Mualliflar

  • Sh.D.Karimov
  • Xaliyorova Shoxzoda Ulmasbekovna
  • Laylo Shamsiyeva Vaxob qizi
  • Qahramonova Rayhona Nasimjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93880

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: semantik belgi morfologik belgi neologizm tarixiy leksema arxaik leksima affiksatsiya usuli fonetik belgi.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tilining lug'at boyligini tashkil etuvchi o'z 
qatlam  va  o'zlashgan  qatlam  so'zlarining  kelib  chiqishi,  paydo  bo'lishi,  rivojlanish 
tarixi, jamiyat hayotida tutgan o'rni, qo'llanish xususiyatlari hamda leksik tizimdagi 
o'rni tahlil etiladi. Shuningdek so'zlarning sematik o'zgarishlari hamda neologizmlar 
negizida tildagi boyish jarayoni ilmiy manbalar asosida o'rganiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

153

ISSN:3030-3621

O'ZBEK TILI LEKSIKASIDA O'Z QATLAM VA O'ZLASHGAN QATLAM

SO'ZLARI

Sh.D.Karimov

Boshlang‘ich ta’lim kafedra o‘qituvchisi f.f.f.d.(PhD)

Xaliyorova Shoxzoda Ulmasbekovna

Navoiy davlat universiteti talabasi

xaliyorovashoxzoda@gmail.com

Laylo Shamsiyeva Vaxob qizi

Navoiy davlat universiteti talabasi

shamsiyevalaylo82@gmail.com

Qahramonova Rayhona Nasimjonovna

Navoiy davlat universiteti talabasi

rayxonaqahramonova@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada o'zbek tilining lug'at boyligini tashkil etuvchi o'z

qatlam va o'zlashgan qatlam so'zlarining kelib chiqishi, paydo bo'lishi, rivojlanish
tarixi, jamiyat hayotida tutgan o'rni, qo'llanish xususiyatlari hamda leksik tizimdagi
o'rni tahlil etiladi. Shuningdek so'zlarning sematik o'zgarishlari hamda neologizmlar
negizida tildagi boyish jarayoni ilmiy manbalar asosida o'rganiladi.

Kalit so'zlar:

semantik belgi, morfologik belgi, neologizm, tarixiy leksema,

arxaik leksima, affiksatsiya usuli, fonetik belgi.


Ma'lumki, inson dunyoga kelganidan to umrining oxirigacha, insonlar bilan

muloqot qiladi. Ular muloqot qilganda bitta oila vakillari bilan yoki bir millat kishilari
bilan muloqot qilmaydi, balki turli oila vakillari bilan yoki turli millat-elatlar bilan
muloqot qiladi. Bu muloqot natijasida yangi so'zlar va avval muloqotda bo'lgan
so'zlarning ma'nosi kengayishi, torayishi mumkin yoki muloqotdan chiqishi ya'ni
tarixiy leksemaga aylanishi mumkin.

Ma'lumki, o'zbek tili eng qadimgi turkiy urug' va qabilalardan paydo bo'lgan,

demak, o'zbek tili ham shu urug’ va qabilalar asosida rivojlangan. Markaziy Osiyodagi
turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g‘ullar va ruslar istilosi
bilan birgalikda tillarning o’zaro aloqasi va hamkorligi ko’p holda bu tillar orasida so’z
almashishga, bir tildan ikkinchi tilga so’z o’tishiga sabab bo’ladi. Bir tildan ikkinchi
tilga so’z o’tishi uchun sharoit kerak. Bu sharoit ikki tilning shunchaki aloqasi, yonma-
yon yashashi, hududiy yaqinlashishi emas, balki o’zro ta’siri, hamkorligi va bu asosda
yuzaga keluvchi ikki tillilik hodisasidir. O’zbek tili tarixda turkiy tillar oilasiga mansub
qardosh tillar bilan, chunonchi, qozoq, qirg’iz, uyg’ur, qoraqalpoq, uyg’ur, turkman,
ozarbayjon tillari bilan aloqada bo’lgan. Bunday aloqa hozir ham davom etmoqda.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

154

ISSN:3030-3621

Mana shunday aloqa tufayli O’zbekistonning ko’pgina viloyatlarida o’zbek va qirg’iz
tillarida, o’zbek va qozoq tilida, turkman va o’zbek tilida, tatar va o’zbek tilida,
qoraqalpoq va o’zbek tillarida parallel gaplasha oluvchi ikki tilli aholi mavjud. Bunday
genetik jihatdan aloqador bo’lgan ikki qardosh tilda gaplasha olish O’zbekistonda
yashovchi aholi orasida qadimdan mavjud shu sababdan o'zbek tilining lug'at
boyligida ikkita yirik qatlam - oʻz va oʻzlashgan qatlamlarga bo'linadi.

1.Oʻz qatlam - o’z ichki imkoniyatlari asosida boyish.
2.Oʻzlashgan qatlam - boshqa tillardan so‘z olish asosida boyish.
Oʻz qatlam- o'zbek tili leksikasining umumturkiy so‘zlar va sof o'zbek so'zlaridan

iborat qismlari.

