Mualliflar

  • Tursunxo’jayeva Mohinposhsha Nodirxo’ja qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93916

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: an’ana o‘zbek milliy cholg‘ulari dutor an’anaviy ijrochi akademik sozanda

Annotasiya

 Annotatsiya:  O‘zbek  mumtoz  musiqasi  o‘zining  chuqur  falsafiy  mazmuni, 
murakkab tuzilishi va badiiy mukammalligi, shuningdek, betakror madaniy an’analarni 
o‘zida  mujassam  etgani  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Ushbu  musiqiy  an’ana  o‘zbek 
xalqining boy ma’naviy merosi va asrlar davomida shakllangan tarixiy qadriyatlariga 
tayanadi.  Har  bir  asar  o‘tmishning  aks-sadosi  sifatida  namoyon  bo‘lib,  chuqur 
o‘rganilgan  sayin  o‘zining  yangi  ma’no  qatlamlari  va  noyob  xususiyatlarini  ochib 
beradi. Mazkur maqolada ana shu jihatlar ilmiy va falsafiy yondashuv asosida tahlil 
qilinadi  hamda  o‘zbek  mumtoz  musiqasining  o‘ziga  xosliklarini  chuqur  yoritishga 
harakat qilinadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

73

ISSN:3030-3621

AN’ANAVIY IJROCHILIK TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUN-

MOHIYATI

Tursunxo’jayeva Mohinposhsha Nodirxo’ja qizi

Farg’ona Davlat Universiteti 1-kurs magistranti


Annotatsiya:

O‘zbek mumtoz musiqasi o‘zining chuqur falsafiy mazmuni,

murakkab tuzilishi va badiiy mukammalligi, shuningdek, betakror madaniy an’analarni
o‘zida mujassam etgani bilan alohida ajralib turadi. Ushbu musiqiy an’ana o‘zbek
xalqining boy ma’naviy merosi va asrlar davomida shakllangan tarixiy qadriyatlariga
tayanadi. Har bir asar o‘tmishning aks-sadosi sifatida namoyon bo‘lib, chuqur
o‘rganilgan sayin o‘zining yangi ma’no qatlamlari va noyob xususiyatlarini ochib
beradi. Mazkur maqolada ana shu jihatlar ilmiy va falsafiy yondashuv asosida tahlil
qilinadi hamda o‘zbek mumtoz musiqasining o‘ziga xosliklarini chuqur yoritishga
harakat qilinadi.

Kalit so‘zlar:

an’ana, o‘zbek milliy cholg‘ulari, dutor, an’anaviy ijrochi,

akademik sozanda

Аннотация:

Узбекская классическая музыка отличается глубокой

философской содержательностью, сложной структурой и художественным
совершенством, а также воплощением уникальных культурных традиций. Это
музыкальное наследие опирается на богатое духовное прошлое узбекского
народа и сформированные веками исторические ценности. Каждое произведение
выступает как эхо прошлого, раскрывая всё новые смысловые слои и
неповторимые особенности по мере углубленного изучения. В данной статье
рассматриваются эти аспекты с научной и философской точек зрения, с целью
более глубокого освещения самобытности узбекской классической музыки.

Ключевые слова:

традиция, узбекские народные инструменты, дутор,

традиционный исполнитель, академический музыкант.

Abstract:

Uzbek classical music is distinguished by its profound philosophical

depth, structural complexity, and artistic refinement, as well as its embodiment of
unparalleled cultural traditions. Rooted in the historical legacy and rich spiritual
heritage of the Uzbek people, this musical tradition reflects centuries-old values and
collective memory. Each composition serves as an echo of the past, revealing new
layers of meaning and unique characteristics upon deeper study. This article explores
these dimensions through a scholarly and philosophical lens, offering an in-depth
analysis of the intrinsic elements that define the uniqueness of Uzbek classical music.
Keywords: tradition, Uzbek national instruments, dutar, traditional performer,
academic musician.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

74

ISSN:3030-3621

Kirish

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin jamiyat tarqqiyoti, ilm-fan,

texnika, sport va madaniyat kabi sohalarda tub islohotlar o’tkazilib, juda keng
ko’lamda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, san’at va madaniyat
yo’nalishlarini rivojlantirish, bu yo’nalishlar bo’yicha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yangi o’quv
adabiyotlari bilan ta’minlash borasida hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan
qonun va qarorlar, ko’rilayotgan chora- tadbirlar, amalga oshirilgan ishlar fikrimizning
dalilidir.

