Mualliflar

  • Kamolova Mashhura Otabek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95013

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya qadimgi davrlar pedagogik fikrlar qadimgi Sharq Yunoniston Rim tarbiya usullari ijtimoiylashuv axloqiy tarbiya tarixiy tajriba.

Annotasiya

 
Annotatsiya. Ushbu maqolada insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida ta’lim-
tarbiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davrlarda bolalarni ijtimoiy 
hayotga tayyorlashdagi an’anaviy usullar, shuningdek, o‘sha davrlarga oid pedagogik 
qarashlar tahlil qilinadi. Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rimdagi pedagogik meros, 
ularning  hozirgi  ta’lim  tizimiga  ta’siri  yoritiladi.  Maqola  qadimiy  madaniyatlarda 
axloqiy, mehnat va harbiy tarbiyaning ustuvor yo‘nalish bo‘lganligini ko‘rsatadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

76

ENG QADIMGI DAVRLARDA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK

FIKRLAR

Kamolova Mashhura Otabek qizi

Navoiy shahar

Alisher Navoiy nomidagi IDUM

ingliz tili fani o‘qituvchisi

kamolovamashhura55@gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu maqolada insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida ta’lim-

tarbiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davrlarda bolalarni ijtimoiy
hayotga tayyorlashdagi an’anaviy usullar, shuningdek, o‘sha davrlarga oid pedagogik
qarashlar tahlil qilinadi. Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rimdagi pedagogik meros,
ularning hozirgi ta’lim tizimiga ta’siri yoritiladi. Maqola qadimiy madaniyatlarda
axloqiy, mehnat va harbiy tarbiyaning ustuvor yo‘nalish bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

ta’lim-tarbiya, qadimgi davrlar, pedagogik fikrlar, qadimgi Sharq,

Yunoniston, Rim, tarbiya usullari, ijtimoiylashuv, axloqiy tarbiya, tarixiy tajriba.


Insoniyat jamiyati tarixida ta’lim va tarbiya muhim o‘rin tutib kelgan. Qadimgi

davrlarda ham bolalarni jamiyatga moslashtirish, mehnat va hayot faoliyatiga
tayyorlash ehtiyoji mavjud bo‘lgan. Shunday ekan, ilk ijtimoiy tuzumlardayoq ta’lim-
tarbiya tizimi shakllanib, o‘ziga xos shakl va usullarni egallagan.

Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik

jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng
oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib
borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu
davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari,
ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan
yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.

Eramizdan oldingi I ming yillik o‘rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida

Ovisto, Xorazm, so‘g‘d, Kushon, run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur va boshqa yozuvlar
paydo bo‘ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xitoyda qog‘ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o‘nlik sonlarning

paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut
va sekundlarga bo‘lishning o‘ylab topilishi ta’lim sohasi uchun muhim yangilik
bo‘ladi.

Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar.

Bugungi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldinhayot kechirgan
bo‘lib, ular o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mas’uliyatli yo‘lni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

77

bosib o‘tgan. Birinchi tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha
takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti
va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan
tariximiz bobokalonlarimizning boy qadimiy madaniyatga ega ekanligidan darak
beradi.

Markaziy Osiyodagi arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik

berishicha, dastlabki ibtidoiy jamoa va keyinchalik quldorlik tuzumi davrida ham
Turon hududida ijtimoiy-madaniy hayot rivojlangan. Ayniqsa, Qadimgi Xorazm,
Farg‘ona, Zarafshon vodiylarida dehqonchilik, hunarmandchilik va meʼmorchilik
madaniyati jahonga maʼlum va mashhur bo‘lgan. Quldorlik tuzumining dastlabki
bosqichlaridanoq, Turon zaminida xalqlarning maʼnaviy va maʼrifiy hayotida hamda
diniy eʼtiqodlarida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ayni paytda, o‘ziga xos
turmush tarzi, anʼana, rasm- rusumlar, urf-odatlar hamda taʼlim-tarbiya shakllandi.

Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bugungi avlodgacha bevosita yetib

kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik
majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi
tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi yunon tarixchisi
Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning
“Devonu lug‘atit-turk” kabi asarlari, O‘rxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy
manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning
shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o‘rin olganligidan
xabar beradi. Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan
xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y- fikrlari, maqsad
va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko‘pchiligi bizga eng qadimgi
yodgorliklar

– “Avesto”, Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali

ma’lumdir.“Avesto” kim tomonidan yaratilgani borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib,
mashhur sharqshunos olim E.E. Bertelsning fikriga ko‘ra, asar 1278-yilda Zardusht
ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yaratilgan. Mazkur fikr “Zardushtnoma”
dostonida bayon etilgan ayrim qarashlar asosida paydo bo‘lgan.

