Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
286
ISSN:3030-3621
MUSIQALI TEATR SAN'ATINING MOHIYATI VA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
Mirzayev Anvar
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat
instituti “Vokal” kafedrasi o`qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada musiqali teatr san'atining mohiyati va
rivojlanishi o'z aksini topgan. Uning mustaqil janr sifatida yuksalib, bugungi kungacha
alohida maqomini saqlab kelayotgani uning dolzarb bo'lib qolganini aks ettiradi.
Kalit so'zlar:
Ijod, uslub, janr, musiqali drama, baxshi, san'at.
ESSENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF MUSICAL THEATER
ART
Mirzayev Anvar
State art and culture of Uzbekistan
teacher of the “Vocal” department of the institute
Abstract:
This article reflects the essence and stages of development of musical
theater art. Its rise as an independent genre and maintaining its special status to this day
reflects its relevance.
Keywords:
Creativity, style, genre, musical drama, entertainment, art.
San'at azaldan dunyoning qurilishi haqidagi diniy, afsonaviy tasavvurlar bilan
bog'liq holda rivojlangan. Ibtidoiy davrdan to bugungi kunga qadar san'atdagi tasvirlar
ko'p xollarda o'ziga xos tumor vazifasini o'tab, yovuzlik va ezgulik belgisi sifatida
nafaqat insonlar tomoshasiga, balki afsonaviy xudolarda xush kayfiyat va yoqimli
fikrlar uyg'otishga mo'ljallangan holda rivojlangan. Ijtimoiylashuv o'z taraqqiyoti
negizida bir qancha bosqichlarni bosib o'tib, odamning turli qiyofalari
transformasiyasini boshdan kechirgan.
XX asr o'zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro'y bergan noyob hodisadir. 1914-
yili Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" pyesasi bilan o'z pardasini ochgan o'zbek
teatri ikki-uch o'n yillik ichida har bir xalq g'ururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga
chiqqan. O'zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi - marifiy teatr sifatida tug'ilgan.
Birinchi o'zbek ijodiy jamoasi bo'lmish "Turon" truppasining "Nizom"ida teatrning
bosh maqsadi:
a) aholi o'rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni ivojlantirish,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
287
ISSN:3030-3621
b) xalq uchun spektakl ko'rsatish, unga sog'lom tomosha berish..., - deb
belgilangan bo'lgan. Sahna ishini tashkil etgan va uni xalq orasida keng yoygan
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy singari
atoqli marifatparvarlarning say-harakati bilan bu teatr tez orada xalq madaniy
hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Sanoqli bir necha yil davomida o'ttizga yaqin
pyesa yaratilib, aktyorlik va rejissorlik san'atining tub tamoyillariga asos solingan.
Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati - uning oila hayotini
tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma'rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat
hayotida avj olib borayotgan milliy uyg'onish g'oyalarini tarannum etishda ko'ringan.
Jadid ma'rifatparvarlari yoqqan ma'rifat mash'ali qariyb 1930-yillarga qadar yangi
g'oya va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san'at yo'llarini
yoritib turgan. Shuni ta'kidlash joizki, o'zbek teatri milliy mahdudlik qobig'ida
o'ralashib qolmay, balki o'z taraqqiyoti yo'lida jahon teatri tajribasini o'zlashtirib
borgan "Turon" truppasida boshlangan o'zga xalqlar dramaturgiyasini sahnalashtirish
tajribasi keyinroq, o'zbek sahnasiga Shiller, Gogol, Shekspir singari dramaturglar
asarlarining kirib kelishi bilan davom ettiriladi.
O'zbek aktyorlarini 1924-1927-yillari Boku teatr texnikumi va M.Uyg'ur,
Cho'lpon rahbarligida Moskva teatr studiyasida tahsil ko'rganliklari ularning kasbiy
darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etganini ko'rishimiz mumkin. Moskvadagi
ta'lim davri rus teatrida turlicha uslubiy yo'nalishlar, izlanishlar avj olgan davrga to'g'ri
kelgan. O'zbek aktyorlari bu shov-shuvli teatr hayotini astoydil kuzatib o'rganishgan.
