Jild 44 № 3 (2025)
Maqolalar
SHIFOKORLIK AXLOQI: TARIXIY ILDIZLARI, INSON HUQUQLARI BILAN BOG’LIQLIGI VA BUGUNGI DOLZARBLIGI
Annotatsiya: Shifokorlik axloqi va inson huquqlari tibbiy faoliyatning nafaqat
amaliy, balki axloqiy-falsafiy asoslarini anglashda bir-birini to‘ldiruvchi muhim
tushunchalardir. Mazkur ishda shifokorlik axloqining shakllanishi, uning tarixiy
ildizlari, inson huquqlari bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda bugungi kunda tibbiyot
sohasida yuzaga kelayotgan axloqiy-huquqiy masalalar atroflicha tahlil etilgan. Tibbiy
axloq qadimdan boshlab shifokor va bemor o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib
kelgan, u jamiyatdagi madaniy, diniy va falsafiy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lgan. Qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston va musulmon Sharqida shakllangan
axloqiy qarashlar, xususan, Hippokrat qasami, Galen va Ibn Sino asarlari orqali
tibbiyotda insonparvarlik, fidoyilik, halollik kabi tushunchalar asosiy tamoyil sifatida
qaralgan.
КОМБИНИРОВАННЫЕ ТРАВМЫ ОРГАНА ЗРЕНИЯ: СУДЕБНО- МЕДИЦИНСКИЙ АНАЛИЗ И ЭКСПЕРТНАЯ ОЦЕНКА
Аннотация. В статье рассматриваются особенности комбинированных
травм органа зрения с позиций судебно-медицинской экспертизы. Проведён
анализ клинических и морфологических проявлений таких повреждений, их
судебно-экспертная значимость. Особое внимание уделено определению
механизма травм, оценке степени тяжести вреда здоровью и сложностям
экспертной интерпретации. Работа подчёркивает важность
междисциплинарного подхода при анализе травматических повреждений глаза в
экспертной практике.
MODERN VIEWS OF THYROID DISEASES IN PREGNANCY
Summary: The article provides a review of the literature on the characteristics
of pregnancy in women with various types of diseases and endocrine disorders of the
thyroid gland, risk factors for complications from both the mother and the fetus,
principles of treatment depending on the type of pathology of thyroid function and
gestational age. The article provides a review of the literature on modern concepts of
thyroid diseases during pregnancy.
HASHIMOTO TIREOIDITIDA QALQONSIMON BEZNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Hashimoto tireoiditi - bu qalqonsimon bez hujayralarining
progressiv o'limiga olib keladigan organga xos autoimmun kasallik bo'lib, asosiy
gipotireozning eng keng tarqalgan sababidir. Hashimoto tireoiditining morfologik
diagnostikasi gistologik shakllarning o'zgaruvchanligi tufayli sezilarli qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi. Maqolada autoimmun tireoiditda qalqonsimon bezdagi strukturaviy
o'zgarishlar bo'yicha adabiyotlar sharhi ko'rib chiqiladi.
ELEKTRON JADVALDAN MAQSADLI FOYDALANISH.
Annotatsiya: Ushbu maqolada elektron jadval dasturlaridan, ayniqsa Microsoft
Excel imkoniyatlaridan o‘quv jarayonida maqsadli foydalanish masalasi yoritilgan.
Elektron jadvallar yordamida o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot
bilan ishlash, tahlil qilish, grafiklar tuzish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning metodik
yondashuvlari, zamonaviy darsda elektron jadvalning tutgan o‘rni, o‘quvchilarning
bilim darajasi va motivatsiyasiga ta’siri ko‘rsatib berilgan.
BUXORO AMIRLIGIDA HARBIY BOSHQARUV VA QO‘SHIN TA’MINOTI
Annotatsiya. Buxoro amirligining harbiy boshqaruv tizimi birinchi bor
kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Harbiy unvonlar ierarxiyasi, harbiy
boshqaruv idoralari, harbiy rahbarlarning siyosiy tizimdagi o‘rni aniq tarixiy dalillar
asosida yoritildi. O‘zbekiston tarixshunosligida harbiy boshqaruvga doir ilmiy
qarashlarni boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarixiy tajribani zamonaviy
boshqaruv tizimlarida inobatga olish, o‘quv darsliklar va maxsus kurslar uchun ilmiy
asos yaratadi.
4K MODELI ASOSIDA TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH: ZAMONAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VA FANLARARO YONDASHUV
Annotatsiya: Ushbu maqola 4K modeli asosida darslarni loyihalash orqali
o‘quvchilarda zarur kompetensiyalarni shakllantirishni o‘rganadi. Maqolada ushbu
kompetensiyalarni XXI asrda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalar sifatida e’tirof etilgan va ularni rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib
o‘tilgan. Kreativlikni ochiq-tugallanadigan topshiriqlar orqali, tanqidiy fikrlashni
tahlil va munozara orqali, kommunikatsiyani interaktiv usullar orqali, kooperatsiyani
esa hamkorlikda ishlash loyihalari orqali rivojlantirish zarurligi ta’kidlanadi.
Shuningdek, maqolada 4K modelini dars rejalashtirishga integratsiya qilish,
o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish va ta’lim jarayonini kompleks yondashuv
bilan boyitish muhimligi haqida fikr yuritiladi.
SOYA O‘SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada dukkakdoshlar oilasiga mansub soya (Glycine
maxim) o‘smligining xorijiy hamda mahaliy navlari kelib chiqishi, yer yuzida
tarqalishi butun jahon oziq-ovqat sanoatida tutgan o‘rni, biologik tasnifi, o‘sishi va
rivojlanishi, yetishtirilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
BOLALARDA RANGLARNI IDROK ETISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHINING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Maqolada ranglarning bolalar kayfiyatiga ta’siri, ahamiyati va
qo‘llanilish maqsadlari yoritilgan hamda tadqiqotlar natijalari umumlashtirilgan.
Ranglarning munosabatlari murakkabligi visual illyuzialar misolida ko’rilgan.
MAKTABGA YANGI QABUL QILINGAN O‘QUVCHILARDA MOSLASHISH JARAYONI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sing o‘quvchilarida o‘quv motivlarining
shakllanish muammosi yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
boshqa psixologik xususiyatlari va irodaviy sifatlarining tarkib topish muammolari va
ularning motivatsiya shakllanishiga ko‘rsatuvchi ta’sirlari muhokama etilgan.
