Mualliflar

  • Abdumalikova Habibaxon Mahsitali qizi
  • Numanova Zaynabxon Farxodjon qizi
  • Olimjonova Mohidil Ibrohimbek qizi
  • Yo'ldashev Abduvali

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93896

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: Urug'lanish tashqi va ichki urug'lanish zigota blastomerizatsiya mikropile urug' yulduzi segmentatsiya Singamiya in vitro va in vivo.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada urug'lanish va ularning xillar haqida ma'lumotlar 
keltirib  o'tilgan.  Shuningdek,  urug'lanish  turlari,  urug'lanishning  kamchilik  va 
afzalliklari, qo'shimcha urug'lanish to'g'risida ma'lumotlar berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

297

ISSN:3030-3621

URUGʻLANISH JARAYONI XILLARI VA AHAMIYATI

Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq

va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya

yo'nalishi 1-bosqich 103-guruh talabalari

Abdumalikova Habibaxon Mahsitali qizi

Numanova Zaynabxon Farxodjon qizi

Olimjonova Mohidil Ibrohimbek qizi

Andijon davlat Pedagogika instituti

Biologiya o'qituvchisi

Yo'ldashev Abduvali

Annotatsiya

: Ushbu maqolada urug'lanish va ularning xillar haqida ma'lumotlar

keltirib o'tilgan. Shuningdek, urug'lanish turlari, urug'lanishning kamchilik va
afzalliklari, qo'shimcha urug'lanish to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar:

Urug'lanish, tashqi va ichki urug'lanish, zigota, blastomerizatsiya,

mikropile, urug' yulduzi, segmentatsiya, Singamiya, in vitro va in vivo.

Urugʻlanish — jinsiy ko‘payish jarayonining asosiy bosqichidir.Urugʻlanish,

singamiya — erkaklik jinsiy hujayra (urugʻ hujayra, spermatozoid, spermiy)ning
urgʻochi tuxum hujayra bilan qoʻshilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm
rivojlana boshlaydi.

Odam va hayvonlarda urug'lanishdan oldin otalanish (urugʻ hujayraning

urgʻochi hujayra jinsiy yoʻliga tushishi) sodir boʻladi. Urug'lanishda tuxum xujayra
faollashadi, yaʼni tuxum va urugʻ hujayra xromosomalari gaploid toʻplami qoʻshilib,
xromosomalar diploid toʻplami hosil boʻladi. Koʻpchlik hayvonlarda urug'lanish bilan
birga rivojlanadigan organizm jinsi ham anikdanadi. Ota va ona allellarining
qoʻshilishi tufayli irsiy omillarning yangi kombinatsiyasi vujudga keladi. Urug'lanish
tufayli tabiiy tanlanish va tu gandonlaryutsiyasi uchun material boʻladigan genetik


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

298

ISSN:3030-3621

xilmaxillik kelib chiqadi. Urug'lanish natijasida tuxum hujayra faollashib, boʻlinish
jarayoni (blastomerizatsiya) boshlanadi.

