Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
22
IMLO QOIDALARIDAN SABOQLAR
Gulbahor Xatamova Maxammadaaminovna
Naangan davlat universiteti akademik litseyi
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan
beshta muhim tashabbusning mazmun–mohiyatlaridan yana biri yoshlarimiz
ma’naviyatini shakllantirish, ularni mustaqil, erkin fikrlashga oʻrgatish, ijodiy
imkoniyatlarini kashf qilish va uni rivojlantirishdan iboratdir.Shu oʻrinda mustaqil,
ongli, savodli matn yaratish hodisasi ham inson tafakkuri mahsuli, uning oʻzgalar
ongiga ta’sir etish vositalaridan biri hisoblanadi. Agar oʻquvchining soʻz boyligi
nochor, lugʻat xazinasi qashshoq, savodxonligi past boʻlsa, ijodiy matn yaratish haqida
gap ham boʻlishi mumkin emas. Bizning asosiy maqsadimiz oʻquvchini savodxon
qilish, ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish, nutq jarayonida soʻz va iboralarni toʻgʻri
tanlash, uni nutqiy vaziyat taqozosiga koʻra oʻrinli ishlatish koʻnikmalarini singdirish
iborat.
Kalit soʻzlar:
imlo qoidalari, harflar imlosi, asos va qoʻshimchalar imlosi,
qoʻshib yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish.
Ilm bir xazina boʻlsa, bu xazinaning kaliti savoddir.
(Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy)
KIRISH
Ma’lumki, zamonaviy mutaxassis oʻz sohasining mohir ustasi boʻlishi bilan
birga nutq savodxonligi va madaniyatini, xususan, yozma nutq koʻnikmalarini puxta
egallagan boʻlishi lozim. Har bir kishi fikri va tuygʻularini ogʻzaki ravon ifodalash
barobarida toʻgʻri va mantiqli yozishni ham uddalay olsagina xalq e’tiboriga
tushadi..Yozish amali xatolarni bevosita koʻrish, tuzatish, boyitish imkoniyatini beradi
hamda bu jarayonda fikr charxlanadi, ijodiy fikrlash koʻnikmalari shakllanadi. Shu
maqsadda ona tilidan berilgan materiallar oʻquvchi nutqini oʻstirish, nutq maqsadi va
sharoitiga mos ravishda mustaqil fikrlay olishga, soʻz ustida ishlay bilish, xususan,
tanlagan kasbga oid ijodiy matn yaratishga, ilmiy va badiiy tafakkur koʻnikmalarini
shakllantirishga qaratiladi.. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 339-sonli «Oʻzbek tilining asosiy imlo
qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qilgan. Bu qaror 7 boʻlim 82 banddan iborat.
I.Harflar imlosi:
a) unlilar imlosi(1-7)
b) undoshlar imlosi(8-32)
II. Asos va qoʻshimchalar imlosi(33-37)
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
23
III. Qoʻshib yozish imlosi(38-50)
IV. Chiziqcha bilan yozish (51-56)
V.Ajratib yozish imlosi (57-65)
VI. Bosh harflar imlosi(66-74)
VII. Koʻchirish qoʻidalari(75-82)
Har bir oʻzbek millatiga mansub fuqaro bu imlo me’yorlarini mukammal
bilishi, uni yozma nutq jarayonida toʻgʻri qoʻllay olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Zero, savodxonlik va oʻzbek tilining rivojlanishi mushtarak tushunchalar boʻlib, har
bir millatning madaniy saviyasi koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim
va malakalarni baholash agentligi hamda Davlat test markazi tomonidan taqdim
etilayotgan materiallarda ham “Imlo qoidalari”ga oid test savollari mustahkam oʻrin
olgan.
Shu maqsadda biz ham “Imlo qoidalari”ga oid ayrim test savollariga
e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
1.Berilgan soʻzlarning nechtasi imlo qoidasiga mos yozilgan?
1) 9-may; 2) XX-bob; 3) uyma uy; 4) yildan–yilga; 5) bolamey; 6) 31-Avgust;
7) ertayu kech; 8) topayapman. A) 1 ta B) 2ta C) 3 ta D) 4ta
Test savollarini tahlil qilamiz:
- Birinchi soʻz toʻgri yozilgan, lekin 6-soʻz xato yozilgan, chunki tarixiy sana
va bayram nomlarida tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan yoziladi. Masalan, 9-
may; 1-sentabr; Sakkizinchi mart kabi.
