Mualliflar

  • Olimjonova Feruza
  • Toxirjonova Mushtariy
  • Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94732

Kalit so‘zlar:

Kalit ko’zlar: Yo’ldosh amnion suyuqlik xorion sariqlik pardasi kindik tizimi

Annotasiya

Annotatsiya 
Provizor organlar evolyutsiya jarayonida ma'lum funksiyalarni bajargan, ammo 
keyinchalik yo'qolgan yoki o'z funksiyasini yo'qotgan organlardir. Ular evolyutsiya 
davomida organizmning moslanishi natijasida o'zgarishga uchragan va hozirgi kunda 
ko'p hollarda faol emas. Inson tanasida bir qancha provizor organlar mavjud.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

222

MAVZU: PROVIZOR ORGANLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Andijon davlat pedagogika instituti

Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya

yo’nalishi 103- guruh talabalari

Olimjonova Feruza va Toxirjonova Mushtariy

Andijon davlat pedagogika institute Aniq

va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o’qituvchisi

Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li

Annotatsiya

Provizor organlar evolyutsiya jarayonida ma'lum funksiyalarni bajargan, ammo

keyinchalik yo'qolgan yoki o'z funksiyasini yo'qotgan organlardir. Ular evolyutsiya
davomida organizmning moslanishi natijasida o'zgarishga uchragan va hozirgi kunda
ko'p hollarda faol emas. Inson tanasida bir qancha provizor organlar mavjud.

Kalit ko’zlar:

Yo’ldosh, amnion suyuqlik, xorion, sariqlik pardasi, kindik

tizimi,

Asosiy qism

Provizor a’zolar — Embriogenez jarayonida rivojlangan, embriondan tashqari

homilaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydigan a’zolar. Ular muvaqqat,
vaqtinchalik organlar bo’lib, homila tug’ilgandan so’ng tushib, yoqolib ketadi. Ulardan
ayrimlari homilani o’rab turgani sababli homila qobiqlari deb ataladi. Provizor
a’zolarga amnion, sariqlik qopi, allantois, xorion, platsenta va kindik yo’li kiradi.
Provizor a’zolar trofoektoderma va embrionning uchta varag’idan rivojlanadi. Xordali
hayvonlar tuzilishining murakkablashishi bilan homila rivojlanishini ta’minlovchi
provizor (muvaqqat) organlar hosil bo’ladi. Ular definitiv a’zolardan farqli ravishda
homila mustaqil hayot kechirguncha yoki tug’ilguncha bo’lib, so’ngra yo’qolib
ketadi.Provizor organlarga quyidagilar kiradi: 1) sariqlik xaltasi; 2) amnion; 3) seroz
parda; 4) allantios; 5) xorion; 6) yo’ldosh; 7) kindik kanalchasi. Provizor organlar
baliqlarda dastlab sariqlik xaltasi ko’rinishida hosil bo’la boshlaydi. Ma’lumki,
gastrulyatsiyaning ilk bosqichlaridayoq pusht va sariqlik entodermasi hosil bo’ladi.
Sariqlik entodermasining erkin qirg’oqlari o’sib sariqlikni o’rab oladi. Xordo-
mezodermal kurtak hosil bo’lgach, ekto va endoderma oralig’iga mezodermaning
pariyetal va visseral varag’i ham o’sib kiradi. Shunday qilib, sariqlik qopining devori
ektodermadan, mezodermaning pariyetal hamda visseral varag’idan va endodermadan
tashkil topgan. Rivojlanish davomida xomila sariqlikdan ko’tariladi va faqat tana
burmasi orqali sariqlik xaltasi bilan bog’lanadi. Sariqlik xalta bo’shlig’ining oziq
moddasi sariqlik bilan to’lgan bo’lib, u sariqlik poyachasi orqali homila ichagiga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

