Mualliflar

  • Yoqubjonov Javohir Farhodjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93964

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: zakot jizya doriba xaroj daromad solig‘i.

Annotasiya

Annotatsiya.  Islom  moliyasida  soliqlar  tushunchasi  azaldan  an’anaviy 
moliyadagi  soliqlar  bilan  tubdan  farq qilgan. Ushbu  maqolada, islomda  soliqlar  va 
ularning  ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyatini,  an’anaviy  soliqlar  bilan  solishtirib,  tahlil 
qiladi. 

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

167

ISSN:3030-3621

ISLOM MOLIYA TIZIMIDA SOLIQQA TORTISHNING AN’ANAVIY

IQTISODIYOTDAGI SOLIQLARDAN FARQLI JIHATLARI

Yoqubjonov Javohir Farhodjon o‘g‘li

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Islom iqtisodiyoti va moliyasi mutaxassisligi

2-kurs magistranti

Annotatsiya.

Islom moliyasida soliqlar tushunchasi azaldan an’anaviy

moliyadagi soliqlar bilan tubdan farq qilgan. Ushbu maqolada, islomda soliqlar va
ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini, an’anaviy soliqlar bilan solishtirib, tahlil
qiladi.

Kalit so‘zlar:

zakot, jizya, doriba, xaroj, daromad solig‘i.

Annotation.

The concept of taxation in Islamic finance has fundamentally

differed from that of conventional finance since its inception. This article analyzes the
nature and socio-economic significance of taxes in Islam, comparing them with
conventional taxation systems.

Keywords:

zakat, jizya, doriba, kharaj, income tax.

Islom dinida barcha mulk Allohnikidir. Shu nuqtai nazardan islom dinida mol-

mulkning taqsimlanishi, soliqlar va boshqa to‘lovlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy
masalalar hamdir.

Soliqlar islomning ilk davrlaridan beri mavjud; Madinada payg‘ambarimiz

Muhammad (s.a.v.) jizya deb nomlangan soliq tizimini joriy qilgan va xaroj esa xalifa
Umar bin al-Xattob davrida joriy etilgan

1

. Jizya deganda Madinada payg‘ambarimiz

Muhammad (s.a.v.) hukmronligi davridan beri Qur’on va Sunnat asosida
qo‘llaniladigan Ahli Zimma (Islom davlati fuqarosi bo‘lgan boshqa din vakillari yoki
dinsizlar) tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq nazarda tutilgan.

2

Jizya Muhammad

payg‘ambar davridan keyin xalifalar tomonidan ham qo‘llanilgan.

Xaroj Umar ibn al-Xattobning g‘oyasi bo‘lib, boshida bir qancha odamlar bu

baytul molning asosiy daromad manbasiga aylanganiga taxmin qilishgan.

3

Jizya ham,

Xaroj ham islomning dastlabki davrida musulmonlar uchun eng katta daromad
manbalari edi.

Islom soliqdan tashqari, zakot deb nomlangan majburiy to‘lovni ham targ‘ib

qiladi. Zakot soliqdan ham muhimroqdir, chunki u Qur’on oyatlari va hadislar asosida

1

Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 1.

2

Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 2.

3

Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 2.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

168

ISSN:3030-3621

belgilab qo‘yilgan.

4

Yusuf Qardaviy zakot farzligi doimiy va barqaror ekanligini

ta’kidlagan. Uning fikricha dunyoda islom va musulmonlar bor ekan, zakot berilishi
shartdir.

Zakot an’anaviy soliqlardan farqli o‘laroq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga

ega:

5

-

U islom dinining ustunidir, shuning uchun uni to‘lovchi oluvchiga hech

qanday yaxshilik qilmaydi, balki Alloh oldidagi majburiyatini bajaradi;

-

Garchi u davlat tomonidan qabul qilingan boshqa soliqlarga agentlar

orqali yig‘ilishi, bajarilmasa jazolanishi kabi xususiyatlari bilan o‘xshash bo‘lsa-da,
zakot musulmonlarning oldidagi diniy majburiyati ham bo‘lgani bois soliqlardan
kuchliroq instrument hisoblanadi, musulmonlarda bu borada vijdon jihatdan zakotdan
qochish masalalari kamdan kam uchraydi.

-

Zakot muayyan sabablarga ko‘ra foydalanish uchun mo‘ljallangan.

