Mualliflar

  • Davlatova Saidaxon Tojimuhammadovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94706

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: IQ (Intellekt koeffitsienti) Stanford-Binet testi psixologik diagnostika differensial yondashuv intellektual salohiyat verbal-mantiqiy testlar vizual testlar.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  uchun  IQ 
testlarining ahamiyati yoritilgan. IQ testlari orqali o‘quvchilarning aqliy salohiyatini 
erta aniqlash, ularning individual imkoniyatlariga mos ta’lim strategiyalarini tanlash 
imkoniyati ochiladi. Shuningdek, testlar natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, 
muammoni  hal  qilish,  eslab  qolish  va  mantiqiy  xulosa  chiqarish  ko‘nikmalari 
rivojlanadi.  Maqolada  IQ  testlarining  tarixi,  ularning  ta’limdagi  o‘rni,  ayniqsa 
matematika  darslarida  qo‘llanishi  hamda  psixologik  va  pedagogik  jihatlari  tahlil 
etilgan.  Ilmiy  qarashlar  va  mahalliy  tajribalar  asosida  IQ  testlarining  boshlang‘ich 
ta’limda keng qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

98

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING INTELLEKTUAL

SALOHIYATINI BAHOLASHDA IQ TESTLARINING ROLI VA

AHAMIYATI

Davlatova Saidaxon Tojimuhammadovna

Qo‘qon Universiteti Ta’lim
kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun IQ

testlarining ahamiyati yoritilgan. IQ testlari orqali o‘quvchilarning aqliy salohiyatini
erta aniqlash, ularning individual imkoniyatlariga mos ta’lim strategiyalarini tanlash
imkoniyati ochiladi. Shuningdek, testlar natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash,
muammoni hal qilish, eslab qolish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalari
rivojlanadi. Maqolada IQ testlarining tarixi, ularning ta’limdagi o‘rni, ayniqsa
matematika darslarida qo‘llanishi hamda psixologik va pedagogik jihatlari tahlil
etilgan. Ilmiy qarashlar va mahalliy tajribalar asosida IQ testlarining boshlang‘ich
ta’limda keng qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

IQ (Intellekt koeffitsienti), Stanford-Binet testi, psixologik

diagnostika, differensial yondashuv, intellektual salohiyat, verbal-mantiqiy testlar,
vizual testlar.

Аннотация.

В данной статье рассматривается значение IQ-тестов для

учеников начальных классов. IQ-тесты позволяют на раннем этапе выявить
интеллектуальные способности учащихся и выбрать соответствующие
образовательные стратегии. Также подчеркивается, что такие тесты
способствуют развитию у детей навыков логического мышления, решения
проблем, памяти и умения делать выводы. В статье анализируются история IQ-
тестов, их роль в системе образования, особенно при обучении математике, а
также психологические и педагогические аспекты их применения. На основе
научных взглядов и местного опыта подчеркивается, что использование IQ-
тестов в начальном образовании является важным фактором повышения
качества обучения.

Ключевые слова:

IQ (Интеллектуальный коэффициент), тест Стэнфорд–

Бине,

психологическая

диагностика,

дифференцированный

подход,

интеллектуальный потенциал, вербально-логические тесты, визуальные тесты.

Annotation .

This article explores the importance of IQ testing for primary

school students. IQ tests help identify students’ intellectual potential at an early stage
and enable educators to select appropriate teaching strategies tailored to individual
abilities. The article emphasizes how these tests support the development of logical
thinking, problem-solving skills, memory, and reasoning. It also examines the


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

99

historical background of IQ testing, its role in the educational process—especially in
mathematics instruction—and considers both psychological and pedagogical
perspectives. Based on scientific viewpoints and local practices, the article concludes
that integrating IQ tests into primary education is a key factor in improving educational
quality.

Keywords:

IQ (Intelligence Quotient), Stanford-Binet test, psychological

diagnostics, differentiated approach, intellectual potential, verbal-logical tests, visual
tests.

