Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
238
ISSN:3030-3621
XX ASR O‘ZBEK AYOLLARINING IJTIMOIY FAOLLIGINING ORTISHI
FarDU Tarix mutaxassisligi 1-bosqich
magistranti
G.Teshaboyeva
gulruxsorteshaboyeva@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekistondagi xotin-qizlarning XX asr o‘rtalaridagi ijtimoiy
hayotda ishtirokining ortib borishiga sabab bo‘lgan voqeliklardan ayrimlari bayon
etilgan.
Kalit so‘zlar:
savodsizlik, “zamonaviylashtirish”, konsepsiyalar, “hujum”
harakati, xotin-qizlar bo‘limlari, sinfiy tafakkur.
Sovet tuzumining xotin-qizlarga nisbatan yurgizgan siyosati o‘z mohiyatiga
ko‘ra, ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, mintaqadagi xalqlarni butunlay qaram
qilib olish maqsadida ularning an’analariga, milliy, diniy, tarixiy va madaniy
qadryatlariga qarshi kurashish uchun ayollarni “tutqunlikdan ozod qilish”,
“zamonaviylashtirish” shiori ostida madaniy merosni inkor qilish siyosati olib
borilgan. Ikkinchidan esa, mintaqadagi ishchi kuchi yetishmasligi tufayli xotin-qizlar
mehnatidan xalq ho‘jaligi rivojini ta’minlovchi mehnat resursi, ayniqsa arzon ishchi
kuchi sifatida foydalanish va shu orqali O‘zbekiston ning tabiiy boyliklaridan unumli
foydalanishga harakat qilindi. Sovetlar o‘zlarining bu maqsadlarini “Tenglik g‘oyasi”
niqobi ostida targ‘ib qilib, butun dunyoga tenghuquqlilikni ta’minlashda kommunistik
tajribaning “yagona” ekanligini namoyish qilishga urinishdi
1
.
Umuman olganda bu davrga kelib, ayollarning qarashlarida ham o‘zgarishlar
kuzatilayotgandi. Chunki, bir tomondan ijtimoiy hayotda xotin-qizlarga nisbatan
yurgizilayotgan barcha adolatsizliklar, xo‘rliklar, ikkinchi tomondan esa marifatparvar
jadidlarning xotin-qizlar ham erkaklar kabi bilim olishga haqli degan fikrlari
ayollarning ruhan uyg‘onishlariga sabab bo‘ldi. Bu holat esa sovetlar siyosatining o‘lka
xotin-qizlari hayotida tub burilish yasashiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida an’anaviy
jamiyat tufayli shundoq ham ijtimoiy hayotdan ancha ortda qolgan o‘zbek xotin-qizlari
sovetlarning asl niyat va maqsadlarini anglamagan holatda ulardan madad va najot
kutdilar. Umuman olganda sovet hokimiyati xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi
ishtirokini oshirish va ularni ishlab chiqarishga jalb etishga katta ahamiyat bergan.
Buning bir qancha sabablarini yuqorida ta’kidlangan bo‘lsada, menimcha eng muhim
masala xotin-qizlar onggiga sovet hokimiyatiga tegishli g‘oyalarni joylash va butun
1
Жўраева Н.Д. Ўзбекистонда хотин-қизларга муносабат (XX асрнинг 20-80-йиллари мисолида). Ўқув
қўлланма. — Т.: 2013. — 10 б.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
239
ISSN:3030-3621
jamiyatni sovetlarga xayrihoh jamiyatga aylantirishdan iborat edi. Chunki sovet
hukumati o‘zbeklarda farzand tarbiyasi onaga ko‘proq bog‘liq ekanliklarini hamda
yoshlarni o‘zgartirish ularning onalarini o‘zgartirishdan boshlanishini juda yaxshi
anglagan.
