Mualliflar

  • Qo‘ziyev Ulug‘bek Aliqulovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94738

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Psixokorreksiya psixologiya maktab metod mashg`ulot texnologiya.

Annotasiya

 
Annotatsiya.  Ushbu maqolada maktabda psixokorreksiya ishlarini olib borish 
metodologiyasi, ushbu jarayonga paydo bo`ladigan zaruriyat hamda mashg`ulotlardan 
namunalar muhokama etiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

205

MAKTAB O‘QUVCHILARI BILAN PSIXOKORREKSIYA ISHLARINI OLIB

BORISH

Qo‘ziyev Ulug‘bek Aliqulovich

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani

33-sonli umumiy o‘rta ta‘lim

maktabi amaliyotchi psixologi


Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabda psixokorreksiya ishlarini olib borish

metodologiyasi, ushbu jarayonga paydo bo`ladigan zaruriyat hamda mashg`ulotlardan
namunalar muhokama etiladi.

Kalit so‘zlar:

Psixokorreksiya, psixologiya, maktab, metod, mashg`ulot,

texnologiya.

ПРОВЕДЕНИЕ ПСИХОКОРРЕКЦИОННОЙ РАБОТЫ СО

ШКОЛЬНИКАМИ

Кузиев Улугбек Аликулович

Практикующий психолог общеобразовательной средней

школы №33 Мирзаабадского района Сырдарьинской области


Аннотация.

В данной статье рассматривается методика проведения

психокоррекционной работы в школе, необходимость этого процесса и примеры
обучения.

Ключевые слова:

Психокоррекция, психология, школа, метод, обучение,

технология.

CONDUCTING PSYCHO-CORRECTION WORKS WITH SCHOOL

STUDENTS

Kuziyev Ulugbek Alikulovich

Practicing psychologist of general secondary school

No. 33, Mirzaabad district, Syrdarya region


Abstract.

This

article

discusses

the

methodology

of

conducting

psychocorrection work at school, the need for this process, and examples of training.

Key words:

Psychocorrection, psychology, school, method, training,

technology.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

206

KIRISH

Psixolog psixoprofilaktik ishlari yoki psixokorreksion ishlarimi o‘quvchi

shaxsiga qulay yorug‘ xonada olib borishi lozim. Psixologik keng o‘quv sinfi yoki
auditoriya xonasi yoruq, stol va stul jihozlari qulay joylashgan. olib boriladigan
mashg‘ulotlarining oldindan ishrejalari tuzilgan va tasdiqlangan. qolaversa, psixolog
ishlari, dasturlari uchun mutaxassislardan taqriz ham bo‘lishi maqsadga muvofiq.
psixolog olib boradigan psixologik mashg‘ulotlari guruhlararo va individual bo‘lishi
ham mumkin. Psixolog o‘quvchilarga olib boruvchi mashg‘ulot rejalari bilan
tanishtiradi. mashg‘ulotning maqsad va vazifalarini tushuntiradi. ushbu metodik
qo‘llanmada psixologik mashqlar o‘quvchilarni faollashtiruvchi, o‘zini boshqarishga
va o‘zini tushunishga yo‘naltirilgan mashqlar bo‘lsa ayrim mashqlar xotirani
yaxshilash, diqqatli bo‘lish, ijobiy sifatlarning shakllanishiga va o‘zlari mustaqil
fikrlashiga yordam beradi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Shuni unutmaslik kerakki, tashqi muhit yoki ijtimoiy voqea-hodisalar har doim

ham xulq og‘ishining kelib chiqishi uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi. Qachonki,
ijtimoiy voqea-hodisalar va individ o‘rtasida qarama-qarshilik va ziddiyatlar yuzaga
kelsa, jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy normalar individ tomonidan qabul qilinmasa
hamda ijtimoiy muhitda xulq og‘ishining kelib chiqishi uchun yetarli shart-sharoit
mavjud bo‘lsa, xulq og‘ishi kelib chiqishi mumkin. Tadqiqotchi K.Y.Igoshevning
ta’kidlashicha [1], “bolalar va o‘smirlar ayniqsa o‘smir va o‘spirinlarning yosh va
o‘tish davri xususiyatlari impulsivlik, qo‘zg‘aluvchanlik holatining yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi. Impulsiv xatti-harakat birinchi navbatda o‘ziga xos affektiv kechinmalar
tufayli yuzaga keladigan affektiv holatni ifodalaydi. Bunday holat mazmunida qisqa
muddatli va kuchayib boruvchi emotsional hissiyotlar yotadi”.

