Mualliflar

  • Olimova Gulbadanbegim
  • Maʼrufjonova Mohinur
  • Ismoiljonova Mohinsa

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93893

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Hujayra somatik endomitoz politeniya partenogenez ginogenez androgenez.

Annotasiya

Hujayra bo‘linishi – ona hujayradan ikki va undan ortiq yosh hujayralarning hosil 
bo‘lish  jarayoni.  Hujayra  bo‘linishi  organizmlar  ko‘payishining  markaziy  qismini 
tashkil  etadi.  Hujayra  bir  necha  usullar  orqali  bo‘linadi.  Ularning  eng  ko‘p 
uchraydigani  mitoz  bo‘linishdir.  Mitoz  bo‘linishni  norasmiy  Amitoz,  endomitoz, 
politeniya tiplari mavjud. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

310

ISSN:3030-3621

HUJAYRA BO‘LINISHINING NORASMIY TIPLARI

Andijon Davlat Pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi

103 -guruh talabalari

Olimova Gulbadanbegim

Maʼrufjonova Mohinur

Ismoiljonova Mohinsa


Kalit so‘zlar

: Hujayra, somatik, endomitoz, politeniya, partenogenez, ginogenez,

androgenez.

Hujayra bo‘linishi – ona hujayradan ikki va undan ortiq yosh hujayralarning hosil

bo‘lish jarayoni. Hujayra bo‘linishi organizmlar ko‘payishining markaziy qismini
tashkil etadi. Hujayra bir necha usullar orqali bo‘linadi. Ularning eng ko‘p
uchraydigani mitoz bo‘linishdir. Mitoz bo‘linishni norasmiy Amitoz, endomitoz,
politeniya tiplari mavjud.

Amitoz-mitoz bilan birga somatik hujayralar bo‘linishining boshqa turi

to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘linish. Bunda yadro oldin o‘rtasidan ingichkalashib, so‘ng ikkiga
teng bo‘linadi. Amitoz yo‘li bilan oddiy organizmlar, maxsus hujayralar bo‘linadi.
Masalan, hayvonlarda jigar hujayralari, o‘simliklar murtak parenximasi. Amitoz
patologik xususan, saraton kasalligi hujayralarida ham uchraydi. Amitoz
boshlanishidan aval DNKning ikkilanishi sodir bo‘ladi. Lekin xromosomalar va
bo‘linish urchug‘i mikroskopda ko‘rinmaydi. Hujayralar o‘rtasida yadro moddasining
taqsimlanishi turlicha bo‘ladi. Shuning uchun bu hujayralar irsiy jihatdan mukammal
sanalmaydi.

Endomitoz – bo‘linishda xromosomalar sonining ikki hissa ortishi hujayra yoki

yadroning bo‘linishisiz sodir bo‘ladi. Buning natijasida xromosomalar ikki hissa ortib,
ular yadro ichida qoladi. Ba'zi hollarda hujayradagi xromosomalar soni bir necha o‘n
hissa ortib ketadi. Endomitoz har xil o‘simlik va hayvon to‘qimalarining hujayralarida
uchraydi. Natijada poli ploidiya hodisasi го‘у beradi.

Politeniya — ba’zan hujayra bo‘linishida xromatidalar tarqalib ketmay, bir-

biriga yopishgan holda qoladi. Bu hodisa politeniya deb ataladi.Politeniya natijasida
xromosomalar diametri ortadi, xromatidalar soni 1000-2000 ga yetadi va oqibatda
“gigant” xromosomalar vujudga keladi. Politeniya hodisasi ikki qanotli
hasharotlaming so‘lak bezi to‘qimasidagi hujayralarda va ba’zi bir o‘simliklar
hujayrasida uchraydi.

Jinsiy ko‘payishning norasmiy tiplariga partenogenez, ginogenez va

androgenezlar kiradi. Jinsiy ko‘payishning qayd etilgan tiplari meyoz bo‘linish to‘liq va
qisman yo‘qolishi va uning o‘rniga jinsiy sikl mitoz bilan almashishi oqibatida paydo


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

311

ISSN:3030-3621

bo‘lgan. Ayrim hayvon va o‘simlik turlarida ko‘payish spemiatozoidsiz го‘у berishi
mumkin.

Partenogenez-murtakni

otalanmagan

tuxum

hujayradan

rivojlanishi.

Partenogenez tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy partenogenezda voyaga yetgan tuxum
hujayra tashqi va ichki omillar ta’siri bilan spermatozoid bilan qo‘shilmasa ham
rivojlanib

normal

organizmni

hosil

qiladi.

