Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
264
HARBIY XIZMATCHILARNING OILASINI IJTIMOIY – PSIXOLOGIK VA
PEDAGOGIK MOSLASHUVIDA MUOMILA VA UNING ROLI
Rejametova Irada Ikramshikovna
Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik
ta’minlash kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Annotatsiya:
Ushbu maqalada keltirilgan ma’lumotlar asosan harbiy
xizmatchilarni oila va moslashuv, muomila jarayoniga asosiy e’tiborni qaratilgan.
Maqolada keltirigan ma’lumotlar ochi va mazmunli ko‘rinishda aks ettirilgan va
keltirilgan manbalar ijtimoiy – psixologik va pedagogik omillarni o‘z ichiga qamrab
olgan.
Kalib so‘zlar;
Harbiy xizmatchi, obraz, professional, vizual, tafakkur, relaksatsiya,
ehtiyotkor, davlat, prinsip, huquq, stress,
huquq,
kommunikativ, interaktiv, perseptiv
Kirish.
XXI asr jahon ijtimoiy taraqqiyotida o‘zining hayotbaxshligi bilan
boshqa davrlardan keskin farqlanib turadi va o‘z navbatida demokratiyaning yer
kurrasida keng quloch yoyganligi bilan betakror sanalar yig‘indisi bo‘lib hisoblanadi.
Ikki qarama-qarshi qutb barham topib, uning o‘rnida yosh mustaqil, demokratik yo‘l
tutgan qator mamlakatlar vujudga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi ham ana shunday yosh mustaqil davlat sifatida
jahonda o‘z o‘rnini topdi va butun diqqat - e’tibor rivojlanishning asosiy negizi, puxta
tayanchi tarzida ikkita omilga qaratildi, ya’ni, ma’naviyat va uzuluksiz ta’lim tizimi
tom ma’noda davlat siyosatiga aylandi. Bunday qat’iy qaror shaxs, barkamol inson
tengsiz kapital ekanligini oldindan bashorat qilganligini anglatadi, o‘qish, ma’rifat
orqali donishmandlar dunyoga keladi va buyuk ajdodlarimizga munosib avlodni
voyaga yetkazish uchun zamin hozirlaydi.
Muommoning dolzarbligi:
Harbiy xizmatchilarning oilasini ijtimoiy-
psixologik omillarni ochib berish uchun avvolom bor oila haqida bayon etish
mavzuning dolzarbligini ta’kidlaydi. Shu bilan oila deb, avvalo, er va xotinning
ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan
oralig‘idagi yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni, er va xotinning
pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to‘g‘riroq bo‘lib, qachon turmush
qurganligidan qat’iy nazar, albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom
ma’noda katta mehnat stajiga ega bo‘lmaydi, va ko‘p hollarda ayol-ona aynan shu
davrda farzandli bo‘lib, uy bekasi bo‘lib o‘tirib qolishi ehtimoli katta. Agar ikkinchi
yondashuv bo‘yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko‘ra tabaqalashtirilsa, unda
u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o‘rtacha ko‘rsatgichi ortib yoki kamayib borishini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
265
nazarda tutish lozim. Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda
yoshlarni juda erta turmush qurishi rag‘batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi
yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo‘yicha professional
malakaga erishish asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam
endi oila qurgan yoki xali ham turmush qurmagan bo‘lishi ham mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya kabi rivojlangan
Yevropa va Amerika davlatlarida, Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida
(Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi yil sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam
30 yoshdan ham o‘tib ketmoqda.
Harbiy xizmatchilarning oilasi biri–birini to‘g‘iri tushuini va biri-birini qo‘llab-
quvvatlashi psixologik jihatdan oila mustahkamligini ta’minlaydi.
Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri yoshlarning o‘zaro
munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko‘nikishi masalasidir.
