Mualliflar

  • Ravshanova Marjona Bahrom qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94696

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: oliy oʻquv yurtlari doktorantura aspirantura fronti darsliklar uskunalar daftarlar harbiy muassasalar xalq taʼlimi attestat oltin va kumush medallar.

Annotasiya

Annotasiya. Ikkinchi jahon urushi davri (1941-1945) Oʻzbekiston taʼlim tizimi 
uchun murakkab va oʻziga xos davr boʻldi. Urush yillari taʼlim tizimi oldida yangi 
vazifalar qoʻydi, resurslar cheklandi, va taʼlim jarayoni qiyin sharoitlarda olib borildi. 
Ushbu  davr  taʼlim  tarixshunosligida  yetarlicha  oʻrganilmagan  boʻlib,  koʻplab 
savollarga  javob  talab  qiladi.  Ushbu  maqolada  1941-1945  yillardagi  Oʻzbekiston 
taʼlim tizimi tarixshunosligiga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlar, arxiv materiallari va 
boshqa manbalar tahlil qilinib, oʻsha davr taʼlim tizimining xususiyatlari, muammolari 
va yutuqlari yoritib beriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

151

OʻZBEKISTON SSSR DA TA'LIM TIZIMI TARIXSHUNOSLIGI (1941-1945-

YILLAR)

HISTORIOGRAPHY OF THE EDUCATION SYSTEM IN THE UZBEK USSR

(1941-1945)

ИСТОРИОГРАФИЯ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА В

СССР (1941-1945 ГОДЫ)

Ravshanova Marjona Bahrom qizi

Оʻzbеkistоn Milliy Univеrsitеti Tarix fakulteti

Tarix mutаxаsisligi 1-kurs mаgistrаnti

Tеlеfоn nоmеr: +998 50 073 10 08

ravshanovamarjona13@gmail.com

Annotasiya

. Ikkinchi jahon urushi davri (1941-1945) Oʻzbekiston taʼlim tizimi

uchun murakkab va oʻziga xos davr boʻldi. Urush yillari taʼlim tizimi oldida yangi
vazifalar qoʻydi, resurslar cheklandi, va taʼlim jarayoni qiyin sharoitlarda olib borildi.
Ushbu davr taʼlim tarixshunosligida yetarlicha oʻrganilmagan boʻlib, koʻplab
savollarga javob talab qiladi. Ushbu maqolada 1941-1945 yillardagi Oʻzbekiston
taʼlim tizimi tarixshunosligiga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlar, arxiv materiallari va
boshqa manbalar tahlil qilinib, oʻsha davr taʼlim tizimining xususiyatlari, muammolari
va yutuqlari yoritib beriladi.

Kalit soʻzlar:

oliy oʻquv yurtlari, doktorantura, aspirantura, fronti, darsliklar,

uskunalar, daftarlar, harbiy muassasalar, xalq taʼlimi, attestat, oltin va kumush
medallar.

Abstract

. The period of World War II (1941-1945) was a complex and unique

period for the education system of Uzbekistan. The war years set new tasks for the
education system, resources were limited, and the educational process was carried out
in difficult conditions. This period has not been sufficiently studied in the
historiography of education and requires answers to many questions. This article
analyzes scientific literature, archival materials and other sources devoted to the
historiography of the education system of Uzbekistan in 1941-1945, and highlights the
features, problems and achievements of the education system of that period.

Keywords

: higher education institutions, doctoral studies, postgraduate studies,

front, textbooks, equipment, notebooks, military institutions, public education,
certificate, gold and silver medals.

Аннотация

. Период Второй мировой войны (1941-1945 гг.) был сложным и

особенным периодом для системы образования Узбекистана. Годы войны


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

152

поставили перед системой образования новые задачи, ресурсы были ограничены,
учебный процесс проводился в тяжелых условиях. Этот период недостаточно
изучен в историографии образования, и многие вопросы требуют ответов. В
данной статье анализируется научная литература, архивные материалы и другие
источники, посвященные историографии образовательной системы Узбекистана
в 1941-1945 годах, а также освещаются особенности, проблемы и достижения
образовательной системы того времени.

Ключевые слова:

высшие учебные заведения, докторантура, аспирантура,

фронт, учебники, оборудование, тетради, военные учреждения, народное
образование, грамота, золотая и серебряная медали.


