Jild 44 № 1 (2025)

Jild 44 № 1 (2025)
Nashr qilingan: 27-05-2025

Maqolalar

3-6 16 4

BURUN BO‘SHLIG‘I, HALQUM, JAG’ VA TISHLARDAGI NUQSONLAR

Ishoqova Gulbaxor Uktam qizi

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  burun  bo‘shlig‘i,  halqum,  jag’  va  tishlardagi 
anatomik va funksional nuqsonlarning bolalar nutq rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri 
tahlil qilinadi. Defektologik nuqtayi nazardan ushbu nuqsonlarning fonetik-fonologik 
rivojlanishga,  tovush  chiqarish  qobiliyatiga  va  muloqot  faoliyatiga  salbiy  ta’siri 
ko‘rsatib  berilgan.  Maqolada  logopedik  tashxis  qo‘yish  usullari,  korreksion 
mashg‘ulotlar,  ortodontik  va  otorinolaringologik  muolajalar  bilan  birgalikdagi 
kompleks  yondashuv  muhimligi  yoritilgan.  Nutq  nuqsonlarini  erta  aniqlash  va 
defektologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 

202-204 19 15

OʻZBEKISTONDA CHET TILLARNI OʻQITISHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA METODLAR

Anorboyeva Mahbuba Sobirovna, Olimova Mohinurbonu Odiljon qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Oʻzbekistonda  chet  tillarni  oʻqitish  sohasida 
joriy etilayotgan zamonaviy metodlar va yondashuvlar haqida batafsil tahlil berilgan. 
An’anaviy  metodlarning  kamchiliklari  va  zamonaviy  yondashuvlarning  ustunliklari 
ko‘rsatilib, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, virtual va kengaytirilgan  reallik 
vositalarining  til  oʻrgatishdagi  o‘rni  yoritilgan.  Mavjud  muammolar  va  kelajakda 
rivojlantirish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar ham ko‘rib chiqilgan. 

170-174 17 7

AKONIT (ACONITUM) O’SIMLIGINING AHAMIYATI

To’xtasinov Ibrohimjon, Mirzayeva Dilobar

ANNOTATSIYA 
Ushbu  ishda  akonit  o‘simligi  (Aconitum)ning  morfologik  tuzilishi,  tarqalish 
hududlari va farmakologik xususiyatlari o‘rganiladi. Akonit zaharli o‘simlik sifatida 
tanilgan  bo‘lib,  qadimdan  xalq  tabobatida  og‘riqni  kamaytiruvchi,  yallig‘lanishga 
qarshi va tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanilgan. Mazkur tadqiqotda o‘simlikdagi 
alkaloidlar  tarkibi  va  ularning  organizmga  ta’siri  haqida  ma’lumotlar  keltiriladi. 
Shuningdek, akonit preparatlarining tibbiyotda qo‘llanishi va ehtiyot choralariga ham 
alohida e’tibor qaratilgan. 

175-177 22 6

AYOLLAR ORGANIZIMIDA YODNNING AHAMIYATI

To’xtasinov Ibrohim, Mxmanazarov G’ofur Axnazarovich

ANNOTATSIYA 
     Homiladorlik davridagi ahamiyati: Homiladorlik vaqtida yod ehtiyoji keskin 
ortadi. Bu davrda yod homilaning miya va asab tizimi shakllanishida hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Yetishmovchilik natijasida aqliy rivojlanish sustlashuvi, tug‘ma nuqsonlar, 
hatto o‘lik tug‘ilish holatlari ham uchrashi mumkin. 

178-181 22 14

"BANK ISHI"TA'LIM YO'NALISHI BOYICHA KURS ISHI VA MALAKAVIY BITIRUV ISHLARNI YOZISHGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Abduvaxobov Shaxzod Xolmo’min o’g’li, Maqsetbayeva Gulziyra Jaqsibay qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  "Bank  ishi"  taʼlim  yoʻnalishi  talabalari 
tomonidan kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlarini tayyorlashda amal qilinishi lozim 
bo‘lgan  asosiy  talablar  yoritib  berilgan.  Jumladan,  mavzu  tanlovi,  ilmiy-tadqiqot 
metodologiyasi,  ish  tuzilmasi,  mazmun  va  rasmiylashtirish  me'yorlari  kabi  jihatlar 
tahlil qilingan. Maqolada talabalar ilmiy ishlarining sifatini oshirish, nazariy va amaliy 
bilimlarni  uyg‘unlashtirish  hamda  mustaqil  fikrlash  ko‘nikmalarini  rivojlantirishga 
qaratilgan tavsiyalar berilgan. Shuningdek, "Bank ishi" sohasi xususiyatlarini hisobga 
olgan holda, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va amaliy tajribalardan foydalanishning 
ahamiyati ta’kidlangan. 

182-185 22 14

TAʼLIM DASTURINING TARKIBI VA MAZMUNI

Abduvaxobov Shaxzod Xolmo’min o’g’li, Shamsiddinova Ozoda Sharofiddin qizi

Annotatsiya. Mazkur maqolada taʼlim dasturining tarkibi va mazmuni, uning 
zamonaviy  pedagogik  yondashuvlar  asosida  shakllanishi,  o‘quv  rejalari  va  fan 
dasturlari  bilan  uzviy  bogʻliqligi  tahlil  qilingan.  Shuningdek,  taʼlim  dasturining 
maqsadi,  tarkibiy  qismlari,  o‘quv  mazmunini  belgilashdagi  mezonlar  va  uni  ishlab 
chiqish  bosqichlari  ko‘rib  chiqilgan.  Maqolada  ta’lim  sifatini  oshirishda  o‘quv 
dasturlarining  roli,  ularning  yangilanib  borish  zarurati  va  amaliyot  bilan 
integratsiyalashuvining ahamiyati yoritilgan. 

186-189 22 12

BOSHLANG’ICH SINFLARDA SONLARNI QO’SHIB AYIRISHNI O’RGATISH METODIKASI

Xudaybergenova Malika

Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sonlarni qo‘shish va 
ayirishni  o‘rgatishning  zamonaviy  metodlari,  psixologik-pedagogik  jihatlari  hamda 
samarali  usullari  yoritilgan.  O‘quv  jarayonida  sodda  misollar,  didaktik  o‘yinlar  va 
vizual vositalardan foydalanish orqali bolalarning matematik fikrlashini rivojlantirish 
masalalari tahlil qilingan. 

190-194 19 14 0

RIVOJLANGAN DAVLATLAR FOND BOZORINING RIVOJLANTIRISH ILG‘OR TAJRIBALARI.

Yaxshiboyev Shohruh Xayitmurod o'g'li

Annotatsiya.  Ushbu  maqola  rivojlangan  mamlakatlarda  fond  bozorlarini 
rivojlantirishdagi  ilg'or  tajribalarni  o'rganadi.  Bu  ularning  muvaffaqiyatiga  hissa 
qo'shadigan asosiy omillarni, shu jumladan me'yoriy asoslarni, texnologik yutuqlarni 
va  globallashuvning  ta'sirini  o'rganadi.  Adabiyotlar  tahlili  tegishli  tadqiqotlar  va 
nazariyalarni  ta'kidlaydi,  metodlar  bo'limida  esa  tadqiqot  yondashuvi  ko'rsatilgan. 
Natijalar  rivojlangan  mamlakatlar  fond  bozorlari  duch  keladigan  yutuqlar  va 
muammolarni namoyish etadi. Muhokama bo'limi ushbu topilmalarni sharhlaydi va 
maqola keyingi o'sishni ta'minlash va kuchaytirish bo'yicha tushunchalar va takliflar 
bilan yakunlanadi. 