“Najot ta’limda, najot tarbiyada,

najot bilimda”.

Sh.M.Mirziyoyev


XXI asr texnologiya davri. Bugungi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri

zamonaviy ta’lim tizimida yuqori sifatli texnologiyalarni joriy etib, ta’lim
samaradorligini oshirish va ta’lim tizimini takomillashtirishdan iboratdir. Bugungi
kunda ta’lim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar,
texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir

1

. Shu

jumladan yurtboshimizning “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” (2002 yil), “O‘zbekiston
respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” (2005 yil),
“Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarini yanada rivojlantirish va joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2012 yil) gi qaror va farmonlarida ham o‘z aksini
topgan

2

. Ushbu texnologiyalar, o‘quv-uslublarni yanada muntazam, qiziqtiradigan va

interaktiv qilish orqali o‘quvchilarning ma’lumotlarini oshirish va ularga ta’limning
har qanday sohasida amaliy tajriba olish imkoniyatini beradi. Bu kabi qulayliklar
o‘quvchilarda o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytiradi hamda ta’lim jarayonini
yanada qiziqarli qiladi. Bu esa ularning o‘zlarini rivojlantirishiga va zamonaviy
sohalarda muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Yurtimizda umumta’lim
maktablarini zamonaviy innavatsion texnologiyalar bilan jihozlash ishlari olib
borilmoqda. Bu jarayon esa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘z kasbiy
faoliyatlariga ijodkorona yondashuvlarini talab etadi.

IQ (Intelligence Quotient – intellekt koeffitsienti) tushunchasi ilk bor XX asr

boshlarida fransuz olimi Alfred Binet tomonidan ilgari surilgan. 1905-yilda Binet va
uning hamkori Teodor Simon birinchi bor aqliy rivojlanishni baholovchi testni ishlab
chiqdilar. Ushbu test dastlab fransuz maktablarida o‘quvchilarning rivojlanish
darajasini aniqlash va ularga individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish maqsadida

1

Solodovnikova, E. A., & Kurilova, I. A. (2020). Digital Technologies in Modern Education.

European Proceedings of

Social and Behavioural Sciences

, 113, 178–183.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari: PQ–1730-son, 6-iyun 2002-yil; PQ–1981-son, 23-dekabr 2005-yil;

PQ–1730-son, 21-mart 2012-yil. // Lex.uz — Qonun hujjatlari milliy bazasi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

100

qo‘llanilgan

3

. Keyinchalik, 1912-yilda nemis psixologi Uilyam Shtern “IQ” atamasini

fanga kiritdi

4

. U bolaning aqliy yoshi bilan haqiqiy yoshini solishtirish orqali IQ ni

hisoblash formulasini taklif qildi. Bu yondashuv psixologiyada muhim burilish yasab,
inson intellektini ob’ektiv ravishda baholash imkonini berdi. IQ testlari XX asr
davomida turli shakllarda takomillashdi. Ayniqsa, AQShda 1916-yilda Stenford
universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan

Stanford-Binet Intelligence Scales

keng tarqaldi

5

. Ushbu test bugungi kunda ham ko‘plab mamlakatlarda asosiy IQ

baholash usuli sifatida qo‘llanilmoqda. IQ testlari vaqt o‘tishi bilan nafaqat ta’lim
tizimida, balki psixologik diagnostika, kadrlar tanlovi, harbiy xizmat va boshqa
ko‘plab sohalarda ham qo‘llaniladigan muhim vositaga aylandi.

Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan yurtimizning fan-

texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta’lim va
tarbiya berishning maqsad, mazmun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta’minlash
dolzarb muammolarning biri hisoblangan.
Shuningdek davlatimiz rahbari ham o‘z nutqlarida “Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz
yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang
usullarni izlab topishimiz kerak”

6

– deya ta’kidlab o‘tganlar.