Kirish

. Urush boshlanishi bilan Oʻzbekiston taʼlim tizimi tubdan oʻzgardi. Koʻplab

oʻqituvchilar frontga safarbar qilindi

1

, maktablar kasalxonalar va boshqa harbiy

ehtiyojlar uchun foydalanildi. Shu bilan birga, taʼlimning ahamiyati yanada oshib,
urush sharoitida malakali kadrlar tayyorlashga ehtiyoj kuchaydi. O‘zbekiston xalq
ta’limi, jumladan, oliy o‘quv yurtlari og‘ir sinovlardan o‘tdi. Ko‘pchilik
professoro‘qituvchilar, talabalar frontga safarbar etildi. Samarqand kooperativ instituti
bilan Toshkent moliya iqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari,
O‘zbek va O‘rta Osiyo davlat universitetlari birlashtirildi. Ularning bo‘shagan
binolariga harbiy muassasalar, gospitallar joylashtirildi. O‘z professor-o‘qituvchilari
bilan ko‘chirib keltirilgan oliy o‘quv yurtlarining faoliyati respublikada oliy ta’limning
yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi. Moskvalik va leningradlik olimlar talabalarga
yangi kurslar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, mahalliy millat vakillaridan ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlashga ko‘maklashdilar, yangi mutaxassislik bo‘yicha kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ular xalq xo‘jalik va harbiy ahamiyatga molik mavzularda
tadqiqot ishlarini uyushtirdilar

2

.

O‘zbekiston hukumati oliy o‘quv yurtlaridagi qiyinchiliklarni bartaraf etish,

moddiy ba’zasini mustahkamlash, o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalalarida
ko‘maklashdi. Ayniqsa, ko‘chib kelgan tajribali pedagoglar, olimlar 1943—1944-
yillarda o‘z shaharlariga qayta boshlagan, urushning dastlabki davrida vaqtincha
yopilgan yoki birlashtirilgan institutlar qayta tiklanayotgan, yangidan Chimboy va
Urganch pedagogika institutlari, Namangan va Marg‘ilon o‘qituvchilar institutlari,
Toshkent teatr san’ati instituti ochilgan, ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik ortgan
bir paytda respublika hukumatining oliy o‘quv yurtlariga ko‘magi sezilarli bo‘ldi. Yirik

1

ЦГА РУ Р 2282, оп. 1, д. 634 Список сотрудников, представленных к награждению медалями за доблестный

труд во время Великой Отечественной войны (1941-1945) С.90

2

Вопросы истории советской школы и педагогики. Москва, 1959; Гончаров Н.П. Перестройка советской школы;

Казакова А.С. Ими гордится Родина. Москва, 1961, С. 116


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

153

oliy o‘quv yurtlarida doktorantura va aspiranturaga qabul kengaytirildi. Respublika
miqyosida ishlab turgan rahbar xodimlar oliy o‘quv yurtlariga ishga yuborildi.

Xalq maorifida ham jiddiy qiyinchiliklar bo‘ldi. Ko‘plab maktablar binolari

gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o‘quv yurtlariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko‘p
smenali o‘qish joriy etildi. Urushgacha respublika maktablarida ishlayotgan
o‘qituvchilarning 74,6 foizini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishlab chiqarish
ishlariga ketdi. Buning ustiga darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi. Qisqa
muddatli kurslar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituvchilar tayyorlandi,
boshqa ishga ketgan o‘qituvchilarni maktabga qaytarish tadbirlari ko‘rildi, ularning
moddiy-maishiy ahvolini yaxshilashga g‘amxo‘rlik qilindi. 1944-yilda o‘qituvchilar
armiya safidan maktablarga qaytarildi. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi
yaxshilandi. Kundalik o‘qish foydali mehnat bilan qo‘shib olib borildi. O‘qishdan
tashqari vaqtlarida o‘quvchilar gospitallarga otaliq yordami berdilar, frontdagilarning
oilalariga ko‘maklashdilar, temir-tersak to‘plab topshirdilar, qishloq xo‘jalik ishlarida
qatnashdilar.

Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o‘quvchilar bilimini

baholashning besh balli tartibi, boshlang‘ich va yetti yillik maktablarni tamomlovchilar
uchun bitiruv imtihonlari, o‘rta maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati —
guvohnomasi uchun imtihonlar topshirish majburiyati, maktab o‘quv dasturlarini a’lo
o‘zlashtirgan va a’lo xulqli o‘quvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash
joriy etildi. Bu tadbirlar dars mashg‘ulotlari saviyasini ko‘tarishga, o‘quvchilar
intizomini yaxshilashga olib keldi.

3

Ko‘chirib keltirilgan muassasalar o‘z joylariga

qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham bo‘shatila bordi, o‘quvchilar o‘z
maktablari bag‘riga qaytib, o‘qishlarini davom ettirdilar.Shuningdek, taʼlim tizimi
oldida koʻplab vazifalar amalga oshirildi. Maktablarda harbiy tayyorgarlik darslari
joriy etildi, oʻquvchilar frontga yordam berish uchun turli tadbirlarga jalb qilindi.
Urush hududlaridan Oʻzbekistonga koʻplab bolalar evakuatsiya qilindi. Ularni taʼlim
bilan qamrab olish uchun yangi maktablar ochildi, oʻqituvchilar tayyorlandi. Sanoat va
qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan malakali kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor
qaratildi. Kasb-hunar maktablari va texnikumlar soni koʻpaytirildi. Urush sharoitida
ham ilm-fanni rivojlantirishga eʼtibor berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil
etildi, olimlar urush ehtiyojlariga javob beradigan tadqiqotlar olib borishdi.

