Mualliflar

  • Jalilov Asqar Yo‘ldosh o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94901

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zi: XX asr boshlari o‘zbek milliy tarixchiligi maktabi shakllanishi. XX asr birinchi yarimlarida o‘zbek milliy tarixshunosligining rivojlanish jarayoni. O‘zbek milliy tarixchilik maktablarining o‘ziga xosligi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada    XX  asrning  40-60-yillarida    ilmiy  faoliyat 
yuritgan o‘zbek zabardast ilm-fan arboblaridan tarishunos va qadimshunoslarimizning, 
shuningdek,  o‘zbek  milliy  tarixshunosligimizning    ulug‘  vakillari,      ma’rifatparvar 
olimlari    o‘zbek  milliy  tarixshunosligi  sohasi  rivojiga  o‘zining  benazir  hissasini  
qo‘shgan ulkan tarixshunos hamda qadimshunos (Arxeolog) olimlarimizning, o’zbek 
milliy  tarixchlik  maktablarining  muhim  jihatlarni,olimlarimiz  ilmiy  pedogogik 
faoliyatlarining  o‘ziga  xos  muhim  qirralarini  hamda  bu  olimlarimizning  o‘zbek 
tarixshunoslik  sohasidagi  erkin  va  mustaqil  fikr-mushohadalarining  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  ko‘rib o‘tamiz... 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

224

O‘ZBEK TARIXSHUNOSLIGI SOHASIDA TARIXCHLIK MAKTABINING

YUZAGA KELISHI JARAYONI

ORIENTAL UNIVERSITETI 70220301

-Tarix ixtisosligi II kurs Magistri

Jalilov Asqar Yo‘ldosh o‘g‘li


Annotatsiya:

Ushbu maqolada XX asrning 40-60-yillarida ilmiy faoliyat

yuritgan o‘zbek zabardast ilm-fan arboblaridan tarishunos va qadimshunoslarimizning,
shuningdek, o‘zbek milliy tarixshunosligimizning ulug‘ vakillari, ma’rifatparvar
olimlari o‘zbek milliy tarixshunosligi sohasi rivojiga o‘zining benazir hissasini
qo‘shgan ulkan tarixshunos hamda qadimshunos (Arxeolog) olimlarimizning, o’zbek
milliy tarixchlik maktablarining muhim jihatlarni,olimlarimiz ilmiy pedogogik
faoliyatlarining o‘ziga xos muhim qirralarini hamda bu olimlarimizning o‘zbek
tarixshunoslik sohasidagi erkin va mustaqil fikr-mushohadalarining o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz...

Kalit so‘zi:

XX asr boshlari o‘zbek milliy tarixchiligi maktabi shakllanishi. XX

asr birinchi yarimlarida o‘zbek milliy tarixshunosligining rivojlanish jarayoni. O‘zbek
milliy tarixchilik maktablarining o‘ziga xosligi.

THE PROCESS OF THE EMERGENCE OF THE SCHOOL OF

HISTORIOGRAPHY IN THE FIELD OF UZBEK HISTORIOGRAPHY

ORIENTAL University 70220301

-Second year Master's student in History

Jalilov Askar Yuldash of son

Annotation:

In this article, we will consider the important aspects of our

outstanding Uzbek scientists, historians and antiquarians who worked in the 40s-60s
of the 20th century, as well as the great representatives of our Uzbek national
historiography, enlightening scientists, who made a unique contribution to the
development of the field of Uzbek national historiography, the important aspects of the
Uzbek national historiography schools, the specific important aspects of the scientific
pedagogical activities of our scientists, and the specific features of the free and
independent opinions and observations of these scientists in the field of Uzbek
historiography...

Keyword:

20th century The beginnings of the formation of the Uzbek school

of national historiography. The development of Uzbek national historiography in the


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

225

first half of the 20th century. The uniqueness of Uzbek schools of national
historiography.

