Mualliflar

  • Raxmonov Komiljon Shuhrat o’g’li
  • Jumayeva Dilnoza Rustamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95021

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Koronaviruslar SARS-CoV-2 COVID-19 pandemiya mutatsiya vaksina immun javob sog‘liqni saqlash tizimi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  koronaviruslarning  morfologik,  genetik  va 
epidemiologik  xususiyatlari,  ularning  inson  salomatligiga  ta’siri  hamda  global 
sog‘liqni  saqlash  tizimiga  olib  kelayotgan  zamonaviy  muammolari  tahlil  qilinadi. 
Xususan,  COVID-19  pandemiyasi  davomida  aniqlangan  yangi  variantlar,  ularning 
yuqish  tezligi,  klinik  belgilari,  diagnostika  va  profilaktika  usullariga  oid  ilmiy 
ma’lumotlar  chuqur  yoritilgan.  Shuningdek,  vaksinalarning  samaradorligi,  virusga 
qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatarlar muhokama qilinadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

27

KORONAVIRUSLAR VA ULARNING HOZIRGI KUNDAGI

MUAMMOLARI

Raxmonov Komiljon Shuhrat o’g’li

Osiyo xalqaro universiteti 3-bosqich talabasi

Jumayeva Dilnoza Rustamovna

Osiyo xalqaro universiteti, Fundamental

tibbiyot kafedrasi o’qituvchisi


Annotatsiya:

Mazkur maqolada koronaviruslarning morfologik, genetik va

epidemiologik xususiyatlari, ularning inson salomatligiga ta’siri hamda global
sog‘liqni saqlash tizimiga olib kelayotgan zamonaviy muammolari tahlil qilinadi.
Xususan, COVID-19 pandemiyasi davomida aniqlangan yangi variantlar, ularning
yuqish tezligi, klinik belgilari, diagnostika va profilaktika usullariga oid ilmiy
ma’lumotlar chuqur yoritilgan. Shuningdek, vaksinalarning samaradorligi, virusga
qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatarlar muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Koronaviruslar, SARS-CoV-2, COVID-19, pandemiya,

mutatsiya, vaksina, immun javob, sog‘liqni saqlash tizimi.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются морфологические,

генетические и эпидемиологические особенности коронавирусов, их влияние на
здоровье человека и современные проблемы, связанные с глобальной системой
здравоохранения. Особое внимание уделено вариантам SARS-CoV-2,
выявленным в период пандемии COVID-19, их заразности, клиническим
проявлениям, методам диагностики и профилактики. Также обсуждаются
эффективность вакцин, международное сотрудничество в борьбе с вирусом и
возможные риски в будущем.

Ключевые слова:

Коронавирусы, SARS-CoV-2, COVID-19, пандемия,

мутация, вакцина, иммунный ответ, система здравоохранения.

Abstract

: This article explores the morphological, genetic, and epidemiological

characteristics of coronaviruses, their impact on human health, and the pressing
challenges they pose to modern global healthcare systems. Particular emphasis is
placed on the variants of SARS-CoV-2 identified during the COVID-19 pandemic,
their transmissibility, clinical manifestations, and approaches to diagnosis and
prevention. Furthermore, the article discusses vaccine effectiveness, international
cooperation in combating the virus, and potential future risks.

Keywords:

Coronaviruses, SARS-CoV-2, COVID-19, pandemic, mutation,

vaccine, immune response, healthcare system.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

