Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
316
ISSN:3030-3621
TOPONIMLAR YASALISHIGA DOIR GRAMMATIK MODELLAR
TASNIFI (SURXONDARYO VILOYATI SHEROBOD TUMANI
TOPONIMIKASI ASOSIDA)
Yunusova Madina
Termiz davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi
mikro va makrotoponimlar leksik-grammatik jihatlar tahlilha tortilgan. Toponimlar
o‘zaro tasniflanib, grammatik modellari ishlab chiqilgan. Tahlil qilish jarayonida
muallif har bir grammatik model uchun izohlar berib o‘tgan va ularning joylashuv
hududlarini aniq ko’rsatgan.
Kalit so’zlar:
toponim, Grammatik tahlil, Grammatik model, mikrotoponim, ikki
komponentli toponim, uch komponentli toponim, to‘rt komponentli toponim, indicator,
topaasos, topoaniqlagich va h.k.
Grammatikaning sintaksis bo‘limi so‘z birikmasi va gapda so‘zlarning birikish
yo‘llarini, gap bo‘laklari va strukturasini o‘rganadi. So‘zlarning birikishi kabi leksik-
grammatik holat birikma tarkibidagi so‘zlarni uzviy bog‘laydi. So‘zlarning o‘zaro
birikishi esa ularning ichki tomonlari mos kelgandagina amalga oshadi. Birikmadagi
so‘zlarning sintaktik munosabati ergashish hamda anikdovchi aniqlanmish asosida
shakllanadi.
So’z yasalishning affiksatsiya va kompozitsiya usullari mavjud bo’lib, jumladan,
toponimlar yasalishining ham affiksal va kompozitsion qolip va modellari mavjud.
Sherobod toponimlarining ko‘p qismini -lik, -li, -liq, -chi affiksli mikrotoponimlar
tashkil qiladi. Bu tipdagi mikrotoponimlar obyektning joylashish o‘rin, belgi-
xususiyati, daraja-miqdori, negizdan anglashilgan predmetga egalik, nima mavjudlik
kabi xususiyatlariga nisabatan mazkur qo’shimchalar asosida shakllantirilgan.
Yig‘ilgan mikro va makrotoponimlar shuni ko’rsatadiki, Sherobod hududidagi
asosiy qismi tuzilishiga ko‘ra ikki, uch hamda to‘rt komponentli birliklardan tashkil
topgan. Bu kabi birikmalardagi so‘zlar abstraksiyalashib, otlashadi va bir
topoleksemani holiga keladi.
Birikmali toponimlarning aniqlanishi ko‘p hollarda geografik atamalar bilan
ifodalanadi. Toponimiyada qo‘shma toponimlarning ikkinchi komponenti geografik
atama, aniqlanmish so‘z, nominativ leksema, turdosh ot, atoqli ot, indikator, oppelyativ
leksema kabi har xil atamalar bilan qo‘llanib kelinmoqda. Lekin bu atamalar har doim
ham toponimlarga mos kelmasligini, ya’ni hamma geografik atamalar toponimlarda
qo‘llanavermasligini va izohlarsiz aniq ma’no bera olmasligini e’tiborga olib, ayrim
toponomistlar toponimik leksika yoki toponimik terminlar deb qo‘llashni ma’qul
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
317
ISSN:3030-3621
ko‘rmoqda [1]. Toponimik leksika topoasos, toponoanikdagich va topoformantlardan
tashkil topishi haqida toponomist olimlar alohida ta’kidlagan [2].
Geografik atamalar (toponoaniqlagich) esa obyektning turini izohlashda, belgi-
xususiyatini aniqlashda asos sanaladi [1.1]. Ba’zan esa geografik atama o‘z
xarakteridan uzoqlashib, aniqlanmish aylanadi. Masalan: Qorasuv, Oqsuv.
Bu kabi gidronimlaridagi “suv” leksemasi “daryo” ma’nosini ifodalayapti. Ya’ni
suvning oq yoki qora rangli belgiga ega ekanligini emas, balki daryoning boshlanish
o‘rnini, joylashuviniko’rsatadi. Toponimlar borasida bunday misollarni ko‘plab
keltirish mumkin. Umuman olganda, birikmali toponimlarni fonetik, leksik-grammatik
va etimologik tahlil qilishda geografik atamalar (topoaniqlagich) katta ahamiyatga ega
sanaladi.