-

Ijtimoiy ta’minotni nuqtai nazaridan, bu nafaqat kambag‘al va qiynalgan

kishilarga, balki islom diniga yangi kirib kelganlar va to‘lay olmayotgan qarzdorlar
kabi qiyin vaziyatda qolganlarga ham yordam beradi.

Zakot o‘zining ma’naviy-axloqiy jihatlaridan tashqari, islom dinining ustuni

sifatida quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirish uchun ham xizmat
qiladi:

1.

Zakot boylik taqsimlanishi orqali iqtisodiy o‘sish va mahsuldorlikka

ko‘maklashish, ya’ni zakot iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, u kambag‘al va
muhtojlarga iqtisodiy rivojlanish imkonini yoki davlatga zakot fondini daromad
keltiradigan biznes tarmoqlariga yo‘naltirishga yordam berish; Muhtoj va ishsizlar
uchun ish o‘rinlarini yaratish imkonini yaratish;

2.

Kambag‘allarning iste’mol talabini qondirish va shu bilan ularning

tovarlar va xizmatlarga sotib olish qobiliyatini oshirish;

3.

Tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga olib keladigan bo‘sh pullarni yig'ish

tendentsiyasini nazorat qilish;

4.

Ta’lim, tibbiy yordam, ijtimoiy ta’minot va kam ta’minlanganlar

mahsuldorligini yana oshirish kabi loyihalarni moliyalashtirish;

5.

Boylikning teng taqsimlanishini shu vositalar orqali ta’minlash;

Islom zakotni majburiy qilish orqali kambag‘allar va boylar turmush darajasi

o‘rtasida kata tafovutning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va shu bilan kapitalistik
jamiyatni qiynayotgan eng og‘ir muammodan saqlaydi.

Shunga ko‘ra, iqtisodiy nuqtai nazardan bu maqsadlar zakotni inson qalbini

xudbinlik va baxillikdan poklashdan tashqari, asosiy ibodat sifatida ifodalagan bo‘lsa,

4

Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 3.

5

Drs. Mek Wok Mahmud and Sayed Sikandar Shah (Haneef), Studies in Islam and the Middle East, The Use of Zakat

Revenue in Islamic Financing: Jurisprudential Debate and Practical Feasibility. P. 3.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

169

ISSN:3030-3621

musulmon mamlakatlarning moliya tizimida samarali chora sifatida xizmat qilish
uchun mo‘ljallangan.

6

Makroiqtisodiy darajada u boyliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lash

yoki ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan
ta’minlash orqali boylardan zaif va kambag‘allarga qayta taqsimlanishiga yordam
beradi.

7

Zakot musulmonlarga quyidagi umumiy shartlarga ko‘ra majburiy bo‘ladi:

8

1.

Kishi o‘zining zakotiga to‘lanadigan boyliklarga to‘liq egalik qilsa va

ustidan nazorat qilsa.

2.

Kishi ishlab ko‘payuvchi mulkga egalik qilsa (klassik huquqshunoslar

ta’rifiga ko‘ra “o‘sib boruvchi mulk” deb nomlanadi); Agar boylik o‘z-o‘zidan
ko‘paysa yoki daromad keltirsa va nisobga yetsa;

3.

Kishi o‘zining asosiy ehtiyojlaridan (yashashidan) ortiq bo‘lgan, nisobga

yetgan boylikka ega bo‘lsa; Islom fiqhida zakot berilishi uchun barcha zakot
beriladigan boyliklar ma’lum miqdorga yetsa; Masalan, bo‘sh turgan naqd pul uchun
nisob 85 gramm oltin qiymatini tashkil qiladi.

4.

Kishi bir yil davomida shu miqdordagi pulga egalik qilsa zakot berishi

farz bo‘ladi;

Payg‘ambar (s.a.v.) o‘z davrida daromad manbalarini tashkil etuvchi oltita

umumiy boylik turi bo‘yicha zakot deb belgilagan.

9

Ular metallar (oltin va kumush),

qishloq xo‘jaligi ekinlari (bug‘doy, makkajo‘xori, xurmo va uzum), xazina, chorva
mollari (tuya, qo‘y va sigir) va savdo tovarlari edi. Keyinchalik yuqoridagilarga yana
bir qator tovar va boyliklar ham qo‘shildi. Bugungi kunga kelib, zakot beriladigan
boyliklar qishloq xoʻjaligi, hayvonlar, suv osti boyliklari, yer osti boyliklari, sanoat
boyliklari, naqd pullar, savdo aktivlari va aksiyalar, obligatsiyalar (sukuk) va
boshqalardan iborat.

