Mualliflar

  • Jalilov Asqar Yo‘ldosh o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94900

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zi: XX asr boshlari o‘zbek milliy tarixchiligi. XX asr birinchi yarimlarida o‘zbek milliy tarixshunosligi. Po‘lat Majidovich Soliyev – o‘zbek milliy tarixchilik maktabi asoschisi.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada  XX asrning birinchi yarimlarida ilmiy faoliyat 
yuritgan zabardast ilm-fan arbobi, o‘zbek milliy tarixshunosligimizning  ulug‘ vakili,   
ma’rifatparvar  olim,    o‘zbek  milliy  tarixshunosligi  sohasi  rivojiga  o‘zining  benazir 
hissasini  qo‘shgan ulkan tarixshunos olimi, birinchi o’zbek milliy tarixchlik maktabi 
asoschisi olim Po‘lat Majidovich Soliyevning olimlik faoliyatidagi muhim jihatlarni, 
ilmiy  pedogokgik  faoliyatning  o‘ziga  xos  muhim  qirralarini  hamda  o‘zbek  milliy 
tarixchilik maktabi asoschisi sifatidagi ilmiy tadqiqotchiligidagi erkin va mustaqil fikr-
mushohadalarining o‘ziga xos xususiyatlarini  ko‘rib o‘tamiz... 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

231

PO‘LAT SOLIYEV – O‘ZBEK TARIXSHUNOSLIGIDAGI ILMIY MAKTAB

ASOSCHISI

ORIENTAL UNIVERSITETI 70220301

-Tarix ixtisosligi II kurs Magistri

Jalilov Asqar Yo‘ldosh o‘g‘li

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarimlarida ilmiy faoliyat

yuritgan zabardast ilm-fan arbobi, o‘zbek milliy tarixshunosligimizning ulug‘ vakili,
ma’rifatparvar olim, o‘zbek milliy tarixshunosligi sohasi rivojiga o‘zining benazir
hissasini qo‘shgan ulkan tarixshunos olimi, birinchi o’zbek milliy tarixchlik maktabi
asoschisi olim Po‘lat Majidovich Soliyevning olimlik faoliyatidagi muhim jihatlarni,
ilmiy pedogokgik faoliyatning o‘ziga xos muhim qirralarini hamda o‘zbek milliy
tarixchilik maktabi asoschisi sifatidagi ilmiy tadqiqotchiligidagi erkin va mustaqil fikr-
mushohadalarining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz...

Kalit so‘zi:

XX asr boshlari o‘zbek milliy tarixchiligi. XX asr birinchi

yarimlarida o‘zbek milliy tarixshunosligi. Po‘lat Majidovich Soliyev – o‘zbek milliy
tarixchilik maktabi asoschisi.

POLAT SOLIYEV IS THE FOUNDER OF THE SCIENTIFIC SCHOOL OF

UZBEK HISTORIOGRAPHY

ORIENTAL University 70220301

-2nd year Master's student, majoring in history

Jalilov is the son of Askar Yoldosh


Annotation:

In this article, the important aspects of the scientific activity of

Polat Majidovich Soliyev, a great scientist who worked scientifically in the first half
of the 20th century, a great representative of our Uzbek national historiography, an
enlightened scientist, a great historical scientist who made an invaluable contribution
to the development of the field of Uzbek national historiography, the founder of the
first Uzbek national school of history, and the scientific pedagogic activity itself let's
look at the important aspects and the unique features of his free and independent
opinions and observations in his scientific research as the founder of the Uzbek
National School of History...

Key word:

Uzbek national historiography of the early 20th century. Uzbek

national historiography in the first half of the 20th century. Polat Majidovich Soliyev
is the founder of the Uzbek National School of History.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

232

ПОЛАТ СОЛИЕВ – ОСНОВАТЕЛЬ НАУЧНОЙ ШКОЛЫ В УЗБЕКСКОЙ

ИСТОРИОГРАФИИ

ВОСТОЧНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ 70220301

-Магистр истории, 2 курс

Джалилов Аскар Юлдашов

Аннотация:

В данной статье мы рассмотрим важные аспекты научной

деятельности Полата Маджидовича Солиева, видного ученого, работавшего в
первой половине XX века, великого представителя нашей узбекской
национальной историографии, просвещенного ученого, крупного историка,
внесшего уникальный вклад в развитие области узбекской национальной
историографии,

и

основателя

первой

узбекской

национальной

историографической школы, а также уникальные черты его свободных и
независимых мыслей и наблюдений в его научных исследованиях как основателя
узбекской национальной историографической школы...