Geografik atamalar u yoki bu obyektning real belgisini ko‘rsatish bilan birga bir
xil geografik atamaning ma’lum obyektida ko‘p takrorlanishi, shu obyektning tarixiy
qatlamini, ijtimoiy rivojini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Masalan, birgina
Ko‘hitangtog‘ining Sherobod tumani hududida 30 dan (Kampirtepa, Nontepa,
Norqo‘chqortepa, Eshimtepa, Alixontepa, Osmontepa, Bozortepa, Buloqtepa, Kultepa,
Navoiytepa, Egizaktepa, Yortitepa, Qoratepa, Nomoztepa, Qo‘rg‘ontepa,
Gulgunlitepa, Nog‘oratepa, Oqtepa, To‘lashtepa, Mingtoshtepa, Kalapushtepa,
Shishtepa, Qorovultepa, Munchoqtepa, Sebadlitepa, Toshbuloq tepa, Umbortepa)
ziyod tepa geografik atamali toponimlar mavjud. Birgina tuman hududiga qarashli tog‘
qismida shuncha tepalik mavjudligi shuni ko‘rsatadiki, insonlar tog‘ va tog‘ etaklariga
singishib, joylashib ketishgan. Tog‘ni o‘zlashtirishib, undagi tepaliklardan unumli
foydalanib kelishmoqda [3].
Til faktlari asosida tarkib topgan birikmali toponimlar tarkibidagi o‘zakning
(component, asos) soniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Ikki asosli mikrotoponimlar
2. Uch asosli mikrotoponimlar
3. To‘rt va undan ortiq asosli mikrotoponimlar
IKKI KOMPONENTLI TOPONIMLAR
Ikki komponentli, ya’ni ikki asosli toponimlarda aniqlovchisi qaysi so’z
turkumidan tashkil topganligiga ko’ra bir necha tiplarga ajratib o’rganish mumkin:
1.
Ot + ot tipidagi toponimlar.
Bu tipdagi toponimlar soni boshqa tipdagi
toponimlardan ko’pligi bilan aralib turadi. Bu tipning o’zini ham bir nechta kichik
guruhlarga bo’lib tahlil qilish mumkin.
a)
bosh kelishikdagi atoqli ot + turdosh ot.
Mazkur tipdagi
toponimlarning birinchi qismi insonlarga atab qo’yilgan ismlardan yoki taxallus yoki
laqablar yoki joy nomlaridan iborat bo‘ladi. Masalan:
Davlat+soy
: “Davlat ismli badavlat kishi yashagan soy [4]” (Kallamozor
qishlog’i);
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
318
ISSN:3030-3621
Hayitbek+tepa
: Hayitbek ismli insonning nomi bilan bog‘liq (Xo‘jaulkan
qishlog‘i);
Abduavaz+buloq
: Abduavaz ismli kishiga tegishli buloq nomi (Kampirtepa
qishlog’i);
Ibodulla+qo’nish:
Ibodulla cho’ponning yurti, yaylov nomi (Oqtosh qishlog’i);
Shomirza+jilg’a
: Shomirza ismli odamga tegishli daryocha (Maydon qishlog’i);
Hoji+buloq:
Hoji laqabli odamning nomi bilan bog‘liq buloq nomi (Pashxurt
qishlog‘i).
b)
bosh kelishikdagi turdosh ot + turdosh ot. Bu tipdagi turdosh otlar ham
nihoyatda ko‘p tarqalgan. Birinchi komponenti turli aniq va mavhum, o’z va ko’chma
ma’nodagi otlardan iborat bo’ladi. Ikkinchi komponenti esa, odatda, soy
, jilg’a, tepa,
ariq, tog’, buloq, bog’, daryo
kabi ot turkumiga oid so’zlardan tarkib topganligini
kuzatish mumkin. Tadqiq qilinayotgan Sherobod hududida bunday toponimlar juda
ko‘p. Masalan:
Archa+buloq
: yaylovga nisbatan qo’yilgan nom (Xomkon qishlog’i);
Qayg’u+buloq
: mavhum ot va turdosh otdan hosil bo’lgan toponim (Zarabog’);
Bozor+tepa:
qishloq aholisining kichik bozori oylashgan tepa (Laylagan
qishlog’i);
Jiyda+buloq
: jiydasi bor bo’lgan buloq (Kallamozor qishlog’i);
Non+tepa:
g’allalari ko’p bo’lgan tepa (Xo’jaulkan qishlog’i);
Jayra+xona
: jayra hayvoni ko’p tarqalgan dasht (Qizilolma qishlog’i).
