Mualliflar

  • A.J. Ibragimov
  • A.O‘, Atoyev
  • M.B. Turdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93938

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Scutellaria L. Surxon davlat qo‘riqxonasi GIS xarita floristik monitoring bioekologiya fenologiya tog‘ flora tur.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  Surxon  davlat  qo‘riqxonasi  hududida  tarqalgan 
Scutellaria  L.  turkumiga  mansub  o‘simliklarning  bioekologik  xususiyatlari, 
fenologiyasi  va  geografik  tarqalish  qonuniyatlari  o‘rganilgan.  Tadqiqot  davomida 
turkumning 15 turi morfologik va ekologik mezonlar asosida tavsiflangan. Maqolada 
olingan ilmiy natijalar Surxon qo‘riqxonasi florasini boyitish, o‘simliklarni muhofaza 
qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

302

ISSN:3030-3621

SURXON DAVLAT QO’RIQXONASIDA TARQALGAN

SCUTELLARIA L

TURKUM TURLARINI BIOEKOLOGIYASI VA TARQAQLISHI

A.J. Ibragimov

1

, A.O‘, Atoyev

2

, M.B. Turdiyeva

3

1.Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti

2. Termiz davlat universiteti magistranti

3.Termiz davlat universiteti talabasi.


Annotatsiya.

Maqolada Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida tarqalgan

Scutellaria

L. turkumiga mansub o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari,

fenologiyasi va geografik tarqalish qonuniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida
turkumning 15 turi morfologik va ekologik mezonlar asosida tavsiflangan. Maqolada
olingan ilmiy natijalar Surxon qo‘riqxonasi florasini boyitish, o‘simliklarni muhofaza
qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

Scutellaria

L., Surxon davlat qo‘riqxonasi, GIS xarita, floristik

monitoring, bioekologiya, fenologiya, tog‘, flora, tur.

Аннотация

. В статье изучены биоэкологические особенности, фенология и

закономерности географического распространения растений рода

Scutellaria

L.,

распространенных на территории Сурханского государственного заповедника. В
ходе исследования было описано 15 видов рода на основе морфологических и
экологических критериев. Полученные в статье научные результаты имеют
важное практическое значение для обогащения флоры Сурханского заповедника
и защиты растений.

Ключевые слова:

Scutellaria

L., Сурханский государственный заповедник,

ГИС карта, флористический мониторинг, биоэкология, фенология, гора, флора,
вид.

Abstract.

The article examines the bioecological characteristics, phenology, and

geographical distribution patterns of plants belonging to the genus

Scutellaria

L.,

distributed in the Surkhan State Reserve. During the study, 15 species of the genus
were described based on morphological and ecological criteria. The scientific results
obtained in the article are of great practical importance for the enrichment of the flora
of the Surkhan Reserve and the protection of plants.

Keywords

:

Scutellaria

L., Surkhan State Reserve, GIS map, floristic monitoring,

bioecology, phenology, mountain, flora, species.


Kirish.

Surxon davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy

qismidagi Ko‘hitang tizmasining sharqiy yonbag‘rida, Surxondaryo viloyatining
Sherobod tumanida joylashgan. Qo‘riqxona shimolda Tangidara soyi, sharqda Xatak,
Qizilolma, Kampirtepa va boshqa qishloqlar, janubda esa Xo‘jaikon tuz koni bilan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

303

ISSN:3030-3621

chegaradosh. G‘arbiy yonbag‘ri esa Turkmaniston Respublikasidagi Koytendag
qo‘riqxonasi bilan tutashgan. Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 24 554 gektar bo‘lib,
u 850–3137 metr balandlik oralig‘ida joylashgan. Suvayirg‘ich balandliklari o‘rtacha
2682–3137 m ni tashkil etadi. Hududning murakkab rel’efi va balandlik zonaliligi
uning boy biologik xilma-xilligini belgilaydi [5].

Qo‘riqxonaning murakkab relyefi, mikroiqlim sharoitlari va balandlik zonalari

xilma-xilligi bu hududda noyob va endemik o‘simliklar shakllanishiga zamin yaratgan.
Shu jihatdan Surxon davlat qo‘riqxonasi O‘zbekistonning eng muhim floristik
hududlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu tadqiqot qo‘riqxona hududida uchraydigan

Scutellaria

L. turkumiga

mansub turlarining tarqalishi, ekologik xususiyatlari, yashash muhiti va fenologik
bosqichlarini o‘rganishga qaratildi. Tadqiqot davomida zamonaviy GIS
texnologiyalaridan foydalanilib, turlarning areallari xaritalashtirildi va ularning
tarqalish nuqtalari aniq ko’rsatilgan. Bu esa, o‘z navbatida, Surxon davlat
qo‘riqxonasining floristik boyligini yanada to‘liq ochib berishga hamda muhofaza
choralari uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi. Yer yuzida Scutellaria L.
turkumining 479 ta O‘rta Osiyoda 83 ta [1], O‘zbekistonda esa 32 ta [2] turi uchraydi.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati botanik geografik rayonlarida Scutellaria L.
turkumining 20 turi,[8] shuningdek, Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidan Scutellaria
L. turkumining 15 ta [4] turining tarqalganligi ilmiy tadqiqotlarimiz davomida
aniqlandi.