Lekin shunisi e'tiborliki, ularga taqlid qilish, uslublarini ko'r-ko'rona qabul qilish
yo'lidan bormaydilar. Cho'lpon "Meyerxold teatri" degan maqolasida, masalan, 1920-
yillarda Moskva teatri hayotining yalovbardoriga aylangan bu rejissorning shon-
shuhrati haqida ilhom bilan qalam tebratgan bo'lsa-da, lekin biron joyda unga
ergashish, undan andoza olish fikrini olg'a surmagan. "Bu teatrning soddaligi biz uchun
kerak. Ko'pchilikka yaqin kelishi biz uchun lozim. Bizning xalq teatri unsurlaridan
ba'zilari bu teatrda bor". Ya'ni ulug' shoir chet tasirlarga nisbatan sezgir, hushyor
turishga da'vat etib, faqat o'zbek xalq teatriga xos "ba'zi unsurlar", "soddalik",
"ko'pchilikka yaqinlik" jihatlarini olish mumkinligi g'oyasini olg'a surgan.
Bu o'zbek teatrining dastlabki davrdanoq o'z milliyligini asrash yo'lida qat'iy
turganligidan guvohlik beradi. Bir jihatdan, bu ajablanarli holat emas. Sababi,
taqdirlarini teatr va dramaturgiya bilan bog'lashga ahd qilgan kishilar eski maktab,
madrasa ko'rgan, mumtoz adabiyot, musiqa, xalq teatri tasirida bu nafosat olamiga
chinakam milliy teatr san'atini barpo etish ezgu istagi bilan kirib kelgan zotlar edi.
O'zbek teatrining asoschilari, xususan, atoqli rejissor va teatr arbobi Mannon Uyg'ur
o'z atrofiga eng iste'dodli dramaturg va san'atkorlarni uyushtirib, ular bilan
ilhombaxsh izlanishlar olib borar ekan, xalqimizning boy ma'naviyatiga
mushtarak keladigan zamonaviy teatr barpo etish yo'lidan borgan edi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
288
ISSN:3030-3621
O'zbek teatrining tug'ilganiga o'n yil bo'lmayoq Abdurauf Fitratning "Chin
sevish", "Abulfayzxon", Cho'lponning "Yorqinoy", Hamza Hakimzodaning komediya
va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni Yevropacha drama estetikasi
talablari darajasida bo'lishi shu izlanishlarning mantiqiy natijalari bo'lgan deyish
mumkin.
Musiqali dramatik murakkab sintetik san'at janrining paydo bo'lishi ham o'zbek
xalqining benihoya boy badiiy me'rosga egaligi va shu me'rosni zamonaviy teatr tiliga
ko'chira oluvchi sohibi talantlar borligi bilan bog'liq bo'lgan albatta. Dastlab kichik
musiqali sahnalar tarzida ko'ringan bu janr G'ulom Zafariyning "Halima", Xurshidning
"Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlarining yaratilishi bilan o'zbek teatrida
alohida san'at yo'nalishi tarzida taraqqiy topadi. Takidlash lozimki, o'tmishda bu
"folklor janr, o'tkinchi, opera san'atiga o'tishda ko'prik vositasi xolos" degan fikr-
mulohazalar musiqali drama yo'liga qanchalik to'siq bo'lmasin, u rivojlanishda davom
etavergan. Ham sof drama, ham musiqali drama asarlarini sahnalashtirishga qaratilgan
"Musiqali drama va komediya teatri" deb atalgan viloyat teatrlari drama borasida
hozirgi Milliy akademik drama teatridan, musiqali drama sohasida 1930-yillarda
Respublika musiqa teatri, keyin Muqimiy nomidagi musiqa teatri tajribalariga suyanib,
har biri san'atimiz xazinasiga ulush bo'lib qo'shilgan badiiy-estetik qadriyatlarni
yaratgan.