Sovet hukumatining yaxshigina e’tiborini tortgan “xotin-qizlarni ozod qilish”
masalasi avvalambor, xotin-qizlar o‘rtasida savodsizlikni tugatish hamda ijtimoiy
hayotga jalb etish orqali amalga oshirilishi belgilandi. Tarixni o‘rganishdagi
xolislikdan chetga chiqmagan holatda shuni aytish mumkinki, sovet hokimiyatining
xotin-qizlar masalasida olib borgan siyosati o‘lka hududida yashovchi ayollar hayotida
ijobiy o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ldi. Chunki bu harakatlar natijasida ayollarning
ijtimoiy hayotga aralashuvi sezilarli darajada o‘zgardi. Turli kurslarni bitirgan ayollar
akusherkalar, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, xotin-qizlar maktablari
o‘qituvchilari kabi sohalarda o‘z ish faoliyatini boshladilar. Yana bir muhim o‘zgarish,
sovet hokimiyati 1921-yildan boshlab nikohga kirish yoshini 9 yosh o‘rniga 16, o‘g‘il
bolalar uchun 16 yosh o‘rniga 18 yosh deb belgilanishi bo‘ldi. Bu esa sovetlarning
ayollar turmush tarzini o‘zgartirishdagi keskin choralaridan biri hisoblanadi. Bu qaror
natijasida esa sovet hukumati ko‘pchilik ayollarning ularni qo‘llab quvvatlashiga
erishdi. Ayni paytda, joylarda xotin-qizlar bo‘limlarini tashkil etish ishlariga ham
alohida e’tibor berila boshlandi.
Sovetlar tomonidan tashkillangan konferentsiya va syezdlar xotin-qizlarning
o‘zaro fikr, tajriba almashinuvida muhim ro‘l o‘ynagan. Shu bilan birga, bu yig‘ilishlar
va xotin-qizlar bo‘limlarining asosiy vazifalaridan yana biri ayollar o‘rtasida “sinfiy
tafakkurni shakllantirish” edi. Bu holat aholi orasida turlicha qarshilanishiga
qaramasdan, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ayollarni ishlab chiqarishga,
maktablarga va turli ta’lim muassasalariga kengroq jalb etishga chaqirdi. Vaqtlar
o‘tishi bilan bu harakatlar o‘z natijasini ko‘rsata boshladi. Xususan, ijtimoiy va siyosiy
hayotda ayollarning salmog‘i oshib bordi. Agar 1925-yilda O‘zbekiston da sovet
apparatining quyi organlarida 200 nafar ayol ishlagan bo‘lsa, 1926-yilda faqat
Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq kengashlarida 665 nafar ayol saylangan.
“Qo‘shchi” ittifoqlariga a’zo bo‘lgan ayollar soni ham ko‘payib borgan
2
.
Ammo xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, voyaga yetmagan qizlarni
turmushga uzatishni taqiqlash, jamiyatda ayollarning ham erkaklar kabi huquqlarga
ega ekanliklari kabi ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar sovet hokimiyatidan ham
avvalroq ma’rifatparvarlarning ham dasturlaridan o‘rin egallagandi. Jadidlar ham
jamiyat rivojiga to‘siq bo‘layotgan ayollar orasidagi savodsizlik va kamsitilishlarga
qarshi edilar. Jamiyatdagi ayollarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklar, xo‘rlanishlar,
adolatsizlik hamda jabr-zulmlarga bosh sabab o‘rta asrlardan saqlanib qolgan eskicha
2
Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. — Тошкент: Шарқ.
2000
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
240
ISSN:3030-3621
tuzum va ma’rifatsiz jamiyat ekanligini teran anglagan jadidlar xotin-qizlarni
ma’rifatli qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dod va
qobiliyatlarini ishga solish, diniy va dunyoviy ilmlarni egallashda ayollarning ham
erkaklar bilan teng huquqliligini ta’minlashga chaqirgan. Chunki jadidlar
faoliyatlarining dastlabki davrlaridayoq xotin-qizlarni jamiyatning to‘laqonli a’zosi
sifatida qabul qilmasdan, oila masalalarini to‘g‘ri hal qilmasdan, yosh avlodni to‘g‘ri
yo‘lda tarbiyalamasdan turib jamiyatni isloh qilib bo‘lmaydi deb hisoblashgan
3
.
Jadidlarda hikimiyat yetishmasligi sababidan ular bu islohotlarni ommaviy tarzda
amalga oshirolmadilar.