Hayvonlarda urug'lanishning ikki shakli maʼlum; monospermiyada

tuxumhujayraga faqat bitta urugʻ hujayra kirgandan soʻng, boshqa urugʻ
hujayralarning kirishi blokada qilinadi. Blokada qilinish mexanizmi tuxum hujayra
sirtiga va uning poʻstiga kortikal tanachalarning suyuqlik ajratishi, tuxum
plazmolemmasida roʻy beradigan qandaydir oʻzgarishlar bilan yuzaga kelishi mumkin.
Monospermiya barcha tashqi urug'lanish va koʻpchilik ichki urug'lanish xususiyatiga
ega boʻlgan hayvonlar uchun xos; polispermiya da tuxum hujayraga bir necha (bir
necha oʻnta) spermatazoid kiradi; biroq bunday hollarda ham urgʻochi pronukleus bilan
faqat bitta urugʻ hujayra qoʻshiladi. urug'lanishning bu xili ichki urugʻlanadigan ayrim
guruh hayvonlar uchun xos boʻlib, evolyutsiya davomida ikkilamchi marta kelib
chiqqan. Urug'lanishning har xil shakllarida gametalarning oʻzaro yaqinlashuvi va
qoʻshilishi, asosan, bir xil kechadi. Ayrim hayvonlar tuxumhujayrasi poʻstida
spermatozoid kirishi uchun teshikcha—mikropile boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar
tuxumhujayrasida mikropile boʻlmaydi. Spermatozoid tuxumhujayraga akrosoma
(spermatozoid ichki qismida joylashgan perforator organ) yordamida kirib oladi.
Spermatozoid tuxumxujayraga yakinlashganida akrosomadan ajraladigan fermentlar
xujayra poʻstini yumshatadi. Spermatozoid akrosomasi yoki uning boshchasi tuxum
poʻsti orqali oʻtadi va ikkala gametalar plazmolemmasi koʻshilib, yagona hujayra —
zigota hosil boʻladi.

Odam va sut emizuvchilarning ovulyatsiyadan oʻtgan tuxum hujayrasi bir necha

qavat follikulyar hujayralar bilan oʻralgan. Akrosoma fermenti gialuronidaza
follikulyar hujayralarni bogʻlab turadigan shilimshiq moddani yemirib,
spermatozoidlarga yoʻl ochib beradi. Gametalar plazmolemasining qoʻshilishi tuxum
hujayraning faollashuviga olib keladi. Spermatozoid, odatda, tuxum hujayra
sitoplazmasiga toʻliq oʻtadi; baʼzan uning bosh qismi oʻtib, tashqarida qolgan xivchini
tushib ketadi. Spermatozoid sentrosomasi atrofida paydo boʻlgan nurlar "urugʻ
yulduzi" deyiladi. Urugʻ yulduzi ikkiga boʻlinadi va birinchi boʻlinish (maydalanish)
boʻlinish dukining shakllanishida ishtirok etadi. Spermatozoid yadrosi urugʻ yulduzi
bilan birga tuxum sitoplazmasida harakatlanib, astasekin pufaksimon erkak
pronukleusga aylanadi; uning xromatini yoziladi; yadro membranasi mayda
pufakchalarga parchalanadi; pronukleus membranasi qaytadan shakllanadi. Bunday
oʻzgarishlar tuxum hujayraning yetilib, urgʻochi pronukleus shakllanishi bilan birga
boradi. Urgʻochi pronukleus ham tuxumning yuza qismidan uning markaziga koʻchadi.
Tuxum hujayrada ikkala pronukleus hujayra markazida (sariqlik sitoplazmada bir tekis
tarqalganida) yoki ooplazmaning sariqlik kam boʻlgan qismida birbiriga duch kelib,
qoʻshilishadi. Ayrim hayvonlarda ikkala pronukleus oʻzaro qoʻshilib (kariogamiya),
yaxlit yadro sinkarion hosil kiladi. Lekin, odatda, ular tuxum boʻlinishi boshlanib,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

299

ISSN:3030-3621

hujayra poʻsti yemirilguncha alohida turadi. Pronukleuslar qoʻshilishi bilan ota va ona
gametalarning xromosomalari birinchi boʻlinish — maydalanish dukiga birlashadi.
Otaona genlarining birlashuvi bilan urug'lanish jarayoni qiyomiga yetadi.

Urug'lanish bosqichlari:

a) Gametalar yetilishi (gametogenez).

Spermatogenez — erkak jinsiy hujayra (sperma) hosil boʻlishi.

Oogenez — urgʻochi tuxum hujayra (ovum) hosil boʻlishi.

b) Gametalar uchrashuvi.

Erkak gametasi tuxum hujayrani topadi.