O'zbek musiqali teatr san'atining ildizi xalq musiqiy me'rosi, folklori, urf-
odatlari, an'analari va shu bilan birga xalq orasidan chiqqan baxshilar, qiziqchilar,
masxarabozlar, hofizlar kabi o'zbek an'anaviy teatri zahmatkashlarining betinim
xizmatlari evaziga shakllanib bordi. Xalq teatrida bosh ijodkor masxaraboz va qiziqchi
hisoblanadi. Ular ham yaratuvchilik, ham ijrochilik, ham tashkilotchilik vazifalarini
bajargan. Mazkur an'anaviy teatrda so'z va o'yin bilan bir qatorda ashula, raqs,
nayrangbozlik aralash holda bo'lgan. Keyinchalik xalq teatri mustaqil ijodiy sohasi
sifatida ajralib, aktyorlari malakali va iqtidorli kishilardan tashkil topdi. Xalq teatri
aktyorlari yolg'iz yoki jamoa bo'lib, shaharma-shahar va qishloqma-qishloq yurib, to'y,
sayil va bayramlarda, ko'pincha ochiq maydonlarda tomosha ko'rsatishgan. Ularning
repertuarida xalq og'zaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli adabiy
asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari mavjud bo'lgan. Ushbu teatr
tomoshalarida qatnashuvchi aktyorlar bevosita o'zbek xalq lapar, aytishuv, qo'shiq va
turli xil cholg'u kuylaridan samarali foydalanganlar va shu bilan bir qatorda ushbu
musiqa aktyorlarga obrazga kirishda ham muhim rol o'ynagan. Albatta, yevropa
shaklidagi teatr yuzaga kelishida an'anaviy teatr ijodiy namunalari poydevor vazifasini
bajardi. Bundan tashqari, xalq teatrining o'ziga xos badiiy va ijro usullari ayrim
zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin bo'lgan. Shu bois, o'zbek musiqali dramasi
o'zining hayotiyligi va xalqchilligi bilan alohida janr sifatida munosib o'rin egallashida
an'anaviy teatr unsurlari, xalq ijodiyoti namunalarining o'rni beqiyos. O'z o'rnida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
289
ISSN:3030-3621
fikrimizni bir qadar tor doirada davom etib, musiqali dramaning o'lkamiz zaminiga
kirib kelishi va janriy xususiyatlari to'g'risidagi qarashlar yuzasidan davom etamiz.
O'tgan asrning yigirmanchi yillarida matbuot nashrlarida e'lon qilingan san'atga
doir bir qancha maqolalarda "cholg'uli fojia", "cholg'uli kulgu", "opera", "milliy
opera", deya berilgan iboralarga duch kelamiz. Bugungi kun ta'biri bilan aytganda
yuqoridagi atamalardan ayon bo'lmoqdaki, musiqali dramaning yaxlit ko'rinishi bir
necha bosqichlarda shakllangan. "Nihoyat, yigirmanchi yillarning so'ngida "musiqali
drama" atamasi tez-tez ishlatiladigan bo'lib qoldi. Xuddi mana shu davrda Sotti Husayn
ushbu terminni o'zining "O'zbek teatri" risolasida qo'llaydi"1.