- Ikkinchi soʻz xato yozilgan, sababi tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -
inchi qoʻshimchasi oʻrniga chiziqcha qoʻyiladi, lekin tartib sonni koʻrsaruvchi rim
raqamlaridan soʻng chiziqcha qoʻyilmaydi.
- Uchinchi soʻz xato yozilgan, chunki soʻzning –ma va –ba yordamida
birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi.Masalan, koʻchama- koʻcha, uyma-uy
kabi.
- Toʻrtinchi soʻz ham xato yozilgan, chunki birinchi qismi chiqish kelishigida,
ikkinchi qismi joʻnalish kelishigida boʻlgan birikmalar ajratib yoziladi: yildan yilga,
tomdan tomga kabi.
- Beshinchi soʻz ham xato yozilgan, chunki “Imlo qoidalari”ning “Chiziqcha
bilan yozish” boʻlimida ey, yey kabi undov soʻzlar undalmalardan keyin kelsa
chiziqcha bilan yozilishi aytib oʻtilgan.
- Yettinchi soʻz xato yozilgan, sababi juft soʻz qismlari orasida -u(-yu)
bogʻlovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qoʻyiladi va juft soʻz qismlari ajratib
yoziladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
24
- Topayapman soʻzi xato yozilgan, chunki
-yap
hozirgi zamon shakli undosh
bilan tugagan fe'l asoslariga qoʻshilib,
-ayap
holida talaffuz qilinsa ham,
-yap
yoziladi.Topyapman shaklida.
Demak toʻgri javob: A) 1ta
2.Imlo qoidasiga koʻra toʻgʻri yozilgan soʻzlarni belgilang.
1) nomoyish; 2) namoyon; 3) tomosha; 4) madomiki;5) muhokama; 6) fuqoro
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 3, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4
Soʻzlarni imlo qoidalariga muvofiq yozib chiqamiz;
Namoyish,namoyon,modomiki, muhokama, fuqaro. Demak togʻri javob:C
3.1995 –yilda qabul qilingan imlo qoidalariga koʻra quyidagi soʻzlarning
qaysilari ajratib yoziladi?
A) kelintushdi, tokqaychi B) soʻzboshi, achchiqtosh
C) qirgʻiykoʻz oybolta D) dardibedavo, timqora
Test tahliliga oʻtamiz:
A) variantga toʻxtalamiz: Marosim va afsona nomlarini bildiruvchi soʻzlar
qoʻshib yoziladi: kelintushdi, kiryuvdi,Urtoʻqmoq kabi; tokqaychi soʻzi narsaning
biror ish uchun moʻljallanganini bildiruvchi qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi qoidasiga
muvofiq qoʻshib yozilgan.
B) Qaratuvchili birikmaning bir soʻzga aylanishi bilan yuzaga kelgan qoʻshma
otlar qoʻshib yoziladi:olmaqoqi, soʻzboshi, mingboshi kabi.Shuningdek, narsani uning
rangi, mazasi, oʻzidagi biror narsasi va shu kabi belgi asosida bildiruvchi qoʻshma otlar
qoʻshib yoziladi:achchiqtosh, olaqargʻa kabi
C) Narsani boshqa narsaga nisbatlash, oʻxshatish yoʻli bilan bildiruvchi
qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar qoʻshib yoziladi:oybolta, qirgʻiykoʻz kabi
D) Izofali birikmalar ajratib yoziladi.Bunda izofa undosh bilan tugagan
soʻzlarga i shaklida, unli bilan tugagan soʻzlarga yi shaklida qoʻshiladi: dardi bedavo,
nuqtayi nazar;
Sifat oldidan kelib, belgini ortiq va kamligini bildiruvchi toʻq, jiqqa, tim, lang,
och kabi soʻzlar ajratib yoziladi: tim qora, jiqqa hoʻl, och sariq
Demak, toʻgri javob: D
4. Quyidagi qaysi soʻzlarda nuqtalar oʻrniga sirgʻaluvchi jarangsiz lab undoshi
yoziladi?