Scutellaria bucharica

Juz.

Hayotiy shakli ko‘p yillik o‘simlik uzunligi 10-25 sm

balandlikda.Barglari cho‘zinchoq yoki ko‘pincha tuxumsimon,pastidan chiqadigan
tomirlar, momiq kulrang paxtasimon yashil.Gullari ko‘k, to‘q-sariq yoki oq rangda
bo‘lishi mumkin. Ular shoxli o‘ramga joylashgan, odatda ikki tomonlama simmetrik.
Har bir gulda ikki tomonga simmetriklik mavjud, va har bir gullash davri yakunida
o‘simlikda gulli shoxlar ko‘plab shakllanadi. Gullari 1–1.5 sm uzunlikda bo‘lib, ular
o‘zining estetik go‘zalligi bilan ajralib turadi.

Mevalari tuxum shaklida va quritilganda

juda ko‘p sonli mayda tuklar mavjud,uzunligi 4 mm o‘zgaruvchan bo‘lib, asosan qattiq,
jigarrang, donali va kichik o‘lchamli bo‘ladi..

Fenologiyasi:

May-iyun oylarida gullaydi, iyun-iyulda pishadi.

Ekologiyasi:

Scutellaria bucharica tog‘li va adir hududlarda,ayniqsa shag‘ali

tuproqda o‘suvchi o‘simlik,dengiz satxidan 1000-1600 metr balandlikda o‘sishga
moslashgan, Tarkibi va ekologik sharoitlari tufayli bu o‘simlik ko‘proq yuqori
balandlikdagi hududlarda o‘sadi, quruq va yarim quruq iqlim sharoitlarini afzal
ko‘radi.

Tarqalishi

: Bu tur o’simlik Tojikistonda ham tarqalgan

Scutellaria colpodea

Nevski.

Hayotiy shakli ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib,bo‘yi 20–

50 sm atrofida odatda o‘rtacha balandlikda o‘sadi.

Barglari tor va uzun, odatda qarama-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

304

ISSN:3030-3621

qarshi joylashgan, barglarning uzunligi 3–6 sm, kengligi esa 1–2 sm bo‘ladi.
Barglarning ustki yuzasi yashil rangda, pastki yuzasi esa to‘q yashil tuzilishga ega.
Chetlari ozgina bo‘rtib, qirrali bo‘lishi mumkin. Gullari barg qo‘ltig‘ida joylashgan
gulkosachasi 2 mm dearli to‘pgul hosil qilmaydi bitta bandda bitta gul
bo‘ladi.Mevasining shakli tuxumsimon yoki yumaloq bo‘lib, kichik va qattiq tuzilishga
ega. Meva odatda 2–3 mm uzunlikda va 1–2 mm kenglikda bo‘ladi.

Fenologiyasi:

Iyul-sentabr oylarida gullaydi, avgust oktabr oylarida mevasi

pishadi.

Ekologiyasi:

Ko‘pincha yuqori tog‘li va adir 1000-1700 hududlarda dengiz

satxidan 1500-3000 metr balandlikdagi pasttekisliklarda o‘sadi.

Tarqalishi:

Bu tur o’simlik Tojikistonda ham tarqalgan

.

Scutellaria glabrata

Vved.

Ko‘p yillik o‘simlik uzunligi 30-40 sm balandlikda.

Barglari tepadan pastga pasdan yuqoriga qarab tomirlar bilan kuchli reduksiyalangan
bargning pastki qismi cho‘zinchoq naysimon o‘simtasimon dag‘al kernatli tishli yoki
kupincha

butun.Gullari

zigomorf

poyaning

tepa

qismida

joylashgan

gulkosachabarglari taxminan 3 sm uzunlikda mevalari bilan doira shaklida joylashgan
gultojibarglaring uzunligi 2 mm va kengligi 3 mm binafsha rangli.

Fenologiyasi:

Iyun-iyulda gullaydi, iyul-avgust oylarida meva pishadi.

Ekologiyasi:

O‘rta tog‘ zonasida qoyalar yon bag‘irlarida daryolar bo‘ylarida

o‘sadi.

