Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
323
ISSN:3030-3621
ERKIN IQTISODIY ZONALAR: O’ZBEKISTONNI XORIJIY
INVESTORLAR UCHUN JOZIBADOR QILISH
Chinmirzayev Sh. S
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola O’zbekiston Respubliksaidagi erkin iqtisodiy
zonalarning (EIZ) xorijiy investorlarni jalb qilishdagi ro’li va usullarini tahlil qiladi.
Maqolada hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan EIZlarning mamlakat iqtisodiga
qo’shayotgan hissasi, eksport hajmini oshishi va ish o’rinlarini ko’payishidagi
ahamiyati tahlil qilinadi. Bundan tashqari SWOT tahlil yordamida zonalarning kuchli
va zaif tomonlari o’rganiladi. Va tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, EIZlarni
rivojlanishida va ko’proq sarmoyadorlarni jalb qilishda, ularning huquqiy asoslarini
mustahkamlash, infratuzilmani takomillashtirish va shu kabi bir qancha omillar katta
ahamiyatga ega.
Kalit so’zlar:
Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ), investitsiyalar, O’zbekiston,
iqtisodiy rivojlanish, imtiyozlar, SWOT tahlili.
Аннотация:
В данной статье проводится анализ роли и методов
привлечения иностранных инвесторов в свободные экономические зоны (СЭЗ)
Республики Узбекистан. Особое внимание уделяется вкладу функционирующих
СЭЗ в развитие национальной экономики, в частности, их значению в
увеличении экспортного потенциала и создании новых рабочих мест. С
помощью SWOT-анализа выявлены ключевые сильные и слабые стороны
данных зон. Результаты исследования свидетельствуют о том, что укрепление
правовой базы, развитие инфраструктуры и другие системные меры являются
важнейшими факторами, способствующими эффективной деятельности СЭЗ и
повышению их инвестиционной привлекательности.
Ключевые слова:
Свободные экономические зоны (СЭЗ), инвестиции,
Узбекистан, экономическое развитие, льготы, SWOT-анализ.
Abstract
: This article analyzes the role and methods of Free Economic Zones
(FEZs) in attracting foreign investors in the Republic of Uzbekistan. It examines the
current contribution of active FEZs to the national economy, their role in increasing
export volumes, and their importance in creating new jobs. Furthermore, using a
SWOT analysis, the strengths and weaknesses of these zones are assessed. The
research findings indicate that strengthening the legal framework of FEZs, improving
infrastructure, and addressing several other key factors are crucial for their
development and for attracting more foreign investment.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
324
ISSN:3030-3621
Key words:
Free economic zones (FEZ), investments, Uzbekistan, economic
development, incentives, SWOT analysis.
Kirish:
So’ngi yillarda O’zbekiston iqtisodiy tomonlama rivojlanish uchun
investitsiyalar jalb qilishga alohida e’tibor bermoqda. Bu jarayonda erkin iqtisodiy
zonalar (EIZ) mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va chet eldan investitsiyalar jalb
qilishda muhim ro’l o’ynamoqda. O’zbekiston so’ngi yillarda EIZlarga ko’proq e’tibor
qaratib, soliq imtiyozlari, yaxshilangan infratuzilma va ma’muriy yengiliklar orqali
sarmoyadorlar uchun jozibador muhit yaratishmoqda. Ushu maqola EIZlarning
investitsiyalar jalb qilishdagi o’rni va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
o’rganiladi. Tadqiqot natijasida, EIZlarning hozirgi kundagi o’rnini o’rganish bilan bir
qatorda, ularning samaradorligini oshirish yo’llarini taklif etiladi va tahlil qilinadi.
Adabiyotlar tahlili:
EIZlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, xorijiy
sarmoyadorlarni jalb qilish va iqtisodiy o’sishni rahbanlantirishda muhim o’rin tutadi.
EIZlarning o’rni va iqtisodiyotga ta’sirini juda ko’plab olimlar o’rganishgan va tahlil
qilishgan. Ba’zi tadqiqotchilar bunday hududlarning qanday qilib sarmoyadorlarni jalb
qilishi ustida tadqiqot olib borgan bo’lsa, qolganlari EIZlarni bundan ham samaraliroq
qilish ustida izlanishlar olib borishgan va chet el tajribalaridan na’munalar olishgan.
