Mualliflar

  • ABDUVOHIDOVA MARJONA ABDUSALIM QIZI
  • KENGASHOVA RUXSHONA SOBIRALI QIZI
  • TOʻXTASINOVA GULZODA JOʻRABEK QIZI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93895

Kalit so‘zlar:

Ключение слова: Клетка органоид бактерии вирусы химический состав организм Роберт Гук жизненные процессы эукариот прокариот теория умножение деление белок липид.

Annotasiya

Аннотация:  Клетка  является  структурной,  функциональной  и 
управляющей  единицей  всех  живых  организмов  (за  исключением  вирусов). 
Клетка  определяется  как  наименьшая  живая  единица  организма.  Некоторые 
организмы  являются  одноклеточными,  то  есть  имеют  только  одну  клетку 
(например,  бактерии).  Другие  организмы  являются  многоклеточными 
(например,  среднестатистический  человек  состоит  из  100  триллионов  клеток; 
средний размер клетки составляет 10 микрометров, а ее масса — 1 нанограмм). 
Самая большая клетка — страусиное яйцо, длина которого составляет 15 см, а 
вес — до 1,4 кг. Клетка была впервые обнаружена Робертом Гуком в 1665 году. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

301

ISSN:3030-3621

HUJAYRANING TUZILISHI, KIMYOVIY TARKIBI VA HUJAYRA

NAZARIYASI

ABDUVOHIDOVA MARJONA ABDUSALIM QIZI

KENGASHOVA RUXSHONA SOBIRALI QIZI
TOʻXTASINOVA GULZODA JOʻRABEK QIZI

Andijon davlat pedagogika instituti

Biologiya yoʻnalishi talabalari


Аннотация:

Клетка является структурной, функциональной и

управляющей единицей всех живых организмов (за исключением вирусов).
Клетка определяется как наименьшая живая единица организма. Некоторые
организмы являются одноклеточными, то есть имеют только одну клетку
(например, бактерии). Другие организмы являются многоклеточными
(например, среднестатистический человек состоит из 100 триллионов клеток;
средний размер клетки составляет 10 микрометров, а ее масса — 1 нанограмм).
Самая большая клетка — страусиное яйцо, длина которого составляет 15 см, а
вес — до 1,4 кг. Клетка была впервые обнаружена Робертом Гуком в 1665 году.

Ключение слова:

Клетка, органоид, бактерии, вирусы, химический

состав, организм, Роберт Гук, жизненные процессы, эукариот, прокариот,
теория, умножение, деление, белок, липид.

Annotation:

A cell is the structural, functional, and functional unit of all living

organisms (except viruses). A cell is defined as the smallest living part of an organism.
Some organisms are unicellular, meaning they have only one cell (e.g., bacteria). Other
organisms are multicellular (e.g., the average human is made up of 100 trillion cells;
the average cell size is 10 micrometers and weighs 1 nanogram). The largest cell is an
ostrich egg, which is 15 cm long and weighs up to 1.4 kg. The cell was first discovered
by Robert Hooke in 1665.

Key words:

Cell, organoid, bacteria, viruses, chemical composition, organism,

Robert Hooke, life processes, eukaryote, prokaryote, theory, multiplication, division,
protein, lipid.


Hujayra barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir

(lekin viruslardan tashqari). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi,
deb belgilanadi. Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi yoki koʻp hujayrali
organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Hujayra tuzilishiga koʻra prokariot
va eukariot boʻladi. Prokariotlarda yadro qobigʻi shakllanmagan, eukariotlarda esa
shakllangan boʻladi. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma va membrana bilan
ajralgan yadroda; prokariotlarda esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

302

ISSN:3030-3621

natijasida hosil boʻladi. Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan 155 mm gacha boʻladi.
Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar
bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada
— ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalardir.
Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik
hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar
hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash
vazifasini bajaradi. Hujayraviy tuzilish tirik mavjudotning asosiy qismini tashkil etgan
organizmlarga xos. Hujayradan tashkil topgan tirik tabiat olamining barcha
organizmlari 2 ta yirik guruxga bo’linadi.

1. Prokariotlar (Pro - avvalgi, karyon - yadro) bakteriyalar, ko’k yashil suv

o’tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, xemavtotrof yoki
fotoavtotrofjarayonlari bilan boradi, ko’payishi - jinssiz.