Bu jarayonga kemotaksis (kimyoviy moddalar orqali yoʻnaltirish) yordam
beradi.

c) Singamiya (qo‘shilish).

Erkak va urgʻochi gametalarning yadrolari qo‘shiladi.

Zigota hosil bo‘ladi.

Urug'lanish jarayoni ham o'z navbatida ikkita (tashqi va ichki) urug'lanishga

bo'linadi. Tashqi urugʻlanish muayyan joyda, odatda suvda sodir bo‘ladi. Ko‘p
miqdorda tuxum qo‘yiladi, lekin kam sonli rivojlanadi. Misollar: Baliqlar, amfibiyalar
(qurbaqalar). Ichki urugʻlanish urgʻochining tanasi ichida sodir bo‘ladi.Rivojlanish
himoyalangan, samaradorligi yuqori. Misollar: Sutemizuvchilar, qushlar, baʼzi
hasharotlar.

Xususiyat

Tashqi
urugʻlanish

Ichki
urugʻlanish

Muhit

Suvda

Urg'ochi
tanasida

Ximoya

Kam

Yuqori

Tuxum soni

Juda ko'p

Kamroq

Samaradorlik

Past

Yuqori


Urug'lanish va rivojlanish jarayonida zigotadan keyin quyidagi bosqichlar kuzatiladi:
1. Boʻlinish (segmentatsiya) — zigota mitoz yo‘li bilan bo‘linadi.
2. Blastula bosqichi — hujayralar pufakchali shaklga ega bo‘ladi.
3. Gastrula — asosiy qatlamlar hosil bo‘ladi: ektoderma, endoderma, mezoderma.
4. Organogenez — a'zolar shakllanadi.

Urug'lanish jarayonining ahamiyatiga quyidagilar kiradi: yashash davomiyligini

ta’minlaydi. Genetik xilma-xillikni ta’minlaydi. Organizmlarning muhitga
moslashuvchanligini oshiradi. Turlarni saqlab qoladi va evolyutsiyani rivojlantiradi.

Shuningdek sun'iy urug'lanish ham mavjud ularga ikkita turga bo'linadi.

Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirishda qo‘llaniladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

300

ISSN:3030-3621

In vitro urugʻlanish (tashqarida, laboratoriyada).

In vivo urugʻlanish (organizmdagi jarayonni rag‘batlantirish).

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, urugʻlanish
— bu tirik organizmlarning nasl qoldirish, tur davomiyligini saqlab qolish va genetik
xilma-xillikni

ta'minlashdagi

eng

muhim

biologik

jarayonlardan

biridir.

Urugʻlanishning tashqi va ichki turlari mavjud bo‘lib, har biri o‘ziga xos sharoit va
evolyutsion moslashuvlarga ega. Tashqi urugʻlanish asosan suvda yashovchi
organizmlarga xos bo‘lsa, ichki urugʻlanish quruqlikda yashovchi organizmlarning
himoyalangan muhitda samarali ko‘payishini ta'minlaydi. Urugʻlanish jarayoni
natijasida hosil bo‘lgan zigota orqali yangi organizm rivojlanadi, bu esa hayot
davomiyligini uzluksiz saqlab qoladi. Shuningdek, urugʻlanish biologik evolyutsiya va
tabiiy tanlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy texnologiyalar
yordamida sun’iy urugʻlanish usullari orqali ham ko‘payish muammolari hal
etilmoqda. Shunday qilib, urugʻlanish jarayoni nafaqat biologik, balki ekologik va
evolyutsion jihatdan ham o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy jarayondir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Badalxodjayev I., Madumarov T. “Sitologiya”. And. 2013.

2.

Nazarova F.SH., D. Jumanova N.E. “Sitologiya asoslari”. Samarqand. Artex. -2024

3.

Q.R.To’xtayev, F.X.Azizova, M.A.Abduraxmonov, Sitologiya, gistologiya va
embriologiya. 2022

4.