SHAXSNING PSIXIK RIVOJLANISHDA ILK BOLALIK DAVRINING AHAMIYATI
Anotatsiya: Ushbu maqolada ilk bolalik davri psixologiyasi chuqur tahlil
qilinadi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik, nutqiy, emotsional va
ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari ilmiy asosda yoritiladi. Bola harakatlari, nutqining
rivojlanishi, o‘yin faoliyati, “Men” tushunchasining shakllanishi, ijtimoiy
munosabatlar va tarbiya jarayoni bosqichma-bosqich bayon etiladi. Maqolada bolaning
to‘g‘ri rivojlanishida ota-ona va tarbiyachilarning roli alohida ta’kidlanadi. Psixologik
va pedagogik yondashuvlar orqali sog‘lom, ijtimoiy faol, barqaror shaxs
yetishtirishning muhim jihatlari ko‘rsatib beriladi.
TINCHLIK – ENG ULUG‘ NE’MAT: TINCHLIK UCHUN KURASHGAN MILLIY QAHRAMONLAR XOTIRASI
Annotatsiya: Mazkur maqolada tinchlikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni,
uning jamiyat taraqqiyoti va barqarorligi uchun ahamiyati yoritiladi. Shuningdek,
yurtimizning mustaqilligi va osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan milliy
qahramonlarning jasorati, ularning tinchlik yo‘lidagi fidokorona xizmatlari
xotiralanadi.
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GAP BO‘LAKLARI QIYOSIY TAHLILI
Annotation: Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillarida gap bo'laklarining
sintaktik tuzilishi qiyosiy tahlil etiladi. Gap bo'laklarining turlari, grammatik
ifodalanish shakllari, til tizimidagi sintaktik vazifalari ko'rib chiqiladi va ularning
joylashuvi. Ikki tilning tipologik farqlari va umumiyliklari aniqlanadi. Shuningdek,
tahlil natijalari til o'rganish va tarjima jarayonida muhim metodik asosdir.
ICHIMLIK SUVIGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Annotatsiya. Sho’r suvlarni chuchuklashtirish texnologiyasining rivojlanishi
sababli mineralizatsiyalashganlikni quyi me'yorlarini ishlab chiqish davr talabi bo’lib
qoldi, chunki doimo distillangan yoki kam mineralizatsiyalashgan suv iste'mol qilish
organizmda suv-tuz tengligining buzilishiga olib keladi, buning asosida jigarning
osmoretseptiv maydon reaksiyalari yotadi, natijada qancha ko’p miqdorda natriy
tushadi va xujayra ichi va tashqarida suyuqligidagi suvni taqsimlanishi buziladi.
СУВЧЕЧАК КАСАЛЛИГИ КЛИНИК КЕЧИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
Резюме. 2023-2024 йилларда мўлжалланган Бухоро вилояти юқумли
касалликлар шифохонасида ётқизилган 290 нафар беморларда сувчечак билан
касалланиш ва клиник кечишнинг қиёсий таҳлили келтирилган. Аниқланишича,
3 ёшдан 14 ёшгача бўлган болалар сезиларли даражада тез-тез касалхонага
ётқизилган, катталар орасида - 18 ёшдан 34 ёшгача бўлганлар тезроқ касалланади
(1,3). Сувчечакда асаб тизимидаги белгилар катталарда ҳам болаларда ҳам
сезиларли даражада фарқ қилмади. Болалардаги тошмалар тананинг магистрал
ва экстремиталарда, катталарда эса - юз ва магистралда локализатсияланиши
билан тавсифланган (2). Болаларда катталарга қараганда қичишишнинг паст
интенсивлиги ва шиллиқ пардаларда энантема кам учрайди. Болалардаги
лимфаденопатия умумий характерга эга, аммо 18 ёшдан ошган беморларга
қараганда камроқ аниқланади. Болалар ва катталарда интоксикатсия
синдромининг давомийлиги ва касалхонага ётқизиш муддати сезиларли
даражада фарқ қилмади (4). Олинган маълумотлар болалар ва катталардаги
беморларда сувчечакнинг кечиши ва оқибатларини башорат қилиш учун
ишлатилиши мумкин. Сувчечак бир қатор вирусли инфекцияларнинг умумий
номи. Бутун тана бўйлаб қизил тошмалар ва доначалар пайдо бўлиши билан
намоён бўлади. Касаллик жуда камдан-кам ҳолларда такроран кузатилиши
мумкин. Одатда инсонлар ҳаёти давомида бу касаллик билан бир марта
касалланишади. Инфекция тошма ва бошқа аломатлар бошланишидан тахминан
7-21 кун олдин организмга тушади. Одам терига тошма тошиши бошлангунига
қадар 48 соатгача бошқаларга касаллик юқтирувчи бўлиб ҳисобланади.
ГИМЕНОЛЕПИДОЗ — СКРЫТАЯ ОПАСНОСТЬ: ПРИЧИНЫ, СИМПТОМЫ И МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ
Резюме. Приводится подробный анализ основных клинико-лабораторных
показателей в группах детей, страдающих аллергическим ринитом (АР) с
сопутствующей гименолепидозами, в ходе проведения противоаллергической,
противопаразитарной и комплексной терапии. Больные с АР с
гименолепидозами были разделены на три группы: 21 больному проведена
противоаллергическая, 22 больным - противопаразитарная и 24 больным
комплексная терапия. Максимальный клинический эффект был достигнут нами
при применении комплексного лечения, включавшего противоаллергическую и
противопаразитарную терапию. Динамика иммунологических показателей после
лечения больных АР с гименолепидозами только противоаллергическими или
противопаразитарными препаратами показывает, что несмотря на
положительный результат, она недостаточна и не нормализует
иммунологические показатели. Комплексное противоаллергическое и
противопаразитарное лечение оказывает выраженный иммунологический
эффект, активирует выраженность иммунной реакции, переключает характер
иммунной реакции на супрессорный и тем самым способствует более быстрому
купированию аллергического процесса в организме.
ГИМЕНОЛЕПИДОЗ У ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА И МЕТОДЫ ЕГО ЛИКВИДАЦИИ
Резюме.Приводится подробный анализ основных клинико-лабораторных
показателей в группах детей, страдающих аллергическим ринитом (АР) с
сопутствующей гименолепидозами, в ходе проведения противоаллергической,
противопаразитарной и комплексной терапии. Больные с АР с
гименолепидозами были разделены на три группы: 21 больному проведена
противоаллергическая, 22 больным - противопаразитарная и 24 больным
комплексная терапия. Максимальный клинический эффект был достигнут нами
при применении комплексного лечения, включавшего противоаллергическую и
противопаразитарную терапию. Динамика иммунологических показателей после
лечения больных АР с гименолепидозами только противоаллергическими или
противопаразитарными препаратами показывает, что несмотря на
положительный результат, она недостаточна и не нормализует
иммунологические показатели. Комплексное противоаллергическое и
противопаразитарное лечение оказывает выраженный иммунологический
эффект, активирует выраженность иммунной реакции, переключает характер
иммунной реакции на супрессорный и тем самым способствует более быстрому
купированию аллергического процесса в организме.
