Mualliflar

  • Madraximova Aziza Ergash qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94761

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: frazeologik birlik rang ramz lingvopragmatik tahlil lingvokulturologiya frazeologik qatlam

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ingliz  va  oʻzbek  tillari  frazeologik  sathi 
lingvopragmatik  jihatdan  tahlil  qilinib,  ikkala  tilga  xos  xususiyatlar  haqida  fikr 
yuritiladi.  Maqolada  rang-tus  komponentli  iboralarga  misollar  keltirilgan  boʻlib, 
ularning tarjimasi va ta’rifi bilan birgalikda ibora tarkibidagi rang komponenti qanday 
ramzni ifodalab kelishi haqida ma’lumot berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

281

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI FRAZEOLOGIK QATLAMIDA RANG

KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING OʻRNI

Madraximova Aziza Ergash qizi

Urganch davlat universiteti Lingvistika

(ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

azizamadraximova0404@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillari frazeologik sathi

lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinib, ikkala tilga xos xususiyatlar haqida fikr
yuritiladi. Maqolada rang-tus komponentli iboralarga misollar keltirilgan boʻlib,
ularning tarjimasi va ta’rifi bilan birgalikda ibora tarkibidagi rang komponenti qanday
ramzni ifodalab kelishi haqida ma’lumot berilgan.

Kalit soʻzlar:

frazeologik birlik, rang, ramz, lingvopragmatik tahlil,

lingvokulturologiya, frazeologik qatlam


Ranglar barcha tillar va madaniyatlarda katta ahamiyatiga ega. Ranglar barcha

soha vakillarining doimiy e’tibor markazida turadigan elementlardan biridir.
Psixologiyadan tortib, gastronomiya, moda va dizayn, arxitektura sohalarida ham
ranglar uygʻunligi, ranglarning inson ongiga ta’siri kabi masalalar hech qachon
dolzarbligini yoʻqotmaydi. Har bir rang atrofimizdagi predmetlarni tasvirlashdan
tashqari, ma’lum bir konseptni ifodalash uchun kundalik hayotda keng qoʻllaniladigan
maqollar, iboralar va boshqa frazeologik birliklarning ajralmas komponentiga
aylangan. Lingvokulturologik jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, bir rang bir necha
tillarda oʻxshash ma’noni yoxud butunlay qarama-qarshi tushunchani ifodalashi
mumkin. Ranglarning bu kabi xususiyatlari har bir xalqning etnografiyasi, madaniyati,
dini, urf-odatlari hamda iqlimining qandayligiga borib taqaladi.

Ingliz tili rang komponentli frazeologik birliklarga boyligi bilan ajralib turadi.

Ularning ba’zilari eski ingliz tili davridan buyon mavjud boʻlsa, ayrimlari badiiy
asarlar, ommaviy axborot vositalari hamda fan va texnologiyalar taraqqiy etishi
natijasida paydo boʻlgan. Ingliz tilida frazeologik birliklar komponenti sifatida eng
koʻp uchraydigan ranglar qizil, yashil, moviy, oq va qora ranglar hisoblanadi. Mazkur
ranglar bir qancha frazeologizmlarda oʻxshash ma’nolarda takrorlanishi kuzatiladi.
Misol uchun, qizil rang qahr-gʻazab, ta’qiq kabi negativ konnotatsiyalarni ifodalaydi.
Yashil esa aksincha, tabiat, osoyishtalik kabi pozitiv konnotatsiyalarda koʻproq
uchraydi. Misol uchun, ingliz tilidagi green thumb idiomasi qoʻli gul bogʻbon manosini
bildiradi. Green flag esa xavsiz, yoki ijobiy sifat ma’nolarini beradi. Bugungi kunda
eng koʻp qoʻllanilayotgan green economy, green energy kabi frazeologik birliklarda
yashil rang qayta tiklanadigan hamda atrof-muhitga zararsiz degan ma’noni ifodalaydi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

282

Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, yashil salbiy sifatlarni namoyon qiladigan holatlarda ham
uchrashi mumkin. Bunga misol qilib green with envy iborasini keltirish mumkin.
Mazkur idioma Vilyam Shekspirning Otello dramasidan olingan boʻlib, Otelloning
rashkdan koʻkarib ketishiga ishora qiladi. Lekin bu ibora bugungi kunda hasaddan ichi
yonmoq ma’nosida ham qoʻllaniladi. Xuddi shunday, red ham ba’zan ijobiy, ba’zan
esa salbiy ma’no beruvchi rang boʻlishi mumkin. Masalan, red tape iborasi
byurokratiyaning haddan oshishi, red flag esa xavf yoki biror salbiy sifat mavjudligini
ifodalaydi. Red carpet treatment (biror kimga katta hurmat-ikrom koʻrsatish), red letter
day (muhim va esda qolarli kun) kabi iboralarda esa qizil rang ijobiy ma’no kasb etadi.

