Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
312
BO’LAJAK MUHANDISLARNING INNOVATSION FAOLIYATGA
TAYYORLASHDA KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
METODIKASI
p.f.f.d., PhD
Eshnazarov Dilshod Azamatovich
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
Ushbu maqolada bo’lajak muhandislarning kreativ kompetensiyalarini
shakllantirishning tarkibiy, konseptual va metodik modelini takomillashtirishni,
zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga keng tatbiq
etish masalalari bayon rtilgan.
Kalit so’zlar:
bo’lajak muhandis, kreativlik, kompetensiya, innovatsiya, faoliyat,
ta’lim jarayoni.
В статье рассматриваются вопросы совершенствования структурно-
концептуальной и методической модели формирования творческих
компетенций будущих инженеров, широкого применения современных
информационно-коммуникационных технологий в образовательном процессе.
Ключевые слова:
будущий инженер, креативность, компетентность,
инновации, активность, образовательный процесс.
The article examines the issues of improving the structural-conceptual and
methodological model for the formation of creative competencies of future engineers,
the widespread use of modern information and communication technologies in the
educational process.
Key words:
future engineer, creativity, competence, innovation, activity,
educational process.
Dunyoda innovatsion rivojlanishning global vazifalaridan biri bo’lajak
mutaxassislarda kreativlikni shakllantirishdir. Bunda yangi g’oyalar ishlab chiqarish,
murakkab jarayonlarda yechim topa bilish, kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish,
oqilona tavakkalchilikka bo’lgan qobiliyat, kasbiy barkamollik kabi harakatlar nazarda
tutiladi. Sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarining tobora rivojlanib borayotgan texnik
murakkabligi mutaxassislarning kasbiy intellektual fazilatlariga va uning ijodiy
qobiliyatlariga katta talablar qo’yadi. Bo’lajak muhandislardagi kreativ
kompetensiyaning rivojlanganligi hamda kelgusi faoliyatidagi muvaffaqiyati ko’p
jihatdan oliy ta‘limda kasbiy tayyorgarlik bosqichidagi o’quv jarayonining sifati bilan
belgilanadi.
Jahonda yetakchi ta‘lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida differensial ta‘lim
asosida ta‘limning sifat darajasini yangi bosqichga ko’tarish, ishlab chiqarish
jarayonlarini matematik modellashtirish, matematik tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
313
ixtisoslik fanlarni hamda pedagogik va texnik falarni integratsiyalash asosida bo’lajak
muhandislarni loyihalash, konstruktorlik va tadqiqotchilik, kreativlik kabi
kompetensiyalarini, individual ta‘lim trayektoriyasini qurish orqali muhandislik
faoliyatiga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish, ta‘limda konpetensiyaviy
yondoshuvlarni tadbiq qilish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu esa,
bo’lajak muhandislarning kreativ kompetensiyalarini shakllantirishning tarkibiy,
konseptual
va
metodik
modelini
takomillashtirishni,
zamonaviy
axborotkommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga keng tatbiq etish,
talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir talabaga alohida
moslasha oladigan uslubiy ishlarni yaratish hamda muhandislik ta‘limni
loyihalashtirish zaruratini taqozo qilmoqda.
Mamlakatimizda texnika oliy ta‘lim muassasalarida bo’lajak muhandislarni
innovatsion faoliyatga tayyorlashda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan murakkab
muammolarni hal qilishga hamda talabaning yuqori sifatli fundamental va umumtexnik
tayyorgarligini ta‘minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat
kasb etadi. Oliy ta‘lim tizimini modernizatsiya qilish munosabati bilan ta‘lim
muassasalarini zamonaviy ilmiy-tadqiqot, asbob-uskunalar, texnologik va axborot
bazasiga ega bo’lgan hamda yangi ilmiy texnologiyalarni bozor ishlab
chiqaruvchilariga uzatishga qodir bo’lgan innovatsion ilmiy-ta‘lim markazlariga
aylantirish muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Taraqqiyot
strategiyasida “...uzluksiz ta‘limni yanada takomillashtirish, mehnat bozorining
zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom
ettirish, ta‘lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida
oliy ta‘lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish”[1]
vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, bo’lajak
mutaxassislarni tayyorlashning mazmuniy tavsiflari, elektron ta‘lim muhiti sharoitida
modulli va dasturlashgan o’qitish texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlarini
oshirish va umumtexnik fanlar negizida malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini
takomillashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat - innovatsiyalarni ishlab chiqishga, tugallangan ilmiy
tadqiqot va ishlanmalar natijalarini yoki boshqa fan va texnika yutuqlarini bozorda
sotiladigan yangi
yoki takomillashtirilgan mahsulotga, amaliy faoliyatda
foydalaniladigan yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonga joriy etishga
qaratilgan jarayondir.
Bo’lajak muhandislarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda amaliy ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirish va murakkab muammolarni hal qilish uchun talabaning
yuqori sifatli fundamental va umumtexnik tayyorgarligini ta‘minlashga qaratilgan oliy
ta‘lim rol o’ynaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
314
Mamlakatimiz oliy ta‘lim tizimini modernizatsiya qilish munosabati bilan
OTMlarni zamonaviy ilmiy-tadqiqot, asbob-uskunalar, texnologik va axborot bazasiga
ega bo’lgan hamda yangi ilmiy texnologiyalarni bozor ishlab chiqaruvchilariga
uzatishga qodir bo’lgan innovatsion ilmiy-ta‘lim markazlariga aylantirish eng muhim
yo’nalish hisoblanadi.