СОВРЕМЕННАЯ ДИАГНОСТИКА, КЛИНИКА И РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ ИЕРСИНИОЗА
Резюме: Иерсиниозы - заболевание, вызываемые несколькими видами
энтеропатогенных иерсиний. Имеют алиментарный путь заражения, клинически
проявляется интоксикацией ЦНС, диспепсией, тонзиллитом, лимфоаденопатией,
сыпью, органными поражениями в различных органах. Были проанализированы
данные обследования, а также диагностика и лечение 120 детей в возрасте от 6
месяцев до 14 лет, страдающих острым диарейным заболеванием, в период с
2021 по 2023 год, в то время как они составляли основную группу исследования,
40 детей были обследованы для контрольной группы. Все дети под наблюдением
прошли обширное непрерывное обследование, которое включало клинические и
лабораторные, биохимические, вирусологические и иммунологические
исследования. В связи с этим акцент был сделан на их жалобах, перенесенных и
сопутствующих заболеваниях, причинах возникновения заболевания,
продолжительности заболевания, результатах диагностических и ранних
лечебных мероприятий.
ҚИЗАМИҚ КАСАЛЛИГИНИНГ ЁШ БОЛАЛАРДА КЕЧИШИ, ЭПИДЕМИЯГА ҚАРШИ ЧОРА-ТАДБИРЛАР ОЛИБ БОРИШ
Аннотация: Қизамиқ - ўткир юқумли касаллик бўлиб, умумий интоксикация,
юқори нафас йўлларининг катарал яллиғланиши, танага папулёз - доғли тошмалар
тошиши билан характерланади. Ушбу мақолада қизамиқ касаллигининг умумий
тавсифи, уларнинг этиологияси, эпидемиологияси, диагностика ва даволаш
йўллари, шунингдек, профилактика ва эпидемияга қарши чора-тадбирларни
такомиллаштириш усуллари баён этилади. Мақолада жаҳон тажрибаси ва
замонавий ёндашувларга асосланиб, болалар орасида юқумли касалликларнинг
тарқалишини камайтириш борасидаги асосий йўналишлар таҳлил қилинган.
FOBIK BUZILISHLAR KUZATILGAN NEVROZ TASHXISI BILAN BEMORLARDA PSIXOTERAPIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Rezyume. So'nggi yillarda dunyo miqyosida fobik buzilishlar bilan kuzatilgan
psixopatologik buzilishlar ortib bormoqda. Nima uchun fobik buzilishlarga katta
ahamiyat berilmoqda? Fobik buzilishlar – bu birdan – bir situasion vahima
hisoblanadi. Bog'langan qo'rquv yoki uchun fobiya uchun holatiy reaktsilar xos
sanaladi.
PO‘LAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINING EVOLYUTSIYASI
Annotatsiya
Maqola po‘lat ishlab chiqarish texnologiyalarining tarixiy evolyutsiyasini tahlil
qiladi. Dastlabki xom po‘latdan boshlab, Bessemer jarayoni, Siemens-Martin usuli,
kislorodli-konverter texnologiyasi va zamonaviy avtomatlashtirishgacha bo‘lgan
rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Zamonaviy innovatsiyalar, masalan, yashil po‘lat
ishlab chiqarish va 3D bosib chiqarish texnologiyalari, shuningdek, ularning
kelajakdagi istiqbollari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, ekologik barqarorlikka
erishish va moliyaviy qiyinchiliklar kabi muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola
po‘lat ishlab chiqarishning global sanoatdagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
NODIR METALLARDAN FOYDALANGAN HOLDA 3D BOSIB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINING KELAJAK ISTIQBOLLARI
Maqola nodir metallardan foydalangan holda 3D bosib chiqarish
texnologiyalarining hozirgi holati va kelajak istiqbollarini tahlil qiladi. Titan, volfram,
molibden kabi nodir metallarning aerokosmik, tibbiyot va elektronika sohasida
qo‘llanilishi, 3D bosib chiqarishning SLM va EBM usullari yordamida murakkab
qismlarni ishlab chiqarishdagi afzalliklari yoritiladi. Shu bilan birga, nodir metallarni
qazib olishning qimmatligi, atrof-muhitga zararli ta’siri va texnologik qiyinchiliklar
kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Kelajakda ekologik barqaror texnologiyalarni joriy
qilish, xarajatlarni kamaytirish va sifat nazoratini yaxshilash orqali ushbu soha
rivojlanishi mumkinligi ta’kidlanadi.
POLIFENOLLAR - OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDAGI ASOSIY ANTIOKSIDANTLAR
Anotatsiya: Ushbu maqolada polifenollarning inson salomatligidagi o‘rni,
ularning antioksidant xossalari, oziq-ovqat mahsulotlaridagi mavjudligi hamda
organizmga ko‘rsatadigan foydali ta’siri yoritilgan. Polifenollar hujayralarni erkin
radikallardan himoya qilish, surunkali kasalliklarning oldini olish va immun tizimini
mustahkamlash kabi muhim biologik funksiyalarga ega. Shuningdek, maqolada
polifenollarning asosiy manbalari, ularni saqlash va iste’mol qilishda e’tibor berilishi
kerak bo‘lgan jihatlar muhokama qilingan.
BOJXONA TIZIMIDA TRANZIT OPERATSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация: В данной статье проанализированы вопросы
совершенствования транзитных операций в таможенной системе. В рамках
исследования изучено состояние таможенной транзитной системы в Республике
Узбекистан, пути ее совершенствования, а также опыт международных
таможенных транзитных систем. На основе статистических данных
проанализированы тенденции и перспективы роста транзитного потенциала
Узбекистана.
MAMLAKATLARARO TRANZIT ALOQALARINING RIVOJLANISH TARIXI VA IQTISODIY AHAMIYATI.
Annotatsiya: Mamlakatlararo tranzit aloqalari insoniyat tarixida eng muhim
iqtisodiy va geosiyosiy omillardan biri sifatida shakllanib kelgan. Ular orqali qadimdan
tovarlar, odamlar, axborot va madaniyatlar harakati amalga oshirilgan. Tranzit
tizimlarining rivojlanishi asosan savdo yo‘llari, infratuzilma, xalqaro siyosiy
munosabatlar va texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq.