IQ yoki aqliy qobiliyat darajasi insonlarning hayotida muhim omil hisoblanadi.

Mantiqiy savol va testlar yechish orqali aqliy qobiliyatni rivojlantirish mumkin.

IQ testlari bolalarning intellektual salohiyatini aniqlashda muhim vosita sifatida

qaraladi. Ular bolaning mantiqiy fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyati,
xotirasi va tafakkur tezligini baholash imkonini beradi. Ayniqsa, boshlang‘ich maktab
yoshidagi bolalarda bu kabi ko‘nikmalar endi shakllanayotgan bosqichda bo‘lganligi
sababli, IQ testlari orqali ularning rivojlanish darajasini erta aniqlash imkoniyati
mavjud.

Intellektual salohiyat bu — bolaning o‘rganish, anglash, solishtirish, tahlil qilish,

va yangi ma’lumotlarga moslashish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. IQ testlari ushbu
ko‘nikmalarning qanchalik shakllanganligini aniqlab beradigan mexanizm sifatida
pedagogik tashxis jarayonida keng qo‘llaniladi. Masalan, vizual-mantiqiy testlar, so‘z
boyligini baholovchi topshiriqlar, yoki shakllar asosida muammoli savollar bolalarning
tafakkur darajasini ochib beradi

7

.

Amaliyotda IQ testlari quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:

iqtidorli bolalarni erta aniqlash va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;

3

Binet, A., & Simon, T. (1905).

Methodes nouvelles pour le diagnostic du niveau intellectuel des anormaux

.

4

Stern, W. (1912).

The Psychological Methods of Testing Intelligence

. Educational Psychology Monographs.

5

Terman, L. M. (1916).

The Measurement of Intelligence: An Explanation of and a Complete Guide for the Use of the

Stanford Revision and Extension of the Binet-Simon Intelligence Scale

. Boston: Houghton Mifflin.

6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqi.

25.12.2020 y.

7

Kaufman, A. S., & Kaufman, N. L. (2004).

Essentials of Psychological Testing

. Wiley.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

101

maxsus pedagogik ehtiyojga ega bolalarni aniqlash va ularga mos ta’lim

strategiyalarini tanlash;

o‘quvchilarning individual o‘ziga xosliklarini tushunish orqali differensial

yondashuvni tashkil qilish.

Shuningdek, IQ testlari yordamida o‘qituvchilar har bir o‘quvchining kuchli va zaif

jihatlarini aniqlab, ularga moslashtirilgan metodikalar asosida dars jarayonini olib
borishlari mumkin. Bu esa bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, individual
yondashuvni kuchaytiradi

8

.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida individual farqlar juda sezilarli bo‘lib, har

bir bola o‘ziga xos intellektual salohiyat bilan ajralib turadi. IQ testlari aynan shu
qobiliyatlarni aniqlashda samarali vosita hisoblanadi. Bu testlar orqali o‘quvchilarning
mantiqiy, verbal, vizual, matematik va muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatlari
baholanadi. Natijalar esa o‘quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, ularga
moslashtirilgan ta’lim strategiyalarini tanlash imkonini beradi. Bunday yondashuv
ta’limda

differensiallik

tamoyilini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ya’ni, yuqori IQ

ko‘rsatkichiga ega o‘quvchilarga murakkab topshiriqlar, pastroq ko‘rsatkichga ega
bolalarga esa soddalashtirilgan, ko‘maklashuvchi materiallar berilishi mumkin

9

. Bu

esa ta’lim jarayonini har bir bolaning ehtiyojiga moslab tashkil qilish imkonini beradi.

