Mualliflar

  • Rashodova Sharifa Otabek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94755

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: xarakter tamgʻa fiziologiya shaxs faoliyat xususiyatlar

Annotasiya

ANNOTASIYA 
Psixologiyada "Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, belgi" 
degan  ma'noni  anglatadi.  Ijtimoiy  turmushda  hayot  va  faoliyat  ko’rsatayotgan  har 
qanday  shaxs  o’zining  individual-psixologik xususiyatlari bilan  boshqa insonlardan 
ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi.   


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

301

SHAXS XARAKTERNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Rashodova Sharifa Otabek qizi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 32-umumiy

o‘rta ta‘lim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTASIYA

Psixologiyada "Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, belgi"

degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko’rsatayotgan har
qanday shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan
ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi.

Kalit soʻzlar:

xarakter,tamgʻa, fiziologiya,shaxs,faoliyat,xususiyatlar

KIRISH

Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan,

Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar.
Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz
yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini
topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri
bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha,
buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash
teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni,
echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va
yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi.

Lafaterning fikriga ko’ra, Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning,

"burni dalolat beradiki, u Gyote pozisiyasining "mahsuldorligini, mazmuni va
muhabbatini - qayd etadi".Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan
yangi xarakteriologik ta'limot frenologiya degan nom oldi..Frenologiya nemis vrachi
Frans Gallning nomi bilan boqlangandir. Gallv ta'limotining asosida xarakterning
barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o’zlarining qat'iy ixtisoslashgan
markazlarga ega degan tasdiq yotadi. Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning
tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra,
bosh suyaklari miyaning qavariq va chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun
ham, uning ruhiy belgilarini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar
tashlash yoki shunchaki boshning "Bo’rtik joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli
bo’lsa kerak.Bu ta'limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs
xususiyatlariga bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi
nihoyat darajada noto’g’ridir.Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter
xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

302

irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan
belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham
xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs
munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy
munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va
o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki
yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri,
temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida
va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib
borishi bilan mustahkam bog’liqdir.Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta'rif
berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq
tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va
munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari
majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy
belgisi hisoblanadi.

Xarakter

deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida

namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan
individual psixologik xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining
namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o’ziga xos
xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy
xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta'sirida tarkib
topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan
munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz.
Xarakterning juda ko’p xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va
faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik
kuchi namoyon bo’ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi
tufayli ko’pincha ob'ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq
harakat usullarini qo’llaydi.Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari
insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning
individual xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan
tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki
boshqa omillarga: diqqatning to’planishiga; harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga;
irodaviy zo’r berishga; usullar mahsuldorligiga; aqlning ishtirokiga bog’liq
xisoblanadi. Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy
fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu
sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.

Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib

qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

303

individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlaridan iborat. hayvon
asab faoliyatining tug’ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug’ilganidan keyin
tashqi sharoitlarning g’oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan
faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki, ko’pincha bu faoliyatlar
mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Shu sababli hayvonning
batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta'siri ostida
hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasi-fenotip xarakteridir. Dinamik stereotip
shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter
xislatlarining ham nervfiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini
tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta'limoti katta
ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lish
bilan birga, kishi xulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning
mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z
burchiga sadoqatli bo’lishlarini o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter
psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir.
Xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya
ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri -
xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o’rtasida
o’xshashlik bo’yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma'lumki, I.P.Pavlov ilmiy maktabi
materiallarida e'tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqatlanish orqali, shuningdek,
teriga elektr toki bilan ta'sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil
shartli qo’zg’ovchiga javoban ikki xil dinamik stereotipni hosil qilish mumkin.
Xarakter stereotiplar va so’lak ajralishidan iborat ijobiy va tormozlanish shartli
reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta'sir qilish sharoitda esa
qo’zg’ovchilarning o’ziga mudofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob
beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm ko’chirish mexanizmi
deyiladi. Ko’chirish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog’liq tarzda markaziy
nerv sistemasida har xil funksional holat paydo bo’ladi, chunonchi, ovqatlanishning
markazlarida kuchli qo’zg’alish yuzaga keladi va bunda ovqatlanish bilan bog’liq
dominanta tug’iladi. Teriga elektr toki bilan ta'sir qilishda mudofaa bilan bog’liq
harakat markazlari kuchli qo’zg’alish tufayli muhofaza (mudofaa) dominantasi
vujudga keladi.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog’liq nerv tizimining shartli
reflektor funksional holati shaxsning sharoitiga nisbatan turlicha munosabatiga
bog’liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchining munosabati o’zgartirilsa,
unda nerv jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi, harakatchanligi, to’xtalishi kuchayadi,
demak nerv tizimining funksional holati o’zgaradi. Shunday qilib, xarakter
xislatlarining asosi ko’chish mexanizmi insonlarda hayvonlarnikidan keskin


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

304

tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb
etadi.

XULOSA

Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan
iborat emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi.
Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis
qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo’lsa,
uning dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar,
mo’min, yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi ko’nglimizga keladi.
Har bir kishi ma'lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun o’zi
javobgardir o’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko’zda
tutmog’i lozim. O’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini yo’qotishga
boshlaydi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1.

Бодалев А. А, Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.

2.

Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986г

3.

Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

4.

Джемс В. Психология.- М., 1991

5.

Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989. 6.
G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y

Bibliografik manbalar

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

Бодалев А. А, Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.

Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986г

Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

Джемс В. Психология.- М., 1991

Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989. 6.

G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y