Qora rang aksariyat madaniyatlarda salbiy ma’no beruvchi rang hisoblanadi.

Ingliz tilidagi black sheep iborasi bunga yaqqol misol boʻladi. Mazkur ibora oila yoki
jamoani oʻz qilmishlari bilan hijolatga qoʻyadigan insonga nisbatan ishlatiladi. Oʻzbek
tilidagi frazeologik birliklarda ham qora rang odatda salbiy boʻyoq beruvchi soʻz
sifatida qoʻllaniladi. Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi, qora roʻyhat, qora ishchi,
oq-qorani tanimoq kabi frazeologik birliklarda qora rang salbiy ma’no beruvchi
element boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, black market iborasi har ikkala tilda
ham birday ta’qiqlangan narsalar sotiladigan bozor ma’nosini beradi. Qora rang salbiy
boʻyoq beruvchi element sifatida qaralgan bir paytda, oq rang ezgulik, toʻgʻrilik
ma’nolarini beradi. White lie (zararsiz yolgʻon), white magic (yaxshilik yoʻlida
qilingan sehr-jodu) kabi iboralar fikrimizga yorqin dalil boʻla oladi.

Moviy rang oʻzbek madaniyatida tinchlik, osoyishtalik ramzi hisoblanishi

barchamizga ma’lum. Moviy osmon kabi iboralar kundalik hayotimizda tez-tez
qoʻllaniladi. Vaholanki, ingliz tilida moviy rang gʻamginlik va tushkunlik kabi salbiy
hissiyotlar timsoli sifatida gavdalanadi. To feel blue (xafa yoki tushkun kayfiyatda
boʻlmoq), baby blues (tugʻruqdan keyingi depressiya) singari iboralar yuqoridagi
fikrimizni qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbek tilida ham rang-tus komponentli iboralarni kundalik nutqimizda tez-tez

uchratib turamiz. Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi iborasida qora rang insonga
xos salbiy xislatlar ramzi sifatida ishlatilgan. Oq-qorani tanimoq iborasida biryoʻla
ikkita rang ifodalovchi leksema qatnashgan boʻlib, ranglar oʻzbek madaniyatiga xos
boʻlgan toʻgʻri va notoʻgʻri, yaxshi va yomon qilmishlarni oq va qora rangga muqoyasa
qilgan. Qizil qor yoqqanda iborasi tarkibidagi qizil leksemasi odatda qorni tasvirlash
uchun ishlatilmaydi. Qor qizil rangda yogʻmasligini hisobga oladigan boʻlsak, ibora
biror ishning qizil qor yoqqanda sodir boʻlishi deganda oʻsha ishning deyarli hech
qachon sodir boʻlmasligini nazarda tutadi.

Frazeologik qatlamning boyishiga koʻplab unsurlar ta’sir koʻrsatadi. Shulardan

biri adabiyot sohasi boʻlib, ingliz tildagi bir qancha iboralar mashhur asarlardan
olingan jumlaning ommalashuvidan kelib chiqadi. Ingliz tilida Shekspir asarlaridan
olingan iboralar talaygina. Shulardan yashil rang komponentli green with envy, green


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

283

about the gills, green-eyed monster kabi shekspirizmlar eng keng tarqalgan frazeologik
birliklar sirasiga kiradi.

Yana bir e’tiborga loyiq ibora red herring idiomasi boʻlib, u asosiy masaladan

chalgʻituvchi narsa degan ma’noni bildiradi. Uning kelib chiqishi 1807-yilda ingliz
jurnalisti Vilyam Korbetning maqolasiga borib taqaladi. Maqolada jurnalist yoshlik
davrlarini eslar ekan, yovvoyi quyonlarni tutishni qiyinlashtirish va itlarni chalgʻitish
uchun dudlangan baliqdan foydalanilganini yozadi. Hikoyada baliqning hidi ovchi itlar
quyonlarning isini olishiga toʻsqinlik qilgani aytilgan boʻlsa, bugungi kunda ushbu
ibora odamni chalgʻitib qoʻyadigan masalalar haqida gapirganda ishlatiladi.

Xulosa qilib aytganda, rang-tusni ifodalovchi frazeologik birliklar ingliz va

oʻzbek tili frazeologik qatlamida muhim oʻrin tutadi. Iboralar tarkibidagi rang
elementlari iboralarning ma’nosini yanada boyishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Cambridge Advanced Learner’s Dictionary

2.

Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati

3.

https://idiominsider.com/idioms-for-green/

4.

https://maqollar.uz/cards/7942

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Cambridge Advanced Learner’s Dictionary

Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati