Mualliflar

  • Allaberganova Gulnoza Kenjayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94756

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. ijtimoiy faollik ma’naviy faollik madaniyat keng dunyoqarash ijtimoiylik pedagogik vaziyat ko‘nikma.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Maqolada  o‘quvchilar  o‘rtasida  so‘rovnomalar  orqali  bola  tarbiyasiga  ta’sir 
ko‘rsatuvchi  pedagogik,  ijtimoiy,  psixologik  shart-sharoitlarni  o‘rganish  va  milliy 
mentalitetimizga  mos  keladigan  tarbiya  uslubini  tanlash,  ish  jarayonida  unumli 
foydalanish haqida so‘z yuritilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

297

YOSHLARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Allaberganova Gulnoza Kenjayevna

Hazorasp tumani 10-sonli maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Maqolada o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar orqali bola tarbiyasiga ta’sir

ko‘rsatuvchi pedagogik, ijtimoiy, psixologik shart-sharoitlarni o‘rganish va milliy
mentalitetimizga mos keladigan tarbiya uslubini tanlash, ish jarayonida unumli
foydalanish haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar

. ijtimoiy faollik, ma’naviy faollik, madaniyat, keng dunyoqarash,

ijtimoiylik, pedagogik vaziyat; ko‘nikma.

KIRISH

Yosh avlodning har tomonlama kamol topishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi

asosiy omil bo‘lishi bilan bir qatorda uning shaxs sifatida ijtimoiy faollashuvida ham
etakchi o‘rin tutadi. O‘quvchi shaxsining ijtimoiy faolligi quyidagi ikki jihatga ko‘ra
muhim ahamiyatga ega: birinchidan, shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun
zamin yaratadi, ikkinchidan esa, uning bilimi, kuch-quvvati, imkoniyati hamda iqtidori
jamiyat rivoji yo‘lida mehnat qilishga yo‘naltiriladi.

Manbalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatda o‘quvchilar

ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli
ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. O‘quvchi
yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik ko‘nikma va
malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o‘ziga xos
ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.

ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muammoga oid nazariy manbalar hamda uning amaliy holatini o‘rganish

natijalari mazkur sohada bir qator ziddiyatlarning mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan:

demokratik jarayonda o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligiga qo‘yilayotgan

zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko‘nikma va malakalari, mavjud ijtimoiy
faollik kompetensiyalari o‘rtasidagi nomutanosiblik;

o‘quvchilar ijtimoiy faolligining o‘z-o‘zidan yuzaga kelmasligi, balki doimiy

ravishda olib boriladigan pedagogik faoliyat natijasida shakllantirilishi va bu jarayon
tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib
chiqilmaganligi;

o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faollashuvining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari va

omillari mavjud bo‘lib, ular etarlicha o‘rganilmaganligi;


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

298

o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik

jarayonning ilmiy asoslangan samarali shakl, vosita va metodlarini qo‘llanilishiga
bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyat
kasb etishini anglatadi.

Bu vazifani samarali amalga oshirishda ijtimoiy faol shaxs xususiyatlari va

shartlari tarkib toptiriladigan shakl, vosita, usul va metodlarni izlab topish, o‘z
navbatida «o‘quvchi-yoshlar», «ijtimoiy faollik» tushunchalari mohiyatini chuqur
tushunish, nazariy jihatdan ham, amaliy tomondan ham juda muhim masaladir.

Inson o‘zining ijtimoiy majburiyatlari, jamiyat oldidagi burchi, o‘z mas’uliyatini

tabiiy bir hol, o‘z erkinligi va ijtimoiy faolligining uzviy bir qismi sifatida qabul
qilgandagina ma’naviy barkamol shaxsga aylanadi.

Insonning faolligi shaxs sifatida shakllanishining asosiy omili hisoblanadi.

Mazkur jarayon davomida faqat tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish yuz berib
qolmasdan balki inson uni o‘z xohishiga mos ravishda o‘zgartiradi. Jamiyatning o‘zi,
uning tizimi va tuzilishi, undagi munosabatlarni tashkil etuvchi omillar – bularning
hammasi shaxsning bunyodkorlikka asoslangan faoliyatining natijasidir.