10

Biroq Shayx Mahmud Shaltutning fikricha soliqlarni zakot hisoblab

bo‘lmaydi.

11

Uning fikricha, zakot moliyaviy ibodat bo‘lganligi sababli, u soliqlarga

o‘xshamaydi. Soliq va zakot o‘rtasida ma’lum o‘xshashliklar mavjud bo‘lsa-da, ular
o‘rtasidagi farqlar ancha katta. Soliq va zakot o‘zlarining qonunchilik manbalari,
nazariy asoslari, maqsadlari, stavkalari, ozod qilishlari va xarajatlari bilan farqlanadi.

6

Al-Zuhayli, al-Fiqh al-Islami wa Adillatuhu vol.2, P.372.

7

Abu Al-Hasan Sadeq, A Survey of The Institution of Zakah: Issues, Theories and Administration (Riyad: Islamic

Development Bank Islamic Research and Training Institute, 2004), Discussion Paper II, pp.61-17, and Habib Ahmed,
Zakah and Awqaf in Poverty Alleviation (Jeddah: Islamic Development Bank Islamic Research and Training Institute,
2004), Discussion Paper 8, P.70.

8

Drs. Mek Wok Mahmud and Sayed Sikandar Shah (Haneef), Studies in Islam and the Middle East, The Use of Zakat

Revenue in Islamic Financing: Jurisprudential Debate and Practical Feasibility. P. 5.

9

Drs. Mek Wok Mahmud and Sayed Sikandar Shah (Haneef), Studies in Islam and the Middle East, The Use of Zakat

Revenue in Islamic Financing: Jurisprudential Debate and Practical Feasibility. P. 5.

10

Zakat, Tax and Customs Authority, Zakat jurispidence of individuals – a guideline.

11

al-Qaradawi, Yusuf (1999) Fiqh az-Zakah: A Comparative Study-The Rules, Regulations and Philosophy of Zakah in the

Light of the Qur’an and Sunna, Dar Al Taqwa Ltd., London. P. 678.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

170

ISSN:3030-3621

Terminologiya jihatdan soliq arab tilida “ad-doriba” nomi bilan tanilgan boʻlib,

u daraba, yadribu, darbon soʻzidan kelib chiqqan. Ad-doriba majburlash, belgilash,
aniqlash, tushuntirish yoki yuklash va boshqa ma’nolarni bildiradi.

12

Islomda soliqdan qochish yoki bo‘yin tovlash qat’iyan qoralanadi.

13

Soliq

to‘lashdan bo‘yin tovlash nafaqat iqtisodiyot uchun zararli, balki islomda qat’iy rioya
qilinadigan muhtojlarga yordam berish konsepsiyasini ham buzadi.

14

Shuning uchun

islomning soliqlarga oid etnik qoidalari jamiyat va davlatga daromad keltirish uchun
muhimdir.

Ba’zi islomshunos olimlar soliqlar Alloh taolo musulmonlardan talab

qilinadigan har xil ehtiyoj va xarajatlarni qondirish uchun farz qilgan mulkdir deb
taʼkidlaydilar.

15

Qardaviy ilgari surgan ta’rifda shariatga ko‘ra soliqning beshta hal

qiluvchi elementi mavjud, xususan:

16

-

Alloh taolo tomonidan buyurilganligi;

-

Obyekt mulkdir; Subyektlar badavlat musulmonlardir;

-

Maqsad - davlat va jamiyat ehtiyojlarini moliyalashtirish;

-

Hukumat tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli
amalga oshirilishi;

Islom shariatida soliq to‘g‘risida bir qancha qoidalar mavjud bo‘lib, ular bir

vaqtning o‘zida uni an’anaviy tizimdagi soliqlardan ajratib turadi, xususan:

-

Avval soliqlar abadiy bo‘lmagan, faqatgina baytul-molda mablag‘

qolmagan vaziyatlardagina soliqlar yig‘ilgan.

17

Baytul mol to‘lganda soliq majburiyati

bekor qilinishi mumkin bo‘lgan. An’anaviy soliqlar esa doimiydir.