ПРОЦЕСС СТАНОВЛЕНИЯ ИСТОРИЦИСТСКОЙ ШКОЛЫ В

ОБЛАСТИ УЗБЕКСКОЙ ИСТОРИОГРАФИИ

ВОСТОЧНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ 70220301

-Магистр истории, 2 курс

Джалилов Аскар Юлдашов


Аннотация

: В данной статье мы рассмотрим важные аспекты

деятельности наших выдающихся узбекских ученых, историков и антикваров,
работавших в 40-60-х годах XX века, а также великих представителей нашей
узбекской национальной историографии, просвещенных ученых, внесших
уникальный вклад в развитие области узбекской национальной историографии,
узбекских национальных историографических школ, уникальные важные
аспекты научно-педагогической деятельности наших ученых, а также
уникальные черты свободных и независимых взглядов и наблюдений этих
ученых в области узбекской историографии...

Ключевое слово:

Формирование узбекской школы национальной

историографии в начале ХХ века. Развитие узбекской национальной
историографии в первой половине XX века. Своеобразие узбекской
национальной историографической школы.

KIRISH

XX asrning birinchi yarmilarida o'zbek milliy tarixshunoslik sohasi hamda tarix

ilimida dastlabki maktablar (tarixchilik maktabi) vujudga kela boshlagan edi... XX
asrning birinchi yarmilarida (20-30-yillarida) dastlabki o'zbek milliy tarixchilik
maktabiga asos solingan edi... Po'lat Majidovich Soliyev mana shu maktabining
(tatixchilik maktabining ilk tashabbuskori sanaladi) tamal toshini quygan deya
mulohaza yuritadigan bo'lsak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz... Biroq tanganing
ikkinchi tomoni bo'laganidek, bu tarixchilik maktabi mustabid sovet hukumati davrida
XX asrning birinchi yarmilarida (20-30-yillarida) ularning qattiq senzuraviy taziyqiga
uchrab, dastlabki faoliyatini mustaqil va erkin holda olib bora olmagan edi hamda
zamonning turli xil to'siqlarga, qarshiliklariga uchragan edi...

ASOSIY QISM

15 ta milliy "Respublikalarni" (o'lkalarni) o'zida birilashtirgan mustabid sovet

hukumatida dastlab bu hukumat hokimiyat tepasiga kelgan birinchi kunidan boshlab
(1917-yil Fevral va Oktyabr to'ntarishidan keyin) mana shu 15 ta milliy o'lkalarning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