28

So‘nggi o‘n yilliklarda zoonoz kasalliklarining ko‘payishi global sog‘liqni

saqlash tizimi uchun dolzarb muammoga aylangan bo‘lsa, koronaviruslar oilasiga
mansub SARS-CoV, MERS-CoV va ayniqsa SARS-CoV-2 viruslarining
pandemiyalar keltirib chiqarganligi bu xavfning ko‘lamini yanada kengaytirdi. 2019-
yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida ilk bor aniqlangan SARS-CoV-2 virusi qisqa
muddat ichida global miqyosda tarqalib, insoniyat tarixidagi eng yirik
pandemiyalardan biri – COVID-19 pandemiyasiga sabab bo‘ldi. Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib dunyo bo‘ylab
COVID-19 bilan kasallanish holatlari 770 milliondan oshdi, 7 milliondan ortiq kishi
ushbu kasallikdan hayotdan ko‘z yumdi. Koronaviruslar (Coronaviridae) oilasiga
mansub viruslar odatda hayvonlarda uchrasa-da, ayrim turlari odamzodga yuqib, og‘ir
respirator sindromlar, o‘tkir pnevmoniyalar, yurak-qon tomir asoratlari va hatto ko‘p
a’zoli yetishmovchilik kabi klinik holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. SARS-CoV-2
virusi RNK tuzilishga ega bo‘lib, yuqori mutatsion faollik bilan tavsiflanadi. Bu esa
virusning yangi variantlari – Alfa, Beta, Delta, Omikron kabi shtammlarining yuzaga
kelishiga sabab bo‘ldi. Ularning har biri yuqish tezligi, klinik ifodasi va immunitetdan
qochish qobiliyati bilan farqlanadi, bu esa diagnostika va davolash jarayoniga jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi. Pandemiya sharoitida nafaqat klinik muolajalar, balki epidemiologik
nazorat, axborot almashinuvi va vaksinalash bo‘yicha global miqyosda favqulodda
choralar ko‘rildi. Biroq vaksinalarning turli variantlarga nisbatan samaradorligidagi
farqlar, aholining vaksinalashga bo‘lgan ishonchi pastligi, infodemiya (soxta
ma’lumotlarning tarqalishi) va sog‘liqni saqlash tizimining haddan tashqari yuklanishi
kabi muammolar pandemiyaga qarshi kurashni murakkablashtirdi. Shuningdek,
COVID-19 pandemiyasi nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga, balki iqtisodiyot, ijtimoiy
munosabatlar, ta’lim va psixologik salomatlik kabi ko‘plab sohalarga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Shu boisdan, koronaviruslarning biologik va epidemiologik xususiyatlarini
chuqur o‘rganish, ularning yangi variantlari bo‘yicha barqaror monitoring olib borish,
vaksina va davolash vositalarini takomillashtirish bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar
uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Koronaviruslarning biologik va genetik xususiyatlari

: Koronaviruslar

(Coronaviridae oilasi) – bu ijobiy zaryadlangan, bir ipli RNKga ega bo‘lgan viruslar
bo‘lib, ularning genom hajmi 26 dan 32 kilobaza gacha bo‘lishi bilan boshqa RNK
viruslaridan farqlanadi. Bu o‘z navbatida virusning genetik o‘zgaruvchanligi va
ko‘plab turdagi xo‘jayin organizmlar bilan adaptatsiyalanish qobiliyatini kuchaytiradi.
Koronaviruslarning to‘rt asosiy turi mavjud: α (alfa), β (beta), γ (gamma) va δ (delta).
Inson uchun xavfli hisoblangan patogen turlar asosan β koronaviruslar guruhiga
mansub bo‘lib, SARS-CoV, MERS-CoV va SARS-CoV-2 shular jumlasidandir.
SARS-CoV-2 virusi diametri 60–140 nm atrofida bo‘lib, sirtida joylashgan spike (S)
glikoproteinlar orqali hujayra yuzasidagi angiotenzin aylantiruvchi ferment 2 (ACE2)