c)
ot + so’z yasovchi qo’shimcha + ot. Mazkur komponentli toponimlarni
hosil qilishda faol va nofaol so’z yasovchi qo’shimchalardan foydalaniladi. Ko’pincha,
-li qo’shimchasi birinchi component va ikkinchi komponentni o’zaro bog’lovchi so’z
yasovchi qo’shimchasi sifatida qo’llaniladi. Masalan:
Arpa + li + soy
: arpa ekilgan soy nomi. –li so’z yasovchi qo’shimchasi bilan
yasalgan toponim (Qizilolma qishlog’i);
Suyak + li + soy
: harom o’lgan hayvonlarning suyagi tashlanadigan, suyagi ko’p
soy (G’urjak qishlog’i);
Ichak + li + soy
: ichakday uzun soy nomi (Kallamozor qishlog’i);
G’aram + li + soy
: g’aram, ya’ni buta o’simligi o’sadigan soy ( Chilonzor
qishlog’i);
Yolpiz + li + buloq
: Yolpiz o’simligi ko’p o’sadigan ot (G’urjak qishlog’i);
Tuya + kash + ko’cha
: “…tuyakashlik bilan shug’ullangan odamlar yashaydigan
ovul, guzar, ko’cha, mahalla [4.1]”. –kash qo’shimchasi bilan shaxs oti yasalgan
va ko’cha so’zi qo’shilib toponimik birlik holiga kelgan (G’urjak qishlog’i).
d)
belgisiz qaratqich kelishigidagi ot + turdosh ot + III shaxs egalik
qo’shimchasi. Bu tipdagi toponimlarda qaratqich kelishiga tushirib qoldirilgan, ammo
anglashilib turadi. Bular esa o‘z o’rnida A tipdagi toponimlarga juda yaqin turadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
319
ISSN:3030-3621
Chunki birinchi komponenti atoqli otdan, ikkinchi komponenti esa tog’, soy, buloq,
dara, bog’ kabi so’zlardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan:
Ostonaqul + buloq + i:
Ostonaqulning bulog’i (Sherjon qishlog’i);
Mirzaxo’ja + buloq + i
: Mirzaxo’janing bulog’i (Maydon qishlog’i);
Do’sti + gum + i
: Do’sti ismli odamning nomi bilan bog’liq chuqur (Zarabog’
qishlog’i).
e)
belgili qaratqich kelishigidagi ot + ning + turdosh ot + III shaxs egalik
qo’shimchasi komponentli toponimlar. Masalan:
Sandal + ning + yo’l + i
: Sandal yayloviga boriladigan yo’l (Kampirtepa
qishlog’i);
Jindala +ning + bog’ + i:
jin dala bog’i (Sherjon qishlog’i);
O’rozali + ning + qo’rg’on + i:
O’rozali ismli odamning nomi bilan bog’liq
baland tepa nomi (Oqtosh qishlog’i);
Vafodor + ning + bet + i
: Vafodorning betkayi (Qizilolma qishlog’i);
Olchali + ning + bet + i:
Olchali tog’ning nomi (Qizilolma qishlog’i);
Jamol + ning + hayot + i:
Jamol ismli kishiga qarashli hovli, bog’ (Sherjon
qishlog’i).
2.
Sifat + ot komponentli toponimlar
. Bu tip toponimlarni ham juda ko’p
uchratish mumkin.
Katta + bog’:
hajm-o’lchov ma’nosini bildiruvchi sifat bilan hosil bo’lgan
toponim (Mahalla nomi);
Ko’r + buloq:
suvsiz buloqqa nisbatan ishlatiladigan nom (Pashxurt qishlog’i);
Xilvat + soy:
odamlar kam boradigan, avloq joydagi soy nomi (Kampirtepa
qishlog’i).
Katta + qiyir:
mayda toshli katta tepalik nomi (Qizilolma qishlog’i);
Oq + jar
: oq rangdagi tuproqli jar nomi (G’urjak qishlog’i);
Qora + kamar
: “…qorong’i kamar, quyosh tushmas kamar [4.2]” (Xo’jaulkan
qishlog’i);
Sassiq + buloq
: suvini ichib bo’lmaydigan buloq (Xo’jaulkan qishlog’i).
3.