Ключевое слово:

узбекская национальная историография начала ХХ

века. Узбекская национальная историография в первой половине XX века. Пулат
Маджидович Солиев — основоположник узбекской национальной школы
историографии.

KIRISH…

XX asr boshlariga kelib, ya'ni jadidlar nomi bilan mashhur bo'lgan turkistonlik

ma'rifatparvarlar, ziyolilar toifasi asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, Turkistonda
(O'zbekistonda) ham ilm-fan ravnaqi uchun, taraqqiyisi uchun hukmron chor (Sarskoe
Rassiya) hukumati hamda ularning malayi sifatida " faoliyat yuritgan" mahalliy
amaldorlarga, shuningdek, eskilik tarafdorlari bo'lgan bir guruh ruhoniy qatlamlarining
qattiq qarshiliklariga, tinimsiz davom etgan tazyiqlariga qaramasdan, Turkistonda
(O'zbekistonda) ilm-fanni rivojlantirish uchun tinimsiz harakat etishgan edi...

ASOSIY QISM…

Mana shunday ulug' yo'lda sharaf bilan jonbozlik ko'rsatgan dastlabki

tarixshunos olimlarimizdan biri bo'lgan zot, ilk o'zbek tarixchisi, Turkistonda
(O'zbekistonda) dastlabki tarixchilik maktabi (Birinchisi desak ham aslo mubolag'a
qilmagan bo'lamiz...) asoschisi, buyuk o'zbek va tatar xalqlarining buyuk farzandi
Po'lat Soliyev hisoblanadi... Po'lat (Bulat, Bekbulat, Po'lat) Majidovich Soliyev (1882-
1938-yillarda yashagan) haqida qisqacha ma'lumot beradigan bo'lsak, avvallo, XIX asr
asrning ikkinchi yarimlariga kelib, bir vaqtlar dunyoning eng qudratli xalqlari
hisoblangan turkiylarning ma'lum bir elatlari (urug'i-qabilalari) Chor Rossiyasining
bosqinchilik siyosati natijasida o'z yerlariga egaligi huquqlaridan hamda o'z erki-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

233

ozodligidan mahrum etilib, Podsho Rossiyasining tarkibida qaram va mute xalqlar
sifatida qolgan bir davrda tavallud topgan edi (Milodiy XIX asrning ikkinchi
yarimlarida, to'g'rirog'i 1882-yilga kelib, turkiy xalqlardan Qirim-tatarlar, boshqirdlar,
yoqutlar, Chuvashlar, o'zbeklar, qozoqlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar Podsho Rossiyasi
tomonidan vassal (qaram va mute) xalqlarga aylantirilgan edi... ).Po'lat Majidovich
Soliyev 1882-yil Podsho Rossiyasi tarkibidagi qadimdan turkiy xalqlar yashab kelgan
Astraxan (O'zbekiston tarixidagi XVII asr boshlaridagi Ashtarxoniylar aynan mana shu
hududlaridan kerib kelgan edi... Uning yana bir nomi Xojitarxon nomi bilan ham
atalgan...) guberniyasida (qaram o'lkasida) asli buxorolik o'zbeklarning mang'it
urug'idan bo'lgan Majid Soli isimli dehqonchilik bilan shug'ullanadigan kishi oilasida
tug'ilgan edi... Shu o'rinda, bir masalaga to'xtab o'tadigan bo'lsak, ya'ni Turkistondan
(O'zbekistondan) anchagina olis bo'lgan Astraxanda (Xojitarxonda) buxorolik
o'zbeklarning mang'it urug'idan bo'lgan kishi yoki bir asrdan avvalgi hamyurtlarimiz
qanday bu yerlarga borib qolishdi ekan?... Bunda biz ikki taxminiy xulosamizni o'rtaga
tashlaymiz: birinchisi - milodiy XVI asrlarda Buxoro va Samarqand hududlaridan
ko'plab mahalliy o'troq o'zbeklar Astraxanga (Xojitarxonga) yoki Volgabo'yi va
Sibirbo'yi yerlariga savdo-sotiq qilish uchun borib, shu yerlarda savdogarlik faoliyati
yuritish uchun yashab qolishgan.... Ikkinchisi esa Podsho Rossiyasining XIX asrning
ikkinchi yarimlarida (60-70-yillarida) o'zbek xonliklariga qarshi harbiy bosqinchilik
yurishlari natijasida ko'plab o'zbek oilalari Buxoro amirligidan Volgabo'yi va
Sibirbo'yi yerlariga ko'chib o'tishgan bo'lishi ham mumkin..