195-197 18 13

TEACHING BASIC VOCABULARY AND PHRASES

Anorboyeva Mahbuba, Ahmadjonova Gulhayo

Abstract:  Vocabulary  is  understanding how  to  use  words  in  relation  to  their 
meaning. Developing new vocabulary involves more than just looking up words in a 
dictionary and using those words in sentences. Students' vocabulary grows throughout 
their lifetime through direct and indirect learning.  

198-201 21 9

PRONUNCIATION AND PHONETICS FOR YOUNG LEARNERS DEVELOPING LISTENING COMPREHENSION SKILLS

Anorboyeva Mahbuba, Maʼrufjonova Maftunaxon Nodirbek qizi

Abstract: This article discusses effective activities for teaching minimal pairs 
or words that differ by only one sound essential for English as a Second Language 
(ESL)  students  aiming  for  pronunciation  mastery.  Recognizing  and  reproducing 
distinct  sounds  can  be  challenging  for  learners  whose  native  languages  do  not 
differentiate these phonetic elements. By focusing on minimal pairs, these exercises 
not only improve pronunciation but also foster a dynamic learning environment where 
students can practice at their own pace while actively engaging with their peers. 

167-169 24 13

CHETKA HUDUDLARNI ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANISHI

Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich, Ahmadjonova Nozima, Jumyazova Kamola

Annotatsiya:  Dunyo  boʻylab  qariyb  4,2 milliard  kishi  vodoprovod  suvidan 
foydalanish  imkoniga  ega  boʻlsa,  yana  2,4  milliard  kishi  quduqlar  yoki  umumiy 
kranlardan foydalanish imkoniyatiga ega edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti  toza 
ichimlik suvidan foydalanishni insonning asosiy huquqi deb biladi. 

205-208 17 4

MAKTAB O‘QUVCHILARI BILAN PSIXOKORREKSIYA ISHLARINI OLIB BORISH

Qo‘ziyev Ulug‘bek Aliqulovich

 
Annotatsiya.  Ushbu maqolada maktabda psixokorreksiya ishlarini olib borish 
metodologiyasi, ushbu jarayonga paydo bo`ladigan zaruriyat hamda mashg`ulotlardan 
namunalar muhokama etiladi. 

209-210 17 9

TALABALARNING AMALIYOT JARAYONINI TASHKIL ETUVCHI DOLZARB MASALALAR.

Xomudjonova Feruza, Ergasheva Zulayxo

Maqola mazmuni, talabalarga berilayotgan amaliyotdan olgan bilimlari va uni 
kelgusi  ishlariga  ta'siri  hamda  amaliyot  jarayonidan  olgan  tajriba  ko'nikmalaridan 
iborat. 

211-212 20 12

SPORT MUSOBAQALARINI O'TKAZISH USLUBIYATLARI.

Xomudjonova Feruza, Shavkatova Mushtariy

Annotatsiya. 
Maqola mazmuni sport musobaqalarini o'tkazish uslubiyatlari va tartibi haqida 
boradi. Har bir musobaqa biror maqsadga yo'naltirilgan hisoblanadi. 

213-214 23 7

BASKEDBOL SPORT TURIDAN MUSOBAQALAR O'TKAZISH VA HAKAMLIK QILISH.

Xomudjonova Feruza, Pardayeva Marjona

Annotatsiya. 
Maqola,  mazmuni  basketbol  o'yinidan  musobaqalar  tashkil  qilish  hamda 
o'tkazish uslubiyatlarini takomillashtirishdan iborat.  

215-216 31 4

VOLEYBOL MUSOBAQASIDA HAKAMLARNING VAZIFALARI.

Xomudjonova Feruza, Ergasheva Zilola

Annotatsiya. 
Musobaqa tom ma'noda  necha yillik mashg'ulotlar yig'indisi hisoblanadi. Har 
bir sport turida musobaqalar o'tkazishning o'z qonun  - qoidasi  mavjud bo'lganidek, 
voleybol musobaqasi ham ma'lum qoidalarga asoslanadi.  

217-221 33 12

MAVZU: QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI

Turdaliyeva Zarnigor, Ergasheva Gulchiroy

 
Annotatsiya:  Qonning    shaklli    elementlari    eritrositlar,    leykositlar,  
trombositlar va  ularning  tarkibi,  turlari  to’g’risida  ma’lumot  berilgan.Eritrositlar,  
leykositlar,  trombositlarning  vazifalari,fagositoz,  qon  ivish  jarayonlari  tahlil  etib 
berilgan 

222-225 19 11

MAVZU: PROVIZOR ORGANLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Olimjonova Feruza, Toxirjonova Mushtariy, Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li

Annotatsiya 
Provizor organlar evolyutsiya jarayonida ma'lum funksiyalarni bajargan, ammo 
keyinchalik yo'qolgan yoki o'z funksiyasini yo'qotgan organlardir. Ular evolyutsiya 
davomida organizmning moslanishi natijasida o'zgarishga uchragan va hozirgi kunda 
ko'p hollarda faol emas. Inson tanasida bir qancha provizor organlar mavjud.  

293-296 21 12

9-SINF O‘QUVCHILARINING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH

Abdurahimova Shahnoza Ollonazar qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  9-sinf  o‘quvchilari  uchun  o‘qib  tushunish 
ko‘nikmalarini  shakllantirishning  nazariy  va  amaliy  jihatlari  yoritilgan.  O‘qib 
tushunish – bu nafaqat matnni o‘qish, balki uni anglash, tahlil qilish va fikr bildirish 
jarayonidir.  Maqolada  o‘quvchilarning  o‘qib  tushunish  darajasini  oshirish  uchun 
samarali metodlar va o‘yinlar tavsiya etilgan. 

252-254 20 4

TERAPEVTIK AMALIYOTDA STRESS VA UNING BEMOR SALOMATLIGIGA TA’SIRI

Saidazimxonov Saidislomxon

Annotatsiya: Stress inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u turli vaziyatlarda 
paydo bo‘lishi mumkin. Terapevtik amaliyotda stressning bemor salomatligiga ta’siri 
katta ahamiyatga ega, chunki u nafaqat ruhiy holatga, balki jismoniy salomatlikka ham 
sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Stress  organizmning  tashqi  va  ichki  omillarga  javob 
reaksiyasi bo‘lib, bu jarayonning uzoq davom etishi yoki haddan tashqari kuchayishi 
turli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 

255-263 32 11

RESULTS OF THE STUDY ON THE PROCESS OF SELF- ACTUALIZATION AMONG ADOLESCENTS

Saipova Malaxat

Annotation.  The  process  of  self-actualization  in  a  teenager’s  personality  is 
complicated  by  age-related  characteristics.  In  this  context,  the  author,  within  the 
framework of his research, focused on the course of this process in adolescents growing 
up in families affected by labor migration. He also drew his own conclusions based on 
the research results presented in the table and diagram. 

264-273 41 15

HARBIY XIZMATCHILARNING OILASINI IJTIMOIY – PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK MOSLASHUVIDA MUOMILA VA UNING ROLI

Rejametova Irada Ikramshikovna

Annotatsiya:  Ushbu  maqalada  keltirilgan  ma’lumotlar  asosan  harbiy 
xizmatchilarni  oila  va  moslashuv,  muomila  jarayoniga  asosiy  e’tiborni  qaratilgan. 
Maqolada  keltirigan  ma’lumotlar  ochi  va  mazmunli  ko‘rinishda  aks  ettirilgan  va 
keltirilgan manbalar ijtimoiy – psixologik va pedagogik omillarni o‘z ichiga qamrab 
olgan. 

274-280 16 3

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ АКТИВНОСТИ ЛИЧНОСТИ В ВОЕННОМ ДЕЛЕ

Д.С.Абдуллажанова, Д.О.Абдубокиев

Аннотация: В статье рассмотрены принцип развития кадрового резерва 
и  их  социально-психологические  особенности.  Научно  обоснована  формы  и 
механизмы  инновационной  активности  в  системе  кадрового  вопроса.  Сделан 
вывод о его стратегической важности в использования в сфере управления.    