2. Eukariotlar (yey - to’la, karyon - yadro) zamburug’lar, o’simlik va hayvon

hujayralari yadrolilar; ular yutish, so’rish bilan geterotrof yoki plastidalari yordamida
fotosintez jarayoni orqali avtotrof oziqlanadi; ko’payishi jinssiz va jinsli usulda ro’y
beradi.

Eukariot hujayralar prokariot hujayralardan hosil bo’ladi. Eukariot

hujayrasining hosil bo’lishi haqida bir necha nazariyalar mavjud. Shulardan biri
Margulisning hujayralar simbiozi nazariyasidir. Simbiotik nazariyaga ko’ra eukariot
hujayralarining har bir tuzilmasi qadimiy prokariotlar ajdodi hisoblanadi. Bu
nazariyaga ko’ra evolyusiyaning ilk bosqichida bijg’ish hisobiga yashovchi ayrim
prokariotlar aerob bakteriyalarni fagotsitoz qilgan, ammo ular saqlanib, fagotsitoz
qilgan hujayra bilan birgalikda yashayvergan. Buning natijasida aerob va anaerobdan
iborat birga hayot kechiradigan yagona tuzilma shakllana borgan. Bunday simbiotik
jarayon ikkala organizm uchun ham foydali bo’lganligidan, ular birgalikda yashab
ketganlar va bu holat irsiyatga ham o’tgan. Bunday simbiotik holat tabiatda ham uchrab
turadi. Masalan, ayrim amyobalar mitoxondriyaga ega bo’lmasa ham o’zlarida organik
moddalarning aerob parchalanishini ta’minlovchi bakteriyalarni saqlaydi: fotosintez
jarayoni ro’y beruvchi aerob organizmga - ko’k yashil suv o’tiga eukariot hujayra hosil
qiluvchi dastlabki tuzilma, deb qaraladi. Hujayra mitoxondriyasining bir qadar
avtonom tuzilma ekanligi simbiotik nazariyaning to’g’riligidan dalolatdir.Ma’lumki,
mitoxondriya o’zining xususiy genetik apparatiga ega bo’lib, unda hujayraga bog’liq
bo’lmagan holda reproduksiya jarayoni ro’y beradi. Mitoxondriya va bakteriya
membranalari umumiy xususiyatlarga ega. Mitoxondriya DNK si gistonlardan xoli
bo’lib, bakteriyalarniki kabi halqasimondir. Shunga qaramay simbiotik nazariya ham
eukariotning kelib chiqishini to’laligicha izohlab bera olmaydi. Chunki
mitoxondriyaning ko’pgina oqsillari hujayra yadrosida kodlanadi; yadro va
mitoxondriya membranalarining ikki qavatliligi to’la izohlanmaydi. Eukariot


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

303

ISSN:3030-3621

hujayrasining paydo bo’lishidagi ikkinchi nazariya invaginatsiya nazariyasidir. Ushbu
nazariyaga ko’ra eukariot hujayra yagona aerob prokariot hujayradan kelib chiqqan.
Ibtidoiy aerob prokariot hujayra membranasida botiqlik paydo bo’lgan va u
keyinchalik tashqi membrana bilan bog’langan ko’p membranali tuzilmalar hosil
kilgan. Bu membranalar aerob oksidlanishni ta’minlovchi fermentlarga ega bo’lib
borgan (ayrim qismlarida fotosintezni ta’minlovchi tanachalar vujudga kelgan).
Hujayraning ma’lum qismi oksidlanish va fotosintez xususiyatini yo’qotib, murakkab
genetik apparatga ega bo’la boshlagan; membrananing davomiy invaginatsiyasi
natijasida mitoxondriya va yadroning murakkab (2 qavatli) qobiqlari yuzaga kelgan.
Bir milliard yillar muqaddam eukariot hujayraning paydo bo’lishi bilan evolyusiyaning
sifat jihatdan yangi bosqichi ya’ni birlamchi eukariot hujayradan birlamchi murakkab
organizm va nihoyat odam paydo bo’lgan.

