Mualliflar

  • Tilonboyeva Nodira Zokirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94718

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Axborot texnologiyalari termin texnologiya tarjima AKT kompyuter

Annotasiya

 
Annotatsiya: Kundan kunga rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan ham to‘xtovsiz 
o‘sib  bormoqda.  Buning  natijasida  fanda  bizga  notanish  bo‘lgan  terminlar  soni 
ko‘paymoqda. Ayniqsa, hozirgi davrga kelib inson hayotini kompyuter, uyali aloqa 
vositalari va ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari 
rivojlangani  sari  unga  aloqador  yangidan  yangi  terminlarning  paydo  bo‘ishi  ham 
jadallashmoqda. Bu esa o‘z navbatida tilshunoslikning terminalogiya sohasida tarjima 
bo‘yicha qiyinchiliklarni va muammolarni keltirib chiqarmoqda.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

39

O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILAYOTGAN AT (AXBORORT

TEXNOLOGIYALARI) TARJIMALARI VA ULARNING MUQOBILLARI

Tilonboyeva Nodira Zokirjon qizi

Alisher navoiy nomidagi O‘zbek tiloi va adabiyoti

universiteti O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

ta’limi mutaxassisligi magistranti

nodirabegim9907@gmail.com

(99) 233 00 19


Annotatsiya:

Kundan kunga rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan ham to‘xtovsiz

o‘sib bormoqda. Buning natijasida fanda bizga notanish bo‘lgan terminlar soni
ko‘paymoqda. Ayniqsa, hozirgi davrga kelib inson hayotini kompyuter, uyali aloqa
vositalari va ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari
rivojlangani sari unga aloqador yangidan yangi terminlarning paydo bo‘ishi ham
jadallashmoqda. Bu esa o‘z navbatida tilshunoslikning terminalogiya sohasida tarjima
bo‘yicha qiyinchiliklarni va muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Kalit so‘zlar:

Axborot texnologiyalari, termin, texnologiya, tarjima, AKT,

kompyuter


Axborot texnologiyalari (inglizcha: Information Technology(IT)) — bu

kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni
qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot
texnologiyalari (AT) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini
tashkil qiladi. Garchi odamlar eng qadimgi yozuv tizimlari yaratilganidan beri
maʼlumotlarni olish, saqlash, manipulyatsiya qilish va muloqot qilish bilan
shugʻullangan boʻlsalar-da, zamonaviy maʼnoda axborot texnologiyasi atamasi
birinchi marta 1958-yilda Garvard Business Review jurnalida chop etilgan maqolada
paydo boʻlgan. Garold J. Leavitt va Tomas L. Uislerlar mualliflik qilgan maqolada
shunday yozishadi: “So'nggi o‘n yil ichida Amerika biznesida yangi texnologiya
qo'llanila boshladi, shu qadar yangiki, uning ahamiyatini baholash hali ham qiyin.
Ushbu texnologiyaning ko'p jihatlari noaniq bo'lsa-da, u boshqaruvni tashkil qilishda
aniq va keng qamrovli ta'sir ko'rsatadigan boshqaruv sahnasiga tez o'tishi aniq
ko'rinadi. Ushbu maqolada biz ushbu ta'sirlar haqida fikr yuritmoqchimiz, ayniqsa ular
kelajakdagi o'rta va yirik biznes firmalariga tegishli.

Yangi texnologiya hozircha bitta o'rnatilgan nomga ega emas. Biz buni

axborot

texnologiyalari

deb ataymiz. U bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta qismlardan iborat.

Ulardan biri katta hajmdagi ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash texnikasini o'z ichiga
oladi va u yuqori tezlikda ishlaydigan kompyuter tomonidan tasvirlangan. Ikkinchi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

40

qism qarorlar qabul qilishda statistik va matematik usullarni qo'llashga qaratilgan; u
matematik dasturlash kabi texnikalar va operatsiyalarni tadqiq qilish kabi
metodologiyalar bilan ifodalanadi. Uchinchi qism tayyorlanmoqda, garchi uning
ilovalari hali juda aniq paydo bo'lmagan; u kompyuter dasturlari orqali yuqori
darajadagi fikrlashni simulyatsiya qilishdan iborat”.

AT atamasi odatda, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining sinonimi sifatida

ishlatiladi, lekin u televizor va telefon kabi boshqa axborot tarqatish texnologiyalarini
ham qamrab oladi. Iqtisodiyot doirasidagi bir qancha mahsulot yoki xizmatlar axborot
texnologiyalari, jumladan, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot, elektronika,
yarimoʻtkazgichlar, internet, telekommunikatsiya uskunalari va elektron tijorat bilan
bogʻliq. Amaldagi saqlash va qayta ishlash texnologiyalariga asoslanib, AT
rivojlanishining toʻrtta fazasini ajratish mumkin: mexanikgacha (miloddan avvalgi
3000-yildan miloddan avvalgi 1450-yilgacha), mexanik (milodiy 1450-yildan milodiy
1840-yilgacha), elektromexanik (milodiy 1840-yildan milodiy 1940-yilgacha) va
elektron (1940-yildan hozirgi kungacha)

1

.