281-283 19 4

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI FRAZEOLOGIK QATLAMIDA RANG KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING OʻRNI

Madraximova Aziza Ergash qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ingliz  va  oʻzbek  tillari  frazeologik  sathi 
lingvopragmatik  jihatdan  tahlil  qilinib,  ikkala  tilga  xos  xususiyatlar  haqida  fikr 
yuritiladi.  Maqolada  rang-tus  komponentli  iboralarga  misollar  keltirilgan  boʻlib, 
ularning tarjimasi va ta’rifi bilan birgalikda ibora tarkibidagi rang komponenti qanday 
ramzni ifodalab kelishi haqida ma’lumot berilgan. 

284-286 22 7

INTERPRETING SKILLS FOR TRANSLATORS

Abduraxmonov Toʻraxon, Shuxratova Muattaroy Muxammad qizi

Abstract: This article discusses the interpreting skills necessary for translators, 
arguing  that  incorporating  interpreting  competencies  can  significantly  improve 
translators'  responsiveness,  cognitive  flexibility,  and  cultural  adaptability.  Key 
interpreting skills such as active listening, memory retention, real-time reformulation, 
and  intercultural  awareness  are  analyzed  in  the  context  of  how  they  support  the 
translator’s role in both written and spoken communication. The study concludes with 
recommendations for translator training programs to integrate interpreting practice to 
prepare linguists for more dynamic professional settings. 

287-289 16 6

TRANSLATING FOR THE HEALTHCARE AND MEDICAL FIELDS

Abduraxmonov Toʻraxon, Shuxratova Muattaroy Muxammad qizi

Abstract: This article discusses one of the most important components of the 
discipline  of  linguistics  as  it  progressed  and  expanded  its  scope  of  investigation. 
Medical terminology denoting international relations have a vital role in the lexicon of 
any language, including English and Uzbek. Term encounters are unavoidable in the 
process of merging language and culture, particularly in the act of translation. 

290-292 25 5

SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH

Abdimuxammadova Azizabegim Abdimuxammad qizi, Qodirova Go`zal Jalilovna

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  shaxsning  irodaviy  sifatlarini  shakllantirish 
jarayonlari  va  ularning  psixologik  asoslari  tahlil  qilinadi.  Iroda  va  uning  asosiy 
xususiyatlari,  ularni  rivojlantirishning  pedagogik  va  amaliy  usullari  haqida  fikr 
yuritiladi. Shuningdek, turli yoshdagi shaxslarning irodaviy sifatlarini shakllantirishda 
oilaning, ta’limning va jamiyatning roli ochib beriladi. 

226-232 22 10

HUJAYRA ORGANOIDLARI: MITOXONDRIYA VA PLASTIDALAR TUZILISHI.

Rasulova Munavvaroy, Akramjonova Diyora, Ergasheva Ruxshona, Yo‘ldashev Abduvali

 Annotatsiya: Mazkur  ishda  hujayra  organoidlari  hisoblangan  mitoxondriya  
va  plastidaning (ayniqsa,  xloroplast)  morfologik  va  funksional  tuzilishi  hamda  
ularning  hujayra hayotidagi  o‘rni  o‘rganiladi.  Ushbu  organoidlarning  evolyutsion  
kelib  chiqishi  va ularning bir-biridan farqlanuvchi xususiyatlari ilmiy asosda tahlil 
qilinadi. 

297-300 15 4

YOSHLARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Allaberganova Gulnoza Kenjayevna

ANNOTATSIYA 
Maqolada  o‘quvchilar  o‘rtasida  so‘rovnomalar  orqali  bola  tarbiyasiga  ta’sir 
ko‘rsatuvchi  pedagogik,  ijtimoiy,  psixologik  shart-sharoitlarni  o‘rganish  va  milliy 
mentalitetimizga  mos  keladigan  tarbiya  uslubini  tanlash,  ish  jarayonida  unumli 
foydalanish haqida so‘z yuritilgan.  

301-304 26 13

SHAXS XARAKTERNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Rashodova Sharifa Otabek qizi

ANNOTASIYA 
Psixologiyada "Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, belgi" 
degan  ma'noni  anglatadi.  Ijtimoiy  turmushda  hayot  va  faoliyat  ko’rsatayotgan  har 
qanday  shaxs  o’zining  individual-psixologik xususiyatlari bilan  boshqa insonlardan 
ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi.   

305-311 15 8

РАСПОЗНАВАНИЕ ФОРМ ОБЪЕКТОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ЭХОДАТЧИКОВ В РОБОТОТЕХНИЧЕСКИХ СИСТЕМАХ

Бутовский Петр Михайлович

Аннотация 
В данной работе представлены результаты исследования по применению 
ультразвуковых эходатчиков для распознавания геометрических форм объектов. 
Разработанная  методология  обработки  эхосигналов  позволяет 
идентифицировать  базовые  геометрические  примитивы  в  пространстве  с 
точностью  до  87,5%  на  расстоянии  до  3  метров.  Особое  внимание  уделяется 
анализу характера отражения ультразвуковых волн от поверхностей различной 
формы  и  математическому  моделированию  этих  процессов.  Предложенный 
метод  характеризуется  низкой  вычислительной  сложностью  и  может 
применяться  в  системах  реального  времени  с  ограниченными  ресурсами,  что 
делает  его  перспективным  для  использования  в  навигационных  системах 
мобильных роботов, особенно в условиях низкой освещенности или задымления. 

312-315 16 11

BO’LAJAK MUHANDISLARNING INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHDA KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Eshnazarov Dilshod Azamatovich

 Ushbu  maqolada  bo’lajak  muhandislarning  kreativ  kompetensiyalarini 
shakllantirishning  tarkibiy,  konseptual  va  metodik  modelini  takomillashtirishni, 
zamonaviy  axborotkommunikatsiya  texnologiyalarini  ta‘lim  jarayoniga  keng  tatbiq 
etish masalalari bayon rtilgan. 

316-322 15 3

СОВРЕМЕННЫЙ УРОК И ЕГО РОЛЬ В ОБУЧЕНИИ

Мавлянов Аминжан, Эшматов Ихтиёр Ёкубович, Нарманова Барно Ёкубовна

 
Современный  урок  является  неотъемлемой  частью  образовательного 
процесса, играя ключевую роль в развитии обучающихся, формировании у них 
критического  мышления,  навыков  самостоятельной  работы  и  способности  к 
сотрудничеству. С каждым годом требования к организации учебного процесса 
становятся  всё  более  сложными,  а  концепции  преподавания  меняются  в 
соответствии с новыми педагогическими и технологическими тенденциями. 

155-159 19 6

JAHON TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA ERKIN SAVDO ZONALARINI TASHKIL ETISH ISTIQBOLLARI: XITOY AMALIYOTI MISOLIDA

Muhammadjonov Bekzod Olimjon o`g`li

ABSTRAKT 
Ushbu  maqola  O‘zbekiston  Respublikasida  erkin  savdo  zonalarini  (ESZ) 
tashkil etish va rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlarini tahlil qiladi. Xitoy Xalq 
Respublikasining ESZlar sohasidagi ilg‘or amaliyoti asosida O‘zbekistondagi mavjud 
zonalarning samaradorligi baholanadi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, hujjatli monitoring, 
kontent  tahlil  va  nazariy  umumlashtirish  metodlaridan  foydalanilgan.  Maqolada 
Xitoydagi Sudjou, Shenchjen va boshqa hududiy zonalarning O‘zbekistondagi Termiz, 
Angren va Jizzax zonalariga ta’siri asosida xulosalar chiqarilgan. Asosiy natija – ESZni 
muvaffaqiyatli  boshqarish  uchun  institutsional  mustahkamlash,  zamonaviy 
infratuzilma va xalqaro investorlar bilan ochiq muloqot zarurligidir. 