Chunki harbiy xizmatchilarning oilasida katta bo‘lgan qiz va hg‘il bolalar romantik
sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o‘tgan yoshlarning endi yangi oilaviy hayot
tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga muayyan qiyinchiliklar
bo‘lishi tabiiy. Yigit-ku o‘z uyida, ota-onasi yaratib bergan sharoitda yashaydi.
Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng og‘iri kelinchakning bo‘yniga tushadi.
U boshdan kechiradigan muammolardan biri esa – yangi oila a’zolari bilan muomala
maromlarini to‘g‘ri o‘rnatishdir. To‘g‘ri, to‘ydan keyin turkona, o‘zbekona urf-odatga
ko‘ra qizning onasi va uning yaqin qarindoshlari kelinchakni “yo‘qlaydi”, ya’ni, pishir-
kuydir qilib, qiz o‘z xonadonida suygan taomini pishirib, yangi kelin tushgan
xonadonda dasturxon yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy urf-odatni asosida yotgan
muhim sabablar bo‘lib, birinchisi, yangi muhitga tushib qolgan qiz bu yerdagi issiq-
sovuqqa tez ko‘nikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda keskin o‘zgarish bo‘lmasligi
uchun to ko‘nikkuncha, bir necha kun o‘z xonadonidan ovqat yuborish va shu orqali
uni “yupatish” bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi – ota-ona qizini unutmaganligi, hanuz unga
mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi munosabatlarning saqlanishi
harbiy xizmatchilarning oilasi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham o‘zini
oqlaydi, lekin yo‘qlov bahonasida tog‘oralarda ovqatni xadeb kuyov uyiga jo‘natilishi,
ortiqcha dabdabalarga yo‘l qo‘yilishida umuman mantiq yo‘q. Chunki hozir ko‘pchilik
onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar. Ular
uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchidan, qizlar ilgarigiday juda erta turmush
qurmaydigan va o‘qish, ish bahonasida turli taomlarni yeyishga yoshlikdan o‘rgangan
sharoitda ularning oshqozonlari yangi xonadonda ham birday ishlayveradi. Ya’ni, yosh
oilaning mustahkam bo‘lishiga rahna soluvchi omillardan biri hisoblanmish ortiqcha
ovoragarchiliklar, dabdabali tushliklarning ikkinchi xonadonga yuborilishi bugungi
taraqqiyot bosqichida biroz erish tuyulishi tabiiy.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
266
Harbiy xizmatchilar oilasining moslashuvi va muomila jarayonida o‘zlariga
kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallashi asosiy tamoyil hisoblanadi. Shu o‘rinda
muomila xar bir insonning ijtimoiy statuslaridan biri sanaladi, aynan bu jarayonda
harbiy xizmatchining o‘ziga xos tamonlarni inobatga olish ijtimoiy-psixologik
tamoiyillarni oichib berishga yordam beradi. Jahon psixologiyasi fanida muomala
kategoriyasi turli tarmoqlarda o‘ziga xos jihatlarga asoslangan holda maxsus ilmiy
maktablar namoyandalari tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan, lekin bu
mulohazalar uning ahamiyatiga hech qanday zarar keltirmaydi, aksincha tatbiqiy
jihatlarining qiymatini yanada orttiradi.
1.
Harbiy psixologiya fanida muomala kategoriya sifatida tadqiq qilinib,
shaxslararo, millatlararo, guruhlararo munosabatlar negizi hamda axborot almashish
vositasi tariqasida muayyan darajada o‘rganilgan.
2.
Umumiy psixologiya sohasida esa shaxsning moslashuvi-ijtimoiylashuv asosi
ekanligi nuqtai nazaridan tadqiq etilgan.
3.
Ontogenetik pozitsiyadan yondashuvda bo‘lsa, muomala genezisi hamda
uning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari
kabi mezonlarga asosiy e’tibor qaratilgan.
4.
Pedagogik psixologiyada hamkorlik faoliyati nuqtai nazaridan yondashilgan
hamda muayyan bosqichlar, fazalar orqali shakllanishi ta’kidlab o‘tilgan.