Kimyoviy analiz orqali hujayra tarkibida atmosfera va yer qobig’ida keng

tarqalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam tanasining 96% 4 elementdan: uglerod,
vodorod, kislorod, azotdan tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa
odam tanasiiing 3% ini tashkil qiladi. Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy
bo’ladi. Mis, marganets, kobalt, rux va boshqa mikroelementlar esa ulardan ham kam
bo’ladi. Hujayraning hayotiy xususiyatlari tarkibidagi oqsilga bog’liq. Modda
almashinuvi, hujayra moddalarining yangitdan hosil bo’lib turishi va hayotiy
jarayonning asosini tashkil qiladi. Oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan
bo’lsa oddiy oqsillar yoki proteinlar deyiladi. Oddiy oqsillarga hayvon hujayrasi
yadrolarida uchraydigan protein va gistonlar, hujayra sitoplazmasi va qon
plazmasidagi albumin va globulinlar, mushak tolasidagi miozin va boshqalar misol
bo’la oladi.Murakkab oqsil yoki proteidlar oqsil va oqsil bo’lmagan modda - prostetik
gruppadan tashkil topgan. Prostetik gruppa turiga qarab quyidagi murakkab oqsillar
farq qilinadi.

Glyukoproteidlar - karbonsuv birikmasini ushlovchi murakkab oqsillar.

Bularga ovqat hazm qilish yo’lidagi shilliq bezlar sekretida uchraydigan musin va
boshqalar kiradi.

Lipoproteidlar - yog’simon moddalar, lipoidlar bilan birikkan oqsillar. Bu

gruppaga kiruvchi fosfolipidlar hayvon hujayralari membranasining asosini tashkil
kiladi.

Nukleoproteidlar-prostetik gruppasi nuklein kislotalardan tashkil topgan.

Nukleoproteidlar sitoplazmaning doimiy komponepti hisoblaiadi. Sitoplazmaning
oqsil sintez qilish funksiyasi nukleoproteidlarga bog’liq. Ikki turdagi nuklein kislotalar
mavjud: ribonuklein (RNK) va dezoksiriboiuklein (DNK).

Karbonsuvlar (uglevodlar). Hujayrada bu birikmalar asosan energiya manbai

sifatida ishlatiladi. Oddiy va murakkab karbonsuvlar farklanadi. Oddiy karbonsuvlar
monosaxaridlar - riboza, dezoksiriboza. Glyukoza asosiy energiya manbai bo’lib,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

304

ISSN:3030-3621

uning oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan energiya hujayradagi sintetik protsesslarda
ishlatiladi. Murakkab karbonsuvlar - polisaxaridlar bir necha monosaxaridlardan hosil
bo’ladi. Keng tarqalgan murakkab karbonsuv bu glikogen. Glikogen sitoplazmada
zaxira energetik modda hisoblanadi. Murakkab karbonsuvlar gruppasiga kiruvchi
glikozaminoglikanlar biriktiruvchi to’qimaning hujayra oraliq moddasini,
organizmdagi bezlar sekretining asosiy qismini tashkil qiladi.

Robert Guk o’zi yaratgan mikroskopda po’kak kesimiga qarab, uni yupqa

devorli katakchalaridan iboratligini ko’radi va shu mayda katakchalarni hujayra deb
ataydi. O’simlik hamda hayvon a’zo va to’qimalarini mikroskopda ko’rish ularning
ham mayda-mayda tuzilmalar - hujayralardan iboratligini aniqlashga yordam berdi.
1839 yilda nemis olimlari Shleyden va Shvann, hujayra nazariyasini yaratdi. R.Virxov
hujayra nazariyasi g’oyasini ilgari surib har bir hujayraning hujayradan kelib
chiqqanligini bayon etdi. Tiriklikning uzluksiz mavjudligini tan olinishi hujayraning
tuzilishi va bo’linishining asoslarini chukur o’rganishni taqozo etdi. 1879 yilda Boveri
va Flemming ikkita qiz hujayrasi hosil bo’lishi jarayonida (mitozda) yadroda ro’y
beradigan o’zgarishlarni ko’rsatib berdi. Veysman esa (1887 yilda) gametalar hosil
bo’lishda hujayra bo’linishi (meyoz) boshqacha ro’y berishini ko’rsatib berdi. Hujayra
nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

1.Hayot asosan hujayra shaklida mavjud bo’lib, barcha organizmlar

hujayradan tashkil topgan.