160-163 22 6

ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING VA BRENDING STRATEGIYALARINING O‘RNI.

O’roqova Dilfuza Bahriddinovna, Mamaraimova Zaxro Axmat qizi

 
Annotatsiya: Ziyorat turizmi – bu diniy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan  joylarga  sayohat  qilishni  o‘z  ichiga  olgan  turizm  turi  hisoblanadi.  Ushbu 
maqolada ziyorat turizmini rivojlantirishda marketing va brending strategiyalarining 
ahamiyati,  ularning  samaradorligi,  jahon  tajribalari  va  O‘zbekiston  kontekstida 
qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Turli mamlakatlardagi muvaffaqiyatli brendlar va 
marketing  usullari  misollarida  ziyorat  yo‘nalishlarini  targ‘ib  qilishning  zamonaviy 
usullari ko‘rib chiqiladi. 

164-166 68 4

QANDLI DIABET: TURLARI, BELGILARI VA DAVOLASH USULLARI

Xakimova Marjonabonu Xabibullo qizi

Qandli diabet - bu organizmda insulin ishlab chiqarilishining yetarli emasligi 
yoki  insulin  tasirining  buzulishi  bilan  kechadigan,  uglevodlar,  yog'lar  va  oqsillar 
almashinuvining buzulishi bilan tavsiflanadigan surunkali kasallikdir.Kasallikning I va 
II  turlari  mavjud    bo'lib,  har  bir  turli  patagenezga  ega  .  Qandli  diabet  o'z  vaqtida 
aniqlanmasa yoki davolanmasa, yurak-qon tomir, buyrak, ko'z va asab tizimiga jiddiy 
asoratlar  keltirib  chiqarishi  mumkin.Vaqtida  tashxislash  va  davo  usullarini  qo'llash 
kasallik oqibatlarini oldini olishda muhim rol o'ynaydi.  

114-116 21 10

BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI.

Sanginova Gulnoza Baxodirovna

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  bolalarning  ijodiy  qobiliyatlarini 
rivojlantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Ijodiy fikrlash, tasavvur, va yangi 
g‘oyalarni  yaratish  qobiliyatlarini  shakllantirishda  o‘yin,  san’at,  loyiha  asosidagi 
o‘qitish va interaktiv metodlarning o‘rni ta’kidlanadi. Pedagoglarning bolalarni ijodiy 
yondashuvga  rag‘batlantirishi  va  ta’lim  jarayonida  bolalarga  erkinlik  berishi  ijodiy 
rivojlanish uchun muhim shart-sharoitlar sifatida ko‘rsatiladi. Bu usullar bolalarning 
ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  yordam  beradi  va  ta’lim  tizimining 
samaradorligini oshiradi. 

65-70 19 10

O’QİTUVCHİLAR UCHUN SUN’İY İNTELLEKT YORDAMİDA AVTOMATLASHTİRİLGAN DARS REJALARİNİ GENERATSİYA QİLİSH USULLARİ

Jo’rayeva Dilafruz Shavkat qizi

Annotatsiya: 
Maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanib o‘qituvchilar uchun 
dars  rejalarini  avtomatik  tarzda  generatsiya  qilish  imkoniyatlari  va  metodologik 
yondashuvlar  tahlil  qilinadi.  Tadqiqotda  dars  rejalari  tuzish  jarayonida  vaqt  va 
resurslarni tejash, ularni o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirish hamda 
ta’lim  sifatini  oshirish  maqsadida  tabiiy  tilni  qayta  ishlash  (NLP),  mashinaviy 
o‘rganish  (ML)  va  generativ  til  modellaridan  (GPT)  foydalanish  masalalari  ko‘rib 
chiqilgan.  Shuningdek,  AI  modellarining  pedagogik  talab  va  standartlarga 
moslashuvchanligi,  ularning  metodik  yondashuvlarga  integratsiyalanish  darajasi 
hamda amaliy qo‘llanish mexanizmlari tahlil qilinadi. 
Maqola yakunida avtomatlashtirilgan dars rejalarining afzalliklari, mavjud cheklovlari 
va istiqbolli yo‘nalishlar asosida ilmiy xulosa va tavsiyalar berilgan. 

71-79 20 15

O‘ZBEKISTONDA INFLYATSIYA KO‘RSATKICHLARINI NEYRON TARMOQ ASOSIDA TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASH

Lobar Qurbonova Xo’jamurod qizi

ANNOTATSIYA 
Ushbu  maqolada  O‘zbekistonda  inflyatsiya  ko‘rsatkichlarini  sun’iy  neyron 
tarmoqlar yordamida tahlil qilish va bashoratlash masalalari o‘rganiladi. Inflyatsiya 
iqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlashda  muhim  rol  o‘ynovchi  ko‘rsatkichlardan  biri 
hisoblanadi. An’anaviy statistik usullar inflyatsiyani bashoratlashda cheklovlarga ega 
bo‘lib, so‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan, xususan, chuqur o‘rganish 
asosidagi  neyron  tarmoqlardan  foydalanish  keng  ommalashmoqda.  Tadqiqotda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo‘mitasi  va  Markaziy  bankining  ochiq 
ma’lumotlari  asosida  inflyatsiya  ko‘rsatkichlari  yig‘ilib,  ular  asosida  sun’iy  neyron 
tarmoq  modeli  qurildi.  Model  natijalari  an’anaviy  regressiya  modellari  bilan 
solishtirildi  va  neyron  tarmoq  modelining  yuqori  aniqlik  ko‘rsatgani  kuzatildi. 
Tadqiqot  natijalari  inflyatsiya  darajasini  oldindan  aniqlashda  innovatsion 
yondashuvlarning  samaradorligini  ko‘rsatadi  hamda  iqtisodiy  siyosat  yuritishda 
foydali bo‘lishi mumkin. 

80-85 27 7

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH

Suyunov Akmal Xo’shboq o’g’li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  sun’iy  intellekt  texnologiyalarining  axborot 
xavfsizligini  ta’minlashdagi  o’rni  tahlil  qilingan.  Jumladan,  tahdidlarni  oldindan 
aniqlash va real vaqt rejimida monitoring hamda mashinali o’rganish algoritmlarining 
axborot  tizimlarida  qo‘llanilishi  yoritilgan.  Shuningdek,  ilg’or  sun’iy  intellektga 
asoslangan  xavfsizlik tizimlari va ularning samaradorlik jihatlari ko’rib chiqilgan. 

86-89 26 17

FORMATION OF SPEECH COMPETENCE IN PRESCHOOLERS BASED ON GAME ACTIVITIES

Adkhamjonova Mohlarbonu

Abstract. In this article, the author emphasizes the role and importance of play 
activities of preschoolers in the formation of speech competence. Pedagogy considers 
various  possibilities  of  using  play  activities  to  form  various  knowledge,  skills  and 
abilities in a child, forms of organizing a game in a kindergarten group in order to 
develop practical recommendations for educators and parents taking into account age 
characteristics. 

90-93 14 4

THE ROLE OF INNOVATIVE METHODS IN THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCES OF A FUTURE TEACHER

Karimova Fotima Abdukakhkharovna

Abstract. This article examines the role of innovative methods in the formation 
of professional competencies of a future teacher. Innovative teaching methods also 
include gaming technologies. World pedagogy has accumulated significant experience 
in using games in the educational process. Games are the most important means of 
mental  and  moral  education.  With  the  help  of  gaming  technologies,  a  teacher  can 
simultaneously give students theoretical and practical knowledge. 