5.
Bolalar psixologiyasida faoliyat sub’ektlari tomonidan ob’ektiv dunyoni aks
ettirishning psixologik quroli sifatida talqin etilgan.
6.
Muhandislik psixologiyasida muomala “sun’iy intellekt” ning axborot uzatish
kanali tariqasida qo‘llangan.
7.
Muomala va uning funksional apparati nuqtai nazaridan tadqiqot ishlari olib
borilgan.
8.
Muomalaga motivatsion yondashuv harbiylar jamoasining shakllanish omili
ekanligi.
9.
Nutq va tafakkur birligi prinsipi muomala mexanizmi sifatida.
10.Muomala turlari va fenomenlarining uyg‘unligi va hokazo.
Yuqoridagi tasniflardan ko‘rinib turibdiki, muomalaga psixologik -pedagogik
kategoriya sifatida xilma-xil nazariyalar, yondashuvlar mavjud bo‘lishidan qat’i nazar,
uni pedagogik psixologiya pozitsiyasidan o‘rganish harbiy xizmatchilarni muomila
madaniyatini shakllanishiga yordam beradi.
Muomala psixologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, u o‘z ichiga
shaxslararo munosabatlarning muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya
fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda talqin qilinganida shaxslarning hamkorlik
faoliyatining ichki o‘zaro aloqasini o‘zida mujassamlashtirib, ularning o‘zaro ta’sirlari
va o‘zaro munosbatlarini aks ettirib, ijtimoiy-protsessual jabhasini ifoda qiladi. Xuddi
shu bois, muomala - bu hamkorlik faoliyatiga nisbatan sub’ektlarning ehtiyoji
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
267
natijasida vujudga keluvchi, shaxslararo muloqotga kirishuvining mukammallashgan,
ko‘pqirrali jarayonidir. Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlarga
qaraganda, muomala kommunikativ, interaktiv, perseptiv tarkiblardan tashkil topadi.
Muomalaning birinchi jabhasi o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari
bilan o‘zaro axborot almashuvni qamrab oladi va u kommunikativ yoki axborot uzatish
tarkibi sifatida tavsiflanadi. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishuvi jarayonida
muomalaning muhim va asosiy vositalaridan hisoblanmish tilga va uning amaliy
ifodasi bo‘lmish nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladilar. Muomalaning ikkinchi
jabhasi - bu muloqotga kirishuvchi sub’ektlarning o‘zaro bir-birlariga ta’siri (o‘zaro
ta’sir o‘tkazishi), ularning nutq faoliyatida nafaqat so‘z yordami bilan o‘zaro fikr
almashuvi, balki xatti-harakatlari va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish va
ta’sirlanishdan (masalan, o‘qituvchi bilan o‘quvchi) iboratdir. Muomalaning uchinchi
jabhasi mohiyati shundan iboratki, bunda muloqotga kirishuvchilar yoki muloqotdosh
(keng ma’noda) larda o‘zaro bir-birlarini idrok qilish jarayoni namoyon bo‘ladi,
natijada insonni inson tomonidan idrok etish jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonning
eng ahamiyatli tomoni shuki, bunda muloqotga kirishuvchilar yoki muloqotdoshlar
(nisbiy tenglikka ega bo‘lgan sheriklar)ning bittasi ikkinchisining ishonchiga loyiq,
aqlli, farosatli, ishbilarmon, e’tiqodli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lgan
inson sifatida uni (ularni) idrok qilish muhim ekanligini anglash yoki bir-birlarini
oldindan hech narsani tushunmaydi, uzatilgan axborotni fahmlay olmaydi, deb taxmin
yoki tasavvur etish qabilidagi ruhiy holat vujudga keladi.
