Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
266
ISSN:3030-3621
TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH – ZAMON TALABI
A.T.Baltayeva
N.S.Axrarova
S.A.Abduraxmanova
Toshkent davlat transport
universiteti o‘qituvchilari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tanqidiy tafakkur xuddi mustaqil fikrlash singari
murakkab aqliy faoliyat bo‘lib, har bir o‘quvchining o‘zigagina xos bo‘lgan g‘oyalari,
mantiqiy asosga ega bo‘lgan dalillarni shakllantirishi jarayoni ekanligi, tanqidiy
fikrlash salohiyatiga ega bo‘lgan o‘quvchi qarorlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini
farqlay olishi, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarib, o‘quv faoliyatiga tuzatishlar kiritishi
kabi fikrlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: Eydos-konspekt, kitobxon, retseptiv estetika, kitobxonlik
kompetensiyasini, o‘quv jarayonini, “kitobxon obrazi”.
Bugungi kun adabiy ta’lim jarayoni o‘quvchini shunchaki mutolaa kishisidan
o‘zining tafakkur doirasi mahsulini ifodalay oladigan, mustaqil va tanqidiy fikrlashdan
cho‘chimaydigan kitobxon darajasiga ko‘tarishni taqozo qilmoqda. Adabiyot
darslarida badiiy asar tahlilini zamonaviy yondashuvlar, xususan, retseptiv yondashuv
vositasida interaktiv metod va usullar bilan tashkil etish o‘quvchilarning tanqidiy
tafakkurini, ijodiy fikrlarini va hissiy barkamolligini kamol toptiradi.
Bugun ta’lim tizimi rivojlangan AQSH, Germaniya, Daniya singari
mamlakatlarda o‘quvchi tanqidiy tafakkurini o‘stirish Eydos konspekt vositasida
ochiqlanishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Eydos grekchadan ko‘rinadigan, ko‘rinadigan bo‘lib qolish ma’nosini
ifodalovchi so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, dastlab antik falsafaga oid atama sifatida
qo‘llangan. Konspekt lotinchadan “conspectus” ko‘rinish, ko‘rib chiqish, tezis kabi
ma’nolarni ifodalab, o‘quvchining biror asar mavzusi va syujeti asosidagi qisqacha
mulohazalaridir. Aytish mumkinki, adabiy ta’limda “Eydos konspekt” kitobxon-
o‘quvchining badiiy asar voqealaridan ta’sirlanishi natijasida yuzaga kelgan
hissiyotlarining aksi, kitobxon qarashlarining, sezimlarining tasvirli ko‘rinishi,
asarning kitobxon kashf etgan topilmasi, obrazli mulohazalarining uyg‘un holatdagi
namunasi, ijodiy-badiiy talqinidir.
Eydos-konspekt o‘qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning
qiziqarli texnikasini ishlab chiqishda xoh u she’riy yoki nasriy asar bo‘lsin, uni to‘liq
anglash uchun yordam beradi. U nafaqat badiiy asarni samarali tahlil qilish uchun,
balki bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kitobxonlik sifatlarini oshirish,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
267
ISSN:3030-3621
adabiyot darslarida obrazli tafakkur va motivatsiyani oshirish uchun ham qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan usuldir. Shuningdek, u mohiyatan ta’limdagi xalqaro standartlarning
barcha talablariga javob bera olishi, agar to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchining tayanch
kompetensiyalarini rivojlantirishi bilan dolzarbdir. Eydos-konspekt usulidan
foydalanish o‘quvchining ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa o‘z
navbatida:
-
o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish;
-
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish;
-
bilimlarni nazorat qilishni takomillashtirish;
-
o‘quvchilarning bilim sifatini oshirib, o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish
uyg‘otish;
-
o‘quvchi tanqidiy tafakkurini rivojlantirish;
-
adabiyot darslarida kitobxonning estetik didini tarbiyalash;
-
kitobxonlik kompetensiyasini o‘stirish;
-
darsda kutilgan va kutilmagan vaziyatlarni yuzaga keltirish.
Eydos konspekt yozuvchi, badiiy matn, o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni
shakllantirish usullaridan biri sifatida asar voqealaridan ta’sirlangan kitobxon
javobining aks etishi e’tiborlidir.
O‘qilgan asarning g‘oyasi, adabiy qahramoni, badiiy dunyosining assotsiativ
namunasi sifatida kitobxon javobini belgilab beradi. Kitobxon o‘z tafakkur sarhadi,
dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, avvaldan mavjud bilimlari va o‘qiyotgan paytdagi
ruhiy-emotsional holatidan kelib chiqib, badiiy asarning shaxsiy talqinlarini yaratadi.
Bu talqinlar faqat so‘z yordamida emas, tasvir, diagramma, ranglar yoki asarda
o‘quvchi muhim deb hisoblagan kalit so‘zlar, jumlalar vositasida ifodalanishi mumkin.
Bu usul kitobxon, muallif va asarning o‘zaro muloqotga kirish imkoniyatini yaratadi.