1

. Po'lat Majidovich

Soliyev mana shunday oilada tug'ilgan edi... Otasi asli dehqon bo'lsa-da, biroq asli ilm-
ma'rifatga qayishuvchan inson bo'lganligi sababli ham farzanlarini ilm olishga
judayam kuchli rag'bat bildirganligi ma'lumdir... Po'lat Majidovich Soliyev dastlab
ilmini Astraxandagi o'zlari yashayotgan qishloqdagi eski maktabda keyinroq esa ziyoli
inson Aburahmon Umerov tashabbusi bilan tashkil etilgan madrasada o'qib, Qozon
shahridagi Muhammadiya va G'oliyada tahsil olib, bir vaqtning o'zida bir qancha
tillarni: Arab, fors-tojik, turk (o'zbek) rus tillarini puxta bilish darajasiga erishganligi
tarixdan ma'lumdir... Po'lat Majidovich Soliyev faoliyatida dastlab ilm-ma'rifatga
oshno bo'lish hamda ilm-ma'rifatni targ'ib qilish kabi yuksak jadidona tashabbus
shakllana boshlanadi... Shuning uchun ham bu ziyoli zot XX asr boshlarida
Turkistonga (O'zbekistonga) safar qilib, bu jabirdiyda o'lkada ilm-ma'rifat uchqunlarini
yoqish harakatiga kirishadi... Shu o'rinda yana bir savol tug'iladi: Nega aynan
Jadidchilik g'oyalari, mafkurasi, tashabbuskorlari ham Podsho Rossiyasi tarkibidagi
Sibirbo'yi va Volgabo'yidagi qardosh turkiy Qirim-tatarlar orasida judayam faol
bo'lgan ekan?... Bunga bir nazariy faraz orqali javob beradigan bo'lsak, avvallo, Podsho

1

Po‘lat Majidovich Soliyev. “Buxoro o‘lkasi mang‘itlar sulolasi davrida”. T.: 1926;


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

234

Rossiyasining poytaxti Sankt-Pterburgda (Yoki Moskva) XIX asrning o'rtalarida yuz
bergan kuchli ma'rifatchilik harakati (Faollari: rus ma'rifatparvarlaridan Gersen,
Ogaryov, Belenskiylar edi...) asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, Podsho Rossiyasining
tarkibidagi mustamlaka o'lkalariga ham yoyila boshlaganligi hamda bunda Volgabo'yi
va Sibirbo'yidagi asosan turkiylarning boshqird, qirim-tatarlar istiqomat qilib kelgan
Astraxan, Bog'chasaroy, (Ashtarxon, Xojitarxon), Qozon, Ufa kabi shaharlarga olis
Qozog'iston va Turkiston (O'rta Osiyo) yerlariga qaraganda oldinroq yetib kelishi
tabiiy ekanligi kunday ravshan edi... Shuning uchun ham buyuk Qirim-tatar xalqlari
farzandi bo'lgan Jadidchilik g'oyalarini va harakati tashabbusikori Ismoilbek
G'asparalibiy (Gasperinskiy) (1851-1914-yillarda tashagan) bo'lishi tabiiy edi... Aynan
Po'lat Majidovich Soliyevning Turkistonga (O'zbekistonga) kelishi buyuk jadid
ma'rifatparvari Ismoilbek G'asparalibey faoliyatiga o'xshab ketganligini, unjng 1909-
1910-yillarda Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanida Segizboy Otaboyev ismli
kishi oilasida yashab, shu yerda yangi usul maktabi - jadid maktabiga asos solganligini,
shuningdek, Mirzacho'lda, Jalolobodda ham jadid maktablariga asos solganligini,
1913-yil Toshkent shahrida birinchi rus-tatar maktabiga asos solganligini, 1916-yilda
Bekoboddagi yangi usul maktabida bir yil o'qituvchilik qilganligini aytadigan bo'lsak,
bu ziyoli inson shaxsida ma'rifatchilik faoliyati kuchli ekanligini ko'rishimiz mumkin
bo'ladi.... Po'lat Majidovich Soliyev faoliyatida eng muhim va shonli tarixiy voqea-
hodisa bu 1917-yilda noyabr oyida Turkistonda (O'zbekistonda) tashkil topgan O'rta
Osiyo xalqlarining qununiy davlat bo'lgan Turkiston Muxtoriyatini tashkil etishdagi
eng tashabbuskor faollaridan bo'lganligidir... Shuningdek, olimning tarixshunoslik
sohasiga ilk qadam qo'yishi bu 1920-yilda Buxoro amirligi ag'darilib, uning o'rniga
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tashkil etilgandan so'ng Po'lat Majidovich
Soliyevga bu hukumat tomonidan ushbu "shonli" tarixiy voqea-hodisalarni, ya'ni
inqilob tarixini nashr etish vazifasini olganidan boshlangan edi desak aslo mubolag'a
qilmagan bo'lamiz... Aynan shu vaqtdan boshlab Po'lat Majidovich Soliyevning
faoliyati tarix fani va tarixshunoslik sohasi bilan uzviy bog'langan edi hamda 1922-
yilda BXSR ning Maorif nozirligining (Hozirgi madaniyat vaziriligi...) ilmiy hodimi
sifatida faoliyat yuritib, shuningdek, Buxoro xalq o'qituvchilar institutida mumtoz arab
adabiyoti, tarixi, arab tilining nazariyasi va amaliyotidan talabalarga dars bergani
jarayonida tarix fani va tarixshunoslik sohasiga qadam-baqadam yaqinlashib, aynan
shu ilm-fan sohasi vakili sifatida faoliyat yurita boshlaganligini, shuningdek, 1924-
1925-yillarda Moskva shahridagi Sverdlov nomidagi universitetning tarix kafedrasida
ham faoliyat yuritib, shu yerda talabalarga tarix ilmidan dars berish asnosida sharq
xalqlari tarixi, falsafasi, tili tarixidan boy ma'lumotga ega bo'lishi hamda shu yerdagi
Sharq xalqlari markaziy nashriyotida bir qancha ilmiy maqollalar chiqara
boshlaganligini, bundan tashqari, 1926-yilga kelib, Leningrad shahriga kelib, shu
yerdagi Sharqshunoslik institutida faoliyat boshlaganligini, 1927-yilda esa BXSR ning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

