Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
121
ISSN:3030-3621
KREDIT-MODUL TA’LIM TIZIMINING DIDAKTIK RIVOJLANISHI
SamDChTI Pedagogika, psixologiya va
jismoniy madaiyat kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Najiyeva Sojida Nasirdiova
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’lim jarayonining kredit-modul tizimida ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchi zimmasiga juda ma’suliyatli vazifalar yuklani kelmoqda.
Bu jarayonda pedagoglar va talabalar ta’lim jarayoinida qanday vazifalari bajarishlari
lozimligi haqida gap oradi.
Kalit so‘z:
Ta’lim, talaba, fan, mutaxassis, o‘quv dasturi, bazaviy fanlar, kredit,
tanlov fanlar, kurs, kredit-modul.
Абстрактный.
В данной статье на плечи педагога и обучающегося
возлагаются весьма ответственные задачи в кредитно-модульной системе
образовательного процесса. В этом процессе обсуждается, какие роли должны
играть преподаватели и студенты в образовательном процессе.
Ключевые слова
: Образование, студент, предмет, специалист, учебный
план, базовые предметы, кредит, предметы по выбору, курс, кредитный модуль.
Abstract
. This article presents the most important tasks assigned to the teacher
and the learner in the credit-module system of the educational process. It discusses
what tasks teachers and students should perform in the educational process.
Keywords:
Education, student, subject, specialist, curriculum, basic subjects,
credit, elective subjects, course, credit module.
Har bir ta’lim sohasi o‘zining ba’zaviy fanlariga ega. Bunday fanlar talabaning
mutaxassis bo‘lib shakllanishi, mutaxassislikka oid boshqa fanlarni tushunishida
muhim ahamiyatga ega. Masalan, pedagogika fakulteti talabalari uchun “Umumiy
pedagogika”, “Oila pedagogikasi”, “Pedagogika tarixi”, “Ijtimoiy pedagogika”,
“Bolalar pedagogikasi” kabi fanlar, psixologiya fakulteti talabalari uchun esa
“Umumiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi”, “Psixologiya tarixi”, “Bolalar
psixologiyasi” kabi fanlar majburiy fanlar sirasiga kiradi. Bunday fanlar tegishli
fakultetning har bir talabasi uchun muhim va, odatda, o‘quv dasturlarning dastlabki
semestrlarida o‘qitiladi. Shuning uchun o‘quv dasturining dastlabki semestrlarida
tanlov fanlari miqdori ancha cheklangan yoki dastur faqat majburiy fanlardan iborat
bo‘lishi mumkin. Lekin talaba yuqori kursga bo‘lgani sari o‘quv dasturida tanlov
fanlari uchun ajratilgan kreditlar miqdori ko‘payib borishi zarur ekanligi belgilangan.
Buning sabablarini quyidagicha izohlashganlar:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
122
ISSN:3030-3621
Talaba sohaga oid bazaviy fanlarni o‘zlashtirgandan so‘ng unda sohaning
muayyan yo‘nalishi bo‘yicha chuqurroq bilim egallashga qiziqish va ehtiyoj paydo
bo‘lishi mumkin. Talaba kursdan-kursga o‘tgan sari u mutaxassis sifatida shakllanib
borib, unda o‘zi uchun, o‘zi tanlov qilish ko‘nikmasi shakllanib borishini aytib o‘tgan.
Qolaversa, tanlov huquqi talabalarni o‘z qiziqishlari, kelajakdagi faoliyat yo‘nalishlari
haqida bosh qotirishga undaydi. Va nihoyat, kredit-modul tizimida talabalar tanlov
fanini o‘z fakultetidan boshqa fakultetlarda ham olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari
kerakligini ko‘rishimiz mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, ayrim
mutaxassisliklar uchun sohalararo bilimlar katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Lekin bunda fakultetning kredit - modul tizimiga taaluqli qoidalari talaba qaysi kursda
qancha miqdorgacha kreditlarni bunday fanlardan jamg‘arishi mumkinligini belgilab
qo‘yishi kerak bo‘lgan. Masalan, fakultet kredit-modul qoidalari talaba 1-kursni
tamomlagandan so‘ng yuqori kurslar davomida maksimum 12 kreditni boshqa
fakultetlarda olingan fanlar hisobiga jamg‘arishi mumkinligini belgilab qo‘yishi
mumkin. Lekin bunga, odatda, dekanning ruxsati bilan yo‘l qo‘yilgan. Talaba tanlovni
tanlov fanlari ro‘yxatidan o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin lekin u baribir
dastur so‘ngiga qadar belgilangan miqdordagi kreditlarni tanlov fanlari hisobiga
jamg‘arishi zarur.