226

ham iqtisodiy-moddiy, ham ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy hayoti ustidan
o'zlarining mustabidona hukmronligini singdira boshlagan edi... Bu qattol va manfur
siyosatdan ilm-fan sohasi ham qochib qutila olmagan edi... Mustabid sho'rolar
hukumati Turkistonda (O'zbekistonda) ilm-fanning Ijtimoiy gumanitar sohalariga keng
nigohini qaratgan bo'lib, bunda aynan shu yo'nalishdagi fan sohalarining inson ga va
uning ongiga nisbatan mafkuraviy qarashlarini singdirishda qulaylik imkoniyatlari
mavjud ekanligini bu qattol tuzum gumashtalari aynan mana shu ilm-fan sohasiga ko'b
e'tibor qaratishi lozimligi hamda mana shu fan sohalari orqali o'zlarining manfur
sovetcha mutaassiblikni va mafkurasini, sovetcha g'oyalarini mustamlaka o'lkalarning
aholisi ongi-shuuriga singdirishda dastak sifatida foydalanishga kirishgan edi....
Chunki mustabid sovet hukumati aynan Ijtimoiy gumanitar fan sohalari insonning his-
tuyg'ulariga kuchli ta'sir qilishligini hamda o'zlarining mustabidona sovetcha
mafkuraisini singdirishi uchun qulay ekanliklarini, shuningdek, boshqa fanlarga
qaraganda afzalroq ekanligini tushunib yetgan edi.... Shu sababli ham XX asrning
birinchi yarmilarida (20-30-yillarida) sobiq sho'rolar hukumati Turkistonda
(O'zbekistonda), balki butunittifoq miqyosida Ijtimoiy gumanitar fan sohalariga
o'zlarining kommunistik-sotsialistik mafkurasini tiqishtirish jarayonini boshlab
yuborgan edi... Ijtimoiy gumanitar fan sohalaridan tarix fani orqali mustabid hukumat
o'zlarining kommunistik-sotsialistik mafkurasining soxtalashtirilgan varinatlarini bu
tarix fani qatlariga tiqishtirmoqchi bo'lishgan edi... Bundan tashqari, bu mustabid
hukumat davrida ilmiy faoliyat yuritgan dastlabki o'zbek tarixshunos olimlarning
hamda tarixchilk maktabining asoschilari ilmiy faoliyatlarini kuchaytirilgan nazorati-
senzurasi orqali nazoratda saqlab turishganligini vatanimiz tarixining sahaifalarida
ko'rishimiz mumkin bo'ladi... Shuning uchun ham XX asrning birinchi yarmilarida
vujudga kelgan tarixchilik maktablariga hamda shu maktab tashabbuskorlariga
nisbatan mustabid sovet hukumati kuchaytirilgan nazorati-senzurasi o'rnatilganligi
orqali o'zlarining kommunistik-sotsialistik mafkurasining mazmun-mohiyatini,
albatta, mumkin qadar bo'lsa-da, ilmiy tadqiqotichlik faoliyatlarida berishlari lozimligi,
bu kommunistik-sotsialistik mafkuradan sira ham chetga og'masligi, unga hurmat bilan
qarashi shartligi, mustabid dovet hukumati yuritayotgan siyosiy tuzumga shubha bilan
qaramaslik, kommunistik-sotsialistik partiyaning chizgan chizig'idan chiqmaslik, unga
qullarcha munosabatda bo'lib, har qanday yot g'oyalar va mafkuralar ta'siriga berilib
ketmaslik, sobiq sho'rolar tuzumiga itdek sadoqat bilan xizmat qilish lozimligi,
o'zlarining ilmiy tadqiqotichlik na'munalarida sovet mustabid hukumatni ko'klarga
ko'tarib maqtash, uzoq o'tmish tarixga xolisona baho berish, mana shu tarixni haqqoni
yortib berimaslik hamda bu qattol hukumatning sun'iylashtirilgan tarixini yortib
berishdek talablar qo'yilgan edi.... Xuddi mana shu salbiy holat XX asrning birinchi
yarmilarida (20-30-yillarida) dastlabki o'zbek milliy tarixshunoslik sohasi hamda
tarixchilik maktabida ham ko'zga ko'rina boshlagan edi... Bunga misol tariqasida, XX


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

227

asrning birinchi yarmilarida birinchi bo'lib, o'zbek milliy tarixshunoslik sohasi hamda
tarixchilik maktabi tashkilotchisi bo'lgan jadid ma'rifatparvari va ziyolisi bo'lgan ilm-
fan arbobi Po'lat Majidovich Soliyev faoliyatida o'z izini qoldirganligini biz uning
1928-1929-yillarda yozgan

"Turkiston (O'zbekiston) tarixi (XI-XV asrlar)

kitobi

yozilgandan so'ng, bu kitob haqida turli bo'xtonlar, tanqidiy maqolalar, xullas kalom,
mustabid sovet hukumatining qattiq senzuraviy taziyqiga uchrab qolganligi orqali
isbotlasak, aslo xato bo'lmaydi... Bu kitob haqida mustabid sovet hukumatining
qarashlari va yondashishlarida senzuraviy taziyqini sezib turamiz hamda bunda olimni
mustabid hukumat tarixda yondashishda xato qolganligini, ya'ni mustabid sovet
hukumat o'rnatilgan davrdan ham oldingi davr o'rta asrlar davridagi Turkiston
(O'zbekiston) o'lkasining muhim iqtisodiy-moddiy va ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma'naviy hayotidan tarixiy manbalar hamda olimning uzoq vaqt ilmiy izlanishlari
orqali to'plangan muhim ma'lumotlarni tasvirlab bergan edi. Biroq mustabid hukumat
bu kitobga nisbatan salbiy munosabatda bo'lgan edi, ya'ni olimni o'tmishni
ideallashtirishda, shuningdek, o'tmishdag amirlar, podsholar, hukmdorlar faoliyatiga
ijobiy munosabatda bo'lib, ularga qullarcha ta'zim qilishda, ularning davrini tusash,
sovet hokimiyatidan oldingi o'sha davrlarni ideallashtirish, shu zamonlarni qo'msashda
ayblangan edilar.... O'shanda olimga Turkistonning (O'zbekistonning) qadimiy
o'tmishini, tarixini ulug'lash, shuningdek, Turon xalqlarining o'rta asrlardagi boy
tarixini ulug'lashdan ko'ra sovet hukumatini, shuningdek, ularning 1917-yil Fevral va
Oktyabr to'ntarishini (Inqiloblarini) ulug'lash hamda bu inqilobning Podsho Rossiyasi
tarkibidagi mazlum o'lka xalqariga "haqiqiy erkinlik, mustaqillik" ni olib kelganligi,
inqilobning mazlum o'lka xalqlari taqdiriga ko'satgan "buyuk" ta'siri hamda ahamiyati
(Inqilobning tarixiy ahamiyati haqida kitob yozishlarini qat'iy talab va "taklif"
qilgandilar...