235

talabi bilan o'zbeklarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti tarixi aks ettirilgan

"O'zbeklar tarixi"

nomli kitobni yozish majburiyatini olaganligini, buning uchun esa

O'rta Osiyo xalqlarining yozma yodgorliklarini ilmiy jihatdan o'rganish, tadqiq etish
hamda jamoatchilikka e'lon qilishga kirishganligini, biroq bu tashabbus olim Po'lat
Majidovich Soliyev Samarqandga chaqirib qolinganligi boisdan yozilmasdan qolib
ketganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi... Po'lat Majidovich Soliyevning faoliyatini
yuqoridagi keltirilgan faktlar orqali mulohaza yuritadigan bo'lsak, avvallo, bunda
olimning jadid ma'rifatparvarlari orasidan chiqqanligi, shu ziyolilar muhitida voyaga
yetganligi, Jadidchilik g'oyalarini, mafkurasi qattiq o'zida singdirganligi (Bunda
olimning ilmiy faoliyatida eng muhim jihat bo'lmish ma'rifatchilik tamoyili
yotganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi...), shuningdek, sobiq sho'rolar davrida XX
asrning birinchi yarmilarida Po'lat Majidovich Soliyevning ko'plab maoriflik va
pedogoglik sohalarga muttasil ravishda jalb qilinganligi hamds asosan ilm-fanning
Ijtimoiy gumanitar sohalaridan tarix ilmi va tarixshunoslik sohasida ko'p faoliyat
yuritganligi uchun ham keyinchalik uning ilmiy faoliyatida mana shu soha -
tarixshunoslik sohasi muhim ahamiyat kasb etganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi...
Bundan tashqari, olimning bir vaqtning o'zida arab, fors-tojik, rus va yana bir qancha
xorijiy tillarni bilishi jarayonida ko'plab tarixiy manbalarni (Asosan, bu tarixiy
manbalar arab, fors-tojik, rus tillarida mavjud bo'lib, buning uchun bu ilmiy tarixiy
manbalarni o'qish uchun ilmiy tadqiqotichida shu tillarni mumkin qadar darajada
bo'lsa-da, bilish talab qilinar edi...) olim Po'lat Majidovich Soliyevda esa bu imkoniyat
anchagina edi desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz... Bundan tashqari, olimning
Jadidchilik faoliyatida vaqtida Turkiston (O'zbekiston) o'lkasining (o'zining asli ota
yurti sanalardi...) eng qadimiy va yuragi sanalgan go'shasi bo'lgan azim Toshkent
shahrida maoriflik faoliyatida (Po'lat Majidovich Soliyev Toshkent shahrida 1913-
yildan 1916-yilga qadar faoliyat yuritgan birinchi rus-tatar maktabiga asos solgan
edi...) asnosida shu azim shaharga mehri anchagina baland edi... Shuningdek, olim
Po'lat Majidovich Soliyev faoliyatida eng muhim davr bu 1927-yilda Samarqand Oliy
Pedogogika instituti Sharq tarixi kafedrasi mudiri (bo'lim boshlig'i) lavozimida ishlash
asnosida bo'lib, bunda olim Po'lat Majidovich Soliyev buyuk jadid ma'rifatparvari,
ulkan sharq xalqlari bilmdoni, adib va davlat, jamoat arbobi Abdurauf Fitrat, rus
sharqshunos olimi V.I. Viyatkin, o'zbek adabiyotshunos olimi O.Sharafiddinov, o'zbek
tilshunos olimi G'ozi Olim Yunusov kabi buyuk ilm-fan darg'alari davradida faol
ishtirok etiganligi uning keyingi olimlik faoliyatida qo'l kelganligini ko'rishimiz
mumkin bo'ladi...