Ta’lim jarayonining kredit-modul tizimida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi
zimmasiga juda ma’suliyatli vazifalar yuklanishiga guvoh bo‘ldik. Bu jarayonda
ijodkor talaba o‘z qobiliyat va iste’dodini namoyon etishi uchun u chinakkam ilmiy
tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lshi kerak. Talabada dunyoqarash, his
qilish mahorati, donolik, ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol, boy fantaziya va shu bilan
birga tasavvurlar shakllangan bo‘lmog‘i darkor. Bular mujassamlashib talabadagi
bilim, ko‘nikma, malakalar orqali ijodkorligini shakllantiradi.
Universitetda o‘tiladigan fanlar va modullar bir sohaga tegishli bo‘lsada, ular o‘z
murakkablik darajasiga ko‘ra (complexity level) farqlanishi mumkin. Masalan,
pedagogika fanining bir nechta darajalari mavjud. Talaba o‘qishi davomida
pedagogika fanining bir nechta darajalarini o‘rganishiga to‘g‘ri kelishi mumkin:
“Umumiy pedagogika”, “Bolalar pedagogikasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Oila
pedagogikasi”, “Maxsus pedagogika”, “Pedagogik texnologiya”. Shuning uchun fanlar
OTM o‘quv dasturlarida izchillik asosida joylashtiriladi. OTM o‘quv dasturlaridagi
fanlarni o‘z darajalariga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linishi mumkin:
Boshlang‘ich darajadagi fanlar (Basic level courses)
O‘rta darajadagi fanlar (Intermediate level courses)
Yuqori darajadagi fanlar (Advanced level courses)
Maxsus darajadagi fanlar (Special level courses)
Ya’ni, talaba semestrdan - semestrga, kursdan - kursga o‘tgani sayin, dasturdagi
fanlar o‘z darajasiga ko‘ra murakkablashib boradi. Bunda bir fanni o‘rganish talabadan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
123
ISSN:3030-3621
avval o‘sha fanni tushunishga xizmat qiluvchi boshqa fanni o‘zlashtirishni taqozo
etadi. Masalan, odatda, talaba “Oila pedagogikasi” fanini yaxshiroq tushunishi uchun
u avval, “Umumiy pedagogika” fanini o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi. Buni g‘arb
universitetlarida “course prerequisite” deb atashadi, ya’ni talaba “Oila pedagogikasi”
fanini boshlashi uchun avval “Umumiy pedagogika” fanini tugallashi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tgandan so‘ng ularning o‘quv
dasturiga juda ko‘p tanlov fanlari ham kirib keladi. Buning natijasida, o‘quv dasturda
fanlar o‘z turlariga ko‘ra
majburiy va tanlov fanlariga ajratiladi. Muammo shundaki,
o‘quv dasturidagi fanlarning bu jihatlarini (fanlarning darajalarini, izchilligini, bir
fanning boshqa fan bilan bog‘liqligini, turlarini) shunchaki fanlarning nomlariga qarab
tushunish qiyin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ECTS kredit-modul tizimining asosiy
tamoyillaridan biri - bu ta’limni shaffof tarzda tashkil etishdir.
Shunday ekan, o‘quv daturidagi fanlarning bunday izchilligini, bir fanning
boshqa fan bilan bog‘liqligi turlarini to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talabalarga qanday
qilib shaffof va qulay usulda yetkazish mumkin degan savol tug‘ilishi mumkin. ECTS
kredit-modul tizimida bu - maqsadlarga fanlarni mantiqiy ravishda kodlashtirish orqali
erishishga harakat qilishgan. Bunda fanlarning o‘z darajasi, turi va u haqidagi boshqa
ma’lumotlarni ifoda etuvchi belgi (level descriptor) va fanning turini bildiruvchi belgi
(Type descriptor) kodlarni joriy etib, ularni tasniflab chiqganlar.
Fanlarning darajasiga ko‘ra ularni 100, 200, 300, 400 va hokazo darajadagi
fanlarga ajratib, shu asosda ularning kodlarini yaratish mumkinligini belgilashganlar.