1

Qadimgi Sharq — Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda ta’lim diniy va amaliy

yo‘nalishda olib borilgan. Misrda bolalar yozuv, matematika va axloqiy me’yorlarga
o‘rgatilgan. Xitoyda Konfutsiy ta’limoti asosida odob-axloq, kattalarga hurmat,
ijtimoiy mas’uliyat targ‘ib qilingan. Bu davrda tarbiyaning asosiy maqsadi itoatkor,
mehnatkash va jamiyat qoidalariga mos shaxsni shakllantirish bo‘lgan.

Qadimgi Yunoniston taraqqiy etgan madaniyat va falsafiy qarashlari bilan

ajralib turadi. Bu yerda ta’lim-tarbiya davlat siyosatining muhim tarkibiy qismiga
aylangan. Platon va Aristotel kabi mutafakkirlar pedagogik fikrlarni ilmiy asoslashga

1

Musurmonova A. va boshqalar. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. «Ozkitobsavdonashriyoti», 2020. 399-bet.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

78

harakat qilishgan. Platonning "Davlat" asarida ideal shaxs va tarbiya modeli bayon
qilingan bo‘lib, u bolalarni yoshiga qarab bosqichma-bosqich rivojlantirishni taklif
qiladi.

Qadimgi Rimda ta’lim-tarbiya amaliyotga asoslangan bo‘lib, harbiy

tayyorgarlik va fuqarolik burchiga e’tibor berilgan. Rimliklar bolalarni qat’iyatli,
intizomli, qonunlarga itoat qiluvchi qilib tarbiyalashni muhim deb bilishgan.
Shuningdek, notiqlik san’ati, tarix va huquq asoslarini o‘rgatish keng tarqalgan edi.

Qadimgi davrda din ta’lim va tarbiyaning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilgan.

Diniy e’tiqodlar orqali bolalarga axloqiy mezonlar, yaxshilik va yomonlik orasidagi
farqlar o‘rgatilgan. Bu esa ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlashda muhim rol
o‘ynagan.

Xulosa qilib aytganda, Eng qadimgi davrlarda shakllangan ta’lim-tarbiya tizimi

bugungi zamonaviy pedagogika asoslarining ildizini tashkil etadi. O‘sha davrlarda
vujudga kelgan axloqiy, jismoniy va intellektual tarbiya tamoyillari bugungi kunda
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Qadimiy pedagogik qarashlarni o‘rganish —
hozirgi ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – T.: “Sano-
standart” nashriyoti 2017, 417- bet.

2.

Musurmonova A. va boshqalar. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma.
«Ozkitobsavdonashriyoti», 2020. 399-bet.

3.

Krivshenko L.P. Pedagogika. 2-ye izdanie. Uchebnik dlya bakalavrov (Russian
Edition), Izdatelstvo “Prospekt» (December 10, 2019), 756-str.

4.

Sandra P.A. Robinson, Verna Knight. Handbook of research on Critical Thinking
and Teacher Education Pedagogy. IGI Global; 2019. 446 pages.

5.

Xutorskoy A.V. Pedagogika. Uchebnik dlya vuzov. Standart tretego pokoleniya. –
SPb: Piter. 2019. – 608 ss.il – (Seriya «Uchebnik dlya vuzov»).

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – T.: “Sano-

standart” nashriyoti 2017, 417- bet.

Musurmonova A. va boshqalar. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma.

«Ozkitobsavdonashriyoti», 2020. 399-bet.

Krivshenko L.P. Pedagogika. 2-ye izdanie. Uchebnik dlya bakalavrov (Russian

Edition), Izdatelstvo “Prospekt» (December 10, 2019), 756-str.

Sandra P.A. Robinson, Verna Knight. Handbook of research on Critical Thinking

and Teacher Education Pedagogy. IGI Global; 2019. 446 pages.

Xutorskoy A.V. Pedagogika. Uchebnik dlya vuzov. Standart tretego pokoleniya. –

SPb: Piter. 2019. – 608 ss.il – (Seriya «Uchebnik dlya vuzov»).