METHODS OF ACOUSTIC ANALYSIS
The main target of this project is to analyze and find out the differences between
native (American) and Uzbek speakers of English language in different categories of
examples as: front and back vowels; voiced and voiceless stop sounds and also
determine consonant noise duration difference in onset and coda positions. I use the
program Praat as a tool of project. As you can see in the table below the table, I’ll
compare my pronunciation to American student’s. also I’d like to ask you focus on
another point that in tables I used seconds (s) instead of milli second (ms) to get more
clear view of differences in examples.
As pronunciation of sounds are different in Uzbek and English languages there
might be difficulties in pronouncing some some sounds, I try to find out these problems
also.
“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ORQALI CHET TILLARNI O‘QITISHNING SAMARALI USULLARI”
Annotatsiya
Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) chet
tillarini o‘qitishdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. AKT vositalari
yordamida ta’lim jarayonining interaktivligi, o‘quvchilar faolligi va mustaqil o‘rganish
imkoniyatlari oshirilayotgani, shu bilan birga, o‘qitish samaradorligini oshiruvchi
usullar, platformalar va sun’iy intellekt ilovalari keng qamrovda ko‘rib chiqilgan.
Duolingo, Google Classroom, Grammarly, ChatGPT kabi vositalarning afzalliklari,
ularning ta’limga integratsiyasi hamda AKT asosida o‘qitishni tashkil etishning
metodik va amaliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, maqolada mavjud muammolar va
ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ham berilgan. Ushbu maqola o‘qituvchilar,
metodistlar va til o‘rgatuvchi muassasalar uchun foydali nazariy va amaliy tavsiyalarni
taqdim etadi.
XXI ASRDA O‘QITUVCHINING ROLI VA ZAMONAVIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan raqamli
texnologiyalardan ta’lim tizimida qay tarzda foydalanilayotgani, ko‘pgina manbalar,
shu jumladan, maktab ta’lim tizimiga ham elektron jihozlarning kirib kelishi
jarayonida o‘qituvchining roli qay darajaga tushgani yoki, aksincha, yuksalganini
aniqlash haqida batafsil tahlil qilinadi.
АТМОСФЕРА ҲАВОСИНИ ИФЛОСЛАНТИРУВЧИ МАНБАЛАР
Аннотация. Атроф муҳитнинг ифлосланиши асосан саноат ривожланган
мамлакатларда кўпроқ содир бўлмоқда саноат корхоналари чиқиндиларининг
атмосфера ҳавосига чиқариб ташланишидан ҳосил бўладиган кислотали
ёмғирлар қарийиб барча аҳоли яшаш минтақаларини қамраб олмоқда.
Атмосфера ҳавосини ифлослантирувчиларни санитар баҳолаш катта аҳамиятга
эга, чунки ифлосланиш нафас олиш ҳавоси орқали организимга тушади.
NEVROZ BUZILSHI VA DAVOLASHDA UMUMIY QONUNIYATLAR
ANNOTATSIYA
Mazkur tezisda shaxslarda kuzatiladigan nevroz kasalligining turlari, qisqacha
o’rganiladi. Nevrozning klinik belgilari, tashxis qo’yish, davolash hamda profilaktik
ishlar haqida ma’lumotlar beriladi.
RUXIY SALOMATLIK JISMONAN SOG‘LIQ GAROVI
Annotatsiya: Maqolada ruhiyat va kasalliklarning o‘zaro bog‘liqligi, kasallikni
kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar va insonlarning ushbu kasalliklarni oldini olishi
uchun zarur bo‘lgan ishlar haqida fikrlar yoritilgan.
AFFEKTIV BUZILISHLARNING 2-TOIFA QANDLI DIABET BEMORLARNING HAYOT SIFATIGA TAʻSIRI
Qandli diabet va ba’zi ruhiy kasalliklar oʻrtasida ikki tomonlama bogʻliqlik
mavjud. Depressiya, bezovtalik buzilishi, ovqatlanish buzilishi va kognitiv buzilishlar
diabetik populyatsiyada keng tarqalgan [1]. Ulanishlar qisman ma’lum. Bundan
tashqari, shizofreniya, shizotipal va delusional kasalliklar, bipolyar buzuqlik kabi ba’zi
ruhiy kasalliklar diabetes mellitus bilan kasallanishning koʻpayishiga olib kelishi
mumkin. Buning sababi, ehtimol, ruhiy kasallikning xarakterli xususiyatlarida va
ba’zi psixotrop dorilarning mumkin boʻlgan yon ta’sirida yotadi [1-3]. Somatik
kasallikka chalingan odamlarning ogʻir ruhiy kasalliklar bilan birgalikda umr koʻrish
davomiyligi ancha qisqaroq va oʻlim darajasi faqat somatik kasalliklarga chalingan
ruhiy sogʻlom bemorlarga nisbatan ikki-uch baravar yuqori [4]. Qandli diabet birinchi
navbatda hayot sifatining quyidagi jihatlariga ta’sir qiladi: psixologik, kasbiy, oilaviy,
ijtimoiy va moliyaviy [1]. Boshqa mualliflarning fikriga koʻra, hayotning jismoniy,
aqliy va jinsiy tarkibiy qismlari tabiiy ravishda ham azoblanadi [7].
МЕТАБОЛИЧЕСКИЕ ПРЕДИКТОРЫ ДЕПРЕССИИ ПРИ САХАРНОМ ДИАБЕТЕ
Изучена возможность выявления депрессивных расстройств у больных
сахарным диабетом (СД) на основе комплексного анализа показателей
углеводного обмена, липидограммы и состояния системы перекисное окисление
липидов–антиоксидантная защита. Установлено, что развитие клинически
значимой (среднетяжелой и тяжелой) депрессии при СД связано со снижением
уровня гептанрастворимых продуктов перекисного окисления липидов
(диеновых конъюгатов) на фоне повышения концентрации α-токоферола и
общего содержания холестерина в сыворотке крови. Эти биохимические
показатели отражали тяжесть СД-коморбидной депрессии и не зависели от
возраста пациентов, их пола, длительности и типа СД. Наиболее
информативным предиктором оказался уровень токоферолемии, регистрация
которого позволяет верифицировать клинически значимую депрессию при СД с
чувствительностью 70,5% и специфичностью 64,1%.
ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ДИАГНОСТИКИ У ПАЦИЕНТОВ С САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ 2-ГО ТИПА
Резюме. Актуальность. Сахарный диабет и депрессия сегодня являются
распространенными и социально значимыми заболеваниями. Несмотря на
множество работ и исследований, посвященных изучению причин этих
состояний, современный взгляд на этиологию как СД, так и депрессии
оставляет множество невыясненных вопросов.
BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHI, XULQ- ATVOR QOIDALARI. BIXEVIORIZM.
ANNOTASIYA: Biz ushbu maqolada bolaning psixik rivojlanishi haqida
maʼlumot beramiz. Asosan, bolalarda xulq- atvor qoidalari oʻrganiladi. Bundan
tashqari bixeviorizm tushunchasining bir qancha asosiy gʻoya va vazifalari haqida ham
maʼlumotlarni ham oʻrganamiz.
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY VA UNING XALQIGA QILGAN FIDOYILIGI
Annotatsiya: Ushbu maqola Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, bilimi, xalqi
uchun bag‘ishlagan vaqti hamda u tashkil etgan maktablar va yozgan asarlari orqali
xalqni o‘qitish va ma’rifatli qilish yo‘lida qilgan sa’y-harakatlari haqida qisqacha
aytganda, uning fidokorona yondashuvi haqida.
INSON ONTOGENEZINING YOSHGA BOG‘LIQ FIZIOLOGIK O‘ZGARISHLARI.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada inson ontogenezining bosqichlari va ularga xos bo‘lgan yoshga
bog‘liq fiziologik o‘zgarishlar chuqur tahlil qilindi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlikdan
boshlab to qarilik davrigacha bo‘lgan har bir bosqichda tananing asosiy tizimlarida
yuzaga keladigan o‘zgarishlar yoritildi. Fiziologik o‘zgarishlar bilan birga psixologik
va ijtimoiy omillar ham ko‘rib chiqildi. Maqola tibbiyot, biologiya, psixologiya va
pedagogika sohalarida o‘qiyotgan talabalar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
ALISHER NAVOIY - SOʻZ SAN'ATINING GULTOJI
Annotasiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, turkiy
adabiyotdagi oʻrni, asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, Navoiy lirikasi haqida
soʻz boradi.Navoiyning turkiy tilni koʻklarga koʻtarib, bu tilda yuksak badiiy asarlar
yaratgan shoir va mutafakkir sifatida til va adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shgani
ta’kidlanadi. Shuningdek, Navoiy asarlarining bugungi kunda ma’naviy tarbiya,
axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritib beriladi.
ODAMNNING BIOLOGIK ISHI
Annotatsiya: Ishda inson organizmining biologik ishining fiziologik
xususiyatlari oʻrganiladi hamda biofizik qonunlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek,
biologik faoliyatning inson salomatligini saqlashdagi oʻrni tahlil qilinadi.
EVFEMIZM TUSHUNCHASI, TA’RIFLARI VA ULARDAN FOYDALANISH TAMOYILLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada evfemizm tushunchasining etimologik, tarixiy, lingvistik,
stilistik va kommunikativ jihatlarini chuqur tahlil qilingan. Unda evfemizmlarning
noqulay, qo‘pol yoki salbiy konnotatsiyaga ega so‘z va iboralarni yumshatish, madaniy
axloq me’yorlariga rioya qilish va muloqot ishtirokchilarining yuz yo‘qotish xavfini
kamaytirishdagi roli yoritilgan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi evfemizm
misollari, shuningdek, Brown va Levinson, Lakoff, Culpeper, Hojiyev, Katsev, Fraser,
Leech, Wilson, Ameka, Ubaydullayev va Ahmed kabi olimlarning nazariy
yondashuvlari keltirilgan. Evfemizmlarning rivojlanishi insoniyat madaniyati, ijtimoiy
qadriyatlari va axloqiy me’yorlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, shuningdek,
zamonaviy kommunikatsiya sharoitida ularning ahamiyati va qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.
МАКТУБЛАР АСОСИГА ҚУРИЛГАН ҚИССАЛАРДА АДАБИЙ- ФАЛСАФИЙ ТАЛҚИННИНГ ИФОДАЛАНИШИ
Аннотаия. Мақолада адиб Хуршид Дўстмуҳаммаднинг ноанъанавий
услубда ёзилган қиссаси таҳлилга тортилган. Қиссалар сюжети мактублар,
туйғулар асосига қурилган. Ундади қаҳрамонларнинг ўй-фикрлари, туйғулари
психолик метод асосида талқин этилди.
O‘ZBEK TILI DARSLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIYADAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek tili darslarini o‘qitishda
multimediyadan foydalanishning nazariy asoslari, amaliy tajribalari, zamonaviy
usullari va ularning o‘quv jarayoniga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Multimedia
texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning til
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda zamonaviy dars metodikasini
takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, o‘qituvchi roli,
yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi.
IMLO QOIDALARIDAN SABOQLAR
Annotatsiya: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan
beshta muhim tashabbusning mazmun–mohiyatlaridan yana biri yoshlarimiz
ma’naviyatini shakllantirish, ularni mustaqil, erkin fikrlashga oʻrgatish, ijodiy
imkoniyatlarini kashf qilish va uni rivojlantirishdan iboratdir.Shu oʻrinda mustaqil,
ongli, savodli matn yaratish hodisasi ham inson tafakkuri mahsuli, uning oʻzgalar
ongiga ta’sir etish vositalaridan biri hisoblanadi. Agar oʻquvchining soʻz boyligi
nochor, lugʻat xazinasi qashshoq, savodxonligi past boʻlsa, ijodiy matn yaratish haqida
gap ham boʻlishi mumkin emas. Bizning asosiy maqsadimiz oʻquvchini savodxon
qilish, ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish, nutq jarayonida soʻz va iboralarni toʻgʻri
tanlash, uni nutqiy vaziyat taqozosiga koʻra oʻrinli ishlatish koʻnikmalarini singdirish
iborat.
KORONAVIRUSLAR VA ULARNING HOZIRGI KUNDAGI MUAMMOLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada koronaviruslarning morfologik, genetik va
epidemiologik xususiyatlari, ularning inson salomatligiga ta’siri hamda global
sog‘liqni saqlash tizimiga olib kelayotgan zamonaviy muammolari tahlil qilinadi.
Xususan, COVID-19 pandemiyasi davomida aniqlangan yangi variantlar, ularning
yuqish tezligi, klinik belgilari, diagnostika va profilaktika usullariga oid ilmiy
ma’lumotlar chuqur yoritilgan. Shuningdek, vaksinalarning samaradorligi, virusga
qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatarlar muhokama qilinadi.