Faoliyat, faollik inson shaxsining mohiyatini tashkil etuvchi kuchlarning

namoyon bo‘lishi demakdir. Dunyoni o‘zgartirar ekan, faol shaxs ayni paytda o‘z
qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz ravishda takomillashtiradi. U shu
asnoda o‘zligini anglaydi, faol shaxs sifatida jamiyatda o‘zini namoyon qiladi. Bunda
insoniy ehtiyojlar doirasi kengayib boradi va shu bilan bir paytda mazkur ehtiyojlarni
qondirish vositalarining sifat va son jihatdan o‘sishi yuz beradi.

Shaxsning faoliyati ijtimoiy muhit va moddiy omillar ta’sirida shakllanadi.

Faollik bo‘lmagan joyda shaxs rivojlanmaydi va uning imkoniyatlari ro‘yobga
chiqmaydi. Shaxsning faolligi aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda
tarkib topadi. Shaxs faolligining rivojlanish tendensiyalari mehnat, o‘qish, o‘yin,
muloqot jarayonida amalga oshadi.

Har bir inson jamiyat a’zolari bilan o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishadi.

Jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlar, ularning mazmuni, g‘oya va
yo‘nalishlari shaxsning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHaxsning faoliyati,
ijtimoiy borliqqa munosabati, hayotiy yondashuvlari, faolligi, o‘z navbatida, ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra shaxs
ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi va mahsuli hisoblanadi. Inson ijtimoiy
mavjudot sifatida hech qachon ijtimoiy munosabatlardan ajralgan holda yashay
olmaydi.

Ijtimoiy faollik umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan

psixologik jarayon mazmuni ustida ishlash va tarbiyaviy jarayon sub’ektlarining
o‘zligini namoyon qilishlarida katta imkoniyatlarga ega.Mazkur tayanch
kompetensiyalar:

kommunikativ

kompetensiya,

axborotlar

bilan

ishlash


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

299

kompetensiyasi,

o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik

kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiya,

matematik savodxonlik, fan

va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasidan
iborat bo‘lib, ulardan ayniqsa: o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol
fuqarolik kompetensiyasi o‘quvchilardan ham o‘qituvchilardan ham ijtimoiy faollik
ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish muammolari bo‘yicha olib borilgan turli

sohalardagi tadqiqotlar mazmunini o‘rganish asosida quyidagicha xulosalarga keldik:

1.

O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning mazmunini asoslash,

uning metodikasini ishlab chiqish pedagogika fani va amaliyoti oldidagi muhim vazifa
hisoblanadi.

2.

O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish shaxs umumiy kamolotini

hamda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi,
bugungi kunga qadar yaxlit pedagogik jarayon sifatida tadqiq etilmaganligi
ta’kidlanadi.

3.

O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi ularning ijtimoiy munosabatlar

jarayonidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib, shaxsning ijtimoiy borliqqa munosabatini
belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki
kunlardayoq mamlakat aholisi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida mustaqillik g‘oyalarini
targ‘ib etish, ularda istiqlolni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faollikni qaror
toptirish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal
etishda ta’lim-tarbiya jarayonining roli katta.
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi
sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi asosida
yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga
oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bizning fikrimizcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan - u

O‘zbekiston Prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida
prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoev asosiy e’tiborni yoshlarga
qaratmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotda yoshlarning faolligini

rag‘batlantirishga qaratilgan qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yuqorida aytib o‘tilganlar O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy

hayotdagi o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha yo‘nalish belgilanganini aytish imkonini
beradi. SHu bo‘yicha davlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar tashabbuslarini to‘liq


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

300

qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga tayanib, O‘zbekistonning
rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o‘rin tutishini ta’kidlash mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L.

2.

(2020). O ‘zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o ‘rni va ularnig turli jihatdan
tasniflanishi.

Science and Education

,

1

(Special Issue 3).

3.

Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv.

Science

and Education

,

7

(7), 215-220.

4.

Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons.

Academic

research in educational sciences

,

2

(2).

5.

Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o´ zbek tilida ifodalanishi.

Science and Education

,

1

(Special Issue 4).

6.

Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих
собственных потребностей.

Academic research in educational sciences

, (3).

7.

Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning
of foreign languages.

Academic research in educational sciences

,

2

(Special Issue

2).

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L.

(2020). O ‘zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o ‘rni va ularnig turli jihatdan

tasniflanishi. Science and Education, 1(Special Issue 3).

Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv. Science

and Education, 7(7), 215-220.

Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic

research in educational sciences, 2(2).

Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o´ zbek tilida ifodalanishi.

Science and Education, 1(Special Issue 4).

Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих

собственных потребностей. Academic research in educational sciences, (3).

Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning

of foreign languages. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue

.