Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
7
MADANIY ME’YORLAR VA AN’ANALAR ORQALI SIYOSIY ISHTIROK
Farhadova Quvonchoy
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar
fanlar fakulteti, Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabasi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada madaniy me’yorlar va an’analar siyosiy
ishtirokga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Xususan, milliy qadriyatlar, diniy
e’tiqodlar, urf-odatlar va oilaviy institutlarning jamiyatdagi siyosiy faollik darajasiga
ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada siyosiy ijtimoiylashuv jarayoni, fuqarolik ongining
shakllanishi va an’anaviy ijtimoiy tuzilmalar orqali siyosiy qarorlar qabul qilish
mexanizmlarining shakllanishi haqida fikr yuritiladi. O‘zbekiston misolida olib
borilgan tahlillar orqali madaniy omillar siyosiy ishtirokni qanday rag‘batlantirishi
yoki cheklashi mumkinligi yoritiladi. Tadqiqotda sotsiologik va madaniy yondashuvlar
asosida siyosiy ishtirokning madaniy ildizlari ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
madaniy me’yorlar, siyosiy ishtirok, an’analar, fuqarolik ong,
siyosiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy tuzilmalar, milliy qadriyatlar.
Siyosiy ishtirok – bu fuqarolarning siyosiy jarayonlarda bevosita yoki bilvosita
qatnashuvi bo‘lib, u ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi. Jamiyatda
mavjud bo‘lgan madaniy me’yorlar va an’analar ushbu ishtirok shakllariga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida bu omillarni tahlil qilish muhim ilmiy
va amaliy ahamiyatga ega.
Siyosiy ishtirok — zamonaviy demokratiya, siyosiy modernizatsiya, siyosiy
taraqqiyot, siyosiy madaniyat va siyosiy partiyalar faoliyati doirasida muhim o‘rin
tutadigan asosiy tushunchalardan biridir. U fuqarolarning davlat hokimiyati va siyosiy
tizim faoliyatida ishtirok etish shakllarini ifodalaydi. Ushbu tushuncha jamiyatdagi
siyosiy jarayonlarning ochiqligi, fuqarolarning faolligi va siyosiy ong darajasini aks
ettiradi.
Siyosiy ishtirok subyektlari sifatida yakka shaxslar (individlar), ijtimoiy
guruhlar, qatlamlar va siyosiy tashkilotlar (jumladan, partiyalar, nodavlat tashkilotlar)
ko‘riladi. Bu subyektlar siyosiy jarayonlarga turli darajalarda va shakllarda jalb etiladi.
Siyosiy ishtirokning darajalari:
Mahalliy daraja – aholi tomonidan mahalliy kengashlar, hokimiyat
organlariga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Mintaqaviy daraja – viloyat, hudud miqyosida siyosiy qarorlar qabul
qilishda ishtirok.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
8
Umumdavlat darajasi – prezidentlik, parlament saylovlari, siyosiy
tashabbus va referendumlarda qatnashish.
Xalqaro daraja – fuqarolarning xalqaro tashkilotlar, forumlar, mitinglar va
hamkorlik loyihalari orqali siyosiy jarayonlarda ishtiroki.
Jamiyatdagi axloqiy qoidalar va qadriyatlar fuqarolarning siyosiy masalalarga
munosabatini belgilaydi.
Masalan, ota-onaga hurmat, kattalarning so‘zini ikki qilmaslik kabi qadriyatlar
yoshlarda siyosiy tanlov erkinligini cheklashi mumkin.
An’anaviy institutlar va siyosiy ishtirok. Oila, mahalla, diniy tashkilotlar siyosiy
qaror qabul qilishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.
Bu institutlar orqali tarbiyalangan shaxslar siyosiy hayotda faol yoki passiv
bo‘lishi mumkin.
Siyosiy ijtimoiylashuv jarayonida milliy urf-odatlar muhim ro‘l o‘ynaydi.
Ommaviy axborot vositalarida milliy va diniy obrazlar orqali siyosiy ong
shakllanadi.
1
Mustaqillikdan keyingi davrda siyosiy ishtirok madaniy me’yorlar ta’sirida
rivojlandi. Aholining faolligini oshirish uchun an’anaviy institutlar bilan hamkorlik
yo‘lga qo‘yilgan.