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

29

retseptorlariga birikadi. S glikoprotein virusning yuqumli potensialini belgilovchi
asosiy element hisoblanadi va shu tufayli u vaksina va monoklonal antitanalar
yaratishda asosiy nishon sifatida tanlangan. Virus tarkibida, shuningdek, membrana
(M), nukleokapsid (N) va envelop (E) oqsillari mavjud bo‘lib, ular virusning shakli,
yig‘ilishi va transkripsiyasi uchun zarurdir. Genetik jihatdan SARS-CoV-2 taxminan
30,000 nukleotiddan iborat bo‘lib, bu genom tarkibida 14 ta ochiq o‘qish ramzi (ORF)
mavjud. Eng muhim ORF1ab segmenti virus replikatsiyasini ta’minlovchi 16 ta non-
struktural oqsillar (nsp1–nsp16)ni kodlaydi. Aynan ushbu oqsillar virusning
replikatsiya va transkripsiya kompleksini tashkil etadi, ular orasida nsp12 – RNK
polimeraza, nsp14 esa mutatsiyani tuzatuvchi egzo-nukleaza funksiyasini bajaradi.
Virusning RNK asosidagi genomga ega bo‘lishi uni mutatsiyalarga nisbatan sezuvchan
qiladi. Mutatsiyalar ko‘p hollarda S-protein strukturasi yoki virusning antigenik
xususiyatlariga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, D614G mutatsiyasi SARS-CoV-2
virusining yuqumlilik darajasini oshirgan bo‘lsa, keyinchalik paydo bo‘lgan N501Y,
E484K va L452R kabi mutatsiyalar virusning ACE2 retseptoriga bog‘lanish
qobiliyatini kuchaytirgan hamda immunitetdan qochish imkoniyatini ta’minlagan.
Molekulyar filogenez tahlillari shuni ko‘rsatadiki, SARS-CoV-2 genetik jihatdan
SARS-CoV virusiga qaraganda ko‘proq pangolin va yarasalar orasida uchraydigan
koronaviruslarga yaqin turadi, bu esa virusning zoonoz manbali ekanligini tasdiqlaydi.
Shu bilan birga, laboratoriya sharoitida virusning evolyutsiyasini o‘rganish, uning
adaptatsion mexanizmlarini tushunish kelajakdagi pandemiyalar oldini olishda muhim
ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

SARS-CoV-2 virusining klinik tafsilotlari va variantlari

: SARS-CoV-2 virusi

tomonidan yuzaga keladigan COVID-19 kasalligi o‘ta o‘zgaruvchan klinik ko‘rinishga
ega bo‘lib, bemorlarda simptomlarsiz holatdan to og‘ir pnevmoniya, o‘pka
yetishmovchiligi, ko‘p a’zoli disfunktsiya sindromi (MODS) va o‘limgacha kechishi
mumkin. Kasallikning inkubatsiya davri odatda 2 kundan 14 kungacha bo‘lib, o‘rtacha
5-6 kunni tashkil etadi. Klinik ko‘rinishlar orasida isitma (88%), quruq yo‘tal (68%),
charchoq (38%), nafas qisilishi (19%) va hid, ta’m sezishning yo‘qolishi (anosmiya va
agevziya) singari belgilar ko‘p uchraydi.

Jiddiy asoratlar orasida o'tkir respirator distress sindromi (ARDS),

tromboembolik

hodisalar,

yurak

miokarditlari,

ensefalopatiya

va

buyrak

yetishmovchiligi qayd etilgan. Yoshi katta, surunkali kasalliklarga ega (gipertoniya,
diabet, yurak-qon tomir, o‘pka kasalliklari) bemorlar orasida og‘ir kechish holatlari va
o‘lim ko‘rsatkichi ancha yuqori bo‘lgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19
global o‘lim ko‘rsatkichi taxminan 2% atrofida bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich yillar,
hududlar va variantlarga qarab sezilarli farq qilgan.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

30

SARS-CoV-2 virusining evolyutsiyasi davomida bir necha muhim variantlar

aniqlangan bo‘lib, ularning har biri muayyan biologik va klinik xususiyatlari bilan
ajralib turgan:

Alfa (B.1.1.7) – ilk bor 2020-yilning oxirida Buyuk Britaniyada

aniqlangan. D614G va N501Y mutatsiyalari orqali ACE2 retseptoriga yuqori afinitet
bilan bog‘lanishi sababli yuqumli darajasi 40–70% oshgan.

Beta (B.1.351) – Janubiy Afrikada aniqlangan va E484K mutatsiyasi

tufayli ba’zi vaksinalarga nisbatan sezuvchanlikni kamaytirgan.

Delta (B.1.617.2) – Hindistonda aniqlangan bo‘lib, klinik og‘irlik va

yuqish tezligi bo‘yicha eng tahlikali variantlardan biri deb baholandi. U ko‘plab
mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimining haddan tashqari yuklanishiga sabab bo‘ldi.

Omikron (B.1.1.529) – 2021-yilning oxirida Janubiy Afrikada aniqlangan.