Tarqalishi

:Bu tur o’simlik Tojikiston va O’zbekiston hududlarida keng

tarqalgan.

Scutellaria heterotricha

Juz

.

Poyasi bir nechta ingichka tekis, oddiy,juda zich

kalta paxmoq,uzun,bazan oz sonli bo‘yi 10-15 sm balandligdagi jingalak tuklar bilan
qoplangan.Barglari keng tuxumsimon,uchli tubi yuraksimon yirik bargining pastki
qismi qalinroq barg qo‘ltig‘ida gullari gullaydi poyaning tepasida bir tomonlama
gulzorlarni hosil qiladi.Gullarining rangi to‘q binafsha 17 mm uzunlikda joylashgan.

Fenologiyasi:

Iyun oyida gullaydi va iyul oyida meva beradi.

Ekologiyasi:

Tog‘larning o‘rta zonasidagi qoyalarda o‘sadi.

Tarqalishi:

Bu tur o’simlik Tojikiston hududlarida tarqalgan

Scutellaria leptosiphon Nevski

.Ko’p poyali o’simlik kulrang rangli uzunligi 3-10

sm.Barglari deyarli dumaloq yoki biroz tuxumsimon barglari lateral tomirlangan
bargining pastki qismi toraygan to’pgullari zich juda qisqa poyalarda
joylashgan.Gukosachasining uzunligi taxminan 2 mm gultojibargi och pushti rangda
uzunligi taxminan 3 sm gullarida dog’larni uchratishingiz mumkin

Fenologiyasi:

May-iyun oylarida gullaydi,iyun-iyulda meva beradi.

Ekologiyasi:

Tog’larning o’rta va yuqori zonasidagi qoyalarda uchratishimiz

mumkin

Tarqalishi:

Bu tur o’simlik Tojikiston va Afg’oniston hududlarida tarqalgan.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

305

ISSN:3030-3621

Scutellaria microphysa

Juz

.Yog’ochsimon kuchli shoxlangan uzunligi 15 sm

gacha nozik tukli poyalari.Barglari keng uchburchak,tuxumsimon deyarli
buyraksimon,o’simtasimon,tubi kesilgan yoki yuraksimon biroz jingalak asosan
tomirlar bo’ylab uzun tuklar mavjud gullari zich joylashgan gulkosachabargining
uzunligi taxminan 1,5 mm uzunlikda gultojibarglarining deametri 5-8 mm
gulkosachabargining tashqi tomonidan zich tukli tuklarining uzunligi taxminan 14 20
mm gacha ularning gulini rangi oqish binafsha.

Fenologiyasi:

Iyul avgustda gullaydi,avgust-sentyabrda meva beradi.

Ekologiyasi:

Yuqori tog’ zonasidagi tosh va qoyalarda va daryollarning yon

bag’irlarida uchraydi.

Tarqalishi:

Bu tur o’simlik Tojikiston hududlarida tarqalgan.

Scutellaria squarrosa

Nevski.

Ko’p poyali o’simlik poyasi novdasimon kulrang

rangli balandli 10-15 bazan 20 sm ga yetadi.Barglari tuxumsimon ko’pincha kesilgan
yuqori qismi reduksiyalangan cho’zinchoq lentasimon.Gullari 2-4-6 kapiativ
to’pgullarda joylashgan gulkosachabargi taxminan 1,5 mm uzunlikda gultojibarglari
esa 2,5 mm,mevalarining shakli asosan yong’oq tuxumsimon uzunligi 1 mm ga yetadi

Fenologiyasi:

May-iyulda gullaydi,Iyul avgustda meva beradi.

Ekologiyasi:

Tog’ bag’irlarining pastki kamaridagi tosh yon bag’irlarida o’sishga

moslashgan.

Tarqalishi:

Bu tur tojikistonda ham tarqalgan bo‘lib o’zbekistonning janubiy

qismida tarqalgan.

Scutellaria Nevski

Juz.

Poyasi bir nechta ingichkalashgan tekis, oddiy, juda zich

va juda nozik momiq, balandligi 10-25 sm. Barglari tuxumsimon yoki
uchburchaksimon tuxumsimon, oʻtkir yoki oʻsimtasimon, poyasi kesilgan yoki
yumaloq, choʻqqisi butun yoki butun boʻlgan yirik tishsimon, zich va juda nozik
paxmoq, asta-sekin reduksiyalangan cho'zinchoq yoki cho'zinchoq nayzasimon, o'tkir,
tik, deyarli o'simtasimon novdalarga aylanadi. O‘ta kalta poyalarda gullar, birin-ketin
novdalar qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, poyaning tepasida bo‘shashgan, kam gulli, bir
qirrali to‘pgullar hosil qiladi. Gulkosachaning uzunligi 4,5-5,5 mm, mevasi uzunligi 7-
8 mm gacha, kulrang, juda qalin paxmoqli, ustki labi dukkakli, qoʻshimchasi yoʻq,
tomirlari chiqadigan mevalari bor. Toj ko‘rinishidan to‘q binafsha rangga ega, pastki
labi oq rangli qora dog‘lar bilan qoplangan, tashqi tomondan deyarli taralmagan
uzunligi 21-23 mm.