1) a..zal; 2) a..tomobil; 3) sha..qat; 4) sa..do; 5) a..gʻon; 6) mu..affaqiyat
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 4, 5
Test tahliliga oʻtamiz: Avvalo, sirgʻaluvchi jarangsiz lab undoshini aniqlab
olamiz:
Bizga ma’lumki, bu tovush “f”. Endi soʻzlarining toʻgʻri yozilishini qayd
etamiz:
Afzal, avtomobil, shafqat, savdo, afgʻon, muvaffaqiyat. Demak toʻgʻri javob:A
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
25
5.Berilgan gapda necha oʻrinda imlo va tinish belgisi bilan bogʻliq xatolar
mavjud?
Bir odati bor jahli chiqganda kattaga ham, kichikka ham ,xullas- hammaga
ayamay zaxrini sochadida keyin afsuslanib oʻtiradi.
A)3 oʻrinda imlo, 3 oʻrinda tinish belgisi bilan bogʻliq xato
B)5 oʻrinda imlo, 2 oʻrinda tinish belgisi bilan bogʻliq xato
C)4 oʻrinda imlo, 3 oʻrinda tinish belgisi bilan bogʻliq xato
D)3 oʻrinda imlo, 5 oʻrinda tinish belgisi bilan bogʻliq xato.
Test tahliliga oʻtamiz:
Gapdagi chiqganda soʻzi xato yozilgan, sababi k va q undoshi bilan tugagan
soʻzlarga -ga
-gach,-guncha,- gani qoʻshimchalari -kach yoki –qach -,kach yok – qach,- kani
yoki -qani tarzida qoʻshiladi. Shu sababali chiq fe’liga sifatdoshnnnig oʻtgan zamon
shakli –gan emas,
-qan qoʻshilishi kerak edi .Ikkinchi imloviy xato: Zaxrini soʻzi zahrini tarzida
yozilishi kerak.Uchinchi imlo xato: sochadida soʻzida –da yuklamasi chiziqcha bilan
yoziladi, yani sochadi-da tarzida.
Shuningdek, Bir odati bor gapidan keyin ikki nuqta qoʻyiladi, chunki qoʻshma
gaplar orasida izohlash munosabati bor.Bu gapda xullas kiritma, hamma
umumlashstiruvchi soʻz boʻlib, xullasdan oldin tire, keyin vergul qoʻyiladi.Demak,
gapda uch oʻrinda tinish belgi bilan boʻgʻliq xato bor.
Endi gapni yozamiz: Bir odati bor: jahli chiqqanda kattaga ham, kichikka ham
–xullas, hammaga ayamay zahrini sochadi-da, keyin afsuslanib oʻtiradi. Toʻgʻri
javob:A
Xullas, oʻzbek tili imlo qoidalari oʻzbek tilida toʻgʻri va tushunarli yozish,
ifodaning aniq va tartibli boʻlishini taʼminlash uchun xizmat qiladi. Imlo qoidalari
harflarni toʻgʻri ishlatish, soʻzlarni birikmalar shaklida yozish, qoʻshimcha va
oʻzaklarning toʻgʻri qoʻllanishi, katta va kichik harf ishlatish, tirnoq, vergul, nuqta kabi
tinish belgilaridan foydalanishni belgilab beradi. Masalan, “oʻ” va “gʻ” harflari maxsus
belgilar sifatida alohida yoziladi, arabcha yoki ruscha kelib chiqqan soʻzlar esa
oʻzbekcha talaffuzga moslashtirib yoziladi. Bundan tashqari, ot, fe’l, sifat va boshqa
soʻz turkumlariga oid qoʻshimchalarning toʻgʻri qoʻllanishi ham imlo qoidalarida
belgilangan. Imlo qoidalarini bilish nafaqat yozma nutqda, balki ogʻzaki nutqning
ravonligi va tushunarliligini ham taʼminlaydi. Shu bois maktabdan boshlab
oʻquvchilarga imlo va tinish belgilarini oʻrgatish katta ahamiyatga ega. Soʻzlarning
yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi.
Foydalangan adabiyotlar:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
26
1.
A.Nurmonov, A.Sobirov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili (1-bosqichlar uchun darslik).
Andijon: Ilm ziyo. 2010
2.
N.Mahmudov, A.Nurmonov. Ona tili (6-sinf uchun darslik) Andijon. Tasvir . 2006
3.
A.Hojiyev. Oʻzbek tilining imlo lugʻati. 2010.
4.
DTM test materiallari.