2

Bundan tashqari, olim Po'lat Majidovich Soliyev O'rta Osiyo

xalqlari tarixi va falsafasining buyuk bilmdoni hamda chuqur bilimga, salohiyatga ega

2

Https//www.tarix.uz


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

236

bo'lganligi bilan alohida ajralib turganligini zamondoshlari yaxshi eslaydi...
Shuningdek, olim o'zbek tarixshunos ziyolilari ichida birinchilardan bo'lib, yangi bir
uslubda Turkiston (O'rta Osiyo) o'lkasi xalqlarining tarixini ilmiy jihatdan tadqiq
qilgan, o'rgangan birinchi o'zbek sharqshunosi va tarixshunos olimi sanalgan degan
farazimizni bildirsak va munosabat bildirsak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz... Eng
muhimi, olim Po'lat Majidovich Soliyev XX asr birinchi yarimlarida Turkiston xalqlari
tarixi va qadimiy yodgorliklarini o'rganishihamda ilmiy tadqiqotichlik asnosida bir
qancha ilmiy asarlar ham yaratgan edi... Binobarin, olimning 1926-yilda yozgan
birinchi kitobi

"O'rta Osiyo tarixi (XI-XV asrlar)"

chiqqan vaqtda qonsiragan

mustabid sovet hukumatining qattiq senzuraviy taziyqiga uchrab qolgandi. O'shanda
mustabid sovet hukumati bu ilmiy kitob yuzasidan 1933-yilda O'zbekiston SSR
Kompartiyasi Samarqand shahar bo'limi hamda NKVD komissiyasining qo'shma
plenumida (yig'lishida) bu asar haqida qattiq bahs-munozara bo'lib o'tib, olim Po'lat
Majidovich Soliyev ilmiy faoliyatiga va shaxsiyatiga nisbatan turli xil bo'tonlar,
asossiz ayblar, keskin tanqidlar yog'ilgan edi... Olimni mustabid sovet hukumat
o'tmishni, tarixni noto'g'ri buzib talqin qilishda, shuningdek, olimga qadim o'tmish
podshohlariga, xonlariga qullarcha sig'inishi, ularni ulug'lashi, qadim o'tmishni maqtab
yozishi, sovet hokimiyatiga nisbatan nazar-pisand qilmasligi, sovet davrini emas, balki
o'tmish davrni xolisona baholab, maqtab yozishi deya turli xil ayblar qo'yilib, ular bilan
qoralangandi... Shunga qaramasdan, olim Po'lat Majidovich Soliyev ilmiy faoliyatdan
to'xtab qolmagan edi, balki yanada faol harakat qila olganligini, 1935-yilda O'rta Osiyo
Davlat Universitetida (Hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy
Universitetida) O'rta Osiyo davlatlari ichidan birinchilardan bo'lib, "O'rta Osiyo tarixi"
kafedrasi tashkil etilgandan so'ng unga olim Po'lat Majidovich Soliyevning bo'lim
boshlig'i etib saylanganlgi bunga dalolatdir... Olim 1936-yilda Toshkentga ko'chib
keladi (Bunga sabab sifatida O'zbekiston SSR poytaxti Samarqand shahridan Toshkent
shahriga ko'chgan edi...) olim shu yerda faoliyat yuritib, O'zbekiston SSR Markaziy
ijroiya qo'mitasi qoshida tashkil etilgan Fan qo'mitasida keyinchalik esa bu qo'mita
O'zbekiston SSR xalq komissarlari soveti tarkibiga o'tqazilganligi sababli shu yerda
olim O'zbekiston tarixi bo'limini boshqargan edi... Olim Po'lat Majidovich Soliyev
serqirra ilm egasi sifatida jadal faoliyat yuritib, qadim tariximiz haqidagi ko'plab
tarixiy manbalarni o'rganishi, tadqiq qilishi hamda bunda arab tili, fors-tojik tilidagi
ko'plab manbalarni o'zbek tiliga tarjima qilib, ilmiy jihatdan izohlab berganligini
(Xattoki olim dinimizning muqaddas kitobi bo'lgan Qur'oni Karimning ilk ilmiy
sharhlarini o'zbek tiliga tarjima qilganligi ma'lumdir...), shuningdek, olimning 1923-
yilda yozgan