Quyidagi sahifalarda psixologlarning shu kategoriyaga oid qarashlari psixologik
nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Milliy gvardiyasida xodimlar tomonidan xizmatni o‘tash tartibini
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5089-son Qorori talablari
asosida
huquqiy jihatdan tartibga solinadi. Ushbu qarorga ko‘ra,
xarbiy xizmatchilarni
ishga qabul qilish hamda o‘z faoliyatini olib borishdagi barcha vazifalar ko‘rsatib
o‘tilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda nafaqat yuridik fanlar, balki shaxslarning
ichki ruhiy holati, hissiy kechinmalari va shaxsiy fazilatlarini bilish uchun psixologik
bilimlar ham kerak bo‘ladi. Bu esa har bir xodimning kasbiy faoliyatida psixologiya
ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni
amalga oshirishni taqozo etadi.
Harbiy xizmatchi xodimlari faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi omillar,
shuningdek, ushbu faoliyatning psixologik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini
o‘rganish, tahlil qilish, shu orqali bu muomila va moslashuvchanlikkni
takomillashtirishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish hamda
ularni psixologik jihatdan kasbga moslashtirish davr talabidir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
268
Har qanday kasbiy faoliyat insonga muayyan talablar qo‘yadi hamda uning
shaxsi va butun turmush tarziga o‘ziga xos iz qoldiradi. Harbiy xizmatchi
xodimlarining muomila faoliyati samaradorligini belgilab beruvchi shaxsiy xislatlarga
ega bo‘lishi lozimligini aniqlash uchun ushbu faoliyatning o‘zini psixologik jihatdan
tahlil qilish, uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, tarkibiy tuzilishini ochib berish zarur.
Moslashuvchanlikning qonuniyatlarini aniqlash uni nafaqat o‘rganishga, balki
takomillashtirishga ham qaratilgan tashkiliy tadbirlar tizimini ishlab chiqishga imkon
beradi. Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy
elementlarini ko‘rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan
dalolat beradi.
Harbiy xizmatchilari faoliyatining xususiyatlari, ya’ni xizmat faoliyatining
huquqiy jihatdan tartibga solinganligi, keng taktik maydonning mavjudligi, hokimiyat
vakolatiga egaligi, manfaatdor shaxslarning doimiy ravishda qarshilik ko‘rsatishi va
to‘sqinlik qilishi, kommunikativlik, vaqt tanqisligi va ishning haddan tashqari ko‘pligi
ularning kasbga moslashuvi hamda amaliy faoliyatida ruhiy jihatdan tayyorgarligiga
salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
Bu sanab o‘tilgan xodimlar faoliyatining xususiyatlari, agarda xodimda kasbga
moslashuv jarayonida kasbiy-psixologik jihatdan yetarlicha tayyorgarlikka ega
emasligi uning tashqi ta’sirlar natijasida stresslarga tez tushib qolishiga olib keladi.
Xodimlarning tashqi ta’sirlar natijasida stresslarga tushib qolishi oqibatida shaxslararo
munosabatlar tizimida nizoli holatlarning kelib chiqishiga, kuch ishlatishga asoslangan
usullardan, ya’ni xiralik qilish, zo‘ravonlik, qo‘rqitish va boshqa g‘ayriqonuniy
choralardan foydalanishiga olib keladi. Lozim darajadagi kasbiy-psixologik
tayyorgarlikning yo‘qligi – inson beparvoligining muhim sabablaridan biri,
toshbag‘irlik, rasmiyatchilik, hokimiyatni suiiste’mol qilish, qonuniylikni buzish va
jiddiy kasbiy xatolarning bitmas-tuganmas manbai bo‘lib hisoblanadi.
Psixologiyada shaxsning kasbiy mahoratini tadqiq qilishda A.N.Leontev,
S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev va boshqa psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan
hamda rivojlantirilgan ong va faoliyat birligi tamoyiliga
1
fundamental kategoriya
sifatida yondashiladi.
T.V. Kudryavsev nazariyasi bo‘yicha muomilaning bosqichlarini quyidagicha
ifodalash mumkin:
2
1-bosqich – muloqot;
2-bosqich – ta’lim va tarbiya;
3-bosqich – muomilaga kirish;
4-bosqich – muomila mahorat.