Tarixdan ma’lumki, musiqa ijrochilik san’ati qadim davrlardan buyon mavjud

bo’lib, bizgacha uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan holda, o’zining hozirgi
mukammal ko’rinishida yetib keldi. Buyuk ajdodlarimizdan Farobiy o’zining ,,Katta
musiqa kitobi” da, Safiuddin Urmaviyning musiqiy risolasida, Abdulqodir
Marog’iyning ,,Jami al- alxon fi- ilm al-musiqiy” risolasida, Zaynullobiddin
Xusayniyning ,,Risolai dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy” risolasida, Amuliyning
,,Musiqiy risola” larida musiqa cholg’ularini o’rganish bilan birga, uni tadqiq etish
masalalariga ham to’xtalib o’tganlar va o’z davrining musiqiy cholg’ulari haqida
ma’lumot berishgan.
An’anaviy mumtoz musiqa deganda, millatga, ya’ni o’zbek xalqiga mansub, uning
yetuk sozanda va bastakorlari tomonidan asarlar davomida yaratilgan musiqa san’ati
namunalari ko’zda tutiladi. O’zbek an’anaviy musiqasi o’tmishdan ikki yo’nalish,
ya’ni bir-biridan paydo bo’luvchi va bir-birini to’ldiruvchi, shu bilan birga o’zining
alohida xususiyatlari va sifatlariga ega bo’lgan yo’nalishlardan tashkil topgan. Bular
birinchisi, musiqa folklori bo’lsa, ikkinchisi ijodkorlarning musiqiy tafakkuri bilan
to’ldirilgan mumtoz musiqa yo’nalishidir va har ikki yo’nalishning o’zgacha uslubi
bor.
1.Og’zaki ijodkorlik mumtoz musiqa xalq tomonidan yaratilib, og’izdan og’izga,
avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib kelgan ijod mahsulidir.
2.An’anaviylik mumtoz musiqa na’munalari an’ana sifatida saqlanib, rivojlanib
kelmoqda.

Og’zaki an’anadagi professional musiqa deganda murakkab holatda rivojlangan

qo’shiq va ashulalar va maqomlarni inobatga olamiz. An’ana deganda uzoq vaqt
davomida xalq tajribasidan o’tib, odat tusiga kirgan tadbir yoki xususiyat tushuniladi.
An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida, hayotida o’rnini topgan,
avloddan avlodga o’tadigan, takrorlanadigan hamda hayotning barcha sohalarida qabul
qilingan tartib va qoidalar silsilasidir. U kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum
muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakatdir, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan
xulq- atvor qoidalari va ko’nikmalar, urf- odat va marosimlar yig’indisidan
iboratdir.[1]


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

75

ISSN:3030-3621

Har bir xalq o’z milliy merosi va an’analarini milliy ohanglar orqali tarannum

etuvchi va xalqning milliy ma’naviyatiga xos yaratilgan cholg’u asboblariga egadir.
O’zbek musiqiy cholg’ular olami xususida ma’naviy va moddiy nuqtai nazardan boy
hamda rang- barang ekanligini e’tirof etib o’tish lozimdir, qolaversa, qaysiki xalqning
ma’naviyati buyuk bo’lsa, uning tarixi va unga mos merosi ham ulkandir.[2]
O’zbek milliy merosi musiqiy cholg’ularga boy va ularning har biri uzoq o’tmish,
tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o’tganligi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi.[3] Ana shunday cholg’ulardan biri- dutordir.