"Buxoro tarixi"

hamda 1925-yilda yozilgan

"Mang'itlar saltanati

davrida Buxoro o'lkasi"

kabi ilmiy asarlarida Buxoro vohasining qadimiy o'tmishi,

tarixi, shuningdek, bu o'lkaning qadimiy iqtisodiy-moddiy, madaniy-ma'naviy,
ijtimoiy-siyosiy hayotidan hamda XVIII asr o'rtalarida Buxoro xonligi tepasiga kelgan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

237

o'zbeklarning mang'it urug'i vakillarining hokimiyatni egallab olganidan boshlab, bu
sulola vakillarida davridagi Buxoro vohasining hamda Buxoro shahri aholisining o'ziga
xos tarixiy xususiyati va voqea-hodisalarni muhim tarixiy manbalari orqali bayon etib
bergan edi... Olimning bu tashabbusi, ya'ni mustabid sho'rolar davrida XX asrning
birinchi yarmilari sharoitda Turkiston (O'zbekiston) tarixining eng qadimiy davrlarini,
o'zbek xonliklari davrini bu mustabid hukumatdan qo'rqmasdan xolisona yortib
berganligining o'zi olimning tarix ilm-fanga hamda tarixshunoslik sohasiga bo'lgan
cheksiz hurmati hamda matonati va jasoratidan dalolat berib turibdi... Biroq o'zbek
ma'rifatparvarlari va ziyolilariga qarshi mustabid sho'rolar hukumat tomonidan
uyushtirilgan 1936-1939-yillardagi qatag'on siyosati olim Po'lat Majidovich Soliyevni
ham chetlab o'tmagan edi... Olim 1938-yilda o'zining buyuk jadid maslakdoshlari bilan
birgalikda bu qattol siyosatning quboniga aylanib, otuvga hukm qilingan edi... Shunga
qaramasdan eng muhim jihati shundaki, olim Po'lat Majidovich Soliyev XX asrning
birinchi yarmilariga kelib, birinchilardan bo'lib, ya'ni milliy o'zbek tarixchilik
maktabiga asos solib ketganligi biz uchun muhimdir...

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

Po‘lat Majidovich Soliyev. “Buxoro o‘lkasi mang‘itlar sulolasi davrida”. T.:
1926;

2.

Po‘lat Majidovich Soliyev. “O‘zbekiston tarixi (XV-XIX asrlarda)”. T.: 1929-
yil.

3.

Po‘lat Majidovich Soliyev. “Buxoro tarixi”. T.: 1923.

Internet saytlari:

1.

www.Ziyonet.uz

2.

www.google.uz

3.

www.til va adabiyot ta’limi.uz

4.

www.Scoups

5.

Https//uz.wikipedia

6.

Https//ziyouz.com

7.

Https//www.tarix.uz

8.

Https//ru.wikipedia.org

9.

Https//jadid.uz

10.

Https//www. Supportscience.com


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

Po‘lat Majidovich Soliyev. “Buxoro o‘lkasi mang‘itlar sulolasi davrida”. T.:

;

Po‘lat Majidovich Soliyev. “O‘zbekiston tarixi (XV-XIX asrlarda)”. T.: 1929-

yil.

Po‘lat Majidovich Soliyev. “Buxoro tarixi”. T.: 1923.

Internet saytlari:

www.Ziyonet.uz

www.google.uz

www.til va adabiyot ta’limi.uz

www.Scoups

Https//uz.wikipedia

Https//ziyouz.com

Https//www.tarix.uz

Https//ru.wikipedia.org

Https//jadid.uz

Https//www. Supportscience.com