Shuningdek, IQ testlari

iqtidorli o‘quvchilarni erta aniqlash

uchun muhim

vosita hisoblanadi. Aqliy salohiyati yuqori bo‘lgan bolalar odatda dars materialini tez
o‘zlashtiradi, ijodiy fikrlaydi va muqobil yechimlar taklif eta oladi

10

. Bunday

o‘quvchilarga alohida e’tibor qaratish, ularning bilimga bo‘lgan chanqoqligini
rag‘batlantirish orqali iqtidorni erta rivojlantirish mumkin. Shu tarzdabunday, IQ
testlari boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning individual rivojlanishini chuqur
o‘rganish, ularning imkoniyatlarini aniq belgilash va ta’lim jarayonini shaxsga
yo‘naltirilgan tarzda tashkil qilish uchun muhim pedagogik vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Bunday yondashuv ta’limda

differensiallik tamoyilini

amalga oshirishga xizmat

qiladi. Ya’ni, yuqori IQ ko‘rsatkichiga ega o‘quvchilarga murakkab topshiriqlar,
pastroq ko‘rsatkichga ega bolalarga esa soddalashtirilgan, ko‘maklashuvchi materiallar
berilishi mumkin. Bu esa ta’lim jarayonini har bir bolaning ehtiyojiga moslab tashkil
qilish imkonini beradi

11

.

Ushbu fikrlarni O‘zbekistonlik mutaxassislar ham qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan,

Ikhtiyor Joldasov

(Chirchiq davlat pedagogika universiteti) IQ testlarini

o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini aniqlashda muhim vosita sifatida baholaydi. Uning

8

Neisser, U. et al. (1996).

Intelligence: Knowns and Unknowns

. American Psychologist.

9

Gardner, H. (1983).

Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences

. New York: Basic Books.

10

Tomlinson, C. A. (2001).

How to Differentiate Instruction in Mixed-Ability Classrooms

. ASCD.

11

Tomlinson, C. A. (2001).

How to Differentiate Instruction in Mixed-Ability Classrooms

.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

102

ta’kidlashicha, bu testlar orqali o‘quvchilarning individual qobiliyatlari aniqlanib,
ularga mos ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish mumkin

12

.

Mavlonova

(Jizzax davlat pedagogika universiteti) esa boshlang‘ich ta’limda baholash

mezonlarini psixologik yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlaydi.
Uning fikricha, IQ testlari o‘quvchilarning intellektual salohiyatini aniqlashda yordam
beruvchi vosita sifatida ta’lim tizimiga integratsiya qilinishi kerak

13

.

Bundan tashqari, “

Boshlang‘ich ta’lim muammolari va ularni hal etish

yo‘llari

” to‘plamida ham IQ testlari orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash

qobiliyatini rivojlantirish masalasi yoritilgan bo‘lib, ularning fikricha, bu testlar
fikrlashni baholashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi

14

.

Shu tariqa, IQ testlari boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning individual rivojlanishini
chuqur o‘rganish, ularning imkoniyatlarini aniq belgilash va ta’lim jarayonini shaxsga
yo‘naltirilgan tarzda tashkil qilish uchun muhim pedagogik vosita bo‘lib xizmat
qiladi

15

.

Hammaga ma’lumki, aksariyat IQ testlarning negizida asosan matematika fani

turadi. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida IQ testlaridan foydalanish,
o‘quvchilarga mantiqiy ko‘nikma va muammolarni hal qilish uchun qiziq va samarali
usullar ko‘rsatadi. IQ testlarining bir qismi o‘quvchilarning tahlil qilish, tasniflash,
taqqoslash va muammolar uchun yechim topish qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning ravishda oshishini
baholash va monitoring qilish uchun IQ testlaridan foydalanish juda foydali bo‘lishi
mumkin. IQ testlari o‘quvchilarning o‘zlarining individual rivojlanish darajasini
aniqlashda yordam beradi. IQ testlarining natijalari o‘quv jarayonini adaptatsiya
qilishga yordam beradi. Masalan, o‘quvchilarning qiziqishlariga va muvaffaqiyatiga
ko‘ra dars materialini moslashtirish uchun individual ta’lim rejalarini belgilashda
yordam beradi.