1

Keyingi davrda, ya'ni XX asrning o'rtalariga kelib (40-50-yillarida),

o'zbek milliy tarixshunoslik sohasi hamda tarixchilik maktabida qadimshunos
(arxeolog) olimlarimizdan akademik Yahyo G'ulomov, tarixshunos olim Hamid
Ziyoyev, tarixshunos olim Abdulahad Rahimjonovich Muhammadjonovlar azim va
qadimiy poytaxtimiz Toshkent shahrida, Ahmadali Asqarov Namangan viloyatida
(Keyinchalik esa Toshkent shahrida) tarixshunoslik sohasi hamda tarixchilik
maktablariga asos solishgandi.... Qadimiy Toshkent shahridan chiqqan o'zbek xalqning
birinchi qadimshunos (arxeolog olim) olimi Yahyo G'ulomov o'tgan asrimizning (XX
asrning 30-40-yillarida) o'ziga xos tarixchilik maktabiga asos solgan bo'lib, bunda bu
qadimshunos (arxeolog olim) olim tomonidan Qadimgi Xorazm hududlaridagi
qadimiy arxeolog qazishma ishlarida boshchilik qilishi, shuningdek, Surxondaryo
vohasidagi eng qadimiy arxeologik topilma hamda tarixi hududlari hisoblangan
Ayritom

manzilgohi

joylashgan

geografik

makonlarni,

shuningdek,

1

Tuzum va davlatchilik. "O'zbekiston ovozi" gazetasi. 1999-yil 16-yanvar. (H. Ziyoyev).


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

228

Qoraqalpog'istonning janubiy yerlarini (Guldursun va Naridion msnzilgohlarini) ilmiy
jihatdan tadqiq etganligi boisdan XX asrning 40-50-yillarida o'zbek milliy
tarixshunoslik sohasi hamda arxeologik (qadimshonoslik) sohalarida alohida maktab
asoschisi hisoblanar edi...

2

O'zbek xalqining birinchi qadimshunos (arxeolog olimi)

olimi Yahyo G'ulomov faoliyati hamda sa'yi harakatlari natijasida XX asrning 40-50-
yillarida O'zbekiston SSR da ham tarixshunoslik sohasi anchagina jonlanib, hali o'zbek
milliy