Darsni bu usul yordamida tashkil etish kitobxon-o‘quvchilar orasida xilma-xil
talqinlarni yaratib, ayrim hollarda munozarali tus olishi ham mumkin.
Kitobxon biror bir badiiy asarni mutolaa qilar ekan, uning ko‘z o‘ngida
muallifning ijod jarayoni, ruhiy holati, uning fikrlari va ifoda usullari e’tibor markazida
bo‘lgan. XX asrning 60-yillarida esa olimlar kitobxon nuqtayi nazarini o‘zining
shaxsiy qarashlari asosida o‘zgartirib, ulardan tegishli xulosalarni chiqarganlar. Hatto
Germenevtika – matnlarni talqin qilish fani ham asarning ma’nosini chuqurroq anglash
uchun kitobxon idrokini o‘rgangan. Aynan germenevtlar adabiyotshunoslarning bu
boradagi fikrlarni o‘zgartirishga undadi.
Retseptiv estetika nazariy yondashuv sifatida o‘tgan asrning 60-70-yillarida
maydonga kirib kelgan bo‘lsa ham uning dastlabki belgilari qadimgi zamonlardan beri
mavjud bo‘lib kelgan. Retseptiv estetika so‘zi nemischadan “Rezeptions-Asthetik”,
lotinchadan “retseptio” so‘zidan olingan bo‘lib, badiiy asarning kitobxon tomonidan
qabul qilinishini ifodalaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
268
ISSN:3030-3621
Badiiy asar uyg‘otgan taassurotlar va holatlar orqali inson ruhiyatining
tozarishi Aristotel qarashlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Aflotun esa retsipiyent
ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi badiiy asarlarning “magnit kuchi” haqida fikr yuritgan.
Retseptiv estetika badiiy asarni muallif nuqtayi nazariga asoslangan izohlash va
talqinlardan iborat degan qarashlarni rad etib, kitobxon qarashlarining polisemiyasini
tasdiqlaydi. Bunda asar muallifi va retsipiyent orasida tenglik belgisi qo‘yilib, ular
o‘rtasidagi chegaralar barham topadi. A.I.Beletskiy “muallif obrazi” va “kitobxon
obrazi” muammolarini to‘liq o‘rganish zaruriyatini aynan “o‘quvchi obrazi” muallif
darajasida bo‘lmasa ham badiiy asar g‘oyasini shakllantirish funksiyasiga ega ekanligi
bilan izohlagan. Olim “muallif – obraz – o‘quvchi” estetik triadasida asosiy e’tiborini
o‘quvchiga qaratdi
1
. Retseptiv estetika shuni ko‘rsatadiki, kitobxonning badiiy matn
haqidagi xulosalari, uning shaxsiy qarashlari asar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Mutolaa jarayoni asarni yana ham jonlantirib, kitobxonning qalb ko‘zgusida qayta
yaraladi. Ayni paytda retseptiv estetika kitobxon potensialini kashf qilish uchun muhim
omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bugun tayyor axborot bilan ta’minlangan jamiyatda
o‘quvchilarni o‘qitishga va shaxsiy fikriga ega bo‘lishga muntazam undash, o‘zlari
uchun va o‘z tajribalari ichida javoblarni qidirishga o‘rgatish kerak. Buning uchun
adabiyot darslarida badiiy asar mutolaasini faol va jonli jarayonga aylantirish lozim.
O‘quvchini kitob o‘qishga, mutolaa qilishga o‘rgatishni samarali tashkil qilish ko‘p
jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq.
Yuqoridagilardan tashqari quyidagi “Ma’ruza”, “Adabiy suhbatlar”,
“Ekskursiya”, “Ijodiy o‘qish”, “Evristik”, “Tadqiqotchilik”, “Reproduktiv”, “Savol-
javob” singari umumiy va “Badiiy sharhlash va izohlash”, “Tanqidiy-publitsistik”,
“Adabiy izlanish” kabi bevosita adabiy ta’limga xos bo‘lgan metodlardan foydalanish
ham tanqidiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, tanqidiy tafakkur texnologiyasiga xos xususiyatlar
o‘zbek va dunyo olimlari, psixologlar, metodistlar tomonidan turli xil rakurslarda
o‘rganilgan, rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilingan va bu borada ko‘plab samarali
usullar ishlab chiqilgan. Bu usullar o‘quvchilar orasida kitobxonlik va kitobsevarlikni
rivojlantirib, o‘qiganlarini uqish va hayotda nostandart vaziyatga duch kelganda to‘g‘ri
yechim topish, sodda qilib aytganda, badiiy adabiyotdan o‘rganganlarini hayotiy
ehtiyojlari uchun qo‘llash ko‘nikmasini hosil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Baltaeva A.T. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini
tanqidiy baholashga o‘rgatish texnologiyasi. Ped. fan. dok. ... diss. – Toshkent,
2020. – 166 b.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
269
ISSN:3030-3621
2.
Балтаева Анаджан Таджибаевна, Пирназарова Садокат Хамдам кизи.