BOLALAR VA O‘SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI: RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada bolalar va o‘smirlarning nafas olish tizimi
rivojlanishining anatomo-fiziologik xususiyatlari, ushbu tizimga ta’sir etuvchi
ekologik omillar va ularning sog‘liq uchun xavflari tahlil etilgan. Nafas olish tizimi
kasalliklari sabablari, ularning oldini olish usullari, profilaktika va sog‘lomlashtirish
choralari keng yoritilgan. Muallif sog‘lom ekologik muhit va to‘g‘ri tarbiya orqali
bolalarda sog‘lom nafas olish tizimini shakllantirish mumkinligini asoslab bergan.
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING KREATIV IMKONIYATLARI VA ULARNING NAMOYON BOʻLISHI
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining kreativ
(ijodiy) salohiyati, uning shakllanish jarayoni va namoyon boʻlish holatlari tahlil
qilingan. Mualliflar bolalarning yosh psixologiyasi va individual xususiyatlarini
hisobga olgan holda, ijodiy fikrlash, fantaziya, mustaqil gʻoyalar bildirish qobiliyatini
rivojlantirish usullarini yoritib berishgan. Maqolada kreativ imkoniyatlarning
namoyon boʻlishiga taʼsir etuvchi omillar, jumladan taʼlim muhiti, oʻqituvchi
yondashuvi, faol oʻqitish metodlari va ota-ona roli haqida soʻz boradi. Ilmiy tadqiqot
natijalariga tayanib, bolalarda kreativlikni ragʻbatlantirish boʻyicha aniq tavsiyalar
ham keltirilgan. Ushbu ish pedagoglar va psixologlar uchun foydali manba boʻlishi
mumkin.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O'RGATISHDA AUDIO-VIDEO MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING ILMIY ASOSLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini
o'rgatishda audio va video materiallardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi.
Tadqiqotda bolalar psixologiyasi, eshitish va vizual xotira asosida til o'rganish,
didaktik vositalarning turlari hamda amaliy natijalar yoritiladi.Maqolada zamonaviy
texnologiyalarning ta'lim tizimida tutgan o'rni ilmiy jihatda asoslanadi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM TIZIMIDA XORIJIY TILLARNING OʻRNI VA DOLZARBLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimida
xorijiy tillarning tutgan oʻrni , ularning strategik ahamiyati, davlat siyosati doirasida
amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy metodik yondashuvlar , xalqaro va milliy
sertifikat tizimi , raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar va
xalqaro hamkorlikdagi integratsiya jarayonlari yoritib beriladi . Shuningdek
Rivojlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida xorijiy tillarni oʻrganish
zaruratdan tashqari, taraqqiyot uchun muhim poydevor ekani asoslab beriladi.
THE ROLE AND RELEVANCE OF FOREIGN LANGUAGES IN THE EDUCATION SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
This article highlights the role of foreign languages in the education system of
the Republic of Uzbekistan, their strategic importance, the reforms being implemented
within the framework of state policy, modern methodological approaches, the
international and national certification system, measures aimed at training competitive
personnel, and integration processes in international cooperation. Furthermore, it
substantiates that in the developing education system of the Republic of Uzbekistan,
learning foreign languages is not only a necessity but also a vital foundation for
progress.
OAV TO‘G‘RISIDAGI PREZIDENT FARMONLARI, QAROR VA BMT NING SHU SOHAGA OID ISHLARI, YUNESKO VA IFLA HUJJATLARI.
Annotatsiya.Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ommaviy
axborot vositalari (OAV) sohasidagi farmon va qarorlari, shuningdek, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti (BMT), YUNESKO va Xalqaro Kutubxonalar Assotsiatsiyalari va
Muassasalari Federatsiyasi (IFLA)ning ushbu sohada qabul qilingan hujjatlari va
faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Maqolada O‘zbekistonning so‘z erkinligi va
axborot almashinuvini ta’minlash borasidagi milliy qonunchilik islohotlari, BMTning
axborot erkinligi prinsiplari, YUNESKOning ommaviy axborot vositalarini
rivojlantirish bo‘yicha global tashabbuslari va IFLAning axborotga erkin kirishni
qo‘llab-quvvatlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, ushbu hujjatlarning O‘zbekiston
OAV sohasiga ta’siri va xalqaro tajribalar bilan uyg‘unligi ko‘rib chiqiladi. Maqola
so‘z erkinligini mustahkamlash va axborot jamiyatini rivojlantirishda milliy va xalqaro
sa’y-harakatlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlaydi.
ALISHER NAVOIY - SOʻZ SAN'ATINING GULTOJI
Annotasiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, turkiy
adabiyotdagi oʻrni, asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, Navoiy lirikasi haqida
soʻz boradi.Navoiyning turkiy tilni koʻklarga koʻtarib, bu tilda yuksak badiiy asarlar
yaratgan shoir va mutafakkir sifatida til va adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shgani
ta’kidlanadi. Shuningdek, Navoiy asarlarining bugungi kunda ma’naviy tarbiya,
axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritib beriladi.
ENG QADIMGI DAVRLARDA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida ta’lim-
tarbiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davrlarda bolalarni ijtimoiy
hayotga tayyorlashdagi an’anaviy usullar, shuningdek, o‘sha davrlarga oid pedagogik
qarashlar tahlil qilinadi. Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rimdagi pedagogik meros,
ularning hozirgi ta’lim tizimiga ta’siri yoritiladi. Maqola qadimiy madaniyatlarda
axloqiy, mehnat va harbiy tarbiyaning ustuvor yo‘nalish bo‘lganligini ko‘rsatadi.
KREDIT OPERATSIYALARINING DAROMADLARI VA UNING TAHLILI
Annotatsiya
Tijorat banklari o‘z faoliyatini asosan kredit operatsiyalari orqali amalga
oshiradilar. Banklar kreditlar berish orqali nafaqat iqtisodiyotni moliyaviy ta'minlash,
balki o‘z daromadlarini ham oshiradilar. Kredit operatsiyalari banklar uchun yuqori
rentabellik manbai bo‘lib, ularning daromadlarini va foydalarini shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, kreditlar banklar uchun risklarni ham o‘z ichiga
oladi. Kredit operatsiyalarining daromadlarini tahlil qilish, bankning moliyaviy
holatini baholash va investitsiya qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.
