Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
134
ABDULLA AVLONIYNING BOSMA NASHR VA MATBUOTDAGI O‘RNI
Buriyeva Shaxnoza Inat qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti Boshlang‘ich
ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi
+998886784664
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek ma’rifatparvari, o‘qituvchi va jurnalist
Abdulla Avloniyning bosma nashr va matbuot sohasidagi faoliyati tahlil qilinadi.
Avloniy XX asr boshlarida “Shuhrat” va “Turon” kabi gazetalarga asos solib,
jamiyatni ilm-ma’rifat sari yetaklashga harakat qilgan. U matbuot orqali milliy ong va
ma’rifatni targ‘ib qilib, o‘z davri ziyolilari orasida muhim o‘rin egallagan. Ushbu
maqolada Avloniyning matbuot orqali olib borgan islohotlari va ularning ta’lim
sohasiga ta’siri yoritiladi.
Kirish so‘zlar:
Avloniy, matbuot, jurnalistika, nashr, jadidchilik, pedagog,
o‘zbek adabiyoti, madaniyat, ta’lim tizimi, uyg‘onish, jamiyat
Matbuot-millat ko‘zgusidir
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon har bir soha rivojida ulkan
istiqbolli ishlar amalga oshirilib, bu o‘z navbatida O‘zbekistonimizning taraqqiy etib,
gullab yashnashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha sohalar qatori matbuot va
boshqa ommaviy axborot vositalari jamiyatda o‘ziga xos ijtimoiy institut sifatida
shakllandi. Matbuot chinakam hayot ko‘zgusi, “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga
ko‘tarilmoqda. O‘zbek matbuoti va bosma nashrlarining shakllanishida o‘zining
betakror hissasini qo‘shgan ziyolilar orasida Abdulla Avloniy alohida o‘rin tutadi. U
nafaqat ma’rifatparvar adib va pedagog sifatida, balki milliy matbuot taraqqiyotiga
ulkan hissa qo‘shgan jurnalist, muharrir va noshir sifatida ham tarixda nom qoldirgan.
Avloniy o‘z davrining ijtimoiy va madaniy muammolarini hal qilish, xalqni
savodxonlikka, bilimga da’vat etish yo‘lida qator gazeta va jurnallar tashkil etib,
ularning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
XX asr boshlarida Turkiston jadidlari milliy matbuotning asosini qo‘ygan bo‘lsa,
Avloniy bu yo‘nalishda yetakchi shaxslardan biri bo‘ldi. Uning sa’y-harakatlari bilan
nashr qilingan “Shuhrat”, “Turon”, “O‘qituvchi” kabi gazeta va jurnallar xalqni
ma’rifat sari yo‘naltirish, milliy ongni uyg‘otish, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan
xabardor qilish kabi muhim vazifalarni bajargan. Avloniy nashr etgan gazetalarda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
135
faqatgina yangiliklar emas, balki o‘zbek adabiyoti, madaniyati, ta’lim tizimi hamda
jamiyatdagi muammolar haqida ham keng qamrovli maqolalar e’lon qilinib, bu
nashrlar o‘z davrida katta o‘quvchilar auditoriyasiga ega bo‘lgan. Avloniy matbuot
faoliyatida mustamlaka tuzumi sharoitida xalqning huquq va erkinliklarini himoya
qilish, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida islohotlarni targ‘ib qilish asosiy maqsad edi.