-

Doriba faqat ehtiyojlar uchun yig‘ilgan, bu badavlat musulmonlar uchun

farz bo‘lgan. An’anaviy soliqlar esa barcha fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

-

Doriba faqat musulmonlardan olingan chunki u faqat musulmonlar

ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatilgan.

Qadimda quyidagi olti yo‘nalishlar uchun bayt ul-moldan mablag‘ sarflangan:

18

1.

Jihod uchun sarf-xarajatlar va u uchun zarur bo‘lgan narsalar;

2.

Harbiy sanoatga sarflangan xarajatlar;

3.

Kambag‘al, miskin va yo‘lovchilarga nafaqa qilish;

12

Darvina M., Safrudin H., Muhammad R., Kawanua International Journal of Multicultural Studies, Zakat and Taxes in

Islamic Overview: in terms of Benefit. Pp. 66-75.

13

Benk, S., McGee, R. W., & Yiizbafi, B. (2015), Journal for the Study of Religions and Ideologies, How religions affect

attitudes toward ethics of tax evasion? A Comparative and demographic analysis. 14(41), 202–223.

Qaradawi, Y., Harun, S., Hafidhuddin, D., & Hasanuddin. (2007). Hukum zakat: Studi komparatif mengenai status dan

filsafat zakat berdasarkan Quran dan Hadis. Litera Antar Nusa. P

17

Darvina M., Safrudin H., Muhammad R., Kawanua International Journal of Multicultural Studies, Zakat and Taxes in

Islamic Overview: in terms of Benefit. P. 69.

18

Taxation in Islam - a translation of Al-Amwal fi Dowlat Al-Khilafah by Abdul-Qadeem Zalloom.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

171

ISSN:3030-3621

4.

Ummat manfaati uchun xizmat qiluvchi harbiylar, davlat xizmatchilari,
qozilar, o‘qituvchilar va shunga o‘xshashlarning maoshlari kabi
xarajatlar;

5.

Ummatga xizmat ko‘rsatish va g‘amxo‘rlik qilish shaklidagi xarajatlar;

6.

Ochlik, zilzila, suv toshqini va dushman hujumlari kabi favqulodda
vaziyatlarga sarflangan xarajatlar;

Agar bayt ul-molda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, xarajatlarni qoplash uchun

musulmonlardan soliqlar undirilgan.

Muhammad (s.a.v.) davrlarida davlat daromadlari manbalariga quyidagilar

kirgan:

-

Zakot, ya’ni mol-mulki bo‘lgan har bir musulmonning nisobiga yetishi

bilan farz bo‘lgan. Bundan tashqari, mulk egasi o‘zining zakotini to‘lash va uni
muhtojlarga berish huquqiga ega va hukmdor ham mol-mulki bo‘lgan musulmonlardan
zakotni olish huquqiga ega bo‘lgan. Zakot yonlangan amaldorlar (amil) tomonidan
yig‘ilgan.

-

Faroiz mutaxassislari orasida ikki xil fikr mavjud

19

. Birinchi fikrga binoan

meros merosxo‘rlarning har biriga qaytarilishi kerak - ularning marhumga yaqinligi
e’tiborga olinishi lozim. Ikkinchi fikrda aytilishicha, bo‘linmagan/ortiqcha bo‘lmagan
barcha moddiyat baytul mol/davlat g‘aznasiga qaytariladi. Masalan, kimdir vafot etsa
va merosxo‘r beva bo‘lsa, beva ayolga huquqning 1/6 qismini oladi, qolganini baytul
molga qaytarilishi kerak bo‘lgan.

-

Jizya - bu o‘z xavfsizligini kafolatlash uchun islomiy mamlakatda

yashashga ruxsat berilgan boshqa din vakillaridan olingan o‘lpon.

-

G‘anima urush bo‘lganda musulmonlar tomonidan boshqariladigan

boshqa din vakillarining mulki bo‘lgan.

-

Xaroj - islomda yer solig‘i sifatida ham tanilgan.

Rashidun va Umaviylar xalifaliklari davrida (milodiy 7 - 8-asrlar) islomning

adolat, tenglik va ijtimoiy farovonlik tamoyillariga asoslangan soliq siyosati
oʻrnatilgan.

20

Islom imperiyasining kengayishi bilan soliq tizimi turli aholi, mintaqalar va

iqtisodiy faoliyatni qamrab olish bilan rivojlandi.