223

tushadi. Shunday qilib, sariqlik xaltasi oziqlantirish vazifasini o’taydi. Sariqlikning
hammasi homilaning oziqlanishiga sarf bo’lgandan keyin sariqlik xaltasi quriydi va
tushib ketadi, uning o’rnida esa teri va ichak kindigi qoladi. Sutemizuvchilarda sariqlik
xaltasi embrioblastdan amnion bilan bir vaqtda hosil bo’ladi, lekin unda oziqa modda
sariqlik bo’lmaganligi sababli unchalik rivojlanmaydi. Lekin u muhim vazifani o’taydi,
chunki uning devorida, ya’ni mezodermaniig visseral varag’ida dastlabki qon
orolchalari hosil bo’la boshlaydi. Amnion va seroz parda. U qushlarda, reptiliy va sut
emizuvchilarda bo’ladi. Tana burmasi va sariqlik xaltasi shakllanishi bilan homilaning
ust tomoniga o’suvchi ektoderma va mezodermaning pariyetal varag’idan hosil
bo’lgan ikkinchi burma - amnion burma yuzaga keladi. Amion burma hamma tarafdan
homilani o’rab oladi va bir-biri bilan birlashib ketib, bevosita homilani o’raydigan
amnion va seroz pardani hosil qiladi. . Amnion o’sish davomida suyuqlik bilan to’ladi.
Uning bo’shlig’ida homila taraqqiy etadi. Sutemizuvchilarda ham uning taraqqiyoti
aynan shu уo’1 bilan sodir bo’ladi. Amnionning devori homilaning teri yopqichiga
o’tuvchi ektoderma va mezodermaniig pariyetal varag’idan tashkil topadi.
Amnionning vazifasi homila taraqqiyoti uchun suyuq suv muhitni hosil qilish,
shuningdek uni har xil tashqi ta’sirotlardan himoya qilish bilan belgilanadi. Seroz parda
reptiliy va qushlarda muvaqqat nafas olish organi vazifasini bajaradi. Allantois yoki
siydik qopi. Qushlarda, reptiliy va sut emizuvchilarda bo’ladi. Sariqlik xaltasi va
amnioniing taraqqiyoti bilan bir vaqtda ichak devoridan siydik qopi yoki allantoisdan
iborat o’siq paydo bo’ladi va u homiladan tashqariga qarab o’sadi. Qushlarda u sezilarli
o’sib, seroz pardaga zich tutashadi va 3 xil vazifani (oziqlantirish, nafas, ajratish
vazifasini) bajaradi. Allantoisning devori seroz parda bilan birga oqsil atrofida
vorsinkalar bilan qoplanadi va ular oqsilning rezorbsiyasida (so’rilishida) ishtirok
etadi. Havo kamerasi atrofida allantois devori va seroz pardaga qon tomirlar o’sib
kiradi va homilaning nafas olishini ta’minlaydi. Allantois bo’shlig’ini to’ldirib
turuvchi suyuqlikda siydikning turli xil tuzlarining bo’lishi uning ajratish vazifasi
normal bajarilayotganligidan dalolat beradi. Sutemizuvchilarda allantois xoriongacha
o’sib borib tortma holida qoladi. Uning devori bo’ylab homiladan ona organizmiga qon
tomirlar o’tadi, ya’ni u mexanik vazifani o’taydi. Xorion yoki vorsinkali qobiq
faqatgina sutemizuvchilarda rivojlanadi. Uning devori trofoblastdan, homiladan
tashqari mezenximadan tashkil topgan bo’lib, vorsinkalar bilan qoplangan. Dastlab
vorsinkalar faqat trofoblast hujayralaridan tashkil topgan bo’ladi. Bular birlamchi
vorsinkalar bo’lib, xorionni hamma tarafdan qoplaydi. Keyinchalik homiladan tashqari
mezenxima tomirlar bilan birgalikda birlamchi vorsinkalar orasiga suqilib kiradi va
ular ikkilamchi vorsinkalarga aylanadi. Ikkilamchi vorsinkalar xorionni hamma
yuzasida emas, balki bachadon devorining shilliq pardasi xorionga tegib turgan
yeridagina hosil bo’ladi va xorionning bu qismi vorsinkali xorion (chorion frondosum)
deb yuritiladi. Xorionning boshqa hamma yuzalaridagi vorsinkalar yo’qoladi va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

224

xorionning bu yerlari silliq xorion - chorion laeve deb ataladi. Vorsinkali xorion
yo’ldoshining hosil bo’lishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, yo’ldoshning hosil
bo’lishida bachadonning shilliq pardasi ham ishtirok etadi. Ona organizmining
vorsinkali xorion epiteliysi bilan bevosita tutashuvchi to’qimasining xarakteriga qarab
sut emizuvchilarda 4 xil yo’ldosh farq qilinadi. Epitelioxorial Bunda homilaning
xorion epiteliysi bevosita bachadon shilliq parda epiteliysi bilan aloqada Ixrlsa ham
bachadon shilliq qavatining epiteliysi hamma yerda butunligini saqlab qoladi.
Xorionning vorsinkalari bachadon kriptalarining ichiga kiradi va tug’ilish paytida
barmoqlar qo’lqopdan chiqadi.