Sovetlar mahalliy millat xotin-qizlarini ijtimoiy hayotga jalb etishda kasaba
uyushmalarining delegat yig‘ilishlaridan keng foydalandi. O‘zbekistonda delegat
yig‘ilishlari 1920-1921 yillarda sanoat korxonalarida tashkil qilingan
4
.
Ammo keyinchalik ushbu yig‘ilishlar o‘rnini turli iqtisodiy tadbirlar egalladi. Chunki
sovet hokimiyati endilikda ayollarni iqtisodiy maqsadlarda ishlatishni reja qilgandi.
Ular bu maqsadlariga qisqa fursatda erishdilar. Bunga sabab esa o‘zbek ayollarining
jismida azaldan mavjud bo‘lgan mehnatsevarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularidir.
Umuman olganda sovetlar doim ayollar masalasiga katta e’tibor qaratganlar.
Hatto 20-yillarning oxiriga kelib ijtimoiy faolligi ortgan xotin-qizlarni “sinfiy
tarbiyalash” masalasi o‘rtaga tashlandi. Shu maqsad yo‘lida turli kurslar tashkil
qilindi. Xotin-qizlarni partiya safiga jalb qilish siyosat darajasiga ko‘tarildi. Natijada
partiyada ayollar salmog‘i sezilarli darajada oshdi. Bu holat 30-yillargacha davom etdi.
30-yillarga kelib “xotin-qizlar masalasining hal bo‘lganligi” haqidagi xulosa
natijasida, xotin-qizlar bo‘limlari faoliyati ham tugatildi. 1930-yili “Kommuniska”,
1943-yili esa “ Yangi yo‘l ” jurnallarining nashr etilishi to‘xtatildi.
Biroq, xotin-qizlar masalalari faqat sovetlargina emas mahalliy millat vakillari
tomonidan ham ilgari surilgan. Bu jadidlarning g‘oyalarida ham yaqqol ko‘rinadi. Ular
ham xotin-qizlarni ozod qilish uchun kurashganlar. Lekin jadidlarda yetarlicha kuch
va tayanch yo‘q edi. Bunday kuchga ega bo‘lgan sovetlar esa ushbu holatni ma’muriy
buyruqbozlik evaziga hal qilishga urindilar. Dastlabki davrlarda sovetlar ham juda
ehtiyotkorlik bilan ayollar orasiga kirib bordi. Milliy xarakterni hisobga olgan holatda,
har bir xonadonga kirib tushuntirish ishlarini olib bordi. Ammo keyinchalik vaziyat
o‘zgardi. Sovet hukumati iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib, xotin-qizlarni
“ozodlikka chiqarish” bahonasida 1927-yilda respublikada ijtimoiy-siyosiy tadbir
“Hujum” harakatini boshladi. Mustaqillik yillarigacha bu harakatga faqatgina ijobiy
fikr bildirib kelingan. Tarixiy xolislik tamoyiliga ko‘ra fikr bildiradigan bo‘lsak, bu
tadbir tufayli o‘zbek ayollari ruhan uyg‘ondilar, o‘z faolliklarini, erkinliklarini tiklab
3
Раҳимова Г. Жадидлар ва аёллар масаласи / / Адабий мерос.1992. №1. Б. 63—66.
4
Жўраева Н.Д. Ўзбекистонда хотин-қизларга муносабат (XX асрнинг 20-80-йиллари мисолида). Ўқув қўлланма.
— Т.: 2013. — 23 б.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
241
ISSN:3030-3621
oldilar bu imkon tufayli tibbiyotda, maorifda, deyarli barcha sohalarda o‘z
faolliklarini va salohiyatlarini namoyish etdilar. Lekin bu bilan ularni oqlab bo‘lmaydi.
Chunki bu harakat natijasida nafaqat ayollar balki o‘zbek xalqi ham tom ma’noda zarar
ko‘rdi. Bu faqat ayollar taqdiriga emas, balki o‘zbek xalqining urf-odatlariga, tarixiga,
diniga, tili va ma’naviyatiga qarshi qaratilgan bir hujumdir.