Tursunov E. “Sitologiya va umumiy gistologiya”. Toshkent. Turon-Iqbol -2020.

5.

Abdufattokhov, S., Ibragimova, K., & Gulyamova, D. (2021, November). The
applicability of machine learning algorithms in predictive modeling for sustainable
energy management. In International Conference on Forthcoming Networks and
Sustainability in the IoT Era (pp. 379-391). Cham: Springer International Publishing.

6.

Ghodake, S. P., Malkar, V. R., Santosh, K., Jabasheela, L., Abdufattokhov, S., & Gopi,
A. (2024). Enhancing Supply Chain Management Efficiency: A Data-Driven Approach
using Predictive Analytics and Machine Learning Algorithms. International Journal of
Advanced Computer Science & Applications, 15(4).

7.

Dohare, S., Pamulaparthy, L., Abdufattokhov, S., Naga Ramesh, J. V., El-Ebiary, Y. A.
B., & Thenmozhi, E. (2024). Enhancing Diabetes Management: A Hybrid Adaptive
Machine Learning Approach for Intelligent Patient Monitoring in e-Health
Systems.InternationalJournalofAdvancedComputerScience&Applications,15(1).

8.

Abdufattokhov, S., Normatova, N., & Shermatova, M. (2022). Artificial Neural
Networks Based Predictive Model for Detecting the Early-Stage Diabetes. Journal of
Artificial Intelligence, Machine Learning and Neural Network (JAIMLNN) ISSN, 2799-
1172.

9.

Chen, Z., Xie, M., Zu, Q., & Abdufattokhov, S. (2023). Electrical Automation Intelligent
Control System Based on Internet of Things Technology. Electrica, 23(2).


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Badalxodjayev I., Madumarov T. “Sitologiya”. And. 2013.

Nazarova F.SH., D. Jumanova N.E. “Sitologiya asoslari”. Samarqand. Artex. -2024

Q.R.To’xtayev, F.X.Azizova, M.A.Abduraxmonov, Sitologiya, gistologiya va

embriologiya. 2022

Tursunov E. “Sitologiya va umumiy gistologiya”. Toshkent. Turon-Iqbol -2020.

Abdufattokhov, S., Ibragimova, K., & Gulyamova, D. (2021, November). The

applicability of machine learning algorithms in predictive modeling for sustainable

energy management. In International Conference on Forthcoming Networks and

Sustainability in the IoT Era (pp. 379-391). Cham: Springer International Publishing.

Ghodake, S. P., Malkar, V. R., Santosh, K., Jabasheela, L., Abdufattokhov, S., & Gopi,

A. (2024). Enhancing Supply Chain Management Efficiency: A Data-Driven Approach

using Predictive Analytics and Machine Learning Algorithms. International Journal of

Advanced Computer Science & Applications, 15(4).

Dohare, S., Pamulaparthy, L., Abdufattokhov, S., Naga Ramesh, J. V., El-Ebiary, Y. A.

B., & Thenmozhi, E. (2024). Enhancing Diabetes Management: A Hybrid Adaptive

Machine Learning Approach for Intelligent Patient Monitoring in e-Health

Systems.InternationalJournalofAdvancedComputerScience&Applications,15(1).

Abdufattokhov, S., Normatova, N., & Shermatova, M. (2022). Artificial Neural

Networks Based Predictive Model for Detecting the Early-Stage Diabetes. Journal of

Artificial Intelligence, Machine Learning and Neural Network (JAIMLNN) ISSN, 2799-

Chen, Z., Xie, M., Zu, Q., & Abdufattokhov, S. (2023). Electrical Automation Intelligent

Control System Based on Internet of Things Technology. Electrica, 23(2).

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Yo'ldashev Abduvali, Axmadjonova Marg'uba Avazbek qizi, Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi, Abduqodirova Marjona Rõzibek qizi, HUJAYRA ORGONOIDLARI HAQIDA MA'LUMOT. , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 2 (2025)