Uning asarlarida matbuotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida chuqur
mulohazalar bildirilgan bo‘lib, u matbuotni
millat ko‘zgusi deb bilgan. U tomonidan tashkil
etilgan matbuot organlari o‘zbek jurnalistikasi
rivojida muhim bosqich bo‘lib, bugungi kunda
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Abdulla Avloniy 1906 yildan she’rlari bilan
matbuotda qatnasha boshlagan. 1906 yil
“Taraqqiy”, 1907 yil o‘z uyida (Toshkentda)
“Shuhrat” gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar
yopib qo‘yilgach, 1908 yil yashirin ravishda
“Osiyo” gazetasini nashr etdi. Toshkent
shahrining Mirobod mahallasida yangi usul
maktabi ochib (1908), o‘zi ona tili va
adabiyotdan dars bergan. 1909 yil “Jamiyati
xayriya” tuzib, yetim bolalarni o‘qitgan. Shundan
keyin Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab ochgan (1912). Avloniy
yangi maktablar uchun qo‘llanma va o‘qish kitoblari yozib nashr qildirgan [masalan,
“Birinchi muallim”, 1911; “Ikkinchi muallim”, 1912; “Turkiy guliston yoxud axloq”,
1913; 4 juz (qism)li “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plami, 1909–15; “Maktab
gulistoni”, 1915; “Mardikorlar ashulasi”, 1917 va boshqalar. Munavvarqori, Tavallo,
Rustambek Yusufbekov, Shokirjon Rahimiy va boshqa ma’rifatparlar bilan birgalikda
“Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) kitob nashr qilish shirkatlarini tashkil etgan.
1913 yil “Turkiston” nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol
qatnashgan. 1917 yil “Turon” gazetasini nashr qilgan. Avloniy “Ishtirokiyun” gazetasi
tashkilotchisi va muharriri. 1919–20-yillarda Sho‘ro hukumatining Afg‘onistondagi
siyosiy vakili va konsuli. “Kasabachilik harakati” jurnali bosh muharriri (1921). Eski
shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar)da mudir (1923–24),
Toshkent harbiy maktabida o‘qituvchi (1924–29). 1930–34 yillarda O‘rta Osiyo
universiteti til va adabiyot kafedrasi mudiri, professori. Shu davrda o‘zbek
maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xrestomatiyasi” tuzib, nashr ettirgan (1933).
Avloniyning she’riy to‘plamlari, dramatik asarlari nashr etilgan. U tanqidiy va ilmiy
maqolalar, 4000 misradan ortiq she’r ijod qilgan. Botkin ko‘chasidagi qabristonga dafn
etilgan. Toshkentdagi ko‘chalardan biri, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
136
malakasini oshirish markaziy instituti Avloniy nomi bilan ataladi. Avloniy yodgorlik
muzeyi ochilgan.
Abdulla Avloniy o‘z faoliyatini nafaqat o‘qituvchi va adib sifatida, balki jurnalist
va noshir sifatida ham olib borgan. U 1913-yilda “Shuhrat” gazetasini nashr eta
boshlagan bo‘lib, bu nashr Turkistondagi ilg‘or fikrli ziyolilar uchun muhim axborot
manbai edi. Ushbu gazeta orqali u xalqni ma’rifatga da’vat etgan, ta’lim-tarbiya
masalalariga jiddiy e’tibor qaratgan. Shuningdek, gazeta sahifalarida milliy uyg‘onish,
mustamlaka siyosatining salbiy oqibatlari va o‘zbek xalqi oldida turgan dolzarb
muammolar yoritilgan.
Avloniy matbuotni xalqning ongini uyg‘otish vositasi deb bilgan va shu sababdan
1917-yilda “Turon” gazetasini tashkil etgan. Ushbu gazeta faqatgina yangiliklarni
yoritish bilan cheklanmay, balki o‘zbek milliy adabiyoti va san’atining rivojlanishiga
ham xizmat qilgan. Uning sahifalarida ilg‘or jadid ziyolilarining maqolalari, adabiy va
publitsistik asarlari chop etilgan. Avloniy gazeta orqali nafaqat ilm-ma’rifatni targ‘ib
qilgan, balki yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham harakat qilgan. Bundan
tashqari, Avloniy o‘qituvchilar uchun maxsus nashr – “O‘qituvchi” jurnalini tashkil
etgan. Bu jurnal pedagoglar uchun yo‘riqnoma sifatida xizmat qilgan bo‘lib, unda
zamonaviy ta’lim metodikasi, bolalar tarbiyasi, dars berish usullari bo‘yicha muhim
maqolalar e’lon qilingan. Avloniy jurnal orqali ta’lim tizimini isloh qilish, uni ilm-fan
yutuqlari asosida rivojlantirish zarurligini ilgari surgan.