Sovetlar xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarga jalb qilishni
jadallashtirish maqsadida 1926-yil iyunda VKP (b) MQ O‘rta Osiyo byurosi xotin-
qizlarga nisbatan munosabatlardagi “eskilik sarqitlari”ni batamom tugatish haqida
qaror qabul qildi
5
. Buning natijasida mamlakatning barcha hududlarida ushbu
qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan harakatlar sun’iy ravishda
tezlashtirildi, oqibatda bu harakat “Hujum” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Ushbu
harakatga yuqorida ta’kidlaganimizdek turli davrlarda turli qarashlar bildirildi.
“Hujum” kompaniyasi 2 bosqichda olib borildi: birinchisi – 1926-yil sentabrdan
1927-yil fevralgacha “tayyorgarlik” davri; ikkinchisi 1927-yil mart oyidan 1932-
yilgacha “zarbdorlik davri”
6
. “Hujum” harakati musulmon xotin-qizlarining hayotida
tub burilish yasadi, ijtimoiy faollik keskin oshib ketdi. Biroq, “Hujum”
muvaffaqiyatlaridan esankirab qolgan partiya hodimlari mahalliy xalq qoniga singib
ketgan islom omilini butunlay unutdilar. Unga bepisand qarab, yerga urish, oshkora
tan olmaslik yo‘lidan ketdilar. Bu holat esa, shundoq ham sovetlarga qarshi bo‘lgan
dindorlarning keskin harakatiga sabab bo‘ldi. Oqibatda, “eski tuzum”ga qarshi bo‘lgan
xotin-qizlar harakati tarafdorlari bilan an’anaviy turmush tarafdorlari bo‘lgan
dindorlar orasida kurash boshlanib ketdi. Lekin bu yerda reaksion ruhoniylar bilan
taraqqiyparvar ruhoniylarni aralashtirmasligimiz darkor. Chunki bu davrga kelib,
ruhoniylar orasida ham bo‘linish yuzaga kelgan bo‘lib, reaksion ruhoniylar xotin-
qizlarni “ochish” siyosatiga ayollarni o‘ldirish va jazolash orqali javob bergan bo‘lsa,
taraqqiyparvar ruhoniylar esa xotin-qizlar masalasida sovetlarning siyosatiga biroz
bo‘lsada hayrixoh bo‘lgan hamda bu masalaning oxirida qon to‘kilishlar bo‘lishini
sezgan holatda bularning oldini olishga harakat qilganlar. Ularning maqsadi keskin
vaziyatlarni yuzaga keltirmagan holatda xotin-qizlar masalalarida ba’zi islohotlarni
amalga oshirilishiga erishish edi.
20-yillar oxirida “Hujum” shu qadar safarbarlik tusini oldiki, xotin-qizlar yuzini
ochish bo‘yicha jumhuriyatlar orasida sotsialistik musobaqa ham o‘tkazilgan,
paranjiga qarshi komissiyalar tuzilgan. Shuningdek, ayollar yuzidan paranjini yulib
olib, yoqib yuborganlarga mukofotlar va’da qilinishi ishsiz yurgan bekorchi sayoqlarga
5
Жўраева Н.Д. Ўзбекистон ижтимоий-иқгисодий ва маданий ҳаётда хотин-қизларининг ўрни (XX асрнинг 20—
30-йиллари мисолида). Тарих фанлари номзоди илмий даражсини олиш учун ёзилган диссертация. — Т.: 2004.
— 45 б.
6
Алимова
Д
.А. Женский вопрос в Средней Азии: История изучения и современные проблемы. АН РУ. Институт
Истории. – Т.; Фан. 1991. – 132 с.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
242
ISSN:3030-3621
qo‘l kelgan. Ular ko‘chada ayollar yuzidan paranjini yulib ola boshlaganlar
7
. Biroq,
sovetlarning bu harakatlari tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keldi. Qanchadan qancha
ayollar hayotdan erta ko‘z yumdi. Chunki hali musulmon aholi ayollarning bunday
turmush tarzi kechirishiga, ijtimoiy hayotda erkaklar bilan teng bo‘lishiga tayyor
emasdilar. Ko‘pincha “ozod etilgan” ayollar tunda o‘ldirib ketilardi. Rasmiy
hujjatlarda 1927-28 yillarda birgina O‘zbekiston da 2,5 mingdan ortiq faol xotin-qizlar
hayotlaridan judo bo‘lgani raqamlangan
8
. Agarda o‘z vaqtida sovet hokimiyati
harakatlarining so‘nggi nima bilan tugashini oldindan baholay olganida, bunchalik
ayollarning umriga zomin bo‘lmasdilar. Sovetlarga faqat natija muhim bo‘ldi.