XX asrning 20-yillarida milliy, o'ziga xos, o'zbek xalqi og'zaki ijodi hamda
tomoshabinining didiga mos san'at yaratish yo'lida izlanishlar olib borildi. Albatta, bu
davrda bizda na musiqa yozadigan, na notani taniydigan kompozitorlar, na orkestr
mavjud edi. Natijada yana xalq ma'naviy boyligi - xalq musiqasi, xalq ijodiyotiga
murojaat etildi. Ularga ishlov bergan bo'lib, xalq sevib eshitadigan ohanglar, musiqa
navolari spektakllarda qo'llana boshlanadi. Bu haqda gap borganda "Halima", "Layli
va Majnun", "Farhod va Shirin", "Tohir va Zuhra", "Alpomish" singari buyuk asarlarni
eslamay iloji yo'q. Mazkur sahna asarlaridagi mavzuning badiiy va g'oyaviy yetukligi,
jozibasi tomoshabinni birdek hayajonga soladigan qo'shiq va musiqalari xalqimiz
qalbidan chuqur o'rin olgan. Mazkur sahna asarlari dramaturg, rejissyor hamda
bevosita bastakorning ijodiy hamkorligida dunyoga kelgan. Shu sabab, aktyorning
sahnadagi har bir gapirayotgan so'zi, har bir bajarayotgan xatti - harakati va
kuylayotgan ariyalari ohanglarga uyg'unlashgan holda asar ichiga kirib borgan.
Garchi o'zbek teatri tarkibida musiqali drama janr sifatida shakllanishida
ozarbayjon musiqali dramasi muhim rol o'ynagan bo'lsa-da, uning tez fursat, yuqori
darajada rivojlanishida boy va qadimiy o'zbek madaniyatining hissasi katta. "Qaysi
san'at xalq hayoti va orzu umidini to'g'ri aks ettirsa hamda ana shu jarayonda xalqning
madaniy, adabiy-badiiy me'rosiga mustahkam tayansa, o'sha san'at hayotbaxsh, o'sha
san'at umrboqiydir. Musiqali drama shuning uchun ham hayotiy, shuning uchun ham
tomoshabinlarimiz qalbini rom etganki, uning ildizlari, uni yuzaga chiqargan manbalar
xalqchildir" 2.
O'lkamizda xalq ijodi asrlar davomida mehnatkash xalq tomonidan yaratilib,
og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga o'tib kelgan jamoa ijod
mahsuli, deyish mumkin. Sababi, xalq ijodiga mansub asarlar bir kishi tomonidan
yaratilmay, balki butun bir ijodiy jamoa tajribasi asosida vujudga keladi. Dastavval,
ijodkor va ijrochi asar yaratishda o'rgangan tajribaga va an'analarga ijodiy tayangan
holda ijro davomida o'zidan biror detal qo'shib, uni sharoitga moslashtiradi. Mazkur
asarlar shu tariqa shakllanib, takomillashib, xalq mulkiga aylangan. Shu tufayli, xalq
kuychisi deya tan olingan dostonchi, qo'shiqchi, latifago'y, askiyachilar ayni paytda
jamoa tomonidan yaratilgan asarlarni boshdan oxirigacha so'zma-so'z ijro etmay, balki
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
290
ISSN:3030-3621
unga ijodiy yondashgan holda o'zidan nimadir qo'shadi va uni boyitib boradi. Shu
sababli ham u ijro qilayotgan asarlar hamisha "xalqniki" deb tan olingan.
Yuqoridagi fikrlar asosida biz tadqiq etayotgan janr shakllanishida xalq og'zaki
ijodining ahamiyat darajasi nechog'lik muhim bo'lgan, desak xato bo'lmaydi. Janriy
kamolot darajasi, albatta, o'z-o'zidan bo'ladigan jarayon emas. Janr sifatida
rivojlanishida atoqli san'atkorlarimiz Yusufjon qiziq, Muhiddin Qori Yoqubov,
Tamaraxonim, To'xtasin Jalilov singari yetuk ijodkorlar sayi-harakatlariga to'xtalib
o'tishdan oldin, uning dramatik janrdan farqlanuvchi va o'xshash jihatlari to'g'risida bir
qator tavsiflarni bergan holda o'ziga xosligini ochib, fikriy yaxlitlikni ta'min etishga
harakat qilamiz.