IQ testlaridan namunalar:
1)Shaklni davom ettirish (Figure Completion / Series)

Maqsad:

Geometrik naqshlar asosida ketma-ketlikni tushunish va davom

ettirish qobiliyatini tekshiradi.

Misol:

1.

▲, ■, ●, ▲, ■, ?

Javob variantlari:

A) ●B) ■C) ▲D)

12

Joldasov, I. (2022).

Boshlang‘ich ta’limda IQ testlaridan foydalanish samaradorligi

. Chirchiq davlat pedagogika

universiteti ilmiy jurnali, №3..

13

Mavlonova. (2021).

Boshlang‘ich ta’limda baholash mezonlari va psixologik talablar

. Jizzax davlat pedagogika

universiteti.

14

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2021).

Boshlang‘ich ta’lim muammolari va ularni hal etish yo‘llari

.

Ilmiy-uslubiy to‘plam.

15

Freeman, J. (1998).

Educating the Very Able: Current International Research

. London: OFSTED.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

103

Tahlil:

Naqsh: ▲ → ■ → ● ketma-ketlikda takrorlanmoqda. 6-element bu yerda

● bo‘ladi —

javob: A) ●

2) Ravenning Progressiv Matritsalari (Raven’s Progressive Matrices)

Maqsad:

Mantiqiy fikrlash va naqshlardagi munosabatni aniqlash qobiliyatini

o‘lchaydi.

Misol:

Quyidagi kvadratlar ketma-ketligida oxirgi bo‘sh hujayraga qaysi shakl mos

keladi?

[

⬛️

⬜️

⬛️

]

[

⬜️

⬛️

⬜️

]

[

⬛️

?

⬛️

]

Javob variantlari:

A)

⬛️

B)

⬜️

C)

⚪️

D)

🔲

Tahlil:

Har bir qatorda qora va oq kataklar muqobil ravishda joylashgan. Oxirgi

qatorning markaziy katagida oq katak bo‘lishi kerak —

javob: B)

⬜️

Shunday qilib, boshlang‘ich sinf matematika darslarida IQ testlaridan

foydalnash, o‘quvchilarning mantiqiy va analitik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning
boshlang‘ich darajadagi mantiqiy rivojlanishlarini baholash va monitoring qilish,
shuningdek, o‘quv jarayonini adaptatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
IQ testlari orqali olingan natijalar nafaqat o‘quvchining umumiy intellektual darajasini,
balki uning kuchli va rivojlanishga muhtoj sohalarini ham aniqlashga yordam beradi.
Ushbu ma’lumotlar asosida o‘qituvchi ta’lim strategiyasini moslashtirishi, individual
yondashuv asosida topshiriqlar va metodlarni tanlashi mumkin. Bunday yondashuv
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Tomlinson

va

Slavin

ta’kidlaganidek, ta’limni differensiallashtirish orqali har bir o‘quvchining

ehtiyojiga mos o‘quv muhiti yaratish mumkin

16

. IQ testlarining muhim jihatlaridan

yana biri – bu test natijalari asosida ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish
imkoniyatidir. Bola haqida to‘g‘ri axborotga ega bo‘lgan ota-onalar farzandining
salohiyatini to‘g‘ri tushunadi va uning rivojlanishiga faol hissa qo‘sha oladi.

Epstein

va

Hoover-Dempsey

tadqiqotlarida ota-onalarning o‘quv jarayoniga jalb qilinishi

o‘quvchining motivatsiyasi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishi qayd etilgan.
O‘qituvchi bilan ota-ona o‘rtasidagi barqaror aloqa bolaning to‘laqonli intellektual
o‘sishini ta’minlashda muhim vositaga aylanadi

17

.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-2-3-4-

sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini bilish uchun IQ testlaridan foydalanildi.

16

Epstein, J. L. (2001). School, Family, and Community Partnerships: Preparing Educators and Improving Schools.