Islom ulamolari soliqqa tortish, shariat tamoyillariga rioya etish va soliq

yuklarini adolatli taqsimlashni ta’minlash bo‘yicha batafsil huquqiy hukmlar (fatvolar)
ishlab chiqdilar. Masalan, Imom Malik islom fiqhining molikiy mazhabi asoschisi,
islom huquqining turli jihatlari, jumladan, soliqqa tortish bo‘yicha hukmlarni o‘z
ichiga olgan “Muvatta” asari muallifi. Uning fatvolarida zakot va soliqning boshqa

19

Dr. Anwar. (2017). The Law Of Productive Zakat In Islam And Its Impact Towards Economy. P. 12.

20

Marshall G.S. Hodgson, The Venture of Islam: Conscience and History in a World Civilization, vol. 1: The Classical Age

of Islam, University of Chicago Press, Pp. 19-74.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

172

ISSN:3030-3621

turlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

21

Shofi’iylik islom fiqhi mazhabining asoschisi Imom ash-Shofi’iy soliqqa

tortishni tartibga soluvchi huquqiy tamoyillar haqida ko‘p yozgan. Uning fatvolarida
zakot taqsimoti, davlat daromadlarini boshqarish kabi masalalar ko‘rib chiqilgani
haqida ma’lumotlar berilgan.

Abbosiylar, Usmoniylar va boshqa islom imperiyalari davrida soliqqa tortish

davlat moliyasining hal qiluvchi jihat bo‘lib, o‘zgaruvchan iqtisodiy va siyosiy
islohotlarga moslashgan.

Zamonaviy iqtisodiyotda islom mamlakatlaridagi soliqqa tortish tizimlari zakot

kabi soliqlarni zamonaviy soliq shakllari – daromad solig‘I, QQS bilan birlashtiradi.

22

Bugungi kunga kelib ham tenglik, adolat va nohaqlikdan qochish tamoyillari

musulmon davlatlari soliqlarining zamonaviy talqinlarida markaziy o‘rinni egallab
kelmoqda.

23

2-jadval.

An’anaviy va islom moliyasidagi soliqlarning farqli jihatlari

An’anaviy soliqlar

Qadimgi sivilizatsiyalar
(masalan, Misr, Gretsiya, Rim)

Ijtimoiy adolat, boylik
taqsimoti va diniy
majburiyatlar tamoyillariga
asoslanadi

Turli xil: daromad solig‘i,
realizatsiyaga soslangan
soliqlar, mulk solig‘i va
boshqalar

Zakot, jizya, mulk solig‘i va
xaroj

Daromad, istemol va mol-mulk

Mahalliy nazorat organlari
yoki diniy ulamolar

Zamonaviy iqtisodiy
nazariyalar va amaliyotlar bilan
asrlar davomida sezilarli
darajada rivojlandi

Prinsiplarga o‘zgarmagan,
lekin yig‘im usullari
rivojlangan

21

Ibn Qayyim al-Jawziyya, Zad al-Ma'ad, trnsl by Dr. Abdul Rahman ibn Muhammad ibn Qasim, Dar Ibn Hazm, Beirut.

Pp. 200-215.

22

Mohamed C., Taxing Identity: Fiscal Policy and Conversions in Early Islam, 2018. P. 1.

23

Mohamed C., Taxing Identity: Fiscal Policy and Conversions in Early Islam, 2018. P. 1.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

173

ISSN:3030-3621

Hokimyat strukturasi,
infratuzilmasi va jamoat
xavfsizligi uchun

Ijtimoiy xizmatlar, boylikning
adolatli taqsimoti muhtojlarga
yordam

Tarixdagi eng
asosiy
o‘zgarishlar

- Qadimgi Misrda: ekinlar va
mehnatga soliq

- Ilk xalifaliklar: Zakot va
boshqa soliqlarning tashkil
etilishi

- Rim imperiyasi: yer va savdo
soliqlari

- Usmoniylar imperiyasi:
kodlashtirish va tizimli yig‘ish

- O‘rta asrlar: Feodal soliqlari
va yig‘imlari

- Zamonaviy davr: turli islom
mamlakatlarida iqtisodiy
moslashish

- Zamonaviy davr: daromad va
korporativ soliqlar

Ko‘pincha daromad darajasiga,
tovarlar turlariga va
boshqalarga bog‘liq.