4

Xulosa.

1941-1945 yillardagi Oʻzbekiston taʼlim tizimi tarixi murakkab va koʻp qirrali.

Urush sharoitida taʼlim tizimi oldida yangi vazifalar turdi, qiyinchiliklarga qaramay,
taʼlim jarayoni davom etdi va mamlakat uchun zarur boʻlgan kadrlar tayyorlandi.

3

Н.А.Константинов, Е.Н.Медынский М.Ф.Шабаева Советская школа и педагогика в годы Великой Отечественной

войне (1941-1945). Москва, 1982, С. 249

4

Иванов С. История системы образования в Узбекистане. Ташкент, 1995. С. 543


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

154

Ushbu davrni chuqur oʻrganish, tarixshunoslikdagi kamchiliklarni toʻldirish va kelajak
avlodlar uchun saboq chiqarish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Гольянова Т.В. Школьное образование в Узбекистане в годы Великой
Отечественной войны // Диссерт. на соиск. учен. степени докт.истор. наук.
Институт истории. Ташкент, 1964;

2.

ЦГА РУ Р 2282, оп. 1, д. 634 Список сотрудников, представленных к
награждению медалями за доблестный труд во время Великой
Отечественной войны (1941-1945);

3.

Хасанбаев Ж. Становление и развитие общего образования взрослых в
Советском Узбекистане (1917-1945) диссерт. на соиск. учен. степени докт.
пед. наук. Ташкент, 1989;

4.

Меликулова Р. Культура Узбекистана в годы войны (1941-1945);
Воскобойников. Узбекский народ в годы войны. Ташкент, 1947;

5.

Вопросы истории советской школы и педагогики. Москва, 1959; Гончаров
Н.П. Перестройка советской школы; Казакова А.С. Ими гордится Родина.
Москва, 1961;

6.

Кары-Ниязов М. очерки истории народного образования в Узбекистане за 25
лет/Общественные науки в Узбекистане, 1961. № 7;

7.

Н.А.Константинов, Е.Н.Медынский М.Ф.Шабаева Советская школа и
педагогика в годы Великой Отечественной войне (1941-1945). Москва, 1982;

8.

Нравственное воспитание школьников в годы Велико Отечественной войны
(1941-1945 гг.).

9.

Иванов С. История системы образования в Узбекистане. Ташкент, 1995.

10.

Петров В.Н. Развитие школьного образования в СССР. Москва, 1987.

11.

Смирнов А.Ф. Влияние войны на систему образования. Ленинград, 1972.

12.

Ахмедов Ю. Историческое развитие педагогики в Средней Азии. Самарканд,
2001.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

Гольянова Т.В. Школьное образование в Узбекистане в годы Великой

Отечественной войны // Диссерт. на соиск. учен. степени докт.истор. наук.

Институт истории. Ташкент, 1964;

ЦГА РУ Р 2282, оп. 1, д. 634 Список сотрудников, представленных к

награждению медалями за доблестный труд во время Великой

Отечественной войны (1941-1945);

Хасанбаев Ж. Становление и развитие общего образования взрослых в

Советском Узбекистане (1917-1945) диссерт. на соиск. учен. степени докт.

пед. наук. Ташкент, 1989;

Меликулова Р. Культура Узбекистана в годы войны (1941-1945);

Воскобойников. Узбекский народ в годы войны. Ташкент, 1947;

Вопросы истории советской школы и педагогики. Москва, 1959; Гончаров

Н.П. Перестройка советской школы; Казакова А.С. Ими гордится Родина.

Москва, 1961;

Кары-Ниязов М. очерки истории народного образования в Узбекистане за 25

лет/Общественные науки в Узбекистане, 1961. № 7;

Н.А.Константинов, Е.Н.Медынский М.Ф.Шабаева Советская школа и

педагогика в годы Великой Отечественной войне (1941-1945). Москва, 1982;

Нравственное воспитание школьников в годы Велико Отечественной войны

(1941-1945 гг.).

Иванов С. История системы образования в Узбекистане. Ташкент, 1995.

Петров В.Н. Развитие школьного образования в СССР. Москва, 1987.

Смирнов А.Ф. Влияние войны на систему образования. Ленинград, 1972.

Ахмедов Ю. Историческое развитие педагогики в Средней Азии. Самарканд,