Dutor- an’anaviy chertim cholg’u sozlaridan biri. Uzoq o’tmishdan xalq

ijrochilik amaliyotidan munosib o’rin egallab kelayotgan dutor cholg’usi, ayni paytga
kelib an’anaviy ijro uslubiga xos barcha guruhlar tarkibidan joy olgan hamda an’anaviy
yakkanavoz cholg’u sifatida shakllangan. Dutorni o’z nomini va uning barcha
imkoniyatlari bilan ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim
Zaynullobiddin al- Xusayniy o’zining musiqa ilmiga bag’ishlangan ,, Musiqa ilmi va
amaliy qoidalari” nomli risolasida bayon etgan.[4] Bundan ko’rinib turibdiki, xalqimiz
an’anaviy ijrochilikka, jumladan dutor chalishga o’rgatish va o’rganish qadim-
qadimdan odatlanib, ustoz-shogird tizimida shakllanib kelmoqda. Ustoz -shogird
an’anaviy ijrochiligida ustozning o’zi ham sozandalik, ham xonandalik san’atini o’zida
mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.

An’anaviy ijrochilikda dutorning turli o’ziga xos uslublari bo’lgan. O’tgan asrda

dutorchilarning ijrochilik mahoratidan kelib chiqib, sozandalarni ,,dekachi”,
,,ipakchi”, ,,dastachi” deb atashgan. An’anaviy ijrochilikda bu atamalar dutor
cholg’sining aynan qaysidir tomondan yetuk bo’lgandagina qo’llaniladi. Ya’ni
,,ipakchi” melizm va qochirimlarda yetarlicha foydalanishi, ,, dekachi” esa dutor ipak
torlar ustida mohirona ijro uslubiga ega bo’lishi, ,,dastachi” chap qo’l barmoqlaridan
cholg’usining kosa tomonlariga chertib ijro etishidir.

Natijalar va muhokama:

O’tgan asrda bir necha musiqiy cholg’ular takomillashtirildi va bu

takomillashtirilgan sozlar ichida dutor oilalarga ajratildi hamda dutor sozida jahon
musiqasi namunalarini ijro etish ommalashib bordi. Avvalgi diatonik dutor cholg’usi
o’rniga xromatik ikki yarim oktavaga ega bo’lgan dutor yaratildi. Dutor al’t, dutor
prima, dutor tenor, dutor sekunda, dutor bas, dutor kontrabas kabi cholg’ular dutorlar
oilasini tashkil qildi va xalq cholg’ulari orkestri va ansambllarida ijro etish rivojlandi.
Dutor sekunda qardosh millatlarimiz (qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq) kuylarini ijro etishda
qo’llaniladi, dutor tenor bu an’anaviy ijrochilikdagi diatonik dutor hisoblanib, oltin
merosimiz bo’lgan shashmaqomni ijro etishda qo’llaniladi.[5]

An’anaviy ijrochi bilan ,,akademik” sozandani taqqoslaydigan bo’lsak, quyidagi

xulosaga kelishimiz mumkin:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

76

ISSN:3030-3621

Akademik ijro tizimi sozandani faqat nota bilan cheklanishiga olib keladi. Lekin
akademik ijrochilikda mukammallik va aniqlik ustunlik qiladi. Akademik ijrochilik
kirib kelgandan so’ng o’zbek sozandalari o’zlarini mahoratlarini jahonga namoyish eta
olish imkoniga ega bo’ldilar va jahon klassik musiqa durdonalaridan namunalar o’zbek
xalq cholg’ularida ijro etila boshlandi.

