Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
106
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK
TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Sadriddinova Zulfiya Mirzaliyevna
Qo’qon Universiteti Ta’lim
kafedrasi katta oʻqituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida
o‘quvchilarga o‘rgatiladigan matematik tushunchalar tizimining mazmun-mohiyati
hamda o‘quvchilarning matematik tushuncha va tafakkurini rivojlantirishda murakkab
masalalarning o‘rni va ahamiyati xususida so‘z boradi.O‘quvchilarning matematik
tafakkurini rivojlantirish yo‘llari va uni samarali o‘qitish yo‘llari haqida bayon
qilingan. Boshlang‘ich ta’lim matematika darsliklaridagi mantiqiy misol, masalalar
o‘rganilgan va mantiqiy boshqotirmalardan namunalar keltirilgan. Matematika
darslarida mantiqiy misol va masalalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish usullari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
mantiqiy, tafakkur, texnologiya, ta’lim-tarbiya, grafik,
matematika, misol, masala, idrok, tanqidiy fikrlash, sonlar, arifmetik amal
Абстрактный.
В статье рассматриваются содержание и сущность системы
математических понятий, преподаваемых учащимся на уроках начальной
математики, а также роль и значение комплексных задач в развитии
математического понимания и мышления учащихся. В нем описываются
способы развития математического мышления учащихся и методы
эффективного его обучения. Приведены примеры логических примеров,
изучаемых задач и логических головоломок из учебников математики для
начальной школы. Проанализированы методы развития логического мышления
у учащихся начальной школы посредством логических примеров и задач на
уроках математики.
Ключевые слова:
логика, мышление, технология, образование, графика,
математика, пример, проблема, восприятие, критическое мышление, числа,
арифметическая операция
Abstraktnyy.
V stat'ye rassmatrivayutsya soderzhaniye i sushchnost' sistemy
matematicheskikh ponyatiy, prepodavayemykh uchashchimsya na urokakh nachal'noy
matematiki, a takzhe rol' i znacheniye kompleksnykh zadach v razvitii
matematicheskogo ponimaniya i myshleniya uchashchikhsya. V nem opisyvayutsya
sposoby razvitiya matematicheskogo myshleniya uchashchikhsya i metody
effektivnogo yego obucheniya. Privedeny primery logicheskikh primerov,
izuchayemykh zadach i logicheskikh golovolomok iz uchebnikov matematiki dlya
nachal'noy shkoly. Proanalizirovany metody razvitiya logicheskogo myshleniya u
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
107
uchashchikhsya nachal'noy shkoly posredstvom logicheskikh primerov i zadach na
urokakh matematiki.
Klyuchevyye slova:
logika, myshleniye, tekhnologiya, obrazovaniye, grafika,
matematika, primer, problema, vospriyatiye, kriticheskoye myshleniye, chisla,
arifmeticheskaya operatsiya
KIRISH
Tafakkur - inson ongida aks etgan obyektlar tomonlar va xossalarini ajratish va
ularni yangi bilim olish uchun boshqa obyektlar bilan tegishli munosabatlarda qo‘yish
jarayoniga aytiladi. Umuman olganda, tafakkur obyektiv borliqning inson ongida faol
aks ettirish jarayonidir. Tafakkur ham mazmun va shaklga ega. Alohida fikrlar
tuzilmasi va ularni maxsus birlashmalariga tafakkurning shakllari deyiladi.
Tafakkurning shakllari quyidagilar: tushuncha, hukm va tasdiqlar. Uning haqiqatliligi
- ularni to‘gri o‘rganish, mustahkam va ishonchli sistemani ta’minlaydi.
Muhtaram
Prezidentimiz
Shavkat
Miromonovich
Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek: “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan
bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Haqiqatdan ham ushbu jumlalar zamirida keng ma’no-mazmun yotibdi. Matematika
fanining “fanlar ichra shoh”, “aniq fanlarning asosi” deb ta’riflanishlari ham bejiz
emas, albatta. Bu fan insonni har tomonlama yuksaltiradi. Shuning uchun ham shaxs
rivojlanish jarayonida matematik tafakkur va tushunchalarni shakllantirish
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimidanoq boshlanib, asosiy poydevor
yaratiladi.
1
Matematikaning rivoji inson tafakkuri ta’sirida amalga oshadi. Shu
sababdan ham matematikani o‘rganish o‘rganuvchidan tafakkurni rivojlantirishni talab
etadi.