Shu kabi tadqiqotchilardan biri Habibjonov (2022)
1
O’zbekistonda EIZlarni
muvaffaqiyatli tashkil etishda infratuzilma, soliq va bojxona imtiyozlari va shu kabi
omillarga e’tibor qaratish kerak ekanligini o’rganadi. Infratuzilmaning yaxshiligi va
ma’muriy yengliklar sarmoyadorlarni jalb qilishning asosiy omillar ekanligi qayd
etadi. Ammo tadqiqot naraziy qarashlarga asoslanib amalliy natijalar va statistik
manbalarni keltirishda cheklangan.
Farole (2011)
2
xalqaro tajribaga asoslangan tadqiqotida EIZlarning rivojlanishi
uchun soliq imtiyozlaridan tashqari ison kapitali va mahalliy bozorning
integratsiyalashuvi muhligini ko’rsatadi. U Afrikadagi EIZlar misolida tadqiqotlar olib
boradi. Habibjonovdan farqli ravishda kattroq ko’lamda tadqiqot olib boradi, ammo
O’zbekiston kabi iqtisodiyoti hali rivojlanib bo’lmagan mamlakatlarga chuqur urg’u
bermaydi.
Jumaqulov (2023)
3
o’z maqolasida O’zbekistondagi EIZlarning rivojlantirish
strategiyalari va investitsiyani jalb qilishda muommolarni o’rganishga harakat qiladi.
Uning tadqiqotlari yangilangan soliq imtiyozlari va infratuzilmalar kabi o’zgarishlar
e’tibor qaratadi.
1
Habibjonov, U. (2022).
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish istiqbollarining ilmiy-nazariy asoslari. Nordik
University Journal of Economics
2
Farole, T. (2011).
Special economic zones in Africa: Comparing performance and learning from global experience
. World Bank.
https://doi.org/10.1596/978-0-8213-8638-5
3
Jumaqulov, O. (2023)
. Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish masalalari.
Iqtisodiy
taraqqiyot va tahlil
, 1(7), 80–83.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss7-pp80-83
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
325
ISSN:3030-3621
EIZlarning iqtisodiyotdagi o’rni bo’yicha o’tqazilgan tadqiqotlarda ularning
iqtisodiy o’sishni rahbatlantirish va xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim ro’l
tutishi aniqlangan. Va shuni aytish mumkunki, EIZlarning samaradorligi faqatgina
infratuzilma yoki tashqi yengilliklar bilan emas, balki ichki boshqaruv va qonunchilik
barqarorligi bilan uzviy bog’liqdir. Shuningdek bu maqola erkin iqtisodiy zonalarning
imkoniyatlarini chuqurroq o’rganish, ularni samaraliroq qilish bo’yicha tavsiyalar
berish va investorlarni jalb qilish bo’yicha yangi yondashuvlarni tahlil qilish bilan
shug’illanadi.
Tadqiqot metodologiyasi:
Ushbu maqolaning maqsadi O’zbekiston
Respublikasidagi erkin iqtisodiy zonalarining xorijiy investorlarni jalb qilishdagi ro’li
va mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot jaroyonida
quydagi metodlardan foydalanilgan: statistic tahlil, SWOT tahlili va taqqoslash usuli.
Statistik ma’lumotlar asosan stat.uz, invest.gov.uz, Jahon banki (worldbank.org),
KPMG va boshqa tashkilotlar hisobotlari va ilmiy maqolalardan olingan.
Tadqiqot quyidagi usullar bilan olib borildi:
Statistik tahlil: 2018-2024-yillar oralig’ida O’zbekistondagi EIZlar faoliyati sababli
jalb qilingan investitsiyalar, ekport hajmi va yaratilgan ish o’rinlar ko’rsatkichlari
orqali tahlil qilindi.
Muammolar tahlili: Mavjud muammolarni tahlil qilish va ularga yechimlar taklif
etish.
SWOT tahlili: EIZlarning kuchli va zaif tomonlari, mavjud imkoniyat va xavf-
xatarlari aniqlanib tahlil qilindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi:
Statistik tahlil: So’ngi yillarda O’zbekistonda EIZlarning faoliyati sezilarli
darajada oshdi, va ba’zi quyida berilgan ko’rsatkichlarni qayd etdi. Statistik tahlil o’z
ichiga 2018-2024-yillardagi EIZlarning faoliyatlarini qamrab oladi. Va shu yillardagi
asosiy ko’rsatkichlarni tahlil qiladi.