Fan kodida uni majburiy yoki tanlov fani ekanligini bildiruvchi biror bir belgini
ko‘rsatish ham talaba uchun juda foydalidir (masalan fan kodida majburiy fanlar uchun
M (mandatory), tanlov fanlari uchun E (elective). Bundan tashqari, fanga ajratilgan
kreditlar miqdorining fan kodida aks etishi talabalarga tezkor usulda ma’lumot
yetkazishga xizmat qilgan.
Masalan, “Umumiy pedagogika” va “Bolalar pedagogikasi” fanlarini
quyidagicha kodlash mumkin: “Umumiy pedagogika” -UMPEDM 22/4 2004, “Bolalar
pedagogikasi” - BOPEDE 22/3 4004.
Bunda, dastlabki to‘rtta harf fanning o‘ziga xos
kodi, keyingi “M” yoki “E” harflari fanlarning turlari, 200 va 400 raqamlari fanlarni
darajasini anglatishini belgilashgan, oxirgi 4 raqami esa ushbu fanlarga ajratilgan
kreditlar sonini anglatgan. Bundan yuqorida keltirilgan misolda talaba fanning kodiga
qarab turib, tezkor va qulay tarzda o‘ziga kerakli bo‘lgan uchta ma’lumotni olishini
ko‘rishimiz mumkin bular:
1) fanni majburiy yoki tanlov fani ekanligi haqidagi ma’lumot,
2) fanning darajasi haqidagi ma’lumot,
3) fanga ajratilgan kreditlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
Fanlarning
bu
tarzda
kodlashtirilishi
o‘quv dasturini boshqarishni
osonlashtirgan.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
124
ISSN:3030-3621
OTM o‘quv dasturidagi fanlarning kodlashtirish qoidalari, koddagi har bir
element ma’nosi o‘qituvchi va talabalarga o‘quv yilining dastlabki kunlarida
yetkazilishi kerakligi belgilangan.
Adaiyotlar ro‘yxati
1.
Avliyoqulov N.H. Pedagogicheskaya texnologiya-Toshkent:Aloqachi, 2009-148 b
2.
Avlyaqulov
N.X.,
Musaeva
N.N.Pedagogik
texnologiya.Toshkent:
ChomponNMIU-2012,-208 b
3.
Avliyakulov N.X., Musayeva N.N. Pedagogik texnologiya. Oliy o‘quv yurtlari
uchun darslik. – T., 2007. – 183 b.
4.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv
qo‘llanma. - Toshkent: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi,
2006. - 160 b.
5.
Azizxodjaeva N.N.; [Pod obh. red. B.G. Kado‘rova]; Pedagogicheskie texnologii i
pedagogicheskoe masterstvo: Ucheb. posob. dlya magistraturo‘ vsex spetsialnostey
/ M-vo vo‘ssh. i sred. spets. obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. — T.: Izdatelsko-
poligraficheskiy tvorcheskiy dom imeni Chulpana, 2005. - 200 s.
6.
Ahmedjonova A. va boshq. Komil inson davr talabi. Toshkent. Yangi asr avlodi,
2004, 150 bet.
7.
Ataeva N. va boshqalar. Umumiy pedagogika.-Toshkent:2015 y. -799 b.
8.
Avazboev A.I., Ismadiyarov Ya.U. -Kasbiy pedagogika. Toshkent: O‘qituvchi,
2008. -106 b.
9.
Azizxo‘jaeva N.N. O‘qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. –T.:
Nizomiy nomli TDPU, 2000. – 52 b.
10.
Axmedova M. T. Pedagogik kompetentlik - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2016. -
84 bet.
11.
Raxmanqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi . Toshkent: 1999-200 b
12.
Muslimov N., Usmonboeva M., Mirsolieva M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari
va pedagogik kompetentlik. UMK. – Toshkent, 2016. – B. 75
13.
Usmonov B. Sh. Xabibullaev R. A. Oliy o‘quvyurtlarida o‘quv jarayonini Kredit-
modul tizimida tashkilq ilish. -Toshkent: Tafakkur, 2020.-120 b.
14.
O‘rinov Voxid O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Muassasalarida ECTS
Kredit-Modul Tizimi- Toshkent: Tafakkur, 220- 64 b.
15.
Olimov Sh., Umarov V. Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish.
Monografiya. – T., 2011. – 100 b.