Axborot texnologiyalari, shuningdek, informatikaning bir tarmogʻi boʻlib, uni

protsedura, tuzilma va har xil turdagi maʼlumotlarni qayta ishlashni umumiy oʻrganish
sifatida aniqlash mumkin. Ushbu soha butun dunyo boʻylab rivojlanishda davom etar
ekan, uning umumiy ustuvorligi va ahamiyati ham oshib bordi va turli sohalarda ATga
oid terminlari kirib kela boshladi. Hozirgi kunda hisoblash texnikasi vazifasini
kompyuter bajarmogda, shunday ekan AT so'zi ishlatilganda asosan kompyuter
texnologiyasi tushuniladi.
Kundalik hayotimizda axborot texnologiyalariga oid terminlardan juda faol
foydalanamiz; muloqot jarayonida: (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta,
chat,...); axborot olish chog'ida (xabarlar, ob-havo ma'lumotlari,...); axborotni qayta
ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, videomyozuv,..);o‘qish
jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo'llanmalar,...); dam olishda (kinolar,
musiqalar, o' yinlar,...).

Oddiy uyali aloqa vositalarimiz ham AT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu

qurilmada qandaydir ma’lumotlar qidiramiz, yuboramiz yoki saqlaymiz . Ish
jarayonimiz kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, har bir
ishxonada alohida AT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi
bo‘lmagan korxonalarda ham. Axborot tenologiyasi insoniyat taraqgiyotining turli
bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan
jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta
bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo,
materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik

1

Vikipedia


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

41

qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mayjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi
o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalarning tez sur’atlardagi rivoji u bilan bog‘liq bo‘lgan
tilshunoslik sohasini ham chetlab o‘tmadi. Sohaning rivoji natijasida tilimizga shu
soha bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p terminlar o‘zlashdi, ayrimlari so‘zlashuv tilida
ham o‘rnashishga ulgurdi. AT sohasi dunyo miqyosida keng rivojlanishi bilan bu
sohaga mansub kasblar va kasb egalari ham paydo bo‘la boshladi. Axborot
texnologiyalarga oid tarjima va izohli lug‘atlar yaratilgan. Bu izlanishlar soha
terminologiyasini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. AT sohasi AKT
sohasining bir qismi deb oladigan bo‘lsak quyidagi “Axborot-kommunikatsiya
texnalogiyalari izohli lug‘ati”dagi atamalar ham AT sohasiga oid deya olamiz va bir
qancha so‘zlar chet tilida qanday bo‘lsa, shundayligicha tilimizda o‘zlashganini
ko‘rishimiz mumkin.

Абонент atamasi rus tilida qanday foydalanilsa, shundayligicha o‘zbek tiliga olib
kirilgan. O‘zbek tilida “foydalanuvchi” (kompyuter yoki tarmoq xizmatidan
foydalanadigan shaxs) so‘zi muqobil bo‘la oladi.

Adaptive so‘zi o‘zbekchaga ko‘proq “moslashuvchan” ba’zan “o‘zgaruvchan” deb
tarjima qilinadi. Va yuqoridagi atamaga “o‘zgaruvchan kod daftari” atamasi muqobil
bo‘la oladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

42

Basis alternative (базисный вариант) – qurilayotgan mazkur loyiha yechimini

taqqoslash uchun qabul qilinadigan boshlang‘ich loyiha yechimi. Bu esa izohli lug‘atga
“bazis variant” deb kiritilgan. Bu termini esa “muqobil asos” bilan almashtirsa
mazmuniga ko‘p ham zarar yetmaydi. Ya’ni yuqoridagi terminlar shunchaki bizni
ko‘zimiz tushganlari va misol tariqasida olganlarimiz hisoblanadi.

O‘zbek terminalogiyasida chet tilidan o‘zlashayotgan terminlarni muqobillarsiz,

o‘z holicha yoki rus tilidagi muqobilini kiritish va ulardan keng miqyosda foydalanish
tilimizda ko‘plab chet tilidagi so‘zlardan foydalanishga olib keladi va keyinchalik
yangi terminlar muqobil bo‘la oladigan so‘zlarni surib chiqarishi ham ehtimoldan holi
emas. Tilimizning imkoniyataridan keng foydalanib, tarjima sohasiga ko‘proq e’tibor
qaratishimiz o‘z tilimizning tub boyligining torayishini, o‘zlashgan so‘zlar muqobilini
surib chiqarishini, o‘z tilimizning ustuvorligini yo‘qotishini oldini olishga yordam
beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Aripov A N .[va boshqalar] Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli
lug‘ati. Toshkent, 2004

2.

Amurullayeva M J. “Hozirgi o‘zbek tilida AKT terminlari va ularni
takomillashtirish”. Вестник магистратуры. 2022. (127)

3.

Garold J. Leavitt va Tomas L. Uisler. Garvard Business Review, 1958

4.

Turakulova, O.А. 2023. “Аdabiyot darslarida tekstual-analitik tahlil asosida
o‘quvchilarda mutolaani rivojlantirish” Oʻzbekiston: til va madaniyat. Amaliy
filologiya masalalari. 1(5): 147-155. DOI: 10.52773/tsuull.uzlc.

5.

aphil.2023.1.5/NMRA7590.

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Aripov A N .[va boshqalar] Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli

lug‘ati. Toshkent, 2004

Amurullayeva M J. “Hozirgi o‘zbek tilida AKT terminlari va ularni

takomillashtirish”. Вестник магистратуры. 2022. (127)

Garold J. Leavitt va Tomas L. Uisler. Garvard Business Review, 1958

Turakulova, O.А. 2023. “Аdabiyot darslarida tekstual-analitik tahlil asosida

o‘quvchilarda mutolaani rivojlantirish” Oʻzbekiston: til va madaniyat. Amaliy

filologiya masalalari. 1(5): 147-155. DOI: 10.52773/tsuull.uzlc.

aphil.2023.1.5/NMRA7590.