94-97 16 4

DEVELOPMENT OF STUDENTS' COMMUNICATIVE SKILLS IN RUSSIAN LANGUAGE LESSONS

Tojiddinova Mokhlaroy

Abstract.  The  article  analyzes  the  development  of  students'  communicative 
competence  in  Russian  language  lessons  as  one  of  the  main  tasks  of  teaching  this 
subject. Each Russian language lesson, no matter what topic is discussed, should be 
subordinated to these tasks, taking into account the specifics of the class, the nature of 
the educational material, and the age characteristics of students. 

98-105 38 12

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI BAHOLASHDA IQ TESTLARINING ROLI VA AHAMIYATI

Davlatova Saidaxon Tojimuhammadovna

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  uchun  IQ 
testlarining ahamiyati yoritilgan. IQ testlari orqali o‘quvchilarning aqliy salohiyatini 
erta aniqlash, ularning individual imkoniyatlariga mos ta’lim strategiyalarini tanlash 
imkoniyati ochiladi. Shuningdek, testlar natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, 
muammoni  hal  qilish,  eslab  qolish  va  mantiqiy  xulosa  chiqarish  ko‘nikmalari 
rivojlanadi.  Maqolada  IQ  testlarining  tarixi,  ularning  ta’limdagi  o‘rni,  ayniqsa 
matematika  darslarida  qo‘llanishi  hamda  psixologik  va  pedagogik  jihatlari  tahlil 
etilgan.  Ilmiy  qarashlar  va  mahalliy  tajribalar  asosida  IQ  testlarining  boshlang‘ich 
ta’limda keng qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. 

106-113 39 5

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Sadriddinova Zulfiya Mirzaliyevna

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  boshlang‘ich  sinf  matematika  darslarida 
o‘quvchilarga  o‘rgatiladigan  matematik  tushunchalar  tizimining  mazmun-mohiyati 
hamda o‘quvchilarning matematik tushuncha va tafakkurini rivojlantirishda murakkab 
masalalarning  o‘rni  va  ahamiyati  xususida  so‘z  boradi.O‘quvchilarning  matematik 
tafakkurini  rivojlantirish  yo‘llari  va  uni  samarali  o‘qitish  yo‘llari  haqida  bayon 
qilingan.  Boshlang‘ich  ta’lim  matematika  darsliklaridagi  mantiqiy  misol,  masalalar 
o‘rganilgan  va  mantiqiy  boshqotirmalardan  namunalar  keltirilgan.  Matematika 
darslarida mantiqiy misol va masalalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish usullari tahlil qilingan. 

61-64 17 20

SEVGI VA NAFRAT KONSEPTI INGLIZ VA OʻZBEK XALQ MAQOLLARIDA

Rahimova Shahzoda Do’stmurodovna, Choriyeva Shahlo Panji qizi

Annotatsiya:  Maqolada  ingliz  va  oʻzbek  xalq  maqollarida  sevgi  va  nafrat 
konseptlari  qiyosiy  tahlil  qilinadi.  Tadqiqotda  ikkala  madaniyatdagi  maqollar 
mazmuni,  badiiy  ifodalanish  usullari  va  ularning  ijtimoiy-psixologik  jihatlari 
oʻrganiladi.  Maqolada  sevgi  va  nafratning  umuminsoniy  va  milliy  xususiyatlari, 
shuningdek, ularning xalq ogʻzaki ijodidagi aks etishi koʻrib chiqiladi. 

117-120 17 34

MULOQOTNING BOLA SHAXSI RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI

Sevara Maxmudova

Annotatsiya:  ushbu  maqolada  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  muloqot 
kompetensiyalari shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va psixologik ijobiy muhitning 
ahamiyati  eks etgan bo‘lib, bolalar muloqotini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari 
yoritilgan.  Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar muloqotining о‘zigа xоs xususiyаtlаri 
hamda  yetakchi faoliyat bosqichlarining ro‘li keltirgan.  

121-127 36 17

BOLALARDA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA TRIZ (IMEN) USULLARI HAQIDA ILMIY QARASHLAR.

Eraliyeva Zamira Rasuljonovna

Annotatsiya 
Maqola katta maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish 
jarayonida  TRIZ  (Ixtirochilik  muammolarini  hal  qilish  nazariyasi)  usullarining 
qo‘llanilishiga  bag‘ishlangan.  Maqolada  TRIZ  metodologiyasining  maktabgacha 
ta'lim tizimidagi ahamiyati, uning pedagogik modellar asosida qo‘llanilishi va ijodiy 
tafakkurni  rivojlantirishga  qo‘shadigan  hissasi  yoritiladi.  TRIZ  (IMEN)  usullaridan 
foydalangan  holda  katta  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  badiiy  tafakkurni 
rivojlantirishning  pedagogik  metodologiyasi  ishlab  chiqilgan  va  turli  metodlardan 
foydalanilgan  holda  tadqiqot  olib  borilgan.  Shuningdek,  maqolada  TRIZ 
metodologiyasining asosiy tamoyillari, ularning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 
ahamiyati  va  amaliy  qo‘llash  usullari  keng  yoritilgan.  Maqolada  O‘zbekistonda 
maktabgacha ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar, xususan, O‘zbekiston ta’lim 
tizimida  TRIZ  texnologiyalarining  joriy  etilishi  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ilmiy-
tadqiqot  ishlari  va  tajribalar  haqida  ma’lumot  beriladi.  Maqola  pedagoglar, 
tadqiqotchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. 

128-133 21 9

KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA TRIZ (IMEN) USULLARIDAN FOYDALANISH.

Eraliyeva Zamira Rasuljonovna

Annotatsiya 
Maqola katta maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish 
jarayonida  TRIZ  (Ixtirochilik  muammolarini  hal  qilish  nazariyasi)  usullarining 
qo‘llanilishiga  bag‘ishlangan.  Maqolada  TRIZ  metodologiyasining  maktabgacha 
ta’lim  tizimidagi  ahamiyati,  ijodiy  tafakkurni  rivojlantirishga  qo‘shadigan  hissasi 
yoritiladi.  Shuningdek,  maqolada  TRIZ  metodologiyasining  asosiy  tamoyillari, 
ularning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ahamiyati va amaliy qo‘llash usullari 
keng yoritilgan. Maqolada O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimidagi innovatsion 
yondashuvlar, xususan, TRIZ usullarining amaliy tatbiqi haqida so‘z boradi. Shu bilan 
birga,  ushbu  modelning  pedagogik  asoslari,  psixologik  xususiyatlari  va  amaliy 
natijalari  atroflicha  tahlil  qilinadi.  Tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  TRIZ 
texnologiyalaridan  foydalanish  bolalarning  tasavvur  qilish,  mustaqil  fikrlash, 
muammolarni  hal  qilish  hamda  ijodiy  yondashuvlarini  rivojlantirishga  ijobiy  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Bundan  tashqari,  O‘zbekiston  ta’lim  tizimida  TRIZ  texnologiyalarining 
joriy  etilishi  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  va  tajribalar  haqida 
ma’lumot beriladi. Maqola pedagoglar, tadqiqotchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda innovatsion 
metodlarni  joriy  etish  imkoniyatlarini  ochib  beradi.  Ushbu  yondashuv  bolalarning 
ijodiy  tafakkurini  rivojlantirishda  samarali  vosita  sifatida ko‘rilmoqda va kelajakda 
ta’lim tizimida yanada kengroq qo‘llanilishi mumkin. 