Hozirda o'zbek musiqali dramasiga ta'rif berganda, o'ziga xos murakkab san'at
turi ekanligini e'tirof etishimiz lozim. Zero, adabiy matn tayyor bo'lgan taqdirda ham,
hali musiqali drama yaratildi, degan gap emas. Matn kompozitor ixtiyoriga o'tadi.
Natijada asar g'oyasidan kelib chiqqan holda musiqa yoziladi. Alohida san'at
namunalari - matn, musiqa, sahna bezaklari, raqs ko'rinishlari, sahnaviy talqin va ijro
hamohangligida milliy musiqali sahna asari dunyoga keladi. Bunda rejissyor, dirijyor,
konsertmeyster, baletmeyster, rassomlarning xizmati beqiyosdir. Demak, musiqali
drama - bu adabiy matn, musiqa hamda sahnaviy talqin asosida hosil bo'ladigan
san'atdir namunasidir. Bu komponentlar alohida-alohida ijodkorlar tomonidan
yaratilib, bir maqsad, rejissyor-postanovkachi ko'zlagan g'oyaga xizmat qilsagina
maqsadga erishiladi. Binobarin, musiqali drama uch komponentdan iborat bo'lib, ular
matn, musiqa va sahnaviy talqin bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. "Bizningcha,
musiqali drama sahnaviy talqin tufayli, badiiy so'z bilan muzikaning teng huquqli
birligidan hosil bo'ladigan, drama, tragediya va komediya yo'nalishidagi ichki janriy
turlarni kashf etgan, qardosh xalqlar musiqa teatrlari va milliy adabiy - badiiy me'ros
negizida rivojlanib kelayotgan, o'z tarixiy yo'li, uslubi, vazifalariga ega bo'lgan
sahnaviy, musiqali - dramatik janrdir" 3 Amaliyotdan ma'lumki, musiqali drama
janrining eng yaxshi namunalari to'laqonli pyesa va uning musiqiy talqini,
sahnalashtirish mahorati (rejissyorlik, dirijyorlik, sahna bezagi, baletmeysterlik,
xormeysterlik), spektakl yaratuvchilarining qobiliyati va professional bilimi,
g'oyalarining o'ziga xos uslubda yoritilishi kabi bog'liqlikda namoyon bo'ladi.
Bo'g'inlarning birontasi ishlamay qolgan taqdirda o'zbek musiqali drama spektakli
barbod bo'ladi. Mazkur janrning o'ziga xosligi ham mana shunda. Zotan, aktyor
mahoratidan kelib chiqqan holda musiqali drama spektakliga baho beriladi. Musiqali
teatr aktyorining mahorati qay darajada organik ravishda dialog yoki monologdan
vokal qismga o'tishi yoki aksincha, musiqiy chiqishdan so'zlashuvga o'tishida namoyon
bo'ladi. Aktyorning sahnadagi holati, qahramoni talqinida o'zni ko'z-ko'z qilish, sun'iy
ehtiroslar emas, tabiiy hissiyotlar chulg'ab olishi kerak.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
291
ISSN:3030-3621
Albatta, yangi o'zbek teatri taraqqiyotida, xususan musiqali dramaning janr
sifatida shakllanishida o'zbek badiiy madaniyatining o'rni bo'lak. Musiqali drama
elementlari qadim davrda marosim o'yinlarida, hosil bayramlarida o'ynaladigan raqs,
qo'shiq, kuy ohanglarida uchragan. Xalq og'zaki ijodining o'ziga xos namunalaridan
yuzaga kelgan, musiqali dramaning asosi bo'lib xizmat qilgan laparlar, aytishuvlar,
katta ashulalarning san'atkorlar tomonidan sahnada yangitdan qo'llanilishi janr
shakllanishidagi ilk muvaffaqiyatli qadamlardan bo'lgan. Xususan, xalqdan chiqqan
neki bor xalqqa yaqin bo'ladi. Marosim, yig'inlar va fasllarga atab aytilgan qo'shiqlar
musiqali dramaning musiqiy bazasi bo'lgan.