tarixshunosligiga

ma'lum

bo'lmagan

ko'plab

tarixiy

qadamjolar,

O'zbekistonning eng qadimgi odamlar istiqomat qilishgan ko'plab qadimiyat ildizlari
nishonlari topilgan tarixiy arxeologik makonlar, hududlar Qadimgi Xorazm vohasidagi
qadimiy yodgorliklar, eng qadimgi odamlarining izlari topilgan hududlari bilan boy -
Qadimgi Buxoro vohasi hamda Qadimgi Zarafshon hududlaridagi eng qadimgi
insoniyat tamaddunining tarixiy qadimiyat belgilarining topilishi, shuningdek,
Surxondaryo vohasidagi qadimiy Kushon davlati davriga oid Ayritom kabi qadimiy
manzilgohlarning topilishi hamda ularning O'zbekiston tarixiga kirgizilishi sabab
o'zbek milliy tarixshunoslik sohasi hamda tarixchilik maktablari rivojida ulkan
yangiliklar bo'ldi desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz.... Aynan mana shu olim
Yahyo G'ulomovning tashabbuskor ilmiy izlanishlari natijasida O'zbekiston
hududlaridagi hali fanga noma'lum bo'lgan ko'plab tarixiy manzilgohlarining topilishi,
ularni ilmiy jihatdan tadqiq etilishi hamda buning natijasida O'rta Osiyo mintaqasida
(O'zbekistonda) eng qadimgi davrdan - Tosh davridan (Poleolit davridan miloddan
avvalgi bir millioninchi yillikdan to 6-7-ming yillikka qadar bo'lgan ulkan bir davrlar
hisoblanadi...) beri insoniyatning ilk ajdodlari (O'rta Osiyoning eng qadimgi aholisi)
izlarining topilishi natijasida O'zbekistonning tarixi naqadar uzoq bir davrlarga borib
taqalishini, buning uchun biz qanchalik darajada faxrlansak ozligini anglashimiz
mumkin bo'ladi.... Akademik Yahyo G'ulomovning ilmiy izlanishlari natijasida
O'zbekiston hududlarida eng qadimgi odamlarning izlarini (suyak qoldiqlari, sklet va
hakozo) topib, ularni ilmiy jihatdan tadqiq qilishi jarayoni aynan mana shu ilm-fan
darg'asining sa'yi-harakatlari bilan mustabid sovet hukumati davrida bo'lsa ham,
O'zbekiston SSR tarix fani darsliklarida qayd etilishining (Ma'lum darajada bo'lsa
ham...) o'zi ham asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, rivojlana boshlanganligini, mustamlaka
sharoitda ham, marksistik-leninistik mafkura senzurasi taziyqiga qaramasdan ham,
qotib qolmasdan, taraqqiy eta borishining o'zi O'zbekiston SSR da ilm-fan sohasi qaror
topa borganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi...shuningdek, Akademik Yahyo
G'ulomovning ilmiy tadqiqotichlik faoliyati ta'sirida O'zbekiston SSR Fanlar
Akademiyasining Tarix va Sharqshunoslik institutlarining ham rivojlanishida ulkan
hissasi borligini ko'rishimiz hamda aynan olimning XX asrning o'rtalarida (50-60-
yillarida ) olib borgan ilmiy izlanishlari asosan O'zbekiston SSR ilm-fanida