2. Hujayradan tashqarida hayot yo’q.
3.Hujayra tirik tabiatning bir bo’lagi va unga tiriklik xususiyatlarining barchasi

xos bo’lib, hujayra ko’payish, modda almashish, strukturaviy hamda irsiy elemental
birlikdir. Hujayra biologik informatsiya jarayoni ro’y beradigan va bu jarayon qayta-
qayta ishlanadigan hamda hosil bo’lgan energiyani yig’uvchi, sarf qiluvchi, boshqa xil
energiyaga aylantiruvchi murakkab tuzilmadir. Hayotning uzviyligi asosan
hujayralardandir; hujayra, umuman irsiylikning asosiy birligini tashkil etadi. Hujayra
barcha tirik mavjudotlarning elementar birligidir, turli organizm hujayralari umumiy
tuzilishga ega va ular bo’linib yangi hujayra hosil qiladi. Hujayra o’z-o’zidan
ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan membranalar tizimidan iborat elementar biologik
birlikdir. Hujayra tiriklikka xos bo’lgan asosiy xususiyatlarga - o’z-o’zini yangilash,
o’z-o’zini hosil qilish hamda o’zini o’zi boshqarishga qodir. Evolyusiya tizimining
qaysi pog’onasidan joy olishidan qat’i nazar barcha organizmlarning hujayrasi deyarli
o’xshash bo’lib, umumiy ko’rinishga egadir. Mavjud tiriklik shakllarini kuzatish
hujayraning organik olam evolyusiyasi yo’sinida rivojlanib borishini ko’rsatadi.
Ma’lumki, organik olamni hujayrasiz va hujayraviy shakllarning yetuk xili -
prokariotlar evolyusiyasining natijasi bo’lgan eukariot hujayralar alohida organizm
darajasida yashash shakliga ya’ni, sodda hayvonlar ko’rinishida mavjuddir. Eukariot
hujayralarining tarixiy - evolyusion tarzdagi murakkab o’zaro munosabati natijasida


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

305

ISSN:3030-3621

ko’p hujayrali organizmlar vujudga kedadi. Ko’p hujayrali organizmlar tuzilishi,
taraqqiyoti hamda faoliyatiga ko’ra ixtisoslashuvi ularning ayrim to’qima va a’zolarni
tashkil etib, guruhlanishiga asos bo’ladi. Ko’p hujayrali organizm hujayralarining
funksiyasi o’zicha organizmning boshqaruv sistemasi orqali idora etiluvchi bir butun
murakkab tizimni tashkil qiladi. Demak, organizmni tashkil etuvchi hujayralar umumiy
tuzilishga ega bo’lgan, har biri o’zicha alohida vazifani bajaruvchi murakkab tuzilma
bo’lishi bilan bir qatorda u organizmning boshqaruvchi (neyrogumoral) systemalarga
bo’ysunib, organizmning yaxlit birlik darajasini ifodalaydi.A’zo va to’qimalarni
tashkil etgan hujayralar umumiy tuzilishga ega bo’lsada, har bir a’zo va to’qimaning
hujayrasi organizm uchun zarur bo’lgan fiziologik holatni ta’minlash uchun o’ziga xos
vazifani bajarishga ixtisoslashgan bo’ladi. Shuning uchun ham hujayralarning faoliyati
turlichadir. Hujayralarga ta’sirlanish, ozuqa moddasini o’zlashtirish, sekretsiya,
ekskretsiya, nafas olish, o’sish hamda ko’payish kabi murakkab jarayonlar xosdir. Bu
fiziologik jarayonlar a’zo va to’qimalarda, ularni tashkil etgan hujayralarda turli
darajada ro’y beradi.

Xulosa

qilib aytganda Hujayra tirik organizmning asosiy tuzilma birligi

bo‘lib, u o‘zining murakkab ichki tuzilishi va kimyoviy tarkibi bilan hayotiy faoliyatni
ta'minlaydi. Hujayralarda genetik axborot saqlanadi va avlodga uzatiladi. Hujayra
asosan suv (70–90%), oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, nuklein kislotalar (DNK va RNK)
va mineral moddalardan tashkil topgan. Hujayra nazariyasi biologiyada tub burilish
yasab, barcha organizmlarni yagona tizim sifatida o‘rganish imkonini berdi. Ushbu
nazariya zamonaviy biologiyaning asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.

Q.R. Toʻxtayevning SITOLOGIYA GISTOLOGIYA VA EMBRIOLOGIYA
kitobi -- Toshkent - 2022 - 530 bet.

2.

A.S. Dariyevning BOTANIKA kitobi -- Toshkent "Ilm ziyo" - 2012 - 328 bet.

3.

SITOLOGIYA dars oʻquv qoʻllanmasi - 2024.








Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar :

Q.R. Toʻxtayevning SITOLOGIYA GISTOLOGIYA VA EMBRIOLOGIYA

kitobi -- Toshkent - 2022 - 530 bet.

A.S. Dariyevning BOTANIKA kitobi -- Toshkent "Ilm ziyo" - 2012 - 328 bet.

SITOLOGIYA dars oʻquv qoʻllanmasi - 2024.