Ot + fe’l tipidagi toponimlar
. Bu tip toponimlarning birinchi
komponentidagi ot, asosan, inson ismi yoki hayvon-qush nomlari bilan bog’liq bo’lsa,
ikkinchi komponentidagi fe’l esa o’tgan zamonda bo’ladi. Masalan:
Azlar + qo’nish
: Aziz kishilar dafn qilingan, dafn qilinadigan qabriston
(Xomkon qishlo g’i);
Qush+ jiydi // qush + jiyildi
: tepalik nomi. “…mahalliy xalq izohiga ko’ra,
tepalikda qichchi o’ti ko’p o’sgan. Shu o’tni qush va chorva mollari xush
ko’rgan. Qushlar qichchi o’tini yeydi (jiydi) kabi ma’noda izohlaydi. Aslida
qushlar yig’ilib qo’nadigan, yig’iladigan (jiyiladigan) xilvat, ovloq, chekka tepa
bo’lishi mumkin [4.3]” (Guliston qishlog’i);
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
320
ISSN:3030-3621
Amir + qo’ndi
: Amir qo’nib o’tgan kamar nomi (Xatak qishlog’i);
Ot + o’ldi
: ot o’lgan soy bo’lganligi sababli shunday nomlashgan (G’urjak
qishlog’i);
Choriboy + qo’nish
: Chori ismli odam qo’ngan, to’xtagan yaylov nomi
(Kampirtepa qishlog’i).
4.
Fe’l + ot tipidagi toponimlar
. Masalan:
Ko’tarma + ariq:
chuqur joylarni tuproq bilan to’ldirib, ko’tarib o’tkaziladigan
ariq nomi (G’urjak qishlog’i).
5.
Son + ot tipidagi toponimlar
. Bu kabi toponimlarning birinchi
komponenti, asosan, sanoq sonlardan iborat bo’ladi. Bu tipning o’zini yana 2 ta ichki
guruhlarga ajratish mumkin:
a)
O’zbekcha sanoq son + ot tarkibli toponimlar
. Masalan:
Sakkiz + do’lana
: do’lana o’simligi ko’p bo’lgan joy (Kampirtepa qishlog’i);
Besh + buloq:
beshta kichkina buloqlarning suvi birikishi natijasida hosil
bo’lgan katta buloq nomi (Xomkon qishlog’i);
Besh + qiz:
afsonaviy nom (Kallamozor qishlog’i);
Birinchi + dahana
: Sherobod daryosining eng qisqa o’zani shunday atalgan
(Kallamozor qishlog’i);
Qirq + yigit
: mozor nomi. “Aytishlaricha, 14-15 asrlarda xuddi shu yerlarda
o’zbeklarning chag’atay urug’iga mansub odamlar yashagan va asosan
dehqonchilik bilan shug’ullangan. Yoz oylarining issiq kunlarida chag’atay
urug’iga mansub 40 dan ortiq yigitlar jar tagida dam olayotganda, jar qulab
tushadi va yigitlar nobud bo’lishadi. O’lganlarni jar ustidagi tepaga
ko’mishadi. Shundan qirqyigit mozori nomini olgan deyiladi [4.4]” (Guliston
qishlog’i).
6.
Taqlid so’z + ot tarkibli toponimlar
. Bu tipdagi toponimlarga misollarni,
asosan, buloq nomlarida ko’rish mumkin.
Churq + buloq:
Aytishlaricha, buloq nomi tovushga taqlid so’z bilan bog’liq
ekan (Maydon qishlog’i);
Jir-jir + buloq
: taqlid so’z asosida nomlamgan (Vandob qishlog’i);
Chinkillak + guzar
: taqlid so’z bilan bog’liq holda nomlangan (Kampirtepa
qishlog’i).
UCH KOMPONENTLI TOPONIMLAR
Bu tipdagi toponimlarning tarkibi 3 ta asosdan, o’zakdan tashkil topgan bo’ladi.
Bu tipdagi toponimlarning paydo bo‘lishi va shakllanishi xilma-xil hamda rang-barang
bo‘lib, odatda, voqea-hodisa sodir bo‘lgan joyni, qarashlilikni va diniy tus berilgan
obyektni bildiruvchi mikrotoponim yasaydi. Sherobod hududida ham uch asosli mikro
va makrotoponimlar hamjuda ko’p uchraydi. Ammo ikki asosli toponimlardan ko’ra
son jihatidan kamroq. Bularning qaysi so‘z turkumlaridan tarkib topganligiga ko‘ra
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
321
ISSN:3030-3621
quyidagi guruhlarga ajratamiz. Bu tipdagi komponentlarni ham yuqoridagi kabi
tasniflab chiqish mumkin. Masalan:
1.
Son + ot + ot tarkibli toponimlar.
Besh+buloq+soy : beshta bulog’i mavjud bo’lgan soy.
2.
Ot + fe’l + ot tarkibli toponimlar
. Masalan:
To’qim + tiqildi + soy:
soy nomi. Uzun soyning ayrim joylari keng bo’lsa, ayrim
joylari juda tor bo’lgan. “To’qim tiqildi” majoziy ma’noda soyning ayrim
joylaridan eshak ham zo’rg’a o’tadi tushunchasi asosida shu nomni olgan
(Kampirtepa qishlog’i);
Bobo + o’ldi + soy
: ko’p yillar davomida shu soyda yashagan bobo vafot etgan va
natijada qishloq aholisi shunday nomlab ketgan (Kampirtepa qishlog’i);
Eshak + o’ldi + soy
: soyda eshak o’lgan. Bu voqeadan keyin shunday nomlanib
ketgan (Laylagan qishlog’i).
TO’RT KOMPONENTLI TOPONIMLAR
Ko‘hitangtog‘ hududlaridan yozib olingan toponimlarning eng ko‘p asosli to‘rt
o‘zakli mikrotoponimlar, Qozog‘istonda olti asosli gacha [5], Amerikada esa 16
asosligacha bo‘lgan toponimlar mavjud [6]. Ko‘hitangtog‘ hududidan to‘rt asosli
mikrotoponimlardan bir nechtasi yozib olingan. Masalan: Qorako‘zkampirning
ko‘prigi, Qo‘chqoroqsoqolning to‘qayi, Go‘rixurdaki xudkor ota, Mirsaidqoptol
mozori (qabriston). Biz tahlil qilayotgan hududda to‘rt asosli mikrotoponimlar
atoqli ot + atoqli ot + turdosh ot + turdosh ot shaklida, asliy sifat + ot + kelishik
affiksli ot + egalik affiksli ot shaklida, ot + asliy sifat + qaratqichli ot + egalik
affiksli ot shaklida hamda forsiy izofa shakllarida ifodalangan. Bu tip
mikrotoponimlar ham turli usullar bilan hosil qilingan. Masalan:
Jetim + tov + bobo + mozori: Oqtoshdagi ziyoratgoh nomi (Oqtosh qishlog’i);
Qozi + qo’sh + terak + yaylov: Qozining qo’sh teragi bor yaylovi nomi (Oqtosh
qishlog’i);
Besh + kalla + po‘sh + tepa: besh do‘nglik. Bosh kiyimga shakily jihatdan
o’xshatilib berilan nom (Qizilolma qishlog’i)
Xulosa qilib aytganda, Sherobod hududidagi toponimlarni Grammatik jihatdan
tahlil qilish va tasniflash biroz murakkab jarayon sanaladi. Buning sababi faqatgina
ularning soni o’pligida emas, balki Grammatik qurilishidadir. Sherobod hududida
tadqiq qilinmagan obyekt, hududlar anchagina, uni sinchkovlik bilan tahlil qilib
o‘rganish esa har bir tilshunos, tarixchi va geograf oldidagi muhim masalalardan biri
bo’lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Донидзе Г.И. Гидрономические термини в тюрских язьжах, «Ономастика»,
М.:-1964, стр. 164.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
322
ISSN:3030-3621
2.
Латипов Ж. Қўшма топонимлар ҳақида. ЎТА. 1975, 2
—
сон; Нафасов Т.
Ўзбекистон топонимиясининг этнолингвистик анализи. Т.:— 1985.
3.
Turdiqulov Sh.D. Ko’hitang va tog’oldi mikrotoponimlarining leksik-grammatik
xususiyatlari. – Termiz: 2006. (Magistrlik dissertatsiyasi)
4.
Y. O‘. Xo‘jamberdiyev. Surxondaryo viloyati Ko‘hitangtog‘ va tog‘ oldi
mikrotoponimlari lug‘ati. –Termiz : 2011. 1-bet.
5.
Попова В.А. Гидроними Повладарской области. АКД, Томск,- 1961, стр. 11
6.
Никонов В.А. Введение в топонимику. М.:- 1965, с. 19.