1
Леонтьев А.Н. Деятельность.Сознание личность. – Москва: Смысл Академия, 2005. – 352 с.
2
Душанов Р. Х., Фарфиев Ё. А. Касбий психология: Дарслик. – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ
Академияси, 2014. – 284-б.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
269
Har qanday mutaxassislikda kasbiy mahoratga erishish davri uzoq va qiyin
kechadi. Mazkur muammoning nazariy jihatlari B.G. Anan’ev, Ye. A. Klimov,
A.I. Alekseev, R.Z. Gaynutdinov, E.G‘. G‘oziev, va boshqalarning tadqiqotlarida
ishlab chiqilgan. Mazkur olimlarning tadqiqotlarida muloqatning oilada bevosita
ishtirok etadigan alohida shaxs tuzilmalari, shakllanish qonuniyatlari, huquqiy
madaniyati va hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llarining psixologik tomonlari tahlil
qilingan.
Harbiy xizmatchilarning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va usullarini
egallashlari bugungi kunda juda dolzarb vazifadir. Xizmat faoliyatida asablari mustakamroq
bo‘lgan, raqib bilan kurashishga yaxshiroq shaylana oladigan, nafaqat jismoniy va aqliy
imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan, balki asabiy-ruhiy faolligini maqbul darajada
saqlay oladigan, xizmat faoliyatining murakkab vaziyatlarida o‘zining irodaviy faolligini
namoyon qila oladigan xizmatchilar ko‘proq muvaffaqiyatni qo‘lga kiritadilar.
Harbiy xizmatchidagi oilaviy munosabatda hissiy-irodaviy barqarorlikka uning
moslashuv faoliyatga psixologik jihatdan tayyorligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri sifatida
qarash mumkin. Bu, o‘z navbatida, har bir harbiy xizmatchining malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Hissiy-irodaviy barqarorlik deganda, murakkab vaziyatlarda
muvaffaqiyatli ishlash uchun qulay bo‘lgan psixik holatni saqlash qobiliyati tushuniladi. Oilada
muomila va moslashuvchanlikning hissiy-irodaviy barqarorlik quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
– ekstremal vaziyatlarda harbiy xizmatchi harakatlarining samaradorligini pasaytiruvchi
va noaniqliklar, adashishlar tug‘diruvchi psixologik reaksiyalarning yo‘qligi;
– psixologik jihatdan murakkab bo‘lgan sharoitlarda vazifani bexato bajarish mashqini
olganlik;
– kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga nisbatan
oqilona ehtiyotkorlik va diqqatni namoyish etish;
– ishlarni qat’iy qonun asosida yuritishga ta’sir etuvchi shaxslarning ruhiy ta’siriga
berilmaslik;
O‘zini o‘zi boshqarish jarayoni quyidi uchta asosiy prinsipga tayanadi: relaksatsiya;
vizuallashtirish; o‘zini o‘zi ishontirish.
Relaksatsiya prinsipining mohiyatini tana va ruhning birgalikda ishlashga tayyorlanishi
tashkil etadi. Aynan relaksatsiya paytida o‘z ichki ovozingizni eshitish hamda o‘z
organizmingiz va tafakkur faoliyatingizning aloqasini his etishingiz mumkin. Relaksatsiya yoki
bo‘shashish tana va ruhni keraksiz zo‘riqishdan va odamni bo‘shashtirib yuboradigan
jihatlardan ozod qilishni bildiradi, u insonga foydali psixologik va fiziologik ta’sir ko‘rsatadi.
Bu o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon: unda miya xotirjamlashgani sayin tana bo‘shashadi, tana
bo‘shashgani sayin miya xotirjam bo‘la boradi.