Ma’lumki, hozirgi asrimiz axborot-kommunikatsiya, zamonaviy texnika va
texnologiyalar davri. Har qanday texnologiyalar asosida aniq hisob-kitoblar yotadi. Bu
esa o‘z navbatida matematika fani va uni o‘rganishga, rivojlantirishga, uning
yutuqlaridan samarali foydalanishga bo‘lgan talabni kuchaytiradi. Ushbu talablardan
kelib chiqqan holda butun dunyoda, jumladan, yurtimizda ham bu sohaga bo‘lgan
e’tibor kundan kunga kuchaymoqda. 2020-yil yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevning
“Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2
gi qonuniga binoan mamlakatimizda matematik ilm-fanni
1
Akram Pirimov, Mohinur Nekboyeva, Nargiza Samandarova. BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING MATEMATIK TUSHUNCHA VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA
MURAKKAB MASALALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI. Academic Research in Educational
Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ВарламоваТ.П. Формированиелогическойкомпетентностивпроцессеобучения
2
O‘zbekistonRespublikasiPrezidenti Sh. Mirziyoyev Toshkent sh., 2020-yil 7-may, PQ-4708-son
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
108
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida
matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator
tizimli ishlar amalga oshirildi.
Mavzuning dolzarbligi shundaki, o‘quvchi tafakkurini rivojlantirishda eng
samarali yo‘l bu matematikani o‘rgatish. Matematika har bir fanlarga asos hisoblanadi.
Shu tufayli hozirda darsliklar yangilanib o‘quvchi o‘zlashtirishiga mos ravishda misol,
masalalar berilmoqda. Bu misol, masalalarni tushuntirishda didaktik va interfaol
metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu matematik savodxonlikni oshishiga,
mantiqiy tafakkurni rivojlanishiga, matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llashga,
masala yechishda kreativ yondashishga yordam beradi. Darsda shunday metodlarni
qo‘llamaslik o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndirmoqda.
O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida uning aqliy-
intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bu borada, ayniqsa, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari
kengroq bo‘lib hisoblanadi, chunki boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning aqliy
qobiliyati, diqqati fikrlash darajasi faol rivojlanadi. Bir qator psixolog va pedagog
olimlar: A.V.Petrovskiy, B.M.Teplov, V.A.Krutetskiy, E.G‘oziyev, G‘.Shoumarov,
O.Roziqov, B.Adizov ta’kidlashlaricha,- bu davrda o‘quv faoliyati ta’sirida
bolalarning ruhiy faoliyati, diqqati, xotirasi, idrok etish darajasi, tafakkuri, his-tuyg‘usi
kabi jarayonlar rivojlanadi.
3
Bundan kelib chiqadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
matematik bilimlarni o‘rgatish bilan birga ularni ichki ruhiy olamini, diqqat, xotira,
idrok etish darajalari hamda tafakkurini ham shakllantirib borar ekanmiz.
Sharq mutafakkirlari: Imom al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Abu
Nasr Forobiy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy,
Yusuf Xos Hojib, Mahmud az-Zamaxshariy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Najmiddin
Kubro, Bahouddin Naqshband, Husayn Voiz Koshifiy, Ahmad Donish va boshqalar
asarlarida yosh avlodga puxta va mustahkam bilim berishda ularning ijodiy faoliyatini
rivojlantirish, iste’dodini takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan. Abu Rayhon
Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga ega. Bilishga bo‘lgan
qiziqishning ikkita sababi bor.
birinchidan, bu o‘ziga hos lazzatdir.
Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojini qondirishdir.
Bilish sezgilar yetkazib bergan ma’lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning
yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o‘ziga hos ko‘makchi va asos bo‘lib xizmat qiladi,-
3
БОЛТАЕВА ШАХЛО ТОШПЎЛАТОВНА “БОШЛАНҒИЧ ТАЪЛИМДА ЎҚУВЧИЛАР
ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ” МОНОГРАФИЯ 6-бет©НавДПИ, 2012
ийл
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
109
deydi.
4
Abu Ali ibn Sino “aql” deganda insonning tug‘ma iste’dodini, shuningdek
tajriba asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Inson tug‘ilishidan boshlab, ahloqli yoki ahloqsiz bo‘lavermaydi. U hayotda shaxsiy
va o‘zgalar tajribasi, ajdodlar an’analari, ta’lim-tarbiya natijasida shakllanadi va
muayyan ijtimoiy mavqega erishadi. Aqlni – “insonning birlamchi tug‘ma sog‘lom
fikrlashi yaxshi va yomon ishlarni vujudga keltiradigan, ularni farqlaydigan kuch”,-
deb ta’riflaydi.
5
Demak har bir jarayon bilish ko‘nikmasi bilan chambarchas olib
boriladi. Ta’lim jarayonini ijodkorlik faoliyati bilan birga olib borilganda bilim darajasi
yanada ortadi, bilimga ijodkorlik hissi bilan qaraladi va bu o‘z navbatida bilim
oluvchining bilim olayotgan jarayonidan o‘zgacha bir lazzat tuyishini ifodalaydi.
S.L.Rubinshteyn
tafakkur
operatsiyalarining
mustahkamlanishi
va
takomillashishi jarayonida “tafakkur” shakllanadi va keyin qobiliyat sifatida intellekt
qaror topadi” – deb ko‘rsatadi. Bu qoida va tushunchalarning uzviy o‘zaro bog‘liqligini
va shu bilan bir vaqtda, ularning mustaqil ahamiyatini ko‘rsatadi.
6
Tafakkur haqida
Alisher Navoiy bobomizning bir gaplari borki ―Har ishni qildi odamzod, tafakkur
birla qildi oni bunyod. Quyidagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkin-
ki, matematika fani har bir fanga asos bo‘lib, insonni tafakkurini shakllantirishga
yordam beradi.
Umumiy ta’limning bilim olish tizimini o‘zlashtirishga an’anaviy yo‘nalishi
zamonaviy ijtimoiy buyurtma talablariga javob bermaydi, bu esa jamiyatning mustaqil,
faol va mas’uliyatli a’zolarini tarbiyalashni talab qiladi, ular ijtimoiy, ishlab chiqarish
va iqtisodiy muammolarni hal qilishda o‘zaro hamkorlik qilishga qodir. Ta’lim natijasi
sifatida bilim va ko‘nikmalar zarur, ammo axborot jamiyatida muvaffaqiyat qozonish
uchun yetarli emas.
I–IV sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy
vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika fani bo‘yicha qanday darajada
tayyorgarligi borligiga bog‘liq. Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini
aniqlash, sinf o‘quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega
bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o‘quvchilarga yetkazib olish
vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilar bilimini maxsus daftarga
hisobga olib boradi:
1. Nechagacha sanashni biladi?
2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi?
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?
4
Falsafa asoslari (tuzuvchi va mas’ul muxarrir Q.Nazarov). –T.: O‘zbekiston nashriѐt-matbaa ijodiy
uyi, 2005. -384 b.
5
Xayrullaev M. Abu Ali ibn Sino. / Ma’naviyat yulduzlari.-Toshkent : Abdulla Kodiriy, 2001.-96
b.
6
M.M. SULTONOV MATEMATIKA DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QUV-
INTELLEKTUAL QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH (O‘QUV QO‘LLANMA) TOSHKENT – 2012 5-b.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
110
4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi?
5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa
oladimi?
6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi?
8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, yengil, teng kabilarni farqlay oladimi?
9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala qila
oladimi?
7
“Doiraviy misollar” metodi
Bu metodda o‘quvchilar doira bo‘lib turib olishlari kerak bo‘ladi. Hamma
o‘quvchilar ichlarida bir son o‘ylashadi.Birin-ketinlikda o‘zlari o‘ylagan sonni
sheriklarinikiga qo‘shib aytishadi. Oxirgi o‘quvchi o‘z raqamini qo‘shib bo‘lgach, endi
orqaga qarab hisoblanadi, ya’ni, o‘z raqamlarini ayirib aytishadi. Metod shu tariqa
davom etadi. Ushbu metod o‘quvchilarning tezkor va og‘zaki hisoblash malakalarini
oshiradi.
“Son va raqam qatnashgan o‘zbek xalq maqollarini o‘rganamiz”
loyihasi
asosida kuzatish metodi.
1. 1 bolaga 7 mahalla ota-ona.
2. 1 boshga 1 o‘lim.
3. 1 ko‘zi ko‘r, haybati zo‘r.
4. O‘q 1 ni o‘ldirar, so‘z 1000 ni.
5. 1ni kessang 10 ni ek.
6. 1 kalla kalla, 2 kalla tilla
7. 1 ni birov beradi, ko‘pni mehnat.
8. 1 kishi ariq qazar, 1000 kishi suv ichar.
