Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
163
ISSN:3030-3621
BOLALARNING SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISH JARAYONI HAQIDA
PSIXOLOGIK QARASHLAR
Toshpo'latova Dildora Ulug'bek qizi
Samarqand viloyati Narpay tumani
13-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Bolaning oilada shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi omillarning
asosiysi bevosita muhit va mikromuhitdir. Avvalo, bu bolaning qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi, xarakterini shakllantiruvchi jamoa, uning ota-onasi, qarindoshlari,
tengdoshlari, maktabgacha ta’lim muassasasasi tarbiyachilari, maktab pedagoglar
jamoasi va boshqalardir.
Kalit so’zlar:
shaxs, an’ana, urf-odat, munosabat, ota-ona, xarakter, muhit,
tarbiya, nuklear oila.
KIRISH
Bola bilan ma`lum rolda o`zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy
munosabatlarga
muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta`minlaydi, har bir vaziyatga
moslashib ketish
imkoniyatini beradi. Individningbunday shart-sharoitga moslashib
ketishi jarayoni
ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo`ladi.
Aniqrog`i, har bir
odamning mehnatga, kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham
turlicha
ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni
boshqalardan ajratib turadi.
Shaxs haqida gapirilganda tabiiy holatda shunday savol
tug`iladi. Har
qanday odam shaxs bo`la oladimi, inson shaxs bo`lishi uchun nimalar
qilishi
kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin.
Bolalaring erkin rivojlanishi haqida konsitutsiyamizda ham belgilab qoʻyilgan
masalan bola dunyoga kelganidan unga "Soʻz erkinligi" beriladi. Bu esa har bir bola
oʻz soʻz erkinligiga ega demakdir. Soʻz orqali har qanday vaziyatda ijtimoiy muhitga
kiraolishi, muammoli vaziyatlarni hech kimdan qoʻrqmay toʻlaligicha hal eta olishi,
turli jamoaviy yigʻinlarda oʻz nutqidan foydalanib gapirish huquqiga egadir. Insoniyat
paydo boʻlganidan buyon rivojlanishning qaysi yoʻnalishidan faydalanib bolalarni
tarbiyalash koʻproq samara berishi haqida olimlar baxs munozaralar qilib
kelmoqda.Biologik omilga qaraydigan boʻlsak bu irsiyat yani bola oʻzida paydo
boʻladigan qobiliyat, talant va boshqalar ota-onadan oʻtadi bunda tarbiya va muhtning
oʻrni yoʻq deya taʼrif beradi."Shaxsning barcha hususiyatlari jumladan ong va aqliy
hususiyatlari ham nasldan naslga oʻtadi" deb Torndayk aytadi.
Biologik yoʻnalish tarafdorlari odam bolasining shaxs boʻlib rivojlanishida irsiy
omillar hal qiluvchi omil deya taʼriflaydi.Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
164
ISSN:3030-3621
yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter
xislatlari, shuningdek, millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni
e’zozlash, kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi
oilada shakllanadi. Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi
sifatlarini yuzaga kelishi va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi.
Shuning uchun ham xatti-harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni
yaratadi, degan fikr mavjud.
Xarakter qandaydir turg’un va o’zgarmas xususiyat emas. Jumladan, bolalik
yoshida xarakterning xususiyatlari odatda “jiddiylashish”, “boshqacharoq bo’lib
qolish” tarzida ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya’ni, atrofdagilarga nisbatan
munosabatning murakkablashuvi, gormonal yetilish natijasida namoyon bo’la
boshlaydi. Shaxs xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha hisobga olmaslik ziddiyatli va
nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Ayni shu davrda bola xarakterida
aktsentuatsiya
xususiyatlari,
jumladan,
emansipatsiya
reaktsiyasi
kattalar
qaramog’idan “ozod” bo’lishlik, tengqurlari bilan guruhlashish reaktsiyasi, ishtiyoq
reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik qiladi.
Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-atvor
ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli
jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga
befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga
qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini,
ularga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi
tufayli jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi,
natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning
psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi. Birinchidan
,
ijtimoiy muhitdagi
turli hodisalar insonning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan
,
tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq
bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra,
yoshlik chog‘laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta
odamlarning barcha hatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu
hattiharakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Bolalar
oilada, ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini
zimdan kuzatib turadilar. To’g’ri, hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv
jarayonlarining kuchayishi munosabati bilan oilaning etnopsixologik xususiyatlaridagi
milliy barqarorlik susayib, zamonaviylashish tendentsiyasi yaqqol ko’zga
tashlanmoqda. Bu fikrga V.V.Boyko ham qo’shilib, bolalarda xarakter shakllanishiga
ta’sir etuvchi zamonaviy oilalarning o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ajratib
ko’rsatadi:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
165
ISSN:3030-3621
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin va
farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko’p avlodli
oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o’ziga xos
ijtimoiypsixologik muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko’pincha shaxslararo
munosabatlarning qisqa zanjiri ustunlik qiladi, oila a’zolarining o’zaro bir-biriga ta’sir
etish vositalari chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va vaziyatlar
ham kam shakllanganligi bilan farqlanadi.
-Ikkinchidan, oiladagi o’ta bog’liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida
bolalarning ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini oshiradi.
Ota-onalar xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo’lganligi sabab, bolalar
ijtimoiy-tipik xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o’zida ham mikromuhit, ham
individual xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir.
Keltirilgan turli ilmiy ma’lumotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki,
zamonaviy oilaning o’ziga xos xususiyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun
insonparvarlik tajribasining cheklanganligi bilan ifodalanadi.
Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga
nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag’rikenglik) sifatlari yetarlicha o’z aksini
topmaganligi,oila a’zolari o’rtasida yetarlicha ma’lumot almashinish chegaralangan,
to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan
aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga
munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina holatlar oqibati
sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi», ya’ni oila davrasida
bolalarning o’z «men» ini ko’rsatishi hisoblanib, bu o’zining haqligini ta’kidlash,
o’zini ota-onalarga qarama-qarshi qo’yish, ularga qarshi harakatlar qilish, ularning
qadrini, obro’sini ni inkor etish, ular berayotgan maslahatlardan to’liq foydalanmaslik
orqali namoyon bo’lmoqda.
Bu esa bola xarakter xususiyatlariga xos bo’lmagan begonalashishning ayrim
shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Ayni vaqtda oilada shakllangan oila a’zolarining begonalashishi bolalarning
boshqa doiralarda ya’ni, turli guruhlar va soatlab axborot vositalari bilan band
bo’lishiga olib kelmoqda. Oila a’zolari o’rtasidagi komunikativ a’loqalarning
cheklanganligi, qondirilmagan shaxslararo munosabatlarnatijasida bolalar o’zining
ehtiyojini, endi norasmiy guruhlarga qo’shilish, noan’anaviy mashg’ulotlar bilan
shug’ullanayotganini kuzatishimiz mumkin. Bunday bolalar va ota – onalar
o’rtasidagi o’zaro ta’sir munosabati jarayonidagi ayrim negativ holatlarni yuzaga
kelishini V.V.Boyko quyidagicha talqin etadi. oiladagi turli tuman tarbiya usullarini
qollash tarbiyalanuvchining xarakter xususiyatlariga mos kelishi, ya’ni ota-onalar,
tarbiyachilar bolalarning individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiya
usullarini va shakillarini qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Aks holda, bolaning
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_3-to’plam_May -2025
166
ISSN:3030-3621
xarakter xususiyatlarida tarbiyasi o’g’ishish kabi nomaqbul ko’rinishlarni yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi.
XULOSA
Oiladagi o’ta qat’iy chegaralangan oila a’zolarining munosabatlari, bunda, ota
– onalarning o’ta talabchanligi, bolalarda ning xarakter xususiyatlarida nuqsonli
xislatlarini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida ota – onalarning bolaga nisbatan
munosabatida yanada qat’iy holatlarning xosil bo’lishiga olib keladi. O’zaro
munosabatlarning agressiv holati natijasida esa bir biriga nisbatan bemehrlilik,
qo’pollik va ota – onalarning qo’rsligi bolalarda agressivlik reaktsiyasini uyg’otadi va
o’zaro munosabatlar jarayonida ziddiyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishini
kuchaytiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: ma’naviyat, 2008.
2.
Бойко В.В. Трудный характер подростков. - СПб.:Издательство «Союз»,
2002.
3.
Shoumarov G’.B. “Oila psixologiyasi” “SHARQ” 2008yil
4.
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun o‘quv
qo‘llanma M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1974. – 194 s.