Muhandisning faoliyati har xil turdagi muhandislik ishlari (tadqiqot, loyihalash,
qurilish, ishlab chiqarish texnologiyasi, ekspluatatsiya va boshqalar) bilan tavsiflanadi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizda ham innovatsion faoliyatga qodir
muhandislar ulushi ortib bormoqda. Bu mehnat bozoridagi qattiq raqobat, muhandislik
faoliyati doirasida innovatsion o’zgarishlar zarurati bilan bog’liq. Innovatsiyaga qodir
zamonaviy muhandisning mentaliteti ilmiy-texnikaviy fanlar, shuningdek, tabiat
qonunlari, iqtisodiy savodxonlik va kasbiy bilimlar asosida shakllanishi mumkin.
Oliy ta‘lim sharoitida innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni rivojlantirish
umumiy metodologik yondashuvlarga (faoliyatli, tizimli va boshqalar), maxsus
metodologik yondashuvlarga (aksiologik, reflektiv, ijodiy va kompetentli, ijtimoiy
psixologik), mutaxassislar tayyorlashda o’quv jarayonini tashkil etish xususiyatlarini
belgilaydi.
Bo’lajak muhandislarning innovatsion faoliyatga tayyorligi mezonlari va
ko’rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asosiy bo’lib mutaxassis tayyorlash bo’yicha
DTS talablari, muhandisning malaka ko’nikmalari va xususiyatlari, shuningdek,
mutaxassisning innovatsion faoliyatga tayyorligi hisoblanadi[2].
Innovatsiyalarga tayyorlikni baholash mezonlari, ko’rsatkichlari, usullari
tizimini ishlab chiqish uchun quyidagilar zarur:
1) qisqa muddatda innovatsion faoliyat mazmunini belgilash;
2) bitiruvchining innovatsiyaga tayyorligi komponentlari (mezonlari)
mazmunini aniqlash;
3) innovatsion faoliyat sohasida shakllangan komponentlarini diagnostika qilish
uchun ko’rsatkichlar ro’yxatini tizimlashtirish;
4) innovatsiyalarga tayyorlik natijalarini tahlil qilishga tayyorligining integrativ
mezonlarini ishlab chiqish.
Kreativlik ijodkorlik iste‘dodi darajasini, ijod qilish qobiliyatini tavsiflaydi, bu
esa shaxsning nisbatan barqaror xususiyatidir.
Ijodkorlikni psixologik-pedagogik kategoriya sifatida ko’rib chiqish quyidagi
xususiyatlarni ajratib ko’rsatishga imkon beradi, ya‘ni ijodkorlik:
- shaxsni bir butun sifatida tavsiflaydi va uning faoliyatining turli sohalarida
o’zini namoyon qiladi;
- shaxsning tamoyiliy jihatdan yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini
tavsiflaydi;
- yashin tezligida ijodiy qarorlar qabul qilish qobiliyatini aniqlaydi;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
315
- fikrlashda, his-tuyg’ularda, muloqotda, muayyan faoliyatda namoyon bo’ladi;
- noaniqlik yoki to’liqlik holatida yuzaga keladigan keskinlik holatiga insonning
kuchli ehtiyoji tufayli yuzaga keladigan tabiiy jarayon; bu jarayon quyidagi
bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1) muammolarga nisbatan sezgirlikning paydo bo’lishi,
bilimning yetishmasligi, ularning nomutanosibligi, nomuvofiqligi va boshqalar; 2)
muammolarni bartaraf etish; ularning yechimlarini izlash, gipotezalarni ilgari surish va
tekshirish; 3) qarorning natijasini shakllantirish va hisobot berish;
- kreativlik axborot jarayonlarini o’zgartirishda (bilimlarning nomuvofiqligi
bilan; axborotni yangi tuzilmalar va ulanishlarga kiritish jarayonida; yetishmayotgan
ma‘lumotlarni aniqlash jarayonida; qo’yish jarayonida) namoyon bo’ladigan shaxsiy
xususiyatga aylanishi mumkin.
Kreativlikni insonning ijodiy bo’lish, yangi, nostandart ijodiy ishni qabul qilish,
yangi bilimlarni yaratish uchun o’ziga xos va foydali g’oyalarni yaratish qobiliyatini
belgilaydigan ajralmas barqaror xususiyati sifatida tushunamiz.
Shunga asoslanib, ijodkorlikning quyidagi asosiy parametrlarini ajratish
mumkin: 1) o’ziga xoslik, uzoq assotsiatsiyalarni, noyob g’oyalarni ishlab chiqarish,
g’azablanishga nostandart tarzda javob berish qobiliyati; 2) muammolarni aniqlash va
shakllantirishning muammoli qobiliyati; 3) unumdorlik ko’p g’oyalarni yaratish
qobiliyati; 4) moslashuvchanlik, qarama-qarshiliklarga sezgirlik, turli xil keng
qamrovli g’oyalarni ishlab chiqarish, bir fikrdan ikkinchisiga tez o’tish qobiliyati; 5)
kreativlik - detallarni qo’shish orqali obyektni yaxshilash qobiliyati; 6) nazariy - tahlil
va sintez orqali muammolarni hal qilish qobiliyati; 7) metafora - xayolparastlikka
moyillik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026
yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni.
2.
Baratov D.D. Bo’lajak muhandislarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda kreativ
kompitentligini rivojlantirish texnologiyasini didaktik loyihalash// “O’zbekiston
milliy universiteti xabarlari”. – Научный вестник. – Toshkent, 2023.