9. 1 kun tuz totgan joyga 40 kun salom ber.
10. 1 ko‘ngil imorati, 1000 ko‘ngil ziyorati.
11. 1 aldasang, 100 aldanasan.
12. 1 yaxshi bilan 1 yomon kelishar, 2 yomon kelishmas.
13. Oq it, qora it, bari 1 it.
14. Yaxshi 1 tavba qilar, yomon – 100.
15. 1 qarg‘a bilan qish kelmas.
16. O‘g‘rining o‘zi – 1, ko‘zi- 1000.
17. Har keksadan 1 naql.
18. Kemaga tushganning joni 1.
19. 1 qo‘ltiqqa 2 tarvuz sig‘mas.
7
ХUDОYNAZARОV EGAMBERGAN MADRAXIMOVICH MATEMATIKA O‘QITISH
METODIKASI (O‘QUV QO‘LLANMA) Urgench- 2019 11-12-b.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
111
20. 1 ko‘rgan 100 eshitgandan yaxshi.
21. 1 ni bersang otanga, 1000 ni olasan bolangdan.
22. 1 sinalgan tajriba, 7 kitobdan afzal.
23. 1 bolani katta qilguncha 7 shahar paydo bo‘lar.
24. 1 minarga ot berma.
25. 1 qilgan madad, 2 qilgan odat.
26. O‘rganish 1 hunar, o‘rgatish 2 hunar.
27. Ilmsiz 1 yashar, ilmli 1000 yashar.
28. Yigitlik –1 guliston, qarilik –1 zimiston.
29. Har keksada 1 naql.
30. Yetimning ko‘ngli yarim.
31. 1 kunlik yo‘lga chiqsang, 1 haftalik oziq ol.
32. Har 1 ishning chamasi bor, har daryoning kemasi bor.
33. 1 haftalik muhabbat , boshga keltirar kulfat.
34. 1 to‘lgan, 1 sochilar.
35. Qassobga oq qo‘y ham 1, qora qo‘y ham 1.
36. So‘z 1, sayqalla 40.
37. Muhabbat 1 so‘z, ma’nosi dunyo.
38. Har oqshomning 1 tongi bor.
39.1 yomonning 1 yaxshisi bor.
40. Daraxt 1 joyda ko‘karar.
41. 1 tog‘a 7 ota o‘rniga o‘tar.
42. 1 kunlik isitma , 40 kunlik kuchni olar.
43. 1 yil tariq eksang, 1 yil shudgor qil.
44. Suvning o‘zi ham 1 balo, ko‘pi ham 1 balo.
45. Ko‘rdim degan ko‘p so‘z, ko‘rmadim degan -1 so‘z.
46. Pulning 1 uchi bilakka, 1 uchi yurakka.
47. Har 1 ishning vaqti bor, vaqt bilganning –baxti yor
48. So‘ragan 1 qizarar, bermagan 2 qizarar.
49. Berishda 1 sina, olganda – 2.
50. Bahorning 1 kuni qishni boqar.
51. Bahorning 1 kuni yilga tatir.
52. 3 kishi 1 bo‘lsa, biri xizir.
54. 3 kun barvaqt turgan 1 kun yutar.
55. 1000 ta shirin nasihatdan, bitta o‘rnak yaxshi.
56. 1000 o‘yla, bir so‘yla.
8
8
ХUDОYNAZARОV EGAMBERGAN MADRAXIMOVICH MATEMATIKA O‘QITISH
METODIKASI (O‘QUV QO‘LLANMA) Urgench- 2019
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
112
Biz bolalarga matematika fanidan ilk saboqni boshlang‘ich sinfdanoq berar
ekanmiz, bu bilan birga matematik masalalar bilan ishlash ko‘nikmasini ham
shakllantirib boramiz. O‘quvchilar matematik fikrlash qobiliyatini shakllantirish bilan
birga ularda to‘g‘ri, aniq, qisqa matematik nutqni o‘stirish masalasi ham uzviy ravishda
bog‘langandir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimga chanqoq,
matematika fanini qanchalik qiziqarli qilib o‘tib bola qalbiga matematikaga bo‘lgan
muhabbatni joylash biz pedagoglarning qo‘lida. Bolajonlarimizni matematik
tafakkurini oshirish yildan yilga yangidan yangi metodlar, multimedia vositalari va
ko‘rgazmali vositalar takomillashmoqda. Biz pedagoglar esa uni o‘rinli va samarali
ishlatishni bilishimiz zarur. Hayotdan olingan turli qiziqarli mavzudagi masala-
topshiriqlar o‘quvchiga zavq bag‘ishlaydi.O‘quvchi topshiriqni yеchish yo‘llarini
qidiradi. Bunday topshiriqlar o‘quvchining nafaqat matеmatik bilim va malakalarini
mustahkamlaydi, balki uning matematik tafakkurini o‘stiradi, o‘quvchini izlanishga,
topqirlikka, hushyorlikka, aniqlikka, maqsad sari intilishga da’vat etadi. Bunga
o`xshagan topshiriqlar darslikda ko`p uchraydi. Ular o`quvchilar diqqatini darsga
qaratishga va ularning ijodiy faoliyatlarini oshirishda katta yordam beradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi tavsiyalarni beramiz:
1.