Harakatlar natijasida ayollarning ijtimoiy faolligi oshdi lekin ayollar uchun bu
qimmatga tushdi.
Xolosa qilib aytganda, sovetlarning xotin-qizlar masalarida oxirini o‘ylamay,
shoshma-shosharlik bilan amalga oshirgan siyosati natijasida juda ko‘plab xotin-
qizlarimiz hayotdan barvaqt ko‘z yumdilar. To‘g‘ri, ayollarning ijtimoiy faolligi ortishi
ko‘p jihatdan foydali bo‘ldi. Lekin buning sovetlar tutgan yo‘lidan emas,
taraqqiyparvar ruhoniylar aytgan yo‘l orqali amalga oshirganlarida balki, buncha
qurbon bermagan bo‘lardik. Chunki har qanday keskin o‘zgarishni jamiyat hayotiga
tadbiq etishdan avval, jamiyatning holatini o‘zgarishlarga tayyorlash muhim
masaladir. Agarda xotin-qizlar masalalarida mahalliy xalq an’analarini e’tiborga olgan
holda, sovetlar “xurofotchilar” deb qoralagan ruhoniylar bilan hamkorlik
o‘rnatilganda va eng muhim masala xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi haqida faqat
ayollar orasida emas balki, erkaklar orasida ham targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga
oshirilganda, ehtimol natija butunlay boshqacha bo‘lardi. Rus hukumati tomonidan
tashkillangan ushbu harakat tufayli ko‘plab ayollar o‘z yaqinlari tomonidan fojeali
tarzda o‘ldirila boshlandi. Bu holat eng ko‘p paranji tashlashdan keyin yuz berdi.
Qanchadan-qancha ayollarimiz o‘z otalari, erlari, aka va hatto ukalari tomonidan
o‘ldirildi. Ommaviy qotilliklar ko‘paygachgina sovet hukumati o‘zi yo‘l qo‘ygan
hatoni tushunib yetdi, ammo kech bo‘lib bo‘lgandi. Endigi chora esa paranjini
tashlagan ayollarni qonun yo‘li bilan himoya qilish edi. Chunki ko‘plab paranjini
tashlagan ayollar yaqinlarining tayziqi bilan qayta “yopingan” edi. Birgina
Marg‘ilonning o‘zida 3000 ayol paranjini tashladi. Lekin oradan bir yil o‘tmay ularning
2600 ga yaqini qayta paranji o‘radilar. Nima bo‘lganda ham, 30-yillar oxiriga kelib
ayollarning jamiyatdagi faolligi sezilarli darajada oshishiga erishildi
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Аминова Р.Х. «Ҳужум» Ўзбекистон хотин-қизлари тақдирида. — Т.: Билим.
1987.
7
Жўраева Н.Д. Ўзбекистонда хотин-қизларга муносабат (XX асрнинг 20-80-йиллари мисолида). Ўқув
қўлланма. — Т.: 2013. — 43 б.
8
Ўша асар. 43
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
243
ISSN:3030-3621
2.
Жўраева Н.Д. Ўзбекистонда хотин-қизларга муносабат (XX асрнинг 20-80-
йиллари мисолида). Ўқув қўлланма. — Т.: 2013. — 256 б.
3.
Ражапова Р.Ё. «Ҳужум»нинг тарихий тажрибаси. — Т.: Билим. — 24 б.
4.
Раҳимова Г. Жадидлар ва аёллар масаласи / / Адабий мерос.1992. №1. Б. 63-
66.
5.
Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет
мустамлакачилиги даврида. — Тошкент: Шарқ. 2000