134-137 22 10

ABDULLA AVLONIYNING BOSMA NASHR VA MATBUOTDAGI O‘RNI

Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  o‘zbek  ma’rifatparvari,  o‘qituvchi  va  jurnalist 
Abdulla  Avloniyning  bosma  nashr  va  matbuot  sohasidagi  faoliyati  tahlil  qilinadi. 
Avloniy    XX  asr  boshlarida  “Shuhrat”  va  “Turon”  kabi  gazetalarga  asos  solib, 
jamiyatni ilm-ma’rifat sari yetaklashga harakat qilgan. U matbuot orqali milliy ong va 
ma’rifatni  targ‘ib  qilib,  o‘z  davri  ziyolilari  orasida  muhim  o‘rin  egallagan.  Ushbu 
maqolada  Avloniyning  matbuot  orqali  olib  borgan  islohotlari  va  ularning  ta’lim 
sohasiga ta’siri yoritiladi. 

138-142 22 4

XORAZM VILOYATI BEMORLARI MISOLIDA AKRIL VA NEYLON QISMAN OLINADIGAN PROTEZLAR SAMARADORLIGINING QIYOSIY TAHLILI

Matrizayeva Gulmira Ne'matjon qizi, Ro'zimova Feruza Shonazarovna, Olimova Madinabonu Maxmudovna

Annotatsiya.  Ushbu  tadqiqotda  Xorazm  viloyati  bemorlari  misolida  akril  va 
neylon  qisman  olinadigan  protezlarning  samaradorligi  qiyosiy  jihatdan  baholandi. 
Tadqiqotda 80 nafar bemor ishtirok etdi, ulardan 40 nafari akril protez, 40 nafari esa 
neylon  protez  bilan  ta’minlandi.  Bemorlarning  moslashuv  muddati,  protezlarning 
qulaylik  darajasi,  tish  go‘shti  bilan  o‘zaro  ta’siri  va  xizmat  muddati  kabi  asosiy 
ko‘rsatkichlar klinik va statistik tahlillar yordamida baholandi. 
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, neylon protezlar bemorlar tomonidan qulayroq deb 
baholangan (8.2 ± 0.9 ball), shuningdek, moslashuv muddati qisqaroq bo‘lgan (10 ± 2 
kun).  Akril  protezlar  esa  uzoqroq  xizmat  qilishi  (5.2  ±  0.8  yil)  va  nisbatan 
mustahkamligi bilan ajralib turdi. Shu bilan birga, akril protezlardan foydalanuvchilar 
orasida dastlabki haftalarda gingivit holatlari ko‘proq kuzatildi. Tadqiqot 2023-2024 
yillarda  viloyat  markaziy  stomatologiya  poliklinikasiga  murojaat  qilgan 150 bemor 
ishtirokida olib borilgan. 

143-146 26 4

STUDYING THE EFFECTIVENESS OF TREATMENT WITH REMOVABLE PROTESES FOR TOOTH-RELATED ELDERLY PATIENTS

Matrizayeva Gulmira Ne'matjon qizi, Omonova Dilnura Ulugbek qizi

Relevance of the research. The relevance of this research stems from the urgent 
demographic shift in Uzbekistan, where 23% of the population will be over 60 by 2030 
(WHO 2022), creating unprecedented demand for age-appropriate dental prosthetics. 
The study specifically addresses critical gaps in Khorezm region, which faces severe 
healthcare disparities with only 4.2 dentists per 10,000 population compared to the 7.1 
national  average.  This  research  provides  the  first  comprehensive  evaluation  of 
removable  prostheses  for  elderly  patients  in  Central  Asia,  where  evidence-based 
guidelines are currently lacking. Traditional acrylic prostheses show particularly poor 
outcomes  in  geriatric  populations,  with  37%  developing  stomatitis  due  to  atrophic 
mucosal changes and declining manual dexterity compromising hygiene. Our study 
uniquely  examines  both  clinical  outcomes  and  socioeconomic  factors  influencing 
prosthetic  success  in  resource-limited  settings.  The  findings  will  directly  inform 
national  geriatric  oral  health  policies,  dental  education  reforms,  and  public  health 
resource  allocation.  By  comparing  conventional  acrylic  versus  flexible  RPDs,  we 
address three fundamental gaps: material efficacy in  aging physiology, cost-benefit 
analysis in low-resource regions, and age-specific treatment modifications. This work 
aligns with UN Sustainable Development Goal 3 (Good Health) and WHO's 2023 Oral 
Health  Strategy  for  Aging  Populations,  while  establishing  the  first  evidence-based 
framework  for  prosthetic  selection  in  Central  Asian  elderly  patients.  The  research 
outcomes will reduce iatrogenic complications, optimize limited healthcare resources, 
and improve quality of life for the region's rapidly growing elderly population facing 
partial edentulism. 

147-150 27 8

BANK KODEKSINING MOHIYATI, BANK XODIMINING KASBIY XULQ- ATVORI

Abduvaxobov Shaxzod Xolmo’min o’g’li, Baxtiyorova Mashxura Fatxiddin qizi

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  bank  kodeksining  mazmun-mohiyati,  uning 
bank tizimidagi ahamiyati hamda bank xodimlarining kasbiy xulq-atvori masalalari 
yoritilgan. Bank kodeksi moliyaviy muassasalarning ichki intizom, etik me'yorlar va 
professional  faoliyatni  tartibga  soluvchi  huquqiy  asos  sifatida  baholanadi.  Unda 
xodimlarning  mijozlar  bilan  munosabati,  halollik,  oshkoralik,  manfaatlar 
to‘qnashuvining oldini olish kabi prinsiplar o‘z aksini topgan. Shuningdek, maqolada 
bank  xodimlarining  kasbiy  xulq-atvori  samaradorlik,  ishonchlilik  va  barqarorlikka 
qanday  ta’sir  ko‘rsatishi  tahlil  qilinadi.  Mazkur  masalaga  oid  xalqaro  tajribalar  va 
O‘zbekiston bank tizimidagi amaliyotlar solishtirma tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. 

22-27 17 3

BUXORO ERGONIMLARI JOZIBADORLIGIDA ShAKLIY VA TASVIRIY O‘YINLARNING ROLI

Rustamov Akbar Sayfulloevich

 
Annotatsiya:  Nomlarni  hosil  qilish  va  taqdim  etishdagi  tasviriy  va  shakliy 
o‘yinlar ergonimlarning nafaqat lingvistik onomastika, balki iqtisodiy marketologiya 
fani  obyekti  ekanligini  ham  ko‘rsatmoqda.  O‘yinlar  orqali  hosil  etilgan  nomlar 
lingvistik jihatidan nomaqbuldek ko‘rinishi mumkin, ammo ular marketing jihatidan 
o‘zini  oqlagani  hamda  mijozlar  e’tiborini  tortayotganligi  sababli  faol  iste’molda 
bo‘ladi. 
Ergonimlarni hosil qilishda foydalanilgan o‘yinlarni ikkiga bo‘lish mumkin: 
shakliy va tasviriy o‘yinlar. Maqolada oʻyinlar diqqatni tortish, mijozlarda o‘zgacha 
ta’sir  ko‘satish,  ma’lumotlar  haqidagi  xabarni  noodatiy  ravishda  yetkazish  orqali 
ekspressivlik, emotsionallik kabi  muhim  vazifalarni bajarishga xizmat qilishi ochib 
beriladi. 

233-235 23 15

PSIXOLOGIK XIZMAT VA UNING TURLARI. PSIXOANALIZ TA’LIMOTI VA TIBBIYOTDAGI O‘RNI

Olimova Dano Shakirovna, Masharipov Eldorbek Yarashboy o‘g‘li

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  psixologik  xizmat  tushunchasi,  uning  asosiy 
maqsad va vazifalari, amaliyotdagi asosiy turlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, 
zamonaviy  psixologik  yondashuvlardan  biri  bo‘lgan  psixoanaliz  ta’limoti,  uning 
asoschilari,  asosiy  tamoyillari  va  bugungi  tibbiyotdagi  ahamiyati  tahlil  qilinadi. 
Maqola  psixologik  xizmat  ko‘rsatishning  amaliy  shakllari  hamda  bemorlar  bilan 
ishlashda psixoanalizning qo‘llanilishi misolida yoritilgan. 