Siyosiy jarayonning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Siyosiy munosabatlar – Bu siyosiy subyektlar (ya’ni odamlar, guruhlar,
tashkilotlar) o‘rtasida hokimiyat bilan bog‘liq manfaatlarni muvofiqlashtirish va
boshqarishga doir munosabatlardir. Ushbu munosabatlar davomida siyosiy jarayon
doimiy ravishda yangilanib boradi, siyosiy g‘oyalar, tajriba, qadriyatlar va ma’lumotlar
shakllanadi hamda uzatiladi. Shuningdek, siyosiy faoliyatning turli ko‘rinish va
usullari yuzaga keladi.
Siyosiy jarayon subyektlari – Siyosiy jarayonning faol ishtirokchilari bo‘lib,
bular shaxslar, ijtimoiy qatlamlar, milliy-etnik guruhlar, diniy va demografik guruhlar,
hamda siyosiy institutlardan iborat. Ushbu subyektlarning faoliyatini belgilovchi
asosiy jihatlar — bu ularning ongli yondashuvi va siyosiy faolligidir.
Siyosiy xulq-atvor – Bu shaxs yoki ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatda
ishtirok etishi, o‘z manfaatlarini himoya qilishdagi faol harakatlarini ifodalaydi. Bunga
siyosiy ishtirok ham kiradi, ya’ni siyosiy subyektlarning faol ravishda siyosiy
munosabatlarga jalb qilinishi.
Siyosiy jarayonlar odatda tashqi (xalqaro) siyosat va ichki siyosat shaklida
namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardir:
Global va mintaqaviy siyosiy jarayonlar – dunyo miqyosida yoki biror mintaqa
doirasida kechuvchi siyosiy hodisalar.
1
T.H. Ilxomov (2018). O‘zbek jamiyatida an’analar va modernizatsiya jarayoni. Toshkent: “Fan” nashriyoti.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
9
Mahalliy (ichki) siyosiy jarayonlar – muayyan mamlakat doirasidagi siyosiy
faoliyat va harakatlar.
Shu bilan birga, siyosiy jarayonlarni yagona, mustahkam tizim sifatida o‘rganish
qiyin. Ular xususiyatlariga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linadi:
Umumiy siyosiy jarayonlar – keng doiradagi, ko‘plab subyektlarni o‘z ichiga
olgan siyosiy faoliyatlar.
Xususiy siyosiy jarayonlar – tor doiradagi, muayyan guruhlar yoki masalalarga
oid siyosiy harakatlar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishning
susayishiga olib keladigan asosiy omillardan biri — fuqarolarning hukumat va siyosiy
tuzilmalarga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashlaridir. Bu esa ularning siyosiy hayotda
faol ishtirok etishdan ixtiyoriy tarzda chekinishiga sabab bo‘lmoqda.
Siyosiy faollikdan voz kechganlar turli guruhlarga bo‘linadi. Jumladan, ayrim
kishilar o‘zlarining shaxsiy muammolari, kasbiy maqsadlariga erishish yo‘lida to‘liq
band bo‘lib qolganliklari tufayli siyosiy faoliyatga befarq qarashadi. Ular, odatda,
qulay hayot tarzini afzal ko‘radilar va submadaniyat (kichik madaniy guruhlar)
doirasidagi qiziqishlari bilan siyosiy voqelikka e’tibor qaratmaydilar.
Yana bir guruh fuqarolar siyosatni murakkab, tushunarsiz yoki hatto zerikarli va
befoyda faoliyat deb hisoblashadi. Ular siyosiy jarayonlarni beqaror, o‘zlarining
kundalik hayotlariga ta’sir ko‘rsatmaydigan narsa sifatida ko‘radilar.
Xulosa qilib aytganda, madaniy me’yorlar va an’analar siyosiy ishtiroqni
rag‘batlantirishi yoki cheklashi mumkin. Ularning siyosiy jarayonlardagi rolini to‘g‘ri
anglash demokratik rivojlanish yo‘lida muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston sharoitida
bu omillarni hisobga olgan holda siyosiy ishtirokni kuchaytirish strategiyalarini ishlab
chiqish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Huntington S. (1996). The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order.
New York: Simon & Schuster.
2.
T.H. Ilxomov (2018). O‘zbek jamiyatida an’analar va modernizatsiya jarayoni.
Toshkent: “Fan” nashriyoti.
3.
Karimov I.A. (1997). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). Toshkent: Adolat nashriyoti.
5.
M.Qirg‘izboyev. “Siyosatshunoslik”: o‘quv qo‘llanma . -Toshkent-“Yangi asr
avlodi”, 2013.