Xalqaro baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda matematik diktant
turlaridan keng foydalanish. Olingan natijalardan kelib chiqib o‘quvchilarning tinglab
tushunish ko‘nikmalari yetarli emasligi ko‘rinadi. Buning oldini olish maqsadida
ushbu diktant turlaridan foydalanishni ommalashtirish yaxshi natijalarga erishishga
yordam beradi.
2.
O‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirishda mantiqiy masalalar va
IQ testlaridan foydalanish. Bular bilim saviyasini oshirishga katta xizmat qiladi
vao‘quvchilarni kreativ fikrlash qobiliyatlarini ham oshiradi.
3.
Yuqorida keltirilgan metodlardan keng foydalanish, bu metodlarni
ommalashtirish. Ushbu keltirilgan metodlar o‘quvchilarning tafakkuri shakllanishiga
samarali yordam beradi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Toshkent sh., 2020-yil 7-
may, PQ-4708-son
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. МИРЗИЁЕВ Тошкент ш., 2023
йил 20 апрель, ПҚ–128-сон
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar
3.
Falsafa asoslari (tuzuvchi va mas’ul muxarrir Q.Nazarov). –T.: O‘zbekiston
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005. -384 b.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
113
4.
M.M. SULTONOV MATEMATIKA DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING
O‘QUV-INTELLEKTUAL
QOBILIYATINI
RIVOJLANTIRISH (O‘QUV QO‘LLANMA) TOSHKENT – 2012 5-b.
5.
Toshpo‘latova Niyoxon Shavkat qizi BOSHLANG‘ICH SINFLARDA
GEOMETRIYA
ELEMENTLARINI
IJODIY
O‘QITISHNI
TAKOMILLASHTIRISH dissertatsiya termiz-2022, 23-29-30-bet
6.
Xayrullaev M. Abu Ali ibn Sino. / Ma’naviyat yulduzlari.-Toshkent : Abdulla
Kodiriy, 2001.-96 b.
7.
Xudоynazarоv Egambergan Madraximovich MATEMATIKA O‘QITISH
METODIKASI (o‘quv qo‘llanma) urgench- 2019 11-12-b.
8.
БОЛТАЕВА ШАХЛО ТОШПЎЛАТОВНА “БОШЛАНҒИЧ ТАЪЛИМДА
ЎҚУВЧИЛАР
ИЖОДИЙ
ФАОЛИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ”
МОНОГРАФИЯ 6-бет©НавДПИ, 2012 йил
9.
Варламова Т.П. Формирование логической компетентности в процессе
обучения математике – Красноярск, 2006 г. – 195 с.
III. Gazeta va jurnallardagi maqolalar
10.
Akramjon O‘ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova.
Matematika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda timss xalqaro tadqiqotining
o‘rni. Scientific Progress. Volume 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022. P 77.
11.
Akram Pirimov, Mohinur Nekboyeva, Nargiza Samandarova. BOSHLANG‘ICH
SINF
O‘QUVCHILARINING
MATEMATIK
TUSHUNCHA
VA
TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MURAKKAB MASALALARNING
O‘RNI VA AHAMIYATI. Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
12.
Dadajonova
Dilafruz
Yulchibayevna
MATEMATIKA
DARSLARIDA
DIDAKTIK O‘YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI
Talqin va tadqiqot ilmiy-uslubiy jurnali №4 2022
13.
To‘xtasinov Dadaxon Farhodovich, Abdullayeva Sabohat Hamidjon qizi
MATEMATIKA DARSLARIDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH
SHARTLARINING DIDAKTIK KOMPLEKSINI AMALIYOTDA QOʻLLASH
YOʻLLARI Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 2 | 2023