Fenologiyasi

: Iyulda gullaydi, avgustda meva beradi.

Ekologiyasi:

Tog'larning o'rta zonasidagi qoyalarda o’sadi.

Tarqalishi:

O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘li hududlarida, xususan, G‘arbiy

Tyan-Shan tog‘larida ham tarqalgan.

Xulosa.

Tadqiqot davomida Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida tarqalgan

Scutellaria

L. turkumiga mansub 8 morfologik, ekologik va fenologik mezonlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

306

ISSN:3030-3621

asosida chuqur o‘rganildi. Turlarni aniq ajratish, ularning yashash muhitini tahlil qilish
va fenologik bosqichlarini aniqlash zamonaviy ilmiy metodikalar asosida amalga
oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bu hudud

Scutellaria

L. turkumining xilma-

xilligini saqlab qolgan muhim floristik makon hisoblanadi.

Hududning murakkab relyefi, mikroiqlim sharoitlari va balandlik zonaliligi turli

ekologik talablarga ega turlar uchun qulay yashash muhiti yaratgan. Ushbu ilmiy
yondashuv qo‘riqxona florasining to‘liq xarakteristikasini shakllantirishga,
o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha strategik choralarni ishlab chiqishga zamin
yaratadi.

Olingan ilmiy natijalar Surxon davlat qo‘riqxonasining floristik boyligini chuqur

o‘rganishga,

Scutellaria

L. turkumining hududiy xilma-xilligini baholashga va tabiiy

resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishga muhim ilmiy-amaliy asos
bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Определитель растений Средней Азии. T.5. Ташкент, 1976.

2.

Flora Uzbekistana. том 5. – Tashkent: Izd. АN UzSSR, 1955.

3.

Невиский. К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaник геогрaфичеcкое невский
С.А. Материалы к флоре Кугитангтау и его предгорий. В кн. Флора и
систематика высших растений – М., Л.: Изд. АН СССР, 1937– С.

4.

Ибрагимов А.Ж. Флора Сурханского государственного заповедника (хребет
Кугитанг): Автореф. дис…канд. биол. наук. – Ташкент, 2010. (22 с).

5.

Ибрагимов Акрам Жавлиевич. Сурхон Давлат Қўриқхонасининг Флораси
(Кўҳитанг Тизмаси), Дис канд. биол. наук., Тошкент-2010.

6.

Хасанов Ф.О. Краткий очерк растительности Кугитанга // Тез. докл. юбил.
науч. конф. молодых ученых и спец-тов посев 60-летию ЛКСМ Узб-на, 1985.
– С. 167-168.

7.

Тургинов O.Т. Бойсун ботаник-географик районининг флораси: Автореф. Дис
канд. биол. наук. – Ташкент, 2016. (25 с)

Foydalangan internet saytlari

8.

https://www.worldfloraonline.org/

9.

https://powo.science.kew.org/

10.

https://www.plantarium.ru/

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Определитель растений Средней Азии. T.5. Ташкент, 1976.

Flora Uzbekistana. том 5. – Tashkent: Izd. АN UzSSR, 1955.

Невиский. К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaник геогрaфичеcкое невский

С.А. Материалы к флоре Кугитангтау и его предгорий. В кн. Флора и

систематика высших растений – М., Л.: Изд. АН СССР, 1937– С.

Ибрагимов А.Ж. Флора Сурханского государственного заповедника (хребет

Кугитанг): Автореф. дис…канд. биол. наук. – Ташкент, 2010. (22 с).

Ибрагимов Акрам Жавлиевич. Сурхон Давлат Қўриқхонасининг Флораси

(Кўҳитанг Тизмаси), Дис канд. биол. наук., Тошкент-2010.

Хасанов Ф.О. Краткий очерк растительности Кугитанга // Тез. докл. юбил.

науч. конф. молодых ученых и спец-тов посев 60-летию ЛКСМ Узб-на, 1985.

– С. 167-168.

Тургинов O.Т. Бойсун ботаник-географик районининг флораси: Автореф. Дис

канд. биол. наук. – Ташкент, 2016. (25 с)

Foydalangan internet saytlari