236-239 19 9

MATBUOTNING TURKISTONGA KIRIB KELISHI TARIXI

Qurbonova Ruxsatoy Rahmatullo qizi

Annotatsiya: Turkiston tarixida matbuotning kirib kelishi, jamiyatda ilm-fan va 
ma’rifatni rivojlantirishda muhim rol o'ynagan. Bu maqolada matbuotning Turkistonga 
kirib  kelish  tarixi,  uning  jamoatchilikka  ta’siri  hamda  milliy  qadriyatlarni 
shakllantirishdagi  ahamiyati  tahlil  qilinadi.  Maqola  asosan  XX  asr  boshlaridagi 
voqealar, jadidchilar faoliyati va matbuot vositalarining tarqalishi haqida fikr yuritadi  

240-243 27 8

TA’LIM VA ILMIY FAOLIYATNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH.

Muradov Bahrom Akromjonovich

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  zamonaviy  ta'lim  va  ilmiy  faoliyatni 
boshqarishning samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan usullar tahlil qilingan. 
Ta'lim  jarayonida  innovatsion  yondashuvlar,  interfaol  metodlar  va  texnologik 
vositalarning roli ko'rib chiqiladi. Maqola, talabalarning bilim darajasini oshirish va 
ularning  mustaqil  fikrlash  ko'nikmalarini  rivojlantirish  uchun  loyihalashtirilgan 
strategiyalarni taklif qiladi  

244-247 26 21

TA’LIM VA ILMIY FAOLIYATNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Muradov Bahrom Akromjonovich

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ta’lim  va  ilmiy  faoliyatni  boshqarishning 
zamonaviy usullari va strategiyalari tahlil qilinadi. Maqola, o‘quv jarayonini samarali 
tashkil  etish  uchun  interfaol  metodlardan  foydalanishni,  shuningdek,  ilmiy 
tadqiqotlarni rejalashtirish va natijalarini baholash mexanizmlarini takomillashtirish 
zarurligini  ko‘rsatadi.  Kalit  so‘zlar:  ta’lim  boshqaruvi,  ilmiy  faoliyat,  interfaol 
metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik monitoring  

248-251 26 8

QATTIQ JISMLARNING ISSIQLIKDAN CHIZIQLI KENGAYISH KOEFFITSIYENTINI ANIQLASH

Xudayberdiyeva Akgul Suleyman gizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada qattiq jismlarning issiqlikdan chiziqli kengayish 
koeffitsiyentini (α) aniqlash usullari, uning fizik mohiyati va amaliy ahamiyati tahlil 
qilinadi. Turli materiallar uchun kengayish koeffitsiyentining qiymatlari solishtiriladi, 
eksperimental usullar va hisoblash metodlari ko‘rib chiqiladi. Issiqlik kengayishining 
qurilish, mashinasozlik va elektronika sohalaridagi ahamiyati yoritiladi. 

7-9 20 4

MADANIY ME’YORLAR VA AN’ANALAR ORQALI SIYOSIY ISHTIROK

Farhadova Quvonchoy

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  madaniy  me’yorlar  va  an’analar  siyosiy 
ishtirokga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Xususan, milliy qadriyatlar, diniy 
e’tiqodlar, urf-odatlar va oilaviy institutlarning jamiyatdagi siyosiy faollik darajasiga 
ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada siyosiy ijtimoiylashuv jarayoni, fuqarolik ongining 
shakllanishi  va  an’anaviy  ijtimoiy  tuzilmalar  orqali  siyosiy  qarorlar  qabul  qilish 
mexanizmlarining  shakllanishi  haqida  fikr  yuritiladi.  O‘zbekiston  misolida  olib 
borilgan  tahlillar  orqali  madaniy  omillar  siyosiy  ishtirokni  qanday  rag‘batlantirishi 
yoki cheklashi mumkinligi yoritiladi. Tadqiqotda sotsiologik va madaniy yondashuvlar 
asosida siyosiy ishtirokning madaniy ildizlari ochib beriladi. 

10-14 23 17

СОВРЕМЕННЫЕ СОСТОЯНИЕ ВИРУСНОГО ГЕПАТИТА

Манасова И.С.

Аннотация:  В  данной  статье  представлен  текущий  статус  проблемы 
вирусного  гепатита  анализ  многолетней  динамики  регистрируемой 
заболеваемости  острыми  вирусными  гепатитами  в  различных  регионах. 
Вирусная инфекция гепатита  традиционно считалась острой, самоограниченной 
болезнью,  подобной  гепатиту  А.  Вирус  гепатита  Е  (ГЭВ)  был  признан 
десятилетиями  как  основная  причина  вспышек,  связанных  с  фекальным 
загрязнением  питьевой  воды  в  развивающихся  странах.[1.2.3]  Этот  патоген 
теперь  также  признан  в  качестве  основного  этиологического  агента  острого 
гепатита в промышленно развитых странах, который передается зоонотически. 
Описан импортный случай ГЭВ на территории Республики Беларусь в сочетании 
с острой ВИЧ-инфекцией.[7.8.9.10] 

15-21 21 5

ФОРМИРОВАНИЕ ЗДОРОВЬЯ ДЕТЕЙ

Балтаева Г.Р

          
Введение:Формирование здоровья детей во многом обусловлено уровнем 
развития  системы  образования,  материального  обеспечения  семьи,  быта, 
медицинского  обслуживания  и  прочих  факторов  [1].  По  данным  ВОЗ  и 
российских  учёных,  от  25  до  40%  вклада  в  формирование  здоровья  детей 
приходится на социально-гигиенические факторы [2]. Здоровье детей в России и 
за  рубежом  характеризуется  устойчивыми  негативными  тенденциями. 
Школьные  болезни  сохраняют  массовый  характер  и  имеют  негативную 
динамику за период обучения от младших к старшим классам – число детей с 
нарушениями зрения возрастает в 2–3 раза, нарушениями осанки – в 3–4 раза [3–
6]. Наиболее значительный рост миопии с 2,4 до 8,4% в год регистрируется при 
переходе  школьников  из  начальной  школы  в  основное  звено  [7,  8].  Низкая 
двигательная  активность  современных  школьников  способствует 
формированию патологии сердечнососудистой системы и опорно-двигательного 
аппарата [9, 10]. К окончанию школы до 50% детей имеют ограничения в выборе 
профессии по состоянию здоровья. На этапе получения среднего образования 
значительная  часть  детей  также  получает  синдром  сверхзанятости  и 
эмоционального выгорания. Существенную долю в увеличение интенсификации 
учебного  процесса  вносит  применение  электронных  средств  обучения 
(интерактивные  доски,  ноутбуки,  мобильные  компьютерные  классы),  что 
приводит  к  значительному  возрастанию  нагрузки  на  зрительный  анализатор, 
нервную  систему  и  выражается  в  повышенном  утомлении  и  эмоциональном 
напряжении  [11,  12].  При  изучении  влияния  видеоигр  на  детей  включая 
микроструктурные свойства мозга были получены данные о прямой и косвенной 
связи  этих  изменений  в  нервной  системе  и  снижением  речевого  интеллекта 
ребёнка  [13,  14].  Имеются  исследования,  свидетельствующие  о  влиянии 
чрезмерного  «патологического»  использования  интернета  на  состояние 
психического здоровья [15–19], особенности состояния когнитивных функций у 
детей  при  восприятии  информации  с  экранов  компьютеров  и  ридеров  в 
сравнении с бумажным носителем. 