2

2. Sovet davridagi davlat tizimi. "O'zbekiston ovozi" gazetasi. 1999-yil 16-yanvar. (H. Ziyoyev).


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

229

arxeologiya (qadimshunoslik) hamda manbashunoslik sohalarining o'ziga xos
maktablariga asos solganligini, bu maktab (o'zbek milliy tarixshunoslik sohasining
arxeologiya va epigrafiya (manbashunoslik) yo'nalishlaridagi maktablar vujudga
kelganligi aynan shu zotning sa'yi-harakatlari bilangina mavjud bo'lganligini alohida
ta'kidlab o'tishimiz lozim...) o'quvchilari (Akademik Yahyo G'ulomovning ilmiy
faoliyati izdoshlari bo'lmish ilmiy tadqiqotchilik bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar
nazarda tutilmoqda...) tomonidan O'zbekiston SSR hududlarida eng qadimgi insoniyat
tamadduni na'munlari topilgan eng qadimgi qadamjolarning izlab topilishi natijasida
O'zbekiston SSR da arxeologiya va manbashunoslik maktabining shakllanishida
alohida ahamiyat kasb etganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi....Bundan tashqari,
aynan XX asrning o'rtalarida (50-60-yillarida) yillarida ilmiy izlanishlar va
tadqiqotichlik faoliyatlarini olib borgan o'zbek tarixshunos va qadimshunos (arxeolog)
olimlarimizdan akademik Yahyo G'ulomov, olim Hamid Ziyoyev, olim Abdulahad
Rahimjonovich Muhammadjonov, tarixshunos mutaxassis (Keyinchalik tarixshunos
olim bo'lgan) Ahmadali Asqarov kabi buyuk ilm-fan darg'alari tashabbuslari hamda
ilmiy faoliyatlari natijasida o'zbek tarixshunoslik sohasi hamda tarixchilik maktabida
yangicha bir davrning boshlanishi jarayoni yuz bergan desak aslo mubolag'a qilmagan
bo'lamiz... Chunki aynan mana shu tarixshunos olimlarimizning sa'yi-harakatlari
natijasi o'laroq o'zbek milliy tarixshunoslik sohasiga (tarix faniga) yangidan-yangi
ilmiy manbalar, ilmiy tadqiqotichlik na'munalari yaratilib, ularning asnosida o'zbek
xalqining tarixi uzoq-uzoq o'tmishlarga borib taqalishini, ya'ni kamida 3000-2500
yilliklarni o'z ichiga olganligini, judayam qadim zamonlardan buyon O'rta Osiyo
(O'zbekiston) hududlarida insoniyatining ilk ajdodlari yashaganligini hamda ularning
madaniy turmush tarzidagi tamaddunilarini, shuningdek, o'zbek xalqining boy tarixiga
ega ekanliklarini, sobiq sho'rolar davrida o'zbek xalqining tarixiga nisbatan nazar-
pisand qilmasligi, har qadamda ma'naviyat va madaniyatimiz ustidan kulishligi asossiz
ekanligini, balki sobiq sho'rolar tarkibidagi ko'pgina xalqlarning tarixiga nisbatan biz
o'zbek xalqining tarixi nihoyatda boy ekanligi hamda qadimiyroq ekanligini alohida
ko'rishimiz mumkin bo'ladi... XX asrning o'rtalariga kelib, o'zbek tarixshunoslik sohasi
hamda tarixchilik maktablari mana shu buyuk ilm-fan darg'alari hisobiga anchagina
boyidi hamda taraqqiy etagan edi. Aynan mana shu ilm-fan egalarining alohida sa'yi-
harakatlari natijasida keyingi davr tarixshunos mutaxassislarimizning yetishib
chiqishiga zamin hozirlagan edi desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz...

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Tuzum va davlatchilik. "O'zbekiston ovozi" gazetasi. 1999-yil 16-yanvar. (H.
Ziyoyev).

2.

Sovet davridagi davlat tizimi. "O'zbekiston ovozi" gazetasi. 1999-yil 16-yanvar. (H.
Ziyoyev).

3.

Tarix haqiqati. "Mustaqillik - bu huquq" to'plami. 1998-yil. Toshkent. (H. Ziyoyev).


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

230

4.

Chinakam inson va olim. "Yaxshilar xotirasi boqiydir" to'plami. 1998-yil.
Toshkent. (H. Ziyoyev).

5.

O'zbekistonda paxta yakkahokimligi uchun kurash va uning oqibatlari (XIX asrning
ikkinchi yarimi - XX asr boshlari). 1999-yil. Toshkent. (H. Ziyoyev).

Internet saytlari:

6.

www.Ziyonet.uz

7.

www.google.uz

8.

www.til va adabiyot ta’limi.uz

9.

www.Scoups

10.

Https//uz.wikipedia

11.

Https//ziyouz.com

12.

Https//www.tarix.uz

13.

Https//ru.wikipedia.org

14.

Https//jadid.uz

15.

Https//www. Supportscience.com

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Tuzum va davlatchilik. "O'zbekiston ovozi" gazetasi. 1999-yil 16-yanvar. (H.

Ziyoyev).

Sovet davridagi davlat tizimi. "O'zbekiston ovozi" gazetasi. 1999-yil 16-yanvar. (H.

Ziyoyev).

Tarix haqiqati. "Mustaqillik - bu huquq" to'plami. 1998-yil. Toshkent. (H. Ziyoyev).

Chinakam inson va olim. "Yaxshilar xotirasi boqiydir" to'plami. 1998-yil.

Toshkent. (H. Ziyoyev).

O'zbekistonda paxta yakkahokimligi uchun kurash va uning oqibatlari (XIX asrning

ikkinchi yarimi - XX asr boshlari). 1999-yil. Toshkent. (H. Ziyoyev).

Internet saytlari:

www.Ziyonet.uz

www.google.uz

www.til va adabiyot ta’limi.uz

www.Scoups

Https//uz.wikipedia

Https//ziyouz.com

Https//www.tarix.uz

Https//ru.wikipedia.org

Https//jadid.uz

Https//www. Supportscience.com