Vizuallashtirish prinsipi
intiutiv tafakkur ongga kirib borishining turli yo‘llaridan
foydalanadi. Asosiysi manzara hosil qilish yoki miyangizda obrazlarni gavdalantirish yo‘lidir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
270
Vizuallashtirish yo‘nalgan tasavvurni eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish, teri bilan sezish
sezgilari hamda ularning kombinatsiyalari yordamida faollashtirishning turli usullarini
bildiradi. Aslida inson miyasi ob’ektiv olam obrazlariga ham, ongda yuzaga keladigan
obrazlarga ham bir xilda javob beradi. Shu bois vizuallashtirish ko‘nikmalari insonga o‘z ichki
imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanish, ruhiy jarayonlarning kechishini faollashtirish
imkonini beradi.
O‘zini o‘zi ishontirish prinsipning mohiyati shundaki, biz o‘zini o‘zi ishontirish
yordamida ichki obrazlarimizni ongimizda aks-sado sifatida bir necha marta takrorlanadigan
so‘zlar bilan ifodalaymiz. O‘zining ichki kuchi va qo‘llab-quvvatlanishi bilan to‘lgan bu so‘zlar
his-tuyg‘ular darajasida chuqur qabul qilinadi. Bunday ichki aks-sadoni “Men buni qila
olaman” so‘zlarida namoyon bo‘ladigan munosabat, niyat va mayl sifatida ifodalash mumkin.
O‘zini o‘zi ishontirish muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida birinchi shaxs nomidan
hozirgi zamonda ifodalangan aniq ta’kiddir. Insonning o‘ziga qarata aytgan so‘zlari o‘z
maqsadlariga erisha olishiga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi va qaysi yo‘nalishda harakat
qilish kerakligini ko‘rsatadi. Bu so‘zlar miyani maqsadga erishish borasida ishlashga va bunda
faol ishtirok etishga majbur qiladi. O‘zini o‘zi ishontirish – obrazlarni so‘zda ifodalashga imkon
beruvchi faol moyillikdir.
Shu munosabat bilan xodimlarning kasbga moslashuv jarayonida kasbiy
faoliyatning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy, professional jihatdan muhim
xislatlarini rivojlantirishga, ular faoliyatining ishonchliligini oshiruvchi psixologik
usullarni o‘rganishiga, odamlar bilan mohirona ishlashiga yordam beruvchi usullarni
o‘zlashtirishlari juda muhim.
Inson dunyoga kelibdiki u yoki bu sharoitga ruhiy moslashuvini taqozo etadi.
Zamonning o‘zgarishi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarga inson har
doim ham tayyor bo‘lavermaydi, zero, insonning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari
doimiy takomillashtirishni talab etadigan fazilatlar sirasiga kiradi.
Jamiyatda shunday kasblar borki, ularni har qanday odam ham eplay olmaydi.
Sababi, mazkur xususiyatga kirishishdan avval maxsus sinov va tayyorgarliklardan
o‘tish talab etiladi.
Xulosa
o‘rnida shuni ta’kidlash joizki har bir davrning o‘ziga xos tamonlarni
alohida ta’kidlash joiz. Maqolada keltirilgan manbalar harbiy xizmatchilarning oilasini
ijtimoiy – psixologik va pedagogik moslashuvida muomila va uning rolini ochi
berishga e’tibor qaratildi.
Yangi muhitga moslashuv jarayonini avvalgi yashagan muhitiga nisbatan
ma’lum darajada begonalashuv jarayonini keltirar ekan, unda oilaning dunyoqarashi,
qiziqishi o‘zini haq-huquqlarini bilishi hamda psixologiyak holatlarni boshqara bilishi
eng asosiy o‘rinni egallaydi.
Jahon psixologiyasi tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ijtimoiy
muhitga moslashuvda barcha qurshab turgan tabiat majmuasi ham shaxsga ta’sir etmay
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
271
iloji yo‘q. Ana shu qonuniyatdan kelib chiqib, tadqiqotmizning asosiy o‘rganish
ob’ekti qilib olgan ijtimoiy muhitimiz va yosh oilaning jamiyatga moslashuvida asosiy
omil ekanligini namoyon qildi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan barcha bosqichlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
uchun harbiylar oilasi bilan amalga oshiriladigan ma’rifiy-ma’naviy ishlar aniq rejada
olib borilishi hamda muomila va moslashuvchanlik faoliyatida siyosiy faollikka
undash maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-son Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019
yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni.