Investitsiyalar dinamikasi: 2018-yilda EIZlar jalb qilgan to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalar (FDI) hajmi $280 millionga yaqinlashgan bo’lsa, bu ko’rsatkich
har yili jadal suratda o’sib borgan va 2024-yilga yetib $1,450 millionni tashkil qilgan.
Va shu 6 yil oralig’ida FDI hajmi 5 barobarga ortgan. E’tiborli jihatli 2021-yilda o’sish
surati 44,2%ni qayd etgan. Bunday natijalarga esa bojxona yengilliklari va soliq
imtiyozlari katta ta’sir ko’rsatgan
(see table 1)
.
Shu bilan birga EIZlar jalb qilgan investitsiyalar umimiy FDIning 30.5%ini
tashkil etadi
4
. Bu EIZlarning xorijiy investorlar orasida yaxshigina o’ziga jalb qiluvchi
maydon bo’lib ulgurganidan dalolat beradi.
4
Jahon banki. (2024).
Oʻzbekiston iqtisodiy ko’rsatkichlari va xorijiy investitsiyalar boʻyicha tahliliy hisobot
.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
326
ISSN:3030-3621
Table 1: 2018-2024 yillarda EIZlardagi FDI hajmi (mln $)
5
Ekport hajmi: EIZlar orqali eksport hajmi 2018-2024-yillar oralig’ida $420
milliondan $2.1 milliardgacha yetgan. Bu eksport hajmi 5 barobar, o’rtacha hisobda
har yili 35% oshaganini anglatadi, ayniqsa 2023-2024 yillarda elektronika va
farmatsevtika mahsulotlarining eksporti 3 barobarga ortgani sezilarni natija. Bu
ko’rsatkichlar EIZlarda texnologiyali ishlab chiqarish ortib borayotgani va eksport
salohiyati oshayotganini ko’rsatadi.
Ish o’rinlari: O’zbekiston Respublikasidagi EIZlar tufayli yaratilayotgan ish
o’rinlari so’ngi yillarda sezilarli darajada oshgan. Misol uchun 2018-yilda Sirdaryo
viloyatida tashkil etilgan 3 ta loyiha sababli 428ta ish o’rni yaratilgan, 2019-yilda bu
ko’rsatkich 2535taga yetgan va bu ko’rsatkich 23ta investitsion loyhani ishga tushirish
natijasida vujudga kelgan.
2021-yilda O’zbekistonda bir nechta EIZlar tashkil etildi, ulardan “Navoiy”,
“Angren”, “Jizzah” kabi zonalarda 62ta loyiha amalga oshirilish natijasida, 4600 ish
o’rni yaratilgan. Eng yirik ko’rsatkichlar 2024-yil amalga oshirilgan bo’lib, “Urgut”
EIZda 6521 ta ish o’rni 86ta loyiha doirasida paydo bo’lgan
(see table 2)
.
Umuman olganda EIZlarning faoliyati yildan yilga yaxshilanib bormoqda, va
fuqorolarning bandligini ta’minlashda ham muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
5
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2024).
Tashqi investitsiyalar statistikasi
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
yillar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
327
ISSN:3030-3621
Yil
Yangi ish o’rinlari
soni
Izohlar
2018
428
Sirdaryo viloyatidagi EIZlarda
3 ta loyiha natijasida.
2019
2,535
23 ta investitsiya loyihasi
doirasida
yaratilgan
ish
o‘rinlari
6
2021
4,600
62
ta
loyiha
doirasida
"Navoiy", "Angren", "Jizzax"
va
boshqa
EIZlarda
yaratilgan
7
.
2024
6,521
"Urgut" EIZda 86 ta loyiha
asosida yaratilgan ish o‘rinlari
8
Table 2: 2018-2024-yillarda yaxshi ko’rsatkichlar qayd etgan EIZlar
Muammolar va yechimlar:
Infratuzilmadagi muammolar: Ko’plab EIZlarda transport-logistikasi, energetika va
telekommunikatsiya infratuzilmasi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli, EIZlarning
samaradorlik darajasini tushiradi.