151-154 20 6

OʻZBEKISTON SSSR DA TA'LIM TIZIMI TARIXSHUNOSLIGI (1941-1945- YILLAR)

Ravshanova Marjona Bahrom qizi

Annotasiya. Ikkinchi jahon urushi davri (1941-1945) Oʻzbekiston taʼlim tizimi 
uchun murakkab va oʻziga xos davr boʻldi. Urush yillari taʼlim tizimi oldida yangi 
vazifalar qoʻydi, resurslar cheklandi, va taʼlim jarayoni qiyin sharoitlarda olib borildi. 
Ushbu  davr  taʼlim  tarixshunosligida  yetarlicha  oʻrganilmagan  boʻlib,  koʻplab 
savollarga  javob  talab  qiladi.  Ushbu  maqolada  1941-1945  yillardagi  Oʻzbekiston 
taʼlim tizimi tarixshunosligiga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlar, arxiv materiallari va 
boshqa manbalar tahlil qilinib, oʻsha davr taʼlim tizimining xususiyatlari, muammolari 
va yutuqlari yoritib beriladi. 

28-31 15 5

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TAHSIL OLAYOTGAN BIOLOG VA EKOLOG TALABALAR UCHUN MALAKA AMALIYOTINI TASHKIL ETISHNING METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Norova Nafisa Farxodovna

Annotatsiya:  Oliy  ta'lim  muassasalarida  biologiya  va  ekologiya  sohalarida 
tahsil olayotgan talabalar uchun malaka amaliyoti jarayoni, ularning nazariy bilimlarini 
amaliy ko‘nikmalar bilan birlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Malaka amaliyoti, 
talabalarni kelajakdagi professional faoliyatlariga tayyorlash, ularning ijodiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish va amaliy tajribalarini oshirishga yordam beradi. Innovatsion 
yondashuvlar  asosida  malaka  amaliyotini  tashkil  etish,  ta'lim  jarayonini  yanada 
samarali  qilishga  xizmat  qiladi.  Ushbu  maqolada  biolog  va  ekolog  talabalar  uchun 
malaka  amaliyotini  tashkil  etishning  innovatsion  metodikasi  haqida  ma'lumotlar 
berilgan. 

32-38 28 13

XALQARO TO'LOV TIZIMLARINING O'ZBEKISTON BANK TIZIMIDAGI AHAMIYATI VA TASHQI SAVDO OPERASIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI

Xalikova Umida Rustamovna

  Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  xalqaro  to‘lov  tizimlarining  O‘zbekiston 
bank  tizimidagi  o‘rni  va  ular  orqali  tashqi  savdo  operatsiyalarini  rivojlantirishdagi 
funksional  roli  chuqur  tahlil  qilinadi.  Bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasida 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ayniqsa, raqamli moliyalashtirish va xalqaro 
moliyaviy  integratsiya  jarayonlari  doirasida  xalqaro  to‘lov  tizimlarining  ahamiyati 
tobora  ortib  bormoqda.  Maqolada  SWIFT,  Visa,  Mastercard,  PayPal  kabi  to‘lov 
tizimlarining  O‘zbekiston  bank  sektoriga  ta’siri,  ularning  eksport-import 
operatsiyalarini  soddalashtirishdagi  funksiyalari,  shuningdek,  mahalliy  banklar 
faoliyatining  raqamli  transformatsiyasiga  qo‘shgan  hissasi  yoritib  berilgan. 
Shuningdek,  xalqaro  to‘lov  tizimlarining  joriy  etilishi  natijasida  tashqi  iqtisodiy 
faoliyat  subyektlari  uchun  yaratilayotgan  imkoniyatlar  va  yuzaga  kelayotgan 
muammolar  ham  tahlil  qilingan.  Tadqiqot  natijalariga  asoslangan  holda  maqolada 
muhim xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan. 

39-42 23 8

O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILAYOTGAN AT (AXBORORT TEXNOLOGIYALARI) TARJIMALARI VA ULARNING MUQOBILLARI

Tilonboyeva Nodira Zokirjon qizi

 
Annotatsiya: Kundan kunga rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan ham to‘xtovsiz 
o‘sib  bormoqda.  Buning  natijasida  fanda  bizga  notanish  bo‘lgan  terminlar  soni 
ko‘paymoqda. Ayniqsa, hozirgi davrga kelib inson hayotini kompyuter, uyali aloqa 
vositalari va ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari 
rivojlangani  sari  unga  aloqador  yangidan  yangi  terminlarning  paydo  bo‘ishi  ham 
jadallashmoqda. Bu esa o‘z navbatida tilshunoslikning terminalogiya sohasida tarjima 
bo‘yicha qiyinchiliklarni va muammolarni keltirib chiqarmoqda.  

43-47 20 10

GENERAL PRINCIPLES OF TEACHING ENGLISH AS A SECOND LANGUAGE

Muminova Sevinch Nuriddin qizi, Usmonova Jasmina Akbari qizi, Shokomolova Shakhina Akbarovna, Turayeva Zulfiya Sodiq qizi

Annotation:  Teaching  English  as  a  Second  Language  (ESL)  requires  a 
structured approach based on pedagogical principles that facilitate effective language 
acquisition. This article explores the fundamental principles of ESL teaching, including 
communicative competence, learner-centered instruction, cultural sensitivity, and the 
integration of technology. By analyzing various methodologies and best practices, this 
paper provides insights into how educators can enhance language learning experiences 
for non-native speakers. 

48-51 20 3

YANGI O'ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI (QORAQOLPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)

Ashikbayeva Albina Salauat qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  O‘zbekiston  Respublikasi,  xususan 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  yangi 
tendensiyalar, rivojlanish istiqbollari va qo‘yilgan strategik maqsadlar tahlil qilinadi. 
Sport  infratuzilmasi,  yoshlar  sportga  qiziqishi,  davlat  siyosati  va  xalqaro 
hamkorlikdagi  o‘zgarishlar  asosiy  diqqat  markazida  turadi.  Maqolada 
Qoraqalpog‘istonda  sportni  rivojlantirish  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan  loyihalar, 
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. 

52-56 27 11

VIRTUAL EPIDEMIYA (DOFAMIN DETOKS)

Sanaqulova Gulzora Azamatovna

Annotatsiya:  Virtual  epidemiya  tushunchasi,  ayniqsa,  zamonaviy  raqamli 
texnologiyalar  va  ularning  inson  miyasiga  taʼsiri  doirasida  keng  oʻrganiladigan 
mavzulardan  biriga  aylangan.  Bu  maqolada  virtual  epidemiyaning  asosiy  belgilari, 
uning  inson  sogʻligʻiga  taʼsiri  va  shu  jumladan  "dofamin  detoks"  strategiyasining 
ahamiyati  muhokama  qilinadi.  Dofamin  detoks  –  bu  non-stop  digital  stimulyatsiya 
natijasida paydo boʻlgan psixik va biologik noaniqliklarni bartaraf etishga qaratilgan 
amaliyotdir.  Maqola  tahliliy  uslubda  yozilgan  boʻlib,  soʻnggi  tadqiqotlar  asosida 
virtual epidemiya va dofamin detoks nazariyalarini birlashtirib, amaliy  yechimlarni 
taklif qiladi. 

57-60 20 10

MADANIY TURIZMNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Abdumuminov Ibroxim Baxrom o’g’li, Yuldashev Abdumalik Ilxomovich

Annotatsiya 
Ushbu maqolada madaniy turizmning dolzarb jihatlari, uning iqtisodiy, ijtimoiy 
va  ma’naviy  ahamiyati,  raqamli  texnologiyalar  orqali  rivojlanish  istiqbollari  tahlil 
qilinadi. 
Madaniy  turizm  nafaqat  tarixiy  merosni  asrash,  balki  mahalliy  aholi 
farovonligini oshirishda ham muhim vositadir. Maqolada zamonaviy misollar asosida 
madaniy turizmning hozirgi holati, mavjud muammolari va istiqbollari yoritilgan.