U 30 dan ortiq S-protein mutatsiyalariga ega bo‘lib, yuqumli darajasi yuqori bo‘lsa-da,
umumiy klinik og‘irligi nisbatan past baholandi. Subvariantlari – BA.1, BA.2, XBB va
boshqa shakllari orqali virus yuqish zanjirini davom ettirmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, har bir yangi variant nafaqat yuqish tezligi va klinik

og‘irlikka, balki mavjud vaksinalarning samaradorligiga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatgan. Masalan, Pfizer–BioNTech va Moderna vaksinalari Omikron
subvariantlariga qarshi himoya darajasi dastlabki dozadan so‘ng 30–40% gacha
pasayganligi kuzatilgan, ammo buster dozalardan so‘ng immunitet tiklangan. Bu esa
vaksina strategiyalarini moslashtirish va yangi platformalardagi vaksinalarni ishlab
chiqish zaruratini keltirib chiqardi. Shuningdek, “long-COVID” sindromi — ya’ni
infeksiyadan keyingi uzoq muddatli belgilar (xotira buzilishi, doimiy charchoq,
depressiv holatlar va nafas yetishmovchiligi) tobora ko‘proq qayd etilmoqda. Bu holat
COVID-19ning nafaqat o‘tkir, balki surunkali ta’sirini o‘rganish zaruratini tug‘diradi.

Koronavirus pandemiyasining global sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri va

dolzarb muammolar

: COVID-19 pandemiyasi zamonaviy tibbiyot tarixidagi eng

chuqur va keng qamrovli inqirozlardan biriga aylandi. Pandemiyaning ilk
bosqichlarida sog‘liqni saqlash tizimlari ko‘plab davlatlarda tibbiy muassasalarning
haddan tashqari yuklanishi, xodimlar yetishmovchiligi, tibbiy himoya vositalari va
sun’iy nafas oldirish apparatlarining tanqisligi sababli jiddiy muammolarga duch keldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotlariga ko‘ra, 2020–2022 yillar
oralig‘ida 90 dan ortiq davlatda rejalashtirilgan operatsiyalar, immunizatsiya dasturlari
va surunkali kasalliklar monitoringi to‘xtatilgan yoki kechiktirilgan. Pandemiya
sog‘liqni saqlash tizimining uch asosiy yo‘nalishida muammolar keltirib chiqardi:
birinchidan, infeksiyaga qarshi bevosita kurashishdagi resurs yetishmovchiligi;
ikkinchidan, boshqa kasalliklarning tashxis va davolanishining izdan chiqishi;
uchinchidan esa psixologik sog‘liq va tibbiyot xodimlarining ruhiy-emosional
zo‘riqishi. Masalan, AQShda 2021-yilning o‘zida sog‘liqni saqlash tizimi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

31

xodimlarining 18% dan ortig‘i ishdan bo‘shagan yoki faoliyat sohasini tark etgan. Shu
bilan birga, JSST tomonidan olib borilgan xalqaro tahlilga ko‘ra, pandemiya davrida
global darajada 115 mingdan ortiq tibbiyot xodimi COVID-19 bilan bog‘liq sabablarga
ko‘ra hayotdan ko‘z yumgan. Ijtimoiy-siyosiy jihatdan esa pandemiya aholining
sog‘liqni saqlashga bo‘lgan ishonchini sinovdan o‘tkazdi. Aksar mamlakatlarda
vaksinalash dasturlarining joriy etilishi qarama-qarshi fikrlar, dezinformatsiya
(infodemiya) va madaniy-axloqiy to‘siqlarga duch keldi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar
orqali tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumotlar aholi orasida vaksinalarga qarshi kayfiyatni
kuchaytirdi, bu esa global vaksinalash darajasini kamaytirib yubordi. 2023-yil oxiriga
kelib, dunyo aholisining to‘liq emlanganlar ulushi 64% atrofida bo‘lib, JSST
tomonidan belgilangan barqaror immunitet chegarasiga erishilmagan. Koronavirus
pandemiyasi global iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 2020-yilda dunyo yalpi
ichki mahsuloti (YAIM) 3.4% ga qisqardi, bu esa so‘nggi 90 yildagi eng keskin
pasayishlardan biri bo‘ldi. Tibbiyot sohasida esa bu moliyalashtirishning qisqarishi,
ilmiy tadqiqotlar sur’atining susayishi va farmatsevtika ta’minot zanjirlarining uzilishi
bilan kechdi. Shu bilan birga, pandemiya sog‘liqni saqlash tizimlarining
raqamlashtirilishini jadallashtirdi — telemeditsina, elektron salomatlik monitoringi,
sun’iy intellekt asosida diagnostika vositalari keng joriy etila boshlandi. Shu asosda,
pandemiya global sog‘liqni saqlash tizimining zaif jihatlarini aniqlab berdi hamda
kelajakdagi xavflarni kamaytirish uchun bir necha muhim chora-tadbirlar zarurligini
ko‘rsatdi. Bular orasida: pandemiyaga tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqish, milliy
epidemiologik nazorat tizimlarini kuchaytirish, vaksina ishlab chiqarishni
hududiylashtirish, sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni barqarorlashtirish va
aholining tibbiy savodxonligini oshirish kabilar mavjud. Ayniqsa, zamonaviy ilm-fan
va texnologiyalar asosida yuqori aniqlikka ega test tizimlarini ishlab chiqish, vaksina
va antiviral dori vositalarini tezkor ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish tizimlarining
xalqaro hamkorlik asosida yo‘lga qo‘yilishi pandemiyadan olingan asosiy saboqlardan
biridir.