Tехнологии обучения учащихся критической оценке героев художественного
произведения на основе когнитивного подхода. O‘zbekiston davlat jismoniy
tarbiya va sport universiteti Kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak sportchilarning til
o‘rganish mahoratini rivojlantirish strategiyalari: muammolar, yechimlar Uzbek
State University of Physical Education and Sport Strategies for the Development of
Language Learning Skills of Future Athletes Based on the Cognitive Approach:
Problems, Solutions. March 25, 2025. 199-204.
3.
A. T. Baltayeva. THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND
ROBOTICS IN PRIMARY EDUCATION: INNOVATIVE PEDAGOGICAL
APPROACHES IN FINLAND AND UZBEKISTAN.
Sciental Journal of
Education Humanities and Social Sciences, Vol. 3. 5, (2025)
ISSN Online: 2961-
0389
Website:
https://scientaljournals.com/index.php/SJEHSS/index
.36-42.
4.
A.T.Baltayeva.
FINLANDIYA
VA
O'ZBEKISTONDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK YONDOSHUVLAR. Vol. 44 No. 3 (2025): LUCHSHIE
INTELLEKTUALNЫE ISSLEDOVANIYA | CHAST-44 | TOM-3.398-404.
5.
Baltayeva, I. T., Baltayeva, A. T., Axmedova, M. A., Axmedova, M. M., &
Kazaqov, R. T. (2024). USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT
FOOTBALL TRAINING.
Modern Science and Research
,
3
(2), 709-718
6.
Boltayeva, I. T., Boltayeva, A. T., Axmedova, M. A., Axmedova, M. M., &
Kazoqov, R. T. (2024). PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE
PERIOD
OF
INITIATION,
PREPARATION,
ACQUISITION
AND
COMPLETION OF THE PROFESSION.
Modern Science and Research
,
3
(2),
561-569.
7.
A.T.Baltayeva.
Boʻlajak
adabiyot
oʻqituvchilarini
oʻquvchilarni
tanqidiy baholashga oʻrgatishga tayyorlash metodikasi. Oʻquv qʻollanma.
Toshkent, “LESSON PRESS” nashriyoti, 2023, 105- bet.
8.
Baltayeva I., Baltayeva A., Tursunova N. Unique reproduction is away from
revealing literary success. Vidyabharati international interdisciplinary
research journal TURKEY. (http://www.viirj.org/specialissues/ indexing :
ESCI (Web of Science) 2021/SP2108/SP2108.html
9.
Baltayeva I. Drip the role and importance of tradition in literary succession
(On the example of the work of Abdulla Qahhor). South Asian Academic
Research
Journals
(SAARJ).
ACADEMICIA.
An
International
Multidisciplinary Research Journal. Impast Factor-SJIF-2021.10.
10.
Baltaeva A.,T. Amanlikova N.R. Computer interaction with students in language
teaching //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC, 2022. – T. 2432. –
№. 1. – S. 060025.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
270
ISSN:3030-3621
11.
Baltayeva A. T. Designing lessons aimed at teaching students to critically evaluate
the personality of the heroes of the work of fiction //ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – T. 11. – №. 3. – S. 947-
952.
12.
Baltayeva A. T. Shaping the critical thinking of pupils at literature lessons
//European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – 2019. –
T. 7. – №. 10. – S. 6-8.
13.
Baltayeva
A.,
Xalikberdiyeva
N.
FORMATION
OF
CULTURAL
COMMUNICATION IN RUSSIAN-SPEAKING GROUPS //Talqin va tadqiqotlar.
– 2023. – T. 1. – №. 20.
14.
Boltayeva O., Pirnazarova S. THE EXPRESSION OF TRUE HUMAN FEELINGS
IN ALISHER NAVOI’S EPIC" FARHAD AND SHIRIN" //Talqin va tadqiqotlar.
– 2023. – T. 1. – №. 24.
15.
Boltayeva O. ALISHER HAVOIY ASARLARI ORQALI O‘QUVCHILARDA
TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH //"Science Shine" International
scientific journal. – 2023. – T. 6. – №. 1.
16.
Baltayeva A. T. SHE’R KISHI RUHINING SEROHANG SOZI //SCIENTIFIC
ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023.
– T. 2. – №. 15. – S. 81-84
17.
Boltayeva I. T. et al. PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE PERIOD
OF INITIATION, PREPARATION, ACQUISITION AND COMPLETION OF
THE PROFESSION //Modern Science and Research. – 2024. – T. 3. – №. 2. – S.
561-569.
18.
AnadjanTadjibayevna B. Importance of Distance Education Today //Miasto
Przyszłości. – 2024. – T. 46. – S. 191-194.
19.
Baltayeva A. T. Teaching students to critically evaluate the characters of a work of
art in literature classes.
“
Language and literature education”. 2021. Number 5.
294-
300 p.
20.
Baltayeva A. T.
Students to the Heroes of the Artistic Work Non-Traditional that
Teaches Critical Evaluation Lessons. International Journal on Orange Technologies
(IJOT) VOL. 3 NO. 4 (2021): IJOT 432-434.www.iupr.ru
21.
Baltayeva O. T.
Development of reading activity by teaching students to critically
evaluate the characters of the literary work. Journal of Pedagogy 2021. Issue 6. 54-
57 b.