Tabiiy

partenogenez

tuban

qisqichbaqasimonlar, kolovratkalar, pardaqanotlilar, qisman qushlarda kuzatiladi.
Partenogenez doimiy va qisman bo‘lishi mumkin. Ba’zi hayvonlarda urug‘lanmagan
tuxum hujayradan faqat urg‘ochi, urug‘langan tuxum hujayradan esa ham urg‘ochi,
ham erkak jinsli organizmlar rivojlanadi. Ikkinchi holatda esa urug‘lanmagan tuxum
hujayradan faqat erkak, urug‘langanidan esa urg‘ochi organizm hosil bo‘ladi. Tuban
qisqichbaqasimonlardan dafniyalarda urg‘ochi organizm diploid, erkaklari gaploid
xromosomalar to‘plamiga ega bo‘ladi. Qulay sharoitda dafniya partenogenetik yo‘li
bilan ko‘payadi. Natijada faqat urg‘ochi organizmlar voyaga yetadi. Noqulay sharoitda
(ozuqa yetishmaganda, harorat pasayganda) urg‘ochi dafniya xromosomalari diploid
bo‘lgan tuxum hujayrani hosil qiladi va undan erkak dafniyalar rivojlanadi. Sun’iy
partenogenez tajribada tuxum hujayrani har xil omillar ta’siri bilan faollashtirish
natijasida hosil qilinadi. Bunday omillarga yuqori harorat, har xil kislotalar, yorug‘lik
bilan tuxum hujayraga ta’sir etib uni faollashtirish kabilar kiradi. Sun‘iy partenogenez
tut ipakqurtida. baqalarda, quyonlarda, suv o‘tlarida, zamburug‘larda, yuksak
o‘simliklar (g‘alladoshlar, dukkakli o‘simliklar)da hosil qilingan.

Ginogenez – partenogenezning alohida xili sanaladi. Ginogenez germafrodit

yumaloq chuvalchanglarda, baliqlardan – kumushsimon karas balig‘ida kuzatilgan.
Ginogenezda murtak urg‘ochi organizm yadrosidan hosil qilinadi. Partenogenezdan
farqli ravishda ginogenezda spermatozoid tuxum hujayrani faollashtirishda
qatnashadi, lekin u bilan qo‘shilmaydi.

Androgenez – ginogenezning teskari ko‘rinishi hisoblanadi. Agar tuxum

hujayrada yadro qanday sababga ko‘ra nobud bo‘lsa, tuxum hujayraga kirgan
spermatozoidning ikkitasi bir-biri bilan qo‘shilib xromosomaning diploid to‘plamini
hosil qilishi mumkin. Bunday xromosoma to‘plamiga ega zigotalardan rivojlangan
organizmda faqat ota organizm belgilari namoyon bo‘ladi. Partenogenez,
ginogenezdan rivojlangan organizmdan odatda urg‘ochi, androgenezdan esa erkak
jinsga mansub organizmlar yetishadi.

Xulosa qilib aytganda, hujayra bo‘linishining norasmiy tiplari biologik

jarayonlarning murakkabligini va organizmning turli sharoitlarga moslashish
imkoniyatini ko‘rsatarkan. Bu turdagi bo‘linishlar rasmiy (mitoz, meyoz) bo‘linish
jarayonlaridan farq qiladi, chunki ularning mexanizmi va biologik ahamiyati to‘liq
o‘rganilmagan yoki tabiiy jarayonlardan tashqarida bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga,
bu jarayon yanada chuqurroq o‘rganilishi zarur, chunki ular ko‘plab fiziologik va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

312

ISSN:3030-3621

patologik holatlarda muhim ro‘l o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Musayev, Turabekov ,,Genetika va seleksiya asoslari'' 2012-yil.

2.

A.G‘ofurov, S.Fayzullayev, J.Saidov ,,Genetika''

3.

A.G‘ofurov, S.Fayzullayev ,,Genetika'' 2010-yil.

4.

Guttman ,,Genetika'' 2004-yil.

5.

Kunkel, T.A., & Bebenek, K. (2000). DNA replication fidelity and its
implications for human disease. Nature Reviews Genetics, 1(1), 67-72.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Musayev, Turabekov ,,Genetika va seleksiya asoslari'' 2012-yil.

A.G‘ofurov, S.Fayzullayev, J.Saidov ,,Genetika''

A.G‘ofurov, S.Fayzullayev ,,Genetika'' 2010-yil.

Guttman ,,Genetika'' 2004-yil.

Kunkel, T.A., & Bebenek, K. (2000). DNA replication fidelity and its

implications for human disease. Nature Reviews Genetics, 1(1), 67-72.