Westview Press.

17

Hoover-Dempsey, K. V., & Sandler, H. M. (1997). Why Do Parents Become Involved in Their Children’s Education?

Review of Educational Research, 67(1), 3–42.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

104

IQ test

18

3-jadval

Respondent 124 ta.

Bunda boshlang‘ich sinflarning IQ darajalari tekshirib

ko‘rilganda 4-sinf o‘quvchilari eng yuqori ko‘rsatkichni berdi.

Xulosa

qilib aytish mumkinki, IQ test materiallaridan unumli foydalanish

boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini sezilarli darajada oshirish imkonini
beradi. Turli IQ test materiallarini o‘z darslariga kiritish orqali o‘qituvchilar
o‘quvchilarga matematik ko‘nikmalarini mashq qilish va qo‘llash, zaif tomonlarini
aniqlash va shaxsiy fikr-mulohazalarni olish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Wechsler, D. (2003).

Wechsler Intelligence Scale for Children – Fourth Edition

(WISC-IV)

. San Antonio, TX: The Psychological Corporation.

2.

Tomlinson, C. A. (2001).

How to Differentiate Instruction in Mixed-Ability

Classrooms

. Alexandria, VA: ASCD.

3.

Slavin, R. E. (2009).

Educational Psychology: Theory and Practice

(9th ed.).

Boston, MA: Pearson Education.

4.

Epstein, J. L. (2001).

School, Family, and Community Partnerships: Preparing

Educators and Improving Schools

. Boulder, CO: Westview Press.

5.

Hoover-Dempsey, K. V., & Sandler, H. M. (1997). Why do parents become
involved in their children’s education?

Review of Educational Research, 67

(1), 3–

42. https://doi.org/10.3102/00346543067001003

6.

Joldasov, X. (2022). Boshlang‘ich ta’limda IQ testlarining ahamiyati.

Chirchiq

davlat pedagogika universiteti ilmiy jurnali

, 3(1), 45–49.

18

Muallif ishlanmasi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

105

7.

Mavlonova, D. (2021). O‘quvchilar intellektini baholashda psixologik
yondashuvlar.

Jizzax davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotnomasi

, 2(4),

112–116.

8.

“Boshlang‘ich ta’lim muammolari va ularni hal etish yo‘llari” (2023). Respublika
ilmiy-uslubiy to‘plam. Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti.

9.

Saidaxon, D. (2023). Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasini
qo‘llash. University Research Base, (sahifalar ko‘rsatilmagan).


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Wechsler, D. (2003). Wechsler Intelligence Scale for Children – Fourth Edition

(WISC-IV). San Antonio, TX: The Psychological Corporation.

Tomlinson, C. A. (2001). How to Differentiate Instruction in Mixed-Ability

Classrooms. Alexandria, VA: ASCD.

Slavin, R. E. (2009). Educational Psychology: Theory and Practice (9th ed.).

Boston, MA: Pearson Education.

Epstein, J. L. (2001). School, Family, and Community Partnerships: Preparing

Educators and Improving Schools. Boulder, CO: Westview Press.

Hoover-Dempsey, K. V., & Sandler, H. M. (1997). Why do parents become

involved in their children’s education? Review of Educational Research, 67(1), 3–

Joldasov, X. (2022). Boshlang‘ich ta’limda IQ testlarining ahamiyati. Chirchiq

davlat pedagogika universiteti ilmiy jurnali, 3(1), 45–49.

Mavlonova, D. (2021). O‘quvchilar intellektini baholashda psixologik

yondashuvlar. Jizzax davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotnomasi, 2(4),

–116.

“Boshlang‘ich ta’lim muammolari va ularni hal etish yo‘llari” (2023). Respublika

ilmiy-uslubiy to‘plam. Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti.

Saidaxon, D. (2023). Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasini

qo‘llash. University Research Base, (sahifalar ko‘rsatilmagan).