1. Umumturkiy so'zlar o'zbek tili leksikasining eng qadimgi lugʻaviy birliklaridir.
Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirgʻiz, turkman, ozarbayjon tillaridan ham
saqlangan.
Misol: bosh (oʻzb)- bas (qoz. qoraq)- bash (qirgʻ. turkm) O'zbek tili leksikasidagi

umumturkiy so'zlarning o'ziga xos fonetik, morfologik, sematik belgilari haqida
ma’lumot olamiz.

Fonetik belgi:
a) So'zlarning ko‘pchiligi bir yoki ikki bo'gʻinlidir.
b) Urgʻu ko'pincha so'z oxiriga tushadi.
Sematik belgilari: Umumturkiy so'zlarning aksariyati ko‘p ma'nolidir.
Misol: bosh- 1) odamning boshi; 2) koʻchaning boshi; 3) ishning boshi
ko'z-1)odamning ko'zi; 2) uzukning ko'zi; 3) taxtaning ko'zi; 4) derazaning ko'zi
Morfologik belgilari:
a) turlanadi va tuslanadi;
b) umumturkiy so'zlar hozirgi o'zbek tilining barcha so'z turkumlarida uchraydi;
c) oʻzak va affiks morfemalar erkin va standart boʻladi.
2. Sof o'zbek so'zlari- o'zbek tilining o'zida yasalgan so'zlar.
Sof o'zbek so'zlarining yasalish usulari:
a) Sematik usul- yangi leksemaning yuzakelishi.
Misol:koʻk ( rang) - koʻk (osmom) yupqa (sifat) - yupqa ( ot. ovqatning bir turi)
b) Affiksatsiya usuli: Bunda oʻzak va affikslar turli til materiallari bo'lishi
mumkin, ammo ularning qoʻshilishi o'zbek tili tarkibida yuz beradi, oʻzbek

tilining so'z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so'zlar o'zbek
tilining oʻz qatlami birligi sanaladi.

Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o'zb.) - boshla (o'zb.), temir (umumturkiy)

+ «-chilik» (okzb.) - temirchilik (o'zb.), jang (f-t.) + «-chi» (o'zb.) —jangchi (o'zb.),
madaniyat (ar.) + «-li» (oʻzb.) — madaniyatli (o‘zb.)¹.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

155

ISSN:3030-3621

Oʻzlashgan qatlamlar - oʻzbek tili leksikasi boshqa tilardan oʻzlashtirilgan

leksemalardan ya'ni arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo‘g‘ulcha, grekcha, ruscha
so'zlar oʻzlashgan qatlamlarni tashkil etadi.

Arabcha so‘zlar:kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no,
ilhom, san’at, tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, oila va

boshqalar.

Arabcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega:
a) (v) f,h,’ harflari ishtirok etgan so‘zlar,asosan, arabcha;
Misol:ma’no, ta’limot, na’ra, sinf
b) Arabcha so‘zlar siniq ko‘pligiga ega, ya’ni ko‘plik so‘z tarkibini o‘zgartirish

bilan hosil qilinadi:

Misol:hol-ahvol, xabar-axbor, xulq-axloq,she’r-ash’or.
Arab tilidan o'zlashtirilgan so'zlar orasida tarixan yasama bo'lgan adabiy, badiiy,

g'olibiyat, voqeiy, voqean, oilaviy kabi leksemalar ham bor.

Forscha-tojikcha so‘zlar:osmon,oftob, bahor, baho, barg, daraxt,gul,
xona, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, xonadon,shogird, xaridor, serob, shirin,

mard, mehribon va boshqalar.

Tojik-fors tillaridan o'zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o'zlashgan:

prefikslar— «be-», «ba-», «no-», «ham-», «bar-», «kam-», «xush-»;

suffikslar «-kor», «-zor», «-xo'r», »-parvar», «-kash», «-bop», «-boz»,
«-do'z», «-namo», «-paz», «-fumsh» va b.lar². Ular dastlab tojik-fors so'zlari

tarkibida qo'llangan, keyinchalik o'zbek tilining so'z yasovchi affikslari qatoridan o'rin
olib, yangi so'zlarning yasalishida ishtirok etgan, shu yoʻl bilan o'zbek tili leksikasini
yana-da boyitgan.

Tojik tilidan soʻz oʻzlashtirilishi oʻzbek tilining lug'at tizimida yangi sinonimik

qatorlarni ham yuzaga keltirgan: qirov (o'zb.) — shabnam (toj.), yaproq (o'zb.)—
barg(toj.), oltin (umumturkiy) — tilla (toj.), buloq (o'zb.) - chashma(toj) kabi.

Bunday holni antonimlar tizimida ham ko'ramiz:
do'zax (f-t.) — jannat (ar.), yirik (o'zb.) — mayda (f-t.) kabi³.
Forscha-tojikcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega.
a)tojikcha so‘zlar o‘zbek tili lug‘ati tarkibida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan.
b) ch,l,g,z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar asosan tojikcha hisoblanadi:
Misol: lola, gul,chaman.
v)-xo‘r,-noma,-do‘z,-xon,-namo,-shunos,-boz,-bon,-dor, no-, ser- qo‘shimchalari

forscha-tojikchadir⁴.