G‘.B.Shoumarov fikriga ko‘ra, o‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi

ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda
rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning
mazmun-mohiyati ham o‘zgaradi [2].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Quyidagi psixokorreksion mashg`ulotlar samarali hisoblanadi:
Ishchanlik muhitini yaratuvchi o‘yinlar. Joy almashish
Ishtirokchilar doira atrofida o‘tiradilar, trener esa doira o‘rtasida turadi.
Yo‘riqnoma: doiraning markazida turgan kishi (boshida bu men bo‘laman) biror

umumiy belgiga ega bo‘lgan narsani hammaga taklif etadi va kimda shu belgi bo‘lsa u
joyini almashadi. Masalan, men shunday deyman: «Singlisi borlar joyingizni
almashtiring» va hamma singlisi borlar joylarini almashtirishlari kerak. Bunda
doiraning markazida turgan kishi bo‘shagan joyni egallashga ulgurishi kerak.
Markazda joysiz qolgan ishtirokchi esa o‘yinni davom ettirishi kerak» [3].


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

207

Mashq tugaganidan so‘ng trener guruhga quyidagi savollar bilan murojaat etishi

mumkin: «Siz o‘zingizni qanday sezayapsiz?», «Hozir sizning kayfiyatingiz
qanday?». Qoidagi muvofiq mashqlar quyidagicha o‘tadi. U qizishganlikni pasaytiradi,
kayfiyatini ko‘taradi, diqqat va fikrlarni faollashtiradi.

O‘tirib turish.
Hamma ishtirokchilar doira shaklida o‘tiradilar.
Yo‘riqnoma: «Men sizlarga u yoki bu panjalar sonini ko‘rsataman. Ba’zan bir

qo‘lda, ba’zan ikki qo‘lda, men qo‘limni ko‘tarishim bilan, shuncha ishtirokchilar
o‘rinlaridan turishlari kerak, nechta ekanligini men ko‘rsataman. (ko‘p ham, oz ham
emas) Masalan: agar men qo‘limni ko‘tarib to‘rtta panjamni ko‘rsatsam (ko‘taradi va
ko‘rsatadi) unda mumkin qadar tezroq sizlardan to‘rt kishi turadi. Qachonki, men
kaftimni tushirsam, ular o‘tirishlari mumkin» [4].

Trener guruhga bir necha marta u yoki bu panjalarining sonini ko`rsatadi. Mashq

boshlanishida 5-7 panjani ko‘rsatish yaxshiroq bo‘ladi, oxiriga borib esa 1-2 ta
panjalarni. Mashqning bajarilishi jarayonida trener guruh ishtirokchilarinnig vazifani
bajarishga bo‘lgan intilishlari haqida mulohaza yuritadi va taalluqli xulosalar
chiqaradi. Muhokama vaqtida trener guruhga bir necha savollar berishi mumkin: «Biz
oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishimizda nima yordam berdi, yoki uning
bajarilishini nima qiyinlashtirdi?», «Siz turishga qaror qilganingizda nimani nazarda
tutdingiz? Agar bizda bu vazifani oldindan muhokama qilish, qaror qilish imkoniyati
bo‘lganda, ishni qanday tashkil etgan bo‘lardik?».

Bolalarni birinchi sinf darslariga moslashtirish

Mashg‘ulot. Bolalar va uning qushlari
1-bosqichda

; Bolalar uchun tabiatdagi deyarli barcha qushlar tanish. Bolalar

qushlarni yaxshi ko‘radi, ular uchun inlar qurib beradi. O‘qituvchi bolalarga qushlar
haqida so‘zlab beradi. So‘ng bolalar o‘zlari qaysi qushlarni yaxshi ko‘rishlari haqida
so‘zlab beradi.

2-bosqichda

; bolalar o‘zlari yaxshi ko‘rgan qushlarni “Mening do‘stim”

yoki “Mening qahramanim” deb bilishi kerak. Bolalar do‘stlar haqida ham
suhbatlashadi.