Abdulla Avloniy jadidchilik harakatining faol a’zolaridan biri sifatida matbuot
orqali jamiyatni uyg‘otish va isloh qilish tarafdori edi. U o‘z maqolalarida Turkistonda
yangi tipdagi maktablar ochish, eski madrasalarning kamchiliklarini tahlil qilish,
qizlarni o‘qitish zarurligini ko‘rsatib
o‘tgan. Avloniyning matbuot sohasidagi
xizmatlari
jadid
gazetalari
va
jurnallarining rivojlanishida muhim rol
o‘ynagan. Jadid matbuoti orqali u
jamiyatni savodxonlikka chaqirish, eski
qarashlardan voz kechish va milliy ongni
shakllantirishga harakat qilgan. Uning
gazeta va jurnallarida ma’rifatparvarlik
g‘oyalari keng targ‘ib qilingan bo‘lib, bu
nashrlar mustamlaka siyosati sharoitida
xalqning o‘zligini anglashiga xizmat
qilgan.
Abdulla Avloniy o‘zining noshirlik
faoliyatida ko‘plab qiyinchiliklarga duch
kelgan.
Uning
gazetalarini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
137
moliyalashtirish, sensor nazorati, mustamlakachi amaldorlarning tazyiqlari – bularning
barchasi uning ishiga to‘sqinlik qilgan. Biroq shunga qaramay, Avloniy o‘z yo‘lidan
qaytmagan va matbuotni xalqni ma’rifatga yetaklashning muhim vositasi sifatida
ko‘rishda davom etgan. Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, milliy matbuotga bo‘lgan qattiq
nazorat Avloniyning ham matbuotdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1920-yillarga
kelib, jadid matbuoti bosqichma-bosqich yopildi va milliy nashrlar yo‘q qilindi. Ammo
Avloniyning matbuotga qo‘shgan hissasi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.
Abdulla
Avloniy o‘zbek matbuoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan
ma’rifatparvarlardan biridir. U matbuotni millat ko‘zgusi, xalqning ilm olishga bo‘lgan
ehtiyojini qondiradigan vosita sifatida ko‘rgan va shu yo‘lda fidokorona mehnat qilgan.
Uning tashabbusi bilan chop etilgan gazeta va jurnallar o‘z davrida xalqni ma’rifat sari
yetaklagan, bugungi kunda esa o‘zbek matbuoti tarixida alohida o‘rin egallaydi.
Avloniyning matbuot sohasidagi mehnatlari hozirgi jurnalistikamiz rivojiga ham asos
bo‘lib xizmat qiladi. Uning fikrlari, qarashlari va matbuotga bo‘lgan yondashuvi
bugungi kunda ham ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Shavkat Mirziyoyev.Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz
ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so‘zi”, 2017-
yil 4-avgust .
2.
Shavkat Mirziyoyev.O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo
etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O‘qituvchi va murabbiylar kuniga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi,” Xalq so‘zi”, 2020-yil 1-oktyabr. №
207. (7709) 3-bet
3.
Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2 жилдлик. 2-жилд. Тошкент
"Маънавият" 2006.
4.
Mamasoli Jumaboyev . O‘zbek va chet el bolalar adabiyoti. Toshkent -
"O‘ZBEKISTON" – 2003
5.
Ulug‘bek Dolimov."Мilliy uyg‘onish pedagogikasi" «NOSHIR» ТОШКЕНТ –
2012
6.
N. Abdulahatov, O.Abubakirova “Aliomalar to‘g‘risidagi asotirlar” Farg‘ona 2012
y.
7.
H.T.Omonovva boshqalar “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” .
Darslik Toshkent - 2007.
8.
M.Axmedjonov, B.Xo‘jayev, Z.Hasanova. “Pedagogik mahorat”. -Buxoro, 2008.
9.
O.Suvonov, S.Astanova. “Pedagogik mahorat”. -Guliston, 2016