Ruscha-baynalmilal - o'zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan

o'zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, sujet,
geometriya, fizika, matematika, traktor va boshqalar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

156

ISSN:3030-3621

Oʻzlashtirilgan leksima ham eskirib, istе'moldan chiqib kеtishi tabiiy bo`lgani

kabi, unda yangi so`zlarning yaratilishi ham tabiiy bir holdir. Tilda yangidan paydo
bo`lgan va yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar yangi qatlamni tashkil etadi.
Bunday so`zlar nеologizmlar dеb yuritiladi.

Neologizmlar tildagi yangilanish, ijodkorlik va o‘sishning yorqin ko‘rinishidir.

Ular orqali til jamiyatdagi o‘zgarishlarga moslashadi, zamonaviy ehtiyojlarga xizmat
qiladi. Shuning uchun neologizmlarni o‘rganish, ularni to‘g‘ri qabul qilish va faol
foydalanish

— tilshunoslikning va umuman madaniyatimizning muhim

vazifalaridandir. Til yashar ekan, yangi so‘zlar tug‘iladi va ular orqali xalq tafakkuri
yanada boyiydi.

Neologizmlar ikkiga bo'linadi:
1) yangi leksema tilimiz uchun aslida begona, lekin unga endigina kirib kelib

o'rnashgan boshqa tilga xos leksik birlik .

Misol: admin, feyk, prank, repost, layk
2) faollashgan leksema yangi leksikaning turlaridan bo'lib, ular iste'moldan

chiqib ketgan va bugungi kunda qayta qo'llanila boshlagan birIiklardi.

Misol: hokim, viloyat, tuman, oqsoqol kabi⁵.
Yana shunday neologizmlar borki, kundalik hayotda qo‘llanilishi uchun ehtiyoj

paydo qilgan, lekin ―O‘zbek tilining izohli lug‘atidan joy olmagan. Ulardan misol
keltirib quyidagilarni ayta olamiz: koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger,
hot-dog, netbuk, sensor, fleshxotira, planshet, selfi, bloger va hokazo.

Neologizmlar ham vaqt o'tishi bilan tarixiy leksema yoki arxaik leksimalar

qatoriga kirishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, har ikki qatlam ham oʻzbek tili rivojida muhin oʻrin tutadi.

Tilning boyishi ham shu ikkala qatlamga ham ma’lum miqdorda bogʻliq. Biroq, har
ikkala qatlamni ham oʻz oʻrnida qoʻllash kerak birini oʻrnida boshqasini qoʻllab
boʻlmaydi. Neologizmlar orqali til jamiyatdagi rivojlanishga moslashadi, zamonaviy
ehtiyojlarga xizmat qiladi. Shu sababli neologizmlarni oʻrganish, ularni toʻgʻri qabul
qilish va faol foydalanish-tilshunoslikning va umuman madaniyatimizning muhim
vazifalaridandir. Til yashar ekan yangi so'zlar tug‘iladi bu esa til taraqqiyotining tabiiy
va zaruriy jarayonidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

H.Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent. "Talqin"—2005 188-193- bet.

2.

R.Sayfullayeva. B.Mengliyev va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.Oʻquv
qoʻllanma. T.: "Fan va texnalogiya", 2009. 120-122-bet.

3.

Sh.Rahmatullayev. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.Darslik.—Toshkent."Universitet"--
2006. 92-93-bet.

4.

Z.Xolmonova.Tilshunoslikka kirish.Toshkent.2007. 97-99-bet.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

157

ISSN:3030-3621

5.

Go’zal Qo’ziboyeva . “Hozirgi kunda tilimizda faol qo’llanilayotgan o’zlashma
neologizmlar”. Toshkent. 2022.

6.

Zahroxon Nosirova. “O’zbek tilshunosligida o’zlashma so’zlarning ro’li va
ahamiyati”. Andijon. 2022

7.

SH.SHoabdurahmonov

va

boshqalar.

Hozirgi

o‘zbek

adabiy

tili.

Toshkent.O‘qituvchi. 1980.118-120- betlar.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

H.Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent. "Talqin"—2005 188-193- bet.

R.Sayfullayeva. B.Mengliyev va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.Oʻquv

qoʻllanma. T.: "Fan va texnalogiya", 2009. 120-122-bet.

Sh.Rahmatullayev. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.Darslik.—Toshkent."Universitet"--

92-93-bet.

Z.Xolmonova.Tilshunoslikka kirish.Toshkent.2007. 97-99-bet.

Go’zal Qo’ziboyeva . “Hozirgi kunda tilimizda faol qo’llanilayotgan o’zlashma

neologizmlar”. Toshkent. 2022.

Zahroxon Nosirova. “O’zbek tilshunosligida o’zlashma so’zlarning ro’li va

ahamiyati”. Andijon. 2022

SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.

Toshkent.O‘qituvchi. 1980.118-120- betlar.