Bunga yechim sifatida EIZlar hududlarida temiryo’l, magistral yo’llar va elektr
tarmoqlarini kengaytirish uchun davlat xususiy sherikchilik loyhalarini yo’lga
qo’yish va infratuzilma fondni EIZlarni rivojlantirish jamg’armasi orqali
molyalashtirish
9
ni olishimiz mumkun.
Byurokratik to’siqlar: Ruxsatnoma va litsenziya olish, bojxona rasmiylashtiruvi va
shu kabi ishlar sarmoyadorlash uchun qiyinchilik tug’diradi.
Hujjatlarni online rejimda rasmiylashtirish va EIZlarda avtomatlashgan tarzdagi
axborot tizimlarini joriy etish bu muammoni yengillashtiradi.
Moliyalashtirishdagi to’siqlar: Kichik va o’rta biznes uchun qarz olish shartlari
biroz noqulay, investorlar esa mahalliy banklardan katta kafolat talablari tufayli shu
kabi muammolarga duch kelishyabdi
10
.
EIZlar uchun alohida imtiyozli kriditlar tashkil etish va qarz olish jarayonini
yengillashtirish maqsadga muoffiq bo’ladi.
SWOT tahlili:
O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan EIZlarning
kuchli va zaif tomonlari shu bilan mavjud imkoniyat va tahdidlarini analiz qilsak:
6
UZA rasmiy axborot agentligi, “Yangi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati muvofiqlashtiriladi”, (2019).
https://uza.uz/oz/posts/yangi-
erkin-iqtisodiy-zonalar-faoliyati-muvofiqlashtiriladi
7
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti, “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish”,
(2021).
https://president.uz/oz/lists/view/1113
8
Urgut EIZ rasmiy sayti, “Urgut erkin iqtisodiy zonasida 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar”, (2024)
9
Unlocking_The_Potential_UZ_Policy. (2025).
https://chartercitiesinstitute.org/wp-content/uploads/2025/04
10
Ahn, Y.-J., Juraev, Z., & Gu, J.-Y. (n.d.).
Analyzing Free Economic Zones in Uzbekistan for Sustainable Growth
.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
328
ISSN:3030-3621
EIZlarning asosiy kuchli jihatlari bu soliq va bojxona imtiyozlari, hamda
soddalashtirilgan ruxsatnomalar tizimidir. Shu bilan birga ish o’rinlari yaratishdagi
natijalar va eksport hajmini oshib borishi EIZlarning mamlakat iqtisodiyotida muhim
ro’l kasb etganligini tasdiqlaydi. Zaif tomonlariga keladigan bo’lsak, haligacha
byurokratik to’siqlar mavjudligi, infratuzilma ba’zi hududlarda rivojlanmaganligi va
molliyalashtirishdagi qiyinchiliklar muammolarga sabab bo’lyabdi va EIZlarning
samaradorligini maksimallashtirishga to’sqinlik qilmoqda.
Shu bilan birga, EIZlar uchun kelgusi imkoniyatlar ham talaygina, ayniqsa
xorijiy investitsiya oqimlarining kengayishi, innovatsion texnologiyalar importi orqali
EIZlar yanada rivojlanishi mumkun. Bundan tashqari EIZlarni tashkil etish orqali
chekka hududlarda iqtisodiy faollikni rahbatlantirish ham bir imkoniyat sifatida
qaralashi mumkun. Global iqtisodiy beqarorlik va huquqiy o’zgarishlar va ayniqsa
mehnat bozoridagi muammolar EIZlarning kelajagiga xavf solmoqda.
Umuman olganda, EIZlar mamlakat iqtisodiy rivoji uchun katta ro’l
o’ynamoqda va samaradorligini oshirish uchun, ma’lum imkoniyatlardan foydalanish,
zaifliklarni bartaraf etish va tahdidlarni kamaytirish talab etiladi.
Xulosa:
O’zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. 2018–2024-yillarda EIZlar orqali
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar $280 milliondan $1.45 milliardgacha o’sdi,
eksport hajmi $420 milliondan $2.1 milliardgacha yetdi, 6500 dan ortiq yangi ish
11
2024 Investment Climate Statements: Uzbekistan
. (2024).
https://www.state.gov/reports/2024-investment-climate-
12
OECD, 2019.