Provizor organlarning rivojlanish sxemasi. A, B, V - uch ketma-ket bosqich: 1-
embrion tanasi; 2-tana burmalari; 3- amnion burmalari; 4- amnion qobiq; 5- sariqlik
xaltacha; 6-allantois; 7- xorion.

Bu yo’ldoshning ona organizmi bilan aloqasi juda yaqin. Xorionning

vorsinkalari bachadon biriktiruvchi to’qimasini ham yemirib, bachadon qon tomirlar
devorini qoplab turgan endoteliyga yetib boradi. Ular ona qonidan oziqa moddalarni
qon tomirlar endoteliysi orqali oladi. Bunday yo’ldosh yirtqich hayvonlarda bo’ladi.
Gemoxorial yo’ldosh. Bu tur yo’ldoshlar murakkab tuzilgan va u primatlarda va
odamda uchraydi. Bu yerda xorion bachadon shilliq parda biriktiruvchi
to’qimasinigina yemirib qolmasdan qon tomir devorlarini ham yemiradi va yemirilgan
qismlar o’rniga qon quyiladi, keyinchalik esa bo’shliqlar (lakunlar) hosil bo’ladi.

Xulosa

Provizor organlar – bu muayyan vazifalarni hal etish uchun vaqtincha

tashkil etilgan tuzilmalar bo‘lib, ular o‘z funksiyalarini bajargach, tugatiladi yoki
doimiy tuzilmalarga aylantiriladi. Ular muhim ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy
o‘zgarishlarda muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

1.. "Sport biokimyosi va fiziologiyasi". O'quv qo'llanma. – Samarqand1.
Nuriddinov E.N. "Odam fiziologiyasi". Darslik. – Toshkent: "Fan va texnologiya",
2017.

2.

2.Davletov S., Burxonova M. "Odam anatomiyasi va embriologiyasi".
O'zbekiston, 2014.

3.

Ahmedov N.K. "Embriologiya asoslari". Toshkent, 2010.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

225

4.

Gilbert S. "Developmental Biology". Sinauer Associates, 2016.

5.

Carlson B.M. "Human Embryology and Developmental Biology". Elsevier, 2019.

6.

Moore K.L., Persaud T.V.N. "The Developing Human: Clinically Oriented
Embryology". Saunders, 2020.

7.

Sadler T.W. "Langman's Medical Embryology". Wolters Kluwer, 2018.

8.

Hall J.E. "Guyton and Hall Textbook of Medical Physiology". 14-nashr. –
Elsevier, 2020. (O'zbek tiliga tarjima qilingan qismlari)

9.

Sherwood L. "Human Physiology: From Cells to Systems". 9-nashr. – Cengage
Learning, 2019. (O'zbek tiliga tarjima qilingan qismlari)

10.

Xoshimov M.X. "Mushak tizimi va uning adaptatsiyasi". Ilmiy maqola. –
"O'zbekiston tibbiyot jurnali", 2022 yil, №3, 56-61 betlar.

11.

Umarov F, 2020.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

1.. "Sport biokimyosi va fiziologiyasi". O'quv qo'llanma. – Samarqand1.

Nuriddinov E.N. "Odam fiziologiyasi". Darslik. – Toshkent: "Fan va texnologiya",

2.Davletov S., Burxonova M. "Odam anatomiyasi va embriologiyasi".

O'zbekiston, 2014.

Ahmedov N.K. "Embriologiya asoslari". Toshkent, 2010.

Gilbert S. "Developmental Biology". Sinauer Associates, 2016.

Carlson B.M. "Human Embryology and Developmental Biology". Elsevier, 2019.

Moore K.L., Persaud T.V.N. "The Developing Human: Clinically Oriented

Embryology". Saunders, 2020.

Sadler T.W. "Langman's Medical Embryology". Wolters Kluwer, 2018.

Hall J.E. "Guyton and Hall Textbook of Medical Physiology". 14-nashr. –

Elsevier, 2020. (O'zbek tiliga tarjima qilingan qismlari)

Sherwood L. "Human Physiology: From Cells to Systems". 9-nashr. – Cengage

Learning, 2019. (O'zbek tiliga tarjima qilingan qismlari)

Xoshimov M.X. "Mushak tizimi va uning adaptatsiyasi". Ilmiy maqola. –

"O'zbekiston tibbiyot jurnali", 2022 yil, №3, 56-61 betlar.

Umarov F, 2020.