BEHISTUN BITIKLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Behistun yozuvlari tarixi, matni, tarjima va
sharxlari hamda yodgorlik Ikkinchi Jahon urushi paytida uni maqsadli mashq qilish
uchun ishlatgan askarlardan biroz zarar ko'rganligi, keyinchalik eronlik arxeologlar
tabiatni muhofaza qilish ishlarini boshlanib, bu joy 2006 yilda YuNESKOning
Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilganligi haqida keng yoritib berilgan.
BOLALAR KIYIMIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Annotatsiya: Bolalar kiyimi nafaqat bolalarning estetik qiyofasini
shakllantirish, balki ularning salomatligini saqlash va qulayligini ta'minlashda muhim
ahamiyatga ega. Bolalar terisi yetarlicha nozik bo'lib, tashqi muhitga nisbatan yuqori
sezuvchanlikka ega. Shu sababli, bolalar kiyimlariga qo‘yiladigan gigiyenik talablarni
qattiq nazorat qilish zarur.
МЕРЫ ПО УЛУЧШЕНИЮ КАЧЕСТВА АТМОСФЕРНОГО ВОЗДУХА.
Аннотация
Загрязнение атмосферного воздуха представляет собой одну из наиболее
острых экологических проблем современности, влияющих на климат,
экосистемы, здоровье человека и экономику. В данной статье рассматриваются
многоаспектные подходы к улучшению качества воздуха. В частности,
освещены методы перехода на возобновляемые источники энергии, сокращения
промышленных и транспортных выбросов, увеличения количества зелёных
насаждений и внедрения инновационных технологий. Подчёркивается важность
международного сотрудничества, разработки экологического законодательства
и повышения экологической осведомлённости общества.
НЕОНАТОЛОГИЯ И ВРОЖДЕННЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ: СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ВЫХАЖИВАНИЮ НЕДОНОШЕННЫХ ДЕТЕЙ
Аннотация: В статье рассматриваются современные подходы к
выхаживанию недоношенных детей с врожденными заболеваниями. Особое
внимание уделяется новым методам интенсивной терапии и роли
мультидисциплинарного подхода в улучшении исходов для новорожденных.
ДЕТСКИЕ АУТОИММУННЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ: ЮВЕНИЛЬНЫЙ РЕВМАТОИДНЫЙ АРТРИТ, ЦЕЛИАКИЯ, СИСТЕМНАЯ КРАСНАЯ ВОЛЧАНКА
Аннотация
В статье рассматриваются основные детские аутоиммунные заболевания:
ювенильный ревматоидный артрит (ЮРА), целиакия и системная красная
волчанка (СКВ). Описываются их патогенез, клинические проявления, методы
диагностики и современные подходы к лечению.
ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF QILISH CHORA-TADBIRLARI
Rezyume: Insoniyat, qolaversa barcha jonivorlar uchun zarur bo'lgan
atmosfera havosini asosan ikki manba ifloslantiradi: birinchisi tabiiy omillar bo'lsa,
ikkinchisi inson faoliyatining mahsuli hisoblanuvchi antropogen manbalardir.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi tabiiy omillarga vulqonlarning otilib chiqishi, tog'
jinslarining yemirilib, shamol yordamida atrofga tarqalishi, o'rmonlarga o't ketib,
undan paydo bo'ladigan zararli omillarning atrof-muhitga yoyilishi kabi tabiiy
omillarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
УСЛОВИЯ ТРУДА ВОЕННОСЛУЖАЩИХ САНИТАРНЫЙ КОНТРОЛЬ
Резюме: Постоянные условия жизни и труда военнослужащих учение -
основа санитарно-гигиенического обеспечения армии и его цель - здоровье
военнослужащих поддержание, укрепление и физическое состояние и
выносливость заключается в увеличении.
EKOLOGIYANING RIVOJLANISHI BO'LIMLARI VA METODLARI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada ekologiya fanining shakllanish tarixi, rivojlanish
bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari va tadqiqot metodlari keng tahlil qilinadi. Ekologik
fanlarning ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan integratsiyalashuvi, ekologiyaning zamonaviy
bo‘limlari, ekologik muammolarni o‘rganishdagi yondashuvlar yoritiladi. Shuningdek,
ekologik monitoring, modellashtirish, bioindikatsiya kabi metodlar qo‘llanilishining
afzalliklari, kamchiliklari va istiqbollari muhokama etiladi.
O‘ZBEKISTON EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION MAHSULOTLAR VA TEXNOLOGIK YECHIMLARNING ROLI
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishda
innovatsion mahsulotlar va texnologik yechimlarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi.
Maqolada mamlakatning mavjud eksport imkoniyatlari, ularni rivojlantirishdagi
to‘siqlar hamda innovatsiyalarni joriy etish orqali eksportni diversifikatsiya qilish va
uning hajmini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yuqori texnologiyali va
qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, xalqaro
bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash va investitsiyalarni jalb qilish masalalari
o‘rganiladi. Maqola xulosasida O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada
rivojlantirish uchun innovatsiyalarga yo‘naltirilgan strategik tavsiyalar ishlab
chiqiladi.
TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN OPERATSIYALARI VA ULARNING TAHLILI
Annotatsiya: Qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy tizimning ajralmas bo‘lagi
bo‘lib, u orqali moliyaviy resurslar erkin harakatlanadi, investitsiya faoliyati
rag‘batlantiriladi va iqtisodiyotda uzoq muddatli kapital jamlanadi. Tijorat banklari bu
bozorning faol ishtirokchilari sifatida nafaqat investorlik faoliyatini yuritadilar, balki
mijozlarga investitsiya xizmatlari ko‘rsatish, vositachilik qilish, qimmatli qog‘ozlar
chiqarishni tashkil etish orqali bozorning rivojlanishiga hissa qo‘shadilar.
OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARI
ANNOTATSIYA
Ovqat toksikoinfeksiyalari — bu ovqat mahsulotlarida mavjud bo‘lgan
mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari tufayli inson organizmida yuzaga keladigan
infeksion kasalliklar guruhidir. Toksikoinfeksiyalar asosan bakteriyalar, viruslar va
parazitlar orqali tarqaladi va ularning asoratlari ovqat zaharlanishi, ichak kasalliklari
va og‘ir holatlarda organ funktsiyalarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Ovqatni
noto‘g‘ri saqlash, tayyorlash yoki gigiyenik talablarni bajarmaslik
toksikoinfeksiyalarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, toksikoinfeksiyalarni oldini olish
uchun zamonaviy sanitariya talablariga rioya qilish va sog‘lom ovqatlanish muhim
ahamiyatga ega.
