Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
57
ISSN:3030-3621
YOSHLAR BANDLIGINI TAʼMINLASH HAMDA ULARNI KASB-
HUNARGA QIZIQISHLARINI SHAKLLLANTIRISHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Jo‘rayeva Nafisa Elmurodovna
Buxoro viloyati Jondor tumani 25-umumta‘lim
maktabining amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon
bo‘lar ekan, uni quyidagicha ta’riflash mumkin. Ish bilan bandlik - fuqarolarning
qonun xujjatlari zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan
bog‘liq, ularga ish haqi yoki mennat daromadi keltiradigan faoliyatdir.
Kalit so‘zlar:
islohotlar, malaka, ishsizlik, bandlik, ehtiyoj potensial demografik
xolat,xarajatlar,forum,biznes loyiha,kredit mehnat resurslari
KIRISH
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, amalga oshirilayotgan islohotlar
insonni har tomonlama kamol topish maqsadlariga yo‘naltirilgan. Shunga ko‘ra,
respublikamiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning
kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi
daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan
ishonchini tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.Iqtisodiyotning sifat
jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan
ta’minlashning muayyan modeli mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat
faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsi va
talab-ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum
yetadi. Shuning uchun avvallari olimlar ish bilan bandlik muammolarini ko‘rib
chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy jihatlariga e’tibor bergan bo‘lsalar, keyingi
paytda ish bilan bandlikning ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida tobora ko‘proq
gapirilayotganligi bejiz emas.
Shuningdek, qishloq aholisi sonining doimiy oshib borishi O‘zbekistonda
demografik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda hozirgi kunda mehnat
bozorida yoshlarning jami mehnat resurslari tarkibida hissasi oshib borishi
tendensiyasining mavjudligi yoshlar ishchi kuchiga talabni oshirish va ishchi kuchi
taklifini qisqartirish muammosini yuzaga keltirmoqda. Mehnat bozoriga chiqadigan va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
58
ISSN:3030-3621
ish bilan bandlikka ko‘maklashuv Markazlari xizmatiga murojaat qiladigan
yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo‘shash ko‘lami bilan belgilanadi, Bunda ko‘p
narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo‘shashiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bular
mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati tarmoqlarida bo‘lsa, bu joylarda ishlovchi
ishchilarning ulushi ko‘proq bo‘ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi.
Yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli
faoliyatning asosiy sohasi bo‘lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo‘lib, bunga ishlab
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladiganlar sonini ko‘paytirish, kichik yoshdagi va
maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy
yordam berishni yaxshilash yo‘li bilan erishiladi. O‘qiyotgan yoshlar sonini
kengaytirishning ikkita yo‘nalishi bo‘lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan
ajralgan holda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ikkinchi
yo‘nalishga vaqtincha
chora sifatida qarash mumkin va u kollej o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida mehnat
bozori ehtiyojlarini o‘zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta’lim
olish muddatini uzaytirishdir.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirib
kelayotgan islohotlarning oldida turgan dolzarb muammolardan biri - bu
takomillashgan mehnat bozorini shakllantirish va uning samarali amal qilishini
ta’minlash hisoblanadi. Respublikamizda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya
qilinmagan yoshlar orasida ishsizlar soni salmoqli miqdorga ega bo‘lmoqda. Bunday
holat mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, ularning
ishsizligini kamaytirishning samarali usullari va mexanizmlarini tadqiq etishni talab
qilmoqda.
Mamlakatimiz aholisi yosh jihatidan ancha yosh hisoblanadi, mehnat resurslari
tarkibiga kirib keluvchilar, ya’ni mehnat qobiliyati yoshiga kelib qo‘shiluvchilarning
aksariyatini yoshlar tashkil qiladi. Buning asosiy sababi sobiq Ittifoq davrida va
mustaqilligimizning dastlabki yillarida respublikamizda aholini tez sur’atlar bilan
ko‘payishi natijasida hozirgi kunga kelib, demografik bosimning ortishiga olib keldi.
Oqibatda yoshlarni, ayniqsa, qishloq yoshlarining ishsizligini kamaytirish va ularning
ish bilan bandligini ta’minlashda jiddiy muammolarni vujudga keltirmoqda. Yoshlar
o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, ularning mehnat bozoridagi hatti-harakati qator
jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston aholisi tarkibida yoshlarning salmog‘i yuqori ekanligi bilan ajralib turadi.
Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligi va ularni kasbga tayyorlash ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan alohida ahamiyatga ega.
Bugungi globallashuv sharoitida dunyoning barcha mamlakatlarida yoshlar
orasida ishsizlikning yuqori darajada ekanligi kutilmoqda. Bugungi kunda yoshlar
mehnat bozorini tartibga solish va qishloqda ishsizlikni va avvalo 30 yoshgacha
bo‘lgan shaxslar orasida bartaraf etish masalalari yetarlicha o‘rganilmagan. Shu
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
59
ISSN:3030-3621
munosabat bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar quyidagilarni tasdiqlashga imkon beradi,
ya’ni qishloq yoshlari ishsizligi darajasining yuqori bo‘lishi ko‘proq ishchi kuchini
dastlabki kasbga tayyorlash tizimi (shu jumladan, kasbga yo‘naltirish)ni
takomillashmaganligi, ularni ishga joylashishining past darajasi va operativ emasligi,
ish beruvchilarga yosh kadrlar uchun ish o‘rinlarini tahlil qilish va saqlab qolishga
hamda yaratishga moddiy rag‘bat va imtiyozlar yo‘qligi, qishloq yoshlari
tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlanmaganligi,
yoshlarda malaka yetishmasligi, mehnat bozori infratuzilmasining yaxshi
rivojlamaganligi; istiqbolda ish bilan bandlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy jihatdan
asoslangan dasturlarning ishlab chiqilmaganligi bilan belgilanadi.
XULOSA
Bizning fikrimizcha mehnat bozorida yoshlar ishsizligini kamaytirishni
ta’minlovchi omillardan biri, ularning bilim darajasi va kasbiy malakasini oshirish
hamda mehnatni diversifikasiyalash bilan bog‘liq noqishloq ish o‘rinlarini yaratish,
xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirishning alohida ahamiyatga ega ekanligi hisoblanadi. Yoshlarning ish bilan
bandligiga ko‘maklashish sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillarini amalga
oshirish, ularning ishsizligini kamaytirishning ijtimoiy va iqtisodiy mehanizmlarini
takomillashtirish mehnat bozorida yoshlarga mehnatni diversifikasiyalash asosida
talabni rag‘batlantirish hamda chuqur tahlil va tadqiq etish natijasida ularning ish bilan
bandligi darajasini oshirish bo‘yicha tegishli ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqarish muhim ahamiyatga egadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi 30.12.2020 y. Xalq so‘zi №276(7778).
2.
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik.
3.
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 3-nashri. – T.: “FAN”, 2019. – 592 b. Economic
progress Report.- London. : 1981
4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumoti 2020 yil.