3.
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. 116-b.
4.
Mirziyoyev SH.M.31 avgust kuni “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida O‘zbekiston
Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan bayram tantanalarida
so‘zlagan
nutqi.
http://qalampir.uz/news/shavkat-mirziyoevning-mustaqillik-
bayrami- tantanalaridagi-nutqi-11561.
5.
G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent, «Universitet» nashriyoti, 2002.
6.
G‘oziyev E.G‘. Psixologiya muammolari. Toshkent, «Universitet» nashriyoti, 1999.
7.
Андреев Г.М. Соци алная психология. – М., 1999.
8.
Краснянская Т.М. Безопасност человека: психологический аспект: Учебное
пособие / Под ред. A.B. Непомнящего. Ставропол: ЗАО Пресса, 2005. –289 с.
9.
Лепский, В.Е.Информационно-психологическая безопасност субъектов
дипломатической деятелности Текст. / В. Е. Лепский // Дипломатический
ежегодник - 2002. Сборник статей. Колл. авторов. - М.: Научная книга. 2003.–
311с
10.
Rejametova, I. (2025). HARBIY XIZMATCHILARNING OILASINI IJTIMOIY–
PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK MOSLASHUVIDA MUOMILA VA UNING
ROLI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании
,
5
(1), 39-
50.
11.
Режаметова, Н. И. (2024). МОДИФИКАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В
ОБУЧЕНИИ
И
ПРАКТИКЕ
ДОШКОЛЬНОЙ
МУЗЫКАЛЬНО-
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ.
Science and innovation
,
3
(Special
Issue 31), 380-382.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
272
12.
Ikramshikovna, R. I., & Nishanbayevich, D. A. (2025). Regulatory and legal aspects
of first aid in international legislation and in the republic of Uzbekistan.
The
American Journal of Management and Economics Innovations
,
7
(02), 7-16.
13.
Режаметова, И. И., & Норбутаев, С. А. (2022). YETIM VA OTA-ONA
QARAMOG‘IDAN
MAHRUM
BO‘LGAN
BOLALARDA
IJTIMOIY
KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH.
ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И
ПСИХОЛОГИИ
,
5
(3).
14.
Rejametova, I. I. (2025). HARBIY XIZMATCHILARNING OILASINI
IJTIMOIY–PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK MOSLASHUVIDA MUOMILA
VA AHAMIYATI.
Modern education and development
,
21
(2), 67-79.
15.
Ikramshikovna, R. I. (2025). BOLALARDA XULQ OG‘ISHINI OLDINI
OLISHNING
PSIXOLOGIK
OMILLARI.
Modern
education
and
development
,
21
(2), 45-54.
16.
Rejametova, I. (2025). HARBIY XIZMATCHILARNING OILASINI IJTIMOIY–
PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK MOSLASHUVIDA MUOMILA VA UNING
ROLI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании
,
5
(1), 39-
50.
17.
Rejametova Irada Ikramshikovna. (2025). BO‘LAJAK OFITSERLARDA
HARBIY – VATANPARVARLIK TUYG‘USINI RIJOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK JIHATLARI .
TADQIQOTLAR
,
59
(4), 36-43.
18.
Latipovna, S. M., & Sodirzoda, S. R. (2018). Traditional and modern foreign
language teaching methods.
Вопросы науки и образования
, (10 (22)), 187-190.
19.
Saipova, M. (2023). The Results Of The Research On The Perspectives Of Family
Life Of Teenagers Raised In Migrant Families.
European International Journal of
Pedagogics
,
3
(03), 16-20.
20.