Xulosa:

Koronaviruslar, xususan SARS-CoV-2, zamonaviy tibbiyot va global

sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy sinov bo‘ldi. Ularning genetik o‘zgaruvchanligi,
zoonoz manbali tarqalish imkoniyati va yuqori transmissivligi pandemik xavfning real
manbai ekanligini isbotladi. SARS-CoV-2 virusi klinik tafsilotlari va ko‘p sonli
variantlar orqali ko‘plab aholi qatlamlarini zararladi, kasallikning og‘ir kechishi esa
mavjud surunkali kasalliklar fonida murakkablashdi. Omikron va Delta kabi variantlar
pandemiyaning dinamikasini keskin o‘zgartirib, sog‘liqni saqlash tizimlarining
chidamliligini sinovdan o‘tkazdi. Global pandemiya faqat tibbiy emas, balki iqtisodiy,
psixologik va siyosiy sohalarda ham keng miqyosda o‘z aksini topdi. Koronavirus
pandemiyasi zamonaviy tibbiyotda global kasalliklarni boshqarishda yagona sog‘liq
konsepsiyasi, ilmiy yondashuv, sog‘liqni saqlash tizimlarining raqamlashtirilishi va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

32

xalqaro hamkorlikning muhimligini yana bir bor tasdiqladi. Ushbu omillarni chuqur
tahlil qilish va ularning amaliyotda qo‘llanishini ta’minlash kelajakdagi
pandemiyalarga qarshi kurashish imkoniyatlarini kuchaytiradi. Davlatlar darajasida
pandemik xavflarga tayyorgarlik, aholining tibbiy savodxonligini oshirish va
innovatsion texnologiyalarni joriy etish bu boradagi ustuvor vazifalardan bo‘lib
qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Karimov A.A., Abdullayeva M.S. Virusologiya va immunologiya asoslari. –
Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021. – 312 b.

2.

Mamadaliyev B.B., Ergashev N.E. Infeksion kasalliklar epidemiologiyasi. –
Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. – 278 b.

3.

Respublika Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi.
COVID-19 bo‘yicha rasmiy epidemiologik axborot byulletenlari. – 2020–2023
yillar.

4.

World Health Organization (WHO). Coronavirus Disease (COVID-19) Dashboard.
URL: https://covid19.who.int (murojaat sanasi: 2025-y. aprel).

5.

Callaway E., Mallapaty S. "The coronavirus is mutating — does it matter?" Nature,
2021; 585(7824): 174–178. DOI:10.1038/d41586-020-02544-6.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Karimov A.A., Abdullayeva M.S. Virusologiya va immunologiya asoslari. –

Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021. – 312 b.

Mamadaliyev B.B., Ergashev N.E. Infeksion kasalliklar epidemiologiyasi. –

Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. – 278 b.

Respublika Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi.

COVID-19 bo‘yicha rasmiy epidemiologik axborot byulletenlari. – 2020–2023

yillar.

World Health Organization (WHO). Coronavirus Disease (COVID-19) Dashboard.

URL: https://covid19.who.int (murojaat sanasi: 2025-y. aprel).

Callaway E., Mallapaty S. "The coronavirus is mutating — does it matter?" Nature,

; 585(7824): 174–178. DOI:10.1038/d41586-020-02544-6.