OECD Public Governance Reviews: Uzbekistan – Towards a More Modern, Effective and Strategic Public
Administration
.
13
Unlocking_The_Potential_UZ_Policy. (2025).
https://chartercitiesinstitute.org/wp-content/uploads/2025/04
Kuchli tomonlar
Soliq va bojxona imtiyozlari investorlarni
jalb etadi.
Iqtisodiy zonalarda ish o’rinlari va
eksport salohiyati oshmoqda.
“Yagona darcha” va online ruxsatnomalar
tizimi joriy etilishi
11
.
Zaif tomonlari
Infratuzilma to’laqonli rivojlanmaganligi
jarayonni sekinlashtiradi.
Byurokratik tosiqlar hali to’liq bartaraf
etilmagan.
Molyalashtirish jarayonida qiyinchiliklar
mavjud.
Imkoniyatlar
Xalqaro investitsiya va sheriklik dasturi
kengayishi ¹¹.
Innavatision texnologiyalar importi va
klaster qiymat zanjiri.
Yashil iqtisodiyot va qayta tiklanuvchi
energiya loyhalari.
Tahdidlar
Siyosiy va huquqiy o’zgarishlar ro’y
berish ehtimoli
12
.
Mehnat bozoridagi bo’shliq va kadrlar
oqimi
13
.
Iqtisodiy inqiroz.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
329
ISSN:3030-3621
o’rinlari yaratildi. Soliq imtiyozlari va soddalashtirilgan ruxsatnomalar olish tartiblari
investorlar uchun qulay muhit yaratdi. Biroq, infratuzilma muammolari, byurokratik
to’siqlar va moliyalashtirishdagi qiyinchiliklar EIZlarning samaradorligini
maksimallashtirish uchun to’sqinlik qilmoqda. SWOT tahlili orqali EIZlarning kuchli
tomonlari (imtiyozlar, eksport o’sishi) va zaif tomonlarini (infratuzilma, boshqaruv)
aniqlandi. Samaradorlikni oshirish uchun huquqiy bazani mustahkamlash,
infratuzilmani rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish zarur.
EIZlar O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda katta salohiyatga ega bo’lib,
zaifliklarni bartaraf etish va imkoniyatlardan foydalanish orqali yanada ko’proq
investorlarni jalb qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Habibjonov, A. (2022).
O’zbekiston erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirishda
infratuzilma va soliq imtiyozlarining o’rni
. Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsiyalar
jurnali.
2.
Farole, T. (2011).
Special Economic Zones in Africa: Comparing Performance and
Learning from Global Experiences
. Washington, DC: The World Bank. Retrieved
https://openknowledge.worldbank.org
3.
Jumaqulov, D. (2023).
O’zbekiston erkin iqtisodiy zonalarining investitsion
jozibadorligini oshirish strategiyalari
. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy
tadqiqotlar instituti.
4.
State Committee of the Republic of Uzbekistan on Statistics. (2024).
Statistical
Data on Free Economic Zones
5.
Central Bank of Uzbekistan. (2024).
Foreign Direct Investments Report
. Retrieved
6.
Ministry of Investments and Foreign Trade of Uzbekistan. (2024).
Investment
Projects in FEZs
7.
The World Bank. (2024).
Uzbekistan Economic Update: Focus on Investment and
Growth
8.
OECD. (2019).
OECD Public Governance Reviews: Uzbekistan – Towards a More
Modern, Effective and Strategic Public Administration
.
9.
UZA rasmiy axborot agentligi, “Yangi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati
muvofiqlashtiriladi”, (2019).
https://uza.uz/oz/posts/yangi-erkin-iqtisodiy-zonalar-
10.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti, “Erkin iqtisodiy zonalar
faoliyatini rivojlantirish bo’yicha yig’ilish”, (2021).
11.
Urgut EIZ rasmiy sayti, “Urgut erkin iqtisodiy zonasida 6 oy davomida amalga
oshirilgan ishlar”, (2024)
https://ufez.uz/uz/urgut-erkin-iqtisodiy-zonasi
12.
Unlocking_The_Potential_UZ_Policy. (2025).