Xalqning dunyoqarashi, turmush darajasi, ayniqsa, uning poetik ijodi ayni
vaqtda xalq dostonchilik yo'nalishi tarkibida musiqali drama elementlari yaqqol ko'zga
tashlangan va vaqt o'tishi bilan yangi sifatlar bilan boyigan. Epik janrning mazkur
ko'rinishida asosiy e'tibor va kuch doston ijrochisiga, ya'ni baxshiga tushadi. Ular bir
paytning o'zida ham ijrochi, ham ijodkor, ham sozanda bo'libgina qolmasdan, ijro
etilayotgan asardagi har bir personaj xarakterini so'zda va ohangda ochib bera olgan
mahoratli aktyorlardir.
"Baxshichilik bu ilohiy qudratdir. Baxshichilik san'atida teatrning barcha
elementlari mavjud bo'lib, xususan, aktyorlik, ijrochilik, rejissyorlik, adabiyot, senariy,
shoirlik kabi xususiyatlar mujassamlashgan san'at janrlaridan biridir. Bundan tashqari,
dostonda o'zbek xalqining olis tarixga ega bo'lgan urf-odatlari va an'analari o'z o'rnini
topgan. Baxshi bir vaqtda sozni va so'zni obraz orqali tomoshabinga yetkaza olishi
shart",- deb ta'kidlaydi Norbek baxshi.
Ko'p yillardan buyon avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xalq dostonlaridagi
personajlarning qaxramonlik, bahodirlik, o'z xalqiga va muhabbatiga fidoyilik, do'stlik
va birodarlik kabi g'oyalari o'z ahamiyati bilan xozirgi kunda ham qadrli ekanligiga
amin bo'lamiz. O'sib kelayotgan yosh avlodni vatanga sadoqat, ota-onaga va oilaga
hurmat ruhida tarbiyalashda aynan dostonlarning o'rni beqiyosdir.
Shu o'rinda o'z-o'zidan kuy, qo'shiq, qahramon holati, ijro bo'lsa unda bu doston
emas, musiqali drama bo'lishi mumkinmi, degan fikr yuzaga keladi. Qaysidir ma'noda
janr elementlari mavjud bo'lgani bilan birga, baxshi tom ma'noda sahnaviy xatti -
harakatni ishlata ololmagan, sababi qo'lida do'mbira, imkoniyatlari chegaralangan
bo'lgan.
Shunday qilib, musiqali dramaning dastlabki elementlari xalq dostonchiligida
namoyon bo'lgan bo'lsa, masxaraboz, qiziqchi, qo'g'irchoqbozlar teatr tomoshalarida
matn, kuy va raqs uyg'unligi namoyon bo'lgan. Bu esa xalq san'atidagi mavjud
manbalarga mahkam tayangan, uning asriy madaniyati, estetik didini o'zida namoyon
etgan yangi janrning ilk ko'rinishlari bo'lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Qodirov M. O'zbek xalq og'zaki dramasi. T., Fan, 1963, 124-131 bb.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
292
ISSN:3030-3621
2.
Qashqadaryo va Surxonjaryo ekspeditsiyasi materiallari. O'zFASI fondi, inv.T- 307
3.
Qodirov M.X. O'zbek xalq tomosha san'ati. T.:O'qituvchi. 1981. 59-b
4.
Sayfullaev B, J.Mamatqosimov. Aktyorlik mahorati. T.: Fan va texnologiya, 2012.
13-14 b.
5.
Yuldashev.T.I., Ikromov H.I., Muxtarov I.A, M.S.Muxtorova. Teatr va yosh avlod.
T., 2012 y. 31-bet.
6.
Tog'aev Ochil. "Kurash va qahramon" (maqolalar). T., G'.G'ulom. 1970 y. 80-bet