An’anaviy sozanda ijro etayotgan asarini ongli ravishda badixago’ylik asosida

erkin ijro etadi. An’anaviy ijrochilikda ya’ni tenor dutorida faqat milliy kuylar va nodir
asarlarimizdan bo’lgan ,,Shashmaqom”dan namunalar ijro etiladi. Aynan bu dutordagi
diatonik pardalar qochirim va bezaklarni chalishda qo’l keladi. Akademik sozanda
bilan an’anaviy yo’da ijro qiluvchi sozandalar o’rtasida katta tafovut paydo bo’lmoqda.
Lekin ikki yo’l ham o’z holicha bir-biridan ustun turadi. Keyinchalik ,,akademik”
sozandalar, qadimiy an’analardan ajralganligi va ,,milliy intonatsiya tili” ga
tayyorgarligi yo’qligi uchun ham hozirgi vaqtga kelib ikki yo’lga ajraldi: akademik
ijrochilik va ana’anaviy ijrochilik.
O’zbekistonning barcha san’at oliygohlarida shu ikki yo’nalish bo’yicha tahsil olib
borilmoqda. An’anaviy ijrochilik bo’limida ustoz-shogird an’anasiga tayangan tahsil
olinib, milliy maqom san’atimiz namunalari chuqur o’zlashtiriladi. Akademik
ijrochilik bo’limida esa nota namunalari asosida kompozitor hamda bastakorlar
ijodidan foydalaniladi.

An’anaviy ijrochilik madaniyati vakillari asosan diatonik tovushqatorga ega

bo’lgan cholg’ularda ijro etishgan. Cholg’ularni takomillashtirish natijasida esa
diatonik tovushqatorlar orasiga xos pardalar joylashtirilib akademik ijrochilikka yo’l
ochildi. Bu esa jahon klassik namunalarini ham ijro etish imkonini yaratadi. Masalan:
g’ijjak sozida V. Montining ,,Chardash”, N.Paganinining ,,Komponella” kuylarini,
dutorda esa balalaykaga mo’ljallangan asarlarni ijro etish imkonini beradi.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, har bir o’zbek xonadoniga milliy cholg’u

asbobi, milliy kuy va qo’shiq kirib borsagina, san’at tirikchilik vositasi emas,balki
insoniy mohiyat va iste’dodni namoyon etish bo’lsagina, yurakdan qo’shiq aytish yoki
raqsga tushish uyat hisoblanmaydigan madaniy- axloqiy muhit vujudga kelsagina
o’zbek milliy qo’shiqchilik san’atining yutuqlari va porloq istiqbollari haqida fikr
yuritish, u bilan faxrlanish huquqiga ega bo’lamiz.

1.

O`zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori. O`qituvchi nashriyoti matbaa

ijodiy uyi. -Toshkent.: 2007.- B.8
2.

Abdullayeva O. Ansambl cholg`ularini o`rganish. -T.: 2006.- B.32

3.

Toshmatov I. An’anaviy dutor. -T.: -2008.- B.9

4.

O`zbek milliy ensiklopediyasi. -T.: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat

ilmiy nashriyoti. 3-tom -B.390


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

77

ISSN:3030-3621

5.

Rasultojiyev J. Dutor ijrochiligi. -T.: O`qituvchi nashriyoti. -B.36

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. -Toshkent.: O’zbekiston. 2017. -B. 488

2.

Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug` va kelajagi
farovon bo`ladi. 3-tom. -Toshkent.: O`zbekiston. 2019. -B.400

3.

Karamatov F. O`zbek xalqi musiqa merosi. -T.: 1978y.

4.

Toshmuhammedov M. G`ijjak navolari. -T.: 1988y.

5.

Toshpo`latov I. An`anaviy dutor ijrochiligi (o`quv qo`llanma). -T.: 2004y.

6.

Mahmud Qoshg`ariy. Devonu lug`ati-t-turk (Turkiy so`zlar devoni).- T.: G`ofur
G`ulom nomidagi nashriyot- manbaa uyi. 2017 y.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. -Toshkent.: O’zbekiston. 2017. -B. 488

Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug` va kelajagi

farovon bo`ladi. 3-tom. -Toshkent.: O`zbekiston. 2019. -B.400

Karamatov F. O`zbek xalqi musiqa merosi. -T.: 1978y.

Toshmuhammedov M. G`ijjak navolari. -T.: 1988y.

Toshpo`latov I. An`anaviy dutor ijrochiligi (o`quv qo`llanma). -T.: 2004y.

Mahmud Qoshg`ariy. Devonu lug`ati-t-turk (Turkiy so`zlar devoni).- T.: G`ofur

G`ulom nomidagi nashriyot- manbaa uyi. 2017 y.