3-bosqichda

; bolalar o‘zlari yaxshi ko‘rgan qushlarini har xil materiallardan

yasay olishini aytishi kerak. Tanlagan qushi qanday bo‘lishiga qaramay u erkin bo‘lishi
lozim. Unga bo‘lgan qiziqishi asta sekinlikda o‘z sinfdoshlari bilan o‘zoq yo‘lga yurib
keta olishi kerak. Tanlagan qushini bir kunda tayyorlash shart emas. Bolaning tanlagan
qushi bir haftada yoki bir yil davomida yasalib borishi mumkin. Yil davomida yoki
maktab hayotida bola o‘zi yasagan qahramanin unutib qo‘yishi mumkin emas.
Sinfdagi hayoti bilan bog‘lab borishi kerak. Shunday qilib qahramanning faol yashash
umri bolaning birinchi sinf oxirigacha davom etishi lozim [5].

XULOSA VA MUNOZARA


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

208

Bolani psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun kattalar bolani «men»

konsepsiyasini rivojlantiruvchi va uning hissiyotlariga aynan mos so‘zlarni
ishlatishi kerak. Kun mobaynida kattalar bolada uzining kerakligini xis qilish
tuyg‘usini uyg‘otish imkoniga juda ko‘p ega bo‘ladilar. Buning birinchi yo‘li bolaning
natijalaridan va xarakatlaridan sizda qoniqtirish hissini namoyish etishdir. Ikkinchi bir
yo‘li esa – bolani har hil muammolarni uzi hal qilishiga o‘rgatishdir. Bularning
xammasiga bolaga «men senga ishonaman», «buni sen qila olasan» kabi fikrlarni
singdirish orqali erishish mumkin. Natijada bolada avvalo o‘ziga, sizga va
atrofdagilarga nisbatan ishonchi paydo buladi. Shunday qilib, yuqoridagi tavsiyalardan
foydalanish orqali boladagi tortinchoqlik hissini qisman bartaraf etish mumkin.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1.

K.Y.Igoshev. O‘qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o‘yin va mashqlar.
O‘quv-uslubiy qo‘llanma.- T.: TDPU, 2016 y

2.

G`B.Shoumarova. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» Toshkent-2014 y.)

3.

E. Goziev «Psixologiya» Toshkent – 2004 y

4.

F. Zimbardo, S. Radl “Uyatchan bola” trans. Bilan. Ingliz MAST Astrel 2015.

5.

Bandura A., Walters R. O'smirlar tajovuzkorligi. Tarbiya va oilaviy
munosabatlarning ta'sirini o'rganish. / Ingliz tilidan tarjima – M.: “Aprel matbuoti”,
2019 yil.

6.

Baron R., Richardson D. Agressiya. / Per. ingliz tilidan S.Melenevskaya,
D.Viktorova, S.Shpak. – Sankt-Peterburg: “Peter”, 2011. –b. 142, 147.

7.

Berkovitz L. Agressiya va tajovuzkor xatti-harakatlar. – Voronej: “Ilmiy kitob”,
2014. –b. 80.

8.

Baron R., Richardson D. Inson tajovuzkorligi psixologiyasi. – M.: “Universitet
kitobi”, 2011. –b. 71, 72.

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR RO`YXATI

K.Y.Igoshev. O‘qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o‘yin va mashqlar.

O‘quv-uslubiy qo‘llanma.- T.: TDPU, 2016 y

G`B.Shoumarova. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» Toshkent-2014 y.)

E. Goziev «Psixologiya» Toshkent – 2004 y

F. Zimbardo, S. Radl “Uyatchan bola” trans. Bilan. Ingliz MAST Astrel 2015.

Bandura A., Walters R. O'smirlar tajovuzkorligi. Tarbiya va oilaviy

munosabatlarning ta'sirini o'rganish. / Ingliz tilidan tarjima – M.: “Aprel matbuoti”,

yil.

Baron R., Richardson D. Agressiya. / Per. ingliz tilidan S.Melenevskaya,

D.Viktorova, S.Shpak. – Sankt-Peterburg: “Peter”, 2011. –b. 142, 147.

Berkovitz L. Agressiya va tajovuzkor xatti-harakatlar. – Voronej: “Ilmiy kitob”,

–b. 80.

Baron R., Richardson D. Inson tajovuzkorligi psixologiyasi. – M.: “Universitet

kitobi”, 2011. –b. 71, 72.