Masalan, daromadi nisobga
yetmaganlar zakotdan ozod
qilinadi

Jarimalar, foizlar va bo‘yin
tovlash uchun qonuniy
oqibatlar

Diniy va ijtimoiy jazolar,
ayrim hollarda esa qonuniy
jazolar

Boylikning qayta
taqsimlanishiga olib kelishi
mumkin, lekin progressiv
bo‘lmasa, nomutanosibliklarga

Xulosa qilib aytganda, islomda soliqqa tortish chuqur tarixiy va diniy asosga ega

bo‘lib, majburiy xayriya (zakot) va davlat tomonidan olinadigan soliqlarni (Jizya,
xaroj, ushr) o‘z ichiga oladi. Bu soliqlar iqtisodiy adolat, boylik taqsimoti va ijtimoiy
farovonlik tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, asrlar
davomida islom jamiyatlarida soliq solish amaliyotiga taʼsir koʻrsatgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period:
Jizyah and kharaj.

2.

Drs. Mek Wok Mahmud and Sayed Sikandar Shah (Haneef), Studies in Islam and
the Middle East, The Use of Zakat Revenue in Islamic Financing: Jurisprudential
Debate and Practical Feasibility.

3.

Al-Zuhayli, al-Fiqh al-Islami wa Adillatuhu vol.2, P.372.

4.

Abu Al-Hasan Sadeq, A Survey of The Institution of Zakah: Issues, Theories and
Administration (Riyad: Islamic

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_3-to’plam_May -2025

174

ISSN:3030-3621

5.

Development Bank Islamic Research and Training Institute, 2004), Discussion
Paper II, pp.61-17, and Habib Ahmed, Zakah and Awqaf in Poverty Alleviation
(Jeddah: Islamic Development Bank Islamic Research and Training Institute, 2004),
Discussion Paper 8.

6.

Drs. Mek Wok Mahmud and Sayed Sikandar Shah (Haneef), Studies in Islam and
the Middle East, The Use of Zakat Revenue in Islamic Financing: Jurisprudential
Debate and Practical Feasibility.

7.

Drs. Mek Wok Mahmud and Sayed Sikandar Shah (Haneef), Studies in Islam and
the Middle East, The Use of Zakat Revenue in Islamic Financing: Jurisprudential
Debate and Practical Feasibility.

8.

Zakat, Tax and Customs Authority, Zakat jurispidence of individuals – a guideline.

9.

al-Qaradawi, Yusuf (1999) Fiqh az-Zakah: A Comparative Study-The Rules,
Regulations and Philosophy of Zakah in the Light of the Qur’an and Sunna, Dar Al
Taqwa Ltd., London.

10.

Darvina M., Safrudin H., Muhammad R., Kawanua International Journal of
Multicultural Studies, Zakat and Taxes in Islamic Overview: in terms of Benefit.

11.

Benk, S., McGee, R. W., & Yiizbafi, B. (2015), Journal for the Study of Religions
and Ideologies, How religions affect attitudes toward ethics of tax evasion? A
Comparative and demographic analysis. 14(41).

12.

Darvina M., Safrudin H., Muhammad R., Kawanua International Journal of
Multicultural Studies, Zakat and Taxes in Islamic Overview: in terms of Benefit.

13.

Qaradawi, Y., Harun, S., Hafidhuddin, D., & Hasanuddin. (2007). Hukum zakat:
Studi komparatif mengenai status dan filsafat zakat berdasarkan Quran dan Hadis.
Litera Antar Nusa.

14.

Taxation in Islam - a translation of Al-Amwal fi Dowlat Al-Khilafah by Abdul-
Qadeem Zalloom.

15.

Dr. Anwar. (2017). The Law Of Productive Zakat In Islam And Its Impact Towards
Economy.

16.

Marshall G.S. Hodgson, The Venture of Islam: Conscience and History in a World
Civilization, vol. 1: The Classical Age of Islam, University of Chicago Press.

17.

Ibn Qayyim al-Jawziyya, Zad al-Ma'ad, trnsl by Dr. Abdul Rahman ibn Muhammad
ibn Qasim, Dar Ibn Hazm, Beirut.

18.

Mohamed C., Taxing Identity: Fiscal Policy and Conversions in Early Islam, 2018.

Bibliografik manbalar