Saipova, M. (2023). Causes of instability of emotional experiences in modern
adolescents.
Eurasian Journal of Academic Research»(ISSN: 2181-2020)
,
3
(01).
21.
Saipova, M. (2023). The Content Of The Psychologist's Work With Children Of
Labor Migrants.
American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research
,
3
(02), 72-76.
22.
Малоҳат Саипова. (2023). МАЪНАВИЙ ТАРБИЯДА МИЛЛИЙ ВА ДИНИЙ
ҚАДРИЯТЛАРНИНГ УЙҒУНЛИГИ: МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИНИНГ
ТАЪСИРИ МАСАЛАЛАРИ. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN
SCIENCE, 2(6), 81–85.
23.
Malohat Saipova. (2022). REASONS FOR LABOR MIGRATION AND IMPACT
OF THIS PROCESS ON THE FAMILY.
Open Access Repository
,
8
(9), 55–58.
24.
Latipovna, S. (2019). Psychological Correctation Opportunities of the Tendency for
Machiavellianism in Pedagogue’s Personality.
International Journal of Progressive
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
273
Sciences
and
Technologies,
14
(2),
346-350.
doi:
http://dx.doi.org/10.52155/ijpsat.v14.2.986
25.
Камилова, Н. Г., & Саипова, М. Л. (2012). Дифференцированный подход к
субъекту обучения как важное условие модернизации образования в высшей
школе.
Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах
устойчивого развития
,
10
(1), 278-279.
26.
Malohat Saipova, . (2023). THE CONTENT OF THE PSYCHOLOGIST’S WORK
WITH CHILDREN OF LABOR MIGRANTS. American Journal Of Social
Sciences
And
Humanity
Research,
3(02),
72–76.
https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume03Issue02-13
27.
Saipova, M. (2023). The Results Of The Research On The Perspectives Of Family
Life Of Teenagers Raised In Migrant Families.
European International Journal of
Pedagogics
,
3
(03), 16-20.
28.
SAIPOVA, M. (2024). MEHNAT MIGRANTLARI BO‘LGAN VA
BO‘LMAGAN OILALARDA OILAVIY XAVOTIRNI O ‘RGANISH
NATIJALARI.
News of the NUUz
,
1
(1.10. 1), 190-192.
29.
Saipovа, M. (2023). PROBLEMS OF DEVELOPING THE QUALITY OF SELF-
CONSCIOUSNESS IN CHILDREN OF LABOR MIGRANTS.
European
International Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies
,
3
(05), 72-76.
30.
Latipovna, S. M. (2019). Psychological Correctation Opportunities of the Tendency
for Machiavellianism in Pedagogue’s Personality.
31.
Саипова, М. (2024). РАССМОТРЕНИЕ И ИЗУЧЕНИЕ ПРОБЛЕМЫ
МИГРАЦИИ В ПСИХОЛОГИИ.
Eurasian Journal of Social Sciences,
Philosophy and Culture
,
4
(4), 83-87.
32.
Abdullajonova,
D.
(2025).
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ
КРИТЕРИИ
ФОРМИРОВАНИЯ КАДРОВОГО РЕЗЕРВА В ПРОЦЕССЕ УПРАВЛЕНИЯ.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 5(1), 104–112.
33.
Abdullajonova, D., & Дадажонов X. (2025). ГЕНДЕРНЫЕ КРИТЕРИИ
ФОРМИРОВАНИЯ
ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО
ПОРТРЕТА
ПРИ
ПОДГОТОВКЕ КАДРОВ К ИННОВАЦИОННО-УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 5(1), 113–125.
34.
Saipova Malaxat. (2025). TERMINOLOGICAL ANALYSIS OF THE
POPULATION MIGRATION PROCESS . TADQIQOTLAR, 59(4), 18-26.
35.
Malахat SAIPOVА. (2025). MIGRATION MOVEMENTS AND THEIR
SCIENTIFIC ANALYSIS . TADQIQOTLAR, 59(4), 27-35.