetik mashqlarni yanada samaraliroq qilish uchun texnologik
vositalardan foydalanish, masalan, talaffuzni avtomatik aniqlash va tuzatish
imkoniyatiga ega dasturlarni qo‘llash, shuningdek, individual o‘quvchilarning
ehtiyojlariga moslashtirilgan mashqlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunday
yondashuv til o‘rgatish jarayonini yanada interaktiv va samarali qilish imkonini beradi.
Fonetik mashqlar nafaqat talaffuz xatolarini kamaytirish, balki til o‘rganishda
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va o‘z nutqini yaxshilash qobiliyatlarini
rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotdan olingan natijalar fransuz tilini
boshlang‘ich darajada o‘rganuvchilar uchun fonetik mashqlarni amaliyotda keng joriy
etish zarurligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Celce-Murcia, M., Brinton, D. M., & Goodwin, J. M. (2010). Teaching
Pronunciation: A Course Book and Reference Guide. Cambridge University Press.
2.
Abdukarimova, M. S. (2019). Fonetik mashqlar yordamida talaffuzni rivojlantirish
metodikasi. Til va Adabiyot, 3(12), 45-52.
3.
Derwing, T. M., & Munro, M. J. (2005). Second Language Accent and
Pronunciation Teaching: A Research-Based Approach. TESOL Quarterly, 39(3),
379-397.
4.
Xudayberganov,
B.
(2017).
Boshlang‘ich
darajadagi
fransuz
tili
o‘rganuvchilarining talaffuzdagi xatolarini tuzatish usullari. O‘zbek Tili va
Adabiyoti, 1(34), 68-74.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
176
ISSN:3030-3621
5.
Flege, J. E. (1995). Second language speech learning: Theory, findings, and
problems. In W. Strange (Ed.), Speech perception and linguistic experience: Issues
in cross-language research (pp. 233-277). Timonium, MD: York Press.
6.
Karimova, N. (2021). Fransuz tilida talaffuzni rivojlantirishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar. Pedagogika Ilmi, 4(45), 112-119.
7.
Ladefoged, P. (2001). A Course in Phonetics (4th ed.). Harcourt College
Publishers.
8.
Tursunova, S. (2018). Til o‘rganishda fonetik mashqlar va ularning roli. Filologiya
fanlari doktori dissertatsiyasi, Toshkent.
9.
Munro, M. J., & Derwing, T. M. (2008). The functional load principle in ESL
pronunciation instruction: An exploratory study. System, 36(3), 372-383.
10.
Sayfiddinova, G. (2020). Oliy ta’limda fransuz tili talaffuzini takomillashtirish
metodikasi. Xalqaro Tilshunoslik Jurnali, 2(7), 85-91.
11.
Kelly, G. (2000). How to Teach Pronunciation. Pearson Education.
12.
Gilbert, J. B. (2008). Teaching Pronunciation Using the Prosody Pyramid.
Cambridge University Press.
13.
Lee, J., & Hasegawa-Johnson, M. (2010). Automatic detection of pronunciation
errors for language learners. Speech Communication, 52(4), 270-283.
14.
Saito, K. (2011). Examining the role of phonetic training in L2 pronunciation
improvement. Language Teaching, 44(3), 330-341.
15.
Islomov, A. (2016). Fransuz tili o‘rganuvchilarda talaffuzni o‘rgatish metodikasi.
Pedagogika va Psixologiya, 5(22), 54-60.