ETNOLOGIK TAHLIL: O’ZBEKISTON VA KOREYADAGI AN’ANAVIY JAMIYAT
O’zbekiston, 1991-yilda mustaqillikka erishgan qadimiy o’tmishga ega yosh
davlatlardan biri hisoblanadi, Koreya Respublikasi esa 1948-yilda tashkil etilgan
o’ziga xos madaniyat va an’analarga ega ming yillik tarixga ega davlatdir. Koreya
dunyodagi etnik va til jihatidan bir xillikni saqlab qolgan kam sonli mamlakatlardan
biridir. Demografik jihatdan o’ziga xos ko’rinish kasb etadigan bu ikki davlat aholi
o’sish ko’rsatkichlarida ham xilma xil vaziyatda ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Koreya aholisining 8 foizdan ortig’ini 65 yoshdan oshgan keksalar,
O’zbekistonda esa yuqori o’sish sur’atiga ega bo’lgan aholining 50 foizini 16
yoshgacha bo’lgan yoshlar, atigi 4,8 foizini pensiya yoshidagilar, 65 va 60 yoshli
erkaklar va ayollar tashkil etadi. Koreya dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri
bo’lsa-da, uning so’nggi 30 yildagi iqtisodiy rivojlanishi ajoyibdir. Koreyada aholining
yarmi dinga faol jalb qilingan. Ushbu guruh ichida xristianlikning 49% va
buddizmning 47% Koreyaning ikkita asosiy dinini tashkil qiladi. Aholining atigi 3 foizi
o’zini konfutsiy deb hisoblasa ham, Koreya jamiyati konfutsiy qadriyatlari va
e’tiqodlari bilan to’yingan.
LYAMBLIYANING MORFOLOGIYASI, HAYOTIY SIKLI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ishda Giardia intestinalis (lyambliya) parazitining morfologik
tuzilishi, hayotiy sikli va biologik xususiyatlari yoritilgan. Lyambliya ikki shaklda —
trophozoit va kista sifatida mavjud bo‘lib, u organizmga yuqori darajada moslashgan
protozoar parazit hisoblanadi. Maqolada lyambliyaning ichakda yashash va ko‘payish
mexanizmlari, tashqi muhitda yashovchanlik qobiliyati hamda uning infektsiyani
yuqishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan tarzda tahlil qilinishi tahlil
qilingan.
ЗЕЛЕНАЯ ЭКОНОМИКА И ЕЕ ВЛИЯНИЕ НА РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА
Сегодня экологические проблемы и необходимость обеспечения
экономической стабильности стали важным вопросом мировой повестки дня.
Для развивающихся стран, в том числе и для Узбекистана, переход к зеленой
экономике рассматривается как важный фактор устойчивого развития
национальной экономики. Основными принципами зеленой экономики являются
охрана окружающей среды, рациональное использование ресурсов, обеспечение
экологического баланса с экономическим ростом. Такой подход не только
повышает экологическую устойчивость, но и служит созданию новых
возможностей в местной экономике, повышению благосостояния населения,
обеспечению социального равенства. Углубленное изучение взаимосвязи между
зеленой экономикой и устойчивым развитием было в центре внимания многих
научных работ и международных докладов. Blueprint for a Green Economy Пирса,
Маркандьи и Барбье (1989) проанализировал основные принципы зеленой
экономики, в частности, рациональное использование природных ресурсов и
вклад экологических инноваций в экономическое развитие.
NEW ASPECTS OF DIAGNOSIS AND TREATMENT OF DYSPHONIA
Abstract. The article discusses the main aspects of diagnosis and treatment of
dysphonia at the present stage and provides modern clinical guidelines. There is a vast
array of pathological processes that can cause dysphonia. Of particular concern in this
context are neoplastic processes and neoplasms, as delays in their diagnosis lead to
higher mortality rates. If dysphonia persists for more than 4 weeks, laryngoscopy is
mandatory to rule out serious laryngeal diseases. People in voice-intensive professions
are most susceptible to dysphonia. It is important to identify risk factors in patients,
which include recent surgeries in the head, neck, and chest area, recent endotracheal
intubation, the presence of neck lesions, voice and speech professions, a history of
smoking, and signs of respiratory failure. Treatment for dysphonia depends on the
cause of the pathological process and may include management of the underlying
disease, pharmacotherapy, non-drug treatment, and surgical intervention. Among the
medications of allopathic medicine, there are very few drugs that specifically improve
the quality of voice function. In this regard, homeopathic medicines play a significant
role in the treatment of voice disorders, as they have demonstrated efficacy in clinical
studies and have a wide range of indications with minimal side effects. However, the
use of traditional homeopathic remedies is limited by the need for specialized
knowledge in homeopathy. To optimize the treatment of these patients, complex
homeopathic medicines have been developed, which can be used in combination with
conventional treatment by specialists without specific knowledge in homeopathy.
CALCULATION OF THE USE OF BASALT REINFORCEMENT IN THE BENDING ELEMENTS OF THE BRIDGE STRUCTURE IN THE “LIRA SAPHIR” PROGRAM
CALCULATION OF THE USE OF BASALT REINFORCEMENT IN THE
BENDING ELEMENTS OF THE BRIDGE STRUCTURE IN THE “LIRA
SAPHIR” PROGRAM
ZAMONASINING KO‘ZGUSI, TARIXNING ZABARDAST TARJIMONI: OGAHIY SIYMOSI
Annotatsiya: Ushbu maqolada XIX asr Xorazm madaniyati va ma’naviyatining
yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Muhammad Rizo Ogahiyning adabiy va ilmiy
merosi chuqur tahlil etiladi. Shoir, tarixchi va tarjimon sifatida o‘z zamonining siyosiy-
iqtisodiy va ijtimoiy haqiqatlarini o‘z asarlarida o‘ziga xos tarzda ifodalagan Ogahiy,
ayniqsa, xalqparvarlik ruhidagi lirik she’rlarida jamiyatning ahvoli, axloqiy qadriyatlar
va insoniy munosabatlar haqida chuqur fikrlar bildirdi. Maqolada Ogahiyning bir
g‘azali misolida uning ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi va jamiyatga bo‘lgan munosabati
yoritiladi. Shoirning adabiyot va tarixshunoslikka qo‘shgan hissasi, uning ilmiy
izlanishlari va tarjima faoliyatining o‘zbek madaniyati va adabiyotiga qo‘shgan katta
hissa sifatida ta’kidlanadi. Maqola Ogahiyning o‘z davrining haqiqatlarini
ifodalashdagi faol roli va uning bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan ijodi haqida so‘z
yuritadi.